23.11.2015 yildagi PQ-2438-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Qurilish vazirligi loyihalash tashkilotlari o‘rtasida tanlov o‘tkazsin va mazkur qarorning 1-ilovasida tasdiqlangan qurilish muddatlariga muvofiq sport turlari bo‘yicha ixtisoslashuvni hamda joylashtirishning iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda oliy mahorat sport maktablarining aniq loyihalarini tayyorlasin. Bunda, shunga o‘xshash obyektlar qurib bo‘lingan xorijiy mamlakatlarning tajribasi albatta o‘rganib chiqilsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yilning 1-yanvarigacha mazkur qarorning 1-ilovasida ko‘rsatilgan oliy mahorat sport maktablarini qura boshlash muddatlariga muvofiq ularni qurish uchun yer maydonlarini ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilinishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi mazkur qarorning 1-ilovasida ko‘rsatilgan oliy mahorat sport maktablari foydalanishga topshirilganidan so‘ng bir oy muddatda ularning tuzilmasini tasdiqlashni, jumladan, yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda ularni yuqori malakali murabbiy-o‘qituvchilar tarkibi bilan to‘ldirishni, sport maktablarining ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda o‘quv-mashq xonalarini zarur moddiy-texnik baza bilan, shuningdek tegishli o‘quv-uslubiy adabiyotlar hamda o‘quv-mashq dasturlari bilan ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-maydagi PF–5043-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 354-modda)
 LexUZ sharhi

T/r

Oliy mahorat sport

maktablarining nomlanishi

Sport turlari bo‘yicha ixtisosligi

Qurilish va rekonstruksiya ishlarini olib borish davri

Sport maktablari bilan tashkiliy-kadrlar, o‘quv-uslubiy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalalarida o‘zaro hamkorlik qiluvchi sport turlari bo‘yicha federatsiyalar va assotsiatsiyalar

1.

Nukus

oliy mahorat sport maktabi

Sport

kurashi

2018-2019 yillar

O‘zbekiston sport kurashi assotsiatsiyasi

2.

Andijon

oliy mahorat sport maktabi

Boks

2016-2017 yillar

O‘zbekiston boks federatsiyasi

3.

Buxoro

oliy mahorat sport maktabi

Gimnastika

2017-2018 yillar

O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi

4.

Jizzax

oliy mahorat sport maktabi

Boks

2018-2019 yillar

O‘zbekiston boks federatsiyasi

5.

Qarshi

oliy mahorat sport maktabi

Dzyudo

2017-2018 yillar

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi

6.

Navoiy

oliy mahorat sport maktabi

Suv sport turlari

2018-2019 yillar

O‘zbekiston suzish federatsiyasi

7.

Namangan

oliy mahorat sport maktabi

Velosport

(shosse, trek)

2018 — 2020 yillar

O‘zbekiston velosport federatsiyasi

8.

Samarqand

oliy mahorat sport maktabi

Yengil

atletika

2016-2017 yillar

O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi

9.

Termiz

oliy mahorat sport maktabi

Yakka kurash

sporti

2019-2020 yillar

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi,
Kurash federatsiyasi

10.

Guliston oliy mahorat sport maktabi

Tennis, stol tennisi

2017-2018 yillar

O‘zbekiston tennis federatsiyasi,

Stol tennisi federatsiyasi

11.

Toshkent viloyati

oliy mahorat sport maktabi

O‘q otish sporti

2017 — 2019 yillar

O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasi

12.

Farg‘ona

oliy mahorat sport maktabi

Taekvondo WTF

2019-2020 yillar

O‘zbekiston taekvondo WTF federatsiyasi

13.

Urganch

oliy mahorat sport maktabi

Og‘ir

atletika

2019-2020 yillar

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi

14.

Toshkent shahar

oliy mahorat sport maktabi

Sportning o‘yin turlari

2016 — 2018 yillar

O‘zbekiston basketbol federatsiyasi,

Voleybol federatsiyasi,

Gandbolfederatsiyasi,

Tennis federatsiyasi,

Stol tennisi federatsiyasi,

Chim ustida xokkey federatsiyasi,

Badminton federatsiyasi,

Shaxmat federatsiyasi

 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.

