LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 2003-yil 18-martdagi 147-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Avtotransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida” 1991-yil 16-sentabrdagi 233-son qarorining 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1991-y., 9-son, 30-modda; 1994-y., 9-son, 46-modda; 1997-y., 4-son, 14-modda; 2003-y., 1-son, 4-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
avtotransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini tasdiqlaganligi uchun notarial idoralar tomonidan undiriladigan davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: 70 foizi — mahalliy budjetlarga; 15 foizi — Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirishga; 15 foizi — mablag‘larni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining maxsus hisob raqamida jamlash yo‘li bilan davlat notarial idoralarini mablag‘ bilan ta’minlashga yo‘naltiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari tomonidan avtomototransport vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun undiriladigan summaning 85 foizi mahalliy budjetlarga, qolgan 15 foizi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining hisob raqamiga o‘tkaziladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini takomillashtirish masalalari to‘g‘risida” 1992-yil 12-noyabrdagi 523-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 11-son, 32-modda) va unga 6-ilova chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari ustavlarini ro‘yxatga olishni tartibga solish to‘g‘risida” 1993-yil 12-martdagi 132-son qarorining 9-bandidagi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 3-son, 9-modda) “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hisobiga” so‘zlari “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Jamoat birlashmalari ramzlarini ro‘yxatga olish tartibi haqidagi Nizomni va ularni ro‘yxatga olganlik uchun yig‘imlarni undirish tartibi va miqdorlari to‘g‘risida” 1993-yil 12-martdagi 133-son qarorining 7-bandidagi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 3-son, 10-modda) “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hisobiga” so‘zlari “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi sudyalarini, prokuratura va adliya organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish to‘g‘risida” 1993-yil 9-iyuldagi 343-son qarorida:
1-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik sudlarini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“2. Adliya organlari xodimlariga martaba darajalari va uzoq muddat xizmat qilganligi uchun 4-ilovaga muvofiq qo‘shimcha haq Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobiga amalga oshirilsin”.
6. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 22-martdagi 153-son qarori bilan tasdiqlangan Xo‘jalik birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi nizom (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 18-modda; 1999-y., 9-son, 53-modda; 2001-y., 6-son, 34-modda; 8-son, 47-modda) 9-bandining ikkinchi xatboshidagi “respublika budjeti daromadiga” so‘zlari “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ekspertiza xizmatini rivojlantirish to‘g‘risida” 1995-yil 22-iyundagi 234-son qarorining 4-bandidagi “Adliya muassasalarini rivojlantirish fondi” so‘zlari “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 60-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 113-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-dekabrdagi 263-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 523-modda)
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” 1998-yil 20-iyundagi 263-son qarori 3-bandining yettinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining bank hisob raqamiga” so‘zlari “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi umumiy yurisdiksiya sudlarining moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 15-avgustdagi 321-son qarorining 2-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi adliya muassasalari va sudlarni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 15-16-son, 130-modda)
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi sudlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 22-sentabrdagi 383-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 9-son, 55-modda):
6-bandning birinchi xatboshidagi “Adliya muassasalari va sudlarni” so‘zlari “Sudlar va adliya organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi PQ— 458-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 36-son, 360-modda)
14. Vazirlar Mahkamasining “Notariat faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlashni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2003-yil 7-yanvardagi 4-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 1-modda) 1-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “Adliya muassasalari va sudlarni” so‘zlari “Sudlar va adliya organlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-yanvardagi 36-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni hisobga olish, baholash va sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
46-bandning beshinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatdan va moliyaviy ta’minlash departamentining Ijro ishlarini” so‘zlari “Sudlar va adliya organlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
48-bandning uchinchi xatboshidagi “Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti Ijro ishlarini” so‘zlari “Sudlar va adliya organlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-ilovaning 14-ustunidagi “Adliya vazirligi departamenti” so‘zlari “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.