LexUZ sharhi
Mazkur hujjatda ko‘rsatilgan yo‘nalishli taksilar harakati jadvalini tasdiqlash to‘g‘risidagi, yo‘nalishli taksilar harakati jadvalini tasdiqlash to‘g‘risidagi, avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish yo‘nalishi sxemasini, yo‘nalishli avtobus harakati jadvalini tasdiqlash to‘g‘risidagi, avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish yo‘nalishining pasportini tasdiqlash to‘g‘risidagi, yo‘nalishli avtobus harakati jadvalini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorlarini kelishish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qaroriga asosan 2011-yilning 1-sentabridan bekor qilingan.
“Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transporti faoliyatining huquqiy asoslarini yanada shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasida Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalari 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasida Avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qo‘yilsinki, ushbu qarorga 2-ilova 15-bandining nazorat priborlari (taxograflar) bilan jihozlashga doir talablari 2004-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida Avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1997-yil 31-iyuldagi 378-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov zimmasiga yuklansin.
1. Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashishning ushbu Qoidalari (keyingi o‘rinlarda Qoidalar deb yuritiladi) “Avtomobil transporti to‘g‘risida”, “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”, “Yo‘llarda harakatlanish xavfsizligi to‘g‘risida”, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashishga tatbiq etiladi.
2. Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajlarni tashish tegishli litsenziya, tender natijalari bo‘yicha belgilangan tartibda tuzilgan muntazam yo‘nalishlarda yo‘lovchilar transportida xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan tuzilgan shartnomalar (kontrakt) mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
3. Yo‘lovchilar va bagajni tashishga tariflar miqdorlari mazkur Qoidalar va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Avtomobilda yo‘lovchilar va bagajni xalqaro tashishlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan ham tartibga solinadi.
5. Yo‘l chiptalari, yo‘l va chiptani hisobga olish varaqalari rekvizitlari, yo‘nalishlar, avtovokzallar (avtostansiyalar) pasportlari, avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashishga taalluqli shakllar va yo‘riqnoma-metodik hujjatlar O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
avtobus — yo‘lovchilarni, bagajni tashishga mo‘ljallangan va haydovchi o‘rnini hisoblamaganda 8 tadan ortiq o‘rindiqqa ega bo‘lgan avtotransport vositasi;
avtovokzal (avtostansiya) — transport-ekspeditsiya, tashish faoliyatini amalga oshiruvchi va yo‘lovchilarga boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilot;
bagaj — jo‘natish uchun idishga joylangan va yo‘lovchi tomonidan ushbu avtobusda olib ketiladigan buyumlar;
Oldingi tahrirga qarang.
chipta — yo‘lovchining haq to‘lagan holda avtobusdan foydalanishga bo‘lgan huquqini hamda yo‘lovchi va tashuvchi o‘rtasida tashuvlar yuzasidan oshkora shartnomalar tuzilganligini tasdiqlovchi qat’iy hisobda turadigan hujjat;
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 34-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 58-modda)
yo‘l — qurilgan va transport vositalarining harakatlanishi uchun foydalaniladigan yer polosasi yoxud sun’iy inshoot yuzasi;
yengil avtomobil — yo‘lovchilar va bagajni tashishga mo‘ljallangan hamda haydovchi o‘rnini hisobga olmaganda 8 tadan ko‘p bo‘lmagan o‘rindiqqa ega bo‘lgan avtotransport vositasi;
yo‘nalishsiz taksilar — yo‘lovchilarning buyurtmanomalariga ko‘ra taksometr (hisoblagich) ko‘rsatkichi bo‘yicha haq to‘lash hisobiga tashish xizmatlari ko‘rsatuvchi avtotransport vositasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
yo‘nalishli avtobus — belgilangan yo‘nalish bo‘yicha yo‘lovchilar va bagajni tashishga mo‘ljallangan avtobus;
yo‘nalishli taksilar — yo‘lovchilarning talabiga ko‘ra to‘xtab o‘tadigan muntazam yo‘nalishlarda yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangan avtotransport vositasi (avtobus yoki yengil avtomobil);
Keyingi tahrirga qarang.
yo‘nalish pasporti (yo‘nalish hujjatlari) — yo‘nalish to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlarni tavsiflovchi hujjatlar;
Keyingi tahrirga qarang.
yo‘lovchi — tuzilgan tashish shartnomasiga muvofiq tashish xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxs;
supacha — yo‘l qoplamasi sathidan balandroq bo‘lgan, avtovokzallarda (avtostansiyalarda)gi yo‘lovchilarni transportga chiqarish va undan tushirishga mo‘ljallangan maydoncha;
Oldingi tahrirga qarang.
tashuvchi — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida avtotransport vositasiga ega bo‘lgan, tijorat asosida yo‘lovchilar, bagaj tashish xizmatini ko‘rsatadigan hamda bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) bo‘lgan yuridik shaxs;
(6-bandning yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 98-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y 22 -son, 194-modda)
qatnov jadvali — reysni bajarish vaqti, joyi va izchilligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan grafik (jadval);
Keyingi tahrirga qarang.
b) yuridik va jismoniy shaxslarga ularning buyurtmanomalari (buyurtmalari)ga yoki tashishning boshqa shartnomalari bo‘yicha beriladigan avtobus va yengil avtomobillarda;
a) shahardagi yo‘nalishlarda — shaharlarning hokimliklari yoki shaharlar hokimliklari tomonidan tashkil etiladigan shahar yo‘lovchilar tashish transportini boshqarish organlari tomonidan;
b) shaharlar atrofidagi va viloyatlar ichidagi shaharlararo yo‘nalishlarda — viloyatlar hokimliklari yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tashkil etiladigan yo‘lovchilar tashish transporini boshqarish organlari tomonidan;
v) viloyatlararo-shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘llarda harakatlanish xavfsizligi bosh boshqarmasi bilan kelishgan holda O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan tasdiqlanadigan jadvallar bo‘yicha tashkil etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
a) shaharlarda — shaharlar hokimliklari yoki shahar yo‘lovchilar tashish transportini boshqarish organlari tomonidan;
b) shahar atrofidagi va viloyatlar ichidagi shaharlararo yo‘nalishlarda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yoki yo‘lovchilar tashish transportini boshqarish organlari tomonidan;
v) viloyatlararo, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda —O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘llarda harakatlanish xavfsizligi bosh boshqarmasi bilan kelishgan holda O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Har bir yangidan ochiladigan va foydalaniladigan yo‘nalishlar uchun yo‘nalish pasporti tasdiqlanadi, unda quyidagilar bo‘ladi:
Keyingi tahrirga qarang.
b) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘llarda harakatlanish xavfsizligi davlat xizmati organlari bilan kelishilgan yo‘nalish sxemasi (sxemada to‘xtab o‘tish manzillari, harakatlanish uchun xavfli bo‘lgan yo‘l uchastkalari, temir yo‘lni kesib o‘tish joylari, kesishgan yo‘l ustidan o‘tkazilgan ko‘ndalang yo‘llar va shu kabilar ko‘rsatiladi). Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlar sxemalarida, bundan tashqari, dam olish joylari, ovqatlanish shoxobchalari ko‘rsatiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
11. Yo‘lovchilarning ayrim toifalariga transportda imtiyozli (shu jumladan bepul) yurish huquqi beriladi.
Avtomobil transportida imtiyozli yurish huquqiga ega bo‘lgan yo‘lovchilar toifalari va ushbu imtiyozlarni berish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Muntazam yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlaridagi avtotransport vositalarida yurishda yo‘lovchi yo‘l chiptasi sotib olishi, uni butun yo‘lda yurish vaqti davomida saqlashi va uni nazoratchining birinchi talabiga ko‘ra ko‘rsatishi shart.
14. Yo‘nalishdagi avtotransport vositasi nosoz bo‘lgan taqdirda yo‘lovchilarga berilgan yo‘lda yurish hujjatlari aynan shu yo‘nalishdagi boshqa avtotransport vositasida yurish uchun haqiqiy hisoblanadi. Yo‘lovchilarni boshqa avtotransport vositasiga o‘tkazish nosoz avtotransport vositasining haydovchisi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
d) tez yonuvchan, portlovchi, zaharlovchi, zaharli, qo‘lansa, radioaktiv moddalar va ashyolarni, g‘ilofsiz o‘q otar qurol, tig‘li va keskir ashyolarni olib yurish;
Keyingi tahrirga qarang.
e) o‘lchami 100 sm x 50 sm x 30 santimetrdan katta yoki bitta o‘rin uchun og‘irligi 60 kilogrammdan ortiq buyumlarni, shuningdek uzunligi 200 santimetrdan ortiq bo‘lgan buyumlarni olib yurish;
16. Avtotransport vositalarining texnik holati va anjomlari tegishli standartlar hamda texnik foydalanish qoidalari talablariga javob berishi kerak.
17. Avtotransport vositalari Dst 974/2000 O‘zbekiston davlat standartiga muvofiq anjomlarga ega bo‘lishi kerak.
18. Avtomobil transportida yo‘lovchi tashuvchi haydovchilar O‘zbekiston davlat standartlarida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablarga javob berishlari kerak.
19. Muntazam qatnovlarni amalga oshiruvchi avtobuslar va yo‘nalishli taksilar haydovchilari yo‘nalishda ishlayotganda:
Keyingi tahrirga qarang.
yo‘l varaqalarida yo‘lga chiqishdan oldin belgilangan tartibda o‘tkaziladigan avtotransport vositasining texnik ko‘rikdan va haydovchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi haqidagi qaydlarga;
qatnov jadvaliga va yo‘nalish sxemasiga (shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda — unda aholi yashash joylaridan o‘tish vaqti, ovqatlanish, dam olish, tungi uxlash vaqti va joyi ko‘rsatilgan holda) ega bo‘lishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Quyidagilar yo‘lovchilar tashuvchi avtotransport vositalari ishini hisobga oluvchi asosiy hujjatlar hisoblanadi:
b) shaharda, shahar atrofida va shaharlararo qatnovchi (yo‘nalishsiz taksilardan tashqari) avtotransport vositalarining chiptalarni hisobga olish varaqasi;
v) avtobus va yengil avtomobillarning buyurtmanomalar (buyurtmalar) va boshqa shartnomalar bo‘yicha ishlashi yuzasidan topshiriqnoma;
21. Avtotransport vositalarining yo‘l varaqalari va chiptalarni hisobga olish varaqalari hamda buyurtmanomalar (buyurtmalar) va boshqa shartnomalar bo‘yicha ishlashi yuzasidan topshiriqnoma blankalari qat’iy hisobda turadigan blankalarni hisobga olish va saqlash qoidalari bo‘yicha hisobga olinadi va tashuvchida saqlanadi.
22. Yo‘l hujjatlarida tuzatishlar va o‘chirib yozishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Haydovchi garajda, yo‘lda, oraliq manzillarga kirib o‘tishda va oxirgi manzillarda yo‘l hujjatlaridagi barcha qaydlarning to‘g‘riligini kuzatib borishi shart.
Shahardagi yo‘nalishlar shahar (shaharcha)dagi turar joy va sanoat hududlarini madaniy-maishiy va sport-sog‘lomlashtirish tashkilotlari, vokzallar, aeroportlar, avtostansiyalar, metro stansiyalari, temir yo‘l platformalari, pristanlar va shu kabilar bilan transport aloqasini ta’minlashi kerak.
24. Aholiga xizmat ko‘rsatish xususiyatiga muvofiq shahardagi yo‘nalishlar bir nechta ish rejimiga ega bo‘lishi mumkin:
b) dam olish hududlari, sport-sog‘lomlashtirish komplekslari, yarmarkalar va shu kabilar faoliyat ko‘rsatadigan davrda tashkil etiladigan mavsumiy yo‘nalishlar;
g) ko‘cha–yo‘l shoxobchalarida favqulodda vaziyatlar paydo bo‘lganda, ayrim uchastkalar, transport yo‘llari va maydonlar yopilganda joriy etiladigan vaqtinchalik yo‘nalishlar.
25. Yo‘lkira kartochkalarini oldindan sotish maxsus tashkil etilgan sotish shoxobchalarida, shuningdek savdo tashkilotlari va bevosita tashuvchi orqali amalga oshiriladi.
Yo‘lkira kartochkalari seriyalari, transport turlari bo‘yicha bo‘linadi va yo‘lovchilarning barcha toifalari uchun, imtiyozli kartochkalar esa — pensionerlar, nogironlar, talabalar va o‘quvchilar uchun haqiqiy hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Shahar transportida foydalaniladigan barcha seriya va turdagi yo‘l kartochkalari taksilar, shahar atrofidagi va shaharlararo (viloyatlararo va xalqaro) yo‘nalishlar uchun haqiqiy hisoblanmaydi.
