LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2016-yil 1-noyabrdagi 3-mb-sonli “2017-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2843, 01.12.2016-y.) asosan 2017-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi Qonuni 51-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 12-apreldagi “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2520-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2015-yil 2-noyabrdagi “2016-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 4-mb-son qaroriga (ro‘yxat raqami 2728, 2015-yil 13-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 45-son, 583-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchaning ilovasiga muvofiq Meva-sabzavot mahsulotlari xaridi to‘g‘risida hisobot shakli (115-ilova) bilan to‘ldirilsin.
2016-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchaga
ILOVA
ILOVA