12.05.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2728-1
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2017
Hujjat 01.01.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi Qonuni 51-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 12-apreldagi “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2520-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2015-yil 2-noyabrdagi “2016-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 4-mb-son qaroriga (ro‘yxat raqami 2728, 2015-yil 13-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 45-son, 583-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin.
1. 1-banddagi “114” raqami “115” raqami bilan almashtirilsin.
2. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchaning ilovasiga muvofiq Meva-sabzavot mahsulotlari xaridi to‘g‘risida hisobot shakli (115-ilova) bilan to‘ldirilsin.