23.09.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2715
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining qarori, 23.09.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2715
Кучга кириш санаси
28.09.2015
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 30-iyuldagi PQ-929-son “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish va ular mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qarori bilan tasdiqlangan O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizomga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qaror qiladi:

T/r

Ish turlari

O‘quv yili davomidagi soatlar hajmi

Izoh

I. O‘quv ishlari — 1020 soat*

1.

Nazariy, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazish.

800 soat**

O‘quv rejasiga binoan 1 akademik soatga 1 soat yuklama yoziladi.

2.

Fanlar bo‘yicha konsultatsiyalar o‘tish.

40 soat

O‘quv rejasida belgilangan yuklamaning 5% hajmida.

3.

O‘quvchilarning reyting nazorati ishlarini tekshirish. Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi ishida ishtirok etish.

180 soat

II. O‘quv-metodik, ilmiy va ilmiy-metodik ishlar — 320 soat*

4.

Nazariy, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazishga tayyorlanish.

100 soat

Ilgaridan mavjud fanlar yuklamasining 30% yoki yangi yuklatilgan fan yuklamasining 50% miqdorida.

5.

Ochiq o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish. Mavjud jihozlar asosida o‘quv dasturida belgilangan yangi amaliy mashg‘ulotlar yoki laboratoriya ishlariga uslubiy ishlanmalar tayyorlash. O‘quvchilarni fan olimpiadasi, kasbiy ko‘rik tanlovga tayyorlash. O‘quvchilarni ilmiy konferensiyalarga tayyorlash. Zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayonida qo‘llash bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqish va joriy etish. Darslik yozish. Elektron darsliklar tayyorlash. Multimedia ishlanmalarini tayyorlash. O‘quv qo‘llanmalar tayyorlash. Uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash. Ma’ruza matnlari to‘plamini ishlab chiqish. Fan bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar tayyorlash. Fan, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotidan ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish. Reyting tizimi uchun yangi nazorat savollari (amaliy, test, og‘zaki, yozma va hokazo) ishlab chiqish. Fanga ajratilgan mustaqil ishni qabul qilish. Interaktiv darslar uchun uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish va joriy etish. Ta’lim muassasasi pedagogik kengashi qaroriga binoan ilmiy tadqiqot, tajriba-sinov ishlarini olib borish. Ilmiy maqola, ma’ruza, hisobotlar yozish, ma’lumotlar tayyorlash. Doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish. Ommaviy axborot vositalarida chiqish qilish. Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida o‘qish. Seminar, trening va konferensiyalar o‘tkazish va boshqalar***.

220 soat

III. Tashkiliy-metodik va tashkiliy-pedagogik ishlar — 100 soat*

6.

9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qitish uchun to‘liq qamrab olish, kasbga yo‘naltirishda targ‘ibot tashviqot ishlarini olib borish. O‘zaro darslar tahlilini olib borish, yozma rasmiylashtirish va kafedra hamda pedagogik kengashlarda muhokama qilish. Ta’lim muassasasining maslahat markazlari ishida ishtirok etish. Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik ishlarida ishtirok etish. Ta’lim muassasasida jamoatchilik asosida yuklatilgan vazifalarni bajarish. Yosh o‘qituvchilarga uslubiy yordam berish. Ta’lim muassasasi bitiruvchilari bandligini ta’minlashga ko‘maklashish. Kasb-hunar kolleji bitiruvchilari, ta’lim muassasasi va ish beruvchilar o‘rtasida uch tomonlama shartnomalarni tuzishga ko‘maklashish. Ta’lim muassasasining obodonlashtirish ishlarida ishtirok etish. Ta’lim muassasasining pedagogik kengash va boshqa yig‘ilishlarida ishtirok etish. Ta’lim muassasasining pedagogik kengashi muhokamasiga qo‘yish uchun masala va materiallar tayyorlash. Ta’lim muassasasida navbatchilik qilish. Ta’lim muassasasi pedagogik kengashi kotibi ishini olib borish, turli komissiyalar, kengashlar, ishchi guruhlarda ishtirok etish. Ta’lim muassasasida tashkil etilgan fan, sport va kasb to‘garaklarini olib borish va boshqalar***.

100 soat

IV. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar — 100 soat*

7.

