Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan 1999—2004-yillarda uy-joy fondini suv va gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlashning tasdiqlangan dasturida nazarda tutilgan gazni hisobga olish priborlari o‘rnatish topshiriqlari bajarilmagan.
Yangidan qurilgan va rekonstruksiya qilingan uy-joylarni gazni hisobga olish priborlarisiz foydalanishga qabul qilish hollariga yo‘l qo‘yilmoqda. Suv va gazni hisobga olish priborlari ishlab chiqarish dasturi topshiriqlari mutlaqo qoniqarsiz bajarilmoqda. 1999—2001-yillarda respublikada Dasturda belgilangan topshiriqning 7 foizi hajmida gazni hisobga olish priborlari ishlab chiqarilgan.
Tabiiy gazdan samarali va oqilona foydalanish, uni iste’mol qilishni hisobga olish darajasini oshirish, hamma joyda barcha gaz iste’molchilarini gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2002—2004-yillarda respublika hududlari bo‘yicha gazlashtirilgan uy-joy fondini (kvartiralarni va yakka tartibdagi uylarni) gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlash hamda respublika korxonalarida gazni hisobga olish priborlari ishlab chiqarish jadvallari 1 va 2-ilovalarga* muvofiq:
gazni hisobga olish priborlari ishlab chiqarayotgan korxonalarda gazni hisobga olish priborlariga servis xizmati ko‘rsatish va ularni ta’mirlash tarmoqlarini barpo etish topshirig‘i 3-ilovaga* muvofiq;
Gazni hisobga olish priborlarini sotib olish, ularni kvartiralarda va yakka tartibdagi uylarda o‘rnatish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
gazni hisobga olish priborlari mavjud bo‘lmagan taqdirda aholiga kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun beriladigan tabiiy gazning oylik sarfi normasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zkommunxizmat” agentligi O‘zbekiston Respublikasi uy-joy fondini gaz iste’molini hisobga olish priborlari bilan jihozlash jadvalini bajarish bo‘yicha buyurtmachi etib belgilansin.
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 19-son, 179-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
gazni hisobga olish priborlarini sotib olish hamda kvartiralarda va aholining yakka tartibdagi uylarida o‘rnatish “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
tegishliligidan qat’i nazar, kvartiralarda va aholining yakka tartibdagi uylarida o‘rnatilgan gazni hisobga olish priborlaridan foydalanish “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalari tomonidan amalga oshiriladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish hollari aniqlangan taqdirda aybdor shaxslar amaldagi qonunchilikka muvofiq jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan javobgarlikka tortiladilar.
3. Gazni hisobga olish priborlari o‘rnatilmagan yangidan qurilgan ko‘p kvartirali (rekonstruksiya qilingan, mukammal ta’mirlangan) uylarni foydalanishga qabul qilish va yakka tartibdagi uylarni tabiiy gazga ulash taqiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlanmagan kvartiralar va yakka tartibdagi uylarga 2005-yil 1-sentabrdan boshlab gaz yetkazib berilmasin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 19-20--son, 143-modda)
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “O‘zkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasi bilan birgalikda gazlashtirilgan uy-joy fondini gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlash jadvalining bajarilishini ta’minlovchi Tadbirlar dasturini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
5. “O‘zkommunxizmat” agentligi Gazni hisobga olish priborlarini sotib olish, ularni kvartiralarda va yakka tartibdagi uylarda o‘rnatish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi tasdiqlangan nizom asosida gazni hisobga olish priborlarini o‘rnatish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish bo‘yicha namunaviy shartnomani belgilangan tartibda ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unda tomonlarning javobgarligi yuzasidan qattiq choralarni nazarda tutsin.
