LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-dekabrdagi 992-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuninngdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirishning zamonaviy shakl va uslublarini yanada joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3237-son qarori)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Davlat va korporativ xaridlarning shaffofligi va raqobatdoshligini oshirish, ularni amalga oshirish jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va xaridlar jarayonida huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
davlat va korporativ xaridlar bo‘yicha shartnomalarning ularni amalga oshirish to‘g‘risidagi e’lonni “O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyatining maxsus axborot portalida oldindan joylashtirmasdan tuzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
davlat va korporativ xaridlar bo‘yicha shartnomalarni nohalol yetkazib beruvchilar reyestriga kiritilgan yetkazib beruvchilar bilan tuzish taqiqlanadi;
davlat va korporativ xaridlarni tashkil etishga mas’ul bo‘lgan rahbarlar va mansabdor shaxslar davlat va korporativ xaridlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga so‘zsiz rioya etilishi uchun shaxsan javob beradilar.
2. “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyati manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda quyidagilarni ta’minlasin:
birja savdolari, davlat va korporativ xaridlarining natijalari bo‘yicha kelib chiqqan narxlar darajasi haqidagi axborotni shakllantirish va erkin tarzda “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyati maxsus axborot portalining barcha foydalanuvchilariga taqdim etishni ta’minlaydigan dasturiy modulni ishlab chiqish va 2017-yil 1-yanvardan boshlab joriy etish;
2017-yil mobaynida davlat va korporativ xaridlar ehtiyojlari, elektron tijorat uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning Milliy klassifikatorini joriy etish;
2017-2018-yillar davrida shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan monitoring va nazoratni tashkil qilgan holda, shuningdek xaridlar qatnashchilariga masofaviy boshqaruv bo‘yicha ularning hisob-kitob-kliring palatasidagi shaxsiy hisobvaraqlaridagi mablag‘lari bilan xizmatlar ko‘rsatgan holda davlat va korporativ xaridlar bo‘yicha shartnomalar doirasida to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni va mahsulot yetkazib berishni hisob-kitob-kliring palatasi orqali tashkil etish mexanizmini bosqichma-bosqich joriy etish.
3. “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyatining maxsus axborot portalida davlat va korporativ xaridlar bo‘yicha axborotni joylashtirish va oshkor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv markazi bilan birgalikda “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyatining maxsus axborot portalida onlayn-ta’lim moduli imkoniyatlaridan foydalangan holda davlat va korporativ xaridlar jarayoni qatnashchilari muntazam ravishda malaka oshirishini ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyatining (keyingi o‘rinlarda O‘zRTXB deb ataladi) maxsus axborot portalida davlat va korporativ xaridlar bo‘yicha axborotni joylashtirish va oshkor qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomning amal qilishi budjet tashkilotlariga, budjet mablag‘larini oluvchilarga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini oluvchilarga, tabiiy monopoliyalar subyektlariga, davlat unitar korxonalariga hamda ustav fondida 50 foizdan ortiq davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlariga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, shuningdek vakolatli boshqa organlar va O‘zRTXBning maxsus axborot portalidan foydalanuvchilarga nisbatan tatbiq etiladi.
