Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Oldingi tahrirga qarang.
4. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining (bundan buyon matnda JK deb yuritiladi) XVIII — bobida barcha turdagi transport vositalarida harakatlanish va ulardan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan. Transport vositalariga, jumladan, temir yo‘l, suv va havo transporti, avtomobil transporti, shuningdek, mototsikl, moped, velosiped, ot-ulov va shu kabilarni kiritish mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Jinoyat kodeksi 263, 267-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarning subyekti o‘n to‘rt yoshga to‘lgan, JK 260 — 262, 2631, 264 — 266, 268, 269- moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarning subyekti esa, o‘n olti yoshga to‘lgan shaxs hisoblanadi.
Tushuntirilsinki, JK 266-moddasida nazarda tutilgan jinoyat subyekti sifatida transport vositasini boshqargan, ya’ni:
Oldingi tahrirga qarang.
7. Yo‘l harakati qoidalarining I bo‘limiga ko‘ra, ish hajmi 50 kub santimetrgacha bo‘lgan va yurgizgich (dvigatel) bilan harakatga keltiriladigan hamda eng yuqori harakatlanish tezligi soatiga 50 kilometrdan oshmaydigan transport vositasini, moped (osma yurgizgichli (dvigatelli) velosiped) va o‘xshash tavsifga ega bo‘lgan boshqa transport vositasini boshqarib borayotgan shaxs JK 266-moddasida nazarda tutilgan jinoyat subyekti bo‘lishi mumkin emas. Mazkur transport vositalarini yoki ot-ulov transportini boshqarib borayotgan, shuningdek, velosipedchilar, aravacha, chana, bolalar hamda nogironlar aravachalarini tortib (yurgizib) borayotgan va yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzishga yo‘l qo‘ygan shaxs, agar bunda ehtiyotsizlik orqasida badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilgan yoxud odam o‘lgan bo‘lsa, buning uchun asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, JK 268-moddasi bo‘yicha javobgar bo‘ladi.
8. Jinoyat kodeksi 260 — 263, 266, 268, 269-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarning zaruriy belgisi sodir etilgan harakatlanish yoki transport vositalaridan foydalanish yoxud jinoyat qonunida ko‘rsatilgan boshqa qoidalarning buzilishi bilan kelib chiqqan oqibatlar o‘rtasida sababiy bog‘lanish borligi hisoblanadi. Harakatlanish yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi ham harakat, ham harakatsizlikda ifodalanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Transport vositasi haydovchisining yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish natijasida emas, balki yukni ortish yoki tushirishda, transport vositalarini ta’mirlashda, qurilish, yo‘l, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlarni amalga oshirishi natijasida JK 266-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarga sabab bo‘lgan harakatlari, yuzaga kelgan oqibatlar va ayb shaklidan kelib chiqqan holda, shaxsga qarshi jinoyatlar yoki ishlarni amalga oshirish qoidalarini buzish uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi JK tegishli moddalari bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Yo‘l harakati qoidalari ikki yoki undan ortiq yo‘l harakati ishtirokchisi tomonidan buzilgan hollarda, JK 266-moddasi bo‘yicha jinoiy javobgarlik faqat transport vositasini boshqarish borasidagi harakatlari mazkur moddada ko‘rsatib o‘tilgan oqibatlar bilan sababiy bog‘lanishda bo‘lgan haydovchidagina kelib chiqadi. Transport vositasini boshqarish borasidagi harakatlari kelib chiqqan oqibatlar bilan sababiy bog‘lanishda bo‘lmagan boshqa haydovchi esa, yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
10. Jinoyat kodeksi 260 — 262, 266, 268, 269-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar, harakatlanish yoki transport vositalaridan foydalanish yoki boshqa qoidalar buzilishi xususiyatidan qat’ii nazar, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan, deb e’tirof etiladi, chunki, bunda aybdor barcha hollarda o‘z-o‘ziga ishonish yoki beparvolik bilan harakat qiladi. Agar aybdor harakatlanish yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini qasddan buzsa, uning qilmishi Jinoyat kodeksining qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddalari bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Sudlarga tushuntirilsinki, JK 260, 262, 263, 2631, 266, 268, 269-moddalari dispozitsiyalarida nazarda tutilgan “odamlar o‘limi” deganda, harakatlanish yoki transport vositalaridan foydalanish yoxud jinoyat qonunida ko‘rsatilgan boshqa qoidalar buzilishi natijasida ikki yoki undan ortiq odam o‘lishini tushunish lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Haydovchining yo‘l-transport hodisasi sodir etilishida, jumladan, harakatlanish tezligini oshirganligi natijasida, aybdorligi yoki aybsizligi masalasini hal etishda “Yo‘l harakati qoidalari”ning XI bandi talablaridan kelib chiqish lozim bo‘lib, unga ko‘ra, haydovchi transport vositasini belgilangan cheklangan tezlikdan oshirmasdan harakatning serqatnovligini, transport vositasi va yukning xususiyati hamda holatini, yo‘l va ob-havo sharoitini, xususan, harakatlanish yo‘nalishidagi ko‘rinishni hisobga olgan holda boshqarishi kerak.
