O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 24-yanvardagi PF-3202-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda xususiylashtirilgan korxonalarda korporativ boshqarish prinsiplarini yanada joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 33-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2016-y., 6-son, 56-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 33-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2016-y., 6-son, 56-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasi Komplekslari Xususiylashtirilgan korxonalarni boshqarishni takomillashtirish masalalari bo‘yicha maxsus komissiya, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda 2003-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda uyushmalar, korporatsiyalar, kompaniyalar, boshqa xo‘jalik birlashmalarining ta’sis hujjatlarini Prezidentning 2003-yil 24-yanvardagi PF-3202-son Farmoni talablariga muvofiqlashtirsinlar, bunda ularning tarkibiga kiruvchi korxonalarning amaliy faoliyatiga asossiz aralashish imkonini beruvchi qoidalar istisno etilishini nazarda tutsinlar.
Zarurat bo‘lganda Vazirlar Mahkamasiga Hukumatning alohida xo‘jalik birlashmalari faoliyatini tashkil etish masalalarini tartibga soluvchi qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar taqdim etilsin.
2003-2004-yillarda aksiyalar (ulushlar, paylar)ning davlat paketlarini tanlov asosida professional boshqaruvchi kompaniyalarga ishonchli boshqaruvga bosqichma-bosqich berish jadvalini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
2003-yil 1-iyulgacha mulkida davlat ulushi 26 foizni va undan ko‘proqni tashkil etadigan aksiyadorlik jamiyatlarining davlat aktivlarini boshqarish bo‘yicha davlatning ishonchli vakillari bilan aksiyadorlik jamiyatlari professional boshqaruvchi kompaniyalarga ishonchli boshqaruvga berilgan muddatgacha amal qiladigan shartnomalar tuzsin;
zarurat bo‘lganda aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondidagi 25 foiz va undan kam miqdordagi davlat aktivlarini boshqarish yuzasidan ishonchli boshqaruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarni Vazirlar Mahkamasining “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida” 2003-yil 17-apreldagi 185-son qaroriga muvofiq ular birja va birjadan tashqari bozorlarda to‘liq sotilgungacha bo‘lgan davrga uzaytirsin.
taftish komissiyasi a’zolari o‘z faoliyatining ularning ushbu aksiyadorlik jamiyatlaridagi yollash bo‘yicha mehnat faoliyati bilan birga qo‘shib olib borilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
aksiyalar (ulushlar, paylar)ning davlat paketlari qiymatini baholash, yakka tartibdagi loyihalar bo‘yicha xususiylashtiriladigan korxonalardan tashqari, baholash tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi va ularni sotishda O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan boshlang‘ich narx sifatida belgilanadi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 33-son, 438-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi aksiyalar (ulushlar)ning davlat paketlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining yoki Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalarning davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi qaroriga binoan ishonchli boshqaruvga beriladi;
davlatning ishonchli vakili aksiyalar (ulushlar, paylar)ning faqat bitta davlat paketini boshqarishga haqlidir;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
aksiyalar (ulushlar, paylar)ning davlat paketlarini boshqarish xarajatlari aksiyalar (ulushlar, paylar)ning davlat paketlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushgan dividendlarning bir qismi hisobiga, ular bo‘lmaganda esa — Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lar jamg‘armasi hisobiga amalga oshiriladi;
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-iyundagi 173-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 340-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda davlat aktivlarini boshqarish xizmatlariga haq to‘lash tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
5. Belgilansinki, 2003-yil 1-fevraldagi holatiga ko‘ra ustav fondi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha 50 ming AQSh dollaridan kam miqdorda bo‘lgan ilgari tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari 2004-yil 1-yanvargacha o‘z ustav fondlarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish sanasida ko‘rsatib o‘tilgan summadan kam bo‘lmagan miqdorga keltirishlari yoxud belgilangan tartibda boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga aylantirilishi shart.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 33-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 6-son, 56-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 42-son, 417-modda)
1. Ushbu Nizom davlatning ishonchli vakilining asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini, ular tomonidan hisobot topshirish hamda taqdirlash puli olish tartibi va muddatlarini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Davlatning ishonchli vakillari ulardagi davlat ulushi 25 foizdan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarida davlat ulushi investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari boshqaruviga berilgan vaqtgacha tayinlanadilar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Davlatning ishonchli vakili xo‘jalik jamiyatida davlatning ishonchli vakili hisoblanadi, aksiyalarning davlat paketi (ulushi) miqdorida beriladigan huquqlar doirasida faoliyat ko‘rsatadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-sentabrdagi 258-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 37-son, 381-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Davlatning ishonchli vakillari Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi yoxud uning topshirig‘iga ko‘ra Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Hay’ati tomonidan, shu jumladan tanlov asosida ham tayinlanadilar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 33-son, 438-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Davlatning ishonchli vakillari nomzodlari bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Komplekslari bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi tomonidan kiritiladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 33-son, 