LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 355-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF–3358-son Farmoniga muvofiq, shuningdek aloqa va axborotlashtirish sohasida boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi o‘z faoliyatini “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga to‘liq muvofiq ravishda tashkil etuvchi aloqa va axborotlashtirish sohasidagi muvofiqlashtiruvchi boshqaruv organi hisoblanadi.
2. Quyidagilar O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
telekommunikatsiyalar, ma’lumotlar uzatish, pochta aloqasi, matbuot tarqatish tarmoqlarini rivojlantirish, shuningdek zamonaviy talablar va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga muvofiq axborotlashtirish sohasida strategik ustuvorliklarni shakllantirish va amalga oshirish;
aloqa va axborotlashtirish tarmoq va hududiy organlari hamda xizmatlari ishlarini, shuningdek standartlashtirish, sertifikatlash va xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini litsenziyalashni ta’minlash, aloqa va axborotlashtirish sohasida, shu jumladan ma’lumotlar uzatishning zamonaviy vositalari, IP-texnologiyalar sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish masalalarini muvofiqlashtirish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va axborot tizimlari hamda resurslari bozorini rivojlantirish sohasida raqobat muhitini shakllantirish, shuningdek davlat boshqaruvi, fan va ta’lim, biznes, sog‘liqni saqlash sohasida va faoliyatning boshqa sohalarida axborot ayirboshlashning elektron shakllariga o‘tish dasturlarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish;
telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi tarmoqlarida, teleradioefirda, axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash, zamonaviy talablar va standartlarni hisobga olgan holda axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilishning samarali vositalari va usullarini joriy etish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari, kompyuter va telekommunikatsiya texnikasini ishlab chiqish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini va yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
axborot tizimlarini, telekommunikatsiya va ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish uchun xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanish.
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik va normativ hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablariga, ommaviy kommunikatsiyalar sohasida, jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy yo‘ldosh tizimi, Internetning global tarmoqlari, axborotlarni, shuningdek matbaa mahsulotlarini yetkazib berish va tarqatishning boshqa elektron vositalari sohasida faoliyatni amalga oshiradigan yuridik va jismoniy shaxslar litsenziyalari shartlariga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish;
(2-band sakkizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qarori bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 32-33-son, 255-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-avgustdagi 178-sonli qarori bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 34-35-son, 346-modda)
3. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining mintaqaviy tarkibiy korxonalari negizida Agentlikning hududiy boshqarmalari tashkil etilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, Agentlikning hududiy boshqarmasi O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Agentlikning viloyat bo‘linmalariga tezkor rahbarlik qiluvchi va ular faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Boshqarmaga O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi.
Hududiy boshqarmalarni tashkil etish uchun O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga Agentlik tizimi bo‘yicha boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy sonini Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-yanvardagi 1-son qarorida belgilanganga nisbatan 91 nafarga ko‘paytirishga ruxsat etilsin.
4. Quyidagilar O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hududiy boshqarmalarining eng muhim vazifalari etib belgilansin:
mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan yaqin hamkorlikda aloqa va axborotlashtirishni rivojlantirish sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;
radiochastotalardan samarali foydalanilishini ta’minlash, teleradioeshittirish va ma’lumotlar uzatishning texnik vositalaridan foydalanishda suiiste’molchiliklarga va normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilishiga barham berish ishlarini muvofiqlashtirish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan litsenziya bitimlari shartlari va talablari bajarilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish, pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, ma’lumotlar uzatish va teleradioeshittirish tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan aniq chora-tadbirlarni, shu jumladan profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
5. Aloqa va axborotlashtirish sohasida boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi markaziy apparati tuzilmasi hamda hududiy boshqarmasining namunaviy tuzilmasi, shuningdek O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi to‘g‘risidagi nizom 1, 1a, 2—4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi markaziy apparati xodimlarining cheklangan umumiy soni 66 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 45 nafar etib belgilansin.
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktoriga xodimlarning cheklangan umumiy soni doirasida markaziy apparat tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish huquqi berilsin.
bir oy muddatda Agentlik hududiy boshqarmalarini yuqori malakali kadrlar bilan butlasin, ularning faoliyati qo‘yilgan vazifalarga muvofiq tashkil etilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (R.Sh. Shog‘ulomov) bilan birgalikda xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuzilgan litsenziya bitimlari shartlari hamda nazorat qiluvchi organlarning aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan berilgan yozma ko‘rsatmalari ular tomonidan bajarilishi monitoringini birgalikda olib borish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
teleradioeshittirish, axborotlarni hujjatlashtirish va davlat axborot resurslarini shakllantirish, davlat organlari axborot tizimlarini yaratish sohasida chastotalarni tanlov asosida taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni, shuningdek vazirliklar va idoralarning rasmiy saytlariga qo‘yiladigan asosiy talablarni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2005-yil 22-noyabrdagi 256-son va “Teleradioeshittirish sohasida radiochastota spektridan samarali foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2004-yil 20-dekabrdagi 592-son qarorlari.
