Ushbu Qonun baholash faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Baholash faoliyati baholovchi tashkilotning baholash obyekti qiymatini aniqlashga qaratilgan faoliyatidir.
(3-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 9-apreldagi O‘RQ-208-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 15-son, 178-modda)
Baholash faoliyatini litsenziyalash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qarang: Baholash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-maydagi 210-son qarori bilan tasdiqlangan.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Baholash faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiruvchi organ (bundan buyon matnda litsenziyalovchi organ deb yuritiladi) baholovchi tashkilotning qonun hujjatlarida belgilangan litsenziya talablariga va shartlariga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
(4-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 9-apreldagi O‘RQ-208-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 15-son, 178-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Baholovchi tashkilot baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxsdir.
Keyingi tahrirga qarang.
Baholovchi tashkilot o‘z faoliyatida mustaqildir. Xizmatlarning iste’molchisi (bundan buyon matnda buyurtmachi deb yuritiladi) yoki boshqa manfaatdor shaxslarning baholovchi tashkilot faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Baholovchi tashkilot qonun hujjatlarida nazarda tutilgan istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi va o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin, aksiyadorlik jamiyati bundan mustasno. Bunda quyidagi majburiy shartlarga rioya etilishi kerak:
(41-moddaning uchinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
baholovchi tashkilotning shtat birligi tegishli malakaga ega bo‘lgan baholovchilarning shtatdagi eng kam soniga doir, qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi;
Keyingi tahrirga qarang.
baholovchi tashkilotda baholovchi tashkilotning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sug‘urta polisining mavjudligi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Baholovchi (baholovchilar) faqat bitta baholovchi tashkilotning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishi mumkin.
(41-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining baholovchi tashkilotni tashkil etishi, shuningdek baholash faoliyatini amalga oshirishi taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Baholovchi belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan berilgan baholovchining malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxsdir.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Baholovchi baholash ishlarini o‘tkazishga, agar u baholovchi tashkilotning shtatida turgan bo‘lsa yoki baholovchi tashkilot u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan bo‘lsa, baholovchi tashkilot tomonidan jalb etilishi mumkin.
Baholovchi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘tkazadigan tekshirishlarda va boshqa tadbirlarda baholovchi tashkilot hamda ushbu organlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosidagina mutaxassis sifatida ishtirok etishi mumkin.
Baholovchining yordamchisi baholovchining malaka sertifikatiga ega bo‘lmagan va baholovchining baholash obyektini baholashdan o‘tkazish bilan bog‘liq topshiriqlarini bajaradigan, baholash obyektini baholash to‘g‘risidagi hisobotni (bundan buyon matnda baholash to‘g‘risidagi hisobot deb yuritiladi) hamda baholashni o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa rasmiy hujjatni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan jismoniy shaxsdir.
Baholovchi yordamchisining mehnat shartlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, baholovchi tashkilot bilan tuzilgan mehnat shartnomasida (kontraktda) belgilab qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Baholovchining yordamchisi sifatida ishlangan vaqt baholovchining malaka sertifikatini olish uchun zarur bo‘ladigan ish stajiga qo‘shiladi.
(41, 42 va 43-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 9-apreldagi O‘RQ-208-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2009-y., 15-son, 178-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
shaxsning mol-mulkini tashkil etuvchi ashyolar majmui, shu jumladan muayyan turdagi (ko‘char yoki ko‘chmas) mol-mulk;
mol-mulkka yoki mol-mulk tarkibidagi ayrim ashyolarga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar;
intellektual mulk obyektlari va qonun hujjatlariga fuqarolik muomalasida bo‘lishi mumkinligi belgilangan boshqa fuqarolik huquqlari obyektlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Baholash maqsadlariga qarab baholash obyekti xususida bozor qiymati yoki bozornikidan farqlanuvchi qiymat qo‘yiladi.
Baholash obyekti qiymati turlarining qo‘llanish sohasi va ularning farqlanuvchi xususiyatlari baholash standartlari bilan belgilanadi.
