Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 02.03.2015 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, yuqori malakali pedagog kadrlarni aniqlash va taqdirlash, ularning faoliyati nufuzini yanada oshirish, o‘qitishning innovatsion texnologiyalarini keng ommalashtirish, pedagogik faoliyatda sog‘lom raqobat va ijodkorlik muhitini yaratish, oliy ta’lim muassasalari pedagoglarining kasbiy ravnaqini rag‘batlantirish va mahoratini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
3. “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi bosqichma-bosqich, ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema asosida o‘tkaziladi va quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
5. Tanlov ushbu Nizomning 2-ilovasida ko‘rsatilgan ta’lim sohalari bo‘yicha, quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur Nizomning 22-bandiga muvofiq Tanlov ishtirokchisi taqdim etgan hujjatlari to‘plamini va o‘tkazgan ochiq mashg‘uloti sifatini baholaydi;
26. Tanlov komissiyasi, hujjatlar to‘plamini va o‘tkazilgan ochiq mashg‘ulotlar sifatini baholash natijalarini hisobga olgan holda, mazkur Nizomning 17-bandiga muvofiq har yili 30-maygacha har bir nominatsiya bo‘yicha g‘oliblarni (1, 2, 3-o‘rinlarni) aniqlaydi va har bir nominatsiya bo‘yicha birinchi o‘rinlarni egallagan g‘oliblar nomzodini Tanlovning respublika bosqichida qatnashish uchun tavsiya etadi.
29. Ushbu Nizomning 17-bandida ko‘rsatilgan nominatsiyalar bo‘yicha 1, 2 va 3-o‘rinlarni egallagan Tanlov ishtirokchilari oliy ta’lim muassasasining faxriy yorlig‘i bilan mukofotlanadi hamda tegishli ravishda, egallab turgan lavozimiga ko‘ra shtat bo‘yicha maoshining 1; 0,75 va 0,5 koeffitsiyenti miqdoridagi pul mablag‘lari bilan moddiy rag‘batlantiriladi.
31. Mazkur Nizomning 2-ilovasida ko‘rsatilgan har bir ta’lim sohasi bo‘yicha Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblarini aniqlaydigan Tanlov komissiyalarining shaxsiy tarkiblari Tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlanadi.
32. Oliy ta’lim muassasalari 1-iyundan boshlab 20 ish kuni mobaynida Tashkiliy qo‘mitaga Tanlovning oliy ta’lim muassasa bosqichi doirasida ushbu Nizomning 17-bandida ko‘rsatilgan nominatsiyalar bo‘yicha 1-o‘rinni egallagan g‘oliblar orasidan respublika bosqichida qatnashishga nomzodlar bo‘yicha buyurtmanoma — tavsiyani quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etadi:
hujjatlar to‘plami (22-band), unda Tanlov ishtirokchisining familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatiladi.
36. Tanlov komissiyalari tanlov ishlari taqdimotini baholashda mazkur Nizomning 4-ilovasidagi mezonlarga amal qiladi. Tanlov komissiyalarining majlislarida ta’lim sohasi bo‘yicha nominatsiyada 1-o‘rinni egallagan Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari 25-sentabrgacha bo‘lgan muddatda aniqlanadi. Tanlov komissiyalari majlislari natijalari Tashkiliy qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadigan protokol bilan rasmiylashtiriladi.

Ochiq mashg‘ulot sifatini baholash
MEZONLARI
_________________________________________________________________
(tanlov ishtirokchisining familiyasi, ismi, otasining ismi, ilmiy darajasi
va unvoni, lavozimi)
Mashg‘ulot mavzusi ________________________________________________________ ________________________________________________________________________ Ta’lim yo‘nalishi, mutaxassisligi, kurs, guruh _________________________________ ________________________________________________________________________
Mashg‘ulot o‘tkazilgan sana __________________________________________________

T/r

Mashg‘ulotni baholash mezonlari

Baho
1. Mashg‘ulotning tashkil etilishi (15 ball)
1.O‘qitishning texnik vositalaridan foydalanish malakasi
2.Talabalarni nazorat qilish
3.Auditoriyani jalb etish darajasi
2. Mashg‘ulot mazmuni (15 ball)
1.Mashg‘ulot mazmunining dolzarbligi
2.Ilmiy-amaliy yo‘naltirilganligi
3.Avval o‘zlashtirilgan mavzular bilan bog‘liqligi
4.Tavsiya etilgan adabiyotlar sifa�i (yangiligi va qulayligi)
5.Talabalarning qiziqishlarini va moyilliklarini ta’minlash usullaridan foydalanganligi
3. Pedagogik madaniyati (20 ball)
1.Pedagogning tashqi ko‘rinishi
2.O‘zini tutish etikasi
3.Nutq madaniyati
4.Umumiy eruditsiyasi
5.Talabalar bilan muloqoti
4. O‘qitish metodikasi (50 ball)
1.Materiallarni bayon etishdagi aniqlilik, mantiqiy tuzilganlik va izchillik
2.Xorijiy tillardagi o‘quv materiallaridan foydalanish darajasi
3.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darajasi

4.

Mashg‘ulotning maqsadiga erishganlik

5.

Mashg‘ulotning tarbiyaviy yo‘naltirilganligi

JAMI (maksimal ball — 100):

Tanlov komissiyasi a’zolari

_____________

__________________

(imzo)

(F.I.O.)

_____________

__________________

(imzo)

(F.I.O.)

Ochiq mashg‘ulotni baholash ko‘rsatkichlari:
“qoniqarsiz”0 — 55 ball;
“qoniqarli”56 — 70 ball;
“yaxshi”71 — 86 ball;
“a’lo”87 — 100 ball.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”