Ahdlashuvchi davlatlar,
Ixtirolarga muhofaza bir nechta mamlakatda so‘ralganda muhofaza olishni soddalashtirishga va tejamli qilishga intilgan holda,
Yangi ixtirolarni tavsiflovchi hujjatlarda mavjud bo‘lgan texnik axborotdan jamoat foydalana olishini yengillashtirishga va jadallashtirishga intilgan holda,
Rivojlanayotgan mamlakatlarda mavjud, milliy yoki mintaqaviy tizimlar bo‘lishidan qat’i nazar, ularning o‘ziga xos ehtiyojlariga javob beradigan mavjud texnik yechimlar to‘g‘risidagi axborotdan yanada tezda foydalana olishni ta’minlash hamda doimiy oshib boradigan zamonaviy texnik yutuqlardan foydalanishni yengillashtirish vositasida ixtirolarni muhofaza qilishning huquqiy tizimlari samaradorligini oshirishga mo‘ljallangan choralarni ko‘rish yo‘li bilan mazkur mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotini rag‘batlantirish va jadallashtirishni istagan holda,
Davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik ushbu maqsadlarga erishishda sezilarli darajada yordam berishiga qat’iy ishonch qilgan holda,
(1) Ushbu Shartnomaning ishtirokchilari bo‘lgan davlatlar (bundan buyon “Ahdlashuvchi davlatlar” deb nomlanadi) ixtirolarni muhofaza qilish uchun talabnomalar topshirish sohasida hamkorlik qilish, ular bo‘yicha izlash va ekspertiza o‘tkazish, shuningdek maxsus texnik xizmatlarni ko‘rsatish uchun Ittifoq tashkil qiladilar. Ushbu Ittifoq Xalqaro patent kooperatsiyasi ittifoqi deb nomlanadi.
(2) Ushbu Shartnomaning hech bir qoidalari Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasida nazarda tutilgan huquqlarni, ushbu Konvensiya ishtirokchisi bo‘lgan davlatning har qanday fuqarosi yoki ushbu mamlakatda yashayotgan shaxs huquqlarini cheklash sifatida tushunmasligi kerak.
(i) “talabnoma” ixtironi muhofaza qilish uchun talabnomani anglatadi; “talabnoma”ga havolalar patentlar, mualliflik guvohnomalari, foydalilik to‘g‘risida guvohnomalar, foydali modellar, qo‘shimcha patentlar yoki qo‘shimcha guvohnomalar, qo‘shimcha mualliflik guvohnomalari va foydalilik to‘g‘risida qo‘shimcha guvohnomalar sifatida tushunilishi kerak;
(ii) “patent”ga havolalar patentlar, mualliflik guvohnomalari, foydalilik to‘g‘risida guvohnomalar, foydali modellar, qo‘shimcha patentlar yoki qo‘shimcha guvohnomalar, qo‘shimcha mualliflik guvohnomalari va foydalilik to‘g‘risida qo‘shimcha guvohnomalar sifatida tushunilishi kerak;
(iv) “mintaqaviy patent” milliy yoki patentlarni berish huquqiga ega bo‘lgan hukumatlararo organ tomonidan berilgan, bittadan ortiq davlatda amal qiladigan patentni anglatadi;
(vi) “milliy talabnoma”ga havolalar milliy patentlar va mintaqaviy patentlar uchun talabnomalarga havolalar sifatida tushunilishi kerak, ushbu Shartnomaga muvofiq berilgan talabnomalar bundan mustasno;
(vii) “xalqaro talabnoma” ushbu Shartnomaga muvofiq berilgan talabnomani anglatadi; “talabnoma”ga havolalar xalqaro talabnomalarga va milliy talabnomalarga havolalar sifatida tushunilishi kerak;
(ix) “patent”ga havolalar milliy patentlar va mintaqaviy patentlarga havolalar sifatida tushunilishi kerak;
(x) “milliy qonunchilik”ka havolalar Ahdlashuvchi davlatning milliy qonunchiligiga yoki mintaqaviy talabnoma yoxud mintaqaviy patent haqida so‘z yuritilayotganda mintaqaviy talabnomalar yoki mintaqaviy patentlar berishni nazarda tutadigan shartnomaga havolalar sifatida tushunilishi kerak;
(a) agar xalqaro shartnoma 8-moddaga muvofiq ustuvorlikka da’voni ichiga olsa, ustuvorligi bunday tarzda so‘ralayotgan talabnomaning berilgan sanasi;
(b) agar xalqaro shartnoma 8-moddaga muvofiq bir nechta ustuvorlikka da’voni ichiga olsa, ustuvorligi bunday tarzda so‘ralayotgan eng erta berilgan talabnomaning sanasi;
(c) agar xalqaro talabnoma 8-moddaga muvofiq ustuvorlikka da’voni ichiga olmasa, ushbu talabnomaning berilgan sanasi;
(xii) “milliy idora” hukumat organini yoki patentlarni berishga vakolatli bo‘lgan Ahdlashuvchi davlatni anglatadi; “milliy idora”ga havolalar bir nechta davlatlar tomonidan mintaqaviy patentlarni berishga vakil qilingan har qanday hukumatlararo organga havola sifatida tushunilishi kerak, shu shart bilanki, bunda ushbu davlatlardan eng kamida bittasi Ahdlashuvchi davlat bo‘lishi va ushbu davlatlar yuqorida qayd etilgan organga mazkur Shartnoma va Yo‘riqnoma milliy idoralarga nisbatan nazarda tutadigan majburiyatlarni zimmasiga olishga va huquqlarni amalga oshirishga vakolat bergan bo‘lishi kerak;
(xiii) “ko‘rsatilgan idora” ushbu Shartnomaning I bobiga muvofiq talabnoma beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan davlatning milliy idorasini yoki davlat nomidan amal qiladigan milliy idorani anglatadi;
(xiv) “tanlangan idora” ushbu Shartnomaning II bobiga muvofiq talabnoma beruvchi tomonidan tanlangan davlatning milliy idorasini yoki davlat nomidan amal qiladigan milliy idorani anglatadi;
(xv) “qabul qiluvchi idora” xalqaro talabnoma beriladigan milliy idorani yoki hukumatlararo tashkilotni anglatadi;
(xix) “Xalqaro byuro” Tashkilotning Xalqaro byurosini va Xalqaro intellektual mulkni muhofaza qilish bo‘yicha birlashgan byurolarni (BIRPI) BIRPI mavjud bo‘lishiga qadar anglatadi;
(xx) “Bosh direktor” Tashkilotning Bosh direktorini va BIRPI mavjud bo‘lishiga qadar BIRPI direktorini anglatadi.
(1) Ixtirolarni muhofaza qilish uchun talabnomalar Ahdlashuvchi davlatlarning istalgan birida ushbu Shartnomaga muvofiq xalqaro talabnomalar sifatida berilishi mumkin.
(2) Xalqaro talabnoma ushbu Shartnomada va Yo‘riqnomada belgilanganidek ariza, ixtiro tavsifi, ixtiro formulasining bitta bandi yoki bir necha bandi, bitta yoki bir nechta chizma (agar bu zarur bo‘lsa) va referatni ichiga olishi kerak.
(3) Referat faqat texnik axborot maqsadlari uchun xizmat qiladi va boshqa maqsadlarda, xususan so‘ralayotgan muhofaza hajmini talqin qilish uchun e’tiborga olinishi mumkin emas.
(ii) Ahdlashuvchi davlatni yoki xalqaro talabnoma asosida ixtiro muhofazasi so‘ralayotgan davlatlarni ko‘rsatilishi (“ko‘rsatilgan davlatlar”); agar biror-bir ko‘rsatilgan davlatga nisbatan mintaqaviy patent so‘rash mumkin bo‘lsa va talabnoma beruvchi milliy patent emas, balki mintaqaviy patent olishni istasa, arizada bu bayon qilinishi kerak: agar mintaqaviy patent to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq talabnoma beruvchi o‘z talabnomasini ushbu shartnoma ishtirokchisi bo‘lgan alohida davlatlar bilan cheklash imkoniyatiga ega bo‘lmasa, ushbu davlatlardan bittasini ko‘rsatilishi va mintaqaviy patentni olish haqidagi iltimos ushbu shartnoma ishtirokchilari bo‘lgan barcha davlatlarni ko‘rsatilishi sifatida ko‘rilishi kerak; agar ko‘rsatilgan davlatning milliy qonunchiligiga muvofiq ushbu davlatni ko‘rsatilishi mintaqaviy patent uchun talabnoma kuchiga ega bo‘lsa, ushbu ko‘rsatma mintaqaviy patentni olish niyati sifatida ko‘rib chiqilishi kerak;
(iii) talabnoma beruvchi va agent (agar u mavjud bo‘lsa) nomi hamda u haqida aniqlangan boshqa ma’lumotlar;
(v) ixtirochi nomi va u haqida aniqlangan boshqa ma’lumotlar, agar ko‘rsatilgan davlatlardan eng kamida bittasining milliy qonunchiligi ushbu ma’lumotlar milliy talabnoma berish bilan bir vaqtda taqdim etilishini talab qilsa. Aks holda mazkur ma’lumotlar milliy qonunchiligi ularni taqdim etishni talab qiladigan, ammo ularni milliy talabnoma berilganidan keyin taqdim etishga ruxsat beradigan davlatning har bir ko‘rsatilgan idorasiga yo‘llangan arizada yoki alohida xatlarda taqdim etilishi mumkin.
(2) Ahdlashuvchi davlatlardan har birini ko‘rsatganlik uchun belgilangan boj belgilangan muddatda to‘lanadi.
(3) Agar talabnoma beruvchi 43-moddada sanab o‘tilgan muhofaza turlaridan birortasini so‘ramasa, davlatni ko‘rsatilishi so‘ralayotgan muhofaza ko‘rsatilgan davlat tomonidan yoki ushbu davlatga nisbatan patent berilishidan iboratligini anglatadi. Ushbu band maqsadlari uchun 2(ii)-moddasi qoidalari qo‘llanilmaydi.
(4) Arizada ixtirochi nomi va u haqida aniqlangan boshqa ma’lumotlarning yo‘qligi milliy qonunchiligi ushbu ma’lumotlar taqdim etilishini talab qiladigan, ammo ularni milliy talabnoma berilganidan keyin taqdim etishga ruxsat beradigan har qanday ko‘rsatilgan davlatda hech qanday oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. Mazkur ma’lumotlarni alohida xatda taqdim etilmasligi milliy qonunchiligi ushbu ma’lumotlar taqdim etilishini talab qiladigan har qanday ko‘rsatilgan davlatda hech qanday oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.
Tavsif ixtiro ushbu sohadagi mutaxassis tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lishi uchun ixtironi yetarli darajada aniq va to‘liq ochib berishi kerak.
Ixtiro formulasining bandi yoki bandlari muhofaza so‘ralayotgan obyektni aniqlashi kerak. Ixtiro formulasining bandlari ravshan va aniq bo‘lishi kerak. Ular ixtiro tavsifi bilan to‘liq asoslanishi kerak.
(1) Chizmalar (2)(ii)-bandining qoidalarini inobatga olgan holda, ular ixtironi tushunish uchun zarur bo‘lganda taqdim etiladi.
(2) Agar chizmalar ixtironi tushunish uchun zarur bo‘lmasa, ammo ixtiro tabiati chizmalar ko‘rinishidagi rasmlarga yo‘l qo‘ysa:
(ii) har qanday ko‘rsatilgan idora talabnoma beruvchi bunday chizmalarni belgilangan muddatda taqdim etishini talab qilishi mumkin.
(1) Xalqaro talabnoma Yo‘riqnomada belgilangan tartibda Sanoat mulkini muhofaza qilishga doir Parij konvensiyasining ishtirokchisi bo‘lgan har qanday davlatga yoki har qanday bunday davlatga nisbatan berilgan bitta yoki ilgarigi bir nechta talabnomaning ustuvorligi to‘g‘risida arizani ichiga olishi mumkin.
(2) (a) (1)-bandiga muvofiq bayon qilingan ustuvorlikka har qanday da’voning shartlari va oqibatlari (b) kichik bandi qoidalarini inobatga olgan holda Sanoat mulkini muhofaza qilishga doir Parij konvensiyasining Stokgolm Hujjatining 4-moddasida nazarda tutilgani kabi bo‘lishi kerak.
(b) Ahdlashuvchi davlatga yoki bunday davlatga nisbatan berilgan bitta yoki ilgarigi bir nechta talabnomaning ustuvorligi so‘ralayotgan xalqaro talabnoma ushbu davlat ko‘rsatilishini ichiga olishi mumkin. Agar xalqaro talabnoma biror-bir ko‘rsatilgan davlatga yoki bunday davlatga nisbatan berilgan bitta yoki bir nechta milliy talabnoma ustuvorligi so‘ralayotgan bo‘lsa yoki faqat bitta davlat ko‘rsatilgan boshqa xalqaro talabnomaning ustuvorligi so‘ralayotgan bo‘lsa, ushbu davlatda ustuvorlikka da’vo shartlari va oqibatlari uning milliy qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
(1) Ahdlashuvchi davlatning har qanday fuqarosi yoki ushbu davlatda yashayotgan shaxs xalqaro talabnomani berishi mumkin.
(2) Assambleya Sanoat mulkini muhofaza qilishga doir Parij konvensiyasining ishtirokchisi bo‘lgan, ushbu Shartnomada ishtirok etmaydigan har qanday davlatning fuqarolariga, shuningdek ushbu mamlakatda yashayotgan shaxslarga xalqaro talabnomalarni berishga imkon beradigan qaror qabul qilishi mumkin.
(3) Fuqarolik va yashash joyi tushunchalari, shuningdek ushbu tushunchalarni bir nechta talabnoma beruvchilar mavjud bo‘lgan yoki talabnoma beruvchilar barcha ko‘rsatilgan davlatlar uchun aynan bir xil bo‘lmagan hollarda qo‘llash Yo‘riqnomada aniqlanadi.
Xalqaro talabnoma belgilangan qabul qiluvchi idoraga beriladi, u mazkur talabnomani ushbu Shartnomada va Yo‘riqnomada nazarda tutilgan tartibda tekshiradi va ko‘rib chiqadi.
(1) Qabul qiluvchi idora, agar xalqaro talabnomani olish chog‘ida idora quyidagi xulosaga kelsa, xalqaro berilgan sana sifatida xalqaro talabnoma olingan sanani belgilaydi:
(i) talabnoma beruvchi fuqarolik yoki yashash joyi sabablari tufayli mazkur qabul qiluvchi idoraga xalqaro talabnomani berish huquqidan mutlaq aniqlik bilan mahrum qilinmagan bo‘lsa;
(2) (a) Agar qabul qiluvchi idora xalqaro talabnoma uni olish sanasida (1)-bandda sanab o‘tilgan talablarni qanoatlantirmasligini aniqlasa, mazkur idora talabnoma beruvchiga Yo‘riqnomada nazarda tutilgani kabi zarur tuzatishlar kiritishni taklif qiladi.