Davomati va o‘zlashtirishi past o‘quvchilar bilan ishlash. Sport, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rik tanlovlar o‘tkazish. “Barkamol avlod” sport o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish. Darsdan tashqari vaqtda o‘quvchilar bilan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish (guruh rahbarligidan tashqari). Jamoatchilik asosida tashkil etiladigan barcha ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlarga ko‘maklashish va boshqalar***.

100 soat

T/r

Ish turlari

O‘quv yili davomidagi soatlar hajmi

Izoh

I. O‘quv ishlari — 1080 soat*

1.

Nazariy, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlari hamda o‘quv, ishlab chiqarish va diplom oldi (pedagogik)** amaliyotlarini o‘tkazish.

800 soat***

O‘quv rejasiga binoan 1 akademik soatga 1 soat yuklama yoziladi.

2.

Fanlar bo‘yicha konsultatsiyalar o‘tish.

40 soat

O‘quv rejasida belgilangan yuklamaning 5% hajmida.

3.

Kurs ishlariga rahbarlik qilish, maslahat va taqriz berish hamda himoyasini tashkil etish. Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi ishida ishtirok etish. O‘quvchilarning reyting nazorati ishlarini tekshirish. Bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish, maslahat berish. Bitiruv malakaviy ishlariga taqriz berish.

240 soat

II. O‘quv-metodik, ilmiy va ilmiy-metodik ishlar — 300 soat*

4.

Nazariy, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlari hamda o‘quv amaliyotlarini o‘tkazishga tayyorlanish.

100 soat

Ilgaridan mavjud fanlar yuklamasining 30% yoki yangi yuklatilgan fanlar yuklamasining 50% miqdorida.

5.

Ochiq o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish. Mavjud jihozlar asosida o‘quv dasturida belgilangan yangi amaliy mashg‘ulotlar yoki laboratoriya ishlariga uslubiy ishlanmalar tayyorlash. O‘quvchilarni fan olimpiadasi, kasbiy ko‘rik tanlovga tayyorlash. O‘quvchilarni ilmiy konferensiyalarga tayyorlash. Zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayonida qo‘llash bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqish va joriy etish. Darslik yozish. Elektron darsliklar tayyorlash. Multimedia ishlanmalarini tayyorlash. O‘quv qo‘llanmalar tayyorlash. Uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash. Ma’ruza matnlari to‘plamini ishlab chiqish. Fan bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar tayyorlash. Fan, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotidan ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish. Reyting tizimi uchun yangi nazorat savollari (amaliy, test, og‘zaki, yozma va hokazo) ishlab chiqish. Fanga ajratilgan mustaqil ishni qabul qilish. Interaktiv darslar uchun uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish va joriy etish. Yangi fan uchun namunaviy o‘quv dasturini ishlab chiqish. O‘quv amaliyoti uchun yangi instruksion-texnologik xarita tayyorlash. Ta’lim muassasasi pedagogik kengashi qaroriga binoan ilmiy tadqiqot, tajriba-sinov ishlarini olib borish. Ilmiy maqola, ma’ruza, hisobotlar yozish, ma’lumotlar tayyorlash. Doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish. O‘quvchilarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish. Ommaviy axborot vositalarida chiqish qilish. Tashkilotlarga borib ma’ruzalar o‘qish. Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida o‘qish. Seminar, trening va konferensiyalar o‘tkazish va boshqalar****.

200 soat

III. Tashkiliy-metodik va tashkiliy-pedagogik ishlar — 100 soat*

6.

9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qitish uchun to‘liq qamrab olish, kasbga yo‘naltirishda targ‘ibot tashviqot ishlarini olib borish. O‘zaro darslar tahlilini olib borish, yozma rasmiylashtirish va kafedra hamda pedagogik kengashlarda muhokama qilish. Ta’lim muassasasining maslahat markazlari ishida ishtirok etish. Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik ishlarida ishtirok etish. Ta’lim muassasasida jamoatchilik asosida yuklatilgan vazifalarni bajarish. Yosh o‘qituvchilarga uslubiy yordam berish. Ta’lim muassasasi bitiruvchilari bandligini ta’minlashga ko‘maklashish. Kasb-hunar kolleji bitiruvchilari, ta’lim muassasasi va ish beruvchilar o‘rtasida uch tomonlama shartnomalarni tuzishga ko‘maklashish. Ta’lim muassasasining obodonlashtirish ishlarida ishtirok etish. Ta’lim muassasasining pedagogik kengash va boshqa yig‘ilishlarida ishtirok etish. Ta’lim muassasasining pedagogik kengashi muhokamasiga qo‘yish uchun masala va materiallar tayyorlash. Ta’lim muassasasida navbatchilik qilish. Ta’lim muassasasi pedagogik kengashi kotibi ishini olib borish, turli komissiyalar, kengashlar, ishchi guruhlarda ishtirok etish. Ta’lim muassasasida tashkil etilgan fan, sport va kasb to‘garaklarini olib borish va boshqalar****.