Adliya vazirligi (A.A. Polvon-zoda) bilan birgalikda ma’lumotlar uzatish tarmoqlarida Internet-provayderlarning tarmoqlararo o‘zaro hamkorligini, jamoat foydalanish joylarida Internet tarmog‘idan axborot olish imkonini berishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek radiomonitoring o‘tkazish, teleradioefirda qonun buzilishlarini aniqlash va ularning oldini olish tartibini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hududiy boshqarmalarining ularga yuklangan vazifalarni samarali bajarish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi boshqa organlari, joylardagi huquqni muhofaza qilish organlari bilan o‘zaro yaqin hamkorlik qilishini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin hamda ba’zi qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 32-33-son, 255-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Respublika axborot-kutubxona markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-avgustdagi 178-sonli qaroriga muvofiq kiritilgan— O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 34-35-son, 346-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-iyuldagi 339-son qarori bilan so‘zlar almashtirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 29-son, 330-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 32-33-son, 255-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-avgustdagi 404-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y.,34-35-son, 391-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 32-33-son, 255-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (keyingi o‘rinlarda “Agentlik” deb yuritiladi) aloqa, axborotlashtirish va radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi vazifalarni hal qilish va davlat siyosatini o‘tkazish uchun vakolat berilgan muvofiqlashtiruvchi boshqaruv organi, shuningdek elektron raqamli imzodan foydalanish hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish sohasida maxsus vakolatli organ hisoblanadi;
( 1-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-martdagi 47-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 11-son, 87-modda)
Agentlik Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashning ishchi organi funksiyasini bajaradi.
aloqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasida ustuvor va ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan loyihalarni, ilmiy-tadqiqot ishlarini mablag‘ bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi;
pochta aloqasi va telekommunikatsiya tizimlari hamda axborot tizimlari va vositalari, texnik vositalarni sertifikatlash sohasida tadqiqotlar, marketing va monitoringni tashkil etish bo‘yicha — Ilmiy-texnika va marketing tadqiqotlari markazi;
O‘zbekiston Respublikasida pochta va telekommunikatsiyalar sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan davlat nazorati bo‘yicha — Davlat aloqa inspeksiyasi;
O‘zbekiston Respublikasining radiochastota spektridan foydalanishni tartibga solish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi radiochastotalar bo‘yicha Davlat komissiyasi (idoralararo kollegial organ);
aloqa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, elektron tijorat, axborot xavfsizligi, iqtisodiyot va menejment sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek aloqa va axborotlashtirish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
davlat hokimiyati va boshqaruvi yuqori organlarining xat-xabarlarini hamda diplomatik xat-xabarlarni qabul qilish, yetkazib berish bo‘yicha — Davlat feldyegerlik xizmati;
respublika muassasalari, tashkilotlari va korxonalarining maxsus xat-xabarlarini va jo‘natmalarini qabul qilish, yetkazib berish bo‘yicha — Respublika maxsus aloqa uzeli;
Oldingi tahrirga qarang.
telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish, ularning samarali faoliyatini ta’minlash, telekommunikatsiyalar resurslaridan oqilona foydalanish va ularni rivojlantirish, telekommunikatsiyalar xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojni yanada to‘liq qondirish uchun telekommunikatsiyalar turli operatorlari, idoraviy tarmoqlar egalari tarmoqlarini muvofiqlashtirgan holda boshqarish tizimini yaratish, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mudofaa va milliy xavfsizligi manfaatlari yo‘lida tarmoqlardan ustuvor foydalanishni ta’minlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish — O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish respublika markazi;
(2-bandning to‘qqizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 2-apreldagi 69-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 14-son, 142-modda)
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida teleradiodasturlarni tarqatish va translatsiya qilish, radiokanallar bo‘yicha radio aloqasi xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha — Radio aloqasi, radioeshittirish va televideniye markazi;
Oldingi tahrirga qarang.
radiochastota organi funksiyalarini bajarish, shu jumladan radiochastotalardan foydalanishga ruxsatnomalar berish, elektromagnit moslashuvni va radiochastota spektri monitoringini ta’minlash bo‘yicha — Elektromagnit moslashuv markazi;
(2-bandning o‘n birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 32-33-son, 255-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, axborot, servis va keng ko‘lamda konsalting xizmatlari ko‘rsatish sohasida dasturlar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha — Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi;
tinchlik davrida va alohida davrda O‘zbekiston Respublikasi aloqa obyektlarida va telekommunikatsiya tarmoqlarida avariya-tiklash ishlarini bajarish, alohida muhim va toifalangan obyektlarni harbiylashtirilgan qo‘riqlashni ta’minlash bo‘yicha — Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi (harbiy tuzilmasi);
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik va normativ hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablariga, ommaviy kommunikatsiyalar sohasida, jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy yo‘ldosh tizimi, Internetning global tarmoqlari, axborotlarni, shuningdek matbaa mahsulotlarini yetkazib berish va tarqatish boshqa elektron vositalari sohasida faoliyatni amalga oshiradigan yuridik va jismoniy shaxslar litsenziyalari shartlariga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish bo‘yicha — Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi;
(2-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 32-33-son, 255-modda)
radiotexnika, radio aloqasi, telekommunikatsiyani boshqarish tizimini, hisoblash texnikasini loyihalash, rekonstruksiya qilish, o‘rnatish, sozlash, foydalanishga topshirish, shu jumladan maxsus maqsaddagi obyektlar uchun vositalar va alohida buyumlar tayyorlash bo‘yicha — “Granit” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika axborot-kutubxona markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari — axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatish va ularni rivojlantirish, universal axborot resurslarini, milliy va xorijiy nashrlar (bosma, audiovizual, elektron va boshqalar) fondini shakllantirish, saqlash va ularni berish, shuningdek axborot-resurs markazlarining axborotlashtirish va joylarda kutubxona ishi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish va tashkiliy-metodik jihatdan ta’minlash.