(b) Agar talabnoma beruvchi ushbu talabni Yo‘riqnomaga muvofiq bajarsa, qabul qiluvchi idora xalqaro berilgan sana sifatida talab qilingan tuzatishlar olingan sanani belgilaydi.
(3) 64(4)-moddada nazarda tutilgan qoidalarni inobatga olgan holda, (1)-bandning (i) — (iii) kichik bandlarida sanab o‘tilgan talablarga javob beradigan va o‘ziga nisbatan xalqaro berilgan sana belgilangan har qanday xalqaro talabnoma har bir ko‘rsatilgan davlatda xalqaro berilgan sanadan e’tiboran to‘g‘ri rasmiylashtirilgan milliy talabnoma kuchiga ega bo‘ladi, mazkur sana har bir ko‘rsatilgan davlatda amal qiladigan berilgan sana deb hisoblanadi.
(4) (1)-bandning (i) — (iii) kichik bandlarida sanab o‘tilgan talablarga javob beradigan xalqaro talabnoma Sanoat mulkini muhofaza qilishga doir Parij konvensiyasi nuqtai nazaridan to‘g‘ri rasmiylashtirilgan milliy talabnoma berishga tenglashtiriladi.
(1) Yo‘riqnomada nazarda tutilgan tartib-taomilga muvofiq, xalqaro talabnomaning bir nusxasi qabul qiluvchi idorada (“qabul qiluvchi idoraning nusxasi”) saqlanadi, bir nusxasi (“ro‘yxatdan o‘tkaziladigan nusxasi”) Xalqaro byuroga jo‘natiladi va bir nusxasi (“izlash uchun nusxasi”) 16-moddada qayd etib o‘tilgan vakolatli Xalqaro izlash organiga jo‘natiladi.
(3) Agar ro‘yxatdan o‘tkaziladigan nusxasi belgilangan muddatda Xalqaro byuro tomonidan olinmagan bo‘lsa, xalqaro talabnoma olib qo‘yilgan deb hisoblanadi.
(1) Har qanday ko‘rsatilgan idora Xalqaro byurodan unga xalqaro talabnomaning nusxasini 20-moddada nazarda tutilgan yuborishga qadar jo‘natishni so‘rashi mumkin va Xalqaro byuro ustuvorlik sanasidan e’tiboran bir yil o‘tgach darhol bunday nusxani ko‘rsatilgan idoraga yuboradi.
(2) (a) Talabnoma beruvchi o‘z xalqaro talabnomasining nusxasini har qanday vaqtda har qanday ko‘rsatilgan idoraga yuborishi mumkin.
(b) Talabnoma beruvchi Xalqaro byurodan o‘zidagi xalqaro talabnomaning nusxasini har qanday vaqtda har qanday ko‘rsatilgan idoraga yuborishni so‘rashi mumkin va Xalqaro byuro nusxani bunday idoraga darhol yuboradi.
(c) Har qanday milliy idora Xalqaro byuroni u (b) kichik bandida nazarda tutilgani kabi nusxalarni olishni istamasligini xabardor qilishi mumkin; bunday holatda qayd etib o‘tilgan kichik bandi ushbu idoraga nisbatan qo‘llanilmaydi.
(1) (a) Qabul qiluvchi idora xalqaro talabnomada kamchiliklardan biror-biri mavjudligini, aynan esa quyidagilarni tekshiradi:
(v) xalqaro talabnomani rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablarga Yo‘riqnomada nazarda tutilgani darajasida qanoatlantirmasligi.
(b) Agar qabul qiluvchi idora qayd etib o‘tilgan kamchiliklardan biror-biri mavjudligini aniqlasa, u talabnoma beruvchiga xalqaro talabnomani belgilangan muddatda to‘g‘irlashni taklif qiladi; ushbu talab bajarilmagan taqdirda, talabnoma olib qo‘yilgan deb hisoblanadi va qabul qiluvchi idora ushbu olib qo‘yish haqida ma’lum qiladi.
(2) Agar xalqaro talabnomada chizmalarga havola qilinsa va ular haqiqatda ham talabnomaga kiritilmagan bo‘lsa, qabul qiluvchi idora bu haqda talabnoma beruvchini xabardor qiladi va u belgilangan muddatda chizmalarni taqdim etishi mumkin. Agar talabnoma beruvchi buni bajarsa, qabul qiluvchi idora tomonidan chizmalar olingan sana xalqaro berilgan sana deb hisoblanadi. Aks holda mazkur chizmalarga har qanday havola haqiqiy emas deb hisoblanadi.
(3) (a) Agar qabul qiluvchi idora 3(4)(iv)-moddada nazarda tutilgan bojlar belgilangan muddatda to‘lanmaganligini yoki 4(2)-moddada nazarda tutilgan boj ko‘rsatilgan davlatlardan hech biriga to‘lanmaganligini aniqlasa, xalqaro talabnoma olib qo‘yilgan deb hisoblanadi va qabul qiluvchi idora ushbu olib qo‘yish haqida ma’lum qiladi.
(b) Agar qabul qiluvchi idora 4(2)-moddada nazarda tutilgan boj belgilangan muddatda bitta yoki undan ortiq davlatga to‘langanligini, ammo barcha ko‘rsatilgan davlatlarga ham to‘lanmaganligini aniqlasa, belgilangan muddatda boj to‘lanmagan davlatlarni ko‘rsatilganligi olib qo‘yilgan deb hisoblanadi va qabul qiluvchi idora ushbu olib qo‘yish haqida ma’lum qiladi.
(4) Agar qabul qiluvchi idora xalqaro talabnomani xalqaro berish sanasi aniqlanganidan keyin belgilangan muddatda 11-moddaning (1)-bandi (i) — (iii) kichik bandlarida sanab o‘tilgan talablardan biror-biri ushbu sanaga bajarilmaganligini aniqlasa, mazkur talabnoma olib qo‘yilgan deb hisoblanadi va qabul qiluvchi idora ushbu olib qo‘yish haqida ma’lum qiladi.
(3) Xalqaro izlash ixtiro formulasi asosida ixtiro tavsifi va chizmalarni (agar ular bo‘lsa) lozim darajada hisobga olgan holda o‘tkaziladi.
(4) 16-moddada qayd etib o‘tilgan Xalqaro izlash organi o‘zidagi mavjud imkoniyatlar darajasida tegishli texnika darajasini aniqlashga intiladi va har qanday holatda ham Yo‘riqnomada belgilangan hujjatlardan foydalaniladi.
(5) (a) Milliy talabnomani Ahdlashuvchi davlatning milliy idorasiga yoki bunday davlat nomidan amal qiluvchi milliy idoraga beradigan talabnoma beruvchi, agar Ahdlashuvchi davlatning milliy qonunchiligi bilan va ushbu qonunchilikda belgilangan shartlarga muvofiq bunga ruxsat berilsa, o‘zining talabnomasi bo‘yicha xalqaro izlashga aynan o‘xshash izlash (“xalqaro turdagi izlash”) o‘tkazilishini so‘rashi mumkin.
(b) Ahdlashuvchi davlatning milliy idorasi yoki bunday davlat nomidan amal qiluvchi milliy idora, agar Ahdlashuvchi davlatning milliy qonunchiligi bilan bunga ruxsat berilsa, mazkur idoraga berilgan har qanday milliy talabnoma bo‘yicha xalqaro turdagi izlashni o‘tkazishi mumkin.
(c) Xalqaro tardagi izlash 16-moddada qayd etib o‘tilgan,agar ushbu milliy talabnoma xalqaro talabnoma bo‘lganida hamda (a) va (b) kichik bandlarida qayd etib o‘tilgan idoraga berilganida xalqaro izlashni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan Xalqaro izlash organi tomonidan o‘tkaziladi. Agar milliy talabnoma Xalqaro izlash organi talabnomalarni ko‘rib chiqish imkoniga ega bo‘lmagan tilda tuzilgan bo‘lsa, xalqaro turdagi izlash xalqaro talabnomalar uchun belgilangan va mazkur Xalqaro izlash organi xalqaro talabnomalarni qabul qilish majburiyatini olgan tilga talabnoma beruvchi tomonidan tayyorlangan tarjima bo‘yicha o‘tkaziladi. Milliy talabnoma va talab qilinganida uning tarjimasi xalqaro talabnomalar uchun belgilangan shakl bo‘yicha taqdim etiladi.
(1) Xalqaro izlash Xalqaro izlash organi tomonidan o‘tkaziladi, mazkur organ sifatida milliy idora yoki hukumatlararo tashkilot, masalan Xalqaro patent instituti bo‘lishi mumkin, uning vazifalari qatoriga bayon qilingan ixtirolarga nisbatan texnika darajasini aniqlash bo‘yicha izlash haqidagi hujjatlashtirilgan hisobotlarni tayyorlash kiradi.
(2) Agar yagona Xalqaro izlash organi ta’sis qilinishiga qadar bo‘lgan davrda bir nechta xalqaro izlash organi mavjud bo‘lsa, har bir qabul qiluvchi idora (3)(b)-bandida qayd etib o‘tilgan kelishuv shartlariga muvofiq Xalqaro izlash organini yoki ushbu idoraga beriladigan xalqaro talabnomalar bo‘yicha izlashni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan organlarni ko‘rsatadi.
(3) (a) Xalqaro izlash organlari Assambleya tomonidan tayinlanadi. (s) kichik bandida nazarda tutilgan talablarga javob beradigan har qanday milliy idora yoki har qanday hukumatlararo tashkilot xalqaro izlash organi sifatida tayinlanishi mumkin.
(b) Tayinlash bunday Organ sifatida tayinlanadigan milliy idora yoki hukumatlararo tashkilotning roziligi bilan hamda ushbu idora yoki tashkilot va Xalqaro byuro o‘rtasida Assambleya tomonidan tasdiqlanishi lozim bo‘lgan kelishuv tuzilganligi sharti bilan amalga oshiriladi. Kelishuvda tomonlarning huquq va majburiyatlari, xususan bunday idora yoki tashkilotning xalqaro izlashning barcha umumiy qoidalarini qo‘llash va ularga rioya qilish yuzasidan rasmiy majburiyati belgilanishi kerak.
(s) Yo‘riqnoma, xususan tayinlanishi mumkin bo‘lishidan oldin har qanday idora yoki tashkilot javob berishi kerak bo‘lgan va ularni tayinlashning jami muddati davomida ular javob berishi kerak bo‘lgan xodimlar va hujjatlarga nisbatan eng kam talablarni nazarda tutadi.
(e) Biror-bir milliy idorani yoki hukumatlararo tashkilotni tayinlash, shuningdek bunday tayinlash muddatini uzaytirish yoki tugatish haqida qaror qabul qilishdan avval Assambleya manfaatdor idorani yoki tashkilotni eshitadi va 56-moddada qayd etib o‘tilgan Texnik hamkorlik qo‘mitasining fikrini ushbu Qo‘mita tuzilganidan keyin so‘raydi.
(1) Xalqaro izlash organi tomonidan qo‘llaniladigan tartib-taomil ushbu Shartnoma, Yo‘riqnomaning va Xalqaro byuro ushbu Organ bilan mazkur Shartnoma va Yo‘riqnomaga muvofiq tuzadigan kelishuvning qoidalari bilan belgilanadi.
(i) xalqaro talabnoma Yo‘riqnomaga muvofiq Xalqaro izlash organi xalqaro izlashni o‘tkazishi shart bo‘lmagan obyektga taalluqli deb hisoblasa va mazkur holatda u bunday izlashni o‘tkazmaslik haqida qaror qabul qilsa yoki
(ii) ixtiro tavsifi, ixtiro formulasi yoki chizmalar belgilangan talablarni to‘laqonli izlashni o‘tkazish mumkin bo‘lmaydigan darajada qanoatlantirmasa, mazkur Organ bunday faktni deklaratsiyada qayd etadi va talabnoma beruvchi hamda Xalqaro byuroni xalqaro izlash to‘g‘risidagi hisobot tayyorlanmasligi haqida xabardor qiladi.
(b) Agar (a) kichik bandida qayd etib o‘tilgan vaziyatlardan istalgani faqat formulaning ayrim bandlari munosabati bilan aniqlangan bo‘lsa, u holda xalqaro izlash to‘g‘risidagi hisobot bunday bandlarga nisbatan tegishli mulohazani o‘z ichiga oladi, ayni vaqtda ixtironing boshqa bandlari bo‘yicha mazkur hisobot 18-moddaga muvofiq tayyorlanadi.
(3) (a) Agar Xalqaro izlash organi xalqaro talabnoma Yo‘riqnoma bilan belgilangan ixtironing birligi talabini qanoatlantirmaydi deb hisoblasa, u talabnoma beruvchiga qo‘shimcha bojlar to‘lashni taklif qiladi. Xalqaro izlash organi xalqaro izlash to‘g‘risidagi hisobotni xalqaro talabnomaning formulada birinchi bo‘lib qayd etilgan ixtiroga (“bosh ixtiro”) taalluqli qismlari bo‘yicha, shuningdek talab qilingan qo‘shimcha bojlarni belgilangan muddatda to‘lanishi sharti bilan xalqaro talabnomaning bunday bojlar to‘langan ixtirolarga taalluqli qismlari bo‘yicha tayyorlaydi.
(b) Har qanday ko‘rsatilgan davlatning milliy qonunchiligi ushbu davlatning milliy idorasi Xalqaro izlash organining (a) kichik bandida qayd etib o‘tilgan taklifini asosli deb topgan va talabnoma beruvchi barcha qo‘shimcha bojlarni to‘lamagan taqdirda, agar talabnoma beruvchi ushbu davlatning milliy idorasiga maxsus bojni to‘lamasa, xalqaro talabnomaning izlash o‘tkazilmagan qismlari ushbu davlatda amal qilishiga nisbatan olib qo‘yilgan deb hisoblanishini nazarda tutishi mumkin.
(2) Xalqaro izlash to‘g‘risidagi hisobot u tayyorlaganidan keyin darhol Xalqaro izlash organi tomonidan talabnoma beruvchiga va Xalqaro byuroga yuboriladi.
(3) Xalqaro izlash to‘g‘risidagi hisobot yoki 17(2)(a)-moddada qayd etib o‘tilgan deklaratsiya Yo‘riqnomada nazarda tutilgan tilga tarjima qilinadi. Tarjima Xalqaro byuroning o‘zi tomonidan yoki uning buyurtmalari bo‘yicha, ammo uning javobgarligi ostida bajariladi.
(1) Xalqaro izlash to‘g‘risidagi hisobotni olganidan keyin talabnoma beruvchi o‘zgartishlarni Xalqaro byuroga belgilangan muddatda taqdim qilgan holda xalqaro talabnoma formulasini bir marta o‘zgartirish huquqiga ega bo‘ladi. Talabnoma beruvchi bir vaqtda Yo‘riqnomaga muvofiq o‘zgartishlarning qisqacha tushuntirishini taqdim etishi va ular ixtiro tavsifi hamda chizmalarda qanday aks etganligini ko‘rsatishi mumkin.