agent — birjada akkreditatsiya tartib-taomillaridan o‘tgan hamda buyurtmachilar va yetkazib beruvchilarga topshiriq shartnomasi asosida ularning elektron auksion savdolarda qatnashishini ta’minlashga doir professional xizmatlar ko‘rsatadigan yuridik shaxs;
davlat xaridlari — budjet tizimi va boshqa markazlashtirilgan manbalarning budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridlari;
buyurtmachi — tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat va korporativ xaridlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
portalning yopiq qismi — mijozning maxfiy axboroti saqlanadigan, ushbu Nizomga muvofiq muayyan toifadagi foydalanuvchilar foydalana oladigan portalning qismi;
xaridni amalga oshirish yakunlari to‘g‘risidagi axborot — davlat yoki korporativ xaridlar bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnoma haqidagi axborot;
korporativ xaridlar — tabiiy monopoliyalar subyektlari, davlat unitar korxonalari va ustav fondida 50 foizdan ortiq davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari tomonidan amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridlari;
xaridni amalga oshirish to‘g‘risidagi e’lon — buyurtmachining davlat yoki korporativ xaridlarni amalga oshirish muddatlari va talablari to‘g‘risidagi portalda joylashtiriladigan axboroti;
portalning ochiq qismi — ushbu Nizomda belgilangan tartibda mijozlar tomonidan joylashtirilgan axborotdan foydalana olishni ta’minlovchi portalning umumiy foydalanishga mo‘ljallangan qismi;
shaxsiy idoraviy kabinet — davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa vakolatli organlarning O‘zRTXB maxsus axborot portalidagi individual sahifasi, uning yordamida ular tomonidan tegishli individual loginlar va parollarni qo‘llagan holda zarur axborotdan erkin foydalana olishi ta’minlanadi;
shaxsiy kabinet — buyurtmachilar va yetkazib beruvchilarning (ularning agentlarining) O‘zRTXB maxsus axborot portalidagi individual sahifasi, uning yordamida ular tomonidan tegishli individual loginlar va parollarni qo‘llagan holda zarur axborotdan foydalana olishi ta’minlanadi;
reja-jadval — buyurtmalar, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni joylashtirish hajmlari va muddatlarini (har yillik yoki har choraklik) nazarda tutadigan hujjat;
foydalanuvchilar — ushbu Nizomga muvofiq portalda joylashtirilgan axborotdan foydalana olishi ta’minlangan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa vakolatli organlar, yuridik va jismoniy shaxslar;
yetkazib beruvchi — davlat yoki korporativ xaridlar bo‘yicha shartnoma asosida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berishni amalga oshiruvchi xo‘jalik subyekti, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkor;
Hukumat komissiyasi — davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasi va/yoki Davlat ulushi ustuvor bo‘lgan tabiiy monopoliyalar subyektlari, korxonalar va tashkilotlarning elektron xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasi;
axborotni oshkor qilish — mijozlar tomonidan davlat va korporativ xaridlariga doir ma’lumotlarni O‘zRTXB maxsus axborot portalida e’lon qilish;
bo‘lib o‘tmagan bitimlar reyestri — lotlar ro‘yxati, ular bo‘yicha ushbu Nizomga muvofiq bo‘lib o‘tmagan deb e’tirof etilgan savdolar natijalari;
O‘zRTXBning maxsus axborot portali (keyingi o‘rinlarda portal deb ataladi) — davlat va korporativ xaridlarning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi e’lonlarni, ularning yakunlari to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek boshqa zarur axborotni joylashtirish va ko‘rishni ta’minlaydigan O‘zRTXBning rasmiy veb-sayti;
axborotni joylashtirish va oshkor qilish jarayoni qatnashchilari — O‘zRTXB, mijozlar, ularning agentlari, Hukumat komissiyalarining ishchi organlari va boshqa vakolatli organlar.
a) tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlari bo‘yicha axborot bazasini yaratish, saqlab turish va muntazam yangilab borish;
davlat va korporativ xaridlar jarayonlari yuzasidan zarur darajadagi davlat va jamoatchilik nazorati, ushbu sohaning qonun hujjatlariga rioya qilish;
davlat va korporativ buyurtmani joylashtirishda ochiqlik, oshkoralik va raqobatdoshlik tamoyillarini, shuningdek buyurtmachilar yoki yetkazib beruvchilarning (ularning agentlarining) teng huquqliligini ta’minlash;
v) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa vakolatli organlar, buyurtmachilar va yetkazib beruvchilar, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilikni tovar bozorlari konyunkturasi to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash.
mijozlar tomonidan portalda joylashtiriladigan fayllarga nisbatan texnologik talablarni, shuningdek axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha talablarni belgilash;
mijozlarning ishonchli bo‘lmagan axborot va soxta ma’lumotlarni tarqatish, shuningdek raqobatni cheklaydigan yoki nohalol raqobat olib borishga qaratilgan axborotni joylashtirish bo‘yicha harakatlariga chek qo‘yish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa vakolatli organlarga ular tomonidan portaldan olingan axborotning maxfiyligiga rioya qilish bo‘yicha talablarni bajarmaslik hollari aniqlanganda erkin foydalana olish huquqlarini cheklash;
xaridni amalga oshirish to‘g‘risidagi e’lonni chop etmagan taqdirda buyurtmachiga xaridni amalga oshirish yakunlari to‘g‘risidagi axborotni e’lon qilishni rad etish.
