O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2015-yil 3-iyundagi O‘RQ-387-son hamda “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida” 2015-yil 25-avgustdagi O‘RQ-392-son qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlarining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 21-yanvardagi 45-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ustavining 18-bandida:
“qimmatli qog‘ozlarning uyushgan savdolarida qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar natijalari bo‘yicha pul mablag‘larining hisob-kitoblarini amalga oshiradi;
qimmatli qog‘ozlarga doir narxlar, talab va taklif darajasini saqlab turish (qimmatli qog‘ozlar bozori likvidliligi) uchun market-meyker xizmatlari ko‘rsatadi”;
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 1-banddagi “qimmatli qog‘ozlarning muomalada bo‘lishi” so‘zlari “qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va ularning muomalada bo‘lishi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “qimmatli qog‘ozlarning birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozorda” so‘zlari “qimmatli qog‘ozlarning uyushgan savdolarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“6. Qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish va (yoki) sotish narxini ommaviy e’lon qilish yo‘li bilan o‘z nomidan va o‘z hisobidan qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi bitimlarini sodir etadigan market-meyker oldindan e’lon qilingan oxirgi qat’iy (qat’iy belgilangan) narxlarga va qimmatli qog‘ozlar soniga aniq muvofiq ravishda unga qimmatli qog‘ozlar xarid qilish yoki sotish to‘g‘risidagi takliflar bilan murojaat qilgan shaxslar bilan bitimlar tuzishi va bunday bitimlar tuzishdan bosh tortmasligi shart.
Market-meyker qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi shartnomasining boshqa muhim shartlarini: xarid qilinadigan va (yoki) sotiladigan qimmatli qog‘ozlarning eng kam va eng ko‘p sonini, shuningdek e’lon qilingan narxlar amal qiladigan muddatni ommaviy e’lon qilish huquqiga ega. Ushbu e’londa qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi shartnomasining boshqa muhim shartlariga ko‘rsatma mavjud bo‘lmagan taqdirda, market-meyker unga mijoz tomonidan taklif qilingan muhim shartlarda shartnoma tuzishga majbur. Market-meyker qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi shartnomasini tuzishdan bosh tortgan taqdirda unga nisbatan bunday shartnomani majburiy tuzish va (yoki) mijozga yetkazilgan zararlarni qoplash to‘g‘risida da’vo taqdim etilishi mumkin.
Market-meyker tomonidan muayyan qiymatli qog‘ozlarga bo‘lgan narxlar, talab va taklif darajasini saqlab turish uchun qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar tuzish qimmatli qog‘ozlar bozorida hiyla-nayrang ishlatish hisoblanmaydi”.
d) 8-bandning birinchi xatboshidagi “mutaxassislarini qayta tayyorlaydigan” so‘zlari “mutaxassislarini qayta tayyorlaydigan va ularning malakasini oshiradigan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“10. Investitsiya vositachilari mijozning hisobidan bitimlarni faqat uzaytirish imkoniyati bilan bir yil uchun tuziladigan brokerlik va depozitar xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasiga muvofiq tuzishlari mumkin.