(2) O‘zgartishlar dastlabki topshirilgan xalqaro talabnomada ochib berilganlar doirasidan chiqmasligi kerak.
(3) Agar biror-bir ko‘rsatilgan davlatning milliy qonunchiligi o‘zgartishlar dastlabki topshirilgan xalqaro talabnomada ochib berilganlar doirasidan chiqishiga ruxsat bersa, (2) bandga rioya qilmaslik ushbu davlatda oqibatlarga ega bo‘lmaydi.
(1) (a) Xalqaro talabnoma xalqaro izlash to‘g‘risidagi hisobot (jumladan 17(2)(b)- moddada qayd etib o‘tilgan har qanday mulohaza) bilan yoki 17(2)(a)-moddada qayd etib o‘tilgan deklaratsiya bilan birga Yo‘riqnomada nazarda tutilgani kabi har bir ko‘rsatilgan idoraga, agar ko‘rsatilgan idora bunday tartibdan to‘liq yoki qisman voz kechmasa, yuboriladi.
(b) Yuboriladigan materiallar qayd etib o‘tilgan hisobot yoki deklaratsiyaning tarjimasini (belgilanganidek) ichiga oladi.
(2) Agar ixtiro formulasi 19(1)-moddaga muvofiq o‘zgartirilgan bo‘lsa, materiallar ixtiro formulasining dastlabki ko‘rinishidagi to‘liq matnini ham, o‘zgartirilgan ko‘rinishidagi matnini ham yoxud kiritilgan o‘zgartishlar ko‘rsatilgan holda ixtiro formulasining dastlabki ko‘rinishidagi to‘liq matnini, shuningdek 19(1)-moddada qayd etib o‘tilgan tushuntirishni, agar u mavjud bo‘lsa, ichiga olishi kerak.
(3) Ko‘rsatilgan idoraning yoki talabnoma beruvchining iltimosiga ko‘ra Xalqaro izlash organi Yo‘riqnomada nazarda tutilganidek xalqaro izlash to‘g‘risidagi hisobotda havolalar qilingan hujjatlarning nusxasini tegishincha ushbu idoraga yoki talabnoma beruvchiga jo‘natadi.
(2) (a) (b) kichik bandida va 64(3)-moddada nazarda tutilgan hollardan tashqari, xalqaro talabnomani xalqaro e’lon qilish ushbu talabnomaning ustuvorlik sanasidan e’tiboran 18 oy o‘tgach darhol amalga oshiriladi.
(b) Talabnoma beruvchi Xalqaro byurodan o‘zining xalqaro talabnomasini (a) kichik bandida qayd etib o‘tilgan muddat tugashiga qadar istalgan vaqtda e’lon qilishni so‘rashi mumkin. Xalqaro byuro ushbu iltimosni Yo‘riqnomaga muvofiq bajaradi.
(3) Xalqaro izlash to‘g‘risidagi hisobot yoki 17(2)(a)-moddada qayd etib o‘tilgan deklaratsiya Yo‘riqnomada belgilanganidek e’lon qilinadi.
(4) Xalqaro e’lon qilish tili va shakli, shuningdek boshqa tafsilotlar Yo‘riqnoma bilan belgilanadi.
(5) Agar xalqaro talabnoma uni e’lon qilishga texnik tayyorlash yakunlanishiga qadar olib qo‘yilgan bo‘lsa yoki olib qo‘yilgan deb hisoblansa, xalqaro e’lon qilish amalga oshirilmaydi.
(6) Agar xalqaro talabnoma Xalqaro byuroning fikriga ko‘ra axloqqa va jamoat tartibiga zid bo‘lgan iboralar yoki chizmalarni ichiga olsa yoki agar uning fikriga ko‘ra xalqaro talabnoma Yo‘riqnomada belgilanganidek iltifotsiz fikrlarni ichiga olsa, Xalqaro byuro e’lon qilishda bunday iboralar, chizmalar va fikrlarni ularning joyi, tushirib qoldirilgan so‘zlar va chizmalar sonini ko‘rsatgan holda tushirib qoldirish huquqiga ega. Xalqaro byuro so‘rovga ko‘ra matnning tushirib qoldirilgan qismlari yoki chizmalarning alohida nusxalarini taqdim etadi.
(1) Talabnoma beruvchi har bir ko‘rsatilgan idoraga ustuvorlik sanasidan e’tiboran 30 [1] oydan kechikmay xalqaro talabnomaning nusxasini (yuborish 20-moddaga ko‘ra amalga oshirilgan hollar bundan mustasno) va uning tarjimasini (belgilanganidek) taqdim etadi, shuningdek milliy bojni (agar bu nazarda tutilgan bo‘lsa) to‘laydi. Agar ko‘rsatilgan davlatning milliy qonunchiligi ixtirochi nomini va u to‘g‘risidagi belgilangan boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatib o‘tishni talab qilsa, ammo ushbu ma’lumotlarni milliy talabnoma berilganidan keyin taqdim etishga yo‘l qo‘ysa, talabnoma beruvchi mazkur ma’lumotlarni, agar ular arizada mavjud bo‘lmasa, ushbu davlatning milliy idorasiga yoki ushbu davlat nomidan amal qiladigan milliy idoraga ustuvorlik sanasidan e’tiboran 30 [1] oydan kechikmay taqdim etadi.
(2) Xalqaro izlash organi 17(2)(a)-moddaga ko‘ra xalqaro izlash to‘g‘risidagi hisobot tayyorlanmasligini deklaratsiyada qayd etgan hollarda, ushbu moddaning (1)-bandida qayd etib o‘tilgan harakatlarni bajarish uchun muddat bu (1)-bandda nazarda tutilganidek kabi bo‘ladi.
(3) (1) yoki (2)-bandlarda qayd etib o‘tilgan harakatlarni amalga oshirish uchun har qanday milliy qonunchilik ushbu bandlarda nazarda tutilganiga nisbatan kechroq tugaydigan muddatlarni belgilashi mumkin.
(1) Mazkur idoralar 22-moddada nazarda tutilgan tegishli muddat tugashiga qadar xalqaro talabnoma bo‘yicha tartib-taomilni yoki ushbu talabnoma bo‘yicha ekspertizani o‘tkazmaydi.
(2) (1) band qoidalariga qaramay, har qanday ko‘rsatilgan idora talabnoma beruvchining maxsus iltimosiga ko‘ra istalgan vaqtda xalqaro talabnoma bo‘yicha tartib-taomilni yoki ushbu talabnoma bo‘yicha ekspertizani olib borishi mumkin.
(1) Ushbu moddaning (ii) kichik bandida belgilangan hollarda qo‘llaniladigan 25-modda qoidalarini inobatga olgan holda xalqaro talabnomaning 11(3)-moddada nazarda tutilgan amal qilishi har qanday ko‘rsatilgan davlatda ushbu davlatda har qanday milliy talabnoma olib qo‘yilgandagi kabi o‘sha oqibatlar bilan tugatiladi, agar:
(i) talabnoma beruvchi o‘zining xalqaro talabnomasini yoki ushbu davlatni ko‘rsatilganligini olib qo‘ysa;
(ii) xalqaro talabnoma 12(3), 14(1)(b), 14(3)(a) yoki 14(4)-moddalarga muvofiq olib qo‘yilgan bo‘lsa yoki ushbu davlatni ko‘rsatilganligi 14(3)(b)-moddaga muvofiq olib qo‘yilgan deb hisoblansa;
(2) (1) bandi qoidalariga qaramay, har qanday ko‘rsatilgan idora xalqaro talabnomaning 11(3)-moddada nazarda tutilgan amal qilishini hatto bu 25(2)-moddaga muvofiq talab qilinmagan taqdirda ham saqlab qolishi mumkin.
(1) (a) Agar qabul qilayotgan idora xalqaro berilganligi sanasini belgilashni rad etgan bo‘lsa yoki xalqaro talabnoma olib qo‘yilgan deb hisoblanishini ma’lum qilgan bo‘lsa yoki agar Xalqaro byuro 12(3)-moddada nazarda tutilgan faktni aniqlagan bo‘lsa, Xalqaro byuro talabnoma beruvchining iltimosiga ko‘ra ishdagi har qanday hujjatning nusxasini talabnoma beruvchi tomonidan nomi aytilgan har qanday ko‘rsatilgan idoraga darhol yuboradi.
(b) Agar qabul qiluvchi idora biror-bir davlatning ko‘rsatilganligi olib qo‘yilgan deb hisoblanishini ma’lum qilsa, Xalqaro byuro talabnoma beruvchining iltimosiga ko‘ra ishdagi har qanday hujjatning nusxasini bunday davlatning milliy idorasiga yuboradi.
(c) (a) yoki (b) kichik bandlarda qayd etib o‘tilgan iltimos belgilangan muddatda taqdim etilishi kerak.
(2) (a) Har bir ko‘rsatilgan idora (b) kichik bandi qoidalarini inobatga olgan holda milliy boj (agar u mavjud bo‘lsa) belgilangan muddatda to‘lanishi va belgilangan muddatda tegishli tarjimani (belgilangandek) taqdim etishi sharti bilan (1)-bandda qayd etib o‘tilgan rad etish, ariza yoki faktni aniqlash ushbu Shartnoma va Yo‘riqnoma qoidalariga asoslanganligiga qaror qilsa hamda mazkur idora bunday rad etish yoki ariza qabul qiluvchi idora tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato yoki kamchilik natijasi degan yoki faktni aniqlash Xalqaro byuro tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato yoki kamchilik natijasi degan xulosaga kelsa, ko‘rsatilgan idora mazkur davlatda amal qilishiga nisbatan xalqaro talabnomani bunday yo‘l qo‘yilgan xato yoki kamchilik mavjud bo‘lmaganidek kabi ko‘rib chiqadi.
(b) Agar ro‘yxatdan o‘tkazish nusxasi talabnoma beruvchi tomonidan yo‘l qo‘yilgan biror-bir xato yoki kamchilik sababli 12(3)-moddada nazarda tutilgan muddat tugaganidan keyin Xalqaro byuroga kelib tushgan bo‘lsa, (a) kichik bandi qoidalari faqat 48(2)-moddada qayd etib o‘tilgan shartlar mavjud bo‘lganda qo‘llaniladi.
Mazkur idoralar xalqaro talabnomani u ushbu Shartnoma va Yo‘riqnoma talablariga mos kelmasligi asosida,talabnoma beruvchiga nomi tilga olingan talabnomani milliy talabnomalarga nisbatan xuddi shunday yoki o‘xshash vaziyatlar uchun milliy qonunchilikda nazarda tutilgan tartib-taomilga muvofiq darajada tuzatish imkonini taqdim etmasdan rad etolmaydi.
(1) Milliy qonunchilik xalqaro talabnoma shakli yoki mazmuniga ushbu Shartnoma va Yo‘riqnomada nazarda tutilganidan tashqari boshqa yoki qo‘shimcha talablarni qo‘ya olmaydi.
(2) (1)-band qoidalari 7(2)-modda qoidalarini qo‘llashga ta’sir qilmaydi va milliy qonunchilikka xalqaro talabnoma ko‘rsatilgan idorada ko‘rib chiqilishi boshlanishi bilanoq quyidagilarni talab qilishga to‘sqinlik qilmaydi:
(i) yuridik shaxs bo‘lgan talabnoma beruvchi manfaatini ifodalashga vakil qilingan mansabdor shaxs nomini ko‘rsatish;
(ii) xalqaro talabnomaning qismi bo‘lmagan holda ushbu talabnomada keltirilgan tasdiqlashlar yoki bayonotlarning isboti bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlarni taqdim etish, jumladan ushbu talabnoma uni berish chog‘ida uning vakili yoki agenti tomonidan imzolangan hollarda talabnoma beruvchining imzosi bilan xalqaro talabnomani tasdiqlash.
(3) Agar talabnoma beruvchi ixtirochi bo‘lmaganligi tufayli, biror-bir ko‘rsatilgan davlatda ushbu davlatning milliy qonunchiligiga ko‘ra milliy talabnomani berish huquqiga ega bo‘lmasa, mazkur idora xalqaro talabnomani rad etishi mumkin.
(4) Agar milliy qonunchilik milliy talabnomalarning shakli va mazmuniga qo‘yiladigan, talabnoma beruvchilar nuqtai nazarida ushbu Shartnoma va Yo‘riqnomada nazarda tutilgan xalqaro talabnomalarga qo‘yiladigan talablarga nisbatan maqbul bo‘lgan talablarni o‘z ichiga olsa, bunday ko‘rsatilgan davlatning milliy idorasi, sudlari va har qanday boshqa vakolatli organlari yoki uning nomidan harakat qiluvchi organlar xalqaro talabnomalarga oxirgi talablar o‘rniga birinchi talablarni qo‘llashi mumkin, bundan talabnoma beruvchi o‘zining xalqaro talabnomasiga ushbu Shartnoma va Yo‘riqnomada nazarda tutilgan talablar qo‘llanilishini talab qilayotgan hollar mustasno.
(5) Ushbu Shartnomada va Yo‘riqnomada hech bir narsa har bir Ahdlashuvchi davlatning patentga layoqatlilikning moddiy-huquqiy shartlarini o‘z xohishiga qarab belgilash huquqini cheklash sifatida tushunilmasligi kerak. Xususan, ushbu Shartnoma va Yo‘riqnomaning texnikaning avvalgi darajasi tushunchasiga taalluqli har qanday qoidasi faqat xalqaro tartib-taomil maqsadlariga xizmat qiladi va dyemak, har qanday Ahdlashuvchi davlat xalqaro talabnomada bayon qilingan ixtironing patentga layoqatligini aniqlashda texnikaning avvalgi darajasi tushunchasiga hamda talabnomalarning shakli va mazmuniga qo‘yiladigan talablarga taalluqli bo‘lmagan patentga layoqatlilikning boshqa shartlariga nisbatan o‘z milliy qonunchiligi mezonlarini qo‘llash huquqiga ega.
(6) Milliy qonunchilik patentga layoqatlilikning ushbu qonunchilik tomondan belgilangan har qanday moddiy-huquqiy shartiga nisbatan dalillarni talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilishi to‘g‘risidagi talabni o‘z ichiga olishi mumkin.
(7) Har qanday qabul qiluvchi idora yoki xalqaro talabnomani ko‘rib chiqish boshlangan ko‘rsatilgan idora talabnoma beruvchi tomonidan talabnoma beruvchilar manfaatlarini ushbu idora oldida ifodalash huquqiga ega agentni tayinlash haqidagi va/yoki talabnoma beruvchida ko‘rsatilgan davlatda bildirishnomalarni olish maqsadlari uchun manzili mavjudligi haqidagi talabga nisbatan o‘z milliy qonunchiligini qo‘llashi mumkin.