axborotni portalda joylashtirishni ta’minlovchi apparat va dasturiy-texnik vositalarni joriy etish va hamrohlik qilish hamda ushbu Nizomda belgilangan tartibda undan erkin foydalana olishni ta’minlash;
davlat va korporativ xaridlarni amalga oshirish tartibini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, Hukumat komissiyalarining qarorlarini, shuningdek davlat yoki korporativ xaridlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan buyurtmachilar va yetkazib beruvchilar va/yoki ularning mansabdor shaxslariga nisbatan ko‘rilgan choralar haqidagi axborotni portalda e’lon qilish;
davlat va korporativ xaridlar bo‘yicha tuzilgan shartnomalar va bo‘lib o‘tmagan bitimlar reyestrini, shuningdek kafolatlovchi va nohalol yetkazib beruvchilar reyestrini shakllantirish, yuritish va e’lon qilish;
axborotni joylashtirish jarayoni qatnashchilarining tijorat va xizmat sirlarini tashkil qiluvchi ma’lumotlarning maxfiyligi;
ushbu Nizomda belgilangan tartibda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa vakolatli organlarning axborotdan foydalana olishlarini.
ular tomonidan portalda joylashtirilgan ma’lumotlar, login va parol, ushbu Nizomda belgilangan tartibda axborotni joylashtirish va oshkor etish imkoniyatlaridan foydalanish;
agentlar bilan davlat va korporativ xaridlarida ishtirok etish, ularga login va parolni taqdim etish orqali portalda axborotni joylashtirish uchun topshiriq shartnomasini tuzish.
portalda joylashtirilgan axborotning ishonchliligini ta’minlash va soxta ma’lumotlar tarqalishining oldini olish choralarini ko‘rish;
O‘zRTXB tomonidan taqdim etilgan, shuningdek agent tomonidan tuzilgan topshiriq shartnomalariga muvofiq ko‘rsatiladigan xizmatlarga haq to‘lash;
portalda axborot joylashtirish imkoniyatlaridan faqat ushbu Nizomda nazarda tutilgan maqsadlarda foydalanish;
raqobatni cheklashga olib keluvchi yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar amalga oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik.
mijozlardan ushbu Nizomda belgilangan tartibda portalda axborotni joylashtirish, o‘zgartirish yoki o‘chirish uchun foydalana olish huquqini olish;
topshiriq shartnomasida nazarda tutilgan axborotni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda joylashtirish va oshkor qilish bo‘yicha majburiyatlarni bajarish;
portalda joylashtirilgan axborotdan ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda va hajmlarda foydalanish huquqini olish;
portaldan olgan axborotdan faqat qonun hujjatlariga muvofiq ularga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun foydalanish.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa vakolatli organlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
12. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa vakolatli organlar qonun hujjatlariga muvofiq portaldan olingan axborotning maxfiyligiga rioya qilishga majbur.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa vakolatli organlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
13. Barcha mijozlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish uchun ochiq axborotdan foydalanishda yoki uchinchi shaxslarga berishda majburiy tarzda portalga havola qilgan holda uning ishonchliligini ta’minlashga majbur.
14. Buyurtmachilar (ularning agentlari) majburiy tartibda portalda quyidagi axborotni joylashtiradilar:
15. Portaldan tashqarida amalga oshirilgan davlat va korporativ xaridlar yakunlari haqidagi axborot tarkibida buyurtmachilar majburiy tartibda quyidagilarni ko‘rsatadilar:
portalda e’lonni joylashtirishda berilgan davlat va korporativ xaridlar haqidagi e’lonning identifikatsiya raqami;
tanlov (tender) savdolarida ishtirok etgan talabgorlarning soni, ularning soliq to‘lovchining individual raqami, nomi va pochta manzillari;
16. Portaldan tashqarida amalga oshirilgan davlat va korporativ xaridlar yakunlari haqidagi axborot buyurtmachi (uning agenti) tomonidan shaxsiy kabinet orqali shartnoma tuzilgan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay joylashtiriladi.
