LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining 2019-yil 12-apreldagi 61-sonli “Qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirishni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2452-1, 01.05.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-sonli “Qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2452, 2013-yil 25-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 17-son, 229-modda) bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomning 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalariga — 0,37 miqdorda yig‘im undiriladi.”.
2. Mazkur buyruq “O‘zagromashservis” uyushmasi va O‘zbekiston Fermyerlari Kengashi bilan kelishilgan.