(2-band o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-avgustdagi 178-sonli qarori bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 34-35-son, 346-modda)
3. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Agentlik o‘z faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Agentlik Xalqaro elektr aloqasi uyushmasida, Jahon pochta uyushmasida hamda aloqa va axborotlashtirish sohasidagi boshqa xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalovchi vakolatli organ hisoblanadi.
6. Agentlikning markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalarini moddiy-texnik ta’minlash, shuningdek xodimlari mehnatiga haq to‘lash Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Agentlikka qarashli tashkilotlar, korxonalar va muassasalarni moddiy-texnik ta’minlash hamda ular xodimlari mehnatiga haq to‘lash davlat budjeti mablag‘lari (budjetdan moliyalashtiriladigan o‘quv yurti, maxsus korxonalar, harbiy bo‘linmalar), o‘z mablag‘lari, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
7. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
telekommunikatsiyalar, ma’lumotlar uzatish, radio aloqasi, radioeshittirish, televideniye, pochta aloqasi, matbuot tarqatish tarmoqlarini rivojlantirish, shuningdek axborotlashtirish, axborot resurslari bozori va radiochastota spektridan foydalanish sohasida strategik ustuvorliklarni shakllantirish va amalga oshirish, davlat tomonidan samarali tartibga solib borishni ro‘yobga chiqarish;
Oldingi tahrirga qarang.
elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida, O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish sohasida maxsus vakolatli organ funksiyalarini amalga oshirish.
(8-bandning uchinchi xat boshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-martdagi 47-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 11-son, 87-modda)
aloqa va axborotlashtirish tarmoq va hududiy organlari hamda xizmatlari ishlarini, shuningdek standartlashtirish, sertifikatlash va xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini litsenziyalashni ta’minlash, aloqa va axborotlashtirish sohasida, shu jumladan ma’lumotlar uzatishning zamonaviy vositalari, IP-texnologiyalar sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish masalalarini muvofiqlashtirish;
davlat organlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlarini yaratish va rivojlantirish, davlat axborot resurslarini shakllantirish, davlat boshqaruvi, fan va ta’lim, biznes, sog‘liqni saqlash sohasida va faoliyatning boshqa sohalarida axborot ayirboshlashning elektron shakllariga o‘tish dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish;
telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi, teleradioeshittirish tarmoqlarida, axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash, zamonaviy talablarni hisobga olgan holda axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilishning samarali vositalari va usullarini joriy etish, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi, O‘zbekiston Respublikasi mudofaasi va milliy xavfsizligi manfaatlari yo‘lida hamda favqulodda vaziyatlar sharoitlarida ulardan ustuvor foydalanish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan litsenziya bitimlari, radiochastota spektridan samarali foydalanish hamda telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, teleradioeshittirish tarmoqlarida va axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash ishlari bajarilishini nazorat qilish va ijrosini tekshirishni tashkil etish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari, kompyuter va telekommunikatsiya texnikasini ishlab chiqish sohasida, aloqa va axborotlashtirish sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini va yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
radioelektron vositalar va telekommunikatsiya vositalari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga tarmoq standartlari, texnik shartlar va talablarni belgilangan tartibda tasdiqlash, davlat standartlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek xalqaro standartlar joriy etilishini tashkil etish;
telekommunikatsiyalar, ma’lumotlar uzatish, teleradioeshittirish, pochta aloqasi tarmoqlarini hamda axborot tizimlarini rivojlantirish va takomillashtirish uchun investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanish;
monopoliyaga qarshi organ bilan birgalikda aloqa va axborotlashtirish sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
strategik ustuvorliklarni, telekommunikatsiyalar, ma’lumotlar uzatish, teleradioeshittirish, pochta aloqasi, matbuot tarqatish tarmoqlarini, axborot resurslari va tizimlari bozorini rivojlantirish sohasida davlat tomonidan samarali tartibga solishni amalga oshirishda hududiy boshqarmalarning mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil etish va muvofiqlashtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik va normativ hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablariga, ommaviy kommunikatsiyalar sohasida, jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy yo‘ldosh tizimi, Internetning global tarmoqlari, axborotlarni, shuningdek matbaa mahsulotlarini yetkazib berish va tarqatish boshqa elektron vositalari sohasida faoliyatni amalga oshiradigan yuridik va jismoniy shaxslar litsenziyalari shartlariga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish;
(8-bandning o‘n ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qarori bilan kiritilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 32-33-son, 255-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-avgustdagi 178-sonli qarori bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 34-35-son, 346-modda)
