Ushbu Qonunning maqsadi radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
radiochastotalar (radioto‘lqinlar) — belgilar, signallarni, yozma matnni, tasvirlar va tovushlarni uzatish yoki qabul qilish maqsadida fazoda sun’iy to‘lqin o‘tkazgichsiz tarqatiladigan, shartli ravishda uch ming gigagersdan kamroq qilib qabul qilingan chastotali elektromagnit to‘lqinlar;
radiochastota spektri — shartli ravishda uch ming gigagersdan kamroq qilib qabul qilingan oraliqdagi radiochastotalar to‘plami;
radioelektron vositalar — radioto‘lqinlarni tarqatish va (yoki) qabul qilish uchun mo‘ljallangan texnik qurilmalar yoki tizimlar;
yuqori chastotali qurilmalar — radiochastotalar energiyasini sanoat, ilmiy, tibbiy, maishiy yoki boshqa maqsadlarda hosil qilish va undan foydalanish uchun mo‘ljallangan uskunalar yoki asboblar, ulardan radioto‘lqinlarni tarqatish yoki qabul qilish maqsadida foydalanish bundan mustasno;
radiochastotalar polosasi — radiochastota spektrining muayyan sharoitlarda radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish uchun mo‘ljallangan qismi;
radiochastotalarni taqsimlash milliy jadvali — har xil turdagi radioxizmatlar o‘rtasida taqsimlangan radiochastotalar ro‘yxati;
Keyingi tahrirga qarang.
radioaloqa milliy reglamenti — radiochastotalar spektridan foydalanish sohasidagi faoliyatni tartibga soluvchi normativ hujjatlar majmui;
Keyingi tahrirga qarang.
radioxalaqitlar — radioaloqa tizimida qabul chog‘ida bir yoki bir nechta to‘lqin tarqatishlar keltirib chiqargan, axborot sifatining yomonlashuvi, xatoliklar bo‘lishi yoki axborot yo‘qolishida namoyon bo‘ladigan elektromagnit energiyasining ta’siri;
industrial radioxalaqitlar — radioto‘lqinlarni uzatish uchun mo‘ljallanmagan texnik vositalar tomonidan vujudga keladigan radiochastota spektri diapazonidagi elektromagnit tarqatishlar;
elektromagnit moslashuv — radioelektron vositalarning ularga radioxalaqitlar ta’sir etib turgan bir vaqtning o‘zida mavjud ishlatish sharoitlarida talab darajasidagi sifat bilan ishlay olish qobiliyati;
radiochastota spektridan foydalanuvchi — radiochastotalardan foydalanish hamda radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalarni ishlatish uchun radiochastota organining tegishli ruxsatnomasiga ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
radiochastota berish — foydalanuvchiga muayyan radiochastotalardan foydalanish uchun radiochastota organi tomonidan beriladigan ruxsatnoma;
Keyingi tahrirga qarang.
radiochastota spektrining monitoringi — radiochastota spektri holatini kuzatish, undan foydalanishni baholash, radiochastota spektri to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish va bartaraf etish uchun mo‘ljallangan tashkiliy-texnik tadbirlar majmui.
Keyingi tahrirga qarang.
Radiochastota spektri to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida radiochastota spektri to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida radiochastota spektridan foydalanuvchilarga radiochastotalarni taqsimlash vakolatli davlat organlarining mutlaq huquqidir.
O‘zbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektridan foydalanish huquqi ommaviy va xususiy mulk asosida faoliyat ko‘rsatuvchi foydalanuvchilarga beriladi.
Radiochastota spektridan foydalanish sohasida davlat tomonidan tartibga solish sertifikatlash, litsenziyalash, soliq solish, yagona ilmiy-texnika siyosatini shakllantirish yo‘li bilan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vositalar bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Radiochastota spektridan foydalanish sohasida davlat boshqaruvini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan radiochastota spektri bo‘yicha davlat boshqaruv organi amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 22-oktabrdagi PQ-2053-sonli “Radiochastota spektrini boshqarishni tashkil qilish va foydalanishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori.
radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish masalalari bo‘yicha normativ hujjatlarni, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish bo‘yicha davlat standartlari, texnik shartlar, ishlatish normalari va qoidalari hamda boshqa normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqadi;
Keyingi tahrirga qarang.