26. Yo‘lovchilarni transportga chiqarish va undan tushirish faqat to‘xtab o‘tish manzillarida amalga oshirilishi mumkin. Yo‘nalishda “talabga ko‘ra” to‘xtash joylari mavjud bo‘lganda yo‘lovchi haydovchiga avtotransport vositasini to‘xtatish zarurligi to‘g‘risida oldindan ma’lum qilishi kerak.
27. Yo‘nalishli yoki yo‘nalishsiz taksilar yo‘lovchilarini chiqarish va tushirish yo‘lovchilar talabiga ko‘ra, yo‘llarda harakatlanish xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
28. Yo‘l kartochkasi yoxud avtobusda yurish huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjati bo‘lgan yo‘lovchi uni avtobusga chiqish vaqtida ko‘rsatishi shart.
29. Shahardagi avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchi yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni o‘zi bilan birga bepul olib yurish huquqiga ega.
30. Maktabgacha yoshdagi bolali yo‘lovchilar, homilador ayollar, nogironlar va keksa fuqarolar uchun avtobus salonida, uning yo‘lovchi sig‘imiga qarab, 6 ta oldingi joylar ajratiladi. Ushbu joylarni egallagan boshqa yo‘lovchilar ularni mazkur shaxslar uchun bo‘shatishlari kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Haydovchi avtobusni to‘xtash joyidan faqat eshiklarni yopgan holda, yo‘lovchilar to‘liq tushirib va chiqarib bo‘lingandan so‘ng yurgizishi, bekatlarni aniq va to‘g‘ri e’lon qilishi, qatnov yo‘nalishi o‘zgargan taqdirda esa bu to‘g‘rida har qaysi bekatda e’lon qilishi shart. Avtobus salonini avtobusning muayyan turi uchun belgilangan umumiy sig‘imidan ortiqcha to‘ldirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
32. Yo‘lovchi hajmi 60 sm x 40 sm x 20 sm va og‘irligi 20 kilogrammdan ortiq bo‘lmagan qo‘l yuki hamda musiqa asbobini, 150 santimetrgacha uzunlikdagi buyumlarni, shuningdek qafasga solingan mayda hayvonlar va parrandalarni, aravachani (bolalar, nogironlar va boshqalarning aravachalarini), mayda bog‘dorchilik inventari, bolalar chanalarini o‘zi bilan birga bepul olib yurish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Hajmi 60 sm x 40 sm x 20 santimetrdan 100 sm x 50 sm x 30 santimetrgacha bo‘lgan va uzunligi 150 santimetrdan 200 santimetrgacha bo‘lgan buyumlarni, shuningdek, o‘lchamidan qat’i nazar, og‘irligi 20 kilogrammdan ortiq bo‘lgan bagajni olib yurish tarifga muvofiq haq to‘lagan holda amalga oshiriladi.
34. O‘lchami 33-bandda ko‘rsatilgan eng katta hajmlarning hatto bittasidan ortiq bo‘lgan bagaj belgilangan parametrlarga nomuvofiq hisoblanadi.
35. Bagajning joylanishi va tashilishi yo‘lovchilarga va avtotransport vositasiga biron-bir zarar yetkazish imkoniyatini to‘liq istisno qilishi kerak.
37. Aholiga xizmat ko‘rsatish xususiyatiga muvofiq shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar quyidagi bir nechta ish rejimiga ega bo‘lishi mumkin:
b) dam olish zonalari, sport-sog‘lomlashtirish komplekslari, yarmarkalar va shu kabilar faoliyat ko‘rsatadigan davrda tashkil etiladigan mavsumiy yo‘nalishlar;
v) ishchilar, mutaxassislar va xizmatchilarni ish joyiga va uyga tashish uchun tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan maxsus yo‘nalishlar.
38. Shahar atrofi yo‘nalishlaridagi bekatlar yo‘lovchilarning u erga xavfsiz va qulay kelishini ta’minlashni hamda qonun hujjatlari talablarini hisobga olgan holda joylashtirilishi va ular quyidagilarga ega bo‘lishi kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
a) pavilonni joylashtirish uchun asfaltlangan maydonchalar va yo‘lovchilarning bekatga kelishi uchun asfaltlangan yo‘lkalar;
g) yo‘nalishlar ko‘rsatkichi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: yo‘nalishlarning tartib raqami, ularning oxirgi manzili nomi (qatnov yo‘nalishlari bo‘yicha), harakatlanish oralig‘i 30 minutdan ortiq bo‘lganda ushbu manzildan avtobuslarning jo‘nash jadvali. Yo‘nalishda avtobuslar qatnovi oralig‘i 30 minutdan kam bo‘lganda jadval o‘rniga qatnovlar oralig‘i jadvali ko‘rsatilishi mumkin. Unda avtobuslarning birinchi va oxirgi jo‘nash vaqti hamda sutka davrlari bo‘yicha qatnov oraliqlari vaqti ko‘rsatilgan bo‘ladi.
39. Shahar atrofi yo‘nalishlarida to‘xtab o‘tish manzillari yo‘lovchilar uchun eng qulay joylarda bo‘lishi kerak:
a) shahar atrofi yo‘nalishlarining shahardagi so‘nggi bekatlari yo‘lovchilar gavjum bo‘ladigan yirik manzillar (temir yo‘l vokzallari va stansiyalari, daryo portlari, bozorlar, metropolitenning oxirgi bekatlari va shu kabilar) yonida bo‘lishi kerak;
b) shaharda shahar atrofi yo‘nalishlarining to‘xtab o‘tish manzillari shahar yo‘lovchi tashish transporti yo‘nalishlari to‘xtab o‘tish manzillari bilan bir joyda bo‘lishi va shaharning transportni boshqarish bo‘yicha vakolati organlari bilan kelishilgan bo‘lishi kerak;
v) aholi yashash joylari chegaralarida joylashgan shahar atrofi yo‘nalishlari to‘xtab o‘tish manzillari oralig‘idagi masofa 1,0 km atrofida, qolgan hollarda — o‘rtacha 1,5 km bo‘lishi kerak;
g) shahar atrofidagi bekatlar yo‘nalish trassasida joylashgan har bir aholi yashash joyida bo‘lishi kerak.
40. Chiptalari kassalar orqali sotiladigan shaharlararo (xalqaro) yo‘nalishlar to‘xtab o‘tish manzillarida (45-bandning “a”, “b” kichik bandlaridagi shartlardan tashqari) quyidagilar bo‘lishi kerak:
41. Chipta sotish kassasi bo‘lmagan pavilonlarda va shaharlararo (xalqaro) yo‘nalishlar to‘xtab o‘tish manzillarida ushbu to‘xtab o‘tish manzili orqali o‘tadigan avtotransport vositalarining qatnov jadvallari osib qo‘yiladi.
42. Shahar atrofi yo‘nalishlaridagi avtobuslarda yurish chiptalari haydovchilar (mavjud bo‘lganda — konduktorlar) tomonidan, chipta sotish kassalari tashkil etilgan yo‘nalish to‘xtab o‘tish manzillarida esa kassirlar tomonidan sotiladi.
43. Avtobusdagi yo‘lovchi yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni o‘zi bilan birga bepul olib yurish huquqiga ega.
44. Yo‘lovchi tomonidan shahar atrofi yo‘nalishlariga joriy sotish kassalaridan sotib olingan chiptalar, agar chiptani sotish chog‘ida va chiptada o‘zgacha hol aytilmagan va ko‘rsatilmagan bo‘lsa, avtobus jo‘nashidan 5 minut oldin qaytarib berilishi mumkin.
a) joriy kungi reyslarga — shaharlararo (xalqaro) yo‘nalishlarning boshlang‘ich manzillaridagi kassalardan avtobus jo‘naydigan kunda;
b) oraliq manzillardagi kassalardan — avtobusda bo‘sh o‘rinlar mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot olingan vaqtdan boshlab;
v) kassadan chiptalar sotish tashkil etilmagan to‘xtab o‘tish manzilida avtobus jo‘nagungacha unga chiqish vaqtida — haydovchidan;
g) oldindan chipta sotish kassalaridan (boshlang‘ich va oxirgi manzillarda, shuningdek transport-ekspeditorlik va boshqa manfaatdor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan manzillarda) — oldindan chipta sotish jo‘nash kuni arafasida to‘xtatilgan holda, avtotransport vositasi jo‘nashidan 10 sutka oldin sotib olish huquqiga egadir.
Boshlang‘ich va oraliq manzillardagi kassalarda joriy kungi qatnovlarga chiptalar sotish avtobus jo‘nashidan 5 minut oldin to‘xtatiladi.
46. Yo‘lovchidan, shu jumladan imtiyozli yurish huquqiga ega bo‘lgan yo‘lovchidan chiptalarni oldindan band qilib qo‘yganlik uchun chipta bahosiga qo‘shiladigan to‘lov undirilishi mumkin.
Avtovokzal (avtostansiya) yoki tashuvchi o‘z xohishiga ko‘ra sotish joyida yoki avtotransport vositasi salonida chegirma shartlari va miqdori to‘g‘risidagi e’lon majburiy ko‘rsatilishi sharti bilan oldindan sotib olish muddatiga qarab chiptalar oldindan sotish kassalaridan sotib olinganligi uchun chegirma qilishi mumkin.
47. Chiptalarga pochta otkritkasi, telegramma, telefon, elektron pochta yoki Internet orqali oldindan buyurtma berilishi mumkin.
Buyurtmada buyurtmachining familiyasi, jo‘nash sanasi va vaqti, boriladigan joy, chiptalar soni, olish usuli (uyga eltib berish yoki eltib bermasdan) ko‘rsatiladi. Chiptaga uyga eltib bergan holda buyurtma berilganda buyurtmachining manzili, xizmat yoki uy telefoni mavjud bo‘lganda esa — uning raqami ko‘rsatiladi.
Chipta sotib olish va olish, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq elektron usulda ham tashkil etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
48. Buyurtma berilgan chiptalarni uyga eltib berganlik uchun yo‘lovchidan to‘lov undiriladi, to‘lovning tasdig‘i sifatida yo‘lovchiga kvitansiya beriladi, kvitansiyada transport tashkilotining nomi va kvitansiya berilgan sana ko‘rsatiladi. Yozuvlar aniq holda qayd etiladi, berilgan sana esa kompyuter yoki shtamp bilan qo‘yiladi.
49. Yo‘lovchi buyurtma bergan va haqi to‘langan chiptalar oldindan chipta sotish kassasida uni yo‘lovchi talab qilib olgungacha saqlanadi.
Yo‘lovchi tomonidan buyurtma berilgan, lekin haqi to‘lanmagan chiptalar oldindan chipta sotish kassasida saqlanadi va yo‘lovchi tomonidan avtobus jo‘nashidan kamida bir soat oldin talab qilib olinishi kerak. Talab qilib olinmagan chiptalar sotish uchun joriy sotish kassasiga beriladi.
50. Yo‘lovchi o‘zi bilan birga besh yoshgacha bo‘lgan bir bolani bepul — alohida o‘rinsiz, besh yoshdan o‘n yoshgacha bo‘lgan bolani chiptaning to‘liq bahosi 50 foiz chegirilgan holda — alohida o‘rin berilgan holda olib yurish huquqiga egadir, o‘n yoshgacha bo‘lgan ikki nafar va undan ko‘proq bolalar olib yurilganda ulardan bittasi bepul, qolganlari — chipta to‘liq bahosining 50 foizi chegirilib, alohida o‘rin berilgan holda olib yuriladi.
51. Yo‘lovchilarning shahar atrofi yo‘nalishlarida avtotransport vositalarida yurishi ushbu Qoidalarning 26—28 va 30-31-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
52. Shaharlararo yo‘nalishlarda tashishda avtotransport vositasidagi yo‘lovchilar soni o‘rindiqlar sonidan oshmasligi kerak.
53. Haydovchining ish vaqti davomiyligi 9 soatdan ortiq yoki yo‘nalish masofasi 400 km va undan ko‘p bo‘lganda yo‘lovchilar tashilayotgan avtobusda haydovchining dam olishi uchun joy jihozlangan bo‘lishi va qatnovga ikki nafar haydovchi chiqarilishi kerak.