Baholash obyektining bozor qiymati deganda eng ehtimol tutilgan narxi tushunilib, unga ko‘ra mazkur baholash obyektining ochiq bozorda raqobat sharoitida, bitimning taraflari barcha zarur axborotga ega bo‘lgan holda o‘z manfaatlarini yo‘lida oqilona va ixtiyoriy ravishda harakat qiladi, bitim narxining baland-pastligida esa biron-bir favqulodda holatlar, shu jumladan taraflardan birining ushbu bitimga qo‘shilish majburiyati aks etmaydi.
Agar biron-bir baholash obyektining baholashda majburiy o‘tkazish talabi mavjud bo‘lgan normativ hujjatda yoki baholash obyektining baholash to‘g‘risidagi shartnomada (matnda bundan buyon shartnoma deb yuritiladi) qiymatning aniq turi ko‘rsatilgan bo‘lmasa, mazkur obyektning bozor qiymati belgilanishi lozim. Mazkur qoida normativ hujjatda baholash obyekti qiymatining turini aniqlovchi, ushbu Qonunda yoki baholash standartlarida nazarda tutilmagan atamalarda foydalanilgan taqdirda ham qo‘llanishi kerak.
Baholash obyektining bozornikidan farqlanuvchi qiymati deganda mazkur baholash obyektining baholash ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilganidan farqli shartlarida o‘tkazilgan eng ehtimol tutilgan baho tushuniladi.
Baholash standartlari o‘zaro bog‘liq norma va qoidalar majmuidan iborat bo‘lib, ular quyidagilarni belgilaydi:
Baholash standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash, ularga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi.
Baholashni o‘tkazish natijalaridan baholash obyekti o‘z balansida turgan shaxslar buxgalteriya hisobi va hisobot ma’lumotlariga tuzatishlar kiritish uchun foydalanishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Baholashni o‘tkazishni davlatga to‘la yoki umumiy mulk huquqida qisman qarashli baholash obyektlari bitim tuzishga jalb etilgan taqdirda, shu jumladan:
(11-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
baholash obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, ishonchli boshqaruvga topshirish yoki ijaraga berish maqsadida ularning qiymati aniqlanayotganda;
baholash obyektlari yuridik shaxslarning ustav fondlariga ulush tariqasida berilayotganda majburiydir.
Baholash o‘tkazish baholash obyektining qiymati to‘g‘risida nizo chiqqan taqdirda ham, shu jumladan:
mol-mulk mulkdorlaridan davlat ehtiyojlari uchun sotib olinayotgan yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqacha tarzda olib qo‘yilayotganda;
Keyingi tahrirga qarang.
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘g‘ri to‘lanishi ustidan nazorat o‘tkazilayotganda majburiydir.
Ushbu moddaning amal qilishi davlat unitar korxonalari, muassasalari va tashkilotlari o‘rtasida ularga xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi bilan berkitib qo‘yilgan mol-mulkni tasarruf etishda kelib chiqadigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Baholovchi tashkilot va buyurtmachi o‘rtasida tuziladigan shartnoma yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sud ajrimi baholash obyektini baholashdan o‘tkazish uchun asoslardir.
Keyingi tahrirga qarang.
Baholovchi tashkilot va buyurtmachi o‘rtasidagi shartnoma yozma shaklda qonun hujjatlariga muvofiq tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Shartnomaga baholovchi tashkilotda baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu litsenziyaning tartib (ro‘yxatdan o‘tkazilganlik) raqami va berilgan sanasi ko‘rsatilgan holda, shuningdek baholovchi tashkilotning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sug‘urta polisining mavjudligi haqidagi ma’lumotlar kiritilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Baholash obyektini baholashdan o‘tkazganlik uchun pul mukofotining miqdori shartnomada belgilab qo‘yiladi va u baholash obyekti qiymatining baland-pastligiga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
baholash obyektini baholashdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlardan foydalanish erkinligi ta’minlanishini buyurtmachidan talab qilish, yozma shaklda tushuntirishlar va qo‘shimcha ma’lumotlar olish;
baholash obyektini baholashdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan axborotni uchinchi shaxslardan talab qilib olish. Agar mazkur axborotni berishning rad etilishi baholashning ishonchliligiga jiddiy ta’sir etadigan bo‘lsa, baholovchi buni baholash to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatib o‘tadi;
baholash obyektlarini baholashdan o‘tkazishda ishtirok etishga boshqa baholovchilarni va mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish;
buyurtmachi shartnoma shartlarini buzgan hollarda baholash obyektini baholashdan o‘tkazishni rad etish.
