LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 252-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 15-fevraldagi PQ-5343-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va respublikaga to‘g‘ridan to‘g‘rixorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yanada qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni ishonchli huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmini barpo etish, mana shu asosda mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga xorijiy investorlarning va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqiy himoya qilinishini ta’minlash vazifasi yuklansin.
Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining xorijiy investorlarning va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlarini himoya qilishni ta’minlashga doir qarorlari vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari uchun majburiy hisoblanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tuzilmasida Tadbirkorlik subyektlari va xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida esa – tegishli bo‘limlar tashkil etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Tadbirkorlik subyektlari va xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi va tegishli bo‘limlarning joriy ta’minotini moliyalashtirishni nazarda tutsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
ikki hafta muddatda Xorijiy investitsiyalar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasining tuzilmasini va Boshqarma to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga nisbatan amaldagi imtiyozlar va kafolatlar ro‘yxatini, ularni qo‘llash bo‘yicha sharhlar bilan birgalikda, ikki oy muddatda tayyorlasin;
Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha agentlik bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasidagi xorijiy investorlar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan to‘plamini Internet tarmog‘iga joylashtirish uchun xorijiy tillarda uch oy muddatda tayyorlasin.
4. Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mintaqaviy bo‘limlarining moddiy-texnika bazasini qo‘llab-quvvatlash uchun grantlar jalb etilishiga ko‘maklashsin.
5. Adliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatining doimiy monitoringini olib borsinlar hamda xorijiy investorlardan tushayotgan murojaatlar va takliflarni batafsil o‘rganib chiqsinlar va to‘g‘ridan to‘g‘rixorijiy investitsiyalarni jalb etish va xorijiy investorlarning huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkil etishni yanada yaxshilash yuzasidan aniq takliflar bilan birgalikda tahliliy materiallarni Vazirlar Mahkamasiga yilning har choragida taqdim etsinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin, shuningdek vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini ta’minlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va E.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)