Loyihalash ishlarini tashkil etishning ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan progressiv metodlarini, qurilishning zamonaviy standartlarini joriy etishni yanada chuqurlashtirish hamda qurilish qiymatini aniqlashning bozor usullariga o‘tishni jadallashtirishni ta’minlash, shuningdek markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-martdagi 186-f-son farmoyishi bilan tashkil etilgan Ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar bo‘yicha loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarining amalga oshirishda xarajatlarni qisqartirish va tarkibini optimallashtirishga doir kompleks tadbirlar 1-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
Obyektlarning loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari bo‘yicha murakkablik toifalari klassifikatori 2-ilovaga* muvofiq;
2016 — 2020-yillarda yangi shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqish, ularni qayta ishlash va yangilash tadbirlari rejasi 3-ilovaga* muvofiq;
Shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga* muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari, vazirliklar va idoralar huzuridagi Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi xizmati to‘g‘risida nizom 5-ilovaga* muvofiq;
* 1 — 5 ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari, vazirliklar va idoralar huzuridagi Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi xizmatining namunaviy tuzilmasi 5a-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va “O‘zkommunxizmat” agentligi 2016-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi xizmati to‘g‘risida nizomga hamda namunaviy tuzilmaga muvofiq markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi xizmatlarini (keyingi o‘rinlarda buyurtmachi xizmati deb ataladi) tashkil etsinlar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi 2017-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda amaldagi buyurtmachi xizmatlarining tuzilmalari ushbu qaror talablariga muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2017-yil 1-yanvardan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari, vazirliklar va idoralar huzuridagi buyurtmachi xizmatining shtatlar jadvali va ta’minoti xarajatlari smetasi belgilangan tartibda albatta ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. 2016-yil 1-oktabrdan boshlab quyidagi tartib belgilansin, unga ko‘ra markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlashda:
tanlov komissiyalarining qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish yuzasidan tanlov savdolari o‘tkazish natijalariga ko‘ra qabul qilingan qarorlari Davlat raqobat qo‘mitasi bilan kelishilgandan keyin O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
ularning boshlang‘ich qiymatini shakllantirish pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlari darajasini aniqlashning takomillashtirilgan mexanizmini joriy etish yo‘li bilan amalga oshiriladi;
loyiha-qidiruv ishlarining qiymatini aniqlash, qurilish-montaj ishlarining obyektlarning loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari bo‘yicha murakkabligini, loyihalash muddatlari hisobga olingan qiymatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar:
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2016-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda “O‘zbekiston Respublikasi hududida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda qo‘llaniladigan moddiy-texnika resurslarining joriy narxlari katalogi” (keyingi o‘rinlarda Katalog deb ataladi) axborot tizimi joriy etilishini ta’minlasinlar, Katalog O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi, uni tarqatish shartnoma asosida amalga oshiriladi;
buyurtmachilar tomonidan markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga barpo etiladigan namunaviy obyektlarning boshlang‘ich qiymatini hisoblab chiqish uchun, respublika hududlari bo‘yicha quvvatlar bir birligini (1 kv m., o‘quvchi o‘rni, koyka va faoliyat sohasidan kelib chiqqan holda boshqalar) qurishning preyskurant qiymatlari to‘plamlarini har yili 1-aprelgacha belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasinlar.
6. Belgilab qo‘yilsinki, markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlashning boshlang‘ich qiymatini hisoblab chiqishda qo‘llaniladigan materiallar, buyumlar va konstruksiyalarning narxini aniqlash Katalog va boshqa axborot manbalari asosida amalga oshiriladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining, shuningdek loyiha-qidiruv tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda loyihalash tashkilotlari deb ataladi) aksiyadorlari (qatnashchilari) umumiy yig‘ilishlarining:
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zpo‘latqurilmaloyiha” MChJni belgilangan tartibda “O‘zog‘irsanoatloyiha” AKga birlashtirish to‘g‘risida.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi 472-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 649-modda)
loyihalash tashkilotlarida davlat nomidan aksiyador (qatnashchi) funksiyalarini amalga oshiruvchi hamda “ToshuyjoyLITI” AJ, “Issiqlikelektrloyiha” AJ va “Energotarmoqloyiha” AJdagi muassislar ulushlarini ularga sotadigan vazirliklar va idoralar ro‘yxatini 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, shuningdek loyihalash tashkilotlarining ustav fondlaridagi aksiyalarning davlat paketlari bo‘yicha muassis bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda loyihalash tashkilotlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati holatiga, ularning yuqori malakali rahbar va muhandis-texnik kadrlar bilan butlanganligi darajasiga alohida e’tibor bersin.
9. Vazirliklar va idoralar o‘z sohasidagi texnik jihatdan tartibga solishga oid normativ hujjatlarni xatlovdan o‘tkazsinlar va tizimli asosda ularning rejalashtirish talablari, muhandislik ta’minoti va faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha texnologik asbob-uskunalari bilan jihozlanishiga oid qismi ishlab chiqilishini, yangilanishini va qayta ishlanishini izchil amalga oshirsinlar.
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Obyektlarning loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari bo‘yicha murakkabligi toifalari klassifikatori asosida loyihalash tashkilotlarining litsenziya bitimlariga belgilangan tartibda tegishli o‘zgartirishlar kiritsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.