Belgilab qo‘yilsinki, iste’molchi (aholi) va gaz yetkazib beruvchi o‘rtasida tuzilgan Gazni hisobga olish priborlarini o‘rnatish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish bo‘yicha shartnoma shartlarining buzilishi belgilangan tartibda sudga da’vo arizalari berish uchun asos hisoblanadi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda “O‘zkommunxizmat” agentligining respublika mintaqalarida kvartiralarni hamda yakka tartibdagi uylarni gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlash uchun imtiyozli kreditlarni, shu jumladan Ispaniya davlat kredit agentligining kreditini jalb etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
“O‘zkommunxizmat” agentligi manfaatdor vazirliklar, idoralar va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari bilan birgalikda ikki oy muddatda Ispaniya tomoni bilan kontrakt loyihasini kelishib olsin hamda uning asosida uy-joy fondini gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlash loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini belgilangan tartibda tayyorlasin va ekspertizadan o‘tkazsin.
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zkommunxizmat” agentligi hududiy gaz ta’minoti korxonalari bo‘yicha uy-joy fondini gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlash dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasiga keltirilayotgan gazni hisobga olish priborlari, shuningdek import bo‘yicha xarid qilinadigan yakka tartibda foydalaniladigan isitish qozonlarining xavfsizlik avtomatikasi va tartibga solish avtomatikasi, gaz-goryelka jihozlari, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi gazni hisobga olish priborlari ishlab chiqaruvchilarga yetkazib berilayotgan butlovchi materiallar bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlaridan tashqari);
(8-bandning birinchi, ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 19-20--son, 143-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zkommunxizmat” agentligining korxonalari aholiga gazni hisobga olish priborlari o‘rnatish va montaj qilish xizmatlari bo‘yicha, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining gazni hisobga olish priborlari ishlab chiqaruvchilari o‘zlari ishlab chiqargan gazni hisobga olish priborlarini “O‘zkommunxizmat” agentligiga sotish bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinsin.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 19-son, 179-modda)
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom gazni hisobga olish priborlarini mablag‘ bilan ta’minlash, sotib olish, kvartiralarda va yakka tartibdagi uylarda o‘rnatish va ulardan foydalanish, shuningdek gazni hisobga olish priborlarini yetkazib beruvchi tashkilotlar, gazni yetkazib beruvchi va iste’mol qiluvchi korxonalar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar tartibini belgilaydi.
Gazni hisobga olish priborlari — quvurlar kesimi orqali o‘tadigan gazning aniq miqdorini bevosita hisobga oladigan hisoblash qurilmasi. Priborlar O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan birliklarda ifodalangan shkalaga ega bo‘lishi, gazning turli miqdordagi oqimlarini o‘lchash uchun zarur va yetarli bo‘lgan gradatsiyalar bo‘yicha ishlab chiqarilgan bo‘lishi hamda texnika xavfsizligi, foydalanish, ta’mirlashga yaroqlilik, o‘zaro almashtiruvchanlik bo‘yicha texnik shartlarni qondiradigan, indikator qurilmalari oson ko‘rinadigan bo‘lishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Gazni yetkazib beruvchi — “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalari va gazni bevosita iste’molchilarga yetkazib beruvchi boshqa tashkilotlar.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Gazni hisobga olish priborlarini yetkazib beruvchi — O‘zbekiston Respublikasi hududidagi gazni hisobga olish priborlari ishlab chiqaruvchilar va ularning xorijiy yetkazib beruvchilari.
3. Gazni hisobga olish priborlarini mablag‘ bilan ta’minlash, sotib olish, o‘rnatish va ulardan foydalanish ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Gaz hajmini hisobga olish uchun “O‘zstandart” agentligi tomonidan sinovdan o‘tkazilgan va O‘zbekiston Respublikasi o‘lchov vositalari davlat reyestriga kiritilgan, Iste’molchilar gaz ta’minoti tarmoqlarining kirish joylariga o‘rnatiladigan gazni hisobga olish priborlari qo‘llanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
5. O‘rnatish uchun texnik shartlarni qondiradigan, o‘lchanadigan gaz hajmiga muvofiq bo‘lgan va ushbu mintaqada ixtisoslashgan ta’mirlash hamda tekshirish jihozlari bilan ta’minlangan barcha turdagi gazni hisobga olish priborlari qo‘llanadi.
6. Gazni hisobga olish priborlari gaz hajmini o‘lchashning aniqligi bo‘yicha Iste’molchini va Etkazib beruvchini qondirishi hamda nazarda tutilayotgan eng ko‘p iste’mol gradatsiyalariga muvofiq bo‘lishi kerak.