“ularning savdo maydonchalarida sodir etilgan bitimlar bo‘yicha — qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari savdo tashkilotchilari, fond birjasi va valyuta birjalarning fond bo‘limlari tomonidan;
qimmatli qog‘ozlar bilan boshqa bitimlar bo‘yicha — qimmatli qog‘ozlarni begonalashtiruvchiga xizmat ko‘rsatadigan Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilari tomonidan amalga oshiriladi”;
3. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 3-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 5-bandning beshinchi xatboshidagi “qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari” so‘zlari “qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi hamda aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Markaz tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olinadigan yig‘imlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllanadigan Markazni ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasini tashkil etish”;
“investorlarning, qimmatli qog‘ozlar egalarining hamda davlatning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida davlat boji to‘lamasdan sudga da’vo taqdim etish”;
“qimmatli qog‘ozlar bozorida hiyla-nayrang ishlatish va insayder axborotdan foydalanish alomatlarini belgilash;
qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilari tomonidan kafolat fondini shakllantirish va undan foydalanish tartibini belgilash;
investitsiya vositachisi tomonidan mijozlarning pul mablag‘larini hisobini yuritish va ularning but saqlanishini ta’minlash tartibini belgilash;
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi maxsus vakolatli organ bilan birgalikda investitsiya vositachisi tomonidan mijozlarga depo hisobvaraqlar ochish, qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotish uchun ularning topshiriqlarini qabul qilish, mijozlarga boshqa xizmatlarni elektron shaklda va o‘zga aloqa vositalari orqali ko‘rsatish tartibini belgilash;
Qimmatli qog‘ozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti a’zolari bo‘lgan boshqa davlatlarning qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli organlari bilan maxfiy va boshqa turdagi axborot bilan belgilangan tartibda almashish huquqiga ega”.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 25-sentabrdagi 410-son qarorida:
“2. Investitsiya fondlarini tashkil etish va ularning faoliyati “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”, “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, mazkur Nizom va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi”;
“4. Investitsiya fondi deb investorlarning pul mablag‘larini jalb etish va ularni investitsiya aktivlariga qo‘yish maqsadida aksiyalar chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs — aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi”;
“23. Aksiyalar chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun investitsiya fondi Markazga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatda aksiyalar chiqarish to‘g‘risidagi qaror va boshqa hujjatlarni taqdim etadi”;
korporativ obligatsiyalar va infratuzilma obligatsiyalari, shuningdek imtiyozli aksiyalar chiqarishga;
investitsiya fondi sof aktivlarining 10 foizidan ortig‘ini bir emitentning qimmatli qog‘ozlariga yoki mas’uliyati cheklangan jamiyatning ulushiga investitsiya qilishga;
to‘lanishi lozim bo‘lgan qarzlarning jami hajmi kredit va (yoki) qarz bitimi imzolangan sanadagi investitsiya fondi sof aktivlari qiymatining 15 foizidan oshib ketgan taqdirda kredit va (yoki) qarz mablag‘larini jalb etishga (bunda kredit va (yoki) qarz muddati uch oydan oshmasligi kerak);
tashkiliy-huquqiy shakli o‘z ishtirokchilarining qo‘shimcha javobgarligini nazarda tutadigan xo‘jalik jamiyatlarining qimmatli qog‘ozlariga va ulushlariga investitsiyalarni amalga oshirishga;
ishonchli boshqaruvchi, auditorlik tashkilotlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalarni amalga oshirishga, shuningdek ularning ustav kapitalidagi ulushlarini olishga;
investitsiya faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan bitimlar tuzishga, opsionlar yoki fyucherslar olishga;
umumiy summasi fond sof aktivlarining 10 foizidan ortiq investitsiyalarni amalga oshirishga (bundan qimmatli qog‘ozlarga qo‘yish mustasno) haqli emas”;
“66. Investitsiya fondi axborotni qonun hujjatlarida aksiyadorlik jamiyatlari uchun belgilangan tartibga asosan oshkor qiladi”;
74-bandning ikkinchi xatboshidagi “60-bandining 4 — 7, 9, 13, 14-xatboshilarda” so‘zlari “60-bandida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1999-yil 21-maydagi 263-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 5-son, 27-modda):
davlatning qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarini, shuningdek qimmatli qog‘ozlarni boshqarish bo‘yicha davlat vakolat bergan shaxslarning qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarini hisobga olish;
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan chiqarilgan O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga kiritilgan qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish;
O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida muomalaga kiritilgan qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish;
agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, investitsiya fondlari tomonidan chiqarilgan va ularga tegishli qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish;
O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarga xalqaro kodlar berish;
depo hisobvaraqlari bo‘yicha emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar harakati to‘g‘risidagi axborotni to‘plash va tizimlashtirish”;
“21. Markaziy depozitariy qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestrlarini yuritishga doir vazifalarini bajarayotganda investitsiya vositachilaridan mazkur reyestrlarni shakllantirish uchun zarur ma’lumotlarni so‘rash va olishga haqli.
