Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Mazkur toifadagi ishlar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 10-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi iste’molchilariga gaz yetkazib berish qoidalari”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-noyabrdagi 511-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasi iste’molchilari va hududiy elektr tarmoqlari korxonalari o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar tartibi to‘g‘risida”gi Nizom, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son qarori bilan tasdiqlangan “Issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari” va “Elektr energiyasidan foydalanish Qoidalari” (bundan buyon matnda Qoida deb yuritiladi), Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 132-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tabiiy gaz iste’molchilari va gaz bilan ta’minlovchi tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar tartibi to‘g‘risida” gi Nizom, 2005-yil 11-yanvarda 1440-son bilan ro‘yxatga olingan, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Iste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida hal etilmoqda.
Birinchi instansiyasi sudining ajrimida XPK 23-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan xo‘jalik sudiga iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar, yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tarzda olgan fuqarolar o‘rtasidagi fuqaroviy, ma’muriy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga doir ishlar taalluqliligi belgilanganligi, O‘zbekiston tijorat Xalq bankining Chilonzor filiali yuridik shaxs maqomiga ega emasligi va shu sababli xo‘jalik sudida da’vogar va (yoki) javobgar sifatida ishtirok eta olmasligi asos qilib ko‘rsatilgan.
Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi 162-son qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisida agar da’vo yuridik shaxsning o‘ziga emas, balki uning alohida bo‘linmasiga nisbatan taqdim etilgan bo‘lsa, u holda yuridik shaxsning o‘zini ishda ishtirok etishga jalb qilish sud tomonidan XPKning 38-moddasiga muvofiq hal etilishi to‘g‘risida tushuntirish berilgan.
Shu bois, mazkur holatda sud ish yuritishni tugatmasdan XPKning 38-moddasiga asosan javobgarni O‘zbekiston Respublikasi tijorat Xalq banki bilan almashtirib, ishni mazmunan ko‘rib chiqishi lozim edi.
Birinchi instansiya sudining ajrimida XPKning 88-moddasida da’vogar nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etmagan bo‘lsa, ya’ni da’vo arizasining nusxasini taraflarga yubormagan bo‘lsa, ammo sud da’vo arizasini ish yurituviga qabul qilgan bo‘lsa, da’vo arizasi ko‘rmasdan qoldirilishi belgilanganligi, mazkur holatda Ta’minotchi tomonidan da’vo arizasi OAJga yuborilmaganligi asos qilib ko‘rsatilgan.
Birinchidan, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga da’vo arizasining nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmaganda da’vo arizasi XPK 118-moddasi birinchi qismining 4-bandiga asosan qaytariladi. Agar da’vo arizasi bunday xato bilan ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa, ushbu holat da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirishga asos bo‘la olmaydi.
Ikkinchidan, XPK 27-moddasining ikkinchi qismiga binoan yuridik shaxsga nisbatan uning alohida bo‘linmasi faoliyatidan kelib chiqadigan da’volar alohida bo‘linma joylashgan yerda taqdim etiladi.
XPK 33-moddasi ikkinchi qismining 1-bandiga ko‘ra, agar ish sudlovga tegishlilik qoidasini buzib qabul qilinganligi shu sudda ishni ko‘rish vaqtida ma’lum bo‘lsa, xo‘jalik sudi ishni boshqa xo‘jalik sudiga o‘tkazadi.
Sud da’voni ko‘rmasdan qoldirishda O‘zbekiston Respublikasi “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunning 18-moddasining talabiga, ya’ni “o‘ziga talabnoma bildirilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt talabnomani olgan kundan boshlab bir oy muddat ichida unga javob qaytarishi shartligi, talabnoma to‘liq yoki qisman tan olingan taqdirda xo‘jalik yurituvchi subyekt arz qiluvchiga o‘zi tan olgan summani ixtiyoriy ravishda o‘tkazishi” haqidagi talabga rioya etilmaganligi xolatini asos qilib olgan.
XPK 88-moddasining 5-bandiga binoan da’vogar nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etmagan, bu esa shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, da’vo ko‘rmasdan qoldiriladi.
