O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Temir yo‘l transportini monopoliyadan chiqarish va aksiyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 2-martdagi PF-2815-son Farmonini bajarish yuzasidan va “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining boshqaruv tizimini takomillashtirish, temir yo‘l transporti korxonalari va tashkilotlarini xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, tarmoq korxonalarini rivojlantirish, texnika bilan qayta jihozlash va zamonaviylashtirish uchun investitsiyalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining tuzilmasi va uning ijro etuvchi apparati tuzilmasi 1 va 1a-ilovalarga* muvofiq ma’qullansin.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ijro etuvchi apparati shtatdagi xodimlarining cheklangan soni 164 nafardan iborat etib (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) tasdiqlansin.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisiga zarurat bo‘lganda kompaniya ijro etuvchi apparati tuzilmasiga xodimlarning shtatda belgilangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritishga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi 2001-yil 1-sentabrgacha “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining yuk va yo‘lovchilar tashish bo‘yicha hududiy direksiyalari hamda Orolbo‘yi bo‘limini belgilangan tartibda tugatish va ularning negizida 1-ilovada nazarda tutilgan funksional tarkibiy bo‘linmalar va korxonalar tashkil etishga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
3. Temir yo‘l transporti korxonalari va tashkilotlarini monopoliyadan va davlat tasarrufidan chiqarish hamda aksiyalashtirish masalalari bo‘yicha maxsus komissiya (Sultonov), O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi:
asosiy fondlarning 2001-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra qayta baholanishini hisobga olgan holda 2-ilovaga muvofiq korxonalar, tashkilotlar va tarkibiy bo‘linmalarning mol-mulki qiymati hisobiga 2001-yil 1-iyungacha “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondini shakllantirsinlar. Kompaniyaning aksiyalari emissiyasi prospekti belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi ta’minlansin;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda 3-ilovaga* muvofiq korxonalar va tashkilotlarni bosqichma-bosqich ochiq aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish chora-tadbirlarini amalga oshirsinlar;
4-ilovaga* muvofiq xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi davlatga tegishli ulushlarni to‘liq sotsinlar, shu jumladan xususiy mulk sifatida sotsinlar;
5-ilovaga* muvofiq xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar va tashkilotlar hamda ijtimoiy infratuzilma obyektlari 2001-2002-yillarda yuz foiz xususiylashtirilishini, shu jumladan xususiy mulk sifatida sotilishini ta’minlasinlar;
“YOL-ELEKTR-MEXANIK USTAXONALARI”, “TOSHTEMIRYOLLOYHA”, “Eyvalekmaxsustemirbeton”, “Jumurtau karyeri” va “Granit” aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlat paketlarini “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga bersinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish jarayonida chiqarilgan aksiyalar davlat mulki hisoblanadi va sotilmaydi yoki boshqacha tarzda o‘zgaga berilmaydi, garovga qo‘yilishi mumkin emas, shuningdek ikkilamchi qimmatli qog‘ozlar chiqarishni ta’minlashga xizmat qilishi mumkin emas;
mazkur qarorga muvofiq tashkil etiladigan Yagona dispetcherlik markazi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining yo‘llardan foydalanish va ularni saqlash, energiya bilan ta’minlash, signalizatsiya va aloqa tizimlari, tashish hujjatlarini qayta ishlash, lokomotiv xo‘jaligi, halokat-tiklash ishlari bo‘yicha funksional tarkibiy bo‘linmalari xususiylashtirilmaydi;
yuk va yo‘lovchilar tashuvchi, shuningdek yuk jo‘natuvchilar va yo‘lovchilarga transport-ekspeditorlik va servis xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar, vokzallarga xizmat ko‘rsatuvchi servis kompaniyalari, umumiy ovqatlanish, turizm, chiptalarni uyga yetkazib berish xizmatlari ko‘rsatuvchi va boshqa xizmatlar bo‘yicha kompaniyalar turli tashkiliy-huquqiy shakllarda tashkil etilishi mumkin va ular raqobat asosida faoliyat ko‘rsatadilar;
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”, “Yo‘lreftrans” “O‘ztemiryo‘lkonteyner”ning daromadlariga “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasida markazlashtirilgan tartibda daromad (foyda) solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadi. Ko‘rsatib o‘tilgan norma, shuningdek ishlab chiqarish korxonalari uchun belgilangan to‘lov stavkalari qo‘llanilgan holda, Respublika yo‘l jamg‘armasiga va budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘lovlarni hisoblab chiqish va to‘lash tartibiga ham joriy etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi obyektlarini xususiylashtirishdan olingan mablag‘larni (qonun hujjatlariga muvofiq korxonalar ixtiyorida qoldiriladigan mablag‘lardan tashqari) temir yo‘l transporti korxonalarini texnika bilan qayta jihozlash dasturini amalga oshirishda maqsadli foydalanish uchun qaytarmaslik asosida istisno tariqasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga yo‘naltirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6-ilovaga muvofiq tarkibda 11 kishidan iborat bo‘lgan Kompaniya kengashi “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining yuqori boshqaruv organi hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasi Rayosati bir hafta muddatda Kompaniya kengashining shaxsiy tarkibiga doir takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Keyingi tahrirga qarang.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi rais va uning 5 nafar o‘rinbosaridan, shu jumladan 1 nafar bosh menejer-bosh muhandisdan va raisning 1 nafar birinchi o‘rinbosaridan iborat bo‘ladi. Rais va uning o‘rinbosarlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2002-yil 1-yanvargacha belgilangan tartibda:
uy-joy fondi va kommunal sohaning muhandislik kommunikatsiyalari ular joylashgan joyda qabul qilib olish-topshirish dalolatnomalari asosida hududiy kommunal foydalanish birlashmalari balanslariga;
7-ilovaga* muvofiq obyektlar viloyatlar va shaharlar hokimliklari, vazirliklar va idoralar ixtiyoriga berilishini ta’minlasin.
8. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 14-noyabrdagi 551-son qarorining 3-bandi, 4-bandining birinchi va ikkinchi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-noyabrdagi 378-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-noyabrdagi 378-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Keyingi tahrirga qarang.