18. Axborot shaxsiy kabinet orqali apparat va dasturiy-texnik vositalardan foydalangan holda joylashtiriladi.
davlat va korporativ xaridlar jarayonlarini, birja va ko‘rgazma-yarmarka savdosi va elektron tijoratni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar;
portalda sodir etilgan birja va ko‘rgazma-yarmarka savdosi natijalari va davlat va korporativ xaridlar natijalari haqidagi har choraklik statistik axborot;
20. Hukumat komissiyalarining ishchi organlari portalda uch ish kuni mobaynida qabul qilingan qarorlar va Hukumat komissiyalarining topshiriqlari to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat va korporativ xaridlari bilan bog‘liq boshqa axborotni joylashtiradi.
21. Davlat va korporativ xaridlar masalalari bo‘yicha bahslar va kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish bo‘yicha maxsus komissiya, davlat va xo‘jalik boshqaruvchi organlari, shuningdek boshqa vakolatli organlar uch ish kuni mobaynida portalning ochiq qismida davlat yoki korporativ xaridlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan buyurtmachilar, yetkazib beruvchilar va/yoki ularning mansabdor shaxslariga nisbatan ko‘rilgan choralar haqidagi axborotni joylashtiradilar.
22. O‘zRTXB ma’lumotlar bazasida axborotni (shu jumladan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar, shuningdek o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan oldin joylashtirilgan axborotni) u portalda joylashtirilgan paytdan e’tiboran besh yil mobaynida saqlanishini ta’minlaydi.
Axborotni undan foydalana olishni bloklash orqali o‘chirib tashlash uni o‘chirib tashlashni asoslovchi hujjatni majburiy tarzda joylashtirgan holda buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi. O‘chirilgan axborot, shuningdek uning o‘chirilishini asoslovchi hujjat portalning ma’lumotlar bazasida ular joylashtirilgan paytdan e’tiboran besh yil mobaynida saqlanadi.
23. Joylashtirilgan axborotga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritganlik, shuningdek uni o‘chirganlik uchun ushbu o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar va o‘chirish haqidagi qarorni imzolagan shaxs javobgar bo‘ladi.
24. O‘zRTXB foydalanuvchilar uchun portalning ochiq qismida quyidagi axborotdan foydalana olish huquqini ta’minlaydi:
davlat va korporativ xaridlari haqidagi shartnomalar reyestrlari (qatnashchilarning rekvizitlari ko‘rsatilmagan holda);
yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolarida sotish natijalari bo‘yicha shakllangan o‘rtacha narxlar haqidagi axborot;
25. O‘zRTXB foydalanuvchilarga ro‘yxatdan o‘tkazishsiz va to‘lov undirmasdan portalning ochiq qismidan erkin foydalana olish huquqini ta’minlaydi.
26. Portalning yopiq qismida joylashtirilgan axborotdan foydalana olish huquqi davlat va xo‘jalik boshqaruvchi organlariga, vakolatli boshqa organlarga ular tomonidan ochilgan shaxsiy idoraviy kabinetlar orqali ta’minlanadi.
Portalning yopiq qismida joylashtirilgan axborotdan foydalana olish huquqi ta’minlanadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvchi organlari, boshqa vakolatli organlari ro‘yxati, shuningdek ularga taqdim etiladigan axborot hajmi Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa vakolatli organlar rahbarlari o‘zlarining farmoyish hujjatlari bilan Hukumat komissiyasining tegishli qarori bilan foydalana olish huquqi ta’minlanadigan xizmat maqsadlarida axborotni olishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarni tayinlaydilar va ular to‘g‘risida O‘zRTXBni xabardor qiladilar.
O‘zRTXB tegishli so‘rovnoma olingan paytdan e’tiboran ikki ish kuni mobaynida mansabdor shaxslarga axborotdan foydalana olish huquqini ta’minlaydi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvchi organlarining, boshqa vakolatli organlarning tarkibiy (hududiy) bo‘linmalarining portalning yopiq qismida joylashtirilgan axborotdan foydalana olishlari ushbu organlar markaziy apparatlarining foydalana olish huquqi bilan ta’minlangan xodimlari tomonidan ushbu Nizomga muvofiq ularning shaxsiy kabinetlari orqali ta’minlanadi.
27. Ushbu Nizomning talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.