Shu talabdan kelib chiqib, harakatlanish uchun xavf paydo bo‘lganda, agar haydovchida buni payqashi imkoniyati bo‘lsa, u transport vositasini to‘xtatish darajasigacha tezlikni kamaytirish choralarini ko‘rishi kerak. JK 266-moddasi bo‘yicha jinoiy javobgarlik, faqat, haydovchida yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun texnik imkoniyat mavjud bo‘lganda va uning huquqqa xilof xatti-harakatlari bilan kelib chiqqan oqibatlar o‘rtasida sababiy bog‘lanish mavjudligi aniqlangan taqdirda kelib chiqadi.
15. Maxsus bilim talab qiladigan masalalarni yo‘l-transport hodisasi xususiyatlaridan (transport vositalari harakatlanish tezligi, haydovchida yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun texnik imkoniyat bor-yo‘qligi, yo‘l-transport hodisasi ishtirokchilari harakatlarining “Yo‘l harakati qoidalari” talablariga muvofiqligi, transport vositalari, ular agregatlari va uzellarining texnik holati va shu kabilardan) kelib chiqib, aniqlash uchun sud-avtotexnika ekspertizasi tayinlanishi lozim. Yo‘l-transport hodisasining boshqa holatlarini aniqlash uchun sud-avtotexnika ekspertizasi hal qiladigan masalalar bilan bir qatorda sud-trassologiya va boshqa ekspertizalarga oid masalalarni qamrab oluvchi kompleks ekspertizalar tayinlanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Jinoyat kodeksi 266-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rishda sudlar, yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarining aynan qaysi bandlari buzilganligi mazkur moddada ko‘rsatilgan oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lganligini va bu qoidabuzarlik aynan nimada ifodalanganligini (masalan, texnik nosoz transport vositasini boshqarganlik, transportni mast holda boshqarganlik, harakatlanish tezligini oshirib yuborganlik va shu kabilarni) hukmda ko‘rsatishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Yo‘l harakati va transport vositalaridan foydalanish qoidalari buzilishini harbiy mashinani boshqarish va ulardan foydalanish qoidalarini buzishdan farqlash lozim. Harbiy xizmatchi tomonidan jangovor, maxsus yoki transport mashinalarini boshqarish va ulardan foydalanish qoidalari buzilgan taqdirda, qilmish JK 298-moddasi bilan kvalifikatsiya qolinadi. Agar yo‘l-transport hodisasi harbiylashtirilmagan mashinani boshqargan harbiy xizmatchining aybi bilan yoki harbiy mashinani boshqargan harbiy bo‘lmagan shaxsning aybi bilan sodir etilsa, qilmish JK 266-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Jinoyat kodeksi 261-moddasida nazarda tutilgan jinoyat subyekti tashkilot, korxona, muassasa rahbarining buyrug‘i bilan transport vositasini boshqarishga ruxsat berish majburiyati yuklatilgan shaxs, shuningdek, shaxsiy transport egasi hisoblanadi.