7. Hisobga olish priborlari shkalasining o‘lchov birliklari O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan Xalqaro birliklar tizimi bo‘yicha miqdorlarda ifodalanadi.
8. Priborlar shkalalaridagi yozuvlar davlat tilida — o‘zbek tilida bo‘lishi kerak. Shkalalaridagi yozuvlar rus va ingliz tillarida bo‘lgan gazni hisobga olish priborlari o‘rnatilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Gazni hisobga olish priborlari individual pasportga ega bo‘lishi va uni tayyorlagan zavod yoki ularning texnik shartlarga muvofiqligini tekshirgan korxona tomonidan plombalangan bo‘lishi kerak. Gazni hisobga olish priborining har bir turini tekshirib ko‘rish davrlari “O‘zstandart” agentligi tomonidan belgilanadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda gazni hisobga olish priborlarini sotib olish va o‘rnatishni mablag‘ bilan ta’minlash, shuningdek xorijiy kreditlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha manbalarni belgilaydi;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda, ishlab chiqarish tannarxi va xizmat ko‘rsatishdan olinadigan yalpi foydadan kelib chiqqan holda, gaz yetkazib berish bo‘yicha narxlar (tariflar)ni belgilangan tartibda shakllantiriladi.
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Gazni hisobga olish priborlarini yetkazib beruvchilar “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi bilan tuziladigan kontraktlarga muvofiq sertifikatlangan, O‘zbekiston Respublikasining texnik talablariga javob beradigan gazni hisobga olish priborlarini ishlab chiqarish va yetkazib berishni amalga oshiradilar.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
15. “O‘zstandart” agentligi respublikada ishlab chiqariladigan va import bo‘yicha keltiriladigan gazni hisobga olish priborlarini belgilangan tartibda sertifikatlashni va o‘lchov vositalari davlat reyestriga kiritishni tashkil etadi. Tegishli tashkilotlar yoki korxonalarga gazni hisobga olish maishiy priborlarini tekshirib ko‘rish huquqi yuzasidan ruxsatnoma beradi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-son qarori bilan chiqarib tashlangan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-son qarori bilan chiqarib tashlangan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
hududlararo unitar korxonalar hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda gazni hisobga olish priborlarini sotib olish, o‘rnatish, keyinchalik ulardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etishni amalga oshiradi;
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
gazni hisobga olish priborlari yetkazib beruvchilar, gazni hisobga olish priborlarini o‘rnatish bo‘yicha ixtisoslashgan montaj tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan hisob-kitoblarni tashkil etishni amalga oshiradi;
gazni hisobga olish priborlarini sotib olish va o‘rnatish uchun olinadigan kreditlarni jalb etish va qaytarishni belgilangan tartibda amalga oshiradi;
iste’molchilar tomonidan priborlarning qiymati to‘liq to‘langungacha bo‘lgan davrda gazni hisobga olish priborlarining egasi funksiyasini bajaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
gazni hisobga olish priborlarini o‘rnatish bo‘yicha ishlarni bajarish huquqiga ega bo‘lgan ixtisoslashgan montaj tashkilotlarini jalb etgan holda shartnoma asosida iste’molchilarga gazni hisobga olish priborlari o‘rnatishni amalga oshiradilar;
gazni hisobga olish priborlariga ega bo‘lmagan yangi qurilgan, shuningdek mavjud uy-joylar (kvartiralar)ning gaz tarmog‘iga ulanishiga, shuningdek tayyorlovchi zavod yoki tekshiruvchi korxona tomonidan plombalanmagan, texnik shartlarga muvofiqligi tekshirish sinovidan o‘tmagan gazni hisobga olish priborlari o‘rnatilishiga yo‘l qo‘yilmasligi uchun javob beradilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Iste’molchi talabiga binoan, pribordagi mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni aniqlash uchun, Iste’molchiga o‘rnatilgan gazni hisobga olish priborini tekshirishdan o‘tkazishga majburdirlar;
Iste’molchiga bog‘liq bo‘lmagan sabab bilan ishdan chiqqan va foydalanishning kafolatli muddatidan oldin yaroqsiz bo‘lib qolgan priborlar yetkazib beruvchi hisobiga o‘z vaqtida almashtirilishini ta’minlaydilar;
gazni hisobga olish priborlarini sotib olish va o‘rnatish uchun iste’molchilardan mablag‘lar yig‘ishni ta’minlaydilar;
gazni hisobga olish priborlari o‘rnatganlik uchun ixtisoslashgan montaj tashkilotlari bilan o‘zaro hisob-kitob qilinishini ta’minlaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
gazni hisobga olish priborlariga ega bo‘lmagan iste’molchilarga 2005-yil 1-sentabrdan boshlab gaz berishmaydi.