aloqa va axborotlashtirishni rivojlantirishning milliy dasturlari va konsepsiyalarini ishlab chiqadi va ularni amalga oshirishni tashkil etadi, mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqishga hamda amalga oshirishga ko‘maklashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
aloqa va axborotlashtirish, radiochastota spektridan, elektron raqamli imzodan foydalanish, milliy axborot makoni monitoringi sohasidagi faoliyat masalalari yuzasidan qonun hujjatlari va normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
(9-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-sentabrdagi 215-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 39-son, 297-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
mamlakatning yagona axborot makonini barpo etish maqsadida davlat standartlarini ishlab chiqadi va tasdiqlashga belgilangan tartibda taqdim etadi, xalqaro standartlarni joriy etadi, radioelektron hamda telekommunikatsiyalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga, shuningdek elektron raqamli imzodan foydalanishga doir tarmoq standartlarini, texnik shartlar hamda talablarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
(9-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-sentabrdagi 215-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 39-son, 297-modda)
pochta to‘lovining davlat belgilari namunalarini tasdiqlaydi va ularni nashr etish, joriy qilish va muomaladan olib qo‘yish tartibini belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
pochta indekslarini, yozma xat-xabarlarni olish chastotasi normativlarini, shuningdek pochta jo‘natmalari o‘tishining operatorlar va provayderlar uchun majburiy bo‘lgan nazorat muddatlarini tasdiqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
telekommunikatsiyalar tarmoqlariga ulanish, operatorlar, provayderlar tomonidan o‘zaro xizmatlar ko‘rsatish hamda ular o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi va shartlarini tasdiqlaydi;
axborot texnologiyalarini, aloqa tarmoqlari va xizmatlarini, tarmoq standartlari va texnik shartlarni rivojlantirish va takomillashtirishning ilmiy hamda marketing tadqiqotlari va monitoringi bo‘yicha ishlarni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining mamlakatimizda va jahonda rivojlanishi tendensiyalarini o‘rganish va tahlil etishni tashkil etadi hamda ular bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlaydi;
davlat organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning davlat budjeti mablag‘lari hisobiga yaratilgan axborot resurslarini, shuningdek davlat sirlariga va maxfiy axborotga ega bo‘lgan resurslarni shakllantirish ishlarini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
radiochastota spektri, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish monitoringini olib borish, shuningdek radioto‘siqlarni, shu jumladan industrial radioto‘siqlarni bartaraf etish ishlarini tashkil qiladi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aloqa hamda axborot tizimlari va vositalari tarmoqlarini tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha faoliyati ustidan davlat nazoratini tashkil etish va amalga oshirish qoidalari va tartibini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatning ayrim turlarini belgilangan tartibda litsenziyalashni amalga oshiradi;
telefon raqamlarini belgilash, raqamlar ajratish rejasini va tizimini tasdiqlaydi, telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash resurslaridan foydalanishni, Internet tarmog‘ining milliy segmentini aniq adresli makonda tarqatishni hisobga oladi va nazorat qiladi;
pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, ma’lumotlar uzatish, teleradioeshittirish tarmoqlari va vositalari, axborot tizimlari va resurslarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha talablarni belgilaydi hamda normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;
idoraviy mansubligidan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning texnik kuchlari va vositalaridan foydalangan holda mudofaa qobiliyatini va milliy xavfsizlikni, aloqa va axborotlashtirish sohasidagi alohida muhim hamda toifalangan obyektlarning uzluksiz va xavfsiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish maqsadida manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ularning bajarilishini tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish, ularning samarali faoliyatini ta’minlash, telekommunikatsiyalar resurslaridan oqilona foydalanish va ularni rivojlantirish, telekommunikatsiyalar xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojni yanada to‘liq qondirish uchun telekommunikatsiyalar turli operatorlari, idoraviy tarmoqlar egalari tarmoqlarini muvofiqlashtirgan holda boshqarish tizimini yaratish, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mudofaa va milliy xavfsizligi manfaatlari yo‘lida tarmoqlardan ustuvor foydalanishni ta’minlash bo‘yicha ishlar muvofiqlashtirilishini tashkil etadi;
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 2-apreldagi 69-sonli qarori asosida o‘n oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 14-son, 142-modda)
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pochta aloqasi va telekommunikatsiyalarning universal xizmatlari ro‘yxatini, ularning sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi, pochta aloqasi va telekommunikatsiyalarning universal xizmatlariga tariflarni tasdiqlaydi;
foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olgan holda telekommunikatsiyalarning ayrim xizmatlari ro‘yxatini belgilaydi va ularga hamda tarmoqlararo ulanishlarga tariflarni kelishib oladi;
ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarida foydalanish uchun dasturiy mahsulotlar ishlab chiqishni tashkil qiladi hamda ularni iqtisodiyot tarmoqlarida joriy etadi;
