21.12.2015 yildagi PQ-2454-son
Hujjat 28.12.2015 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 31-martdagi PQ-2327-sonli qarori bilan tashkil etilgan Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha komissiyaning, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalida xorijiy investorlarning ulushi 15 foizdan kam bo‘lmasligidan iborat tartib joriy etilishi taklifiga rozilik berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2016-yilning 1-apreligacha O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga hamda boshqa qonun va me’yoriy-huquqiy hujjatlarga mazkur qarordan kelib chiqadigan tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar bo‘yicha belgilangan tartibda takliflar kiritsin, ular asosida ishlab chiqilgan aksiyadorlik jamiyatining namunaviy nizomini tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
ustav kapitalida xorijiy investorlarning ulushi 15 foizdan kam bo‘lgan, avval tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari, 2016-yilning 1-iyuligacha bo‘lgan muddatda mazkur qarorning 1-bandi talablari bajarilishini ta’minlashi lozim, strategik mahsulotlar ishlab chiqarish va birlamchi qayta ishlash sohasida faoliyat yuritayotgan aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek tabiiy monopoliya subyektlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha narxi boshqariladigan ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar va xizmatlarni yetkazib beruvchilar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-sonli Farmoni bilan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga xorijiy investor tomonidan kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab yuridik shaxslarning foyda solig‘i, mulk solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, yagona soliq to‘lovi, shuningdek Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lash bo‘yicha berilgan imtiyozlar tabaqalashtirilgan tarzda xorijiy investorning ulushi ustav kapitalining 15 foizidan 33 foizigacha miqdorni tashkil etadigan aksiyadorlik jamiyatlariga tatbiq etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.