14.04.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2664
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining qarori, 14.04.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2664
Кучга кириш санаси
20.04.2015
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.04.2017
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-iyuldagi PF-4456-son “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-iyuldagi PF-4456-son “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq talabgorlarning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatga layoqatini aniqlash bo‘yicha test (bundan buyon matnda test deb yuritiladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
1. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar sifatida kiruvchi shaxslar hamda mustaqil izlanuvchilar sifatida rasmiylashtiriladigan shaxslar ilmiy izlanishlar va ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish layoqatiga ega bo‘lishi lozim.
testdan ijobiy o‘tgan talabgorlarga bosh muassasa tomonidan mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladigan Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatga layoqatini aniqlash bo‘yicha testdan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnomalarni (bundan buyon matnda guvohnoma deb yuritiladi) topshirish.