(17-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 19-20--son, 143-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Gazni hisobga olish priborlari o‘rnatadigan ixtisoslashgan montaj tashkilotlari “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalari bilan tuzilgan kontraktlarga muvofiq iste’molchilarga gazni hisobga olish priborlarini montaj qilish va o‘rnatishni amalga oshiradilar. Bajarilgan ishlar uchun o‘zaro hisob-kitoblar hududlararo unitar korxonalar bilan amalga oshiriladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
o‘rnatilgan gazni hisobga olish priborlarining saqlanishi va zarur darajada foydalanilishi uchun javob beradilar;
gazni hisobga olish priborlari o‘rnatilgani uchun shartnoma asosida o‘z vaqtida to‘lovni, shuningdek gazni hisobga olish pribori qiymatini shartnomada belgilangan muddatlarda to‘laydilar;
olingan gaz qiymatini priborlar ko‘rsatkichlariga binoan, amaldagi tariflarga muvofiq, belgilangan muddatlarda to‘laydilar;
gaz yetkazib beruvchining vakillari bilan birgalikda aholi o‘rtasida gazdan foydalanishda aniq tejamga erishish uchun gazni hisobga olish priborlarini joriy etishning zarurligi to‘g‘risida targ‘ibot-tushuntirish ishlarini amalga oshiradilar;
kam ta’minlangan oilalarga gazni hisobga olish priborlari o‘rnatish uchun to‘lov bo‘yicha ularga amaldagi Tartibga muvofiq moddiy yordam ko‘rsatish shaklida qoplov yo‘li bilan yordam ko‘rsatadilar;
shirkat a’zolariga (mahalla aholisiga) o‘rnatiladigan gazni hisobga olish priborlari qiymatini to‘lash bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulk bilan kafil bo‘ladilar;
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalar bilan birgalikda 1991-yilgacha qurilgan ko‘p kvartirali uy-joylarni to‘liq ta’mirlash vaqtida ularda gazni hisobga olish priborlari o‘rnatilishini ta’minlaydilar.
(20-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Gazni hisobga olish priborlari ularni Etkazib beruvchilar tomonidan ishlab chiqariladi va “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasiga yetkazib beriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan gazni hisobga olish priborlari sotib olish uchun 2002—2004-yillarda ““O‘zkommunxizmat” agentligiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan, qaytarish asosida har yili ajratiladigan aylanma mablag‘lar hisobiga;
(22-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 19-son, 179-modda)
mamlakatimiz va chet el banklari hamda boshqa moliya institutlarining kreditlari hisobiga sotib olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan sotib olingan gazni hisobga olish priborlari aholi kvartiralariga va yakka tartibdagi uylarga o‘rnatiladi, keyinchalik ularning qiymati Iste’molchi tomonidan kafolatli muddat mobaynida, lekin gazni hisobga olish priborlari o‘rnatilgan kundan boshlab ko‘pi bilan 5 yilda to‘lanadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Iste’molchi tomonidan gazni hisobga olish priborlari qiymatini to‘lash shartlari “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalari bilan aholi o‘rtasida gazni hisobga olish priborlarini o‘rnatish, unga texnik xizmat ko‘rsatish va undan foydalanish yuzasidan tuzilgan shartnomada belgilanadi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Gazni hisobga olish priborlari pribor qiymati Iste’molchi tomonidan to‘liq to‘langunga qadar “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining mulki hisoblanadi.