54. Avtotransport vositasi haydovchisi qatnov jadvalida nazarda tutilgan avtovokzallar (avtostansiyalar)dagi nazorat shoxobchalarida va avtokassalarda yoxud oxirgi manzillarda chiptalarni hisobga olish varaqasida kelish va ketish vaqti, shuningdek sotilgan chiptalar soni to‘g‘risida belgi qo‘ydirishi shart.
55. Shaharlararo yo‘nalishlarda tashish yo‘lovchilarni majburiy ravishda chiptalar bilan ta’minlagan holda avtovokzallar (avtostansiyalar) yoki tashuvchilar tomonidan maxsus tashkil etilgan jo‘nash va kelish manzillari orqali amalga oshiriladi.
Shaharlararo va xalqaro avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchilar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy ravishda sug‘urta qilinadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
56. Tashish avtovokzallar (avtovokzallar) orqali amalga oshirilganda tashuvchi quyidagilarga majbur:
avtobuslarni ularning jo‘nashidan kechi bilan 20 daqiqa oldin avtovokzal (avtostansiya)ga chiqarish;
navbatchi dispetcherga haydovchilarning avtobusni boshqarish huquqiga guvohnomani, yo‘l va chiptalarni hisobga olish varaqalarini, qatnov jadvalini va yo‘nalish sxemasini ko‘rsatish;
ishda foydalaniladigan avtotransport vositasiga litsenziya (litsenziya kartochkasi) mavjud bo‘lishini ta’minlash.
57. Avtovokzal (avtostansiya)ning navbatchi dispetcheri haydovchi hujjatlarini tegishlicha tekshirgandan keyin:
supacha bo‘yicha navbatchilarga — yo‘lovchilarni chiqarish uchun joylarni tayyorlash to‘g‘risida ko‘rsatma berishi;
b) maxsus qatnov yo‘nalishi, jo‘natilayotgan yo‘lovchilar soni va qatnovga chiptalar sotishdan jami tushum summasini ko‘rsatgan holda daftarda haydovchi(lar) va avtotransport vositasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazishi shart.
58. Tashuvchi avtovokzal (avtostansiya)dan chiqqandan so‘ng yo‘nalish sxemasiga amal qilishi va tezlik rejimiga rioya etishi, qatnov jadvallarida nazarda tutilgan oraliqdagi avtovokzal (avtostansiya)larga hamda avtokassalarga majburiy ravishda kirib o‘tishi shart.
59. Qatnov tugallangandan so‘ng haydovchi tunash uchun tashuvchi joylashgan joyga yoki qatnov jadvallarida nazarda tutilgan avtovokzal (avtostansiya)ga keladi.
60. Chipta sotish kassasi mavjud bo‘lgan avtovokzal (avtostansiya)larda va to‘xtab o‘tish manzillarida yo‘lovchilar avtotransport vositasiga faqat kassadan sotib olingan chiptalarni ko‘rsatgan taqdirda chiqariladi. Chiptalar, agar o‘zgacha hol tomonlarning kelishuvida qayd etilmagan va chiptalarni sotishda e’lon qilinmagan bo‘lsa, faqat ularda ko‘rsatilgan kun va avtobus qatnovi uchun haqiqiy hisoblanadi.
61. Avtobusga chiqarish bo‘yicha navbatchi chiqarish vaqtida yo‘lovchilarda yo‘l chiptalari mavjudligini tekshiradi. Chiqarish bo‘yicha navbatchi bo‘lmagan punktlarda chiptalarni haydovchi tekshiradi.
62. Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda, agar o‘zgacha hol tomonlarning kelishuvida qayd etilmagan va chiptalarni sotishda e’lon qilinmagan bo‘lsa:
a) chipta sotib olingan avtotransport vositasiga uning jo‘nash vaqtidan boshlab uch soat atrofida, kasallik yoki baxtsiz hodisa oqibatida esa — uch sutka mobaynida kechikilganda yo‘lovchining xohishiga ko‘ra avtobusda yurish hujjati chipta bahosining 25 foizini qo‘shimcha ravishda to‘latgan holda tiklanadi yoki unga chiptaning to‘langan bahosi 25 foiz chegirilgan holda qaytarib beriladi.
Yo‘lovchining avtobusga kasallik yoki baxtsiz hodisa oqibatida kechikkanligi davolash muassasasining ma’lumotnomasi yoki baxtsiz hodisa to‘g‘risidagi dalolatnoma bilan tasdiqlanishi kerak;
b) chipta avtovokzal (avtostansiya) kassasiga avtotransport vositasi jo‘nashidan kechi bilan 2 soat oldin qaytarilgan taqdirda, yo‘lovchiga chipta bahosi uning oldindan sotish to‘lovi chegirilgan holda qaytariladi. Chipta ushbu muddatdan kech, biroq avtotranport vositasi jo‘nashidan oldin qaytarib berilganda, chipta bahosi uning qiymatining 15 foizi va oldindan sotilganligi uchun to‘lov chegirib tashlangan holda qaytariladi;
v) avtotransport vositasining jo‘nashi jadvalga nisbatan 1 soatdan ortiqqa kechikkanda, yo‘lovchiga chipta sotilganidan pastroq yuqori klassli avtotransport vositasidan joy berilganda, shuningdek unga chiptada ko‘rsatilgan joy berilmaganda u chiptani avtotransport vositasi jo‘nagungacha kassaga qaytarib berish va chiptaning to‘liq bahosini, shu jumladan uning oldindan sotilganligi uchun to‘lovni qaytarib olish huquqiga ega.
Yo‘lovchi pastroq klassli avtotransport vositasida ketishga rozi bo‘lganda unga to‘langan summa bilan to‘lanadigan yo‘l haqi o‘rtasidagi farq summasi qaytarib beriladi.
Pullar avtovokzal (avtostansiya), avtotransport vositalarini jo‘natish punkti boshlig‘i (yoki navbatchisi) ko‘rsatmasiga binoan qaytarib beriladi. Chipta uning teskari tomoniga “qaytarish” shtampi qo‘yilgan holda qaytariladi hamda yo‘lovchi uni topshirgan vaqt va qaytarilgan chiptaning qiymati ko‘rsatiladi.
Pullar kassir tomonidan, chiptalarni qabul qilib olish va pullarni qaytarib berish vedomostidagi yo‘lovchi imzosi bilan beriladi, vedomostda qatnovning sanasi, tartib raqami, yo‘nalish nomi, chiptaning raqami va bahosi ko‘rsatiladi.
Qaytarib berilgan chipta va pullarni qaytarib berishga asos bo‘lgan boshqa hujjatlar (oldindan sotilganligi uchun to‘lov kvitansiyasi, bagaj chiptasi va hokazolar) vedomost bilan birga kassir hisobotiga ilova qilinadi.
63. Agar jadvalda belgilangan avtotransport vositasi o‘rniga chiptaning bahosi yuqori bo‘lgan avtotransport vositasi berilsa, u holda chiptani ushbu haqdagi e’longacha sotib olgan yo‘lovchi mazkur chipta bilan, qo‘shimcha to‘lovsiz ketishga haqlidir. Avtobus almashgani to‘g‘risida e’lon qilingan vaqtdan boshlab chiptalar, yo‘lovchilarni tegishli ravishda ogohlantirgan holda, belgilangan yuqoriroq tarif bo‘yicha sotiladi.
64. Agar yo‘lovchi qatnov yo‘lida borayotgan avtotransport vositasidan o‘z aybi bilan qolib ketsa chipta keyingi qatnovga qayta rasmiylashtirilmaydi va yurilmagan masofa uchun pullar qaytarib berilmaydi.
65. Tashkilotlar tomonidan ularning oldindan sotib olgan transportda yurish hujjatlari avtovokzallar (avtostansiyalar) kassalariga avtotransport vositasi jo‘nashidan 3 sutka oldin qaytarib berilgan taqdirda, agar o‘zgacha hol tomonlarning kelishuvida va chiptalarni sotishda e’lon qilinmagan bo‘lsa, ularga yurish hujjatlari qiymati, ularning oldindan sotilgani uchun to‘lovni chegirgan holda qaytariladi. Yurish hujjatlari ushbu muddatdan kechikib qaytarilganda yo‘l haqi qiymatining 15 foizi ushlab qolinadi.
Avtotransport vositasining jo‘nashi bekor qilinganda yoki yurish hujjatlarini qaytarilishda ularni qaytarish muddatidan qat’i nazar yo‘l haqi qiymati summasi ushlab qolinmaydi.
66. Qaytarib berilgan foydalanilmagan chiptalar va boshqa yurish hujjatlari qiymatini to‘lash yurish hujjatlari sotib olingan joyda amalga oshiriladi.
67. Tashishga topshiriladigan bagaj puxta o‘rab-joylangan bo‘lishi kerak. Tashishga qabul qilib olingan bagaj uchun bagaj chiptasi beriladi.
Avtomobilning bagaj bo‘limi parametrlariga ko‘ra tashuvchi, avtomobilning umumiy sig‘imi va yuk ko‘taruvchanligini oshirmasdan, tashishga qabul qilib olinayotgan bagaj o‘rinlari soni va og‘irligini ko‘paytirishga haqlidir.
68. Yo‘lovchi hajmi 60 sm x 40 sm x 20 santimetrgacha va og‘irligi 20 kilogrammdan ortiq bo‘lmagan, 150 santimetrgacha uzunlikdagi qo‘l yukini, shuningdek qafasga solingan holdagi mayda hayvonlar va parrandalarni, aravachani (bolalar, nogironlar aravachalari va boshqalarning aravachalarini), kichik bog‘ jihozlarini, bolalar chanalarini o‘zi bilan birga bepul olib yurish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
69. Shahar atrofida tashishlarni hamda aviayo‘lovchilarni aeroportlarga va aeroportlar o‘rtasida tashishlarni amalga oshiruvchi, bagaj bo‘limi (otseki) mavjud bo‘lgan avtobuslarda yo‘lovchi ikkita bagaj o‘rni uchun haq to‘lagan holda har birining hajmi 100 sm x 50 sm x 30 santimetrdan ortiq bo‘lmagan va 150 dan 200 santimetrgacha uzunlikdagi buyumlarni o‘zi bilan birga olib yurish huquqiga ega.
70. O‘lchami 69-bandda ko‘rsatilgan eng katta hajmlarning hatto bittasidan ortiq bo‘lgan bagaj belgilangan parametrlarga nomuvofiq hisoblanadi.
71. Shahar atrofi yo‘nalishlaridagi avtotransport vositalarida bagajni olib yurishga chiptalar haydovchilar (mavjud bo‘lganda — konduktorlar) tomonidan, chipta sotish kassalari tashkil etilgan yo‘nalishlarning oxirgi manzillarida esa kassirlar (perron nazoratchilari) tomonidan sotiladi.
a) hajmi 60 sm x 40 sm x 20 santimetr bo‘lgan va og‘irligi 30 kilogrammdan ortiq bo‘lmagan qo‘l yukini, shu jumladan qafasga solingan holdagi mayda hayvon va parrandalarni yoki bir juft chang‘ini (bolalar chanalarini), 150 santimetrgacha uzunlikdagi buyumni — bepul;
b) bagaj bo‘limi (otseki) mavjud bo‘lmagan avtobuslarda — hajmi 100 sm x 50 sm x 30 sm. dan ortiq bo‘lmagan va og‘irligi 60 kilogrammdan ko‘p bo‘lmagan bagajni bitta joy uchun tarif bo‘yicha haq to‘lagan holda;
v) bagaj bo‘limi (otseki) mavjud bo‘lgan avtobuslarda hajmi 100 sm x 50 sm x 20 santimetrdan ortiq bo‘lmagan, har birining og‘irligi 60 kilogrammdan ko‘p bo‘lmagan bagajni va 150 santimetrdan 200 santimetrgacha uzunlikdagi buyumlarni — ikkita joy uchun haq to‘lagan holda olib yurish huquqiga ega.
73. Bagajning o‘lchamlari 72-bandda ko‘rsatilgan eng katta o‘lchamlaridan bittasining o‘lchamidan oshsa, belgilangan parametrlarga nomuvofiq hisoblanadi.
74. Yo‘lovchi, bagaj (yuk) avtomobillari harakati tashkil etilgan shaharlararo (xalqaro) yo‘nalishlarda, bagaj avtomobillarida bagajini tashishga topshirish huquqiga ega.