Taraflar o‘rtasida tuzilgan shartnomaning 3.12-bandiga hamda Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish Qoidalari”ning 72-bandiga ko‘ra iste’molchi tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasini imzolash rad etilgan taqdirda, qarzni undirish tuzilgan elektr ta’minoti shartnomasiga muvofiq shartnomaviy hajmdan kelib chiqqan holda iste’molchining bankdagi hisob raqamiga to‘lov talabnomasi qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
XPK 88-moddasi 4-bandiga ko‘ra qonun xujjatlari yoki shartnomaga muvofiq qarz bank yoki boshqa kredit muassasasi orqali undirib olinishi shart bo‘lishiga qaramay da’vogar javobgardan qarzini undirib olish uchun bank yoki boshqa kredit muassasasiga murojaat etmagan bo‘lsa, xo‘jalik sudi da’voni ko‘rmasdan qoldiradi.
5. FKning 184-moddasiga binoan, basharti, qonunlarda boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa, mol-mulk yangi mulkdorga o‘tganida, universal huquqiy vorislik tartibida sobiq mulkdorning huquq va burchlari ham unga o‘tadi.
FK 184-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra, basharti, qonunlarda boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa, mol-mulk yangi mulkdorga o‘tganida, universal huquqiy vorislik tartibida sobiq mulkdorning huquq va burchlari ham unga o‘tadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”ning 59-bandiga ko‘ra, elektr ta’minoti shartnomalarida (maishiy iste’molchilardan tashqari) hisobot davrida elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilgan miqdorga nisbatan 5 foizdan ko‘p elektr energiyasi iste’mol qilinganda, hisob-kitob davri uchun elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilgandan ortiq iste’mol qilingan jami hajm uchun belgilangan tarifning 50 foizi miqdorida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi foydasiga jarimalar to‘lanishi ko‘zda tutiladi.
7. “Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 7-moddasining beshinchi xatboshisiga ko‘ra budjet mablag‘lari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi) bilan tuzilgan shartnomasi, shuningdek buyurtmachining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kapital qurilish uchun tuzilgan shartnomasi ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.
“Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda “Qonun” deb yuritiladi)ning 6-moddasiga ko‘ra davlat budjetining g‘azna ijrosi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan maxsus vakolatli moliya organi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlardagi hududiy bo‘linmalari (bundan buyon matnda “G‘aznachilik” deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. Qonunning 13-moddasiga muvofiq mablag‘larni sudning qaroriga binoan o‘tkazish, dotatsiyalar va ssudalarni o‘tkazish yagona g‘azna hisobvarag‘idan yoki G‘aznachilikning boshqa bank hisobvaraqlaridan Davlat budjetida mablag‘lar nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlariga G‘aznachilik tomonidan o‘tkaziladi.
Qonun 7-moddasining beshinchi qismiga ko‘ra budjet mablag‘lari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi) bilan tuzilgan shartnomasini, shuningdek buyurtmachining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kapital qurilish uchun tuzilgan shartnomasini majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish G‘aznachilikning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
FK 49-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, yuridik shaxsni qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) uning muassislari (ishtirokchilari) yoki ta’sis hujjatlarida shunga vakil qilingan yuridik shaxs organi qaroriga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
Ushbu moddaning oltinchi qismiga binoan yuridik shaxs unga boshqa yuridik shaxsni qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etilganida qo‘shib olingan yuridik shaxsning faoliyati to‘xtatilgani haqidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilgan paytdan boshlab yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hisoblanadi.
FK 50-moddasining ikkinchi qismiga asosan yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qo‘shilganida, bu yuridik shaxsga qo‘shilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari topshirish hujjatiga muvofiq o‘tadi.
XPK 39-moddasining birinchi qismiga muvofiq taraflardan biri nizoli yoki xo‘jalik sudining hal qiluv qarori bilan aniqlangan huquqiy munosabatdan chiqib ketgan taqdirda (qayta tashkil etilish, talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish, qarzning boshqa shaxsga o‘tkazilishi, fuqaroning o‘limi va boshqa hollarda) sud bu tarafni uning huquqiy vorisi bilan almashtirib, bu haqda o‘z ajrimi, hal qiluv qarori yoki qarorida ko‘rsatadi. Huquqiy vorislik protsessning har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 10-yanvardagi 8-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi iste’molchilariga gaz yetkazib berish qoidalari”ning 5.3-bandiga ko‘ra iste’molchidagi asosiy gazni hisobga olish priborlari nosoz bo‘lganda va ular gaz yetkazib beruvchida mavjud bo‘lmaganda hududiy gaz ta’minoti korxonasi tomonidan yetkazib berilgan gaz miqdori plombalanmagan uskunalarning loyihadagi quvvati va gaz sarfini hisobga olish priborlari nosoz bo‘lgan vaqtda korxona ishlagan soatlar bo‘yicha yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa usul bilan aniqlanadi.