Markaziy depozitariy qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestrlarini yuritish funksiyalarini bajarayotganda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestrlarini yuritish funksiyalarini bajarayotganda:
qimmatli qog‘ozlar egalarining belgilangan sanadagi holatga ko‘ra shakllantirilgan reyestrlarini saqlashi;
qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestrlaridagi mavjud axborotni “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq taqdim etishi;
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestrlarini yuritish funksiyalarini bajarayotganda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin”.
6. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qog‘ozlar ikkilamchi bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 29-apreldagi 196-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 33-modda):
to‘qqizinchi xatboshidagi “xizmatlar ko‘rsatuvchi bank” so‘zlari “xizmatlar ko‘rsatuvchi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“nyetting — mijozning barcha pul talablarini uning barcha pul majburiyatlariga nisbatan hisobga olish orqali amalga oshiriladigan kliring usuli”;
5-bandning yettinchi xatboshidagi “kafolat fondidan mablag‘larni shartnoma asosida berish yo‘li bilan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshirish uchun Markaziy depozitariy, investitsiya vositachilari va tijorat banklari bilan shartnomalar tuzish;
investitsiya vositachilaridan hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni olish;
hisob-kitob-kliring palatasi a’zosi fond birjasi, Markaziy depozitariy va savdolarning boshqa qatnashchilaridan qarzdor bo‘lgan taqdirda unga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish;
hisob-kitob-kliring palatasi a’zolaridan, Markaziy depozitariy va (yoki) vakolatli bankdan savdo yakunlari bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazishga topshiriq va (yoki) boshqa hujjatlarni qabul qilish;
har xil turdagi solishtirish tizimlarini va kliring usullarini, shu jumladan nyettingni o‘z xohishiga ko‘ra qo‘llash”;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilardagi “depozitariylar” so‘zi “investitsiya vositachilari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
11. Investitsiya vositachisi tomonidan investorga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun hisob-kitob-kliring palatasi investitsiya vositachisiga (keyingi o‘rinlarda — kafolat fondi qatnashchisi deb ataladi) tegadigan vositachilik haqining chegirib qolinadigan qismi hisobidan kafolat fondini shakllantiradi, bunda vositachilik haqining chegirib qolinadigan qismi bunday haqning 5 foizini tashkil etadi.
12. Hisob-kitob-kliring palatasi kafolatli fond qatnashchilarining mablag‘larini hisobga olish va saqlash uchun ularga zaxira hisob raqamlari ochadi.
13. Kafolat fondi qatnashchisi mablag‘larning kafolatli fondga tushishini ta’minlashi lozim. Bunda kafolat fondi qatnashchisi o‘zi tasdiqlagan xizmat ko‘rsatish yagona tariflarini ular tasdiqlangan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida hisob-kitob-kliring palatasiga taqdim etadi.
14. Hisob-kitob-kliring palatasi kafolat fondi qatnashchisining topshirig‘isiz kafolat fondi qatnashchilarining qimmatli qog‘ozlari bilan amalga oshmay qolgan bitishuvlar bajarilishini ta’minlash uchun ularning zaxira hisob raqamlaridan ushbu hisob raqamlarining miqdoriga mutanosib mablag‘larni mustaqil ravishda olishi mumkin.
Kafolat fondi qatnashchisi aybi bilan investorga yetkazilgan boshqa zararlarning kafolat fondidan qoplanishi tomonlarning o‘zaro kelishuvi yoki sud qaroriga asosan amalga oshirilishi mumkin.
15. Kafolat fondi qatnashchisi hisob-kitob-kliring palatasi bilan tuzilgan shartnomada belgilangan muddatda hisob-kitob-kliring palatasining harakatlari yuzasidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
16. Kafolat fondining mablag‘lari uning qatnashchilariga tegishli bo‘lib, har bir qatnashchi bo‘yicha alohida shakllantiriladi va hisobi yuritiladi.