I. XALQARO DARAJASIDAGI SPORT USTALARINI TAYYORLASh UChUN ZARUR ShART-ShAROITLAR YaRATISh, ShU BILAN BIRGA O‘QUV-MAShQ JARAYoNINI XALQARO STANDARTLAR DARAJASIDA TAShKIL ETISh UChUN ZAMONAVIY MODDIY-TEXNIKA VA IJTIMOIY-MAIShIY BAZA, SPORT ANJOMLARI, INVENTARLAR VA EKIPIROVKALAR BILAN TA’MINLASh

1.

Vazirlar Mahkamasining oliy mahorat sport maktablari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorini qabul qilish va unda quyidagilarni nazarda tutish:

oliy mahorat sport maktablarining vazifa va funksiyalarini belgilovchi Nizomni, sportchilarni o‘qishga qabul qilish uchun saralash tanlovlari o‘tkazish, o‘quv-mashq jarayonini tashkillashtirish, sportchilar va murabbiylar tarkibi uchun shart-sharoitlar yaratish, bolalar va o‘smirlar sport maktablari hamda ixtisoslashgan bolalar va o‘smirlar sport maktablari bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibini tasdiqlash;

sportchilarni yashash jihozlari, sport ekipirovkalari va maxsus formalar bilan ta’minlash me’yorlarini tasdiqlash;

Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari bilan o‘quv-mashq jarayonini takomillashtirishda, moddiy-texnika bazani mustahkamlashda, yuqori malakali murabbiy-o‘qituvchilar tarkibi bilan ta’minlashda, musobaqalar va o‘quv mashg‘ulotlar yig‘inlarini o‘tkazishda tashkiliy-kadrlar va uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish tartibi.

bir oy muddatda

Vazirlar Mahkamasi,

Madaniyat va sport vazirligi,

Moliya vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi,

Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi,

Milliy olimpiya qo‘mitasi,

sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

2.

Loyihalash tashkilotlari orasida oliy mahorat sport maktablarining, ularning sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilishini va joylashtirishning iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda aniq loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha tanlov o‘tkazish.

2016-yil I chorak

Davarxitektqurilish,

Madaniyat va sport vazirligi

3.

Oliy mahorat sport maktablarini sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilishini va joylashtirishning iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda mazkur qarorga 1-ilova bilan tasdiqlangan qurilish muddatlarini inobatga olgan holda aniq loyihalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

qurilishning tasdiqlangan muddatlariga muvofiq har yili

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
,

Milliy olimpiya qo‘mitasi,

sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

4.

Har yili tasdiqlanadigan manzilli ro‘yxatlarga muvofiq oliy mahorat sport maktablarini qurish va rekonstruksiya qilish para�etrlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan qat’iy nazoratni olib borish va har chorakda Vazirlar Mahkamasiga tegishli ma’lumotni kiritib borish.

doimiy

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyat va Toshkent shahar hokimliklari

5.

Oliy mahorat sport maktablari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarining hududiy rejalari;

hududiy oliy mahorat sport maktablariga ixtisoslashtiriladigan sport turlarini kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish.

2016-yil I chorak

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyat va Toshkent shahar hokimliklari,

Madaniyat va sport vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi

6.

Oliy mahorat sport maktablarini xalqaro talablarga javob beradigan yangi sport uskunalari, anjomlar va ekipirovkalar bilan jihozlash.

har yili

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Milliy olimpiya qo‘mitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

II. ILG‘OR XALQARO TAJRIBANI INOBATGA OLGAN HOLDA O‘QUV-MAShG‘ULOT JARAYoNLARIGA ENG YANGI ILMIY-USLUBIY TEXNOLOGIYALAR VA TAVSIYALARNI TATBIQ ETISh ORQALI SPORTChILARNI NAZARIY VA TEXNIK-TAKTIK TAYYORLASh SIFATINI OShIRISh, ShU ASOSDA MILLIY TERMA JAMOALARNING YUQORI DARAJADAGI TAYYORGARLIGINI TA’MINLASh

7.