75. Yo‘lovchilarning bagajlari yo‘l chiptalari taqdim etilganda, bagaj avtomobillariga tashish uchun qabul qilinadi. Har bir yo‘l chiptasiga (to‘liq yoki bolalar chiptasiga) umumiy og‘irligi 150 kilogrammdan yuqori bo‘lmagan bagaj qabul qilinishi mumkin. Tashuvchi bagaj avtomobilining parametriga bog‘liq holda, tashishga qabul qilingan bagajning joyini va og‘irligini ko‘paytirish xuquqiga ega.
76. Tashish uchun topshirilayotgan bagaj o‘zining o‘lchamlari, o‘rami hamda xususiyatlari bo‘yicha bagaj avtomobiliga yuklash va joylashtirishda qiyinchiliklar tug‘dirmasligi, shuningdek boshqa yo‘lovchilarning bagajiga zarar yetkazmasligi kerak. Butun tashish vaqtida bagajning idish va o‘rami butunligini va saqlanganligini ta’minlashi lozim.
Bagaj o‘ralganda bagajni yo‘qotish xavfi yoki buzulishi mumkin bo‘lgan kamchiliklar bo‘lganda, bu kamchiliklar to‘g‘risida tashish hujjatlarida belgi qo‘yilib, bagaj qabul qilinishi mumkin.
77. Bagaj avtomobilida bagajni jo‘natishni xohlagan yo‘lovchi, yukni oldindan topshirishi, lekin bagaj avtomobilining jo‘nashidan 20 minutga kechikmasdan taqdim etishi lozim.
78. Bagajni tashish uchun qabul qilishning tasdig‘i sifatida yo‘lovchiga belgilangan namunadagi bagaj kvitansiyasi beriladi.
79. Yo‘lovchi bagajni tashish uchun topshirganda, belgilangan tarif to‘lovi bilan topshirilayotgan bagajning qiymatiga qarab, uning bahosini e’lon qilish xuquqiga ega.
81. Yo‘lovchidan alohida tashish uchun qabul qilingan bagaj yo‘lovchi belgilangan joyga jadval bo‘yicha yetib kelish kunidan kechikmasdan ushbu manzilga yetkazilishi kerak.
82. Yo‘lovchi tomonidan talab qilib olinmagan bagaj avtovokzalda yoki belgilangan yetkazib berish manzilida tashuvchi tomonidan yetkazib berishning nazarda tutilgan muddatidan keyin 30 kun mobaynida saqlanadi. Bagaj saqlanganligi uchun tarif bo‘yicha to‘lov undiriladi.
Belgilangan yetkazib berish muddatidan 30 kun o‘tgandan keyin talab qilib olinmagan bagaj sotilishi, sotishdan tushgan summa esa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
83. Yo‘lovchilarning unutib qoldirgan buyumlari qatnov tugashi bilan haydovchi tomonidan avtovokzal (avtostansiya) smena navbatchisiga yoki tashuvchining navbatchi dispetcheriga, ular bo‘lmaganda esa — topilmalar idorasiga topshirilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
84. Avtovokzal (avtostansiya) navbatchisi, tashuvchining navbatchi dispetcheri yoki topilmalar idorasi xodimi topilgan buyumlarni olib kelgan shaxs ishtirokida unutilgan buyumlarning ro‘yxati bilan ikki nusxada dalolatnoma tuzishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
85. Dalolatnoma tuzilgandan keyin omborchidan ikki nusxaga ham tilxat olinib, bittasi tashuvchida qoldiriladi, boshqasi esa omborxonaga topshirish uchun omborchiga barcha buyumlar bilan birgalikda beriladi.
86. Avtovokzal (avtostansiya) navbatchisi yoki tashuvchining navbatchi dispetcheri yo‘lovchining avtotransport vositasida unutib qoldirgan buyumlarni qidirishga tegishli bo‘lgan savollariga tushuntirish berishi shart.
87. Avtovokzallar (avtostansiyalar) aholi yashash joylarida hamda avtomobil yo‘llari trassalarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish va xalqaro, shaharlararo hamda shahar atrofida qatnovchi avtobus yo‘nalishlarida avtobuslar harakatiga tezkor rahbarlik qilish, foydalanish xizmat xonalarini va haydovchilarning dam olish xonalarini joylashtirish uchun tashkil etiladi.
Har bir avtovokzal belgilangan namunadagi o‘z pasportiga ega bo‘lishi kerak. Pasport O‘zbekiston avtomobil va daryo transport agentligi tomonidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
88. Avtovokzallar (avtostansiyalar) muayyan toifa va klasslarga bo‘linadi. Yo‘lovchilar avtokzallari (avtostansiyalari)ni toifalarga va klasslarga kiritish tartibini, ularning funksiyasini, ishlarning texnologik jarayonini belgilovchi Nizom O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
89. Tashuvchi jismoniy va yuridik shaxslarga ularning buyurtmanomalari (buyurtmalari) yoki boshqa tashish shartnomalari bo‘yicha avtobuslar va yengil avtomobillar beradi.
90. Avtobuslar va yengil avtomobillar shahar tashqarisiga buyurtmanomalar (buyurtmalar) yoki boshqa tashish shartnomalari bo‘yicha tashuvchining amaldagi yo‘nalishlar tarmog‘i yo‘nalishi bo‘yicha beriladi, amaldagi yo‘nalishlarga mos kelmaydigan boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha haydovchilarga oldindan harakat xavfsizligi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatilgandan keyin beriladi.
91. Belgilangan yo‘nalish bo‘yicha qatnashdan og‘ishish, harakat tezligini oshirish, avtotransport vositasida belgilangan sig‘ish normasidan ortiq yo‘lovchi tashish, haydovchilarning mehnat tartibini va dam olishini buzish qat’iyan man qilinadi.
92. Buyurtmanomada (buyurtmada), tashish shartnomasida buyurtmachi borish joyini, qatnash yo‘nalishini, to‘xtab o‘tish joyini, tashilayotgan yo‘lovchilar sonini, tashish uchun mas’ul shaxsning (guruh rahbari, ekskursovod) familiyasi, ismi, otasining ismini, avtotransport vositasining buyurtmachida bo‘lish muddatini ko‘rsatishi lozim.
93. Bolalarni tashishni tashkil etishga buyurtmanomalar tashuvchilar tomonidan guruhlarni o‘qituvchilarning yoki maxsus belgilangan katta yoshdagi kishilarning (bitta katta yoshdagi kishiga 15 boladan ko‘p bo‘lmagan) kuzatib borishi shartlari bajarilganda qabul qilinadi. Maktab yoshidagi bolalar guruhlarini tashishda ularga hamrohlik qilish uchun tibbiyot xodimlari ajratiladi.
94. Bolalarni ommaviy ravishda tashishda Yo‘l harakati qoidalarida belgilangan bolalar xavfsizligi bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘riladi.
95. Buyurtmanomalar (buyurtmalar) yoki boshqa tashish shartnomalari bo‘yicha beriladigan avtobuslar va yengil avtomobillarda yo‘lovchilar va bagajni tashishga tariflar miqdorlari tashuvchi bilan mijoz o‘rtasidagi shartnoma asosida belgilanadi. Ajratilayotgan avtobuslar va yengil avtomobillar ishlariga to‘lov vaqtbay yoki ishbay tariflari bo‘yicha belgilanishi mumkin.
96. Avtobus va yengil avtomobildan foydalanish vaqti, uning garajdan chiqish vaqtidan garajga qaytish vaqtigacha haydovchining dam olish vaqti chiqarib tashlangan holda, buyurtmanomalar (buyurtmalar)ni yoki boshqa tashish shartnomalarini rasmiylashtirishda hisoblab chiqiladi.
97. Yo‘nalishsiz taksilar yakka tartibda foydalanish tartibida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro tashish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan.
Keyingi tahrirga qarang.
v) yo‘lovchilarning buyurtmasi bo‘yicha yo‘nalishsiz taksilarni yo‘lga chiqarish joylarida yo‘lovchilarni yo‘nalishsiz taksilarga chiqarish va undan tushirish mumkin.
99. Yo‘nalishsiz taksilarning yo‘lovchilarni tashish va bagajni tashish tariflari miqdori tashuvchi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
100. Yo‘l haqi yo‘lovchi tomonidan safar tugagandan keyin va bagaj tushirilgandan keyin u bilan kelgan yo‘lovchilar hamda tashib keltirilgan bagaj sonidan qat’i nazar, taksometr ko‘rsatkichi bo‘yicha to‘lanadi. Haydovchi bilan hisob-kitob naqd pul bilan yoxud hisob-kitob terminalidan foydalangan holda bank plastik kartochkalari mablag‘lari bilan amalga oshiriladi.
(100-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 139-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 20-21-son, 201-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Yo‘nalishsiz taksi bir necha yo‘lovchilar (navbatda turgan birinchi yo‘lovchining roziligi bilan) tomonidan to‘xtash joyida yollagan yoki taksini yollagan yo‘lovchi roziligi bilan yo‘li bir bo‘lgan yo‘lovchi chiqarilgan taqdirda, yo‘l haqiga to‘lovning umumiy summasi yo‘lovchilar o‘rtasida har bir yo‘lovchining bosib o‘tgan masofasiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
101. Yo‘nalishsiz taksiga yo‘lovchilarni chiqarishda haydovchi bagajni joylashtirishda yordam ko‘rsatishi, safar tugaganda esa yo‘lovchiga uning buyumlarini va bagajini tushirishi to‘g‘risida eslatishi shart.
Yo‘nalishsiz taksiga oldindan buyurtma berilganda haydovchi avtomobil bilan naryadda ko‘rsatilgan vaqtda kelishi shart.
103. Shahar chetiga yo‘nalishsiz taksilarni yo‘lga chiqarishga buyurtmalar dispetcher tomonidan telefon orqali va shaxsan yo‘lovchidan qabul qilinadi.
Yo‘nalishsiz taksini yo‘lga chiqarish qiymati buyurtmachi tomonidan buyurtma bo‘yicha belgilangan tarifga muvofiq taksometr ko‘rsatkichi bo‘yicha to‘lanadi.
104. Yo‘nalishsiz taksi yo‘lovchining iltimosiga ko‘ra tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra alohida to‘lov evaziga yo‘lovchini uning iltimosiga binoan kutib turadi.
105. Yo‘nalishsiz taksilarning bagaj bo‘linmalarida bagajni tashish faqat yopiq bagajxona bo‘lganda ruxsat beriladi.
Yo‘nalishsiz taksilarning salonida avtomobil eshigi orqali bemalol sig‘adigan, salon qoplamasini va uning uskunalarini buzmaydigan va iflos qilmaydigan, haydovchining avtomobilni boshqarishiga hamda orqani ko‘rish ko‘zgusidan foydalanishiga xalaqit bermaydigan har xil buyumlar va ashyolarni tashishiga ruxsat beriladi.
Mushuklar, itlarni tizgin va to‘shagi mavjud bo‘lganda tumshuqbog‘larda, kichik jonivorlarni savatlarda, sumkalarda hamda qushlarni qafaslarda tashishga ruxsat beriladi.
106. Harbiy yo‘lovchilarga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitaning harbiylarni tashish hujjatlari bo‘yicha transportda yurishi rasmiylashtirilgan shaxslar hamda ushbu hujjatlarda yozilgan ularning oila a’zolari kiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
107. Harbiy yo‘lovchilarni tashish buning uchun keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki orqali markazlashtirilgan tartibda tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati hamda Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita tomonidan harbiylarni tashish hujjatlari bo‘yicha hisob-kitob qilingan holda bajariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Harbiylarni tashish umumiy belgilangan tartibda Markaziy bankning limitlangan daftarchalaridan cheklar, banklar tomonidan akseptlangan to‘lov topshiriqnomalari orqali yoki naqd pul bilan to‘lov to‘lanishi mumkin.
108. Harbiylarni tashish hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha avtovokzallarda (avtostansiyalarda) qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitaning harbiy qismlari va muassasalari tomonidan tashishga rasmiylashtirilgan harbiylarni tashish hujjatlarida, ularning tegishli vazirlik va idoraga aloqadorligini aniqlovchi ajratib turadigan belgilari bo‘lishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
109. Harbiylarni tashish hujjatlari avtomobil transportida shahar atrofida, viloyat ichida, viloyatlararo va xalqaro qatnovlarda yo‘lovchilarning manzilga borishi va bagajni tashishiga chiptalar olish uchun mo‘ljallangan.
b) avtomobil transportida viloyat ichi va viloyatlararo qatnovlarda manzilga borish uchun bitta odamga yoki soni ikki kishidan ziyod bo‘lgan harbiy komandaga chiptalar olish uchun — talabnoma;
v) bagajni tashish uchun — bagaj taloni. Bagaj talonlari jo‘nash avtovokzallari (avtostansiyalari) kassalarida bagaj chiptalariga yoki kvitansiyalariga almashtiriladi. Barcha turdagi harbiylarni tashish hujjatlari jo‘nash shoxobchasi chipta kassalarida umumiy shakldagi chiptalarga, bagaj chiptalariga yoki kvitansiyalarga almashtiriladi.