17. Savdo tashkilotchilari va kafolat fondi qatnashchilari o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida kafolat fondida to‘plangan pul mablag‘larining miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotni har kuni yangilagan holda ko‘rsatishlari shart.
18. Kafolat fondi qatnashchisi zaxira hisob raqamida hisob-kitob-kliring palatasi tomonidan ushlab qolinadigan summadan ko‘proq summani saqlashga haqlidir.
19. Kafolat fondining mablag‘laridan mazkur Nizomda belgilanmagan boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin emas. Kafolat fondida qolgan mablag‘lar kafolat fondi qatnashchisiga u investitsiya vositachi sifatidagi faoliyatini tugatgan taqdirda qaytarilishi kerak”;
ilova nomidagi “depozitariylar tizimida” so‘zlari “depozitar tizimida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“1. Ushbu Nizom “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi depozitar tizimida deponentlarning yagona bazasiga talablarni belgilaydi. Bunda depozitar tizimi deganda O‘zbekiston Respublikasi hududida qimmatli qog‘ozlarni saqlash, ularga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish va o‘tish tizimi tushuniladi”;
birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “depozitariylar tizimida” so‘zlari “depozitar tizimida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “depozitariylarning” so‘zi “investitsiya vositachilarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“6. Yagona baza tizimida mavjud deponentlarni kodlashtirish qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Markaziy depozitariy tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi”;
“8. Markaziy depozitariy topshiriqnoma asosida bir ish kuni mobaynida yagona baza tizimida deponentni ro‘yxatdan o‘tkazadi va unga kod beradi.
Deponent kodining tarkibi va uni shakllantirish tartibi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Markaziy depozitariy tomonidan belgilanadi”.
10 va 17-bandlardagi “depozitariyning” so‘zi “investitsiya vositachisining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“13. Deponent rekvizitlari o‘zgarganligi to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatlarni Markaziy depozitariyga va (yoki) investitsiya vositachisiga quyidagi hollarda taqdim etadi:
jismoniy shaxs uchun — uning familiyasi, ismi, otasining ismi, soliq to‘lovchining identifikatsiya tartib raqami, jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning tartib raqami va seriyasi, shuningdek uning bog‘lanish va bank rekvizitlari o‘zgargan taqdirda;
yuridik shaxslar uchun — uning nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya tartib raqami, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilish tartib raqami va sanasi, shuningdek uning bog‘lanish va bank rekvizitlari o‘zgargan taqdirda.
Deponent rekvizitlari o‘zgarganda investitsiya vositachisi deponentning yangi anketasi ma’lumotlari asosida deponent rekvizitlarini o‘zgartirishga elektron topshiriqnoma tayyorlaydi va ularni deponentning o‘zgargan rekvizitlari olingan kundan e’tiboran ikki ish kuni mobaynida Markaziy depozitariyga jo‘natadi”.
7. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomda:
“Tijorat banklari va sug‘urtalovchilar mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarda ko‘rsatilgan professional faoliyatni amalga oshirishda mazkur Nizomning 7-bandida belgilangan qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatni amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishi shart”;
“Qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi va (yoki) investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxs qimmatli qog‘ozlarni chiqarish masalalari bo‘yicha maslahat xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga ega. Bunda, u qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun alohida litsenziya olishi talab etilmaydi”;
“Mazkur bandning “b” — “j” kichik bandlarida ko‘rsatilgan qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlari qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya fondi sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishga tatbiq etilmaydi”;
“a)” kichik bandning ikkinchi xatboshidagi “(pochta manzili)” so‘zlari “(pochta manzili), elektron pochta manzillari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“v) litsenziya talabgorining arizasi litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalardan tashqari) tomonidan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat”;
“e)” kichik bandidagi “litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadigan” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“10. Investitsiya maslahatchisi va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olish uchun litsenziya talabgori qo‘shimcha ravishda talabgor tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlarning nusxalarini taqdim etadi:
Mijozning manfaatlari bilan nizo kelib chiqqanda investitsiya maslahatchisi va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisining xatti-harakatlari tartibi”.
