“O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish, toponomik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Zarafshon shahrining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan chegarasi ilova qilinayotgan chegara tavsifi va grafik chizmaga muvofiq tasdiqlansin (1, 2-ilova*).
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2009-yil 20-avgustdagi 1061-I-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Boshlang‘ich 1-nuqta shaharning shimoliy qismida, garajlar shirkatidan shimolroqda va mavjud tuproq yo‘ldan janubroqda, ulardan 430 metr masofada joylashgan.
Shaharning loyihadagi chegarasi yo‘nalishi sharq tomonga tuproq yo‘l trassasiga parallel tarzda boshlanib, 2-nuqtagacha davom etadi. 2-nuqta Tomdibuloq tuman markaziga olib boradigan avtomobil yo‘ldan sharqroqda, undan 70 metr masofada joylashgan.
Shaharning loyihadagi chegarasi 2-nuqtadan tuproq yo‘l trassasi ustidan o‘tib, o‘z yo‘nalishini sharq tomonga davom ettiradi, LEP-220 kVning ikkita liniyasi trassalarini, ushbu trassalar bo‘ylab ketgan avtomobil yo‘lini kesib o‘tgan holda 3-nuqtaga boradi.
Shaharning loyihadagi chegarasi 3-nuqtadan shimoli-sharq tomonga 91o burchak ostida burilib, yangi qabristonning shimoli-g‘arbiy chegarasiga parallel tarzda, undan 150 metr masofada 4-nuqtagacha davom etadi. 4-nuqta kanal irmog‘ining janubiy qirg‘og‘i bo‘ylab joylashgan.
Shaharning loyihadagi chegarasi 4-nuqtadan janubi-sharq tomonga 105o burchak ostida burilib, kanal irmog‘i trassasiga qat’iy parallel tarzda 5-nuqtagacha davom etadi.
Shaharning loyihadagi chegarasi 5-nuqtadan janubi-sharq tomonga 145o burchak ostida burilib, bir necha tuproq yo‘llari kesishgan joygacha kanal irmog‘iga parallel tarzda davom etgan holda 6-nuqtaga boradi.
Shaharning loyihadagi chegarasi 6-nuqtadan o‘z yo‘nalishini 148o burchak ostida janub tomonga o‘zgartirib, yana kanal irmog‘iga parallel tarzda davom etadi, avtomobil yo‘lini va karyerga olib boradigan temir yo‘l tarmog‘ini kesib o‘tadi. Shaharning loyihadagi chegarasi temir yo‘l tarmog‘i kesib o‘tilgach, o‘z yo‘nalishida yana 350 metr davom etadi va shu nuqtadan boshlab 230 metr uzunlikda shaharning hozirgi mavjud chegarasi ustidan o‘tadi, qat’iy ravishda janub tomonga davom etib, tog‘ massivining boshlanishida joylashgan 7-nuqtagacha boradi.
Shaharning loyihadagi chegarasi 7-nuqtadan janubi-g‘arb tomonga 106o burchak ostida burilib, o‘z yo‘nalishini kanal irmog‘ining trassasi bo‘ylab davom ettirgan holda 8-nuqtaga boradi.
Shaharning loyihadagi chegarasi 8-nuqtadan g‘arb tomonga burilib, o‘z yo‘nalishini shaharning hozirgi mavjud chegarasi ustidan o‘tgan holda Sugralisoy o‘zanida (to‘g‘ondan 200 metr masofada) joylashgan 9-nuqtagacha davom ettiradi.
Shaharning loyihadagi chegarasi 9-nuqtadan janub tomonga 89o burchak ostida burilib, shaharning hozirgi mavjud chegarasi ustidan o‘tgan holda davom etadi, A-379 avtomobil yo‘li trassasini, “Yangi Zarafshon” stansiyasidan Muruntov shahar posyolkasigacha bo‘lgan temir yo‘l tarmog‘ini kesib o‘tib, 10-nuqtaga boradi.
Shaharning loyihadagi chegarasi 10-nuqtadan g‘arb tomonga to‘g‘ri burchak ostida burilib, shaharning hozirgi mavjud chegarasi ustidan o‘tgan holda suv taqsimlovchi uzelning janubiy chegarasi bo‘ylab 11-nuqtaga boradi.
Shaharning loyihadagi chegarasi 11-nuqtadan shaharning hozirgi mavjud chegarasi bo‘yicha to‘g‘ri burchak ostida burilib, shimoliy yo‘nalish bo‘ylab LEP-35 kV trassaga parallel holda (trassadan 50 metr masofada sharq tomonga) 12-nuqtagacha davom etadi.
Shaharning loyihadagi chegarasi 12-nuqtadan shimoli-g‘arb tomonga 117o burchak ostida burilib, shaharning hozirgi mavjud chegarasi ustidan o‘tgan holda LEP-35 kV trassasiga parallel tarzda 13-nuqtagacha boradi.
Shaharning loyihadagi chegarasi 13-nuqtadan janubi-g‘arb tomonga 146o burchak ostida burilib, 14-nuqtaga boradi.
Shaharning loyihadagi chegarasi 14-nuqtadan shimoli-g‘arb tomonga “Yangi Zarafshon” turar joy massivining loyihadagi chekka ko‘chasi bo‘ylab 15-nuqtagacha boradi.
Shaharning loyihadagi chegarasi 15-nuqtadan loyihadagi chekka ko‘chaga parallel tarzda shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 16-nuqtagacha boradi. “Yangi Zarafshon” temir yo‘l stansiyasidan sharqroqda joylashgan 16-nuqtada shaharning loyihadagi chegarasi yana hozirgi mavjud chegara ustidan o‘tadi.
Shaharning loyihadagi chegarasi 16-nuqtadan o‘z yo‘nalishini g‘arb tomonga 81o burchak ostida o‘zgartirib, shaharning hozirgi mavjud chegarasi ustidan, temir yo‘ldan shimolroqda LEP-220 kV trassasi bilan kesishgunga qadar davom ettirib, 17-nuqtaga boradi.
Shaharning loyihadagi chegarasi 17-nuqtadan shimoli-sharq tomonga 71o burchak ostida burilgan holda shaharning hozirgi mavjud chegarasi ustidan LEP-220 kV trassasiga parallel tarzda o‘tib, 18-nuqtaga boradi.
Shaharning loyihadagi chegarasi 18-nuqtadan shimoli-g‘arb tomonga 112o burchak ostida burilgan holda shaharning hozirgi mavjud chegarasi ustidan o‘tib, 19-nuqtaga boradi.
Shaharning loyihadagi chegarasi 19-nuqtadan shimoli-sharq tomonga 122o burchak ostida burilib, shaharning hozirgi mavjud chegarasining axlatxona hududining yuqorisidagi katta uzunlikdagi uchastkasi ustidan davom etib, 20-nuqtagacha boradi.
Shaharning loyihadagi chegarasi 20-nuqtadan sharq tomonga 140o burchak ostida burilib, “Potok” oltin izlovchilar arteli chorvachilik kompleksining shimolrog‘idan o‘tib, 21-nuqtaga qadar, A-379 avtomobil yo‘li trassasi bilan kesishish nuqtasigacha boradi.
Shaharning loyihadagi chegarasi 21-nuqtadan o‘z yo‘nalishini sharq tomonga o‘zgartirib, tuproq yo‘l bo‘ylab boshlang‘ich 1-nuqtaga qadar davom ettiradi.