LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi 328-sonli “Veterinariya faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ikki hafta muddatda litsenziya berish to‘g‘risida xulosalar tayyorlash bo‘yicha ekspert komissiya tarkibini va komissiya to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat kompleksi kotibiyatiga yuklansin.
2. Veterinariya faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Davlat veterinariya bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda litsenziyalovchi organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziyalar berish to‘g‘risidagi hujjatlarni ko‘rib chiqish, ularning muddatlarini uzaytirish, ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organda ekspert komissiya tuziladi. Ekspert komissiya tarkibi va komissiya to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
veterinariya preparatlari, shu jumladan veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, ozuqa qo‘shimchalari, biologik preparatlar, zoogigiyena vositalari va veterinariya atributlarini ishlab chiqarish, tayyorlash va sotish.
Veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari ro‘yxati litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Veterinariya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga litsenziya besh yil muddatga beriladi. Litsenziya besh yildan kam muddatga litsenziya talabgorining arizasiga ko‘ra berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan veterinariya faoliyati faqat litsenziyada ko‘rsatilgan ishlar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziatda litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun foydalaniladigan filiallar (alohida hududlardagi bo‘linmalar va obyektlar) mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziya berish vaqtida ko‘rsatib o‘tilgan filiallar (alohida hududlardagi bo‘linmalar va obyektlar) soniga qarab ulardan har birining joylashga joyi ko‘rsatilgan holda litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan litsenziya nusxalari beriladi.
7. Quyidagilar veterinariya faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
yuridik shaxs shtatida oliy ma’lumotga va veterinariya sohasida maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan veterinariya vrachlarining mavjud bo‘lishi;
yakka tartibdagi tadbirkorning oliy veterinariya ma’lumotiga va veterinariya sohasida maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lishi;
yuridik shaxs xodimlarining, veterinariya faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning kamida 5 yilda bir marta malaka oshirishi;
litsenziya talabgori litsenziyalanayotgan faoliyatni amalga oshirish unga mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli veterinariya va sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq binolarga ega bo‘lishi;
tegishli tashkiliy-texnik shartlar va moddiy-texnika jihozlarining, shu jumladan asbob-uskunalar, asboblar, transport hamda ruxsat berilgan veterinariya texnologiyalarini qo‘llash uchun foydalaniladigan hujjatlarning mavjud bo‘lishi;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida ruxsat berilgan diagnostika, profilaktika va davolash usullarini, shuningdek veterinariya preparatlarini qo‘llash.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Veterinariya faoliyatining tegishli yo‘nalishlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik bazaga va boshqa texnika vositalariga qo‘yiladigan eng kam talablar belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
yuridik shaxs uchun – yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami;
jismoniy shaxs uchun – familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari;
yuridik yoki jismoniy shaxs amalga oshirishni mo‘ljallayotgan veterinariya faoliyati ishlari turlari hamda ko‘rsatib o‘tilgan faoliyat turi amalga oshiriladigan muddat;
Keyingi tahrirga qarang.
b) yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi – yuridik shaxslar uchun; yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi – jismoniy shaxslar uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
v) litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
g) hududiy davlat veterinariya organining mavjud binolar va asbob-uskunalarning veterinariya talablariga muvofiqligi hamda litsenziyalanadigan veterinariya faoliyati turini amalga oshirish uchun shart-sharoitlarning mavjudligi to‘g‘risidagi xulosasi;
Keyingi tahrirga qarang.
d) hududiy sanitariya-epidemiologiya nazorati organining veterinariya faoliyatini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan binolarning sanitariya normalari va qoidalariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi;
e) litsenziya talabgorida veterinariya faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va apparaturalar ro‘yxati;
j) veterinariya muassasasi rahbari mehnat daftarchasi va oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomining notarial tasdiqlangan nusxalari, shuningdek uning tayinlanganligi to‘g‘risidagi buyruq nusxasi – yuridik shaxslar uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
z) yuridik shaxs xodimlari — veterinariya mutaxassislari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorning (diplom, malaka oshirish, ixtisoslashuvdan o‘tish to‘g‘risidagi hujjatlar, mehnat daftarchasining notarial tasdiqlangan nusxalari) malakasini tasdiqlovchi hujjatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar litsenziyalovchi organ ekspert komissiyaning mas’ul kotibi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi). Ekspert komissiya mas’ul kotibi joyida bo‘lmaganligi tufayli hujjatlarning qabul qilinishini rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ekspert komissiya mas’ul kotibi vaqtincha joyida bo‘lmagan taqdirda uning funksiyalarini belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadigan shaxs bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Noto‘g‘ri yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgoridan qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgorlarining arizalari ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.