radiochastota organlari o‘rtasida radiochastotalar polosalarini taqsimlaydi, radiochastotalarni taqsimlash milliy jadvali va radioaloqa milliy reglamentini shakllantiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
radiochastota organlarining radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
ajratiladigan radiochastotalar yoki radiochastotalar polosalarining texnik ekspertizasiga oid ishlarni tashkil etadi;
radiochastota spektri to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
radiochastota spektridan foydalanish masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini ifoda etadi;
Radiochastota spektri bo‘yicha davlat boshqaruv organi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Radiochastota organlari o‘z faoliyatlarini radiochastota spektri to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
radiochastotalar spektri bo‘yicha davlat boshqaruv organi tomonidan ajratilgan radiochastotalar polosalari doirasida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida olish (berish), loyihalash, qurish (o‘rnatish), ishlatish hamda chet ellardan olib kirish uchun ruxsatnoma beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar belgilangan standartlar va texnik normalarga nomuvofiq bo‘lgan, fuqarolarning xavfsizligi, atrof muhit muhofazasini ta’minlamagan taqdirda, shuningdek alohida holatlarda ularni ishlatishni belgilangan tartibda taqiqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
foydalanuvchilarga berilgan radiochastotalar hisobini yuritadi, shuningdek radiochastota spektridan radiochastota spektri bo‘yicha davlat boshqaruv organi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
radioelektron vositalarga, shu jumladan xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning xalqaro shartnomalar va qoidalarga muvofiq faoliyat ko‘rsatayotgan radioelektron vositalariga bo‘lgan radioxalaqitlarni bartaraf etadi;
boshqa vakolatli organlar bilan birgalikda elektromagnit moslashuvni ta’minlash bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqadi.
Radiochastota organlari qonun hujjatlariga muvofiq radiochastota spektri sohasida boshqa vakolatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Radiochastota spektri foydalanuvchilarga davlat, jamoat va shaxsiy ehtiyojlarni ta’minlash uchun beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Radiochastota spektridan foydalanish belgilangan tartibda radiochastota organi tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Foydalanuvchilarga muayyan radiochastotalar berish radiochastotalarni taqsimlash milliy jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Radiochastotalarni radiochastota spektridan foydalanuvchilar o‘rtasida taqsimlash tanlov asosida yoki kim oshdi savdosi natijalariga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.
Radiochastota organi va radiochastota spektridan foydalanuvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Radiochastota spektri foydalanuvchilarga radiochastota organi ruxsatnomasida yoki foydalanish shartnomasida nazarda tutilgan muayyan muddatga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Radiochastota spektridan foydalanish pullikdir. Radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq to‘lash tartibi, shuningdek haq to‘lashdagi imtiyozlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun ruxsat etilgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni belgilangan tartibda olish (berish);
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori bilan tasdiqlangan “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), loyihalash, qurish (o‘rnatish), ishlatish hamda chet eldan keltirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga qarang.
radioxalaqitlar manbalarini aniqlash uchun radiochastota organiga murojaat etish va ularni bartaraf qilishda ishtirok etish;
berilgan ruxsatnoma doirasida radiochastota spektridan foydalanish jarayonida qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda vakolatli davlat organlariga yoki sudga murojaat etish.
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olish (berish) uchun radiochastota organining ruxsatnomasini olish;
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni radiochastota organida ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ularni ishlatish huquqi uchun ruxsatnoma olish;
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni belgilangan normalar hamda qoidalarga muvofiq loyihalash, qurish (o‘rnatish) va ishlatishni amalga oshirish;
Radiochastota spektridan foydalanuvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Radiochastota organlari radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni ishlatish xususiyatlari, shuningdek ayrim chastotalardan foydalanish imkoniyatlari bilan bog‘liq muayyan sharoitlarda radiochastota spektridan foydalanishni bekor qilish, to‘xtatish yoki cheklashga haqlidir.
foydalanilayotgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan fuqarolar hayoti yoki sog‘lig‘iga, shuningdek atrof muhit holatiga aniq xavf yuzaga kelganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Radiochastota spektridan foydalanish huquqi quyidagi hollarda to‘xtatilishi yoki cheklanishi mumkin:
radiochastota spektrining muayyan polosalaridan o‘ta muhim davlat ehtiyojlari uchun foydalanish zarur bo‘lib qolganda;
Radiochastota spektri bo‘yicha davlat boshqaruv organi ham qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda radiochastota spektridan vaqt va (yoki) hudud bo‘yicha foydalanish huquqini to‘xtatishga yoki cheklashga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat mudofaasi, milliy xavfsizlik va huquq-tartibot maqsadlari uchun ajratilgan radiochastotalardan foydalanish faqat tegishli davlat boshqaruv organlari bilan kelishilgan holda to‘xtatilishi, cheklanishi yoki tugatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni yaratish, loyihalash va ishlab chiqarish, shuningdek radiochastotalardan foydalanib ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini o‘tkazish foydalanuvchi radiochastota spektridan foydalanish uchun ruxsatnoma olganidan va yaratish uchun texnik shartlar kelishilganidan keyingina amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Barcha turdagi va yo‘nalishdagi radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni qurish (o‘rnatish) radiochastota organining tegishli ruxsatnomasi bo‘lgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olish (berish) radiochastota organining tegishli ruxsatnomasini taqdim etgan holda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi mudofaasi va xavfsizligini ta’minlash uchun mo‘ljallangan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni, shuningdek fuqaro aviatsiyasida uchishlarni hamda havo harakati xizmatini radionavigatsiya jihatidan ta’minlash maqsadlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan bortdagi va yer usti radioelektron vositalarni olish (berish) tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni ishlatish bevosita tegishli radiochastota organining ruxsatnomasi bilan, xorijiy davlatlarning diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalarida o‘rnatilgan shunday vositalar va qurilmalarni ishlatish esa — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali amalga oshiriladi.