(8) Ushbu Shartnoma va Yo‘riqnomadagi hech bir narsa Ahdlashuvchi davlat milliy xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur deb hisoblaydigan choralarni qo‘llash yoki davlatning asosiy iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda o‘z fuqarolari yoki ushbu davlatda yashaydigan shaxslarning xalqaro talabnomalarni berish huquqini cheklash borasida har qanday Ahdlashuvchi davlatning huquqi cheklanishi sifatida tushunilmasligi kerak.
(1) Talabnoma beruvchiga har bir ko‘rsatilgan idorada belgilangan muddatda ixtiro formulasiga, ixtiro tavsifiga va chizmalarga o‘zgartishlar kiritish imkoniyati taqdim etiladi. Ko‘rsatilgan idoralar bunday muddat tugashiga qadar patent bermasligi yoki uni berishni rad etmasligi kerak, talabnoma beruvchining maxsus roziligi mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno.
(2) O‘zgartishlar, agar bu ko‘rsatilgan davlatning milliy qonunchiligi bilan yo‘l qo‘yilmasa, dastlabki ravishda berilgan xalqaro talabnomada ochib berilganlar doirasidan chiqmasligi kerak.
(3) O‘zgartishlar ko‘rsatilgan davlatning milliy qonunchiligi talablariga ushbu Shartnoma va Yo‘riqnomada nazarda tutilmagan barcha hollarda mos kelishi kerak.
(4) Agar ko‘rsatilgan idora xalqaro talabnomaning tarjimasi taqdim etilishini talab qilsa, o‘zgartishlar tarjima tilida taqdim etilishi kerak.
(1) Ko‘rsatilgan davlatda talabnoma beruvchining har qanday huquqlariga nisbatan ushbu davlatda xalqaro talabnomani xalqaro e’lon qilinishining oqibatlari (2) — (4)-bandlar qoidalarini inobatga olgan holda,ekspertiza o‘tkazilmagan milliy talabnomalarni majburiy milliy e’lon qilingan hollarda ko‘rsatilgan davlatning milliy qonunchiligida nazarda tutilgan oqibatlardagi kabi bo‘ladi.
(2) Agar xalqaro e’lon qilish amalga oshirilgan til ko‘rsatilgan davlatda uning milliy qonunchiligiga muvofiq e’lon qilinadigan tildan farqlansa, milliy qonunchilik (1)-bandda qayd etib o‘tilgan oqibatlar faqat:
(ii) milliy e’lon qilish tiliga tarjima milliy qonunchilikka muvofiq ommaviy tanishish uchun joylashtirish yo‘li bilan hamma foydalanishi mumkin bo‘lganidan, yoki
(iii) milliy e’lon qilish tiliga tarjima talabnoma beruvchi tomonidan xalqaro talabnomada bayon qilingan ixtirodan haqiqatda yoki taxmin qilingan holda noqonuniy foydalanayotgan shaxsga berilganidan, yoki
(iv) (i) va (iii) kichik bandlarida qayd etib o‘tilgan har ikkala harakat yoki (ii) va (iii) kichik bandlarida qayd etib o‘tilgan har ikkala harakat mavjud bo‘lganidan keyin yuz berishi mumkinligini nazarda tutishi mumkin.
(3) Har qanday ko‘rsatilgan davlatning milliy qonunchiligi xalqaro e’lon qilish talabnoma beruvchining iltimosiga ko‘ra ustuvorlik sanasidan e’tiboran 18 oy o‘tishiga qadar amalga oshirilgan hollarda, (1)-bandda qayd etib o‘tilgan oqibatlar faqat ustuvorlik sanasidan e’tiboran 18 oy o‘tganidan keyin yuz berishini nazarda tutishi mumkin.
(4) Har qanday ko‘rsatilgan davlatning milliy qonunchiligi (1)-bandda qayd etib o‘tilgan oqibatlar 21-moddaga muvofiq e’lon qilingan xalqaro talabnomaning nusxasi faqat bunday davlatning milliy idorasi yoki bunday davlat nomidan harakat qiladigan milliy idora tomonidan qabul qilgan sanadan e’tiboran yuz berishini nazarda tutishi mumkin. Qayd etib o‘tilgan idora o‘z axborotnomasida qabul qilgan sanani darhol e’lon qiladi.
(1) (a) (b) kichik bandi qoidalarini inobatga olgan holda Xalqaro byuro va Xalqaro izlash organlari bunday talabnoma xalqaro e’lon qilinishiga qadar har qanday shaxsga yoki organga xalqaro talabnomadan foydalana olishga ruxsat bermaydi, bundan talabnoma beruvchining iltimosi yoki ruxsati mavjud bo‘lgan hollar mustasno.
(b) (a) kichik bandining qoidalari vakolatli Xalqaro izlash organiga har qanday materiallarni 13-moddada nazarda tutilgan jo‘natishga nisbatan, shuningdek 20-moddada nazarda tutilgan yuborishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(2) (a) Milliy idoralar quyidagi sanalardan eng erta sana yuz berishiga qadar uchinchi shaxslarga xalqaro talabnomadan foydalana olishga ruxsat bermasligi kerak, bundan talabnoma beruvchining iltimosi yoki ruxsati bo‘lgan hollar mustasno:
(b) (a) kichik bandining qoidalari milliy idoraga uchinchi shaxslarni ushbu idora ko‘rsatilgan idora ekanligi haqida axborot berishga yoki ushbu faktni e’lon qilishga to‘sqinlik qilmaydi. Biroq bunday axborot yoki e’lon qilish faqat quyidagi: qabul qiluvchi idora haqidagi ma’lumotlar, talabnoma beruvchining nomi, xalqaro berish sanasi, xalqaro talabnoma raqami va ixtiro nomi kabi ma’lumotlarni ichiga olishi mumkin.
(c) (a) kichik bandining qoidalari ko‘rsatilgan idoraga sud hokimiyatiga xalqaro talabnomadan foydalana olishga ruxsat berish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
(3) (2)(a)-bandining qoidalari, agar gap faqat 12(1)-moddada nazarda tutilgan materiallarni jo‘natish haqida ketmayotgan bo‘lsa, har qanday qabul qiluvchi idoraga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
(4) Ushbu modda maqsadlari uchun “foydalana olish” tushunchasi uchinchi shaxslar ular yordamida ma’lumotlarni, jumladan shaxsiy xabarni va oddiy e’lon qilingan nashrni olish mumkin bo‘lgan har qanday vositalarni anglatadi; bunda milliy idora, qoida tariqasida, xalqaro talabnomani yoki uning tarjimasini xalqaro e’lon qilishga qadar yoki agar xalqaro e’lon qilish ustuvorlik sanasidan e’tiboran 20 oy ichida amalga oshirilmagan bo‘lsa, mazkur ustuvorlik sanasidan e’tiboran 20 oy tugashigaga qadar e’lon qilmasligi kerak
(1) Talabnoma beruvchining talabiga ko‘ra, bu keyingi qoidalarda va Yo‘riqnomada belgilanganidek, uning xalqaro talabnomasi bo‘yicha xalqaro dastlabki ekspertiza o‘tkaziladi.
(2) (a) Yo‘riqnomada belgilanganidek, II bob qoidalari bilan bog‘liq bo‘lgan Ahdlashuvchi davlatning fuqarosi yoki ushbu davlatda yashaydigan shaxs bo‘lgan hamda xalqaro talabnomasi bunday davlatning qabul qiluvchi idorasiga yoki bunday davlat nomidan harakat qiladigan qabul qiluvchi idoraga berilgan har qanday talabnoma beruvchi xalqaro dastlabki ekspertizani o‘tkazish talabini berish huquqiga ega.
(b) Assambleya xalqaro talabnomalarni berish huquqiga ega shaxslarga, hatto ular ushbu Shartnomada ishtirok etmaydigan yoki ishtirok etsa-da, ammo II bob qoidalari bilan bog‘liq bo‘lmagan davlatning fuqarolari yoki unda yashovchi shaxslar bo‘lganida ham, xalqaro dastlabki ekspertizani o‘tkazish talabini berishga ruxsat etishi mumkin.
(3) Xalqaro dastlabki ekspertizani o‘tkazish talabi xalqaro talabnomadan alohida beriladi. Ushbu talab belgilangan tilda, belgilangan shakl bo‘yicha tuziladi va belgilangan ma’lumotlarni ichiga oladi.
(4) (a) Talabda talabnoma beruvchi xalqaro dastlabki ekspertiza natijalaridan foydalanishni qasd qilgan Ahdlashuvchi davlat yoki davlatlar (“tanlangan davlatlar”) aniqlanishi kerak. Qo‘shimcha Ahdlashuvchi davlatlar kechroq tanlanishi mumkin. Tanlash 4-moddaga muvofiq ko‘rsatib bo‘lingan Ahdlashuvchi davlatlar qatoridan amalga oshirilishi mumkin.
(b) (2)(a)-bandida qayd etib o‘tilgan talabnoma beruvchilar II bob qoidalari bilan bog‘liq har qanday Ahdlashuvchi davlatni tanlashi mumkin. (2)(a)-bandida qayd etib o‘tilgan talabnoma beruvchilar faqat II bob qoidalari bilan bog‘liq bo‘lgan, ular bunday talabnoma beruvchilar tomonidan tanlanishga e’tiroz bildirmaydigan Ahdlashuvchi davlatlarni tanlashi mumkin.
(6) (a) Talab 32-moddada qayd etib o‘tilgan Xalqaro dastlabki ekspertizaning vakolatli organiga beriladi.
(2) 31(2)(a)-moddada qayd etib o‘tilgan talablar berilgan taqdirda, qabul qiluvchi idora, 31(2)(b)-moddada qayd etib o‘tilgan talablar berilgan taqdirda esa, Assambleya Xalqaro dastlabki ekspertizaning manfaatdor Organi yoki Organlari va Xalqaro byuro tomonidan tuzilgan kelishuvga muvofiq, dastlabki ekspertizani o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan Xalqaro dastlabki ekspertiza Organini yoki Organlarini aniqlaydi.
(3) 16(3)-modda qoidalari xalqaro dastlabki ekspertiza organlariga nisbatan mutatis mutandis qo‘llaniladi.
(1) Bayon qilingan ixtiro yangi, ixtirochilik darajasiga mos (ayon bo‘lmagan) va sanoatda qo‘llanishi mumkin ekanligi haqida dastlabki va majburiy bo‘lmagan xulosani tuzish ning maqsadidir.
(2) Xalqaro dastlabki ekspertiza maqsadlari uchun bayon qilingan ixtiro, agar u Yo‘riqnomada belgilanganidek avvalgi texnika darajasidan ma’lum bo‘lmasa, yangi deb hisoblanadi.
(3) Xalqaro dastlabki ekspertiza maqsadlari uchun bayon qilingan ixtiro, agar u Yo‘riqnomada belgilanganidek avvalgi texnika darajasini e’tiborga olgan holda belgilangan tegishli sanaga mazkur sohadagi mutaxassislar uchun ayon bo‘lmasa, tegishli ixtirochilik darajasiga mos deb hisoblanadi.
(4) Xalqaro dastlabki ekspertiza maqsadlari uchun bayon qilingan ixtiro, agar u o‘z tabiatiga ko‘ra sanoatning biror-bir sohasida amalga oshirilishi yoki foydalanilishi (texnologik jihatdan) mumkin bo‘lsa, sanoatda qo‘llanilishi mumkin deb hisoblanadi. “Sanoat”ni bu Sanoat mulkini muhofaza qilishga doir Parij konvensiyasida aniqlangani kabi eng keng ma’noda tushunish lozim.
(5) Yuqorida tavsiflangan mezonlar faqat xalqaro dastlabki ekspertiza maqsadlari uchun xizmat qiladi. Har qanday Ahdlashuvchi davlat bayon qilingan ixtiro ushbu davlatda patentga layoqatli ekanligi masalasini hal qilish uchun qo‘shimcha yoki boshqa mezonlarni qo‘llashi mumkin.
(6) Xalqaro dastlabki ekspertiza o‘tkazilishida xalqaro izlash haqidagi hisobotda havola qilingan barcha hujjatlar e’tiborga olinadi. Mazkur aniq holatga taalluqli deb hisoblangan har qanday qo‘shimcha hujjatlar ham shuningdek e’tiborga olinishi mumkin.
(1) Xalqaro dastlabki ekspertiza organi tomonidan qo‘llanadigan tartib-taomil ushbu Shartnoma, Yo‘riqnoma va Xalqaro byuro ushbu Organ bilan mazkur Shartnoma va Yo‘riqnomaga muvofiq tuziladigan kelishuv qoidalari bilan belgilanadi.
(2) (a) Talabnoma beruvchi Xalqaro dastlabki ekspertiza organi bilan og‘zaki va yozma ravishda aloqa bog‘lashi mumkin.
(b) Talabnoma beruvchi xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasi tayyorlanishiga qadar ixtiro formulasi, ixtiro tavsifi va chizmalarga belgilangan tartibda va belgilangan muddatda o‘zgartishlar kiritish huquqiga ega. O‘zgartishlar dastlabki ravishda berilgan xalqaro talabnomada ochib berilganlar doirasidan chiqmasligi kerak.
(s) Talabnoma beruvchi Xalqaro dastlabki ekspertiza organining, agar ushbu Organ barcha quyidagi shartlar bajarilgan deb hisoblamasa, eng kamida bitta yozma xabarini olishi kerak:
(ii) xalqaro talabnoma ushbu Shartnoma va Yo‘riqnoma talablarini ushbu Organ tomonidan tekshiriladigan darajada qanoatlantiradi;
(d) Talabnoma beruvchi Xalqaro dastlabki ekspertiza organining fikrini ichiga olgan yozma xabarga javob berishi mumkin.
(3) (a) Agar Xalqaro dastlabki ekspertiza organi xalqaro talabnoma Yo‘riqnomada belgilanganidek ixtiro birligi talabini qanoatlantirmaydi deb hisoblasa, u talabnoma beruvchiga uning xohishiga qarab ixtiro formulasini mazkur talabga mos kelishi uchun cheklashi yoki qo‘shimcha bojlarni to‘lashi mumkin.
(b) Har qanday tanlangan davlatning milliy qonunchiligi, agar talabnoma beruvchi (a) kichik bandiga muvofiq formulani cheklashni afzal deb topsa, xalqaro talabnomaning cheklash natijasida xalqaro dastlabki ekspertizaga uchramaydigan qismlari, agar talabnoma beruvchi ushbu davlatning milliy idorasiga maxsus bojni to‘lamasa,ularni mazkur davlatda amal qilishiga nisbatan olib qo‘yilgan deb hisoblanishini nazarda tutishi mumkin.
(c) Agar talabnoma beruvchi belgilangan muddatda (a) kichik bandida qayd etib o‘tilgan talabni bajarmasa, Xalqaro dastlabki ekspertiza organi uning fikriga ko‘ra xalqaro talabnomaning bosh ixtiroga taalluqli qismlari bo‘yicha xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasini tuzadi va buni qayd etib o‘tilgan xulosada belgilaydi. Har qanday tanlangan davlatning milliy qonunchiligi uning milliy idorasi Xalqaro dastlabki ekspertiza organining fikrini asosli deb hisoblagan taqdirda, xalqaro talabnomaning bosh ixtiroga taalluqli bo‘lmagan qismlari, agar talabnoma beruvchi ushbu idoraga maxsus bojni to‘lamasa, ularni mazkur davlatda amal qilishiga nisbatan olib qo‘yilgan deb hisoblanishini nazarda tutishi mumkin.
