31.12.2013 yildagi -son
Mazkur toifadagi ishlar xo‘jalik sudlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi), “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonun (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qo‘llashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi № 06/196-son qarori asosida hal etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini qo‘llashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi 06/196-sonli Qarorining 15-bandida sudlarning e’tibori ijro ish yurituviga bog‘liq munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarning taalluqliligi masalasini hal etishda har doim ijro hujjati qaysi sud tomonidan berilganligi aniqlanishi lozimligiga qaratilgan.
Plenum qarorining 15-bandi 7-xatboshisida Qonunning 861-moddasiga ko‘ra, xo‘jalik sudi tomonidan berilgan ijro hujjati bo‘yicha sud ijrochisining chiqargan qarori ustidan undiruvchi yoki qarzdor tomonidan ijro hujjatini bergan xo‘jalik sudiga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga qaror chiqarilganligi haqida xabar qilingan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda shikoyat berilishi mumkinligi, 8-xatboshisida esa ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan hollarda sud ijrochisining qarori ustidan qaror chiqarilganligi haqida xabar qilingan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda sud ijrochisi joylashgan joydagi umumiy yurisdiksiya sudiga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga shikoyat berilishi belgilangan.
Birinchi instansiyasi sudi da’voning ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risidagi talab bo‘yicha ish yuritishni asossiz tugatgan. Chunki, nizoning xo‘jalik sudiga taalluqliligi masalasini hal etishda XPKning 23-moddasining talablaridan kelib chiqish lozim: agar nizo iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar, yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tarzda olgan fuqarolar o‘rtasidagi fuqaroviy, ma’muriy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan bo‘lsa, bunday nizolar xo‘jalik sudiga taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi XPK 24-moddasining birinchi qismi 9-bandiga ko‘ra, davlat organlari va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan, tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjatlarini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi nizolar hal etilishi belgilangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga ko‘ra, sud ijrochisi undiruvchining arizasiga binoan yoki o‘z tashabbusi bilan mulkiy undiruv bo‘yicha ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqarish bilan bir vaqtda qarzdorning mol-mulkini ro‘yxatga olib, ularni xatlashga haqli bo‘lib, bu haqda mazkur qarorda ko‘rsatib o‘tadi. Ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilish yoki protest bildirish mumkinligi belgilangan.
Qonun 20-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, ijro harakatlarini amalga oshirayotganda yuzaga keladigan, maxsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirib berish uchun sud ijrochisi o‘z tashabbusiga yoki taraflarning iltimosiga binoan o‘zining qarori bilan mutaxassis tayinlashi mumkin. Shuningdek, mazkur qonun 54-moddasining ikkinchi qismiga binoan sud ijrochisi mol-mulkni baholash uchun baholovchi tashkilotni jalb etadi.
“Baholash faoliyati to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 18-1-moddasida zarur bo‘lgan holda, baholash to‘g‘risidagi hisobotning ishonchliligini tekshirish uchun mazkur hisobot qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa baholovchi tashkilot tomonidan shartnoma asosida ekspertizadan o‘tkazilishi mumkinligi, baholash to‘g‘risidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan o‘tkazish natijalari ekspert xulosasi bilan rasmiylashtirilishi, buyurtmachi baholash to‘g‘risidagi hisobot ishonchliligi to‘g‘risida olingan ekspert xulosasiga rozi bo‘lmagan taqdirda, nizo sudda ko‘rib chiqilishi kerakligi belgilangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida”gi 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-son qarori bilan tasdiqlangan “Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar to‘g‘risida”gi Nizomning 38-bandiga ko‘ra, zarurat bo‘lganda, baholovchi tashkilotning baholash to‘g‘risidagi hisoboti haqqoniyligini tekshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda baholash to‘g‘risidagi mazkur hisobot shartnoma asosida boshqa baholovchi tashkilot tomonidan ekspertizadan o‘tkazilishi mumkin.
Ushbu Nizomning 39-bandiga asosan baholash to‘g‘risidagi hisobotni ekspertizadan o‘tkazishning buyurtmachisi olingan xulosaga rozi bo‘lmagan taqdirda ushbu bahs sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 314-moddasiga ko‘ra ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida ustidan shu qaror chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, shuningdek ularning qonuniy vakillari va advokat tomonidan shikoyat berilishi mumkin.