Baholovchi tashkilot qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
baholash faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlarida belgilangan litsenziya talablariga va shartlariga rioya etishi;
Keyingi tahrirga qarang.
baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani, baholovchining (baholovchilarning) malaka sertifikatini shartnoma tuzilishi oldidan buyurtmachining talabiga ko‘ra ko‘rsatishi;
Keyingi tahrirga qarang.
baholash obyektini baholashdan o‘tkazishda ushbu Qonunning 16-moddasida nazarda tutilgan, xolisona baholashni o‘tkazishga to‘sqinlik qiladigan holatlar yuzaga kelganligi oqibatida o‘zining ishtirok etish imkoniyati yo‘qligi to‘g‘risida buyurtmachiga xabar berishi;
buyurtmachining so‘rovnomasiga ko‘ra baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari haqida axborot taqdim etishi;
Keyingi tahrirga qarang.
baholash obyektini baholashdan o‘tkazish davomida olinadigan hujjatlarning but saqlanishini ta’minlashi;
baholash obyektini baholashdan o‘tkazish davomida aniqlangan zarar yetkazilganligi, shuningdek qonun hujjatlarining boshqacha tarzda buzilganligi faktlari to‘g‘risida baholash obyekti mulkdoriga va (yoki) buyurtmachiga xabar berishi;
Keyingi tahrirga qarang.
baholash obyektini baholashdan o‘tkazish davomida buyurtmachidan olingan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi;
baholovchi tashkilotlar faoliyatining reytingini baholash uchun baholovchi tashkilotlar va baholovchilar birlashmalarining so‘rovnomasiga ko‘ra axborot taqdim etishi shart;
Keyingi tahrirga qarang.
Baholovchi tashkilotning zimmasida qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(12—15 moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 9-apreldagi O‘RQ-208-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 15-son, 178-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
baholash jarayonini avtomatlashtirish va baholash faoliyatiga axborot texnologiyalarini joriy etish;
baholash faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va ularning natijalarini tarqatish.
Baholovchi tashkilot qonun hujjatlariga muvofiq boshqa qo‘shimcha professional xizmatlar ham ko‘rsatishi mumkin.
(151-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 9-apreldagi O‘RQ-208-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2009-y., 15-son, 178-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
buyurtmachi baholovchi tashkilotning mulkdori, muassisi (ishtirokchisi), kreditori, sug‘urtalovchisi, baholovchisi bo‘lsa;
(16-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
baholovchi tashkilot va (yoki) baholovchi buyurtmachining mulkdori, muassisi (ishtirokchisi, aksiyadori), kreditori bo‘lsa;
baholovchi baholash obyektida mulkiy manfaati bo‘lgan shaxslar bilan yaqin qarindoshlik yoki qayin-bo‘yinchilik va quda-andachilik munosabatlarida bo‘lsa.
Baholash obyektini baholashdan o‘tkazish natijalari baholash to‘g‘risidagi hisobot bilan rasmiylashtiriladi.
baholovchi tashkilotning nomi, joylashgan eri (pochta manzili) va unga berilgan, baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
baholash obyektini baholashdan o‘tkazgan baholovchining (baholovchilarning) malaka sertifikati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
baholash obyektining uning qiymatini aniqlash sanasidagiga aynan identifikatsiya qilish imkonini beradigan tavsifi, shuningdek baholash obyekti mulkdorining rekvizitlari;
baholash standartlari, ulardan foydalanish uchun asos, baholash obyektini baholashdan o‘tkazishda foydalanilgan ma’lumotlarning mazkur ma’lumotlar olingan manbalar ko‘rsatilgan holdagi ro‘yxati;
baholash obyektini baholashdan o‘tkazish izchilligi, shuningdek olingan natijani qo‘llanish chegaralari;
baholovchi tashkilot foydalanadigan hamda baholash obyektining miqdor va sifat xususiyatlarini belgilaydigan hujjatlar ro‘yxati.
Agar baholash obyektini baholash bir nechta baholovchi tomonidan o‘tkazilgan bo‘lsa, baholash to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash jarayonida ular tomonidan bajarilgan ish baholash to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatiladi.
