Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×



mundarija mavjud emas

Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi va “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi ijrosi yuzasidan tuman hududidagi jismoniy shaxslar tasarrufida bo‘lgan mol-mulk, yer solig‘i obyektlari va subyektlari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni to‘liq ro‘yxatga olish, soliqlarni hisoblash, tegishli imtiyozlarni to‘g‘ri qo‘llash hamda belgilangan muddatlarda mahalliy budjetga tushumlar tushishini ta’minlash maqsadida qaror qilaman:
4. “Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish” davrini keng qamrovli va sifatli o‘tkazilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan, davlat soliq inspeksiyasi tomonidan mol-mulk, yer solig‘i obyektlari va subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni to‘liq hisobga olish, soliq hisoblash hamda tegishli imtiyozlarni to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida:
Yangibozor tuman ho‘jalik hisobidagi Er tuzish va ko‘chmas mulk kadastr xizmati davlat unitar korxonasi (Sh. Abdullayev) zimmasiga 2014-yil 1-martga qadar 1-ilovaga muvofiq, tuman hududida jismoniy shaxslarning egaligida bo‘lgan mol-mulk obyektlari, yer maydoni miqdori va ularning 1-yanvar holatiga inventarizatsiya qiymatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
Yangibozor tuman Arxitektura va qurilish bo‘limi (E. Eshmatov) zimmasiga 2014-yil 1-martga qadar 2-ilovaga muvofiq 2013-yilda fuqarolarga tuman hududida (tadbirkorlik, yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun dehqon xo‘jaligi va boshqalar) 1-yanvar holatiga ajratilgan yer maydonlari va ularning egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
Budjetdan tashkari pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi (R. Avezov) zimmasiga 2014-yil 1-martga qadar 3-ilovaga muvofiq, 2014-yil 1-yanvar holatiga Yangibozor tumanida istikomat qiluvchi, nafaqa oluvchi sifatida ro‘yxatga olingan barcha turdagi nafaqaho‘rlarning to‘liq ma’lumotlarini;
Yangibozor tuman mudofaa ishlari bo‘limi (D. Po‘latov) zimmasiga 2014-yil 1-martga qadar 4-ilovaga muvofiq. 2014-yil 1-yanvar holatiga Yangibozor tumani xududida yashovchi 1941—1945-yillar urush katnashchilari va nogironlari, Afg‘onistonda harbiy xizmatni o‘tagan fuqarolar va boshqa mavjud ma’lumotlarni;
Yangibozor tuman Sanitariya Epidemiologiya nazorati markazi (M. Yusupov) zimmasiga 2014-yil 1-martga qadar 5-ilovaga muvofiq, 2014-yil 1-yanvar holatiga Yangibozor tuman xududida tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun belgilangan tartib sanitariya ruxsatnomasi olgan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
Shimolgazta’minoti unitar korxonasi Yangibozor tuman filiali (Sh. Ro‘zmetov) zimmasiga 2014-yil 1-martga qadar 7-ilovaga muvofiq 2014-yil 1-yanvar holatiga, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun gaz ta’minoti uchun shartnoma tuzgan jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
Yangibozor tuman Elektr tarmoqlari korxonasi (Sh. Qo‘ziyev) zimmasiga 2014-yil 1-martga qadar 8-ilovaga muvofiq 2014-yil 1-yanvar holatiga, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun elektr iste’moli uchun shartnoma tuzgan jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
Yangibozor tuman ichki ishlar bo‘limi (M. Muxatov) va yo‘l harakati xavfsizligi guruhi (S. Xolbayev) zimmalariga 2014-yil 1-martga qadar 9-10-ilovaga muvofiq, 2014-yil 1-yanvar holatida Yangibozor tuman xududida yashovchi fuqarolarni pasport ma’lumotlari va shaxsiy yuk transport vositalari egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
Tuman Fuqarolik holati dalolatnomalari yozish bo‘limi (A. Bayjanova) 2014-yil 1-martga qadar 11-ilovaga muvofiq, tuman xududida 2012-2013-yillarda vafot etgan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”