Jinoyat kodeksi 260-moddasida nazarda tutilgan jinoyat subyekti temir yo‘l, dengiz, daryo yoki havo transporti harakati xavfsizligini tashkil etish bilan bog‘liq xodimlar (masalan, harakat xizmati, havo aloqasini boshqarish markazi, dispetcherlik xizmati xodimlari, katta shturman, parvozlar rahbari), shuningdek, transport vositasini bevosita boshqaruvchi xodimlar (kema komandiri (kapitani) va shturmani, mashinist va uning yordamchisi va boshqalar) bo‘lishi mumkin.
23. Jinoyat kodeksi 262-moddasi bo‘yicha javobgarlik, ta’mirlash ishlarini bajarayotgan shaxs yoki transport vositasining texnik holati va undan foydalanilishi uchun mas’ul shaxs tomonidan temir yo‘l, dengiz, daryo, havo, avtomobil transporti yoki boshqa transport vositasi, aloqa yo‘llari, signalizatsiya, aloqa vositalari yoxud boshqa transport uskunalari sifatsiz ta’mirlangan, shuningdek texnik jihatdan nosoz transport vositasini foydalanishga chiqarishga ruxsat berilgan hollarda kelib chiqadi. Bunda, transport vositalari, aloqa yo‘llari, signalizatsiya, aloqa vositalari yoki boshqa transport uskunalarining texnik holati uchun mas’ul shaxs, texnik nosozlikdan xabardor bo‘lishi shart.
Yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish (JK 266-moddasi) deganda, bunday harakatlarning transport vositasi yo‘llarda harakatlanishi jarayonida sodir etilishi tushuniladi. Agar transport vositasidan foydalanish jarayonida, jumladan transportga yuk ortish-tushirish, transport vositasini ta’mirlash, qurilish, qishloq xo‘jaligi ishlari va boshqa turdagi ishlarni bajarishda texnika xavfsizligi yoki mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish natijasida badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilgan, odam o‘limi yoki boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqqan bo‘lsa, mazkur qoidalarga rioya etilishi uchun mas’ul shaxsning harakatlari JK 257-moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.
26. Sudlar JK 260, 262, 265-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rishda, sudlanuvchiga nisbatan muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qo‘shimcha jazo chorasini qo‘llash masalasini muhokama qilishlari lozim. Mazkur masala shaxs bunday huquqqa ega, egamasligidan (masalan: shaxs jinoyat sodir qilgunga qadar yoki tergov vaqtida ma’muriy tartibda yoki sud hukmi bilan transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinganligidan) qat’ii nazar, muhokama qilinishi shart.
Jinoyat kodeksining 261-moddasi, 266-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari sanksiyasida muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qushimcha jazo qo‘llanilishi majburiyligi belgilanganligi sababli, sud, JK 57-moddasida belgilangan alohida hollar (masalan, sudlanuvchining asosiy kasbi haydovchilik bo‘lib, boshqa mutaxassislikka ega emasligi) mavjud bo‘lganda, hukmning tavsif qismida o‘z qarorini asoslab bergan holda, qo‘shimcha jazo chorasini qo‘llamasligi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ish bo‘yicha avtomobil yo‘llari, ko‘chalar, temir yo‘ldan o‘tish joylari va boshqa yo‘l inshootlarini saqlash qoidalari qo‘pol buzilishi ( yo‘llarning cho‘kishi, yer osti inshootlari lyuklarining ochiq qoldirilishi, ogohlantiruvchi belgilar qo‘yilmaganligi va h.k.) hollari aniqlanib, u JK 266-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqargan yo‘l- transport hodisasi uchun sharoit tug‘dirgan bo‘lsa, sudlar mazkur qoidalarga rioya etilishiga mas’ul shaxslar (ta’mirlash-qurilish eki foydalanish tashkilotlari xodimlari, ichki ishlar organlarining yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari va h.k.) harakatiga huquqiy baho berish uchun tegishli materiallarni prokurorga yuborishlari lozim.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”