100 soat

IV. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar — 60 soat*

7.

Davomati va o‘zlashtirishi past o‘quvchilar bilan ishlash. Sport, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rik tanlovlar o‘tkazish. “Barkamol avlod” sport o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish. Darsdan tashqari vaqtda o‘quvchilar bilan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish (guruh rahbarligidan tashqari). Jamoatchilik asosida tashkil etiladigan barcha ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlarga ko‘maklashish va boshqalar****.

60 soat

T/r

Ish turlari

Vaqt me’yori, soat

Izoh

I. O‘quv ishlari**

1.

Nazariy, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlari hamda o‘quv, ishlab chiqarish va diplom oldi (pedagogik)*** amaliyotlarini o‘tkazish.

O‘quv rejasiga binoan 1 akademik soatga 1 soat yuklama yoziladi.

2.

Fanlar bo‘yicha konsultatsiyalar o‘tish.

O‘quv rejasida belgilangan yuklamaning 5% hajmida.

3.

Kurs ishlariga rahbarlik qilish, maslahat va taqriz berish hamda himoyasini tashkil etish.

Bitta kurs ishi rahbarligiga — 1,2 soat, taqriz berishga — 0,5 soat.

4.

Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi ishida ishtirok etish.

Har bir a’zoga bitta bitiruvchi uchun: yozma va amaliy ishga 0,2 soat, og‘zaki savol-javob va bitiruv malakaviy ishi himoyasiga 0,3 soat va test sinoviga 0,1 soat ajratiladi.

Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi a’zosining bir kunlik yuklamasi 6 soatdan osh�asligi lozim.

5.

O‘quvchilarning reyting nazorati ishlarini tekshirish.

Har bir o‘quvchi uchun oraliq nazoratga 0,2 soat, yakuniy nazoratga 0,1 soat ajratiladi.

Oraliq nazorat bir fandan bir o‘quv yilida bir o‘quvchiga nisbatan o‘quv yuklamasi 80 soat bo‘lsa 1 soat, 160 soat bo‘lsa 2 soat, 240 soat bo‘lsa 3 soat, 320 soat bo‘lsa 4 soatdan oshmasligi kerak.

6.

Bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish, maslahat berish.

Har bir bitiruvchiga 16 soat, jami 128 soatgacha ajratiladi.

Zarur hollarda bitiruv malakaviy ishiga rahbarlik qilish uchun ajratilgan 16 soat yuklamaning bir qismi (bitiruv malakaviy ishining konstruktiv, iqtisod, mehnat, tabiatni muhofaza qilish va boshqa bo‘limlaridan) boshqa maslahat beruvchilarga ajratilishi mumkin.

7.

Bitiruv malakaviy ishlariga taqriz berish.

Har bir bitiruvchining bitiruv malakaviy ishiga 4 soat ajratiladi.

Bir taqrizchiga 8 tagacha bitiruv malakaviy ishlari berilishi mumkin.

II. O‘quv-metodik, ilmiy va ilmiy-metodik ishlar**

8.

Ochiq o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish.

Bir akademik soat ochiq o‘quv mashg‘ulot uchun 5 soat ajratiladi.

9.

Nazariy, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlari hamda o‘quv amaliyotlarini o‘tkazishga tayyorlanish.

Oldindan mavjud fanlar yuklamasining 30%, yangi yuklatilgan fan yuklamasining 50% miqdorida.

10.

Mavjud jihozlar asosida o‘quv dasturida belgilangan yangi amaliy mashg‘ulotlar yoki laboratoriya ishlariga uslubiy ishlanmalar tayyorlash.

Bitta uslubiy ishlanma uchun 25 soat vaqt ajratiladi.

Uslubiy ishlanma ta’lim muassasasining pedagogik kengashida tasdiqlangan bo‘lishi lozim.

11.

O‘quvchilarni fan olimpiadasi, kasbiy ko‘rik tanlovga tayyorlash.

20 soat.

