Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti tomonidan ijro etilishi to‘g‘risida.
2010-yil — “Barkamol avlod yili” Davlat dasturida belgilab berilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan Andijon viloyati xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining faoliyati to‘g‘risida.
“Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Sirdaryo viloyatida ijro etilishini o‘rganish va muhokama qilish (xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi bilan birgalikda).
“Lizing to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Samarqand viloyatida ijro etilishini o‘rganish va muhokama qilish.
“Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning tizimidagi doimiy asosda faoliyat yuritayotgan hakamlik sudlari tomonidan ijro etilishini o‘rganish va muhokama qilish.
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Toshkent shahrida ijro etilishini o‘rganish va muhokama qilish (xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi bilan birgalikda).
“Mudofaa to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Xorazm viloyatida ijro etilishini o‘rganish va muhokama qilish (xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashi bilan birgalikda).
“Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Qashqadaryo viloyatida ijro etilishini o‘rganish va muhokama qilish (xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi bilan birgalikda).
Biologik xilma-xillik to‘g‘risida Konvensiyani (Rio-de-Janeyro, 1992-yil 5-iyun) ijro etish bo‘yicha Buxoro viloyati xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ishini o‘rganish va muhokama qilish (xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashi bilan birgalikda).
“Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Qoraqalpog‘iston Respublikasida ijro etilishini o‘rganish va muhokama qilish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi bilan birgalikda).
“Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Surxondaryo viloyatida ijro etilishini o‘rganish va muhokama qilish (xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi bilan birgalikda).
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Toshkent viloyatidagi yirik sanoat korxonalari tomonidan ijro etilishini o‘rganish va muhokama qilish (xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashining tegishli doimiy komissiyalarini jalb etgan holda).
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining erlarni qishloq xo‘jaligidan o‘zga ehtiyojlar uchun ajratishga doir talablari ijrosini o‘rganish va muhokama qilish (Farg‘ona viloyati misolida, xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli doimiy komissiyalarini jalb etgan holda).
Transchegaraviy ochiq suv oqimlari va xalqaro ko‘llarni muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha BMT Konvensiyasi (Xelsinki, 1992-yil 17-mart) va Xalqaro ochiq suv oqimlaridan kema qatnovi bilan bog‘liq bo‘lmagan tarzda foydalanish huquqi to‘g‘risidagi BMT Konvensiyasining (Nyu-York, 1997-yil 21 may) O‘zbekiston Respublikasidagi ijrosini o‘rganish va muhokama qilish (Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi bilan birgalikda).
“Jahonda global iqlim isishiga qarshi amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya (“Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishlari to‘g‘risidagi Doiraviy Konvensiyasi (Nyu-York, 1992-yil 9-may)”, shuningdek “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishlari to‘g‘risidagi Doiraviy Konvensiyasiga Kioto Bayonnomasi (Kioto, 1997-yil 11-dekabr)” xalqaro hujjatlari asosida).

T/r

Tadbir nomi

Bajarish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Nazorat-tahlil faoliyati

1.

“Budjet tizimi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni­ning O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ijro etilishi haqida.

Birinchi yarim yillik

Budjet va iqtisodiy islohotlar masala­lari qo‘mitasi

2.

Voyaga etmaganlarga oid qonun hujjatlarining Farg‘ona viloyati hokimligi huzuridagi voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya va viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan ijro etilishi to‘g‘risida.

Birinchi yarim yillik

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘­mitasi (xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi bilan qo‘shma majlis)

3.

“O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Toshkent viloyatida ijro etilishi haqida.

Birinchi yarim yillik

Fan, ta’lim, madaniyat va sport masala­lari qo‘mitasi

4.

“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi o‘quv yurtlarida ijro etilishi to‘g‘risida.

Ikkinchi yarim yillik

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi

5.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining narkotik moddalar va psixo­trop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash Konvensiyasi (Vena, 1988-yil 19-dekabr) qoidalarini ijro etish, yoshlar orasida narkomaniyaga barham berish yuzasidan Xorazm viloyati xalq deputat­lari mahalliy Kengashlarining ishlari to‘g‘risida.

Ikkinchi yarim yillik

Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah­kamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi bilan birgalikda)

6.

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining uy-joy sharoit­larini yaxshilash, qurish yoki xarid qilishga muhtoj yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlashga doir qismining Namangan viloyatida ijro eti­lishi to‘g‘risida.

Ikkinchi yarim yillik

Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi

II. Tadbirlar*

1.

“Yosh olim va tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash iqtisodiy mexanizmini kuchaytirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish yo‘llari” mavzuida seminar.

Birinchi chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar masa­lalari qo‘mitasi (Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi bilan bir­galikda)

2.

“Bolalarning omonligi, himoyasi va rivojlanishini ta’minlash to‘g‘risidagi Umumjahon Deklaratsiyasi (Nyu-York, 1990-yil 30 sen­tyabr) qoidalarining O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirishning borishi haqida” mavzuida davra suhbati.

Birinchi chorak

Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi (“Sog‘­l�m avlod uchun” jamg‘armasi bilan birgalikda)

3.

“Voyaga etmaganlarga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish (yuvenal adliya): amaliyot va samaradorlik” mavzuida davra suhbati.

Ikkinchi chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi

4.

“Qishloq joylarda tadbirkorlikni rivojlantirishda yoshlar salohiyatidan foydalanish” mavzuida davra suhbati.

Ikkinchi chorak

Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va eko­logiya qo‘mitasi

5.

“Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda davlat va jamoat tashkilotlarining vazifalari” mavzuida seminar.

Uchinchi chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi

6.

“Yosh avlodning barkamol rivojlanishini ta’minlashda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson taraqqiyoti konsepsiyasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining o‘rni” mavzuida seminar-trening.

Uchinchi chorak

Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi (Dav­lat va jamiyat qurilishi akademiyasi va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi bilan birgalikda)

7.

“Ta’lim muassasalarining zamonaviy moddiy-texnika bazasidan samarali foydalanish to‘g‘risida” mavzuida davra suhbati.

To‘rtinchi chorak

Fan, ta’lim, madaniyat va sport masala­lari qo‘mitasi


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”