Agar baholash obyektini baholashdan o‘tkazishda bozor qiymatidan farqlanuvchi qiymat aniqlangan bo‘lsa, baholash to‘g‘risidagi hisobotda bahoni aniqlash mezonlari va baholash obyektining bozor qiymatini aniqlash imkoniyatidan voz kechish sabablari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Baholash to‘g‘risidagi hisobotda baholash obyekti qiymatini asoslash uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi mumkin.
Baholash obyektlarining ayrim turlarini baholashdan o‘tkazish uchun qonun hujjatlarida baholash to‘g‘risidagi hisobotlarning maxsus shakllari nazarda tutilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Baholash to‘g‘risidagi hisobotning har bir beti baholash obyektini baholashdan o‘tkazgan baholovchi (baholovchilar) tomonidan imzolanadi, hisobot baholovchi tashkilot rahbarining imzosi, mazkur tashkilotning muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanadi va buyurtmachiga topshiriladi.
(17-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
(16 va 17-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 9-apreldagi O‘RQ-208-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 15-son, 178-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiylashtirilgan obyektlar qiymatini baholash natijalarini qayta ko‘rib chiqish va bekor qilish masalalari yuzasidan davlat organlari, shu jumladan nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar tomonidan tashabbus bilan chiqish taqiqlanadi.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Zarur bo‘lgan holda, baholash to‘g‘risidagi hisobotning ishonchliligini tekshirish uchun mazkur hisobot qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa baholovchi tashkilot tomonidan shartnoma asosida ekspertizadan o‘tkazilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Baholash to‘g‘risidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan o‘tkazish natijalari ekspert xulosasi bilan rasmiylashtiriladi.
Ekspertiza o‘tkazayotgan baholovchi tashkilotning ekspert xulosasida baholash to‘g‘risidagi hisobotning ishonchliligi haqidagi xolisona fikr bo‘lishi kerak. Bunda mazkur tashkilot takroriy baholashni o‘tkazishga va baholash obyektining qiymati to‘g‘risida ekspert xulosasini chiqarishga haqli emas.
Baholovchi tashkilotni ilgari o‘zi bajargan baholash to‘g‘risidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan o‘tkazishga jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Buyurtmachi baholash to‘g‘risidagi hisobot ishonchliligi to‘g‘risida olingan ekspert xulosasiga rozi bo‘lmagan taqdirda, nizo sudda ko‘rib chiqilishi kerak.
Baholash obyektini baholashdan o‘tkazish materiallarini nizoli hollarda ekspertizadan o‘tkazish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ekspert komissiyasi tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Baholash obyektini baholashdan o‘tkazish materiallarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ekspert komissiyasining mazkur materiallarning ishonchliligini aniqlashga doir xulosasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat sud ajrimiga ko‘ra tayyorlanadi. Baholash to‘g‘risidagi hisobot sud tomonidan ishonchli emas deb topilganda baholash obyektini baholash materiallarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ekspert komissiyasi sudning ajrimiga ko‘ra baholash obyektini takroriy baholashdan o‘tkazadi va baholash obyektining qiymati to‘g‘risidagi xulosasini sudga taqdim etadi.
(181-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 9-apreldagi O‘RQ-208-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2009-y., 15-son, 178-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Baholovchi tashkilot shartnomani bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida buyurtmachiga zarar yetkazilganligi uchun uning oldida javobgar bo‘ladi. Buyurtmachiga yetkazilgan zararning, shu jumladan boy berilgan foydaning o‘rni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, baholovchi tashkilot tomonidan qoplanishi kerak.
Baholovchi baholash obyektini baholashni sifatsiz o‘tkazganligi yoki lozim darajada o‘tkazmaganligi, maxfiy ma’lumotlarni oshkor etganligi natijasida yetkazilgan zarar yoki baholovchi tashkilotning zarar ko‘rishiga olib kelgan boshqa xatti-harakatlar uchun baholovchi tashkilot oldida qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Baholovchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar o‘z manfaatlarini himoya qilish hamda ifoda etish maqsadida uyushmalarga (ittifoqlarga) va boshqa birlashmalarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda birlashishi mumkin.
(19—21 moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 9-apreldagi O‘RQ-208-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 15-son, 178-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Baholash faoliyati amalga oshirilayotganda yuzaga keladigan nizolar belgilangan tartibda hal etiladi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar to‘g‘risida”gi nizom.