(i) xalqaro talabnoma Yo‘riqnomaga muvofiq Xalqaro dastlabki ekspertiza organi xalqaro dastlabki ekspertizani o‘tkazishi shart bo‘lmagan obyektga taalluqli bo‘lsa va ushbu holatda u bunday ekspertizani o‘tkazmaslik haqida qaror qabul qilsa, yoki
(ii) ixtiro tavsifi, ixtiro formulasi yoki chizmalar o‘ta noaniq bo‘lsa yoki bayon qilingan ixtironing yangiligiga, ixtirochilik darajasiga (ayon bo‘lmaganligiga) yoki sanoatda qo‘llanilishiga nisbatan hech qanday aniq bir xulosa tuzilishi mumkin bo‘lmagan holda ixtiro formulasi tavsif bilan o‘ta zaif mustahkamlangan bo‘lsa, deb hisoblasa, qayd etib o‘tilgan Organ 33(1)-moddasiga muvofiq talabnomani ko‘rib chiqmaydi va talabnoma beruvchini ushbu qaror va uning sabablari haqida xabardor qiladi.
(b) Agar (a) kichik bandida qayd etib o‘tilgan vaziyatlardan istalgani ixtiro formulasining ayrim bandlari bo‘yicha yoki ular bilan bog‘liq holda aniqlangan bo‘lsa, mazkur bandning qoidalari ixtiro formulasining faqat ushbu bandlariga qo‘llaniladi.
(1) Xalqaro dastlabki ekspertizaning xulosasi belgilangan muddatda va belgilangan shakl bo‘yicha tuziladi.
(2) Xalqaro dastlabki ekspertizaning xulosasi bayon qilingan ixtiro biror-bir milliy qonunchilikka ko‘ra patentga layoqatli yoki patentga layoqatsiz ekanligi yoki taqdim etilganligi haqida hech qanday tasdiqni ichiga olmaydi. Xulosada (3)-band qoidalarini inobatga olgan holda u yangilik, ixtirochilik darajasi (nomayonligi) va sanoatda qo‘llanilishi mezonlarini 33(1) — (4)-moddada xalqaro dastlabki ekspertiza maqsadlari uchun ular aniqlangani kabi formulaning har bir bandi bo‘yicha qanoatlantirishi tasdiqlanadi. Ushbu tasdiqlash mazkur aniq holatlarda talab qilinadigan tushuntirishlar bilan qilingan xulosalarning tasdig‘i deb hisoblangan hujjatlarga havolalar bilan kechadi. Tasdiqlash shuningdek Yo‘riqnomada nazarda tutilgani kabi boshqa mulohazalar bilan ham birga kechadi.
(3) (a) Agar Xalqaro dastlabki ekspertiza organi xulosani tuzishda 34(4)(a)-moddada qayd etib o‘tilgan vaziyatlardan biror-biri mavjud degan xulosaga kelsa, xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasida ushbu xulosa va uning sabablari bayon qilinadi. Mazkur xulosa (2)-bandida qayd etib o‘tilgan biror-bir tasdiqni ichiga olmasligi kerak.
(b) Agar 34(4)(b)-moddada qayd etib o‘tilgan vaziyat yuzaga kelsa, xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasida ixtiro formulasining bunday bandlari bo‘yicha (a) kichik bandida nazarda tutilgan xulosalar bayon qilinadi, ayni paytda ixtiro formulasining boshqa bandlari bo‘yicha xulosa (2)-bandda qayd etib o‘tilgan tasdiqni ichiga oladi.
(1) Xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasi belgilangan ilovalar bilan birga talabnoma beruvchiga va Xalqaro byuroga yuboriladi.
(2) (a) Xalqaro dastlabki ekspertizaning xulosasi va unga ilovalar belgilangan tillarga tarjima qilinadi.
(b) Qayd etib o‘tilgan xulosaning tarjimasi Xalqaro byuro tomonidan yoki uning buyurtmasiga ko‘ra, ammo uning javobgarligi ostida bajariladi, ayni vaqtda nomi aytib o‘tilgan ilovalarning tarjimasi talabnoma beruvchi tomonidan bajariladi.
(3) (a) Xalqaro dastlabki ekspertizaning xulosasi tarjimasi (belgilanganidek) va ilovalar (originali tilida) bilan birga Xalqaro byuro tomonidan har bir tanlangan idoraga yuboriladi.
(b) Ilovalarning belgilangan tarjimasi belgilangan muddatda tanlangan idoralarga talabnoma beruvchi tomonidan yuboriladi.
(4) 20(3)-modda qoidalari xalqaro dastlabki ekspertizaning xulosasida havola qilingan va xalqaro izlash to‘g‘risidagi hisobotda havola qilinmagan har qanday hujjatga nisbatan mutatis mutandis qo‘llaniladi.
(2) Barcha davlatlar tanlanishini olib qo‘yish xalqaro dastlabki ekspertiza o‘tkazilishi talabini olib qo‘yish deb hisoblanadi.
(b) Xalqaro byuro o‘z navbatida tegishli tanlangan idoralarni va tegishli Xalqaro dastlabki ekspertiza organini xabardor qiladi.
(4) (a) (b) kichik bandi qoidalarini inobatga olgan holda, Ahdlashuvchi davlatni talab qilishni yoki tanlashni olib qo‘yish, agar ushbu davlatning milliy qonunchiligi boshqa oqibatlarni nazarda tutmasa, mazkur davlatga nisbatan xalqaro talabnomani olib qo‘yish deb hisoblanadi.
(b) Talab qilishni yoki tanlashni olib qo‘yish, agar ushbu olib qo‘yish 22-moddaga ko‘ra tegishli muddat tugashiga qadar amalga oshirilsa, xalqaro talabnomani olib qo‘yish deb ko‘rilmasligi kerak; biroq har qanday Ahdlashuvchi davlat yuqorida bayon qilingan qoidani, agar uning milliy idorasi faqat belgilangan muddatda xalqaro talabnomaning nusxasini uning tarjimasi (belgilanganidek) bilan birga va milliy bojni qabul qilgan taqdirda, qo‘llashi mumkinligini o‘z milliy qonunchiligida nazarda tutishi mumkin.
(1) Xalqaro byuro va Xalqaro dastlabki ekspertiza organi talabnoma beruvchining iltimosi yoki roziligisiz istalgan vaqtda har qanday shaxsga yoki organga xalqaro dastlabki ekspertiza materiallaridan foydalana olishga (30(4)-modda mazmunida va undagi shartlarni inobatga olgan holda) ruxsat bermaydi; ushbu qoida tanlangan idoralarga nisbatan xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasi tuzilganidan keyin qo‘llanilmaydi.
(2) (1)-band, shuningdek 36(1) va (3) hamda 37(3)(b)-moddalari qoidalarini inobatga olgan holda Xalqaro byuro va Xalqaro dastlabki ekspertiza organi talabnoma beruvchining iltimosi yoki roziligisiz xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasi tuzilganligi yoki tuzish rad etilganligi, shuningdek talab yoki biror-bir tanlash olib qo‘yilganligi yoki saqlanishi haqidagi axborotni bermaydi.
(1) (a) Agar biror-bir Ahdlashuvchi davlatni tanlash ustuvorlik sanasidan e’tiboran 19 oy tugashiga qadar amalga oshirilgan bo‘lsa, 22-modda qoidalari bunday davlatga nisbatan qo‘llanilmaydi va talabnoma beruvchi xalqaro talabnoma nusxasini (bundan 20-moddaga muvofiq yuborish amalga oshirib bo‘lingan hollar mustasno) va uning tarjimasini (belgilanganidek) taqdim etadi, shuningdek har bir tanlangan idoraga ustuvorlik sanasidan e’tiboran 30 oydan kechikmay boj (agar bu nazarda tutilgan bo‘lsa) to‘laydi.
(b) (a) kichik bandida qayd etib o‘tilgan harakatlarni amalga oshirish uchun har qanday milliy qonunchilikda ushbu bandda nazarda tutilganiga nisbatan kechroq tugaydigan muddatlar belgilanishi mumkin.
(2) Agar talabnoma beruvchi (1)(a)-bandida bayon qilingan harakatlarni (1)(a) yoki (b)-bandida qayd etib o‘tilgan tegishli muddatda bajarmasa, xalqaro talabnomaning 11(3)-moddada nazarda tutilgan amal qilishi, tanlangan davlatda har qanday milliy talabnoma ushbu davlatda olib qo‘yilganidagi kabi oqibatlar bilan tugatiladi.
(3) Har qanday tanlangan davlat, agar talabnoma beruvchi (1)(a) yoki (b)-bandida bayon qilingan talablarni hatto bajarmasa ham, xalqaro talabnomaning 11(3)-moddada nazarda tutilgan amal qilishini saqlab qolishi mumkin.
(1) Agar biror-bir Ahdlashuvchi davlatni tanlash ustuvorlik sanasidan e’tiboran 19-oy tugashiga qadar amalga oshirilgan bo‘lsa, 23-moddaning qoidalari bunday davlatga nisbatan qo‘llanilmaydi va ushbu davlatning milliy idorasi yoki ushbu davlat nomidan amal qiladigan milliy idora (2)-band qoidalarini inobatga olgan holda 39-moddada qayd etib o‘tilgan tegishli muddat tugashiga qadar xalqaro talabnoma bo‘yicha ekspertiza va boshqa tartib-taomilni o‘tkazmaydi.
(2) (1)-band qoidalariga qaramay, har qanday tanlangan idora talabnoma beruvchining maxsus iltimosiga ko‘ra xalqaro talabnoma bo‘yicha ekspertiza va boshqa tartib-taomilni istalgan vaqtda o‘tkazishi mumkin.
(1) Talabnoma beruvchiga har bir tanlangan idorada belgilangan muddatda ixtiro formulasi, ixtiro tavsifi va chizmalarga o‘zgartishlar kiritish imkoniyati taqdim etiladi. Tanlangan idoralar bunday muddat tugashiga qadar patent bermasligi yoki uni berishni rad etmasligi lozim, talabnoma beruvchining maxsus roziligi mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno.
(2) O‘zgartishlar, agar bunga tanlangan davlatning milliy qonunchiligida yo‘l qo‘yilmasa, dastlabki ravishda berilgan xalqaro talabnomada ochib berilganlar doirasidan chiqmasligi kerak.
(3) Ushbu Shartnoma va Yo‘riqnomada nazarda tutilmagan barcha hollarda, o‘zgartishlar tanlangan davlatning milliy qonunchiligi talablariga mos kelishi kerak.
(4) Agar tanlangan idora xalqaro talabnoma tarjimasi taqdim etilishini talab qilsa, o‘zgartishlar tarjima tilida taqdim etilishi kerak.
Tanlangan idora xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasini olgan holda har qanday boshqa tanlangan idorada aynan bitta xalqaro talabnoma ekspertizasiga taalluqli hujjatlarning yoki biror-bir hujjatlar mazmuni haqidagi axborotning nusxalari taqdim etilishini talabnoma beruvchidan talab qilishi mumkin emas.
Qonunchiligi mualliflik guvohnomalari, foydalilik to‘g‘risidagi guvohnomalar, foydali modellar guvohnomalari, qo‘shimcha patentlar yoki qo‘shimcha guvohnomalar, qo‘shimcha mualliflik guvohnomalari yoki foydalilik to‘g‘risidagi qo‘shimcha guvohnomalar berilishini nazarda tutadigan har qanday ko‘rsatilgan yoki tanlangan davlatga nisbatan talabnoma beruvchi Yo‘riqnomada belgilanganidek ushbu davlatda qo‘llanilishiga nisbatan uning xalqaro talabnomasida patent emas, balki mualliflik guvohnomasi, foydalilik to‘g‘risidagi guvohnoma, foydali modelga guvohnoma, qo‘shimcha patent yoki qo‘shimcha guvohnoma,qo‘shimcha mualliflik guvohnomasi yoki foydalilik to‘g‘risidagi qo‘shimcha guvohnoma so‘ralayotganini ko‘rsatishi mumkin; oqibatlar talabnoma beruvchining ushbu ko‘rsatmasi bilan belgilanadi. Ushbu modda maqsadlari va unga taalluqli qoidalar uchun 2(ii)-modda qoidalari qo‘llanilmaydi.
Qonunchiligi patent yoki 43-moddada sanab o‘tilgan muhofaza turlaridan biror-birini so‘rash bilan bir qatorda yana qayd etib o‘tilgan muhofaza turlaridan boshqasini ham so‘rash mumkinligiga yo‘l qo‘yadigan har qanday ko‘rsatilgan yoki tanlangan davlatga nisbatan talabnoma beruvchi Yo‘riqnomada belgilanganidek o‘zi so‘raydigan har ikkala muhofaza turini ko‘rsatishi mumkin; buning oqibatlari talabnoma beruvchining ushbu ko‘rsatmasi bilan belgilanadi. Ushbu modda maqsadlari uchun 2(ii)-modda qoidalari qo‘llanilmaydi.
(1) Mintaqaviy patentlar berilishini nazarda tutadigan va 9-moddaga ko‘ra xalqaro talabnomalar berish huquqidan foydalanuvchi barcha shaxslarga bunday patentlarga talabnomalar berish huquqini taqdim etadigan har qanday shartnoma (mintaqaviy patent to‘g‘risida shartnoma) har ikkala shartnoma — mintaqaviy patent to‘g‘risidagi shartnoma va ushbu Shartnoma ishtirokchisi bo‘lgan davlatni ko‘rsatish yoki tanlashni ichiga olgan xalqaro talabnomalar mintaqaviy patentlar uchun talabnomalar kabi berilishi mumkinligini nazarda tutishi mumkin.
(2) Bunday ko‘rsatilgan yoki tanlangan davlatning milliy qonunchiligi ushbu davlatni xalqaro talabnomada har qanday ko‘rsatilganligini yoki tanlanganligini talabnoma beruvchining mintaqaviy patent to‘g‘risidagi shartnomaga ko‘ra mintaqaviy patent olish istagi sifatida ko‘rilishini nazarda tutishi mumkin.
Agar xalqaro talabnoma bo‘yicha berilgan biror-bir patentdan kelib chiqadigan muhofaza hajmi mazkur talabnomaning noto‘g‘ri tarjimasi tufayli ushbu xalqaro talabnomaning original tilida so‘ralayotgan muhofaza hajmidan ortiq bo‘lsa, manfaatdor Ahdlashuvchi davlatning vakolatli organlari tegishincha va qaytish kuchi bilan patentdan kelib chiqadigan muhofaza hajmini cheklash va uni xalqaro talabnomaning original tilida so‘ralayotgan muhofaza hajmidan ortiq bo‘lgan darajasida haqiqiy emas va bekor qilingan deb e’lon qilish huquqiga ega bo‘ladi.