110. Avtotransportda bepul yoki imtiyozli yurish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga, mansubligi yoki mulkchilik shaklidan qat’i nazar, yo‘nalishli avtobuslarida bepul va imtiyozli yurishga ruxsat beriladi.
111. Avtomobil transportida bepul yuruvchi, shuningdek imtiyozli yurishdan foydalanuvchi yo‘lovchilar uchun avtomobil transportida yo‘lovchi tashishning amal qiladigan qoida va shartlari majburiydir.
112. Avtobuslarda bepul yoki imtiyozli yurish huquqiga ega bo‘lgan yo‘lovchilar tomonidan bagajni tashish va xizmatlar ko‘rsatish uchun to‘lovlar umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
113. Yo‘lovchilarni va bagajni tashish shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarilmagan yoki zarur darajada bajarilmagan taqdirda, tashuvchilar mazkur Qoidalarda va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda moddiy javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
114. Tashish uchun qabul qilingan bagajning yo‘qolishi, kamomadi, buzilganligi yoki shikastlanganligi uchun, agar tashuvchilar yo‘qolish, kamomad, buzilish yoki shikastlanish ularning aybi bilan bo‘lmaganligini isbotlay olmasalar moddiy javob beradilar va zararlarni to‘laydilar.
bagaj yo‘qolgan yoki kamomadga yo‘l qo‘yilgan taqdirda — yuk yoki bagajning yo‘qolgan yoki yetmagan qiymati miqdorida;
bagajga zarar yetgan (buzilgan) taqdirda — uning qiymati kamaygan summa miqdorida, shikastlangan (buzilgan) bagajni tiklash imkoniyati bo‘lmaganda esa, uning qiymati miqdorida;
qiymati e’lon qilingan holda tashish uchun topshirilgan bagaj yo‘qolganda — bagajning e’lon qilingan miqdorida to‘lanadi.
115. Ishiga vaqtbay tarif bo‘yicha haq to‘lanadigan avtobuslar va yengil avtomobillar tashuvchi tomonidan buyurtmanoma (buyurtma) yoki boshqa tashish shartnomalari bo‘yicha bajarish uchun qabul qilingan miqdorda yetkazib berilmaganda yoki ushbu avtobuslar va yengil avtomobillarni chiqarish kechiktirilganda, tashuvchi, agar tomonlarning kelishuvida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, buyurtmachiga buyurtmanomada (buyurtmada) yoki shartnomada ko‘rsatilgan foydalanish vaqtidan kelib chiqqan holda avtobuslar va yengil avtomobillardan foydalanish qiymatining 10 foizini to‘laydi.
116. Shahar yo‘nalishlarida yo‘lovchilar tashishdan tashqari yo‘lovchilarni tashish uchun avtotransport vositasini jo‘natish kechikkanligi yoki belgilangan manzilga kechikib kelganligi uchun tashuvchi, agar kechikishlar yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari yoki tashuvchiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablar oqibatida yuz berganligini isbotlab berolmasa, yo‘lovchiga jarima shaklida neustoyka to‘laydi.
Yo‘lovchilar tashish uchun avtotransport vositasini jo‘natish kechikkanligi yoki belgilangan manzilga kechikib kelganligi holati yuzasidan avtovokzal (avtostansiya)ning navbatchi dispetcheri tomonidan dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada avtotransport vositasining tasdiqlangan jadval bo‘yicha jo‘nash (etib kelish) vaqti va haqiqatda jo‘nagan (etib kelgan) vaqti ko‘rsatiladi. Dalolatnoma navbatchi dispetcher va ikki yo‘lovchi tomonidan imzolanadi. Avtovokzalda (avtostansiyada) navbatchi dispetcher bo‘lmagan taqdirda, dalolatnoma kamida uchta yo‘lovchi tomonidan imzolanadi.
Avtotransport vositasining jo‘nashi (etib kelishi) kechiktirilganligi uchun yo‘lovchiga to‘lanadigan jarima miqdori – jo‘nashi (etib kelish) kechikkanligining birinchi to‘liq soati uchun (60 minut) chipta bahosining 10 foizi hisobidan uning davomiyligiga bog‘liq holda, jo‘nash (kelish) kechikishining har bir keyingi 15 minuti uchun esa chipta bahosining 3 foizi hisobidan aniqlanadi. Jarima umumiy summasi chipta bahosining 50 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Yo‘lovchiga jarima tashuvchi tomonidan yoki avtovokzal (avtostansiya) boshlig‘ining yozma ko‘rsatmasi bo‘yicha to‘lanadi.
Yo‘lovchiga to‘langan jarima, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq avtotransport vositasining jo‘nashga kechikkanligi yoki uning belgilangan manzilga yetib kelishi kechikkanligi oqibatida yo‘lovchiga yetkazilgan zararni unga to‘lash majburiyatidan ozod qilmaydi. Avtotransport vositasining jo‘nashi kechikkanligi sababi bo‘yicha yo‘lovchi tashishni rad etgan taqdirda, tashuvchi yo‘lovchiga yo‘l haqi to‘lovini hamda u tomonidan ko‘rilgan boshqa xarajatlarni qaytarishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
117. Tashuvchi yo‘lovchining hayoti va sog‘ligiga yetkazilgan zarar uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
118. Yo‘lovchilar qonun hujjatlariga muvofiq avtotransport vositalari uskuna va inventarlarining buzulishi yoki shikastlanishi uchun javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
119. Ushbu avtotransport vositasida yurish yoki bagaj tashish huquqini bermaydigan chiptani yoki guvohnomani nazorat vaqtida ko‘rsatgan shaxslar chiptasiz yo‘lovchilar toifasiga kiradi. Qalbaki, noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan yoki boshqa shaxsga rasmiylashtirilgan yo‘l chiptalari va guvohnomalar nazorat qiluvchi shaxs tomonidan olib qo‘yilishi kerak.
120. Jarimalar O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida nazarda tutilgan tartibda avtomobil transporti yoki ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan solinadi.
121. Yo‘lovchi tomonidan jarima to‘langanda, unga undirilgan summa ko‘rsatilgan holda belgilangan shakldagi kvitansiya beriladi. Yo‘lovchi tomonidan jarima to‘lanishi, yo‘lovchini yo‘l chiptasi sotib olish yoki bagaj tashish to‘lovidan ozod qilmaydi.
Avtotransportda yurishga va bagajini tashishga chiptasi bo‘lmagan yo‘lovchining avtotransportga chiqqan manzilini aniqlash imkoni bo‘lmaganda, uning yurish va bagajini tashish qiymati jo‘nash manzilidan yetib kelish manziligacha bo‘lgan masofa bo‘yicha hisoblanadi.
122. Buyurtmanoma (buyurtma) bergan yoki boshqa tashish shartnomasi tuzgan shaxslar avtobuslar va yengil avtomobillardan foydalanishni to‘liq yoki qisman rad etganda ularning ishiga buyurtmanomada (buyurtma) yoki shartnomada ko‘rsatilgan miqdorda vaqtbay tarif bo‘yicha haq to‘lanadi, ko‘rsatilgan shaxslar tashuvchiga buyurtmanomada (buyurtmada) yoki shartnomada ko‘rsatilgan foydalanish vaqtidan kelib chiqqan holda, avtobuslar va yengil avtomobillardan foydalanish qiymatining 10 foizini to‘laydi.
123. Yo‘lovchilar va bagajni tashish jarayonida paydo bo‘ladigan e’tirozlar tashuvchiga jo‘nash yoki yetib kelish manzilida e’tiroz bildiruvchining xohishi bo‘yicha berilishi mumkin.
124. Tashuvchiga e’tirozlar 6 oy mobaynida, jarimalar to‘lash to‘g‘risidagi e’tirozlar esa 45 kun mobaynida berilishi mumkin.
a) bagajning buzilganligi, shikastlanganligi yoki kamomadi uchun to‘lovlar to‘g‘risidagi e’tirozlar bo‘yicha — bagaj berilgan kundan;
b) bagaj yo‘qolganligi uchun zararni qoplash to‘g‘risidagi e’tirozlar bo‘yicha — bagaj yetkazib berilgan muddatlar tugagandan 10 kundan keyin;
v) qolgan barcha holatlarda — e’tiroz bildirish uchun asos bo‘ladigan voqealar bo‘lgan kundan boshlab hisoblanadi.
v) jarima to‘lash to‘g‘risidagi e’tirozlar bo‘yicha — 45 kun mobaynida bildirilgan e’tirozni ko‘rib chiqishi va uning qanoatlantirishi to‘g‘risida arizachiga xabar berishi shart.
E’tirozlar qisman qanoatlantirilganda yoki rad etilganda, tashuvchi bu haqdagi bildirishnomada qabul qilingan qarorning sababini ko‘rsatishi hamda e’tirozlarga ilova qilingan hujjatlarni ariza beruvchiga qaytarishi kerak.
1. Talablar avtobuslarda yo‘lovchilar tashishda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash tartibini belgilovchi hujjat hisoblanadi.
yangi avtobus yo‘nalishlari ochish va ishlab turganlaridan foydalanishni davom ettirish to‘g‘risida qarorlar qabul qiluvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimliklari;
vazirliklar va idoralar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, o‘z transporti bilan avtobusda tashishlarni amalga oshiruvchi yoki o‘z tizimiga kirmaydigan korxonalar (tashkilotlar) bilan tashish shartnomalari tuzgan tashuvchilar;
avtomobil yo‘llari, ko‘chalar, sun’iy inshootlar, temir yo‘ldan o‘tish joylari, paromlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlashni ta’minlovchi vazirliklar, idoralar;
yo‘l harakatini boshqarishning texnik vositalarini o‘rnatuvchi va ulardan foydalanuvchi yo‘l, kommunal tashkilotlar, boshqa tashkilotlar;
tashuvchilar va yo‘l tashkilotlarini, yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmatlarini ob-havo sharoitlarining noqulay o‘zgarishlari to‘g‘risida xabardor qiluvchi gidrometeorologiya tizimi tashkilotlari;
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida normativlar va qoidalarga rioya qilinishi ustidan nazorat qiluvchi, yo‘l harakatini boshqarish va tashkil etish tadbirlarini amalga oshiruvchi Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati;
haydovchilarni qatnovdan oldin va qatnovdan keyin tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi tashkilotlari;
boshqaruv organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan avtomobilda tashish xavfsizligini tashkil etish va ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilinishini nazorat qiluvchi O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi (uning hududiy bo‘linmalari) uchun tatbiq etiladi va majburiy kuchga egadir.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Talablar O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan avtobuslarda yo‘lovchilar tashishga tadbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
tasarrufida avtomobil yo‘llari, ko‘chalar, sun’iy inshootlar, temir yo‘l kesishmalari, paromlar, yo‘l harakatini tartibga solishning texnik vositalari bo‘lgan yo‘llardan foydalanish, kommunal va boshqa tashkilotlar (korxonalar);
4. Quyidagilar mulkchilik shakllaridan qat’i nazar avtobuslarda yo‘lovchilar tashishni amalga oshiruvchilarning xavfsizlikni ta’minlashdagi asosiy vazifalari hisoblanadi:
Yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha mashg‘ulotlarni belgilangan muddatlarda o‘tkazish va haydovchilarning kasb mahoratini oshirish;
haydovchilarning o‘z vaqtida tibbiy qayta tekshirishdan va yo‘lga chiqishdan oldin muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tishi ustidan nazoratni tashkil etish;
haydovchilarni avtobus yo‘nalishlari sxemalari, shuningdek yo‘nalishdagi ob-havo sharoitlari yo‘l holatining o‘zgarishi va yo‘l harakatini tashkil etish to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash;
haydovchilar tomonidan ish vaqtining yo‘l qo‘yiladigan muddatiga rioya etilishi, shuningdek ularning dam olishi va ovqatlanishi tashkil etilishini nazorat qilish;
xavfsizlik ta’minlanishini, haydovchilar mehnati va dam olishini hisobga olgan holda yo‘lovchilar oqimini, harakat tezliklarini normalash va harakat jadvalini tuzish;
avtobuslardan foydalanish, haydovchilar tomonidan yo‘nalish bo‘yicha harakat jadvaliga va Yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
foydalanishda bo‘lgan har bir avtotransport vositasida litsenziya kartochkasi mavjud bo‘lishini ta’minlash;
yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash sohasidagi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish.
5. Quyidagilar O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining (uning hududiy bo‘linmalarining) avtobuslarda yo‘lovchilar tashishda xavfsizlikni ta’minlashdagi asosiy vazifalari hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
avtomobillarda tashishni tashkil etish va harakatlanish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish;
avtomobillarda tashishni amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish;
O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchisi bo‘lgan avtomobil transporti sohasidagi xalqaro bitimlar va konvensiyalarning asosiy shartlari va qoidalariga xorijiy va milliy tashuvchilar tomonidan rioya etilishini nazorat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
tashish yo‘nalishlarini tender asosida amalga oshirish mexanizmini joriy etish, tender kontraktlariga rioya etilishini nazorat qilish, mulkchilikning barcha shakllaridagi tashuvchilar uchun faoliyat ko‘rsatishning teng shart-sharoitlarini yaratish.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Quyidagilar yo‘llardan foydalanish, kommunal, temir yo‘l tashkilotlari va boshqa tashkilotlar (korxonalar)ning avtobuslarda yo‘lovchilar tashishda xavfsizlikni ta’minlashdagi asosiy vazifalari hisoblanadi:
o‘zlarining tasarrufidagi avtomobil yo‘llari, ko‘chalar, sun’iy inshootlar, temir yo‘l kesishmalari, paromlar, yo‘l belgilari, yo‘l harakatini tartibga solishning boshqa vositalarini to‘siqlarsiz va xavfsiz harakatlanishni ta’minlovchi texnik soz holatda saqlash;
yo‘llarning xavfli uchastkalarini tezkorlik bilan aniqlash, xavf manbalarini belgilangan muddatlarda bartaraf etish, buning imkoniyati bo‘lmaganda avtobus yo‘nalishini yopish chora-tadbirlarini ko‘rish;
avtomobil yo‘llari, ko‘chalar, sun’iy inshootlar, temir yo‘l kesishmalari, paromlarni jihozlash va saqlashga doir avtobus yo‘nalishlarini tekshirish komissiyalari tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish.
7. Quyidagilar avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashda harakat qatnashchilari tomonidan:
avtomobil yo‘llari, ko‘chalardagi xavfli uchastkalarni tezkorlik bilan aniqlash va ularni bartaraf etish tartibini;
yo‘l-transport hodisalarini aniqlash va ularni bartaraf etishni tartibga soluvchi normativlar va qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish Yo‘llarda harakatlanish xavfsizligi davlat xizmati bo‘linmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi.
Avtobuslarda yo‘lovchilar tashishni tartibga soluvchi ko‘rsatib o‘tilgan normativlar va qoidalar bajarilmagan taqdirda, Yo‘llarda harakatlanish xavfsizligi davlat xizmati tomonidan ularni bartaraf etish, zarur hollarda avtobus harakatini to‘xtatish chora-tadbirlari ko‘riladi.
8. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar avtobuslarda yo‘lovchilar tashishni amalga oshiruvchi yoki ta’minlovchi tashuvchilar rahbarlari mazkur Talablar bajarilmaganligi uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq shaxsan javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Yo‘lovchilar tashishga mo‘ljallangan avtobuslarni boshqarishga tegishli toifaga (malakaga) ega bo‘lgan, 21 yoshga to‘lgan va tibbiy ko‘rikdan o‘tgan haydovchilar qo‘yiladi.
10. Shaharlararo, tog‘ yo‘nalishlariga, shuningdek bir martalik buyurtmalar bo‘yicha sayyohat-ekskursiya tashishlariga va bolalarni tashishga keyingi uch yilda avtobus haydovchisi bo‘lib ishlayotgan haydovchilar qo‘yiladi.
11. Xalqaro yo‘nalishlarga keyingi uch yilda avtobus haydovchisi bo‘lib ishlayotgan va xalqaro avtomobillarda yo‘lovchilar tashish sohasida kasb vakolati to‘g‘risida guvohnomaga ega bo‘lgan shaxslar qo‘yiladi.
12. Avtobusning haydovchisi DST 974/2000 O‘zbekiston Davlat standartlari talablariga, Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalariga muvofiq bo‘lishi kerak.
13. Avtobuslarning texnik holati va ularning jihozlari tegishli standartlar talablariga, texnik foydalanish qoidalariga, avtomobil transporti harakatdagi qismiga texnik xizmat ko‘rsatish va uni tuzatish to‘g‘risidagi Nizomga, tayyorlovchi korxonalarning yo‘riqnomalariga va boshqa normativ-texnik hujjatlarga javob berishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
14. I—III toifadagi avtomobil yo‘llarida barcha tur va rusumdagi avtobuslar ishlashiga ruxsat beriladi.
IV-V toifadagi avtomobil yo‘llarida o‘q nagruzkasi 6 tonnagacha bo‘lgan avtobuslar ishlashiga ruxsat beriladi.
15. Tog‘ yo‘nalishlarida va ularga tenglashtirilgan yo‘nalishlarda foydalanadigan avtobuslar oldingi tumanga qarshi chiroqlar va orqa chiroqlar, g‘ildirakning ostiga tashlash uchun kamida 2 ta tayanchga ega bo‘lishi kerak.
Sayohat-ekskursiyalarga ajratilgan avtobuslarning old tomonida “sayohatchi” va “ekskursiya” degan ko‘rsatkich, bir martalik buyurtmalar bo‘yicha maxsus tashishlar uchun esa “buyurtma” degan ko‘rsatkich o‘rnatiladi.
Bolalarni tashiydigan barcha avtobuslarda yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan tanitish belgisi o‘rnatilishi kerak.
Yo‘lovchilarni shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro tashuvchi avtobuslar servis ustaxonasi plombasi bo‘lgan nazorat priborlari (taxograf) bilan jihozlangan, xalqaro tashishlarda esa O‘zbekiston Respublikasining tanitish belgisiga ham ega bo‘lishlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 29-maydagi 98-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 22 -son, 1941-modda)
16. Avtobusda yo‘lovchilar va bagajni tashish Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish qoidalariga va boshqa qonun hujjatlariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Yo‘lovchilarni muntazam (yo‘nalishli) tashish yo‘nalishlari mulkchilik shakllaridan qat’i nazar tashuvchilar o‘rtasida tender asosida joylashtiriladi.
18. Yo‘lovchilarni muntazam (yo‘nalishli) tashish yo‘nalishlarida ishlash huquqiga Yo‘lovchilar tashishni tashkil etish bo‘yicha hududiy komissiya yoxud boshqa vakolatli organ bilan tender kontrakti tuzgan tashuvchi ega bo‘ladi.
Yo‘lovchilarni muntazam (yo‘nalishli) tashish yo‘nalishlarida tender kontrakti tuzmasdan ishlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Avtobuslarda yo‘lovchi tashish tashkilotchilari (avtokorxonalar rahbarlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar) avtomobilda tashishlari sohasida kasb vakolati to‘g‘risida O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan belgilangan tartibda berilgan tegishli guvohnomaga ega bo‘lishlari kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlar haydovchilarining yo‘l qo‘yiladigan boshqarish, tanaffuslar, har kunlik va haftalik dam olish vaqti xalqaro normalarga muvofiq belgilanadi.
21. Avtobuslarda yo‘lovchilar tashish jadvali avtotashuvchi tomonidan yo‘nalishlarning ayrim bosqichlarida normativ tezliklar asosida, ushbu tezliklar yo‘l harakati qoidalarida, yo‘l belgilarida ruxsat berilgan tezlikka muvofiq bo‘lishi sharti bilan tuzilishi kerak.
22. Shahar va shahar atrofidagi yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashishda avtobusdagi yo‘lovchilar soni avtobuslarning to‘liq sig‘imidan ortiq bo‘lmasligi, shaharlararo, tog‘, sayohat-ekskursiya yo‘nalishlarida, bolalarni tashishda va bir martalik tashishlarda esa — o‘tirish uchun belgilangan joylar sonidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
23. Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarda ishlash uchun faqat bagaj bo‘limlari mavjud bo‘lgan avtobuslargina qo‘yiladi.
Haydovchining avtobusni boshqarish vaqti 9 soatdan ortiq bo‘lganda yoki yo‘nalish uzoqligi 400 km va undan ortiqni tashkil etganda avtobusda yo‘lovchilar tashishni tashkil etishda avtomobilda haydovchining dam olishi uchun joy jihozlanishi va qatnovga ikki haydovchi yuborilishi kerak.
Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarda 400 km va undan uzoq yo‘nalishlarda avtobusda yo‘lovchilar tashishni bir haydovchi bilan, shuningdek tungi qatnovlarni tashkil etish taqiqlanadi, tender kontraktida boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarda, sayohat-ekskursiya yo‘nalishlarida avtobuslar harakati jadvalida avtobusni har 1,5 soat boshqarishdan keyin haydovchining kamida 15 minut yoxud 4,5 soat boshqarishdan keyin 45 minut dam olishi majburiy tartibda nazarda tutiladi.
25. Avtobus haydovchisi nazorat punktlarida (avtovokzallar, avtostansilar, dispetcherlik punktlari), harakat jadvalida nazarda tutilgan hollarda, chipta-hisobga olish varaqasida kelgan va jo‘nab ketgan vaqti to‘g‘risida belgi qo‘ydirishi kerak.
26. Avtobusda harakat xavfsizligiga xavf tug‘diruvchi nosozliklar paydo bo‘lganda, shuningdek haydovchi o‘zini yomon his etganda avtobus harakati darhol to‘xtatilishi kerak. Bu haqda eng yaqin avtovokzal (avtostansiya) dispetcheriga yoxud avtobus yoki haydovchini almashtirishi, tashishning bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘rishi majburiy bo‘lgan tashuvchiga xabar qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishi hujjatlari yo‘nalish hududlari orqali o‘tadigan davlat vakolatli organlarida hamda tashuvchilarda bir nusxadan saqlash uchun yetarli bo‘lgan nusxalarda tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Yo‘nalish hujjatlari zaruriyatga ko‘ra, yo‘lovchi oqimlarini o‘rganish asosida, harakat sxemasi va avtobuslarning texnik tavsifi o‘zgarganda qayta ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
29. Sayohat-ekskursiya, maxsus yoki bir martalik tashishlar uchun tashkilotlar, korxonalar va fuqarolarga avtobuslar ajratishga shartnomalarni va bir martalik buyurtmalarni rasmiylashtirish avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalariga, boshqa normativ hujjatlarga muvofiq tashuvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Shartnomalar va buyurtmalar buyurtmachidan borish joyi, borish yo‘nalishi, to‘xtash joyi, tashilayotgan yo‘lovchilar soni, tashish uchun mas’ul shaxs (guruh rahbari, ekskursovod) to‘g‘risidagi ma’lumotlar olingandan keyin rasmiylashtiriladi. Avtobusning buyurtmachida bo‘lishi muddati, tashish uchun mas’ul shaxsning familiyasi yo‘l varaqasiga kiritilishi kerak.
30. Har biriga 30 kishidan ortiq odam sig‘adigan ikki yoki undan ortiq avtobuslarda, har biriga 30 kishidan kam odam sig‘adigan yo‘lovchilar tashilganda ularning harakati kolonna bilan amalga oshiriladi. Tashuvchi tomonidan yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalariga, avtobuslardan foydalanish qoidalariga, boshqa normativ hujjatlarga, harakat xavfsizligi va xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs belgilanadi.
Kolonnalarni yo‘llarda harakatlanish xavfsizligi davlat xizmati transport vositalari bilan kuzatib borish haqidagi qaror ichki ishlar boshqarmalari rahbarlari, harakat xavfsizligi xizmati avtomobillari bilan kuzatib borish haqidagi qaror esa — tashuvchilar tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Tashuvchi avtobuslari harakatining tasdiqlangan yo‘nalishlariga muvofiq kelmaydigan maxsus tashishlar (vaxta, mehnatkashlarni ishlab chiqarish obyektlariga, qishloq xo‘jaligi ishlariga tashib borish) YHXDX hududiy organlari ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Bir martalik tashishlarga buyurtmalar tashuvchida mo‘ljallanayotgan yo‘nalishning yo‘l sharoitlari haqida axborot mavjud bo‘lgan yoki bunday axborot buyurtmachidan olingandan keyin qabul qilinadi. Buyurtmachi berilgan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun to‘liq javob beradi.
