28.11.2014 yildagi 270-son
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiy sudlarning videokonferensaloqa rejimidagi majlisini o‘tkazishda iqtisodiy sudlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi normalarida belgilangan qoidalarning to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarning o‘z protsessual huquqlaridan to‘laqonli foydalanishlarini ta’minlash maqsadida “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Sudlarga tushuntirilsinki, ular sud majlislarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) normalariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Rayosatining 2014-yil 21-avgustdagi R№ 83-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Vaqtinchalik nizomga (bundan buyon matnda Nizom deb yuritiladi) amal qilishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini o‘tkazishda ish IPKning umumiy qoidalariga muvofiq, IPKning 11, 112, 165, 166, 171-moddalarida va nazarda tutilgan xususiyatlar inobatga olingan holda ko‘riladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Sudlarga tushuntirilsinki, videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisi IPKning 10-moddasiga asosan o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. IPK 166-moddasiga muvofiq, ishda ishtirok etuvchi shaxslar va xo‘jalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6.2. IPK 166-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarning videokonferensaloqa rejimida iqtisodiy sudi majlisida ishtirok etish huquqi ishni sudda ko‘rishga tayyorlash yoki ishni ko‘rishni boshqa kunga qoldirish haqidagi ajrimda ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. IPK 165-moddasining birinchi qismiga muvofiq, ish iqtisodiy sudining majlisida ko‘riladi. Iqtisodiy sudining majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ish muhokamasi IPKning 165-moddasi qoidalariga asosan, ushbu bandda nazarda tutilgan xususiyatlar inobatga olingan holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7.4. IPK 168-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, iqtisodiy sudi ishni ko‘rishda ish bo‘yicha dalillarni tekshiradi, xususan yozma dalillar bilan tanishadi, ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. IPK 11-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, davlat sirlarini yoki tijorat sirini saqlash zarur bo‘lgan taqdirda, ishni yopiq majlisda ko‘rishga yo‘l qo‘yiladi. Shu munosabat bilan sudlar inobatga olishlari kerakki, taraflar tomonidan ishni yopiq sud majlisida ko‘rish haqida iltimosnoma berilgan va u sud tomonidan qanoatlantirilgan holda yoki ishni yopiq sud majlisida ko‘rish uchun boshqa zaruriyat tug‘ilganda sud majlisi faqat oddiy rejimda o‘tkazilishi mumkin, chunki videokonferensaloqa rejimida yopiq sud majlisini o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. IPK 171-moddasining birinchi qismiga muvofiq, iqtisodiy sudi ishni shu majlisda ko‘rish mumkin bo‘lmagan taqdirda, shu jumladan ishda ishtirok etuvchi shaxslar, guvohlar, ekspertlar va tarjimonlardan biri kelmaganligi yoki qo‘shimcha dalillar taqdim etish zarurligi sababli yoxud videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini o‘tkazish vaqtida videokonferensaloqa o‘rnatishning imkoni bo‘lmagan taqdirda ishni ko‘rishni keyinga qoldirishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Ishni videokonferensaloqa rejimida ko‘rish natijalari bo‘yicha iqtisodiy sudning sud hujjati IPKning 21 va 22-boblari qoidalari bo‘yicha, ushbu bandda nazarda tutilgan xususiyatlar inobatga olingan holda qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
15. IPKning 116-moddasiga muvofiq sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar sud xarajatlari tarkibiga kiradi va faqat ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha undirilishi lozim. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, ushbu xarajatlarning to‘lanmaganligi da’vo arizasini qaytarish uchun asos bo‘lmaydi. Sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar taraflar o‘rtasida IPK 118-moddasining birinchi qismiga asosan taqsimlanadi.