(1) Ushbu Shartnomada nazarda tutiladigan muddatlarni hisoblashga doir tafsilotlar Yo‘riqnomada belgilanadi.
(2) (a) Ushbu Shartnomaning I va II boblarida belgilangan barcha muddatlar 60-moddaga muvofiq qayta ko‘rib chiqishdan tashqari, Ahdlashuvchi davlatlarning qarori bilan o‘zgartirilishi mumkin.
(b) Bunday qarorlar yoki Assambleyada yoki yozishmalar vositasida ovoz berish bilan qabul qilinadi va bir ovozdan qabul qilingan bo‘lishi kerak.
(1) Agar ushbu Shartnoma yoki Yo‘riqnoma bilan belgilangan biror-bir muddatga pochta xizmatlari ko‘rsatilishidagi uzilishlar yoki muqarrar yo‘qotishlar yoki xat-xabarlar ushlanib qolishi sababiga ko‘ra rioya qilinmagan bo‘lsa, dalillar taqdim etilgan va Yo‘riqnomada belgilangan boshqa shartlarga rioya qilingan taqdirda, Yo‘riqnomada nazarda tutilgan hollarda muddatga rioya qilingan deb hisoblanadi.
(2) (a) Har qanday Ahdlashuvchi davlat o‘ziga taalluqli bo‘lganda, ushbu davlatning milliy qonunchiligida nazarda tutilgan sabablarga ko‘ra muddatlarga rioya qilishda har qanday kechikishlarga yo‘l qo‘yadi.
(b) Har qanday Ahdlashuvchi davlat o‘ziga taalluqli bo‘lganda, (a) kichik bandida qayd etib o‘tilganlardan farqlanadigan boshqa sabablarga ko‘ra muddatlarga rioya qilishda har qanday kechikishlarga yo‘l qo‘yishi mumkin.
Har qanday ishonchli vakil, patent agenti yoki xalqaro talabnoma berilgan milliy idorada ishlarni yuritish huquqiga ega bo‘lgan boshqa shaxs Xalqaro byuroda, vakolatli Xalqaro izlash organida va vakolatli Xalqaro dastlabki ekspertiza organida mazkur talabnoma bo‘yicha ishlarni yuritish huquqiga ham ega bo‘ladi.
(1) Xalqaro byuro e’lon qilingan hujjatlar, birinchi navbatda patentlar va e’lon qilingan talabnomalar asosida o‘zida mavjud bo‘lgan texnik va har qanday tegishli axborotni taqdim etish yo‘li bilan ushbu moddada “axborot xizmatlari” deb atalgan xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin.
(2) Xalqaro byuro ushbu axborot xizmatlarini bevosita yoki bitta yoki bir nechta xalqaro izlash organi orqali yoxud Xalqaro byuro bitimlar tuzishi mumkin bo‘lgan boshqa milliy yoki xalqaro ixtisoslashgan tashkilotlar orqali ko‘rsatishi mumkin.
(3) Axborot xizmatlari texnik bilimlar va texnologiyalarni, jumladan mavjud e’lon qilingan “nou-xau”larni, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘lgan Ahdlashuvchi davlatlar tomonidan xarid qilishga yordam berish uchun amalga oshiriladi.
(4) Axborot xizmatlari Ahdlashuvchi davlatlarning hukumatlariga, ularning fuqarolari va ushbu davlatlarda yashaydigan shaxslarga ko‘rsatiladi. Assambleya bunday xizmatlarni boshqa shaxslarga ham ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
(5) (a) Ahdlashuvchi davlatlarning hukumatlariga har qanday xizmat tannarxi bo‘yicha haq evaziga ko‘rsatiladi; biroq, agar rivojlanayotgan mamlakat bo‘lgan Ahdlashuvchi davlatning hukumatiga taalluqli bo‘lsa, xizmat pastroq haq evaziga ko‘rsatiladi, shu shart bilanki, bunda farq Ahdlashuvchi davlatlarning hukumatlariga emas, balki boshqa shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlardan olinadigan foyda hisobiga yoki 51(4)-moddada qayd etib o‘tilgan manbalar hisobiga qoplanadi.
(b) (a) kichik bandida qayd etib o‘tilgan haq milliy idora tomonidan xizmatlar bajarilganligi uchun yoki Xalqaro izlash organi o‘z majburiyatlarini bajarganligi uchun odatdagi to‘lovlardan tashqari va undan ortiq haq bo‘lib hisoblanadi, deb tushuniladi.
(6) Ushbu modda qoidalarini qo‘llashga doir tafsilotlar Assambleya qarorlari bilan va Assambleya tomonidan, Assambleya ushbu maqsadda tuzishi mumkin bo‘lgan ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatiladigan chegarada belgilanadi.
(7) Assambleya, u buni zarur deb hisoblaganda, (5)-bandda nazarda tutilgan tartibga qo‘shimcha ravishda moliyalashtirish tartibini tavsiya qiladi.
(2) (a) Qo‘mita a’zolari rivojlanayotgan mamlakatlarning lozim darajadagi vakilligini inobatga olgan holda Ahdlashuvchi davlatlar ichidan saylanadi.
(b) Bosh direktor o‘z tashabbusiga yoki Qo‘mitaning iltimosiga ko‘ra rivojlanayotgan mamlakatlarga texnik yordam masalalari bilan shug‘ullanadigan hukumatlararo tashkilotlarning vakillarini Qo‘mita ishida ishtirok etishi uchun taklif etadi.
(3) (a) Qo‘mitaning vazifasi rivojlangan mamlakatlar bo‘lgan Ahdlashuvchi davlatlarga ularning milliy yoki mintaqaviy asosdagi patent tizimlari rivojlanishiga texnik yordamni tashkil qilish va kuzatishdan iborat.
(b) Texnik yordam barchasidan tashqari, yana mutaxassislarni tayyorlash, ekspertlarni safarga jo‘natish va namoyish qilish hamda amaliy qo‘llash uchun uskunalarni yetkazib berishni ham ichiga oladi.
(4) Ushbu moddaga muvofiq, loyihalarni moliyalashtirish uchun Xalqaro byuro bir tarafdan xalqaro moliyaviy tashkilotlar va hukumatlararo tashkilotlar bilan, xususan Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining muassasalari va Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan bog‘liq va texnik yordam ko‘rsatish masalalari bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan, ikkinchi tarafdan texnik yordam olayotgan davlatlarning hukumatlari bilan bitimlar tuzishga intiladi.
(5) Ushbu modda qoidalarini qo‘llashga doir tafsilotlar Assambleya qarorlari bilan va Assambleya tomonidan, Assambleya ushbu maqsadda tuzishi mumkin bo‘lgan ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatiladigan chegarada belgilanadi.
Ushbu bob Shartnomaning boshqa boblarida mavjud bo‘lgan moliyaviy qoidalarga tegishli emas. Ushbu qoidalar mazkur bobga yoki uni qo‘llanilishiga nisbatan tatbiq qilinmaydi.
(1) (a) 57(8)-modda qoidalarini inobatga olgan holda Assambleya Ahdlashuvchi davlatlardan tashkil topgan.
(b) Har bir Ahdlashuvchi davlatning hukumatidan bitta delegat vakil qilingan bo‘lib, u o‘rinbosarlar, maslahatchilar va ekspertlarga ega bo‘lishi mumkin.
(i) Ittifoqning saqlanishi va rivojlanishiga hamda ushbu Shartnoma qo‘llanishiga taalluqli barcha masalalarni ko‘rib chiqadi;
(iii) Xalqaro byuroga qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha konferensiyalarni tayyorlashga doir ko‘rsatmalarni beradi;
(iv) Bosh direktorning Ittifoqqa taalluqli hisobotlarini va faoliyatini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi hamda Ittifoq vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha unga barcha zarur yo‘riqnomalarni beradi;
(v) (9)-bandga muvofiq tashkil qilingan Ijroiya qo‘mitasi faoliyatiga doir hisobotlarni ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi hamda faoliyatini ma’qullaydi, shuningdek unga yo‘riqnomalar beradi;
(vi) Ittifoq dasturini belgilaydi, uning uch yillik budjetini [2]qabul qiladi va moliyaviy hisobotlarini tasdiqlaydi;
(viii) Ittifoq maqsadlarini amalga oshirish uchun zarur deb hisoblaydigan qo‘mitalar va ishchi guruhlarini tuzadi;
(ix) Ahdlashuvchi davlatlar bo‘lmagan qanday davlatlar va (8)-band qoidalarini inobatga olgan holda qanday hukumatlararo va xalqaro nohukumat tashkilotlari uning majlislariga kuzatuvchilar sifatida qo‘yilishi mumkinligini belgilaydi;
(x) Ittifoq maqsadlariga erishish uchun yo‘naltirilgan har qanday lozim darajadagi harakatlarni amalga oshiradi va ushbu Shartnomadan kelib chiqadigan barcha boshqa funksiyalarni bajaradi.
(b) boshqaruvini Tashkilot amalga oshiradigan boshqa Ittifoqlar uchun ham qiziqish uyg‘otadigan masalalar bo‘yicha Assambleya Tashkilotning Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasi fikrini eshitgan holda qarorlar qabul qiladi.
(b) Kvorum mavjud bo‘lmagan taqdirda, Assambleya qarorlar qabul qilishi mumkin, biroq Assambleyaning barcha qarorlari, bundan uning o‘z tartib-taomili qoidalariga taalluqli qarorlar mustasno, Yo‘riqnomada nazarda tutilganidek, yozishmalar vositasida ovoz berish bilan faqat kvorumga va zarur ko‘pchilik ovozga erishilganda kuchga kiradi.
(6) (a) 47(2)(b), 58(2)(b), 58(3) va 61(2)(b)-moddalarning qoidalarini inobatga olgan holda Assambleya o‘z qarorlarini berilgan ovozlarning uchdan ikki qismini tashkil qilgan ko‘pchilik ovoz bilan qabul qiladi.
(7) faqat II bob qoidalari bilan bog‘liq bo‘lgan davlatlar uchun qiziqish uyg‘otadigan masalalar bo‘yicha(4), (5) va (6)-bandlarda Ahdlashuvchi davlatga har qanday havola faqat II bob qoidalari bilan bog‘liq davlatlarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin deb hisoblanadi.
(8) Xalqaro izlash organi yoki Xalqaro dastlabki ekspertiza organi tomonidan tayinlanadigan har qanday hukumatlararo tashkilot Assambleya majlisiga kuzatuvchi sifatida qo‘yiladi.
(9) Ahdlashuvchi davlatlar soni 40 ta davlatdan ortiq bo‘lganida Assambleya Ijroiya qo‘mitani tuzadi. Ushbu Shartnoma va Yo‘riqnomada Ijroiya qo‘mitaga har qanday havola u tuzilganidan keyin ushbu Qo‘mitaga havola sifatida ko‘rib chiqiladi.
(10) Ijroiya qo‘mita tuzilishiga qadar Assambleya dastur va uch yillik [3] budjet doirasida Bosh direktor tomonidan tayyorlangan yillik dasturlar va budjetlarni qabul qiladi.
(11) (a) Assambleya navbatdagi sessiyasiga Bosh direktorning chaqiruviga binoan ikki yilda bir marta va, istisno holatlaridan tashqari, Tashkilotning Bosh assambleyasi yig‘iladigan ayni vaqtda va ayni joyda yig‘iladi.
(b) Assambleya Bosh direktor tomonidan chaqiriladigan navbatdan tashqari sessiyaga Ijroiya qo‘mitaning talabiga ko‘ra yoki Ahdlashuvchi davlatlarning to‘rtdan birining talabiga ko‘ra yig‘iladi.
(2) (a) 57(8)-modda qoidalarini inobatga olgan holda Ijroiya qo‘mita Assambleyaga a’zo davlatlar sonidan Assambleya tomonidan saylangan davlatlardan tashkil topadi.
(b) Ijroiya qo‘mita a’zosi bo‘lgan har bir davlatning hukumati hukumatidan bitta delegat vakil qilingan bo‘lib, u o‘rinbosarlar, maslahatchilar va ekspertlarga ega bo‘lishi mumkin.
(3) Ijroiya qo‘mita a’zosi bo‘lgan davlatlar soni Assambleya a’zosi bo‘lgan davlatlar sonining to‘rtdan bir qismini tashkil qiladi. To‘ldirilishi lozim bo‘lgan joylar sonini aniqlash chog‘ida to‘rtga bo‘lingandan keyin qoladigan qoldiq hisobga qabul qilinmaydi.
(4) Ijroiya qo‘mita a’zolarini saylashda Assambleya adolatli geografik taqsimlanishga lozim darajada e’tibor qaratadi.
(5) (a) Ijroiya qo‘mita a’zolari o‘z funksiyalarini o‘zlari saylangan Assambleya sessiyasi yopilishidan to Assambleyaning keyingi navbatdagi sessiyasi yopilishiga qadar amalga oshiradi.
(b) Ijroiya qo‘mita a’zolari qayta saylanishi mumkin, ammo ularning soni ular tarkibining uchdan ikki qismidan oshmasligi kerak.
(s) Assambleya Ijroiya qo‘mita a’zolarini saylash va ehtimol qilingan qayta saylanishi yuzasidan to‘liq qoidalarni belgilaydi.
(ii) Assambleyaga Ittifoqning Bosh direktor tomonidan tayyorlangan dasturlari va ikki yil budjeti loyihalariga taalluqli takliflarni taqdim etadi;
(iv) Assambleyaga tegishli mulohazalar bilan birga Bosh direktorning davriy hisobotlarini va moliyaviy taftishlar yillik dalolatnomalarini taqdim etadi;
(v) Assambleya qarorlariga muvofiq va Assambleyaning ikkita navbatdagi sessiyalari o‘rtasida yuzaga keladigan holatlarni hisobga olgan holda Bosh direktor tomonidan Ittifoq dasturi bajarilishini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘radi;
(b) boshqaruvini Tashkilot amalga oshiradigan boshqa Ittifoqlar uchun ham qiziqish uyg‘otadigan masalalar bo‘yicha Ijroiya qo‘mita Tashkilotning Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasi fikrini eshitgan holda qarorlar qabul qiladi.
(7) (a) Ijroiya qo‘mita navbatdagi sessiyasiga Bosh direktorning chaqiruviga ko‘ra bir yilda bir marta,imkon qadar Tashkilotning Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasi yig‘iladigan ayni vaqtda va ayni joyda yig‘iladi.
(b) Ijroiya qo‘mita Bosh direktor tomonidan chaqiriladigan navbatdan tashqari sessiyaga o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki Raisning iltimosiga ko‘ra yoxud Ijroiya qo‘mita a’zolarining to‘rtdan birining talabiga ko‘ra yig‘iladi.
(9) Ijroiya qo‘mita a’zolari bo‘lmagan Ahdlashuvchi davlatlar uning majlislariga Xalqaro izlash organi yoki Xalqaro dastlabki ekspertiza organi tomonidan tayinlanadigan har qanday hukumatlararo tashkilot kabi kuzatuvchilar sifatida qo‘yiladi.
(4) Xalqaro byuro Axborotnomani nashr qiladi va Yo‘riqnomada nazarda tutilgan yoki Assambleya tomonidan belgilangan boshqa nashrlarni amalga oshiradi.
(5) Yo‘riqnomada Xalqaro byuro, xalqaro izlash organlari va xalqaro dastlabki ekspertiza organlariga ular tomonidan ushbu Shartnomada nazarda tutilgan vazifalar bajarilishiga yordam berish maqsadida milliy idoralar ko‘rsatadigan xizmatlar belgilanadi.
(6) Bosh direktor va u tomonidan tayinlangan xodim Assambleya va Ijroiya qo‘mitaning hamda ushbu Shartnoma yoki Yo‘riqnomaga muvofiq ta’sis qilingan har qanday boshqa qo‘mita yoki ishchi guruhining barcha majlislarida ovoz berish huquqisiz ishtirok etadi. Bosh direktor yoki u tomonidan tayinlangan xodim ushbu organlarning ex officio kotibi bo‘lib hisoblanadi.
(7) (a) Xalqaro byuro Assambleya ko‘rsatmalariga muvofiq va Ijroiya qo‘mita bilan hamkorlikda qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha konferensiyalarni tayyorlaydi.
(b) Xalqaro byuro hukumatlararo va xalqaro nohukumat tashkilotlari bilan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha konferensiyalarni tayyorlash masalalari bo‘yicha maslahatlashishi mumkin.
(c) Bosh direktor va u tomonidan tayinlangan shaxslar qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha konferensiya ishida ovoz berish huquqisiz ishtirok etadi.
(2) (a) Assambleya Qo‘mita tarkibini belgilaydi va rivojlanayotgan mamlakatlarning adolatli vakilligini inobatga olgan holda uning a’zolarini tayinlaydi.
(b) Xalqaro izlash organlari va Xalqaro dastlabki ekspertiza organlari Qo‘mitaning ex offisio a’zolari bo‘lib hisoblanadi. Bunday Organ sifatida Ahdlashuvchi davlatning milliy idorasi bo‘lgan taqdirda, ushbu davlat Qo‘mitada qo‘shimcha ravishda vakil bo‘lishi mumkin emas.
(c) Agar Ahdlashuvchi davlatlar soni bunga imkon bersa, Qo‘mita a’zolarining umumiy soni ex officio a’zolarining sonidan ikki martadan ortiq bo‘lishi kerak.
(d) Bosh direktor o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki Qo‘mitaning iltimosiga ko‘ra manfaatdor tashkilotlarning vakillarini ular uchun qiziqish uyg‘otadigan masalalarning muhokamasida ishtirok etishga taklif qiladi.
(3) Qo‘mitaning vazifasi quyidagilar bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni tayyorlash yo‘li bilan yordam berishdir:
(ii) bir nechta xalqaro izlash organi va xalqaro dastlabki ekspertiza organi mavjud bo‘lishiga qadar hujjatlarda, ish uslublarida maksimal tarzda birxillikni hamda hisobotlar va xulosalarning maksimal darajada bir xil yuqori sifatini ta’minlash;
(iii) Assambleya yoki Ijroiya qo‘mita tashabbusiga ko‘ra texnik muammolarni, ayniqsa yagona Xalqaro izlash organini tashkil qilish bilan bog‘liq muammolarni hal qilish.
(4) Har qanday Ahdlashuvchi davlat va har qanday xalqaro tashkilot Qo‘mitaga uning vakolatiga kiradigan har qanday masalalar bo‘yicha yozma ravishda murojaat qilishi mumkin.
(5) Qo‘mita Bosh direktorga yoki u orqali Assambleyaga, Ijroiya qo‘mitaga, barcha yoki alohida xalqaro izlash organlariga yoki xalqaro dastlabki ekspertiza organlariga, shuningdek barcha yoki alohida qabul qiluvchi idoralarga o‘z takliflari va tavsiyalarini berishi mumkin.
(6) (a) Har qanday holatda ham Bosh direktor Qo‘mitaning barcha takliflari va tavsiyalari matnlarini Ijroiya qo‘mitaga yuboradi. Bosh direktorga ushbu matnlarni sharhlash huquqi taqdim etiladi.
(b) Ijroiya qo‘mita Qo‘mitaning har qanday taklifi, har qanday tavsiyasi yoki boshqa harakatlari bo‘yicha o‘z fikrini bildirishi, shuningdek Qo‘mitaga uning vakolatiga kiradigan har qanday masalani o‘rganishni topshirish va bu haqda axborot berishi mumkin. Ijroiya qo‘mita tegishli sharhlar bilan Qo‘mitaning takliflari, tavsiyalari va dokladlarini Assambleya ko‘rib chiqishi uchun kiritishi mumkin.
(7) Ijroiya qo‘mita tuzilishiga qadar (6)-banddagi Ijroiya qo‘mitaga havola Assambleyaga havola deb hisoblanadi.
(b) Ittifoq budjeti Ittifoqning o‘z tushumlari va xarajatlarini hamda boshqaruvini Tashkilot amalga oshiradigan Ittifoqlar uchun umumiy bo‘lgan xarajatlar budjetiga uning badalini ichiga oladi.
(c) Mutlaq ushbu Ittifoqqa taalluqli bo‘lmagan, balki boshqaruvini Tashkilot amalga oshiradigan bitta yoki bir nechta boshqa Ittifoqqa taalluqli bo‘lgan xarajatlar Ittifoqlar uchun umumiy bo‘lgan xarajatlar deb hisoblanadi. Ushbu umumiy xarajatlarda Ittifoqning ulushi uning mazkur xarajatlarga bo‘lgan manfaatdorligiga mos keladi.
(2) Ittifoq budjeti boshqaruvini Tashkilot amalga oshiradigan boshqa Ittifoqlar budjetlari bilan muvofiqlashtirish talablarini lozim darajada hisobga olgan holda qabul qilinadi.
(3) (5)-band qoidalarini inobatga olgan holda Ittifoq budjeti quyidagi manbalardan moliyalashtiriladi:
(i) Xalqaro byuro tomonidan Ittifoqqa taalluqli xizmatlar taqdim qilinganligi uchun bojlar va to‘lovlar;
(ii) Xalqaro byuroning Ittifoqqa taalluqli nashrlarini sotishdan yoki bunday nashrlarga bo‘lgan huquqlarni berishdan keladigan tushumlar;
(4) Xalqaro byuro xizmatlari uchun bojlar va to‘lovlarning miqdorlari, shuningdek uning nashrlari narxlari normal holatlarda ular Xalqaro byuroning ushbu Shartnomaga taalluqli ma’muriy funksiyalarini amalga oshirishga doir barcha xarajatlari qoplanishini hisobga olgan holda belgilanadi.
(5) (a) Agar biror-bir moliya yili taqchillik bilan tugagan taqdirda, Ahdlashuvchi davlatlar (b) va (c) kichik bandlarining qoidalarini inobatga olgan holda ushbu taqchillikni qoplash uchun badallar to‘lashi shart.
(b) Har bir Ahdlashuvchi davlatning badal miqdori ulardan har biri tomonidan tegishli yil davomida berilgan xalqaro talabnomalar sonini lozim darajada hisobga olgan holda Assambleya tomonidan belgilanadi.
(c) Agar taqchillikni yoki uning har qanday qismini vaqtincha qoplashning boshqa manbalari mavjud bo‘lsa, Assambleya ushbu taqchillikni keyingi yilga o‘tkazish haqida qaror qabul qilishi va Ahdlashuvchi davlatlardan badallarni to‘lashni talab qilmasligi mumkin.
(d) Agar Ittifoqning moliyaviy holati imkon bersa, Assambleya (a) kichik bandiga muvofiq to‘langan har qanday badallar ushbu badallarni to‘lagan Ahdlashuvchi davlatlarga qoplab berilishi haqida qaror qabul qilishi mumkin.
(e) Assambleya tomonidan belgilangan sanadan e’tiboran ikki yil ichida (b) kichik bandiga muvofiq o‘z badalini to‘lamagan Ahdlashuvchi davlat Ittifoqning har qanday organida ovoz berish huquqini yo‘qotadi. Biroq ushbu organlardan istalgani bunday davlatga,to‘lov muddatini o‘tkazib yuborish favqulodda va muqarrar holatlar natijasida yuz bergan deb qat’iy ishonishiga qadar, ushbu organda ovoz berish huquqidan foydalanishni davom ettirishga ruxsat berishi mumkin.
(6) Agar budjet yangi moliyaviy davr boshlanishiga qadar qabul qilinmasa, u holda moliyaviy reglamentda nazarda tutilgan tartibga muvofiq avvalgi yil darajasidagi budjet amal qiladi.
(7) (a) Ittifoq aylanma mablag‘lar jamg‘armasiga ega bo‘lib, u har bir Ahdlashuvchi davlat tomonidan kiritiladigan bir martalik to‘lovdan tashkil topadi. Agar aylanma mablag‘lar jamg‘armasi yetarli bo‘lmasa, Assambleya uni oshirish uchun choralar ko‘radi. Agar ushbu jamg‘arma mablag‘larining qismi kerak bo‘lmasa, u Ahdlashuvchi davlatlarga qoplab beriladi.
(b) Har bir Ahdlashuvchi davlatning mazkur jamg‘armaga dastlabki to‘lovining miqdori yoki uning ushbu jamg‘armani oshirishdagi ulushi (5)(b)-bandida nazarda tutilgan aynan o‘sha prinsiplar asosida Assambleya tomonidan belgilanadi.
(c) To‘lov shartlari Bosh direktorning taklifiga ko‘ra va Tashkilot Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasining fikri eshitilganidan keyin Assambleya tomonidan belgilanadi.
(d) Badallarning har qanday qoplanishi har bir Ahdlashuvchi davlat tomonidan to‘langan summalarga ular to‘langan sanalarini hisobga olgan holda mutanosib bo‘lishi kerak.
(8) (a) Hududida Tashkilot o‘z qarorgohiga ega bo‘lgan davlat bilan tuziladigan Qarorgoh haqidagi bitimda aylanma mablag‘lar jamg‘armasi yetarli bo‘lmagan hollarda ushbu davlat bo‘naklar taqdim etishi nazarda tutiladi. Ushbu bo‘naklar summasi va ular taqdim etiladigan shartlar har bir holatda ushbu davlat va Tashkilot o‘rtasida alohida kelishuv predmeti bo‘lib hisoblanadi. Bunday davlat bo‘naklarni taqdim etish majburiyati bilan bog‘liq bo‘lishiga qadar u Assambleya va Ijroiya qo‘mitada ex officio tarzda bir o‘ringa ega bo‘ladi.
(b) (a) kichik bandida qayd etib o‘tilgan davlat ham, Tashkilot ham yozma ravishda xabardor qilgan holda bo‘naklarni taqdim etish to‘g‘risidagi majburiyatni denonsatsiya qilish huquqiga ega. Denonsatsiya bildirishnoma berilgan yil yakunlanganidan keyin uch yil o‘tgach kuchga kiradi.
(9) Moliyaviy taftish moliyaviy reglament qoidalariga muvofiq bitta yoki bir nechta Ahdlashuvchi davlat yoki ularning roziligiga ko‘ra Assambleya tomonidan tayinlanadigan tashqi revizorlar tomonidan amalga oshiriladi.
(i) ushbu Shartnoma Yo‘riqnomaga maxsus havola qiladigan talablarga yoki ular belgilanganligini yoki belgilanishi mumkinligini maxsus nazarda tutadigan talablarga doir;
(iii) ushbu Shartnoma qoidalarini qo‘llash uchun foydali bo‘lgan har qanday tafsilotlarga doir qoidalarni ichiga oladi.
(b) (3)-band qoidalarini inobatga olgan holda o‘zgartishlar berilgan ovozlarning to‘rtdan uch qismiga ega bo‘lgan ko‘pchilik bilan qabul qilinadi.
(ii) faqat milliy idorasi Xalqaro izlash organi yoki Xalqaro dastlabki ekspertiza organi sifatida amal qiladigan Ahdlashuvchi davlatning hech biri qarshi bo‘lmasligi sharti bilan, bunday Organ vazifalarini hukumatlararo tashkilot bajargan taqdirda esa, mazkur hukumatlararo tashkilotning tegishli instansiyasi doirasida boshqa a’zo davlatlar tomonidan bunga vakil qilingan ushbu tashkilotning a’zosi bo‘lgan davlat qarshi bo‘lmasligi sharti bilan o‘zgartirilishi mumkin.
(b) Qo‘llaniladigan talablarning bunday qoidalardan biror-biriga kelajakda tatbiq etilmasligi tegishincha (a)(i) yoki (a)(ii) kichik bandlarida nazarda tutilgan shartlar bajarilishini talab qiladi.
(c) (a) kichik bandida nazarda tutilgan talablarning kelajakda biror-bir qoidaga nisbatan tatbiq qilinishi bir ovozdan qaror qabul qilinishini talab qiladi.
(4) Yo‘riqnoma Bosh direktor tomonidan Assambleya nazorati ostida Ma’muriy yo‘riqnoma ishlab chiqilishini nazarda tutadi.
(5) Ushbu Shartnoma qoidalari va Yo‘riqnoma o‘rtasida tafovutlar aniqlangan taqdirda, Shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
64(5)-modda qoidalarini inobatga olgan holda ikkita yoki bir nechta Ahdlashuvchi davlatlar o‘rtasida ushbu Shartnoma yoki Yo‘riqnomani talqin qilishga doir har qanday nizo muzokaralar yo‘li bilan hal qilinmagan taqdirda, agar faqat manfaatdor davlatlar nizoni hal qilishning boshqa usuli haqida kelishib olmasa, har qanday manfaatdor davlat tomonidan Sud Maqomiga muvofiq ariza berilishi yo‘li bilan Xalqaro sudga berilishi mumkin. Ariza berayotgan Ahdlashuvchi davlat Sudda ko‘rib chiqilishi uchun berilgan nizo haqida Xalqaro byuroga xabar berishi kerak; Xalqaro byuro bu haqda qolgan Ahdlashuvchi davlatlarni xabardor qilishi kerak.
(1) Ushbu Shartnoma Ahdlashuvchi davlatlarning maxsus konferensiyalarida vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
(2) Qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha konferensiyani chaqirish to‘g‘risidagi qaror Assambleya tomonidan qabul qilinadi.
(3) Xalqaro izlash organi yoki Xalqaro dastlabki ekspertiza organi tomonidan tayinlangan har qanday hukumatlararo tashkilot qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha konferensiya majlisiga kuzatuvchi sifatida qo‘yiladi.
(4) 53(5), (9) va (11), 54, 55(4)-(8), 56 va 57-moddalarga tuzatishlar qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha konferensiyada yoki 61-modda qoidalariga muvofiq qabul qilinishi mumkin.