Agar yo‘nalishdagi yo‘l sharoitlari yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlamasa, avtobuslar ajratilmaydi.
32. Bir martalik buyurtmalar bo‘yicha sayohat-ekskursiya tashishlarida buyurtmachi tashkilot rahbarlari:
guruh rahbarini tanlash, tayyorlash va harakat xavfsizligi va texnika xavfsizligi masalalari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq berilishini;
sayyohlar, bolalar guruhlari bilan yo‘lda o‘zini tutish va avtobusdan foydalanish qoidalari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq berilishini;
guruh rahbarini yo‘lovchilarning tasdiqlangan ro‘yxati, YHXDXni bolalar tashilishi to‘g‘risidagi bildirishnoma nusxasi bilan;
33. Viloyat (respublika) tashqarisiga sayohat-ekskursiyalarga muntazam olib borilgan hollarda buyurtmachi tashkilot (tashuvchi) avtobusning saqlanishini, orqaga qaytishga tayyor ekanligini, boshqa viloyatlar (respublikalar) hududida avtobusga texnik xizmat ko‘rsatish imkoniyatini nazarda tutishi kerak.
34. Guruhlarning rahbarlari avtobus harakati, unga chiqish va tushish paytida hamda bekatlarda yo‘lovchilar orasida, ayniqsa bolalar orasida zarur tartibni ta’minlashga majburdirlar.
haydovchilarga yo‘nalish xususiyatlari to‘g‘risida yo‘l-yo‘riq berishga, harakat xavfsizligini ta’minlashga, sayohat-ekskursiyaga tashishga — shuningdek sayohlar va ekskursiyachilarga xizmat ko‘rsatish qoidalari, bolalarni tashishda — bunday tashishlarni amalga oshirish qoidalari to‘g‘risida yo‘l-yo‘riq berishga, bu haqda yo‘l varaqasi hamda haydovchilar tarkibiga yo‘l-yo‘riq berish jurnalida qayd etishga;
avtobusning korxonaga qaytishining nazorat vaqtini tayinlashga, nazorat vaqti tamom bo‘lgandan keyin ikki soatdan so‘ng avtobus qayerda ekanligini aniqlash chora-tadbirlarini ko‘rishga majburdir.
36. Sayohat ekskursiyalarga olib boruvchi yoki bir martalik buyurtmalar bo‘yicha tashishlarni amalga oshiruvchi haydovchilar, agar ular yo‘lovchilar tashish qoidalariga, yo‘l harakati qoidalariga zid bo‘lmasa, yo‘nalish o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lmasa, tashish uchun mas’ullarning (guruh rahbarlarining) ko‘rsatmalarini bajarishga majburdir.
buyurtmachi bilan birgalikda tashish uchun avtobus modelini tanlashga, yo‘nalish masofasini belgilashga va harakat tezligini normallashtirishga, xavfsizlik ta’minlanishini, haydovchilarning mehnati va dam olishi belgilangan rejimini hisobga olgan holda avtobuslar harakati jadvalini tuzishga va tasdiqlashga;
buyurtmachi bilan birgalikda yo‘nalish hujjatlarini tuzishga, ularni davlat avtomobil nazorati bilan kelishishga majburdir.
38. Bolalarni (16 yoshgacha bo‘lgan) tashishni tashkil etish Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish qoidalariga hamda mazkur Talablarga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
39. Bolalarni avtobuslarda tashish sutkaning yorug‘ paytida yaqin masofani yoritadigan chiroqlar yoqilgan holda amalga oshirilishi kerak. Harakat tezligi yo‘l, meteorologiya va boshqa sharoitlarga ko‘ra haydovchi (kuzatib borilganda — uning ta’minlanishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxs) tomonidan tanlanadi. Bunda barcha hollarda harakat tezligi soatiga 60 kilometrdan oshmasligi kerak.
40. Sayohat-ekskursiyalarga olib borishga va bolalarni tashishga bir martalik buyurtmalarga shartnomalar tashuvchilar tomonidan guruhga o‘qituvchilar yoki maxsus tayinlangan katta yoshdagi kishilar hamkorlik qilishi sharti bilan tuziladi. Avtobuslar kolonnasi bilan tashilayotgan bolalarga hamrohlik qilish uchun tibbiy xodimlar ajratish to‘g‘risidagi masala joylarda sog‘liqni saqlash organlari tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarni shaharlararo sayohat-ekskursiyalarga olib borish taqiqlanadi.
42. Qishloq joylarda muntazam ravishda bolalarni avtobuslarda tashishni tashkil etishda tashuvchilar:
bolalarni borish joyiga o‘z vaqtida yetkazishni ta’minlovchi maxsus qatnovlarni nazarda tutishga, ushbu qatnovlar ko‘p bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka majburdir. Bunday tashishlar bajarilishini, avtomobil yo‘llari holatini, bolalarni tushirish va chiqarish punktlarini muntazam nazorat qilishga;
yo‘nalishlarda bolalarni tashiyotgan avtobuslarning o‘tish vaqti ko‘rsatilgan maxsus to‘xtash belgilari o‘rnatishga majburdir.
43. Avtobus yo‘nalishlari o‘tadigan avtomobil yo‘llari, ko‘chalar, sun’iy inshootlar, temir yo‘ldan o‘tish joylari, parom orqali o‘tish joylarining texnik holati, ularning muhandislik jihozlanishi qurilish normalari va qoidalari, avtomobil yo‘llarini tuzatish va saqlashning texnik qoidalari, boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan harakat xavfsizligi talablarini qanoatlantirishi kerak.
44. Vaqtinchalik yo‘nalishlarda yo‘l harakati xavfsizligi hududiy komissiyasi ruxsati bilan normativ hujjatlar talablariga to‘liq javob bermaydigan yo‘llar bo‘yicha avtobus harakatlarini tashkil etishga istisno tariqasida yo‘l qo‘yiladi. Bunday holda tegishli tashuvchilar, shuningdek tasarrufida yo‘llar bo‘lgan yo‘l, kommunal va boshqa tashkilotlar tomonidan avtobuslar harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilishi kerak (xavfli uchastkalar aniqlanishi va yo‘nalishlar sxemasiga kiritilishi; avtobuslar to‘xtash joylari belgilanishi, haydovchilar bilan instruktaj o‘tkazilishi, harakat xavfsizligini ta’minlovchi tezliklar belgilanishi; xavfli joylarda to‘siqlar va yo‘l belgilari o‘rnatilishi va boshqalar). Agar normativ hujjatlar talablariga nomuvofiqlik mavsumiy tusga va ob-havo-iqlim omillari ta’siriga bog‘liq bo‘lsa, unda istisno tariqasida avtobuslar harakati faqat yilning qatnov qulay paytida qatnash mumkin bo‘lgan marshrutlarda tashkil etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
45. Yo‘l, kommunal tashkilotlari, boshqa tashkilotlar transport harakatini qiyinlashtiruvchi avtomobil yo‘llari, ko‘chalar, sun’iy inshootlar va boshqalarni qurish, rekonstruksiya qilish va tuzatish bo‘yicha rejali tadbirlarni o‘tkazishda:
bu haqda 10 kundan kechikmay tegishli davlat avtomobil nazorati organlarini xabardor qilishga, ularga tuzatish-qurilish ishlarini bajarish davrida aylanib o‘tishning kelishilgan variantlarini taqdim etishga;
aylanib o‘tish yo‘lini yo‘l harakatini tashkil etishning zarur texnik vositalari bilan jihozlab, ularni xavfsiz harakat uchun yaroqli holga keltirishga majburdir.
46. Avtobus yo‘nalishlari o‘tadigan avtomobil yo‘llarini yopish bilan bog‘liq tuzatish ishlari va ishlarning boshqa turlarini bajarishga ruxsatnomalar hokimliklar tomonidan beriladi. Ruxsatnoma bunday ishlarni bajarish joyi, vaqti, harakatni tartibga solishning vaqtinchalik texnik vositalarini joylashtirish davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari bilan kelishilgan sxemasi mavjud bo‘lgan taqdirda beriladi.
47. Avtobuslar muntazam harakat qiladigan avtomobil yo‘llari, ko‘chalarni tuzatish va saqlash yo‘l, kommunal tashkilotlar va ushbu yo‘llar tasarrufida bo‘lgan boshqa tashkilotlar tomonidan avtomobil yo‘llarini tuzatish va saqlashning texnik qoidalariga, yo‘llardan foydalanish qoidalariga, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining normativ hujjatlariga, shuningdek hokimliklar tomonidan belgilangan talablarga muvofiq o‘tkaziladi.
Avtomobil yo‘llari, ko‘chalarni qishda saqlash (ularni qordan tozalash, yaxmalakka qarshi kurash) tartibga soluvchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
48. Avtomobil yo‘llarining qish davridagi holati va qatnovga yaroqliligi to‘g‘risida ushbu yo‘llar tasarrufida bo‘lgan yo‘l tashkilotlari va boshqa tashkilotlar yo‘l harakati qatnashchilarini tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilganligi haqida o‘z vaqtida xabardor qilishga majburdirlar.
49. Yo‘l harakatini tartibga solishning texnik vositalarini o‘rnatish va ulardan foydalanish yo‘llar tasarrufida bo‘lgan tegishli yo‘l tashkilotlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek ichki ishlar organlarining ixtisoslashtirilgan montaj-foydalanish bo‘linmalari (shaharlarda va boshqa aholi punktlarida) tomonidan amalga oshiriladi. Boshqa hollarda bunday ish ichki ishlar organlarining ko‘rsatib o‘tilgan bo‘linmalari tomonidan ushbu yo‘llar balansida bo‘lgan tashkilotlar va idoralarning mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
Tartibga solishning texnik vositalarini o‘rnatish yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmatining yozma ko‘rsatmasi yoki ruxsatnomasiga ko‘ra davlat standartlari talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
50. Tashuvchilar, vokzallar va avtostansiyalar, avtobuslarning haydovchilari yo‘l, kommunal organlari va boshqa organlarga tasarrufida avtomobil yo‘llari, ko‘chalar, temir yo‘ldan o‘tish joylari, parom bilan o‘tish joylarining holatidagi, muhandislik uskunalaridagi harakat xavfsizligiga xavf soluvchi kamchiliklar to‘g‘risida tasarrufida ular bo‘lgan organlarga hamda davlat avtomobil nazoratlariga darhol ma’lum qilishlari kerak.
Avtobuslarda yo‘lovchilar tashishni amalga oshiruvchi tashuvchilarda haydovchilarning yo‘l sharoitlarini, yo‘nalishdagi harakatni tashkil etish tizimini yaxshilashga oid takliflarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun maxsus jurnallar yuritilishi kerak.
51. Avtobus bekatlarining joylashishini tanlash qurilish normalari va qoidalari talablaridan kelib chiqib tashish buyurtmachisi va yo‘l tashkilotlari tegishli xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda yo‘lovchilarga eng ko‘p qulaylikni ta’minlash, avtobus bekatlari ko‘rinib turishi zarurligi hamda ularning hududida transport vositalari harakati va piyodalar xavfsizligi shartlariga rioya etilishi kerak. Avtobus bekatlari joylashgan joy shahar (tuman) bosh me’mori, yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati bilan, temir yo‘ldan o‘tish joylari hududida esa — temir yo‘l bo‘linmalari bilan kelishiladi va hokimliklar tomonidan tasdiqlanadi.
Shaharlarda avtobus bekatlarini obodonlashtirish hokimliklar tomonidan, avtomobil yo‘llarida yo‘l tashkilotlari tomonidan normativ hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
52. Hokimliklar va yo‘l organlari qurilish normalari va qoidalariga muvofiq shaharlarda va aholi punktlarida sutkaning qorong‘i vaqtida avtobus bekatlari hamda ularning atrofi yoritilishini tashkil etishni ta’minlashi kerak.
53. Avtobus bekatlarini saqlash va tozalash tartibi hokimliklar, shuningdek ushbu ishni amalga oshiruvchi korxona va tashkilotlar tomonidan belgilanadi.
54. Avtobus yo‘nalishlarini belgilashda yo‘lning temir yo‘lni kesib o‘tishini istisno etuvchi yechimlar qidirilishi kerak.
