Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida

Vazirlar Mahkamasining
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar

Hujjat 30.04.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Avtotransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida” 1991-yil 16-sentabrdagi 233-son qarorining 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1991-y., 9-son, 30-modda; 1994-y., 9-son, 46-modda; 1997-y., 4-son, 14-modda; 2003-y., 1-son, 4-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari ustavlarini ro‘yxatga olishni tartibga solish to‘g‘risida” 1993-yil 12-martdagi 132-son qarorining 9-bandidagi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 3-son, 9-modda) “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hisobiga” so‘zlari “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Jamoat birlashmalari ramzlarini ro‘yxatga olish tartibi haqidagi Nizomni va ularni ro‘yxatga olganlik uchun yig‘imlarni undirish tartibi va miqdorlari to‘g‘risida” 1993-yil 12-martdagi 133-son qarorining 7-bandidagi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 3-son, 10-modda) “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hisobiga” so‘zlari “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
1-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik sudlarini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ekspertiza xizmatini rivojlantirish to‘g‘risida” 1995-yil 22-iyundagi 234-son qarorining 4-bandidagi “Adliya muassasalarini rivojlantirish fondi” so‘zlari “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
12-bandning ikkinchi xatboshidagi “mahalliy budjet daromadiga” so‘zlari “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” 1998-yil 20-iyundagi 263-son qarori 3-bandining yettinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining bank hisob raqamiga” so‘zlari “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi umumiy yurisdiksiya sudlarining moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 15-avgustdagi 321-son qarorining 2-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi adliya muassasalari va sudlarni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risida Nizom (O‘zbekiston Respublikasi qT, 2001-y., 8-son, 47-modda) 5-bandining beshinchi xatboshidagi “ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning markazlashtirilgan organiga” so‘zlari “tegishli ravishda Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi va tuman (shahar) hokimliklarining markazlashtirilgan hisob raqamiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6-bandning birinchi xatboshidagi “Adliya muassasalari va sudlarni” so‘zlari “Sudlar va adliya organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti to‘g‘risida nizomning 4-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya muassasalari va sudlarni” so‘zlari “Sudlar va adliya organlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
46-bandning beshinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatdan va moliyaviy ta’minlash departamentining Ijro ishlarini” so‘zlari “Sudlar va adliya organlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
48-bandning uchinchi xatboshidagi “Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti Ijro ishlarini” so‘zlari “Sudlar va adliya organlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-ilovaning 14-ustunidagi “Adliya vazirligi departamenti” so‘zlari “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”