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Gazni hisobga olish priborining qiymati to‘liq to‘langandan keyin unga mulkchilik huquqi Iste’molchiga o‘tadi.
26. Gazni hisobga olish priborini o‘rnatish, unga texnik xizmat ko‘rsatish va undan foydalanish to‘g‘risidagi shartnoma:
hisobga olish priborini saqlash, unga xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash bo‘yicha tomonlarning majburiyatlari va javobgarligini;
Yangidan qurilayotgan va mavjud turar joyda gazni hisobga olish priborlari loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq ixtisoslashgan korxonalar tomonidan o‘rnatiladi.
27. O‘rnatiladigan har bir gazni hisobga olish priboriga yakka tartibdagi loyiha yoki takrorlanadigan yechimni muvofiqlashtirish loyihasi ishlab chiqiladi. Ishlab chiqilgan yakka tartibdagi loyiha qiymati ko‘p kvartirali turar joyning mukammal ta’mirlanishi smeta qiymatiga, takrorlanadigan muvofiqlashtirish qiymati esa — gazni hisobga olish priborini montaj qilish qiymatiga kiritiladi.
28. Mavjud turar joy fondida gazni hisobga olish priborlari o‘rnatish ishlarning ko‘rsatib o‘tilgan turlarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan ixtisoslashgan montaj tashkilotlari tomonidan kontrakt-shartnoma asosida bajariladi.
29. Gazni hisobga olish priborlari ularning butligini va texnik holatini ko‘z bilan ko‘rib nazorat qilish uchun xizmat ko‘rsatuvchi xodimning priborning oldiga bemalol borishi, shkala-raqamli qurilmaning ko‘rsatkichlarini yozib olish imkoniyatini ta’minlaydigan, shuningdek xavfsizlik texnikasi talablariga javob beruvchi joylarga o‘rnatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Gazni hisobga olish priborini montaj qilish qiymati Iste’molchi tomonidan Gazni hisobga olish priborini o‘rnatish, unga texnik xizmat ko‘rsatish va undan foydalanish shartnomasiga muvofiq tartibda va muddatlarda “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonasiga to‘lanadi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
priborlarning ko‘rsatkichlari va texnik holatini nazorat qilishni o‘z ichiga oluvchi hisobga olish priborlariga texnik xizmat ko‘rsatishni;
32. Iste’molchi tomonidan gazni hisobga olish pribori qiymati to‘liq to‘langandan keyin gazni hisobga olish priborlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish gaz yetkazib berish yuzasidan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
33. Gazni hisobga olish priborlaridan foydalanishni, shu jumladan o‘rnatish, almashtirish, texnik xizmat ko‘rsatish va ko‘rsatkichlarni nazorat qilishni “O‘zkommunxizmat” agentligining hududlararo unitar korxonalari amalga oshiradilar.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
34. Hisobga olish priborlarini tekshirish va ta’mirlash ishlari tegishli tekshirish asbob-uskunalariga va ko‘rsatib o‘tilgan ishlarni bajarish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
35. Gazni hisobga olish pribori Iste’molchi tomonidan to‘liq sotib olingunga qadar gazni hisobga olish priboridan foydalanish xarajatlari “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi hisobidan to‘lanadi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
36. Gazni hisobga olish pribori qiymatini qoplash va uni o‘rnatish haqini to‘lash, gaz uchun haq to‘lash, shu jumladan gazni hisobga olish priborlaridan foydalanganlik va ularga texnik xizmat ko‘rsatilganligi uchun haq to‘lash tartibi Iste’molchi bilan Gaz yetkazib beruvchi o‘rtasida tuziladigan tegishli shartnomalarda belgilanadi.