10. FKning 468-moddasiga ko‘ra, abonent (iste’molchi) o‘zi foydalanadigan energiya iste’mol qiluvchi asbob va uskunalarining sozligini ta’minlashga majbur.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari” talablarini bajarilishini nazorat qilish maqsadida da’vogar tomonidan 2011-yilning 23 va 25-aprel kunlari javobgar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan tekshirish o‘tkazilgan.
Tekshirishda Iste’molchi tomonidan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”ning 63-bandi buzilgan holda nosoz bo‘lgan 21 ta elektr hisoblagichlardan foydalanib kelayotganligi aniqlangan va tekshirish yuzasidan tegishli dalolatnoma tuzilib, unda noqonuniy foydalanilayotgan elektr energiyasi miqdori qayta hisob-kitob qilish yo‘li bilan aniqlanishi, iste’molchi 3 kun muddat ichida birgalikda hisob-kitobni amalga oshirish uchun elektr ta’minoti korxonasiga kelishi shartligi, aks holda noqonuniy foydalanilgan elektr energiyasi xajmini hisoblash bir tomonlama amalga oshirilib, to‘lov uchun taqdim qilinishi belgilangan.
FKning 468-moddasida energiya ta’minoti shartnomasiga muvofiq energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tutashtirilgan tarmoq orqali abonentga (iste’molchiga) energiya berib turish majburiyatini olishi, abonent esa qabul qilingan energiya xaqini to‘lash, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan energiya iste’mol qilish tartibiga rioya etish, tasarrufidagi energetika shahobchalaridan foydalanish xavfsizligini hamda o‘zi foydalanadigan energiya iste’mol qiluvchi asbob va uskunalarining sozligini ta’minlash majburiyatini olishi belgilangan.
O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish Qoidalari”ning 63-bandida hisobga olish pribori iste’molchining aybi bilan buzilgan (plombasi buzilgan, oynasi singan va shu kabilar), hisobga olish priborini ishga tushirish sxemasi o‘zgargan, hisobga olish priboridan tashqari elektr qabul qilgichlar ulangan yoki elektr energiyasi boshqacha usulda o‘g‘irlangan hollarda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste’molchini elektr tarmog‘idan uzib qo‘yishga haqliligi va hisobga olish priborlari oxirgi marta o‘zgartirilgan yoki ularni ulash sxemasi tekshirilgan kundan boshlab butun o‘tgan, ammo da’vo muddatidan ko‘p bo‘lmagan davr uchun elektr qabul qilgichlarning ulangan quvvati va iste’molchining elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilgan ishlash soatlari bo‘yicha energiya sarfini qayta hisoblab chiqilishi shartligi, bunda hisobga olish pribori ko‘rsatkichini yozib olish ulash sxemasini tekshirish deb hisoblanmasligi qayd etilgan.
Da’vogar xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari” (bundan buyon matnda “Qoidalar” deb yuritiladi) talablarini bajarilishini nazorat qilish maqsadida javobgar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan tekshirish o‘tkazilgan.
FKning 468-moddasida energiya ta’minoti shartnomasiga muvofiq energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tutashtirilgan tarmoq orqali abonentga (iste’molchiga) energiya berib turish majburiyatini olishi, abonent esa qabul qilingan energiya haqini to‘lash, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan energiya iste’mol qilish tartibiga rioya etish, tasarrufidagi energetika shohobchalaridan foydalanish xavfsizligini hamda o‘zi foydalanadigan energiya iste’mol qiluvchi asbob va uskunalarining sozligini ta’minlash majburiyatini olishi belgilangan.