Xalqaro tajribani puxta o‘rgangan va uni oqilona qo‘llagan holda eng yangi ilmiy-uslubiy texnologiyalar va tavsiyalarni tatbiq etish asosida o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarini takomillashtirish uchun o‘quv dasturlarining namunaviy rejalari va xalqaro darajadagi sport ustalarini tayyorlashning individual rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2016-yil I chorak

Madaniyat va sport vazirligi,

Milliy olimpiya qo‘mitasi,

sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

8.

Oliy mahorat sport maktablarida o‘quv-mashq jarayoni texnologiyalarini takomillashtirish uchun ilmiy-uslubiy adabiyotlar, qo‘llanmalar, tavsiyalar va ko‘rgazmali materiallarni ishlab chiqish va nashr etish.

ishlab chiqish —

2016-yil I chorak,

nashr etish — doimiy

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Milliy olimpiya qo‘mitasi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

9.

Yuqori darajadagi sportchilarni tayyorlash bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganish uchun ishchi guruhlarni tuzish va sport sohasida ilg‘or bo‘lgan Xitoy, Koreya, Germaniya va boshqa xorijiy davlatlarga xizmat safarlari-stajirovkalarni tashkil qilish va shu asosda oliy mahorat sport maktablarida o‘quv-mashq jarayonini tashkil etish va milliy terma jamoalarni tayyorlashni tubdan yaxshilash bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish.

Ishchi guruh tomonidan tayyorlangan tavsiyalarni oliy mahorat sport maktablarining o‘quv-mashq jarayoniga hamda terma jamoalarni sport turlari bo‘yicha tayyorlash dasturiga keng tatbiq etish.

2016-yil

1-yanvargacha






2016-yil

davomida

Madaniyat va sport vazirligi,

Milliy olimpiya qo‘mitasi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

10.

Oliy mahorat sport maktablari sportchilarini tayyorlash sifati ustidan muntazam monitoring olib borish. Zarur hollarda ularni tayyorlashdagi o‘quv-mashq jarayoniga tegishli tuzatishlar kiritish.

doimiy

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Milliy olimpiya qo‘mitasi

11.

O‘quv-mashq jarayonini uzluksiz tibbiy-biologik va sport-psixologik jihatidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash, bunda:

o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va musobaqalarini tibbiy va farmakologik kuzatuvrejalarini tasdiqlash (shu jumladan o‘zida tibbiy va laboratoriya tekshiruvlarini, tibbiy asbob-uskuna va boshqalar bilan yangilash va to‘liq to‘ldirish jadvali);

tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra sportchilarning funksional holatini monitoring qilish va tuzatishlar kiritish mexanizmi, profilaktika, jarohatdan keyingi davolash va reabilitatsiya, ovqatlanish va dam olish rejimini nazarda tuti�.

ishlab chiqish va tasdiqlash — 2016-yil 1-fevralgacha. amalga oshirish — doimiy

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Milliy olimpiya qo‘mitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

12.

Olimpiya zaxiralari kollejlari o‘quvchilarining bir kunlik ovqatlanish normasining oshirilgan koeffitsiyentini inobatga olgan holda sportchilarning ovqatlanish ratsioni va normalarini ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, oliy mahorat sport maktablarini zarur dori vositalari va vitaminlar bilan ta’minlash.

2016-yil

I chorak

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Madaniyat va sport vazirligi,

Moliya vazirligi

13.

Oliy mahorat sport maktablari sportchilarining asosiy tarkibi va terma jamoa zaxiralarini chuqur tibbiy ko‘rikdan (yilda kamida ikki marta) o‘tkazishni tashkil etish va Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi va hududiy vrachlik jismoniy tarbiya dispanserlarida profilaktik sog‘lomlashtirish, farmakologik jihatdan ta’minlagan holda davolash va jarohatdan keyingi reabilitatsiya qilish.

doimiy

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Milliy olimpiya qo‘mitasi

III. SPORT MAKTABLARI, OLIMPIYA VA PARALIMPIYA SPORT TURLARIGA TAYYORLASh MARKAZLARI BILAN ISTIQBOLLI SPORTChILARNI TANLAB OLISh MASALALARIDA O‘ZARO HAMKORLIK QILISh, OLIY MAHORAT SPORT MAKTABLARIGA YUQORI MALAKALI TRENER-O‘QITUVChILAR TARKIBINI, ShU JUMLADAN YETAKChI XORIJ MUTAXASSISLARINI JALB QILISh

14.

