Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.05.2018
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga muvofiq, har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlangan.
Ishlar taalluqliligiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) hamda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksida (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi) belgilangan normalar asosida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar yoki xo‘jalik sudlari tomonidan ko‘riladi.
2015-yil 20-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni asosida amaldagi qonunlar, FPK va XPKga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganligi, xususan XPK korporativ nizolar bo‘yicha ish yuritish to‘g‘risida alohida 204-bob bilan to‘ldirilganligi munosabati bilan ishlarning sudga taalluqliligi borasida kelib chiqayotgan masalalar yuzasidan tushuntirish berilishini, murojaatlarning to‘g‘ri hal qilinishini, xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlari huquqlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17 va 47-moddalariga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumi qaror qiladi:
2. Ariza, shikoyat va da’vo arizalarini ish yuritishga qabul qilish paytida FPKning 31-moddasi, XPKning 23-moddasi talablariga hamda mazkur Plenum qarori tushuntirishlariga rioya etgan holda ishlarning qaysi sudga taalluqliligi masalasini qonuniy va uzil-kesil hal etish lozimligi sudlarga uqtirilsin.
4. Taraflardan hech bo‘lmaganda bittasi fuqaro bo‘lgan nizolarga doir ishlar, qonunda bunday nizolarni hal qilish xo‘jalik sudi yoki boshqa organlarga topshirilgan hollar bundan mustasno, FPK 279-moddasida sanab o‘tilgan alohida tartibda ko‘riladigan ishlar, qonun bilan sudlarning vakolatiga berilgan boshqa ishlar umumiy yurisdiksiya sudlariga taalluqli;
5. XPKning 15519-moddasida ko‘rsatilgan korporativ nizolar ro‘yxati tugal emasligi sababli, qonun hujjatlarida xo‘jalik sudlari vakolatlariga kiritilgan boshqa korporativ nizolar ham xo‘jalik sudlariga taalluqli bo‘ladi.
7. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining, mansabdor shaxslarning, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. FK 12-moddasining birinchi qismiga muvofiq davlat organining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan hamda fuqaroning yoki yuridik shaxsning fuqarolik huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjati sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
XPK 24-moddasining 9-bandiga muvofiq davlat organlari va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan, tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjatlarini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish, mansabdor shaxslarning shunday harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish to‘g‘risidagi nizolar xo‘jalik sudlariga, FPKning 3-kichik bo‘limiga muvofiq davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlarga doir ishlar, notariusning, fuqarolik holati aktlarini qayd qilish organining muayyan harakatlarni bajarishni rad etganligi yoki noto‘g‘ri bajarganligi ustidan berilgan shikoyatlar, shuningdek prokurorning huquqiy hujjatni g‘ayriqonuniy deb topish haqidagi arizasi umumiy yurisdiksiya sudlariga taalluqlidir.
Shunga ko‘ra davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek mansabdor shaxslarning xatti-harakatlarini (qarorlarini) bekor qilish to‘g‘risidagi ariza (shikoyat) sudlar tomonidan ko‘rib chiqilmaydi, qonunda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno va bunday arizalarni XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandiga, FPK 152-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan qabul qilish rad etiladi. Agar ko‘rsatilgan holatlar ariza (shikoyat) ish yuritishga qabul qilingandan keyin aniqlansa, ish yuritish XPK 86-moddasining 1-bandiga, FPK 100-moddasining 1-bandiga asosan tugatiladi.
Bunda, MKning 276-moddasiga asosan ayrim toifadagi davlat xizmatchilarining mehnat shartnomasini bekor qilish, boshqa ishga o‘tkazish, asossiz ravishda boshqa ishga o‘tkazish yoki mehnatga oid munosabatlarni bekor qilish bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararni undirish va intizomiy jazo berish masalalariga taalluqli mehnat nizolari qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishiga e’tibor qaratish lozim.
O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 1-moddasiga asosan har bir fuqaro davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki mansabdor shaxslarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) bilan o‘z huquqlari yoki erkinliklari buzilgan deb hisoblasa, shikoyat bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega ekanligini inobatga olib, ayrim toifadagi davlat xizmatchisi bilan mehnat shartnomasi tugatilganidan so‘ng belgilangan tartibda yuqori bo‘ysunuv muassasasi mansabdor shaxsining murojaatga nisbatan bergan rad javobi yuzasidan manfaatdor shaxsning buzilgan huquqlarini tiklash to‘g‘risidagi shikoyatlar FPK 269-moddasi talablari asosida umumiy yurisdiksiya sudlari tomonidan ko‘riladi.
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 38-moddasiga ko‘ra xo‘jalik sudi tomonidan berilgan ijro hujjati asosida qo‘zg‘atilgan ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish va tugatish masalasi ishni ko‘rgan xo‘jalik sudi yoki sud ijrochisi turgan joydagi xo‘jalik sudi tomonidan amalga oshiriladi.
Qonunning ushbu moddasi birinchi qismida nazarda tutilmagan ijro hujjatlari bo‘yicha ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish va tugatish sud ijrochisi turgan joydagi umumiy yurisdiksiya sudi tomonidan amalga oshiriladi.
12. O‘zbekiston Respublikasi Bosh sud ijrochisi va uning o‘rinbosarlari, shuningdek sud ijrochilari tomonidan Qonunning 83-1 va 84-moddalarida nazarda tutilgan vakolatlarini amalga oshirish jarayonida qabul qilgan qarorlari va xatti-harakatlari ustidan berilgan ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqishning sudlarga taalluqliligi masalasi sudlar tomonidan ushbu qarorning 7, 10-bandlari talablaridan kelib chiqib hal etilishi lozim.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”