aloqa va axborotlashtirish sohasida davlat organlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlarini yaratishga, dasturiy mahsulotlar, axborot resurslari, xizmatlar bozorini shakllantirish va rivojlantirishga ko‘maklashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat monopoliyaga qarshi organi bilan birgalikda aloqa va axborotlashtirish sohasida, shuningdek elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati uchun teng sharoitlar yaratishga, raqobatni rivojlantirishga va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga ko‘maklashadi;
(9-bandning yigirmanchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-sentabrdagi 215-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 39-son, 297-modda)
Radiochastotalar bo‘yicha Davlat komissiyasi tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda radiochastota spektrini taqsimlash, undan foydalanish hamda ushbu sohada qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilishda davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aloqa va axborotlashtirish masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasining aloqa va axborotlashtirish, radiochastota spektridan foydalanish sohasida xalqaro faoliyatni amalga oshiruvchi vakolatli organi sifatida ish ko‘radi, Xalqaro elektr aloqasi uyushmasi, Jahon pochta uyushmasi hamda aloqa va axborotlashtirish, radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi boshqa xalqaro tashkilotlarning kongresslari, syezdlari, konferensiyalarida O‘zbekiston Respublikasi nomidan qatnashadi;
aloqa va axborotlashtirish, radiochastota spektridan foydalanish sohasida davlatlararo hamda hukumatlararo bitimlar va shartnomalar loyihalarini tayyorlashda qatnashadi;
aloqa va axborotlashtirish, radiochastota spektridan foydalanish sohasida, belgilangan tartibda xalqaro idoralararo bitimlar va shartnomalar tuzadi;
investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda hamda pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, teleradioeshittirish vositalari va tarmoqlarini, axborot tizimlari va texnologiyalarini, radiomonitoringning texnik vositalarini, dasturiy mahsulotlarni rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni jalb etishda qatnashadi, ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan xizmatlarni, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlashni, mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil qiladi;
aloqa va axborotlashtirish, radiochastota spektridan foydalanish sohasini rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlari, xorijiy mamlakatlarning hukumatlari tomonidan ajratiladigan grantlardan foydalanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;
aloqa va axborotlashtirish, radiochastota spektridan foydalanish sohasini rivojlantirish uchun investitsiyalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etish yuzasidan tenderlar, tanlovlar va savdolarni tashkil etadi va ularni o‘tkazishda qatnashadi;
hududiy boshqarmalar, o‘ziga qarashli davlat tashkilotlari, korxonalari va muassasalari ishiga bevosita rahbarlik qiladi, ular faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan litsenziya bitimlarining, radiochastota spektridan foydalanishning, pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar, ma’lumotlarni uzatish, teleradioeshittirish tarmoqlarida, davlat boshqaruv organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning axborot tizimlarida xavfsizlik bo‘yicha texnik va texnologik talablarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
aloqa va axborotlashtirish, radiochastota spektridan va elektron raqamli imzodan, shu jumladan joylarda foydalanish sohasida monitoring o‘tkazish, qonun buzilishlarini aniqlash va ularning oldini olish yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
(9-bandning o‘ttiz birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-sentabrdagi 215-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 39-son, 297-modda)
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq aloqa va axborotlashtirish sohasida tuzilmani takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi;
Agentlik tizimining safarbarlik rejasini, davlat zaxirasiga moddiy vositalar jamlash tuzilmasi, tarkibi, normalari va rejasini ishlab chiqadi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini aloqa bilan ta’minlash uchun harbiy qism kuchlari va vositalari bilan avariya-tiklash ishlari bajarilishini, Agentlik tizimining alohida muhim obyektlari qo‘riqlanishini tashkil etadi;
telekommunikatsiyalar, ma’lumotlar uzatish, teleradioeshittirish, pochta aloqasi, matbuot tarqatish tarmoqlarini, axborot resurslari va tizimlari bozorini rivojlantirish, radiochastota spektridan foydalanish sohasida strategik ustuvorliklarni amalga oshirishda, davlat tomonidan samarali tartibga solib borishni ro‘yobga chiqarishda hududiy boshqarmalarning mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan o‘zaro hamkorligini hamda uni muvofiqlashtirishni tashkil qiladi;
Agentlik tizimiga kiruvchi budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan o‘quv yurtlari, maxsus korxonalar, harbiy bo‘linmalarning budjetdan moliyalashtirilishini tashkil etadi;
aloqa va axborotlashtirish sohasi o‘quv yurtlarining alohida iqtidorli talabalari uchun Agentlikning stipendiyalarini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik va normativ hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablariga, ommaviy kommunikatsiyalar sohasida, jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy yo‘ldosh tizimi, Internetning global tarmoqlari, axborotlarni, shuningdek matbaa mahsulotlarini yetkazib berish va tarqatish boshqa elektron vositalari sohasida faoliyatni amalga oshiradigan yuridik va jismoniy shaxslar litsenziyalari shartlariga rioya etilishi yuzasidan monitoring amalga oshirilishini tashkil qiladi.