37. Gaz yetkazib beruvchi gazni hisobga olish priborining normal ishlashini, uning foydalanish xavfsizligi texnik shartlariga muvofiqligini, Iste’molchiga yetkazib beriladigan gaz hajmini o‘lchashning aniqligini ta’minlaydigan yetkazib berilayotgan gaz sifati uchun javob beradi. Gaz yetkazib beruvchi gazni hisobga olish priborining texnik ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, ulardan samarali va xavfsiz foydalanish qoidalari va shartlarini, xizmat ko‘rsatish (yaroqlilik) muddatini, texnik ko‘rik va tekshirish sinovlari davri va muddatlarini Iste’molchiga ma’lum qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
38. Plombalar va gaz ta’minotiga texnik hujjatlarning saqlanishini “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalari nazorat qiladilar.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
39. Hisobga olish pribori plombasining buzilganligi va texnik hujjatlarning saqlanishi uchun javobgarlik Iste’molchiga yuklanadi.
40. Plomba buzilgan va gaz ta’minotiga texnik hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda Iste’molchi gazning nazoratchining oxirgi tashrifidan boshlab bir sutkada 24 soat hisobidan kelib chiqqan holda o‘rnatilgan gazdan foydalanish jihozining to‘liq qiymati bo‘yicha hisoblab chiqilgan qiymatini, shuningdek takroriy tekshirish sinovlari ishlari qiymatini to‘laydi.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Hisobga olish priboriga kafolat muddati gazni hisobga olish pribori o‘rnatilgan vaqtdan boshlab belgilanadi. Hisobga olish priborida ishlab chiqarish nuqsoni yoki pribordan o‘lchov vositasi sifatida foydalanib bo‘lmasligiga olib kelgan nosozlik aniqlangan taqdirda hisobga olish pribori “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalari tomonidan almashtiriladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
42. “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalari va gazni hisobga olish priborlariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi boshqa ixtisoslashgan tashkilotlar uch kun muddatda ta’mirlashlari yoki, ta’mirlash mumkin bo‘lmagan taqdirda, nosoz priborni O‘zbekiston Respublikasi uchun sertifikatlangan soz priborga almashtirishi, Iste’molchiga priborning texnik shartlariga muvofiqligiga doir takroriy tekshirish sinovlariga doir barcha materiallar va ma’lumotlarni berishi shart.
(42-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Iste’molchi gazni hisobga olish pribori nosozligi to‘g‘risidagi ariza bilan Gaz yetkazib beruvchiga murojaat qilgan vaqtdan boshlab uning to‘liq tiklanishigacha bo‘lgan davrda gaz qiymatini oldingi yildagi o‘rtacha mavsumiy gaz iste’molidan kelib chiqib to‘laydi.
43. Iste’molchi o‘rnatilgan gazni hisobga olish priborlariga ehtiyotlik bilan munosabatda bo‘lishi, xizmat ko‘rsatuvchi xodimning pribor o‘rnatilgan joyga to‘siqsiz o‘tishini ta’minlashi va priborning ko‘rsatkichlari bo‘yicha olingan gaz qiymatini amaldagi tariflarga muvofiq belgilangan muddatlarda to‘lashi shart. Priborning nosozligi aniqlangan taqdirda Iste’molchi bu haqda darhol Gaz yetkazib beruvchini xabardor qilishi kerak.
44. Gazni hisobga olish priborlari qasddan ishdan chiqarilgan taqdirda Iste’molchi gaz ta’minoti tizimidan uzib qo‘yiladi va gaz berish buzilgan gazni hisobga olish priborlari Iste’molchi mablag‘lari hisobiga tuzatilgandan keyin tiklanadi.
Gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish hollari aniqlangan taqdirda aybdor shaxslar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy jazogacha javobgarlikka tortiladilar.
45. Gaz yetkazib beruvchi va Iste’molchi o‘rtasida paydo bo‘luvchi nizolar bo‘ysunish tartibida yuqori turuvchi tashkilot yoki sud tomonidan, belgilangan tartibda hal etiladi.
46. Mazkur Nizomning, shuningdek Iste’molchi bilan Gaz yetkazib beruvchi o‘rtasida tuzilgan Gazni hisobga olish priborini o‘rnatish, unga texnik xizmat ko‘rsatish va undan foydalanish shartnomasi shartlarining buzilishi belgilangan tartibda sudga da’vo arizalari berish uchun asos hisoblanadi.