Televideniye ko‘rsatuvlari va radioeshittirishlar dasturlarini qabul qilish uchun mo‘ljallangan radioelektron vositalarni, shuningdek savdo tarmog‘i orqali sotishga ruxsat berilgan maishiy radioelektronika buyumlarini olib kirish, olish (berish) va ishlatish uchun tegishli ruxsatnoma talab qilinmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori bilan tasdiqlangan “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), loyihalash, qurish (o‘rnatish), ishlatish hamda chet eldan keltirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga qarang.
Radiochastota organining tegishli ruxsatnomasisiz olib kirishga, olishga (berishga) va ishlatishga yo‘l qo‘yiladigan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar ro‘yxati radiochastota spektri bo‘yicha davlat boshqaruv organi tomonidan belgilanadi.
Yaratilayotgan, loyihalashtirilayotgan, ishlab chiqarilayotgan va ishlatilayotgan turli texnik vositalarning texnik tavsifnomalari radioxalaqitlarning ehtimol tutilgan manbalari (elektr transporti, elektr uzatish liniyalari, elektr asboblari, avtotransport vositalari va boshqalar) tariqasida industrial radioxalaqitlarning yo‘l qo‘yiladigan darajalari normalariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Texnik vositalarni radioxalaqitlarning yo‘l qo‘yiladigan darajadagi normalariga muvofiqligini sinash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatlash markazi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Barcha foydalanuvchilarning radiochastota spektridan foydalanishi qo‘llanilayotgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning elektromagnit moslashuvi qat’iy tarzda ta’minlangan va ularning o‘lchamlari hamda tavsiflari O‘zbekiston Respublikasi hududida qabul qilingan standartlar va texnik normalarga muvofiq bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning elektromagnit moslashuviga rioya qilinishi hamda o‘lchamlar va tavsiflarning standartlar va texnik normalarga muvofiqligi ustidan nazoratni radiochastota organlari amalga oshiradi.
Agar radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning ishlashi boshqa foydalanuvchilarning aloqa sifatiga salbiy ta’sir etsa yoki fuqarolarning sog‘lig‘i va atrof muhitga zararli ta’sir ko‘rsatsa, bu vositalar va qurilmalarni ishlatish to‘xtatiladi yoki bevosita radiochastota organining qaroriga ko‘ra yoxud tegishli davlat organlari yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining asoslantirilgan taqdimnomasiga ko‘ra tugatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Berilgan radiochastotalar to‘g‘risidagi axborot ma’lumotlar milliy bazasi (radiochastotalar registri) asosini tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Berilgan radiochastotalar to‘g‘risidagi axborotni hisobga olish, tizimlashtirish va saqlashni radiochastota organlari radiochastota spektri bo‘yicha davlat boshqaruv organi belgilagan tartibda amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Radiochastota organlari radiochastota spektridan foydalanish to‘g‘risidagi axborotni radiochastota spektri bo‘yicha davlat boshqaruv organiga belgilangan tartibda taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Harbiy harakatlar, zilzilalar, suv toshqinlari, yong‘inlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda holatlar sodir bo‘lganda radiochastota organlari foydalanuvchilarning radioelektron vositalarini ishlatishini cheklashni joriy etishga, shuningdek bu vositalardan davlat xavfsizligini ta’minlash, tabiiy ofatlarni yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish maqsadlarida foydalanishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Radiochastota spektri monitoringini O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi boshqa radiochastota organlari bilan birgalikda amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Monitoringni amalga oshirish tartibi radiochastota spektri bo‘yicha davlat boshqaruv organi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Radiochastota spektri to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.