Ta’lim muassasasining pedagogik kengashi qaroriga binoan.

12.

O‘quvchilarni ilmiy konferensiyalarga tayyorlash.

20 soat.

Ta’lim muassasasining pedagogik kengashi qaroriga binoan.

13.

Zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayonida qo‘llash bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqish va joriy etish.

30 soat.

Ta’lim muassasasining pedagogik kengashi qaroriga binoan.

14.

Darslik yozish.

Darslikning bir bosma tabog‘i (16 bet) uchun 50 soat.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, vazirlik va idoralar tomonidan berilgan rejalar, topshiriqlar yoki ular bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq.

15.

Elektron darsliklar tayyorlash.

Elektron darslikning bir bosma tabog‘i (16 bet) uchun 50 soat.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, vazirlik va idoralar tomonidan berilgan rejalar, topshiriqlar yoki ular bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq.

16.

Multimedia ishlanmalarini tayyorlash.

20 soat.

Ta’lim muassasasining pedagogik kengashi qaroriga binoan.

17.

O‘quv qo‘llanmalar tayyorlash.

O‘quv qo‘llanmasining bir bosma tabog‘i (16 bet) uchun 30 soat.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, vazirlik va idoralar tomonidan berilgan rejalar, topshiriqlar yoki ular bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq.

18.

Uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash.

Bitiruv ishi bo‘yicha 30 soat, amaliyotlar bo‘yicha 25 soat, kurs ishi yoki loyihasi bo‘yicha 20 soat, mustaqil ish bo‘yicha 15 soat, fan bo‘yicha 20 soat, bitta laboratoriya ishi bo‘yicha 5 soat.

Ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qaroriga binoan.

19.

Ma’ruza matnlari to‘plamini ishlab chiqish.

Umumta’lim fanlariga 10 soat, maxsus fanlarga 20 soat.

Ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qaroriga binoan.

20.

Fan bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar tayyorlash.

20 soat.

Ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qaroriga binoan.

21.

Fan, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotidan ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish.

20 soat.

Ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qaroriga binoan.

22.

O‘quv dasturlari asosida jihoz va uskunalardan foydalangan holda yangi amaliy yoki laboratoriya ishlarini yo‘lga qo‘yish.

Bitta ish uchun 50 soat; mavjud ishni takomillashtirishga 20 soat.

Ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qaroriga binoan.

23.

Reyting tizimi uchun yangi nazorat savollari (amaliy, test, og‘zaki, yozma va hokazo) ishlab chiqish.

Har bir variant uchun 1 soat.

Ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qaroriga binoan.

24.

Fanga ajratilgan mustaqil ishni qabul qilish.

20 soat.

Bir stavka (800 soat)dan kelib chiqqan holda.

25.

Interaktiv darslar uchun uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish va joriy etish.

Bitta uslubiy qo‘llanma
uchun 30 soat.

Ta’lim muassasasi ilmiy pedagogik kengashi qaroriga binoan.

26.

Yangi fan uchun namunaviy o‘quv dasturini ishlab chiqish.

Bitta fan uchun 30 soat

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan berilgan rejalar yoki topshiriqlarga muvofiq.

27.

O‘quv amaliyoti uchun yangi instruksion-texnologik xarita tayyorlash.

Bitta mavzu uchun 3 soat.

Ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qaroriga binoan.

28.

Ta’lim muassasasi pedagogik kengashi qaroriga binoan ilmiy tadqiqot, tajriba-sinov ishlarini olib borish.

Eksperimentator o‘qituvchiga 50 soat, nazoratchi o‘qituvchiga 25 soat.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan berilgan rejalar yoki topshiriqlarga muvofiq.

29.

Ilmiy maqola, ma’ruza, hisobotlar yozish, ma’lumotlar tayyorlash.

Bitta maqola uchun: xalqaro miqyosda 70 soat, respublika miqyosida 40 soat, viloyat (shahar), tuman (shahar) miqyosida 20 soat, ta’lim muassasasi miqyosida 10 soat.

30.

Doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish.

Doktorlik dissertatsiyaga 50 soat.

Tegishli ilmiy kengashning qarori mavjud hollarda, har bir o‘quv yiliga (3 yildan oshmagan holda).

31.

O‘quvchilarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish.

Har bir o‘quvchi uchun 20 soat.

Ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qaroriga binoan.

32.

Ommaviy axborot vositalarida chiqish qilish.

