O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalarining 2013-yilga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2012-yil 29-dekabrdagi KQ-47-II-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash – bandlik o‘sishi va aholi daromadlari ko‘payishining muhim omili” mavzuida seminar (Qashqadaryo viloyatida, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.3-bandiga muvofiq, 2013-yil Obod turmush yili deb e’lon qilinganligi munosabati bilan).
“Jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlarini sud tomonidan himoya qilish amaliyoti va uning samaradorligini oshirish yo‘llari” mavzuida davra suhbati (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan birgalikda (kelishuvga ko‘ra), Senatning 2010-yil 3-dekabrdagi Harakat dasturining 2.1.1-bandiga muvofiq, 2013-yil Obod turmush yili deb e’lon qilinganligi munosabati bilan).
“Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirishni amalga oshirishning dolzarb masalalari” mavzuida seminar (Namangan viloyatida, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.3-bandiga muvofiq, 2013-yil Obod turmush yili deb e’lon qilinganligi munosabati bilan).
“O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi va Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash muammolari” mavzuida davra suhbati (Davlat boshqaruvi akademiyasi va Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitet bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2012-yil 27-iyundagi Qarori bilan tasdiqlangan Tadbirlarning 3-bandiga muvofiq, 2013-yil Obod turmush yili deb e’lon qilinganligi munosabati bilan).
“Barkamol avlodni tarbiyalashda jismoniy tarbiya va sportning roli” mavzuida davra suhbati (Toshkent viloyatida, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.3-bandiga muvofiq, 2013-yil Obod turmush yili deb e’lon qilinganligi munosabati bilan).
“Sug‘oriladigan ekin yerlarining meliorativ holatini yaxshilash – ekin maydonlaridan foydalanishning kafolati” mavzuida davra suhbati (Sirdaryo viloyatida, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.3-bandiga muvofiq, 2013-yil Obod turmush yili deb e’lon qilinganligi munosabati bilan).
“Yuqori texnologik ishlab chiqarishni rivojlantirish va rag‘batlantirish – O‘zbekiston iqtisodiyotining raqobatbardoshligini ta’minlashning eng muhim sharti: qonunchilik, amaliyot va muammolar” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya (“O‘zbekyengilsanoat” kompaniyasida, 2013-yil Obod turmush yili deb e’lon qilinganligi munosabati bilan).
“Voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish: amaliyot va istiqbollar” mavzuida seminar (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya bilan birgalikda, 2013-yil Obod turmush yili deb e’lon qilinganligi munosabati bilan).
“Milliy, etnik hamda diniy totuvlik va hamjihatlikni ta’minlash borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan o‘zaro hamkorligi” mavzuida davra suhbati (O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Respublika boshqaruvida, 2013-yil Obod turmush yili deb e’lon qilinganligi munosabati bilan).
“Investitsiya faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi va tasdiqlangan loyihalarni amalga oshirishning borishi ustidan parlament, deputat nazoratining ta’sirchanligi va samaradorligini ta’minlash masalalari” mavzuida seminar-trening (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.3-bandiga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2012-yil 27-iyundagi Qarori bilan tasdiqlangan Tadbirlarning 4-bandiga muvofiq, 2013-yil Obod turmush yili deb e’lon qilinganligi munosabati bilan).
“Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni giyohvandlikdan, “ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan axloqsizlik va tahdidlardan muhofaza qilishning dolzarb masalalari” mavzuida seminar (Farg‘ona viloyatida, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.3-bandiga muvofiq, 2013-yil Obod turmush yili deb e’lon qilinganligi munosabati bilan).
“Fermerlikni rivojlantirish – qishloqda bandlik muammosini hal qilish yo‘nalishlaridan biri” mavzuida seminar (Xorazm viloyatida, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.3-bandiga muvofiq, 2013-yil Obod turmush yili deb e’lon qilinganligi munosabati bilan).
“Xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish – ichki talabni ta’minlash va aholining turmush darajasini oshirishning samarali chorasi” mavzuida davra suhbati (Samarqand viloyatida, xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi bilan birgalikda, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.3-bandiga muvofiq, 2013-yil Obod turmush yili deb e’lon qilinganligi munosabati bilan).
“Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha amaliy choralar: bu yo‘nalishdagi qonunchilikni yanada takomillashtirish zaruriyati” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya (2013-yil Obod turmush yili deb e’lon qilinganligi munosabati bilan).
“Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar ishtirokining samaradorligini oshirish masalalari” mavzuida seminar (Surxondaryo viloyatida, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.3-bandiga muvofiq, 2013-yil Obod turmush yili deb e’lon qilinganligi munosabati bilan).
“Madaniy va tarixiy merosni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro konvensiyalar qoidalarini hamda milliy qonun hujjatlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasida ijro etishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining roli va vazifalari” mavzuida mintaqaviy seminar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.3-bandiga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2012-yil 27-iyundagi Qarori bilan tasdiqlangan Tadbirlarning 4-bandiga muvofiq).
“Ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlashning mintaqaviy masalalari” mavzuida xalqaro konferensiya (Toshkent shahar hokimligida, O‘zbekiston Ekologik harakati bilan birgalikda, 2013-yil Obod turmush yili deb e’lon qilinganligi munosabati bilan).
“Jamiyatda ayollarning roli va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha xalq deputatlari mahalliy Kengashlari hamda xotin-qizlar qo‘mitalarining o‘zaro hamkorligini kuchaytirishning dolzarb masalalari” mavzuida konferensiya (O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.3-bandiga muvofiq, 2013-yil Obod turmush yili deb e’lon qilinganligi munosabati bilan).
“Qishloq joylarda tadbirkorlikni rivojlantirishda yoshlar salohiyatidan foydalanish” mavzuida davra suhbati (Jizzax viloyatida, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.3-bandiga muvofiq, 2013-yil Obod turmush yili deb e’lon qilinganligi munosabati bilan).
“O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni ro‘yobga chiqarishda moliya bozorining roli va ahamiyati” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya (O‘zbekiston Banklar assotsiatsiyasida, 2013-yil Obod turmush yili deb e’lon qilinganligi munosabati bilan).
“Mahalla – jamiyat farovonligi va obodligining muhim omili” mavzuida seminar (O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Respublika boshqaruvida, Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi va O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Respublika boshqaruvi bilan birgalikda, Senatning 2010-yil 30-dekabrdagi Kompleks harakat dasturining 5-bandiga muvofiq, 2013-yil Obod turmush yili deb e’lon qilinganligi munosabati bilan).
“Gidrotexnika inshootlari xavfsizligini ta’minlashning huquqiy asoslari va eng muhim mezonlari: amaliyot va istiqbollar” mavzuida konferensiya (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida, 2013-yil Obod turmush yili deb e’lon qilinganligi munosabati bilan).
“Sobiq ittifoqdan keyingi makonda ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini ro‘yobga chiqarish hamda O‘zbekiston Respublikasi milliy manfaatlarini ilgari surish masalalari” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya (Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2012-yil 27-iyundagi Qarori bilan tasdiqlangan Tadbirlarning 1-bandiga muvofiq, 2013-yil Obod turmush yili deb e’lon qilinganligi munosabati bilan).
“Oilaviy biznesni rivojlantirish – aholi bandligini ta’minlashning muhim omili” mavzuida seminar (Andijon viloyatida, Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi bilan birgalikda, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.3-bandiga muvofiq, 2013-yil Obod turmush yili deb e’lon qilinganligi munosabati bilan).
“Veterinariya va naslchilik ishining chorvachilikni rivojlantirishdagi roli va ahamiyatini kuchaytirish” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida, 2013-yil Obod turmush yili deb e’lon qilinganligi munosabati bilan).
2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturi – Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga doir 2010 – 2014-yillarga mo‘ljallangan Harakat dasturi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 31-martdagi 30-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan).
Senatning 2010-yil 3-dekabrdagi Harakat dasturi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda o‘tkazilgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi ma’ruzasining asosiy qoidalari va xulosalarini amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yilga va keyingi yillarga mo‘ljallangan Harakat dasturi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 3-dekabrdagi 116-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan).
Senatning 2010-yil 30-dekabrdagi Kompleks harakat dasturi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining fuqarolik jamiyati institutlari, xususan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan o‘zaro hamkorligi mexanizmini yanada takomillashtirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2011-yil va keyingi yillarga mo‘ljallangan Kompleks harakat dasturi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi 149-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan).