O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 15, 17, 18, va 20-moddalariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasida Uy-joy fondini davlat yo‘li bilan hisobga olishning yagona tizimi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-iyundagi 152-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2009-y., 24-son, 269-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tumanlar (shaharlar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari faoliyatiga metodik rahbarlikni, shuningdek uy-joy fondi hisobi yuritilishini ta’minlasin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasida uy-joy fondini davlat yo‘li bilan hisobga olishning yagona tizimi to‘g‘risidagi nizom amalga kiritilgunga qadar tuzilgan inventar hujjatlar yig‘ma jildi, ro‘yxatdan o‘tkazish daftarlari va boshqa hujjatlar haqiqiy hisoblanadi.
4. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Uylar va xonalarning texnik va sanitar ahvolini tekshirish hamda ularning yashash uchun yaroqsizligini tan olish to‘g‘risida, shuningdek, ularni boshqa maqsadlarda foydalanish uchun qayta sozlashni yoki buzishni amalga oshirish to‘g‘risida” 1985-yil 6-dekabrdagi 605-son qarori (O‘zSSR QT, 1985-y., 12-son, 58-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasida uy-joy fondini, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, davlat yo‘li bilan hisobga olishning yagona tizimini belgilaydi va ko‘chmas mulk davlat kadastrining tarkibiy elementi hisoblanadi.
2. Uy-joy fondi obyektlarining joylashgan o‘rni, son va sifat tarkibi, texnik holati, obodonlashtirish darajasi va ularning qiymati to‘g‘risida ma’lumot olish hamda ushbu ko‘rsatkichlarni o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasida uy-joy fondini davlat yo‘li bilan hisobga olishning asosiy vazifasi hisoblanadi.
3. Insonning yashashi uchun yaroqli bo‘lgan turar joylar, shu jumladan, uylar, kvartiralar, xizmat turar joylari, maxsus uylar (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolg‘iz keksalar internat-uylari, shuningdek, bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadlar uchun mo‘ljallangan uylar) davlat yo‘li bilan hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Uylar va turar joylarni uy-joy fondiga kiritish, ularni uy-joy fondidan chiqarish, Uylar va turar joylarni uy-joy fondiga kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga, Uylar va turar joylarni uy-joy fondidan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga hamda O‘zbekiston Respublikasining uy-joy to‘g‘risidagi boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasida uy-joy fondini davlat yo‘li bilan hisobga olishning yagona tizimi texnik (tezkor) va idoraviy statistika hisobini o‘z ichiga oladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Texnik inventarizatsiya o‘tkazish va uylar hamda turar joylarga egalik huquqini va boshqa mulkiy huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi uchun hisobga olishning yagona tizimi bo‘yicha uy-joy fondini, uning qaysi idoraga qarashliligi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, texnik hisobga olish davlat yo‘li bilan hisobga olishning asosini tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Uylar va turar joylarni texnik hisobga olish hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish to‘g‘risida” 1997-yil 2-iyundagi 278-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Uy-joy fondini texnik hisobga olishni yuritish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tumanlar (shaharlar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalariga yuklanadi.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tumanlar (shaharlar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari uy-joy fondini, uning qaysi idoraga qarashliligi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, texnik hisobga olishni amalga oshiradilar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tumanlar (shaharlar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
uylar va turar joylarni baholashga va qayta baholashga, shu jumladan, soliq olish maqsadida baholashga va qayta baholashga;
axborot va konsultativ xizmat ko‘rsatish va uy-joy fondini davlat yo‘li bilan hisobga olish bilan bog‘liq boshqa faoliyatni amalga oshirishga majburdirlar.
8. Uy va turar joyning inventar yig‘ma jildi uy yoki turar joy foydalanish uchun qabul qilib olinayotganda yoxud turar joy uy-joy fondiga kiritilayotganda tuziladi.
Keyingi texnik hisobga olish uylar va turar joylarni vaqti-vaqti bilan rejali xatlashlar o‘tkazish yo‘li bilan besh yilda kamida bir marta, shuningdek rejadan tashqari tekshirishlar jarayonida hisobga olish ko‘rsatkichlari o‘zgarishlari aniqlanishiga qarab amalga oshiriladi.
9. Inventarizatsiya ma’lumotlari va uy-joy fondini texnik hisobga olishning boshqa ma’lumotlari, agar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, quyidagi hollarda qo‘llanish uchun majburiydir:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — 2012-y., 44-son, 507-modda)
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni hamda ko‘chmas mulkka oid bitishuvlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda;
turar joy sohasida ko‘chmas mulkka solinadigan soliqni hisoblash va uning bazasini nazorat qilishda;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Uylar va turar joylarni rejali texnik inventarizatsiyalash “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tumanlar (shaharlar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan ular mulkdorlarining mablag‘lari hisobiga, joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadigan stavkalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Rejadan tashqari tekshirishlar uylar va turar joylar mulkdorlarining buyurtmanomalariga ko‘ra, shartnoma narxlari bo‘yicha “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tumanlar (shaharlar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Qurilishi tugallangan uy va turar joyga ijroni hisobga olish texnik hujjati “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tumanlar (shaharlar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan tuziladi, qabul komissiyasi buyurtmachisi (imorat soluvchi) tomonidan ko‘rsatilgan hujjatlar tarkibiga kiritiladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Uylarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomalarisiz ularning inventar hujjatlar yig‘ma jildini berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Uy va turar joyning inventar yig‘ma jildidan olingan ma’lumotlar ayrim turlaridan ko‘chirmalar va nusxalar mustaqil hujjatlarni tashkil etadi, ularni berish tartibi joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Uylar, turar joylarni hisobga olish davlat kadastri yagona tizimining boshqa kadastrlar bilan texnologik aloqalarini ta’minlovchi avtomatik boshqarish tizimi vositalarini qo‘llagan holda uy-joy fondi reyestrini yuritish yo‘li bilan “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tumanlar (shaharlar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Uy-joy fondining hisobga olish — texnik, hujjatlar yig‘ma jildi, ro‘yxatdan o‘tkazish daftarlari, inventar hujjatlar yig‘ma jildida shakllangan ro‘yxatdan o‘tkazilgan hujjatlarning nusxalari, boshqa inventarizatsiya hujjatlari “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tumanlar (shaharlar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari arxivida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi davlat arxivlarida saqlanadi.
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tumanlar (shaharlar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari arxivlari O‘zbekiston Respublikasi davlat arxiv fondiga kiradi va joylardagi davlat hokimiyati organlari foydalanishida bo‘lgan respublika mulki hisoblanadi.
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tumanlar (shaharlar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari arxivlarining begonalashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
15. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tumanlar (shaharlar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari va boshqa organlar mansabdor shaxslarining mazkur Nizom talablarining zarur darajada bajarilishi uchun javobgarligi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom uylar va turar joylarni uy-joy fondiga kiritish asoslari va shartlarini tartibga soladi.
2. Uy-joy fondi — inson yashashi uchun yaroqli bo‘lgan turar joydan, shu jumladan, uylar, kvartiralar, xizmat turar joylari, maxsus uylar (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolg‘iz qariyalar, internat-uylar, shuningdek, bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar)dan iborat bo‘lgan fond.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Qurilish tugallangandan keyin uylar va turar joylarni, mulkchilik shakllari va idoraviy bo‘ysunishlaridan qat’i nazar, foydalanishga qabul qilib olish tuman, shahar hokimi tomonidan tayinlanadigan qabul qilish komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Bog‘dorchilik va boshqa yer uchastkalarida joylashgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 9-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob beradigan imoratlarga ega bo‘lgan shaxslar shu imoratlarni uylar sifatida rasmiylashtirishni va ularni uy-joy fondiga kiritishni talab qilishga haqlidirlar. Ushbu talablar ular tomonidan “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tumanlar (shaharlar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasiga joylardagi davlat hokimiyati organlarining bog‘dorchilik shirkatlari va boshqa shirkatlar (kooperativlar) uchun yer uchastkasi ajratish to‘g‘risidagi qarori hamda tuman, shahar hokimining ko‘rsatib o‘tilgan imoratlarni uylar sifatida rasmiylashtirish to‘g‘risidagi qarori taqdim etilgan taqdirda qondirilishi mumkin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
uy-joylardagi savdo, maishiy va nosanoat tusidagi boshqa ehtiyojlar uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar;
uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarida tiklangan, ularda fuqarolarning qancha vaqt yashashidan qat’i nazar, mavsumiy va vaqtincha yashash uchun mo‘ljallangan imoratlar va joylar;
Oldingi tahrirga qarang.