(1) (a) 53(5), (9) va (11), 54, 55(4)-(8), 56 va 57-moddalarga tuzatishlar kiritish haqidagi takliflar Assambleya a’zosi bo‘lgan har qanday davlat, Ijroiya qo‘mita yoki Bosh direktor tomonidan berilishi mumkin.
(b) Bunday takliflar Ahdlashuvchi davlatlarga eng kamida ularni Assambleya tomonidan ko‘rib chiqilishiga qadar olti oy oldin Bosh direktor tomonidan yuboriladi.
(b) Tuzatishlarni qabul qilish uchun berilgan ovozlarning to‘rtdan uch qismiga teng ko‘pchilik talab qilinadi.
(3) (a) (1)-bandda qayd etib o‘tilgan moddalarga har qanday tuzatish har bir davlatning konstitutsiyaviy tartib-taomiliga muvofiq amalga oshirilgan uning qabul qilinganligi haqidagi yozma bildirishnomalar ushbu tuzatish qabul qilinishi vaqtida Assambleya a’zolari bo‘lgan davlatlarning to‘rtdan uch qismidan Bosh direktor tomonidan olinganidan keyin bir oy o‘tgach kuchga kiradi.
(b) Mazkur moddalarga bunday tarzda qabul qilingan har qanday tuzatish u kuchga kirgan vaqtda Assambleya a’zosi bo‘lgan barcha davlatlar uchun majburiydir; biroq Ahdlashuvchi davlatlarning moliyaviy majburiyatlarini oshiruvchi har qanday tuzatish faqat bunday tuzatish ular tomonidan qabul qilinganligi haqida xabardor qilgan davlatlar uchun majburiydir.
(c) (a) kichik bandi qoidalariga muvofiq qabul qilingan har qanday tuzatish mazkur tuzatish (a) kichik bandi qoidalariga muvofiq kuchga kirgan sanadan keyin Assambleya a’zolari bo‘lgan barcha davlatlar uchun majburiydir.
(ii) Shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjat saqlash uchun topshirilishi yo‘li bilan ushbu Shartnoma ishtirokchisi bo‘lishi mumkin.
(2) Ratifikatsiya yorliqlari yoki Shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjatlar Bosh direktorga saqlash uchun topshiriladi.
(3) Sanoat mulkini muhofaza qilishga doir Parij konvensiyasining Stokxolm Hujjati 24-moddasi qoidalari ushbu Shartnomaga nisbatan qo‘llanadi.
(4) (3)-band mazkur bandga binoan ushbu Shartnoma boshqa Ahdlashuvchi davlat tomonidan qo‘llaniladigan hududga nisbatan amaldagi holatning har qanday Ahdlashuvchi davlat tomonidan e’tirozsiz tan olinishini yoki qabul qilinishini bildiradigan tarzda hech qaysi holda ham talqin qilinishi kerak emas.
(1) (a) Ushbu Shartnoma (3)-band qoidalarini inobatga olgan holda sakkizta davlat o‘z ratifikatsiya yorliqlarini yoki Shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjatlarni saqlash uchun topshirganidan keyin uch oy o‘tgach kuchga kiradi, shu shart bilanki, bunda sakkizta davlatdan eng kamida to‘rtta davlat quyidagi har qanday talablarni qanoatlantiradi:
(i) bunday davlatda berilgan talabnomalar soni Xalqaro byuro tomonidan e’lon qilingan so‘nggi har yillik statistika ma’lumotlariga ko‘ra 40 000 dan oshgan;
(ii) bunday davlat fuqarolari yoki ushbu davlatda yashaydigan shaxslar Xalqaro byuro tomonidan e’lon qilingan so‘nggi har yillik statistika ma’lumotlariga ko‘ra biror-bir xorijiy mamlakatga eng kamida 1000 ta talabnoma bergan;
(iii) bunday davlatning milliy idorasi Xalqaro byuro tomonidan e’lon qilingan so‘nggi har yillik statistika ma’lumotlariga ko‘ra xorijiy mamlakatlarning fuqarolaridan yoki ushbu mamlakatlarda yashaydigan shaxslardan eng kamida 1000 ta talabnoma qabul qilgan.
(b) Ushbu band maqsadlari uchun “talabnomalar” tushunchasi foydali modellarga talabnomalarni ichiga olmaydi.
(2) (3)-band qoidalarini inobatga olgan holda ushbu Shartnoma (1)-bandga muvofiq kuchga kirgan sanada uning ishtirokchisi bo‘lmagan har qanday davlat u ratifikatsiya yorlig‘i yoki Shartnomaga qo‘shilishi to‘g‘risidagi hujjatni saqlash uchun topshirgan sanadan keyin uch oy o‘tgach mazkur Shartnoma qoidalari bilan bog‘liq bo‘lib qoladi.
(3) II bob qoidalari va ushbu Shartnomaga ilova qilinadigan, ularga taalluqli bo‘lgan Yo‘riqnoma qoidalari faqat har biri (1)-bandda sanab o‘tilgan uchta talabdan eng kamida bittasini qanoatlantiradigan,II bob qoidalari bilan o‘zlarini bog‘liq deb hisoblamasligi haqida 64(1)-moddada nazarda tutilgan izohlar bermagan uchta davlat ushbu Shartnoma ishtirokchilariga aylangan sanadan e’tiboran qo‘llaniladi. Biroq ushbu sana (1)-bandga muvofiq Shartnoma kuchga kirgan sanaga nisbatan erta bo‘lmasligi kerak.
(1) (a) Har qanday davlat u o‘zini II bob qoidalari bilan bog‘liq deb hisoblamasligi haqida ma’lum qilishi mumkin.
(b) (a) kichik bandiga ko‘ra izohni bayon qilgan davlatlar II bob qoidalari bilan bog‘liq bo‘lmaydi va ularga Yo‘riqnoma qoidalari bilan taalluqli bo‘lmaydi.
(2) (a) (1)(a)-bandiga ko‘ra izohni bayon qilmagan har qanday davlat quyidagilarni ma’lum qilishi mumkin:
(i) u o‘zini xalqaro talabnoma nusxasi va uning tarjimasini (belgilanganidek) taqdim etishga nisbatan39(1)-modda qoidalari bilan bog‘liq deb hisoblamaydi;
(ii) xalqaro talabnomani milliy bosqichda ko‘rib chiqishni kechiktirishga nisbatan 40-modda qoidalari bilan nazarda tutilgan majburiyat xalqaro talabnomani yoki uning tarjimasini mazkur davlatning milliy idorasi tomonidan yoki ushbu idora vositasida e’lon qilinishiga to‘sqinlik qilmaydi. Biroq bunda mazkur davlat 30 va 38-moddalarda nazarda tutilgan cheklovlardan ozod qilinmasligi tushuniladi.
(b) Bunday izohni bayon qiluvchi davlatlar ularning bayonotlariga tegishli tarzda mazkur qoidalar bilan bog‘liq bo‘ladi.
(3) (a) Har qanday davlat mazkur davlatga taalluqli bo‘lgan hollarda xalqaro talabnomaning xalqaro e’lon qilinishi talab qilinmasligini ma’lum qilishi mumkin.
(b) Agar ustuvorlik sanasidan 18 oy tugashiga xalqaro talabnoma (a) kichik bandiga muvofiq izohni bayon qilgan faqat bunday davlatlar ko‘rsatilishini ichiga olsa, xalqaro talabnoma 21(2)-moddada nazarda tutilgani kabi e’lon qilinmaydi.
(c) Biroq (b) kichik bandi qoidalari qo‘llanilgan taqdirda ham xalqaro talabnoma Xalqaro byuro tomonidan quyidagi hollarda e’lon qilinadi:
(ii) xalqaro talabnomaga asoslangan milliy talabnoma yoki patent ko‘rsatilgan davlatning milliy idorasi tomonidan yoki ushbu davlat (a) kichik bandiga muvofiq ma’lum qilganda uning nomidan e’lon qilinganidan keyin darhol, ammo ustuvorlik sanasidan 18 oydan erta bo‘lmagan holda.
(4) (a) Milliy qonunchiligi o‘z patentlarini e’lon qilish sanasidan ilgarigi sanadan e’tiboran texnika darajasiga ta’sirini nazarda tutadigan, ammo texnika darajasini aniqlash maqsadlari uchun Sanoat mulkini muhofaza qilishga doir Parij konvensiyasiga ko‘ra bayon qilingan ustuvorlik sanasini ushbu davlatga talabnoma amalda berilgan sanasiga tenglashtirmaydigan har qanday davlat uning ko‘rsatilganligini ichiga olgan xalqaro talabnomani ushbu davlatdan tashqarida berilishi texnika darajasini aniqlash maqsadlari uchun xalqaro talabnomani ushbu davlatga haqiqatda berishga tenglashtirilmaydi.
(b) (a) kichik bandiga muvofiq izohni bayon qiluvchi har qanday davlat ushbu qismda 11(3)-modda qoidalari bilan bog‘lanmagan.
(c) (a) kichik bandiga muvofiq izohni bayon qiluvchi har qanday davlat bir vaqtda mazkur davlatda uning ko‘rsatilganligini ichiga olgan har qanday xalqaro talabnomaning texnika darajasiga ta’siri qaysi sanadan e’tiboran va qanday shartlarda haqiqiy bo‘lishini yozma ravishda xabar qilishi kerak. Ushbu xabar Bosh direktorga yo‘llanadigan bildirishnoma berish yo‘li bilan har qanday vaqtda o‘zgartirilishi mumkin.
(5) Har qanday davlat u o‘zini 59-modda qoidalari bilan bog‘liq deb hisoblamasligini ma’lum qilishi mumkin. Izohni bayon qilgan biror-bir Ahdlashuvchi davlat va boshqa har qanday Ahdlashuvchi davlat o‘rtasida har qanday nizo bo‘lgan taqdirda, 59-modda qoidalari qo‘llanilmaydi.
(6) (a) Ushbu moddaga muvofiq bayon qilingan har qanday izoh yozma ravishda bo‘lishi kerak. U ushbu Shartnomani imzolash vaqtida, ratifikatsiya yorlig‘ini yoki Shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjatni saqlash uchun topshirish vaqtida, bundan (5)-bandda nazarda tutilgan holat mustasno, har qanday kechroq vaqtda Bosh direktorga yo‘llangan bildirishnoma yo‘li bilan bayon qilinishi mumkin. Bunday bildirishnoma bo‘lgan taqdirda, izoh Bosh direktor bildirishnomani olgan sanadan e’tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi va ushbu olti oylik muddat tugashiga qadar berilgan xalqaro talabnomalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(b) Ushbu moddaga muvofiq bayon qilingan har qanday izoh Bosh direktorga yo‘llangan bildirishnoma berish yo‘li bilan har qanday vaqtda olib qo‘yilishi mumkin. Bunday olib qo‘yish Bosh direktor bildirishnomani olgan sanadan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi va (3)-bandga ko‘ra bayon qilingan izoh olib qo‘yilgan taqdirda, ushbu uch oylik muddat tugashiga qadar berilgan xalqaro talabnomalarga nisbatan tatbiq qilinmaydi.
(7) Ushbu Shartnoma (1) dan (5) gacha bandlarda nazarda tutilgan izohlardan tashqari boshqa izohlarga yo‘l qo‘ymaydi.
(1) Agar biror-bir Xalqaro izlash organi yoki Xalqaro dastlabki ekspertiza organi bilan kelishuv bunday Organ ko‘rib chiqish majburiyatini olgan xalqaro talabnomalar soni yoki turiga vaqtinchalik cheklashni nazarda tutsa, Assambleya xalqaro talabnomalarning ma’lum toifasiga nisbatan ushbu Shartnoma va Yo‘riqnomani bosqichma-bosqich qo‘llash uchun zarur bo‘lgan choralarni ko‘radi. Ushbu qoida 15(5)-moddaga ko‘ra xalqaro turda izlashni o‘tkazish haqidagi iltimoslarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
(2) Assambleya sanalarni belgilaydi, ulardan e’tiboran (1)-band qoidalarini inobatga olgan holda xalqaro talabnomalar va xalqaro dastlabki ekspertiza o‘tkazilishiga talablar berilishi mumkin. Ushbu sanalar tegishincha 63(1)-modda qoidalariga ko‘ra ushbu Shartnoma kuchga kirganidan keyin yoki 63(3)-modda qoidalariga ko‘ra II bob qo‘llanishi boshlanishidan keyin olti oydan kech bo‘lmasligi kerak.
(1) Har qanday Ahdlashuvchi davlat ushbu Shartnomani Bosh direktorga yo‘naltirilgan bildirishnoma yo‘li bilan denonsatsiya qilishi mumkin.
(2) Denonsatsiya Bosh direktor tomonidan bildirishnoma olingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi. Denonsatsiya, agar ushbu olti oylik muddat tugashiga qadar xalqaro talabnoma berilgan bo‘lsa va denonsatsiya qiluvchi davlat tanlanganda ushbu tanlash amalga oshirilgan bo‘lsa, denonsatsiya qilinayotgan davlatda xalqaro talabnomaning amal qilishini tugatmaydi.
(1) (a) Ushbu Shartnoma ingliz va fransuz tillarida bittadan nusxada imzolanadi, bunda har ikkala matn to‘laligicha bir-biriga to‘g‘ri.
(b) Rasmiy matnlar manfaatdor hukumatlar bilan maslahatlashuvlardan keyin Bosh direktor tomonidan ispan, nemis, portugal, rus va yapon tillarida, shuningdek Assambleya aniqlaydigan boshqa tillarda ishlab chiqiladi.
(1) Ushbu Shartnomaning asl matni u imzolash uchun yopilganidan keyin Bosh direktorga saqlash uchun topshiriladi.
(2) Bosh direktor ushbu Shartnoma va unga ilova qilinadigan Yo‘riqnomaning o‘zi tomonidan lozim darajada tasdiqlangan ikkita nusxasini Sanoat mulkini muhofaza qilishga doir Parij konvensiyasiga a’zo barcha davlatlarning hukumatlariga va so‘rov bo‘yicha boshqa har qanday davlatning hukumatiga yuboradi.
(3) Bosh direktor ushbu Shartnomani Birlashgan Millatlar Tashkiloti Kotibiyatida ro‘yxatdan o‘tkazadi.
(4) Bosh direktor ushbu Shartnoma va Yo‘riqnomaga kiritilgan har qanday tuzatishning o‘zi tomonidan lozim darajada tasdiqlangan ikkita nusxasini barcha Ahdlashuvchi davlatlarning hukumatlariga va so‘rov bo‘yicha boshqa har qanday davlatning hukumatiga yuboradi.
Bosh direktor Sanoat mulkini muhofaza qilishga doir Parij konvensiyasiga a’zo barcha davlatlarni quyidagilar haqida xabardor qiladi:
(ii) 62-moddaga muvofiq qo‘shilish to‘g‘risidagi ratifikatsiya yorliqlari yoki hujjatlarini saqlash uchun topshirish haqida;