LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 134-sonli “Kichik sanoat zonalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga sotish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2014-yil 3-iyuldagi PQ-2200-son qarorini hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Zarar ko‘rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor va past rentabelli tashkilotlarning foydalanilmayotgan hududlarini hamda ortiqcha ishlab chiqarish maydonlarini yanada maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 15-iyuldagi 192-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek ishlab chiqarish sohasida aholi bandligini oshirish, yangi raqobatbardoshli ishlab chiqarishlarni, ularni muhandislik kommunikatsiyalari o‘tkazilgan va zarur infratuzilmaga ega bo‘lgan alohida hududlarda jamlash yo‘li bilan tashkil etish uchun investitsiyalar va texnologiyalarni jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Kichik sanoat zonalarini barpo etish va ularning faoliyatini tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilayotgan davlat mulki obyektlarining foydalanilmayotgan hududlari va bo‘sh ishlab chiqarish maydonlari negizida kichik sanoat zonalari (keyingi o‘rinlarda sanoat zonalari deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi qarorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan qabul qilinadi;
sanoat zonalari hududida kichik ishlab chiqarish obyektlarini tashkil etish bo‘yicha loyihalarni tanlab olish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tuziladigan kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik subyektlarini tanlash va joylashtirish bo‘yicha tanlov komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi;
tadbirkorlik subyektlariga yer uchastkalari berish masalalarini tartibga soladigan normativ-huquqiy hujjatlar talablari sanoat zonalari hududlarida joylashgan yer uchastkalarini berishga tatbiq etilmaydi;
sanoat zonalarida joylashtiriladigan xo‘jalik subyektlariga yer uchastkalari ajratish to‘g‘risidagi qarorlar tegishli tumanlar va shaharlar hokimlari tomonidan tanlov komissiyalarining ijobiy qarorlari asosida qabul qilinadi;
sanoat zonalari hududidagi ishlab chiqarish maydonlari tadbirkorlik subyektlariga davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun eng kam ijara to‘lovi stavkasi bo‘yicha, ijaraga olingan maydonda amalga oshiriladigan faoliyat turidan kelib chiqqan holda, tegishli koeffitsiyentlarni qo‘llamasdan uzoq muddatli ijaraga beriladi.
3. Kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik subyektlarini tanlash va joylashtirish bo‘yicha tanlov komissiyalarining namunaviy tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik subyektlarini tanlash va joylashtirish bo‘yicha tanlov komissiyasining shaxsiy tarkibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarori bilan tasdiqlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu qaror bilan tasdiqlangan tanlov komissiyalarining namunaviy tarkibi asosida kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik subyektlarini tanlash va joylashtirish bo‘yicha tanlov komissiyalarining (keyingi o‘rinlarda tanlov komissiyalari deb ataladi) shaxsiy tarkibini bir hafta muddatda tasdiqlasinlar.
10 gektar va undan ko‘p bo‘linmas hududga ega sanoat zonalari uchun — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyalari;
10 gektardan kam hududga ega bo‘lgan, bitta tuman (shahar) doirasida joylashgan sanoat zonalari uchun — tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzurida kichik sanoat zonalarini boshqarish yagona direksiyalari tashkil etiladi.
5. Belgilab qo‘yilsinki, kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyalari va yagona direksiyalari (keyingi o‘rinlarda direksiyalar deb ataladi):
sanoat zonalari qatnashchilari bilan, tanlov komissiyalari qarorlariga muvofiq, ishlab chiqarish maydonlarining loyihalarini va uzoq muddatli ijara shartnomalarini (balansida saqlovchi nomidan), shuningdek sanoat zonalari hududida xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan shartnomalarni amalga oshirish to‘g‘risida bitimlar tuzadilar;
sanoat zonalari qatnashchilari tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning loyihani hamda uzoq muddatli ijara shartnomasini amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimga muvofiq bajarilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradilar;
sanoat zonalari faoliyatini tezkorlik bilan boshqarishga doir boshqa funksiyalarni amalga oshiradilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq tegishli mahalliy budjetlar mablag‘lari;
Keyingi tahrirga qarang.
sanoat zonalari qatnashchilariga xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan daromadlar, shu jumladan hududlarni saqlash va qo‘riqlashdan tushgan daromadlar.
Direksiyalar faoliyati qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar hisobidan ham moliyalashtirilishi mumkin.
har qaysi direksiyaning xodimlarining cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi miqdori O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda aniqlanadi;
direksiyalar ta’minoti Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va tegishli mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobiga, keyingi yillarda o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tkazgan holda, ular tashkil etilgan vaqtdan boshlab 3 yil mobaynida amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
direksiyalarga ular egallab turgan maydondan kelib chiqqan holda hisoblanadigan yer solig‘ining uch baravari miqdorida belgilangan eng kam miqdordagi yagona soliq to‘lovi bo‘yicha qonunchilikda nazarda tutilgan talab tatbiq etilmaydi.
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga sotish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2014-yil 3-iyuldagi PQ-2200-son qaroriga muvofiq:
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida sotiladigan budjet tashkilotlari davlat mulki obyektlariga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va tegishli mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
sanoat zonalarining zarur tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilmasini qurish “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining o‘z mablag‘lari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti hamda tegishli mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobiga, sanoat zonalarida tadbirkorlik subyektlarini joylashtirishning ishlab chiqilgan loyihalariga muvofiq amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
b) Vazirlar Mahkamasining “Kadastr hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga muvofiq ko‘chmas mulkka huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ko‘chmas mulkni ijaraga berish shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan, to‘lov undirmasdan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari zimmasiga — sanoat zonalarida joylashtiriladigan tadbirkorlik subyektlariga yer uchastkalari ajratishda hamda ishlab chiqarish maydonlarini uzoq muddatli ijaraga berishda ko‘rsatib o‘tilgan normalarning so‘zsiz qo‘llanishi yuzasidan;
“O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari zimmasiga — sanoat zonalarida joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlarini, ularning ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiq, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti hamda tegishli mahalliy budjetlar loyihalarini shakllantirishda, yer uchastkalarini tanlash va ajratish, shuningdek yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha materiallarni tayyorlagan holda, zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga quyidagi mazmundagi 72-band qo‘shilsin:
“72. Kichik sanoat zonalari hududidagi davlat mulkini uzoq muddatli ijaraga berish, tanlov komissiyasi qarorlariga muvofiq, ijaraga beruvchi, Kichik sanoat zonasini boshqarish direksiyasi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tuziladigan uzoq muddatli ijara shartnomasi asosida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.