Gazni hisobga olish priborlarini sotib olish, ularni kvartiralarda va yakka tartibdagi uylarda o‘rnatish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
(sxema O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan “O‘zkommunxizmat” agentligiga gazni hisobga olish priborlarini mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan sotib olish uchun, qaytarish asosida, budjet mablag‘lari hisobiga aylanma mablag‘lar berish.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 19-son, 179-modda)
2. Mamlakatimiz banklari, xorijiy banklar va boshqa moliyaviy tuzilmalarning kreditlarini jalb etish.
4. Gazni hisobga olish priborlarining mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetkazib berilishi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Gazni hisobga olish priborlarini “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalari bo‘yicha taqsimlash.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
13. Iste’molchilar tomonidan gazni hisobga olish priborlari qiymatining Gazni hisobga olish priborlarini o‘rnatish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish shartnomasida belgilangan muddatlarda qoplash.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Gazni hisobga olish priborlari uchun “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi bilan hisob-kitob qilish.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
15. “O‘zkommunxizmat” agentligining “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan gazni hisobga olish priborlari sotib olish uchun ajratilgan aylanma mablag‘larni qaytarish.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Gaz priborlarining turi va gazni | O‘lchov | Gazni | |
1. | Markaziy (yakka tartibdagi) issiq suv ta’minotiga ega bo‘lgan uylardagi ovqat tayyorlashga mo‘ljallangan maishiy gaz plitasi | 1 kishi hisobiga | 11,0 |
2. | Markaziy issiq suv ta’minoti hamda gaz bilan suv isitish moslamalari bo‘lmagan uylardagi ovqat tayyorlashga mo‘ljallangan maishiy gaz plitasi | 1 kishi hisobiga | 15,0 |
3. | Markaziy issiq suv ta’minoti bo‘lmagan yoki issiq suv ta’minoti vaqti-vaqti bilan ishlaydigan uylarda issiq suv ta’minoti uchun gaz bilan suv isitgich | 1 kishi hisobiga | 16,0 |
4. | 4. Gaz bilan isitish priborining turidan qat’i nazar, besh oylik isitish mavsumi mobaynida har oyda uylar, kvartiralarni yakka tartibda isitishda gazdan foydalanilganda: | ||
a) Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Xorazm viloyatida | isitiladigan binoning 1 m3 hisobiga | 6 | |
b) Toshkent shahrida va boshqa viloyatlarda | -"- | 5,76 | |
5. | Mollar uchun ozuqa tayyorlash, dag‘al xashak �a ildizmevalarni bug‘lash, shuningdek ichish va sanitariya maqsadlari uchun suv isitishni hisobga olgan holda | bir bosh mol hisobiga: | |
yilqilar uchun | 5,6 | ||
sigirlar uchun | 23,7 | ||
cho‘chqalar uchun | 12,5 | ||
qo‘y (echki)lar | 2,2 |
(jadval O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 19-son, 179-modda)
Isitiladigan binoning 43 kub metrgachasini isitish uchun foydalaniladigan gaz miqdori uchun — 1 kishi hisobiga belgilangan tarif bo‘yicha, isitiladigan binoning 43 kub metrdan ortiq hajmi uchun —bir yarim baravar miqdorda haq to‘lanadi.
2. Iste’molchi (abonent)da ikkita yoki undan ko‘p gaz plitasi yoki suv isitgich mavjud bo‘lganda mazkur priborlar uchun gaz sarfi normasi tegishli ravishda ikki baravar va undan ko‘p oshiriladi.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan isitish mavsumi besh oydan kam yoki ko‘p etib belgilangan taqdirda iste’molchilar (abonentlar) bilan qayta hisob-kitob qilinadi.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda ipak qurti yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar uchun isitish mavsumini uzaytirish huquqiga egadirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy fondini suv va gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlash, ularni O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 1-iyundagi 280-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 6-son, 30-modda):
1-banddagi “va gazni” so‘zlari chiqarib tashlansin, “1-2-ilovalarga” so‘zlari “1-ilovaga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-ilovaning gazni hisobga olish priborlari ishlab chiqarish topshiriqlariga doir qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz yetkazib berish va uning uchun hisob-kitob qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 21-sentabrdagi 439-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 57-modda):