08.06.2016 yildagi 191-son
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”, “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish to‘g‘risida” 2015-yil 12-noyabrdagi 330-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ushbu Nizom “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”, “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish to‘g‘risida” 2015-yil 12-noyabrdagi 330-son qaroriga muvofiq dori vositalari, shu jumladan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar va tibbiy buyumlar shaxsiy foydalanish uchun jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilishi va olib chiqilishi tartibini belgilaydi.
4. Ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan hollarda dori vositalari va tibbiy buyumlar jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirilishi va olib chiqilishida faqat ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun foydalanilishi va sotish uchun boshqa shaxslarga berilmasligi kerak.
6. Dori vositalarini ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilganidan ortiq miqdorda olib kirish va olib chiqishda jismoniy shaxslar bojxona organlariga bo‘lish yoki yashash mamlakatining tibbiyot muassasasidan uning shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan dori vositasining nomini, uning dorivor shaklini va davolash kursiga tavsiya qilingan miqdorini ko‘rsatgan holda muayyan jismoniy shaxsga berilgan hujjatni taqdim etadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)