14. Veterinariya faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror ariza va barcha zarur hujjatlar olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlar ilova qilingan arizasi ular olingan kunda ko‘rib chiqish uchun ekspert komissiyaga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ekspert komissiya yigirma besh kun muddatda taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziyalovchi organ besh kun muddatda ekspert komissiya xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini aniqlash uchun litsenziyalovchi organ ekspert komissiya iltimosiga ko‘ra o‘z mablag‘lari hisobiga:
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziya talabgorida litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun mavjud sharoitlarni joylarga chiqib baholash;
Keyingi tahrirga qarang.
16. Litsenziyalovchi organ tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddatda litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
17. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va litsenziya bitimi imzolangandan keyin uch kun muddatda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi;
veterinariya faoliyatining muayyan yo‘nalishini amalga oshirish xususiyatlariga taalluqli boshqa shartlar.
Litsenziya qayta rasmiylashtirilgan yoki filial ochilgan taqdirda litsenziya bitimiga o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritiladi yoxud yangi litsenziya bitimi tuziladi.
Litsenziyalar maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi. Litsenziya blankasi namunasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qaroriga muvofiq litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziyalar blankalari litsenziyalovchi organ buyurtmanomasiga ko‘ra “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziyalar blankalari hisobga olinishi, saqlanishi va maqsadli foydalanilishi uchun litsenziyalovchi organ rahbari javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
19. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etilishi to‘g‘risidagi qarori, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
20. Litsenziya berish rad etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Bunda takroran taqdim etilgan hujjatlar ular qabul qilingan kunda ko‘rib chiqish uchun ekspert komissiyaga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ekspert komissiya taqdim etilgan hujjatlarni olti kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziyalovchi organ ekspert komissiya xulosasi asosida to‘rt kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Yuridik shaxs — litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir hafta muddatda litsenziyalovchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Jismoniy shaxs – litsenziatning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yashash joyi o‘zgargan taqdirda, litsenziat qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir hafta muddatda litsenziyalovchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar va amaldagi litsenziyaning asl nusxasi ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
23. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati o‘tgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Muddati o‘tmagan yo‘qotib qo‘yilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan litsenziya o‘rniga litsenziat arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya dublikatini berishda litsenziya berganlik uchun undiriladigan to‘lov summasining yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishda litsenziyalovchi organ o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar bo‘yicha litsenziatdan zarur axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etishga majbur bo‘lgan muddatlarni belgilash;
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish, to‘xtatish yoki uni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror chiqarish;
Keyingi tahrirga qarang.
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan veterinariya faoliyatini litsenziyasiz amalga oshirish hollari aniqlangan taqdirda materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan choralar ko‘rish uchun belgilangan tartibda soliq organlariga yuborish.
28. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organ xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
29. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, uni bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, uni bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyalovchi organ qarori asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestrini yuritadi. Veterinariya faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar reyestri yuridik va jismoniy shaxslar uchun alohida yuritiladi.
yuridik shaxslar uchun – tashkilotning nomi va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, mulkchilik shakli, filiallar to‘g‘risida ma’lumotlar, tashkilot rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi;
jismoniy shaxslar uchun – litsenziatning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning pasporti ma’lumotlari, yashash manzili, telefoni;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
j) litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
31. Litsenziyalar reyestridagi ma’lumotlar ular bilan yuridik va jismoniy shaxslarning tanishishi uchun ochiq hisoblanadi, ular to‘lov asosida litsenziyalovchi organdan aniq litsenziatlar to‘g‘risida litsenziyalar reyestridan ko‘chirma sifatida ma’lumot olishlari mumkin.
Litsenziyalar reyestridan ma’lumot berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yarmi miqdoridagi to‘lov litsenziyalovchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Litsenziya berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.