Bunday yechimga kelish imkoni bo‘lmagan istisno hollarda shlagbaumli va shlagbaumsiz amaldagi o‘tish joylarida avtobus harakatini (doimiy yoki vaqtincha) ochishga har bir alohida holatda yo‘l bo‘limi boshlig‘ining yoki o‘tish joyi bo‘ysunishida bo‘lgan boshqa tashkilotning ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi. Bunda shlagbaumsiz o‘tish joylarida avtobus harakatiga ular avtomatik svetofor signalizatsiyasi bilan jihozlangandan keyin ruxsat beriladi. Shlagbaumsiz, avtomatik svetofor signalizatsiyasi o‘rnatilmagan o‘tish joylari bo‘yicha avtobus yo‘nalishlarini joriy etish taqiqlanadi.
55. Temir yo‘ldan kechib o‘tish yo‘llari kesib o‘tish joylarini qurish va ularga xizmat ko‘rsatish yo‘riqnomasiga qat’iy muvofiq holda saqlanadi va jihozlanadi.
56. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi temir yo‘llari umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llari bilan kesishgan kesib o‘tish yo‘llari umumiy foydalaniladigan kesib o‘tish yo‘llari hisoblanadi va kompaniya mablag‘lari hisobiga saqlanadi.
Idoraviy kesib o‘tish temir yo‘llari umumiy foydalaniladigan yo‘llar yoki alohida korxonalarning yo‘llari bilan kesib o‘tish yo‘llari kesib o‘tish temir yo‘llariga qarashli bo‘lgan tashkilotlar hisobiga yoxud ulardan foydalanuvchi tashkilotlar hisobiga saqlanadi.
57. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va uning bo‘linmalari, tasarrufida temir yo‘llar bo‘lgan vazirliklar va idoralar avtobusda yo‘lovchilar tashishni amalga oshiruvchi boshqa vazirliklarni, shuningdek davlat avtomobil nazoratini avtobusda yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarida transport vositalari o‘tishi qoidalari buzilayotgan yoki qiyinlashayotgan temir yo‘lni kesib o‘tish yo‘llari yoki yo‘llarni rekonstruksiya va tuzatish bo‘yicha rejali tadbirlar to‘g‘risida 5 kun oldin xabardor qilishlari kerak.
58. Temir yo‘ldan kesib o‘tish yo‘llari orqali yoki ularda transport vositalari o‘tishi buzilganda yoki qiyinlashganda tuzatish ishlarini bajarish vaqtida ularni aylanib o‘tishdagi harakat tartibi tuzatishni amalga oshiruvchi tashkilotlar, davlat avtomobil nazorati bilan o‘tish joyining piyodalar yuradigan qismini tuzatishda esa tegishli yo‘l tashkilotlari bilan kelishiladi. Temir yo‘ldan kesib o‘tish yo‘llari orqali avtobuslar harakati Yo‘l harakati qoidalari talablarini qat’iy bajargan holda alohida ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak.
59. Temir yo‘ldan kesib o‘tish yo‘llari hududida to‘xtash punktlari eng yaqin temir yo‘l relsidan kamida 100 m masofada joylashtirilishi, ularning texnik yechimi esa avtobus to‘xtagan taqdirda transportning asosiy harakat yo‘li bo‘ylab to‘siqsiz harakatini ta’minlashi kerak.
60. Avtobus yo‘nalishlaridagi ko‘priklar, kesishgan yo‘l ustidan o‘tkazilgan ko‘ndalang yo‘llar, estakadalar va boshqa sun’iy inshootlar qurilish normalari va qoidalari hamda boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan harakat xavfsizligi talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
61. Yangi ochilgan avtobus yo‘nalishlarining harakat xafsizligi talablariga muvofiqligini aniqlash hokimliklar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, “O‘zavtoyo‘l” konserni, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan tasdiqlanadigan manfaatdor tashkilotlar (transport, yo‘l, kommunal va boshqa), shuningdek davlat avtomobil nazorati vakillaridan iborat komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yo‘nalishlarni tekshirish ular ochilishidan oldin, keyinchalik esa 1 yilda kamida bir marta o‘tkaziladi.
Komissiya a’zolari o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha ishlab turgan va yangidan ochilayotgan avtobus yo‘nalishlarining harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash uchun shaxsan javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
transport tashkiloti yoki yo‘lovchilar tashishni amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan yo‘nalish to‘g‘risidagi axborot;
yo‘l, kommunal tashkilotlar hamda ixtiyorida yo‘llar, sun’iy inshootlar, temir yo‘ldan kesib o‘tish yo‘llari va boshqalar bo‘lgan boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan yo‘nalishdagi yo‘l sharoitlari haqidagi ma’lumotlar (yo‘l chetlari o‘tish joylari parametrlari va ularning holati, yo‘l rejasi va profili elementlari, harakat tig‘izligi va tarkibi, sun’iy inshootlar, temir yo‘ldan kesib o‘tish yo‘llari, parom va muzliklar orqali o‘tish yo‘llarining holati, harakatni tashkil etish vositalari mavjudligi va boshqalar);
davlat avtomobil nazoratining yo‘l-transport hodisalari ko‘p bo‘ladigan joylar, ularning sabablari to‘g‘risidagi ma’lumotlari;
Tegishli tashkilot rahbarlari ko‘rsatib o‘tilgan axborotni komissiyalarga o‘z vaqtida taqdim etishga majburdir.
63. Tekshirish davomida harakat sharoitlariga ko‘ra yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha normativ hujjatlar talablarini qoniqtirmaydigan uchastkalarni aniqlashda harakat uchun xavf tug‘diruvchi aniq yo‘l omillari aniqlanadi, yo‘lning parametrlari, uning texnik toifasi aniqlanishi kerak, yo‘nalishning va uning ayrim bosqichlarining uzunligi o‘lchanadi.
64. Tekshirish natijalari dalolatnomada aks ettiriladigan avtobus yo‘nalishining harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida komissiyaning xulosasi beriladi. Dalolatnomaga shuningdek harakat sharoitlarini yaxshilashga va yo‘nalishda yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan kechiktirib bo‘lmaydigan va istiqboldagi tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha komissiyaning xulosalari ham kiritiladi. Tekshirish dalolatnomasi yo‘nalish hujjatlari bilan birgalikda tashuvchida saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
65. Tekshirish dalolatnomalari yo‘nalishni ochish yoki yo‘nalishdan foydalanishni davom ettirish masalasini hal etish, yo‘lovchilar tashishni takomillashtirish va ularning xavfsizligini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish, avtomobil yo‘llari, ko‘chalar, sun’iy inshootlar holatidagi asbob-uskunalaridagi va saqlanishidagi kamchiliklarni bartaraf etish ustidan nazoratni tashkil etish uchun tegishli hokimliklarga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga (uning hududiy bo‘linmasiga), “O‘zavtoyo‘l” konserni bo‘linmalari va YHXDXga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
66. Dalolatnoma nusxalari kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlarni amalga oshirish va ishlarni rejalashtirishda hisobga olish yo‘l, kommunal tashkilotlarga hamda ixtiyorida avtomobil yo‘llari, ko‘chalar, sun’iy inshootlar, temir yo‘ldan kesib o‘tish yo‘llari mavjud bo‘lgan boshqa tashkilotlarga yuboriladi. Dalolatnomalar nusxalari shuningdek harakatlanadigan tarkibning yo‘l sharoitlariga muvofiqligini ta’minlash, haydovchilarga yo‘l-yo‘riq berishda foydalanish, avtobuslar harakati tezligini normalash uchun avtokorxonaga hamda nazorat uchun YHXDXga beriladi.
67. Zimmalariga dalolatnomada qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuklangan tashkilotlar rahbarlari yo‘nalishni ochish yoki undan foydalanishni davlat ettirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan organlarga mo‘ljallangan ishlarning bajarilishi to‘g‘risidagi axborotni muntazam taqdim etishlari kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
68. Yangi avtobus yo‘nalishlarini ochishda yo‘l harakati xavfsizligi maqsadida temir yo‘ldan kesib o‘tishni inkor qiluvchi yechim izlanishi kerak. Agar buning iloji bo‘lmagan taqdirda avtobuslarning temir yo‘l kesishmasi orqali harakatlanishiga yo‘nalishni tekshiruvchi komissiya taqdimnomasiga ko‘ra, temir yo‘l boshlig‘i yoki temir yo‘llarni kesib o‘tish yo‘llari tasarrufida bo‘lgan tashkilot rahbarining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
avtobuslarning og‘irlik parametrlari va hajmlarining avtomobil yo‘llari haqiqiy toifalariga muvofiqligini ta’minlash imkoniyati bo‘lmasa;
avtomobil yo‘llari, ko‘chalar uchastkalari bo‘ylab, sun’iy inshoot, temir yo‘ldan kesib o‘tish yo‘llari va parom orqali o‘tish bo‘yicha ularning texnik holati, muhandislik uskunalari, saqlash darajasi normativ hujjatlar talablaridan chetga chiqilganda avtobus harakatini ochish zarur bo‘lganda tashkil etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
70. Vaqtinchalik (mavsumiy) avtobus yo‘nalishini ochishda yo‘nalishning amal qilish muddati (davri), shuningdek avtobuslar harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida tashuvchilar, yo‘l, kommunal va boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar kompleksi aniq ko‘rsatilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
71. Avtobus yo‘nalishini yopish uning harakat xavfsizligi talablariga yoxud faoliyat ko‘rsatishi maqsadga muvofiq bo‘lmagan taqdirda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
72. Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda (tabiiy hodisalar sababli yo‘llar, yo‘l inshootlari buzilishi, yo‘l yoki meteorologiya sharoitlarining harakat xavfsizligi ta’minlanmaydigan darajagacha yomonlashishi, issiqlik, gaz, elektr kommunikatsiyalarida va boshqa kommunikatsiyalardagi avariyalar) tashuvchilar, yo‘l, kommunal tashkilotlar YHXDX bo‘linmalari, joylardagi davlat hokimiyati organlari yoki ular tomonidan maxsus vakolat berilgan yo‘lovchi transportini boshqarish organlari avtobus harakatini darhol to‘xtatish huquqiga egadirlar, ayni paytda bu haqda tegishli tashuvchilar, yo‘l, kommunal tashkilotlariga, YHXDX bo‘linmalariga xabar beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Avtobuslar harakatini vaqtincha to‘xtatish tartibi yo‘nalishlarni ochish va yopish vakolatlari berilgan organlar tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
73. Yo‘l, kommunal tashkilotlar, avtokorxonalar, davlat avtomabil nazoratlari, gidrometerologiya xizmatlari, YHXDX bo‘linmalari, yo‘lovchilar avtovokzallari, avtostansiyalari harakat uchun xavfli bo‘lgan tabiiy ofatlar to‘g‘risidagi ogohlantirish olinganligi to‘g‘risida darhol bir-birlariga xabar qiladilar.
Dovullar to‘g‘risida ogohlantirish olingach tashuvchilar, avtovokzallar, avtostansiyalar tabiiy ofat mintaqasida avtobuslarda yo‘lovchilar tashishni amalga oshiruvchi barcha avtokorxonalarni, xususiy shaxslarni harakatning vaqtincha to‘xtatilganligi to‘g‘risida zudlik bilan xabardor qilish chora-tadbirlarini ko‘rishlari shart.
74. Yangi avtobus yo‘nalishlarining ochilganligi, ishlab turganlari yopilganligi, ularning o‘zgartirilganligi, avtobuslar harakati vaqtincha to‘xtatib turilishi to‘g‘risida tashuvchilar, avtovokzallar, avtostansiyalar aholini, manfaatdor tashkilotlarni xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
75. Avtobus yo‘nalishlarini tekshirish bo‘yicha komissiya tarkibi yo‘nalishni ochish (yopish) huquqiga ega bo‘lgan organning qarori bilan tasdiqlanadi. Qoidaga ko‘ra ushbu organning vakili boshchilik qiladigan komissiya tarkibiga O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi (uning hududiy bo‘linmalari), tashuvchilar, YHXDX bo‘linmalari, yo‘l, kommunal tashkilotlar, temir yo‘l va temir yo‘llar tasarrufida bo‘lgan boshqa tuzilmalar vakillari kiradi.
Xalqaro avtobus yo‘nalishini ochishga tayyorgarlik ko‘rish ishlari hududidan yo‘nalish o‘tishi mo‘ljallanayotgan davlatlar vakolatli organlarining shunday vakillaridan iborat tarkibda tuziladigan komissiya tomonidan bajariladi. Komissiyaga O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘i boshchilik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.