(9-bandning o‘ttiz yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qarori bilan kiritilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 32-33-son, 255-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarini belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarining vakolatli shaxslariga elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarini beradi;
elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarining vakolatli shaxslari elektron raqamli imzolari kalitlari sertifikatlarining yagona davlat reyestrini yuritadi hamda unga yuridik va jismoniy shaxslarning erkin kirishini ta’minlaydi;
yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bo‘yicha elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarining vakolatli shaxslari elektron raqamli imzolarining haqiqiyligini tasdiqlaydi;
elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.
(9-bandning o‘ttiz sakkiz—qirq birinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-sentabrdagi 215-son qaroriga muvofiq kiritilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 39-son, 297-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish huquqini olish uchun taqdim qilingan hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza o‘tkazishni tashkil qiladi.
(9-bandning qirq ikkinchi xatiboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-martdagi 47-sonli qarori bilan to‘ldirildi — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 11-son, 87-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
elektron kutubxona tizimi rivojlantirilishini, kutubxona axborot resurslari tizimlashtirilishini, aholining keng qatlamlari axborot-kutubxona markazlari resurslaridan foydalanishini ta’minlash.
(9-bandning qirq uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-avgustdagi 178-sonli qarori bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 34-35-son, 346-modda)
mintaqalarda aloqa va axborotlashtirishni rivojlantirish dasturlarining hududiy darajada amalga oshirilishini, litsenziya bitimlarining bajarilishini, radiochastota spektridan foydalanish samaradorligini, shuningdek axborot va pochta xavfsizligi talablari bajarilishini tahlil qilish;
telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni amalga oshirishga litsenziyalar olish uchun mintaqaviy talabgorlardan hujjatlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan rasmiylashtirilgan litsenziyalar va boshqa hujjatlarni berish;
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining hududiy bo‘linmalari hamda tegishli davlat boshqaruvi organlari bilan radiochastota spektridan xavfsiz va oqilona foydalanish, televideniye va radio dasturlarini tarqatish, ma’lumotlarni uzatish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni ta’minlash;
aloqa obyektlari va korxonalari qo‘riqlanishini, radiochastota spektridan foydalanish samaradorligini, pochta, telekommunikatsiya, ma’lumotlarni uzatish va teleradioeshittirish tarmoqlarida, axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirish.
11. Hududiy boshqarmalar o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
aloqa va axborotlashtirish sohasini rivojlantirishning mintaqaviy dasturlari bajarilishi monitoringini tashkil qiladi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aloqa tarmoqlari, axborotlashtirish tizimlari va vositalarini yaratish hamda ularning faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning litsenziya talablarini, axborot va pochta xavfsizligi talablarini, telekommunikatsiyalarning shaharlararo va xalqaro tarmoqlarini boshqarish organi talablarini bajarish bo‘yicha faoliyatini tekshirishda qatnashadi;
idoraviy mansubligidan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning texnik kuchlari va vositalaridan foydalangan holda mudofaa qobiliyatini va milliy xavfsizlikni, aloqa va axborotlashtirish sohasidagi alohida muhim hamda toifalangan obyektlarning uzluksiz va xavfsiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish maqsadida vazirliklar va idoralarning hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda kompleks chora-tadbirlarni bajarishda qatnashadi;
radiochastota spektrini taqsimlash, undan foydalanish sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlashda va ushbu sohada qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilishda qatnashadi;
radiochastota spektri, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish monitoringi, shuningdek radioto‘siqlarni, shu jumladan industrial radioto‘siqlarni, qonun hujjatlarida taqiqlangan axborotlarni tarqatish uchun teleradioeshittirish va ma’lumotlar uzatishning texnik vositalaridan foydalanishda suiiste’molchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar, ma’lumotlarni uzatish, teleradioeshittirish tarmoqlarida, axborot tizimlarida xavfsizlik bo‘yicha texnik va texnologik talablarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
aloqa va axborotlashtirish sohasida monitoring o‘tkazish, qonun buzilishlarini aniqlash va ularning oldini olish yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
safarbarlik rejalarini ishlab chiqishda qatnashadi, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini aloqa bilan ta’minlash, alohida muhim obyektlarni qo‘riqlash uchun avariya-tiklash ishlarini bajarishni tashkil qiladi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning axborot resurslari hamda tizimlarini shakllantirish ishlarini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;
pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, teleradioeshittirish tarmoqlari va vositalari, axborot tizimlari va resurslari, radiochastota spektridan foydalanish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha normativ hujjatlarni bajarish tadbirlarini amalga oshiradi;
davlat monopoliyaga qarshi organi hududiy tuzilmalari bilan birgalikda tabiiy monopolist subyektlar faoliyati monitoringida qatnashadi, aloqa va axborotlashtirish sohasida raqobatni rivojlantirishga hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga ko‘maklashadi.
12. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek hududiy boshqarmalar, o‘ziga qarashli tashkilotlar, korxonalar va muassasalar orqali hal qiladi.
davlat boshqaruvi organlari, vazirliklar va idoralardan, xo‘jalik yurituvchi subyektlardan Agentlik vakolatiga taalluqli masalalarga doir zarur axborotlarni so‘rab olish;
O‘zbekiston Respublikasida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishga ruxsatnomalar berish, shuningdek radiochastota spektridan foydalanishni to‘xtatish, to‘xtatib turish va cheklash;
Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va davlat boshqaruvi organlariga belgilangan tartibda takliflar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
favqulodda vaziyatlarda (harbiy harakatlar, zilzila, suv toshqini, yong‘in, epidemiyalarda va boshqalarda) pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va axborot tizimlarining har qanday tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ularning faoliyat ko‘rsatishini cheklash yoki to‘xtatib qo‘yish, shuningdek telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan markazlashtirilgan boshqarish, telekommunikatsiya xizmatlari maxsus iste’molchilarining telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan tashqari;
(13-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 2-apreldagi 69-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 14-son, 142-modda)
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar belgilangan standartlarga va texnik normalarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, fuqarolarning xavfsizligini, atrof muhit muhofazasini ta’minlamaganda, radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq to‘lanmaganda, shuningdek alohida holatlarda ulardan foydalanishni belgilangan tartibda taqiqlash;
aloqa va axborotlashtirish sohasidagi xalqaro tashkilotlarga O‘zbekiston Respublikasining a’zolik badallarini to‘lash uchun aloqa va axborotlashtirish sohasidagi tashkilotlar va kompaniyalarning ixtiyoriylik asosida berilgan mablag‘larini jamlash.
Agentlik pochta to‘lovi davlat belgilarini muomalaga chiqarish va muomaladan olib qo‘yish bo‘yicha mutlaq huquqqa egadir.
Agentlik O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
14. Agentlik o‘z vakolatlari doirasida vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga haqlidir.
Agentlik, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlar qabul qilish huquqiga ega.
15. Agentlik aloqa va axborotlashtirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning ta’minlanishi, shuningdek o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
16. Agentlikka qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bosh direktor boshchilik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bosh direktorning o‘rinbosarlari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi, ularning sonini belgilash va ularni lavozimga tayinlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bosh direktor maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi vaziriga, bosh direktorning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari — tegishli ravishda vazirning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Agentlikning bosh direktori bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi radiochastotalar bo‘yicha Davlat komissiyasining raisi hisoblanadi.
Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi,
o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, hududiy boshqarmalar, Agentlik tizimidagi davlat tashkilotlari, korxonalari va muassasalari mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilaydi, Agentlik faoliyatining ayrim uchastkalariga rahbarlik va hududiy boshqarmalar, Agentlikka qarashli tashkilotlar, korxonalar va muassasalar ishi uchun o‘z o‘rinbosarlarining, boshqa mansabdor shaxslarning javobgarligi darajasini belgilaydi;
Agentlik tizimi xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalarning tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritadi, shtat jadvalini, shuningdek Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar, budjetdan moliyalashtiriladigan o‘ziga qarashli davlat tashkilotlari, korxonalari va muassasalari xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
Agentlik bo‘limlari, hududiy boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, Agentlik tizimiga kiruvchi o‘ziga qarashli tashkilotlar, korxonalar va muassasalar to‘g‘risidagi nizomlarni (ularning ustavlarini) belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Agentlik markaziy apparati xodimlarini, hududiy boshqarmalar, Agentlik tizimiga kiruvchi o‘ziga qarashli tashkilotlar, korxonalar va muassasalar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
19. Agentlikda tarkibiga bosh direktor — (rais), bosh direktor o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra) hamda Agentlik tizimidagi boshqa rahbar xodimlar kiradigan 11 kishidan iborat hay’at tashkil etiladi.
Hay’atning shaxsiy tarkibi bosh direktor taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Agentlik hay’ati Agentlik faoliyatining asosiy masalalarini ko‘rib chiqadi, Agentlik bo‘limlari, hududiy boshqarmalar, Agentlikka qarashli tashkilotlar, korxonalar va muassasalar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi, Agentlikning muhim buyruqlari va boshqa hujjatlari loyihalarini, shuningdek aloqa va axborotlashtirish tizimini rivojlantirish, ilmiy-texnika yutuqlaridan keng ko‘lamda foydalanish, idoralararo va davlatlararo aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.
Hay’at qarorlari bosh direktor buyruqlari bilan hayotga joriy etiladi. Bosh direktor bilan hay’at o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda bosh direktor o‘z qarorini hayotga joriy etadi. Bosh direktor kelib chiqqan kelishmovchiliklar haqida Vazirlar Mahkamasiga axborot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Hududiy boshqarmalar o‘z faoliyatini Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq amalga oshiradilar.
Hududiy boshqarmalarga Agentlik bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliqlar boshchilik qiladilar.