Qoidalarning 63-bandiga ko‘ra hisobga olish pribori iste’molchining aybi bilan buzilgan (plombasi buzilgan, oynasi singan va shu kabilar), hisobga olish priborini ishga tushirish sxemasi o‘zgargan, hisobga olish priboridan tashqari elektr qabul qilgichlar ulangan yoki elektr energiyasi boshqacha usulda o‘g‘irlangan hollarda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste’molchini elektr tarmog‘idan uzib qo‘yishga haqliligi va hisobga olish priborlari oxirgi marta o‘zgartirilgan yoki ularni ulash sxemasi tekshirilgan kundan boshlab butun o‘tgan ammo da’vo muddatidan ko‘p bo‘lmagan davr uchun elektr qabul qilgichlarning ulangan quvvati va iste’molchining elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilgan ishlash soatlari bo‘yicha energiya sarfini qayta hisoblab chiqishi shartligi, bunda hisobga olish pribori ko‘rsatkichini yozib olish ulash sxemasini tekshirish deb hisoblanmasligi qayd etilgan.
Qoidalarning 65-bandida elektr energiyasini hisobga olish iste’molchining aybisiz vaqtinchalik buzilganda yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob hududiy elektr tarmoqlari korxonasining qarori bo‘yicha, hisobga olish buzilishiga qadar bo‘lgan oldingi hisob-kitob davridagi yoki hisobga olish tiklangandan keyingi davrdagi o‘rtacha sutkalik sarf bo‘yicha amalga oshirilishi, elektr energiyaning o‘rtacha sutkalik sarfi bo‘yicha hisob-kitob qilish davri bir oydan oshmasligi kerakligi, shu vaqt ichida hisobga olish tiklanishi zarurligi belgilangan.
11. FK 477-moddasiga ko‘ra energiya ta’minoti shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan hollarda, energiya bilan ta’minlovchi tashkilot shu tufayli yetkazilgan zararning, abonent esa yetkazilgan haqiqiy zararning o‘rnini qoplashi shart.
FK 477-moddasining birinchi qismiga muvofiq, energiya ta’minoti shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan hollarda, energiya bilan ta’minlovchi tashkilot shu tufayli yetkazilgan zararning, abonent esa yetkazilgan haqiqiy zararning o‘rnini qoplashi shart.
FK 478-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, agar qonun hujjatlarida, shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki u majburiyat mohiyatidan kelib chiqmasa, tutashtirilgan tarmoq orqali gaz, neft va neft mahsulotlari, suv va boshqa tovarlar bilan ta’minlash munosabatlariga nisbatan ushbu paragraf qoidalari qo‘llanadi.
FKning 477-moddasida “Energiya ta’minoti shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan hollarda, energiya bilan ta’minlovchi tashkilot yoki abonent shu tufayli yetkazilgan haqiqiy zararni qoplashi shart” ligi qayd etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”ning 130-bandida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi zahira manbaini avtomatik ulash, avtomatik qayta ulash va avtomatik davr tezlikni o‘chirishlarning ishlash vaqtida elektr energiyasini yetkazib berishdagi tanaffuslar uchun iste’molchi oldida moddiy javobgar bo‘lmaydi deb belgilangan.
Vaholanki, XPKning 11-moddasiga ko‘ra xo‘jalik sudi ishni ko‘rishda ish bo‘yicha barcha dalillarni bevosita tekshirishi shartligi, 54-moddasiga asosan xo‘jalik sudi dalillar asosida ishda ishtirok etuvchi shaxslarning talablari va e’tirozlarini asoslovchi holatlar, shuningdek nizoni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlar bor yoki yo‘qligini aniqlashi kerak.
Birinchi instansiyasi sudining ajrimi bilan da’vogarning da’vodan voz kechishi qabul qilingan va XPK 86-moddasining 3-bandiga asosan ish yuritish tugatilgan. Da’vogar Soliq kodeksi 330-moddasining 8-bandiga asosan davlat boji to‘lashdan ozod qilinganligi sababli, sud ishni ko‘rish natijasi bo‘yicha davlat bojini undirmagan.
Soliq kodeksi 337-moddasining o‘n beshinchi qismiga ko‘ra, davlat bojini to‘lashdan ozod qilingan da’vogar o‘z talablarini da’vo berilganidan keyin ular javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘liq yoki qisman qanoatlantirilganligi tufayli qo‘llab-quvvatlamagan hollarda davlat bojining summasi javobgardan sud ajrimi bo‘yicha budjetga undirilishi lozim. Shu bois, birinchi instansiya sudi javobgardan davlat bojini undirishi lozim edi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”