9. Mulkdor tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi turar joyga yoki kvartiraga mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi hamda bino va inshootga mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomani beradi, u turar joy yoki kvartiraning uy- joy fondiga kiritilganligining tasdig‘i hisoblanadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Turar joylarga va kvartiralarga huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — 2012-y., 44-son, 507-modda)
1. Mazkur Nizom uylarni va turar joylarni uy-joy fondidan chiqarish asoslarini va shartlarini tartibga soladi.
2. Uylar va turar joylar mulkdorlari, uy-joylarga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash bo‘yicha boshqaruvchi tashkilotlar muntazam ravishda rejali — ogohlantiruvchi va rejadan tashqari ko‘riklar o‘tkazish yo‘li bilan uylar va turar joylarning texnik holati ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
3. Rejadan tashqari ko‘riklar zilzilalar, sel toshqinlari, jalalar, dovulli shamollar, kuchli qor yog‘ishlari, suv toshqinlari va stixiyali tusdagi boshqa hodisalar, uylar joylashgan hududdagi uylarning alohida elementlarini va ularni butunlay shikastlashi mumkin bo‘lgan harbiy harakatlardan keyin, issiqlik, suv, elektr ta’minoti tizimlaridagi avariyalardan keyin va poydevorlar va elementlarning deformatsiyalanishi aniqlanganda majburiy tartibda o‘tkazilishi kerak.
4. Barcha texnik ko‘riklar natijalari dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi va uylar yoki turar joylar mulkdori (uy-joylarga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash bo‘yicha boshqaruvchi tashkilot)da turishi kerak bo‘lgan uy yoki turar joyning texnik holatini hisobga olish hujjatlarida yoki inventar hujjatlar yig‘ma jildida aks ettiriladi.
5. Uy yoki turar joy mulkdori arizasiga ko‘ra yoki uy-joylarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha boshqaruvchi tashkilotning yozma xabariga ko‘ra, shuningdek, mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan hollarda, uyning yoki turar joyning, kimga qarashliligidan qat’i nazar, texnik holatini aniqlash uchun tuman, shahar hokimi tomonidan komissiya tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi (texnologiya asbob-uskunalari mavjud obyektlardagi uylar va turar joylar bo‘yicha) vakili;
(6-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi vakili — harbiy shaharchalardagi uylar va turar joylar bo‘yicha;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining tumanlar (shaharlar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining vakili;
(6-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
fizik eskirishi (uy yoki turar joyning ko‘rik o‘tkazilgan paytdagi texnik va u bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa foydalanish ko‘rsatkichlarining yomonlashganlik darajasini mufassal ko‘rsatgan holda);
mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatib o‘tilgan sabablar tufayli avariya holatiga tushishi oqibatida yashash uchun yaroqsiz holga kelgan uyni yoki turar joyni uy-joy fondidan chiqarish to‘g‘risida yozma xulosa beradi.
8. Komissiya xulosasiga muvofiq tuman, shahar hokimi yashash uchun yaroqsiz bo‘lgan uylar yoki turar joylarni boshqa maqsadlarda foydalanish uchun qayta jihozlash yoxud ushbu uylar yoki turar joylarni buzish to‘g‘risidagi tavsiyanoma bilan tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyat, Toshkent shahar hokimiga murojaat qiladi.
9. Tuman, shahar hokimi tavsiyanomasi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan yashash uchun yaroqsiz bo‘lgan uylar yoki turar joylarni boshqa maqsadlarda foydalanish uchun qayta jihozlash yoxud buzish to‘g‘risida qaror chiqariladi. Bunda turar joylari avariya holatida yoki tabiiy ofatlardan jabrlangan deb e’tirof etilgan fuqarolarga davlat tomonidan tekin uy-joy berish masalasi albatta hal qilingan bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan boshqa maqsadlarda turar joylar va kvartiralarni boshqa maqsadlarda foydalanish yoki buzib tashlash uchun qayta uskunalash tufayli uy-joy fondidan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi munosabati bilan turar joylar va kvartiralarning maqsadi va parametrlariga o‘zgartirishlar Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining tumanlar (shaharlar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
a) joylardagi davlat hokimiyati organining tegishli qarori asosida davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolar yoki yuridik shaxslar mulki bo‘lgan uylar (kvartiralar) buzilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
b) turar joy Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlari qaroriga ko‘ra yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarga o‘tkazilgan hollarda ham uy-joy fondidan chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — 2012-y., 44-son, 507-modda)
13. Uylar yoki turar joylarga bo‘lgan mulkchilik shakllarining o‘zgarishi uyni, turar joyni uy-joy fondidan chiqarish uchun asos hisoblanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-iyundagi 152-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 24-son, 269-modda)