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi;
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1997-yil 31-iyuldagi 380-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining maxsus avariya-tiklash boshqarmasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 1-iyuldagi 274-son qarori 6-bandining birinchi xatboshi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Ma’lumotlar uzatish milliy tarmog‘ini tashkil etish va jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” 1999-yil 5-fevraldagi 52-son qaroriga ilova II bo‘limining 1-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi axborot resurslarini tayyorlash va ularni ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida, shu jumladan, Internetda tarqatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni va O‘zbekiston Respublikasida provayderlar va abonentlarning ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘idan axborot olish va ulardan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1999-yil 26-martdagi 137-son qaroriga 2-ilova.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 2000-yil 30-iyundagi 253-son qaroriga 5-ilovaning 2-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qaroriga 3-ilovaning 2-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasini xususiylashtirishga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 27-dekabrdagi 488-son qaroriga 4-ilovaning 1-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 6-iyundagi 200-son qarorga 3-ilova.
9. Vazirlar Mahkamasining “Aloqa va axborotlashtirish sohasida boshqaruvni tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 23-sentabrdagi 328-son qaroriga 1-ilova va 5-ilovaning 12-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 27-sentabrdagi 336-son qarorining 3-bandi.
1. Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda ma’lumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qaroriga 5-ilovaning 2, 5 va 6-bandlaridagi O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligiga ko‘rsatmalar O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi axborot resurslarini tayyorlash va ularni ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida, shu jumladan, Internetda tarqatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni va O‘zbekiston Respublikasida provayderlar va abonentlarning ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘idan axborot olish va ulardan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1999-yil 26-martdagi 137-son qarorida:
qarorning nomidan “va O‘zbekiston Respublikasida provayderlar va abonentlarning ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘idan axborot olish va ulardan foydalanish qoidalarini” so‘zlari chiqarib tashlansin;
2-banddagi “mazkur qarorning 1-bandida ko‘rsatib o‘tilgan Nizom va Qoidalarga” so‘zlari “mazkur qarorning 1-bandida ko‘rsatib o‘tilgan Nizomga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“3. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi ko‘rsatib o‘tilgan hujjatda bayon qilingan qoidalar va talablarga rioya qilinishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar”;
“Hujjatlashtirilgan axborot — identifikatsiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari bo‘lgan material manbaida qayd etilgan axborot”;
“Ommaviy axborot — omma uchun mo‘ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, matbuot, audio, audiovizual hamda boshqa xabarlar va materiallar”;
“Axborot resurslari — axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborotlar, ma’lumotlar banklari, ma’lumotlar bazasi”;
“Axborot tizimi — axborotlarni yig‘ish, saqlash, izlash, ishlash va ulardan foydalanish imkonini beruvchi axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining tashkiliy tartibga solingan yig‘indisi”;
“Axborot resurslari yoki axborot tizimlari egasi — axborot resurslari yoki axborot tizimlariga egalik qilishni, ulardan foydalanishni va ularni tasarruf etishni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar”;
“Axborot xavfsizligi — axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalanganligi holati”;
Davlat axborot resurslari davlat organlarining axborot resurslaridan; yuridik va jismoniy shaxslarning davlat budjeti mablag‘lari hisobiga yaratilgan axborot resurslaridan; yuridik va jismoniy shaxslarning davlat sirlariga va maxfiy axborotlarga ega bo‘lgan axborot resurslaridan; yuridik va jismoniy shaxslarning belgilangan tartibda beriladigan hujjatlashtirilgan axborotlaridan shakllantiriladi”;
8-bandning ikkinchi xatboshidagi “Fuqarolar to‘g‘risidagi axborot (shaxsiy ma’lumotlar)” so‘zlari “Jismoniy shaxslarning shaxsiy ma’lumotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayoti to‘g‘risidagi axborotlarni Internet orqali tarqatishni O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda Tashqi ishlar vazirligi muvofiqlashtirib borishadi”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Vaqtli matbuotni tarqatish korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 13-sentabrdagi 418-son qaroriga 2-ilovadagi “O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent teleminorasining uzatuvchi radiotelevizion kompleksini zamonaviylashtirish va rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 6-noyabrdagi 440-son qaroridagi “Radioaloqalar, radioeshittirish va teleko‘rsatuvlar korxonasi” so‘zlari “Radio aloqasi, radioeshittirish va televideniye markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 6-iyundagi 200-son qarori 1-bandidan to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Aloqa va axborotlashtirish sohasida boshqaruvni tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 23-sentabrdagi 328-son qarorida:
“2. Komissiya O‘zbekiston Respublikasi radiochastota spektrlaridan foydalanishni tartibga solish sohasida ishlarni muvofiqlashtiruvchi idoralararo kollegial organ hisoblanadi”;
7. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi respublika organlarining boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga 3-ilovaning “Aloqa va axborotlashtirish kompleksi” nomli VIII bo‘limida:
72-bandning 2-ustuniga “Hududiy organlar (viloyat bo‘g‘inlari)” so‘zlari va ko‘rsatilgan pozitsiya ro‘parasiga 6-ustunga “91” raqami qo‘shilsin, 6-ustundagi “439” raqami “530” raqami bilan almashtirilsin;
75-bandning 6-ustunidagi “2806” raqami “2897” raqami bilan, “875” raqami “966” raqami bilan almashtirilsin.