Ushbu Kodeks 315-moddasining birinchi qismiga muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki ma’muriy ishlar bo‘yicha tuman (shahar) sudyasiga shikoyat qilinadi.
6. Qonun 483-moddasining ikkinchi qismiga binoan tegishli qarzdor yuridik shaxslarga nisbatan ijro harakatlarini amalga oshirishda undiruvni xususiy korxona mulkdori, muassasa mulkdori, fermer xo‘jaligining rahbari, dehqon xo‘jaligining a’zolari, ishlab chiqarish kooperativining a’zolari, qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat ishtirokchilari, to‘liq shirkat ishtirokchilari, shuningdek kommandit shirkatdagi to‘liq sheriklar pul mablag‘lariga va boshqa mol-mulkiga qaratish ijro hujjatini ijro etish tartibi hamda usulini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi.
Sud hal qiluv qarorining ijro usuli hamda tartibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ajrimni chiqarishda Qonun 483-moddasining ikkinchi qismini asos qilib ko‘rsatgan. Qonunning ko‘rsatilgan normasiga ko‘ra tegishli qarzdor yuridik shaxslarga nisbatan ijro harakatlarini amalga oshirishda undiruvni xususiy korxona mulkdori, muassasa mulkdori, fermer xo‘jaligining rahbari, dehqon xo‘jaligining a’zolari, ishlab chiqarish kooperativining a’zolari, qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat ishtirokchilari, to‘liq shirkat ishtirokchilari, shuningdek kommandit shirkatdagi to‘liq sheriklar pul mablag‘lariga va boshqa mol-mulkiga qaratish ijro hujjatini ijro etish tartibi hamda usulini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi.
Vaholanki, ushbu moddada ko‘rsatilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ro‘yxatida MChJ nazarda tutilmagan.
Birinchi instansiyasi sudining ajrimi bilan ish yuritish XPK 86-moddasining 1-bandiga asosan, ya’ni nizo xo‘jalik sudida ko‘rish uchun taalluqli bo‘lmaganligi sababli tugatilgan.
Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi 162-sonli qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisiga ko‘ra, agar da’vo yuridik shaxsning o‘ziga emas, balki uning alohida bo‘linmasiga nisbatan taqdim etilgan bo‘lsa, u holda yuridik shaxsning o‘zini ishda ishtirok etishga jalb qilish sud tomonidan XPKning 38-moddasiga muvofiq hal etiladi.
XPK 38-moddasining birinchi qismiga asosan xo‘jalik sudi da’vo taqdim etish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan yoki da’vo bo‘yicha javob berishi lozim bo‘lmagan shaxsga nisbatan taqdim etilganini aniqlasa, hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar, da’vogarning roziligi bilan dastlabki da’vogar yoki javobgarning ishga daxldor da’vogar yoki javobgar bilan almashtirilishiga yo‘l qo‘yishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qo‘llashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi 06/196-sonli qarorining 17-bandi mazmuniga ko‘ra, sud ijrochisining xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin, shikoyat qilish FPK va XPKning 15-boblarida nazarda tutilgan talablarga rioya qilingan holda ariza (shikoyat) berish yo‘li bilan amalga oshiriladi, qayd etilgan arizalar (shikoyatlar) ayrim xususiyatlari inobatga olingan holda, ma’muriy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hal qilish tartibida ko‘rib chiqilishi kerak.
XPK 6-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra, agar qonunda ayrim toifadagi nizolar uchun ularni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibi belgilangan yoxud bu tartib shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, taraflar o‘zaro munosabatlarini ixtiyoriy ravishda hal qilish choralarini ko‘rganlaridan so‘nggina xo‘jalik sudida ish qo‘zg‘atish mumkin. Ijro jarayonida yuzaga keladigan nizolar shartnomaviy munosabatlardan emas, balki sud hujjatining ijrosi yuzasidan vujudga keladi. Shu sababli nizoni sudgacha hal qilish tartibi shartnomada belgilangan bo‘lishi mumkin emas.
