LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-sonli “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-martdagi 139-son qarori bilan tasdiqlangan, Advokatlik byurolari, hay’atlari, firmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyalarni berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, shuningdek “Fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish” faoliyat turi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi Qonuni bilan mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar (tashkilotlar) shu jumladan xorijiy va qo‘shma korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatidan chiqarilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-apreldagi 215-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT., 1994-y., 4-son, 23-modda) bilan tasdiqlangan Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandidan yigirma to‘qqizinchi xatboshi (“Fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish. Adliya vazirligi”) chiqarib tashlansin.