Oliy mahorat sport maktablari tuzilmasini ularning sport turlari bo‘yicha ixtisosligi hamda sportchilar kontingentini hisobga olgan holda tasdiqlash.

sport maktablari ishga tushganidan so‘ng bir oy muddatda

Sportni rivojlantirish

davlat qo‘mitasi,

Moliya vazirligi

15.

Oliy mahorat sport maktablarida tayyorlash uchun bolalar va o‘smirlar sport maktablarida, ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar maktablarida, olimpiya zaxiralari kollejlarida shug‘ullanayotgan iqtidorli va istiqbolli yoshlar orasidan sportchilar zaxirasini shakllantirish mexanizmini tizimli ravishda tashkil etish.

doimiy

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

16.

Hududiy oliy mahorat sport maktablari faoliyatiga jalb qilish uchun bolalar va o‘smirlar sport maktablari, ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar maktablari, olimpiya zaxiralari kollejlariningyuqori malakali va tajribali trener-o‘qituvchilarini samarali va xolis saralashning mexanizmini joriy etish.

bir oy muddatda, amalga oshirish — doimiy

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Milliy olimpiya qo‘mitasi,

sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

17.

Oliy mahorat sport maktablarini yetakchi xorij mutaxassislarini jalb qilgan holda yuqori malakali trener-o‘qituvchilar tarkibi bilan to‘ldirish.

sport maktablarining ishga tushish muddatida

Yoshlar si�sati va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi,

sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

18.

Trenerlar va sportchilarning professional darajasini oshirish uchun oliy mahorat sport maktablarining xorijdagi sport maktablari, klublari va markazlari bilan tajriba almashish bo‘yicha hamkorligini rivojlantirish chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

tasdiqlash —
2015-yilning IV — choragi

amalga oshirish— doimiy

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Milliy olimpiya qo‘mitasi,

Sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

19.

Yuqori darajadagi sportchilarni tayyorlash tajribasini o‘rganish uchun oliy mahorat sport maktablari trener-o‘qituvchilari tarkibini xorijiy sport maktablari, klublari va markazlarida stajirovkadan o‘tkazish.

doimiy

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Milliy olimpiya qo‘mitasi,

sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

20.

Oliy mahorat sport maktablarining o‘quv-mashg‘ulot jarayonida ishtirok etish va maslahat berish hamda terma jamoalarni sport turlari bo‘yicha tayyorlash uchun yetakchi chet el mutaxassislarini jalb qilish.

doimiy

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Milliy olimpiya qo‘mitasi

IV. MILLIY TERMA JAMOALARI VA ZAXIRALARINING RESPUBLIKA VA HUDUDIY MUSOBAQALARI, O‘QUV-MAShG‘ULOT YIG‘ILIShLARI, ShUNINGDEK, RESPUBLIKANING YETAKChI S�ORTChILARI — OLIMPIYA VA OSIYO O‘YINLARI, ChEMPIONATLARI HAMDA JAHON KUBOKLARI SOVRINDORLARI IShTIROKIDA MAHORAT DARSLARINI TAShKIL ETISh VA O‘TKAZISh

21.

O‘quv-mashg‘ulot mashqlarini muntazam o‘tkazib borish orqali oliy mahorat sport maktablarida sport turlari bo‘yicha Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, Osiyo va jahon chempionatlari hamda boshqa nufuzli xalqaro musobaqalarga tayyorlashning uzluksiz jarayonini tashkil etish.

doimiy

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Milliy olimpiya qo‘mitasi,

sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

22.

Hududiy oliy mahorat sport maktablarida xalqaro, respublika va hududiy sport musobaqalarini o‘tkazish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

ishlab chiqish va tasdiqlash — har yili,

amalga oshirish 2016 — 2020-yillar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar), jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari

23.

Oliy mahorat sport maktablarida respublikaning yetakchi sportchilari — nufuzli xalqaro musobaqalar va turnirlar, shu jumladan Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo chempionatlari sovrindorlari ishtirokida mahorat darslarini o‘tkazish.

doimiy

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Milliy olimpiya qo‘mitasi,

sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
 LexUZ sharhi