Qonun 88-moddasining birinchi qismiga ko‘ra sud ijrochisining xatti-harakatlari ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga shikoyat qilish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini qo‘llashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi 06/196-son qarorining 17-bandi talabiga ko‘ra sud ijrochisining xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud ijrochisining qonuniy kuchga kirgan sud hujjatining ijrosi bo‘yicha chora ko‘rmaganligi yoki boshqa g‘ayriqonuniy harakatlarni sodir etganligi sudga beriladigan shikoyatning obyekti bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini qo‘llashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi 06/196-son qarorining 17-bandi talabiga ko‘ra sud, shikoyatni asosli ekanligini aniqlasa, xatti-harakat (harakatsizlik)ni, qarorni noqonuniy deb topadi va bekor qiladi. Bildirilgan talab asossiz bo‘lsa, sud uni rad qiladi. Kelib tushgan ariza (shikoyat) to‘liq yoki qisman qanoatlantirilganda sudning qarorida yo‘l qo‘yilgan huquq buzilish holatini bartaraf etish uchun bajarilishi lozim bo‘lgan aniq xarakatlar ko‘rsatilishi lozim.
Birinchi instansiya sudi tomonidan “Asaka don mahsulotlari” OAJning ijro ishi yuritishni vaqtinchalik to‘xtatib turish to‘g‘risidagi arizasi muhokama qilinmagan hamda da’voni ta’minlash choralari ko‘rmasdan qoldirilgan. Vaholanki, Qonunning 34-moddasi birinchi qismining 5-bandiga asosan ijro hujjati bo‘yicha undiruv qaratilgan mol-mulkni ro‘yxatdan chiqarish (xatlashdan ozod qilish) to‘g‘risida sudga da’vo arizasi berilganda ijro ishi yuritish sud tomonidan to‘xtatib turilishi shart.
Shuningdek, XPKning 76-moddasiga ko‘ra, da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ariza tushganidan keyingi kundan kechiktirmasdan nizoni hal etayotgan xo‘jalik sudi tomonidan ko‘rilishi, arizani ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqarilishi belgilangan.
XPK 77-moddasi birinchi qismining 5-bandida mol-mulkni xatlashdan ozod qilish to‘g‘risida da’vo taqdim etilgan taqdirda uni realizatsiya qilishni to‘xtatib turish da’voni ta’minlash choralaridan biri sifatida belgilangan.
Xo‘jalik sudining hal qiluv qarori bilan da’vogarning da’vo talablari qanoatlantirilgan va javobgar Sud departamenti Toshkent shahar hududiy boshqarmasi hisobidan da’vogar foydasiga asosli ravishda 3 585 114 so‘m zarar summasi undirilgan. Chunki, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 15-moddasiga ko‘ra, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi), shu jumladan davlat organi yoki fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tomonidan qonun xujjatlariga muvofiq bo‘lmagan xujjat chiqarilishi natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar davlat tomonidan yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan to‘lanishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 330-moddasining 25-bandiga ko‘ra yuridik va jismoniy shaxslar sud ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlari bo‘yicha xo‘jalik sudlarida davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.
Soliq kodeksi 337-moddasining o‘ninchi qismiga binoan da’vogar davlat bojini to‘lashdan ozod etilgan taqdirda da’vo qanoatlantirilsa, davlat boji javobgardan (agar u davlat bojini to‘lashdan ozod etilmagan bo‘lsa) davlat daromadiga belgilangan da’vo summasiga muvofiq undiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 330-moddasining 25-bandiga asosan yuridik va jismoniy shaxslar sud ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlari bo‘yicha xo‘jalik sudlarida davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.
Soliq kodeksi 337-moddasining o‘ninchi qismiga asosan da’vogar davlat bojini to‘lashdan ozod etilgan taqdirda da’vo qanoatlantirilsa, davlat boji javobgardan (agar u davlat bojini to‘lashdan ozod etilmagan bo‘lsa) davlat daromadiga belgilangan da’vo summasiga muvofiq undiriladi.
Shuningdek, XPK 95-moddasining birinchi qismiga asosan sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning qanoatlantirilgan da’vo talablari miqdoriga mutanosib ravishda yuklanadi.