29.10.2010 yildagi 105-II-son

T/r

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Bajarish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

1.

Senat, uning qo‘mitalari, Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) ishida okshoralik va ochiq-oydinlikni ta’minlash maqsadida senatorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida parlament nazoratini ommaviy axborot vositalarida yoritishning samarali usullariga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazish (“Parlament nazorati mohiyatini ommaviy axborot vositalarida yoritishning zamonaviy usullari” mavzuida)

2010-yilning noyabr oyi

Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi, Komissiya

2.

Parlament nazoratining samarali va ta’sirchan usullarini yo‘lga qo‘yish maqsadida senatorlarning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, joylardagi ommaviy axborot vositalarining vakillari bilan hamkorligini takomillashtirishga yo‘naltirilgan “Parlament nazorati: hamkorlik va istiqbollar” mavzusida mintaqaviy davra suhbatlari o‘tkazish

2010-yilning to‘rtinchi choragi va 2011-yilning birinchi choragi

Komissiya, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari

3.

Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga mo‘ljallangan dasturini so‘zsiz bajarishda mahalliy hokimiyat organlari, xususan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining rolini kuchaytirishga yo‘naltirilgan Senat, uning qo‘mitalari va Komissiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish

2010-yilning to‘rtinchi choragi va 2011-yil davomida

Komissiya, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari

4.

“Barkamol avlod yili” Davlat dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2010-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisidagi ma’ruzasida belgilab berilgan asosiy qoidalarni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalarining nazorat faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 25-fevraldagi qarori asosida)

2010-yilning to‘rtinchi choragi

Senat qo‘mitalari

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2010-yil 26-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisidagi, 2010-yil 27-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimizdir” nomli ma’ruzalarining asosiy qoida va xulosalarini ro‘yobga chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Harakat dasturida belgilangan nazorat faoliyatiga oid tadbirlarni bajarishning borishini va ularning mohiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 7-maydagi qarori asosida)

2010-yilning to‘rtinchi choragi va 2011-yil davomida

Senat qo‘mitalari va Komissiyasi

6.

Tahliliy materiallar asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalarining 2010-yilning to‘rtinchi choragi va 2011-yilga mo‘ljallangan nazorat faoliyati rejalarida belgilangan tadbirlar bajarilishining borishi hamda mohiyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish

2010-yilning to‘rtinchi choragi va 2011-yil davomida

Senat qo‘mitalari

7.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlislarida muhokama etiladigan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Bosh prokurori, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi, Markaziy banki boshqaruvi raisi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hisobotlari, O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri axborotining asosiy jihatlarini, mazkur hisobotlar va axborot yuzasidan qabul qilinadigan qarorlarning mohiyatini yalpi majlislar yakunlari bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida yoritish

2011-yilning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi choraklari

Senat qo‘mitalari (O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Bosh prokuraturasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Markaziy banki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Adliya vazirligi bilan hamkorlikda)

8.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlislarida Davlat budjetini muhokama qilish va uning ijrosi bilan bog‘liq masalalar, qabul qilinadigan qarorlar mohiyatini va ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish

2010-yilning dekabr oyi, 2011-yilning birinchi choragi va dekabr oyi

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi

9.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qo‘mitalari, Komissiyasi tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida Senat qo‘mitalarining nazorat faoliyatiga oid tahliliy materiallarni o‘zbek, rus, ingliz tillarida Senatning Internetdagi veb-saytida muntazam yoritib borish

2010-yilning to‘rtinchi choragi va 2011-yil davomida

Senat qo‘mitalari, Komissiyasi, Senatning Matbuot xizmati

10.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalari va Komissiyasi tomonidan nazorat faoliyati doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar mohiyatining “O‘zbekiston” telekanalining “Parlament soati” ko‘rsatuvida batafsil yoritilib borilishini ta’minlash

2010-yilning to‘rtinchi choragi va 2011-yil davomida

Senat qo‘mitalari va Komissiyasi

11.

Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish, uni o‘tkazish, fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilarini saylash tizimini takomillashtirish borasidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi, tegishli komissiya, qo‘mitalar va Senat a’zolari faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritib borish

2011-yil davomida

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyasi

12.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Senat Kengashi, uning qo‘mitalari va Komissiyasining nazorat faoliyatiga oid qarorlarining mutasaddi tuzilmalar tomonidan ijro etilishiga oid tahliliy materiallarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilib borish

2010-yilning to‘rtinchi choragi va 2011-yil davomida

Senat qo‘mitalari va Komissiyasi

13.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2011-yilning nomi e’lon qilinishi bilan bog‘liq Senat qo‘mitalari va senatorlar faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritib borish (tegishli dastur asosida)

2011-yil davomida

Senat qo‘mitalari va Komissiyasi

14.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalari, Komissiyasi va senatorlarning parlament nazoratini amalga oshirish borasida 2010-2011-yillarda olib borgan ishining natijalari bo‘yicha jurnalistlar uchun brifinglar o‘tkazish

2010-yilning dekabr oyi va 2011-yilning dekabr oyi

Senat qo‘mitalari, Komissiyasi, Senatning Matbuot xizmati