Ushbu Qonunning maqsadi davlat kadastrlarini yuritish, kadastrga doir axborotni to‘plash va undan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
Davlat kadastrlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining davlat kadastrlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi hamda u davlat kadastri yuritiladigan tabiiy, xo‘jalik obyekti yoki boshqa obyekt muayyan turining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi to‘g‘risidagi yangilanib turiladigan ma’lumotlar va hujjatlar tizimidan iborat bo‘ladi.
Davlat kadastrlarining yagona tizimi O‘zbekiston Respublikasi va uning ayrim hududlari tabiiy-iqtisodiy salohiyatining yagona umumdavlat hisob-kitobi yuritilishini, baholanishini ta’minlashga mo‘ljallangan ko‘p maqsadli axborot tizimi tarzida yaratiladi.
Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritiladigan davlat kadastrlarining axborotini taqdim etish tartibi davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
(5-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-iyuldagi O‘RQ-487-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son)
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-maydagi 258-son “O‘zbekiston Respublikasi konlari, foydali qazilmalari nishonalari va texnogen hosilalarining davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi konlari, foydali qazilmalari va texnogen tuzilmalarining kelib chiqishi bo‘yicha davlat kadastrini yuritish to‘g‘risida Vaqtinchalik yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 531, 12.11.1998-y.)ga qarang.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-yanvardagi 11-son “O‘zbekiston Respublikasining davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga qarang.
LexUZ sharhi
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-noyabrdagi 914-son qarori bilan tasdiqlangan O‘simlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-moddaning birinchi qismi yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-noyabrdagi 914-son qarori bilan tasdiqlangan Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-martdagi 104-son “O‘zbekiston Respublikasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
(5-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi O‘RQ-278 sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
LexUZ sharhi
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-noyabrdagi 499-son qarori bilan tasdiqlangan Gidrotexnika inshootlarining kadastrini yuritish tartibiga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-moddaning birinchi qismi o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 29-iyuldagi 269-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros obyektlari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
(5-moddaning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat kadastrlari yagona tizimiga qonun bilan belgilanadigan boshqa davlat kadastrlari ham kirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer, foydali qazilma konlari, belgilari va texnogen hosilalar, suvlar, o‘rmonlar, o‘simliklar va hayvonot dunyosi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, tabiiy va texnogen xavfi yuqori bo‘lgan tegralar, ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarini ko‘mib tashlash va utillashtirish joylari, binolar va inshootlar, geodeziya punktlari, avtomobil yo‘llari va temir yo‘llar, transport va muhandislik kommunikatsiyalari davlat kadastrlarining obyektlari hisoblanadi.
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi O‘RQ-278 sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
kadastr obyektlarining har bir turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining butun hududini to‘la qamrab olish;
Davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, maxsus vakolatli organ va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
davlat kadastrlarining yagona davlat siyosatini amalga oshiradi, ularni takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi, moliyalashtirish va investitsiya masalalarini hal qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kadastrga doir axborotni foydalanuvchilarga taqdim etish tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi maxsus vakolatli organ hisoblanadi.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi:
(10-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarni tegishli davlat kadastrlarini yuritish uchun zarur bo‘lgan kartografiya materiallari bilan belgilangan tartibda ta’minlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
davlat yer kadastrini, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ishlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy budjet hisobidan moliyalashtiradilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat kadastrlarini yuritish tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Keyingi tahrirga qarang.
Kadastr obyektlarining mulkdorlari hamda kadastr obyektlariga doir boshqa huquqlarning egalari tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kadastr obyektlarining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi to‘g‘risida, shuningdek ularning holatidagi joriy o‘zgarishlar haqida axborot taqdim etishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat kadastrlarini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Davlat kadastrlarini yuritish tartibi davlat kadastrining har bir turi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan tartibga solingan. Mazkur Qonunning 5-moddasiga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat kadastrlari yuritilishini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(12-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuridik va jismoniy shaxslarning kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlari davlat tomonidan e’tirof etilishi hamda tasdiqlanishining yuridik hujjatidir.
Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotni davlat reyestrlariga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kadastr obyektlarining barcha mulkdorlari va kadastr obyektlariga doir boshqa huquqlarning egalari uchun majburiydir.
(13-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-iyuldagi O‘RQ-487-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘chmas mulk bo‘lgan kadastr obyektlariga doir huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha bitimni insofli ravishda tuzgan taraflar Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi noto‘g‘ri axborot oqibatida ko‘rgan zararlar uchun javobgar bo‘ladi. Zararning o‘rni sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida qoplanishi lozim.
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Kadastr obyektlarini hisobga olish vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralarning tegishli bo‘linmalari tomonidan kadastr obyektlarining chegaralari doirasida, shuningdek aholi punktlari, tumanlar, mintaqalar, tabiiy va iqtisodiy tegralar hamda butun O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha ularning amaldagi holati va ulardan foydalanilishiga ko‘ra olib boriladi.
(14-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-iyuldagi O‘RQ-487-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Kadastr obyektlarini sifat jihatidan baholash ularning tabiiy va jismoniy tavsiflari asosida amalga oshiriladi.
Kadastr obyektlarini qiymat jihatidan baholash ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Kadastr obyektiga bo‘lgan mulk huquqini va boshqa huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar, obyektning kadastr yig‘majildi, kadastr xaritasi (plani), kadastr kitobi, kadastr obyektlarining holati haqidagi hisobot kadastr hujjatlarining asosiy turlaridir.
Kadastr yig‘majildi kadastr obyektiga bo‘lgan huquqni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan kadastr obyektini kadastr suratiga olish, texnik inventarizatsiya qilish va pasportlashtirishning, maxsus tekshirish va izlanishlarning, sifat va qiymat jihatidan baholashning hujjatlari, materiallari va ma’lumotlaridan iborat bo‘ladi.
Kadastr xaritasi (plani) kadastr obyektlari joylashgan erni, ularning chegaralari, muhofaza tegralari, baholash, miqdor va sifat tavsiflarini aks ettiruvchi grafik chizma hujjati bo‘lib, u qog‘ozda, magnit va boshqa vositalarda tuziladi.
Kadastr kitobi kadastr obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olishning asosiy hujjati hisoblanib, u kadastr obyektlarining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor hamda sifat jihatdan tavsiflari va bahosi haqidagi ma’lumotlardan iborat bo‘ladi.
Kadastr obyektlarining holati to‘g‘risidagi hisobot davlat kadastrining har bir turi bo‘yicha belgilangan tartibda tuziladi hamda kadastr obyektlarining alohida hududlar va butun O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha miqdor va sifat holati, bahosi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Davlat kadastrlariga doir axborot davlat hokimiyati organlariga bepul, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga esa belgilangan tartibda haq evaziga taqdim etiladi.
Davlat siri hisoblangan davlat kadastrlariga doir axborotdan foydalanish qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat kadastrlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Keyingi tahrirga qarang.