Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish, pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

ILOVA
Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish, pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarning ro‘yxati

1-§. Ro‘yxatni tuzish tartibi va asoslari

2-§. Ro‘yxatdan chiqarish tartibi va asoslari

3-§. Ro‘yxatga kiritish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat bildirish

3-bob. Ro‘yxatni pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarga yetkazish

4-bob. Ro‘yxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, shuningdek operatsiyalarni tiklash

1-§. Operatsiyalarni to‘xtatib turish va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish

2-§. Operatsiyalarni tiklash

5-bob. Ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkdan foydalanishga ruxsat berish

6-bob. Operatsiyalarni to‘xtatib turish va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish sohasidagi xalqaro hamkorlik

1-§. Chet davlatlar vakolatli organlarining so‘rovlarini bajarish

2-§. O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organlari tomonidan so‘rovlarni yuborish

7-bob. Yakunlovchi qoidalar

O‘zbekiston Respublikasi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasi, “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining 15-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ-331-sonli “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan buyuraman:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ-331-sonli “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-sentabrdagi 424-sonli “BMT Xavfsizlik Kengashi 1540-son (2004) Rezolyutsiyasining bajarilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2009-yil 12-oktabrdagi 272-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq axborotni taqdim etish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish, pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash, shuningdek, ushbu ro‘yxatni tuzish va pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarga yetkazish tartibini belgilaydi.
7. Ro‘yxatni tuzish uchun O‘zbekiston Respublikasining terrorizmga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari, Bosh prokuratura, Markaziy bank va “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlarni, ular ma’lum bo‘lgandan yoki Ro‘yxatga qo‘shish uchun holatlar yuzaga kelgandan boshlab uch ish kuni davomida maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadilar.
13. Shaxslarni Ro‘yxatdan chiqarilishi, ularni Ro‘yxatga kiritish uchun ma’lumotlarni taqdim etgan organning murojaatiga ko‘ra Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda yoki sudning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi, bunda shaxsni Ro‘yxatdan chiqarilishi faqat rasmiy tasdiqlangan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
16. Ro‘yxatga adashib kiritilgan yoki mazkur Nizomning 14-bandiga asosan Ro‘yxatdan chiqarib tashlanishi lozim bo‘lgan, lekin undan chiqarib tashlanmagan yuridik va jismoniy shaxslar asoslantirilgan ariza bilan maxsus vakolatli davlat organiga murojaat qiladilar.
22. Ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan taqdirda maxsus vakolatli davlat organi yangilangan Ro‘yxatni bir ish kunidan kechiktirmasdan mazkur Nizomning 21-bandida ko‘rsatilgan organlarga yetkazib beradi va o‘zining veb-saytida joylashtiradi. Bunda Ro‘yxatdan chiqarib tashlangan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar alohida Ro‘yxatga ilova sifatida rasmiylashtiriladi.
mazkur Nizomning 31-bandi “a” kichik bandida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat, bunday ruxsat olish to‘g‘risidagi murojaat O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli qo‘mitasiga yetkazilganligi sharti bilan beriladi;
mazkur Nizomning 31-bandi “b” kichik bandida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat faqat murojaat BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli qo‘mitasining roziligi va diplomatik kanallar orqali tasdiqlovchi hujjatlar olinganda beriladi.
44. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladigan mazkur Nizomning 43-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar o‘z ichiga shaxsni BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalarida belgilangan, BMT Xavfsizlik Kengashi qo‘mitalarining sanksion ro‘yxatlariga kiritish uchun asos bo‘luvchi mezonlarga to‘g‘ri keladigan imkoni boricha ko‘proq ma’lumotlarni hamda jismoniy va yuridik shaxslarning identifikatsion ma’lumotlarini, shu jumladan BMT Xavfsizlik Kengashi qo‘mitalari tomonidan tasdiqlangan to‘ldirilgan shakllarni o‘z ichiga olishi lozim.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”