“12. Investitsiya vositachisi sifatida faoliyatni amalga oshirishga litsenziya talabgori qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
litsenziyalovchi organning talablariga muvofiq bo‘lgan depozitar operatsiyalarni amalga oshirishga qo‘yiladigan ichki tartib;
depozitar operatsiyalarni amalga oshirish uchun dasturiy vositani sotgan (bergan) tashkilot bilan tuzilgan depozitar operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha dasturiy vositadan tijorat maqsadida foydalanishga mualliflik litsenziya shartnomasi nusxasi;
depozitar operatsiyalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan texnik vositalarning tavsiflari ko‘rsatilgan holdagi ro‘yxati;
dasturiy ta’minot va texnik vositalarning investitsiya vositachilarining dasturiy-texnik komplekslariga qo‘yiladigan belgilangan talablarga muvofiqligi hamda qimmatli qog‘ozlar bozori professional qatnashchilari, fond birjasi va Markaziy depozitariy bilan elektron o‘zaro hamkorlikka tayyorligi to‘g‘risida Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining xulosasi;
Talabgor tomonidan tasdiqlangan mijozlar bilan tuzilgan shartnomalarga asosan ko‘rsatilgan xizmat va operatsiyalarni ichki hisobga olish qoidalari nusxasi;
Talabgor tomonidan tasdiqlangan mijozning manfaatlari bilan nizo kelib chiqqanda investitsiya vositachisining xatti-harakatlari tartibi nusxasi”;
j) 15-bandning o‘n ikkinchi xatboshidagi “narxlar bilan nayrang qilishning” so‘zlari “hiyla-nayrang ishlatish va insayder axborotdan foydalanishning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“19. Litsenziya talabgorining (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalardan tashqari) litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun har bir beriladigan litsenziya (qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatning har bir qismi) uchun eng kam oylik ish haqi miqdorida yig‘im undiriladi”.
i) 22-bandning birinchi xatboshidagi “Ekspert komissiyasi majlislari bir oyda kamida bir marta o‘tkaziladi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshiga “davlat boji to‘langanligini” so‘zlaridan keyin “(chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalardan tashqari)” so‘zlari qo‘shilsin;
l) 26-banddagi “litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini” so‘zlaridan keyin “(chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalardan tashqari)” so‘zlari qo‘shilsin;
“42. Litsenziya berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida yoki qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatning ikki va undan ortiq qismiga bir vaqtda litsenziya berilganligi uchun litsenziya talabgoridan (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalardan tashqari) eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida davlat boji undiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan o‘z kuchini yo‘qotadi — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda)
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining davlat o‘rta muddatli pul majburiyatlarini chiqarish to‘g‘risida” 2004-yil 10-yanvardagi 11-son qarorida:
nomidagi, 1-banddagi, 2-bandning beshinchi-oltinchi xatboshilardagi va 3-bandning uchinchi xatboshidagi “pul majburiyatlarini” so‘zlari “g‘azna majburiyatlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-bandning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilardagi “pul majburiyatlari” so‘zlari “g‘azna majburiyatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan Davlatga tegishli aksiyalar paketlarini (ulushlarni) ishonchli boshqaruvga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 11-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2008-yil 29-dekabrdagi 284-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 12-son, 70-modda):
3) yuridik shaxslarning davlat reyestriga emitentni tashkil etish to‘g‘risida yozuv kiritilgan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartib raqami va bunday yozuv kiritilgan sana;
5) emitentning joylashgan joyi (pochta manzili), emitentning xat-xabarlarni olish uchun boshqa manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda — ushbu manzillar, shu jumladan elektron pochta manzili va veb-sayt ham ko‘rsatiladi;
8) emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarish (qo‘shimcha chiqarish)ga berilgan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartib raqami va uning berilgan sanasi, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning nomi, davlat qimmatli qog‘ozlari holatida esa bunday qimmatli qog‘ozlar chiqarish (qo‘shimcha chiqarish)ning ro‘yxatdan o‘tkazish (identifikatsiya) tartib raqami va uning berilgan sanasi, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazish (identifikatsiya) tartib raqami bergan organning nomi;
9) emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning toifasi (turi, tipi), seriyasi, shakli va boshqa identifikatsiya belgilari”.
12. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-maydagi 132-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 5-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda xatlangan va olib qo‘yilgan mol-mulkni saqlash tartibi hamda shartlari to‘g‘risidagi nizomda:
a) 15-banddagi “depozitariyga” so‘zi “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga yoki investitsiya vositachisiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 21-banddagi “depozitariyga” so‘zi “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga yoki investitsiya vositachisiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 94-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandi “a” kichik bandining sakkizinchi xatboshidagi “depozitariysiga” so‘zlari “investitsiya vositachisiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi 230-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) va boshqa mulkiy huquqlarini olishga doir bitimlarni ko‘rib chiqish hamda bunday bitimlarni tuzish uchun oldindan rozilik olish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 11-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “Depozitariylar” va “depozitariy tomonidan” so‘zlari tegishli ravishda “Investitsiya vositachilari” va “investitsiya vositachisi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 12-banddagi “Depozitariylar” so‘zi “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va (yoki) investitsiya vositachilari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-iyuldagi 176-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 67-modda) bilan tasdiqlangan Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ veb-saytlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi o‘n birinchi xatboshidagi “39” raqami “44” raqami bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qog‘ozlarni muomalaga kiritish kvotalari va tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 20-avgustdagi 239-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 90-modda):
a) 1-banddagi “muomalaga kiritish” so‘zlari “joylashtirish va muomalaga kiritish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“qimmatli qog‘ozlarni nominal saqlovchi — qimmatli qog‘ozlar egasining yoki u vakil qilgan shaxsning topshirig‘iga ko‘ra qimmatli qog‘ozlarni hisobga olishni va ularga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlashni qimmatli qog‘ozlarning egasi bo‘lmagan holda amalga oshiruvchi investitsiya vositachisi, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi”;
17. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 10-son, 104-modda):
“birja savdolariga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar — birja, sotuvchining (xaridorning) vositachisi, Markaziy depozitariy”;
“Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar jamg‘armasiga pul mablag‘lari o‘tkazmalarini va vositachilik to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha BTST tashkilotchisi, Markaziy depozitariy va xaridor vositachisining hisob raqamlariga pul mablag‘lari o‘tkazmalarini amalga oshiradi”;
“91. Depo hisob raqamlari bo‘yicha o‘tkazish xaridor tomonidan depozitar xizmatlar haqi to‘langandan keyin amalga oshiriladi. Xaridorning davlat aksiyalariga bo‘lgan huquqlari uning depo hisob raqamidan ko‘chirma bilan tasdiqlanadi”;
Keyingi tahrirga qarang.
b) 7-ilovaning 34-bandi ikkinchi xatboshidagi “xizmat ko‘rsatuvchi depozitariysiga” so‘zlari “xizmat ko‘rsatuvchi vositachisiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-apreldagi 87-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 4-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to‘g‘risidagi nizom 11-bandining “e” kichik bandiga quyidagi tahrirdagi xatboshi qo‘shilsin:
“qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan birgalikda hisobga olish registrlaridagi elektron yozuvlarning but saqlanishini ta’minlash tartibini belgilaydi”.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-maydagi 137-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 5-son, 41-modda) bilan tasdiqlangan Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aksiyalari davlat paketlarini (ulushlarini) “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 21-bandidagi “xaridorga xizmat ko‘rsatuvchi depozitariysidagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.