LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Keksa fuqarolarga davlat va jamiyat tomonidan diqqat-e’tibor, g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni oshirish hamda ularni ijtimoiy muhofaza qilishni, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish maqsadida va 2002-yil O‘zbekiston Respublikasida “Qariyalarni qadrlash yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
keksalarni qadrlashdan iborat xalqimizga xos asriy an’analarni, oilalarda tinchlik va totuvlik, jamiyatda barqarorlik muhitini shakllantirishga ularning qo‘shayotgan munosib hissasini yoritish va targ‘ib qilishda, ulardan tarbiyaviy maqsadlarda foydalanishda oila, mahalla, jamoat tashkilotlari, ijodiy uyushmalar hamda ommaviy axborot vositalarining rolini oshirishga;
keksalarni ijtimoiy muhofaza qilish, ularning pensiya ta’minotini takomillashtirish, tibbiy, sanatoriy-kurort, kommunal-maishiy va transport xizmatlari ko‘rsatishni yaxshilash borasidagi chora-tadbirlarni yanada kuchaytirishga;
yolg‘iz keksalar, pensionyerlar va nogironlar, urush qatnashchilari va nogironlari to‘g‘risida g‘amxo‘rlikni kuchaytirishga, ularning dori-darmonlar va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bilan ta’minlanishi darajasini oshirishga;
jamiyatni tubdan o‘zgartirishda, sog‘lom avlodni tarbiyalashda, boy kasbiy va hayotiy tajribaning, ezgu an’analar hamda madaniy qadriyatlarning uzviyligida va ularni yoshlarga yetkazishda keksalarning faol ishtirok etishlarini ta’minlashga;
bolalar va yoshlarni ota-onalar hamda keksalarni izzat-hurmat qilish, qadrlash va ular to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish ruhida tarbiyalash va ta’lim berish tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilgan.
2. “Qariyalarni qadrlash yili” davlat dasturining ilovada nazarda tutilgan tadbirlari respublika budjeti va mahalliy budjetlarda tasdiqlangan aniq manbalar, bajaruvchilarning mablag‘lari bilan ta’minlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik tuzilmalari, Hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar va jamoat tashkilotlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari Davlat dasturining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini, keksa avlodga g‘amxo‘rlik va e’tiborni kuchaytirishni ta’minlaydigan chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar va kompaniyalar, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari:
“Qariyalarni qadrlash yili” davlat dasturi amalga oshirilishini o‘z majlislarida manfaatdor organlar va tuzilmalarni jalb etgan holda har chorakda ko‘rib chiqsinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 30-son, 344-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5, 6-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 30-son, 344-modda)
7. Davlat matbuot qo‘mitasi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, respublika ommaviy axborot vositalari “Qariyalarni qadrlash yili” davlat dasturida nazarda tutilayotgan chora-tadbirlarning roli va ahamiyati keng tushuntirilishini, ularning turli darajalarda amalga oshirilishi va natijalari yoritilishini ta’minlasinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.