Bitta maqola va namoyish uchun: xalqaro miqyosida 40 soat, respublika miqyosida 20 soat, viloyat (shahar) miqyosida 10 soat, tuman (shahar) miqyosida 5 soat.

Gazeta va jurnallarda nashr etilgan yoki boshqa ommaviy axborot vositalarida namoyish etilgan bo‘lishi kerak.

33.

Tashkilotlarga borib ma’ruzalar o‘qish.

Har bir ma’ruza uchun 5 soat (o‘quv yili uchun 20 soatgacha).

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, vazirlik va idoralar tomonidan berilgan rejalar, topshiriqlar yoki ular bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq.

34.

Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida o‘qish.

Malaka oshirish uchun 144 soat, qayta tayyorlash uchun 576 soat.

Tasdiqlangan reja bo‘yicha.

35.

Seminar, trening va konferensiyalar o‘tkazish.

Ularning mavzusi davomiyligiga qarab tashkiliy ishlar uchun: Respublika miqyosida 40 soat, viloyat (shahar) miqyosida 20 soat, ta’lim muassasasida 10 soat.

Tasdiqlangan reja bo‘yicha.

III. Tashkiliy-metodik va tashkiliy-pedagogik ishlar**

36.

9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qitish uchun to‘liq qamrab olish, kasbga yo‘naltirishda targ‘ibot tashviqot ishlarini olib borish.

40 soat.

Hisobotlar, o‘tkazilgan tadbir haqidagi ma’lumotlar va bayonnomalar keltiriladi.

37.

O‘zaro darslar tahlilini olib borish, yozma rasmiylashtirish va kafedra hamda pedagogik kengashlarda muhokama qilish.

Bitta dars uchun 2 soat, semestr davomida 20 soatgacha.

O‘zaro darslarga kirish jadvali va tegishli rasmiylashtirilgan ma’lumotlar asosida.

38.

Ta’lim muassasasining maslahat markazlari ishida ishtirok etish.

20 soat.

39.

Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik ishlarida ishtirok etish.

40 soat.

Oliy ta’lim muassasalari bilan tuzilgan shartnoma asosida.

40.

Ta’lim muassasasida jamoatchilik asosida yuklatilgan vazifalarni bajarish.

60 soat.

Ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qaroriga binoan.

41.

Yosh o‘qituvchilarga uslubiy yordam berish.

20 soat.

Ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qaroriga binoan.

42.

Ta’lim muassasasi bitiruvchilari bandligini ta’minlashga ko‘maklashish.

20 soat.

Ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qaroriga binoan.

43.

Kasb-hunar kolleji bitiruvchilari, ta’lim muassasasi va ish beruvchilar o‘rtasida uch tomonlama shartnomalarni tuzishga ko‘maklashish.

20 soat.

Ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qaroriga binoan.

44.

Ta’lim muassasasining obodonlashtirish ishlarida ishtirok etish.

10 soat.

45.

Ta’lim muassasasining pedagogik kengash va boshqa yig‘ilishlarida ishtirok etish.

20 soat.

46.

Ta’lim muassasasining pedagogik kengashi muhokamasiga qo‘yish uchun masala va materiallar tayyorlash.

10 soat.

Ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qaroriga binoan.

47.

Ta’lim muassasasida navbatchilik qilish.

20 soat.

Navbatchilik jadvali asosida.

48.

Ta’lim muassasasi pedagogik kengashi kotibi ishini olib borish, turli komissiyalar, kengashlar, ishchi guruhlarda ishtirok etish.

40 soat.

49.

Ta’lim muassasasida tashkil etilgan fan, sport va kasb to‘garaklarini olib borish.

40 soat.

Ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qaroriga binoan.

IV. Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar**

50.

Davomati va o‘zlashtirishi past o‘quvchilar bilan ishlash.

40 soat.

51.

Sport, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rik tanlovlar o‘tkazish.

Respublika miqyosida 40 soat, viloyat (shahar) miqyosida 20 soat, ta’lim muassasasida 10 soat.

Tadbir ishlanmasi va bayonnomalari asosida.

52.

“Barkamol avlod” sport o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish.

20 soat

53.

Darsdan tashqari vaqtda o‘quvchilar bilan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish (guruh rahbarligidan tashqari).

40 soat.

Ta’lim muassasasi ish rejasiga ko‘ra.

54.

Jamoatchilik asosida tashkil etiladigan barcha ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlarga ko‘maklashish.

40 soat.

Oldingi tahrirga qarang.