438-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda davlatning ishonchli vakillari nomzodlari yetarli darajada iqtisodiy bilimlarga, rahbarlik ishida ishlash amaliyotiga ega bo‘lgan hamda tayinlash va ko‘rsatib o‘tilgan funksiyalarni bajarish paytida tarkibiga xo‘jalik jamiyati kiradigan kompaniyalar, korporatsiyalar, uyushmalar xodimlari bo‘lmagan jismoniy shaxslar, shu jumladan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari xodimlari, shuningdek investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari — yuridik shaxslar orasidan tanlab olinadi. Nomzodlarni tanlab olishda korporativ boshqaruv hamda qimmatbaho qog‘ozlar bozori sohasida qo‘shimcha ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarga ustunlik beriladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Yakka ijro etuvchi organ funksiyasini bajargan yoki ko‘rsatib o‘tilgan yuridik shaxs bankrot deb e’tirof etilgan vaqtda yuridik shaxsning ijro etuvchi organi hay’ati tarkibiga kirgan shaxslar davlatning ishonchli vakili etib tayinlanishi mumkin emas.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 42-son, 417-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi tayinlangan davlat ishonchli vakili bilan aksiyalarning davlat paketini (ulushini) boshqarish yuzasidan tegishli shartnoma tuzadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 33-son, 438-modda)
Davlat ishonchli vakillari bir yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga, ushbu muddatni uzaytirish imkoniyati bilan tayinlanadilar.
Tomonlardan birining shartnomaning amal qilish muddati tugagach uni to‘xtatish to‘g‘risidagi arizasi mavjud bo‘lmagan taqdirda u shartnomada nazarda tutilgan muddatga va aynan o‘sha shartlarda uzaytirilgan hisoblanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-sentabrdagi 258-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 37-son, 381-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
aksiyador (muassis, ishtirokchi) sifatida davlat manfaatlarini himoya qilish, xo‘jalik jamiyatidagi mol-mulkning saqlanishini va undan oqilona foydalanilishini ta’minlash.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 42-son, 417-modda)
korxonada iqtisodiy islohotlarni o‘tkazishda, uning moliya-xo‘jalik faoliyatini yaxshilashda, menejment va marketing tizimini takomillashtirishda, shuningdek xususiylashtirishdan keyin qo‘llab-quvvatlashda ko‘maklashish;
ishlab chiqarishni renovatsiya qilish va korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni yangilash, raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash maqsadida zamonaviy texnologik asbob-uskunalar va texnologiyalar asosida ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash uchun investitsiyalar jalb etish;
Oldingi tahrirga qarang.
aksiyalarning davlat paketi (ulushi) bo‘yicha dividendlardan xo‘jalik jamiyatini rekonstruksiya qilishda va texnika bilan qayta jihozlash uchun maqsadli foydalanilishini ta’minlash.
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 42-son, 417-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi tomonidan belgilanadigan boshqa vazifalar.
(7-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 33-son, 438-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
jamiyatning ustavi va amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aksiyalarning davlat paketi (ulushi) miqdoriga muvofiq aksiyador (muassis, ishtirokchi) sifatida o‘zining barcha vakolatlaridan foydalanish;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 42-son, 417-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
xo‘jalik jamiyatining faoliyati to‘g‘risidagi moliyaviy-iqtisodiy, shu jumladan korxonaning tijorat siri hisoblangan axborotlarni olish.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 42-son, 417-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Davlatning ishonchli vakili xo‘jalik jamiyatining ijro etuvchi organi tomonidan amalga oshirilayotgan joriy faoliyatga aralashishga haqli emas, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-sentabrdagi 258-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 37-son, 381-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
aksiyalarning davlat paketi (ulushi) bilan beriladigan vakolatlarga muvofiq ushbu Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan o‘z vazifalarining bajarilishini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazini o‘z faoliyati natijalari va xo‘jalik jamiyatining moliya-xo‘jalik ahvoli to‘g‘risida xabardor qilish;
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 33-son, 438-modda)
o‘ziga yuklangan vakolatlarni amalga oshirish chog‘ida unga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslik va ulardan davlat manfaatlariga zid bo‘lgan maqsadlarda foydalanmaslik;
jamiyatning Kuzatuvchi kengashiga yoki ijro etuvchi organga murojaat qilish yo‘li bilan davlat huquqlari va manfaatlari buzilishini bartaraf etishni talab qilish;
aksiyalarning davlat paketlari bo‘yicha hisoblangan dividendlarning o‘z vaqtida budjetga to‘lanishini ta’minlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni ko‘rish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
xo‘jalik jamiyatining budjetga majburiy to‘lovlar, davlat maqsadli jamg‘armalariga, ish haqi bo‘yicha qarzi vujudga kelgan taqdirda, shuningdek korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy ahvoli yomonlashganda jamiyatning Kuzatuvchi kengashi tarkibini va ijro etuvchi organini qayta saylash maqsadida aksiyadorlarning (muassislarning, ishtirokchilarning) navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi chaqirilishini talab qilish;
(10-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-on qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 42-son, 417-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Davlatning ishonchli vakili tegishli ravishda Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi yoki O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi bilan kelishuvsiz xo‘jalik jamiyatining boshqaruv organlarida boshqa aksiyadorlarning (muassislarning, ishtirokchilarning) vakili bo‘lishi mumkin emas;
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 33-son, 438-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Davlatning ishonchli vakiliga boshqarish xizmatlari ko‘rsatganlik uchun taqdirlash puli asosiy va mukofot puli tarzida to‘lanadi.
