31.07.2014 yildagi 1584q-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.06.2021
 LexUZ sharhi
Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi, “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish to‘g‘risida”gi nizomga asosan, Urganch shahrida haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish va moliyalash tartibini, ishsiz deb e’tirof etilgan fuqarolarning bunday ishlarda ishtirok etish shartlarini belgilash maqsadida qaror qilaman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish to‘g‘risida”gi nizomning 5-bandiga muvofiq 2014-yilda ishsiz deb e’tirof etilgan fuqarolar uchun haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish ilovaga* muvofiq korxona, tashkilotlariga yuklatilsin.
tashkil etiladigan haq to‘lanadigan jamoat ishlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etilgan fuqarolar uchun ularning maxsus dastlabki kasb tayyorgarligini talab qilmaydigan, mehnat faoliyatining vaqtincha turlariga muvofiq bo‘lishini;