Davlatning ishonchli vakiliga asosiy taqdirlash puli choraklar bo‘yicha taqsimlagan holda yoki ular boshqaradigan aktivlardan olinadigan daromadga nisbatan foizlarda bir yil uchun yozilgan summada belgilanadi. Davlatning ishonchli vakili tomonidan olinadigan asosiy taqdirlash pulining umumiy miqdori va xususiyati shartnomada belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlatning ishonchli vakili faoliyatini taqdirlash uning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Adliya vazirligi bilan birgalikda belgilanadigan tartib asosida aksiyalarni (ulushlarni) boshqarishi samaradorligiga bevosita bog‘liq holda amalga oshiriladi.
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 33-son, 438-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Aksiyalar (ulushlar)ning davlat paketlarini boshqarish xarajatlari, shu jumladan davlatning ishonchli vakili faoliyatini taqdirlash xarajatlari aksiyalar (ulushlar)ning davlat paketlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushgan dividendlarning bir qismi hisobiga, ular bo‘lmagan taqdirda esa — Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lar jamg‘armasi hisobiga amalga oshiriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-iyundagi 173-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 340-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Davlatning ishonchli vakili o‘zi kuzatuvchi kengashining a’zosi hisoblanadigan jamiyatning mablag‘lari hisobiga qo‘shimcha taqdirlash puli olishi mumkin. Ushbu holatda taqdirlash puli miqdorlari jamiyatning ichki normativ hujjatlari bilan belgilanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-sentabrdagi 258-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 37-son, 381-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Davlatning ishonchli vakillari faoliyatini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Komplekslari va O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi tomonidan:
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 33-son, 438-modda)
davlatning ishonchli vakillari tomonidan tasdiqlangan shakllar bo‘yicha taqdim etiladigan har choraklik hisobotlarni tahlil qilish asosida;
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
16. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari bilan birgalikda har yili davlatning ishonchli vakillarini attestatsiyadan o‘tkazadi, attestatsiya natijalari bo‘yicha ular bilan shartnomani uzaytirish mumkinligi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 33-son, 438-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlatning ishonchli vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi bilan kelishgan holda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 33-son, 438-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Davlatning ishonchli vakillari faoliyatini o‘rganib chiqish va O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi tomonidan o‘tkaziladigan attestatsiya natijalariga ko‘ra, ushbu Nizomga muvofiq, o‘z majburiyatlarini bajarishni ta’minlamagan davlatning ishonchli vakillari almashtiriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 33-son, 438-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Davlatning ishonchli vakilini vazifasidan ozod qilish to‘g‘risidagi qaror tegishli ravishda Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi tomonidan (agar davlatning ishonchli vakilini Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Hay’ati tayinlansa uning tomonidan):
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 33-son, 438-modda)
qo‘yilgan vazifalar va qabul qilingan majburiyatlar davlatning ishonchli vakili tomonidan bajarilmaganda;
davlatning ishonchli vakilining o‘zi o‘z majburiyatlarini bundan keyin bajarishi mumkin emasligi to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Davlatning ishonchli vakili har chorakda, shartnomada belgilangan muddatlarda o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markaziga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Komplekslariga hisobot beradi. Hisobot qog‘ozda va magnit manbalarida taqdim etiladi. Belgilangan shakldagi hisobot bilan birga korxonaning moliya-xo‘jalik ahvolini yaxshilash bo‘yicha takliflar bilan birgalikda tahliliy axborot taqdim etiladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 33-son, 438-modda)
20. Davlatning ishonchli vakili o‘z majburiyatlarining o‘z vaqtida, to‘liq va zarur darajada bajarilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
21. Aksiyadorlik jamiyatlaridagi aksiyalarning davlat paketlarini samarali boshqarish bo‘yicha davlatning vakillariga yuklangan vazifalar ular tomonidan bajarilmasligi ularning asosiy ish joyidan bo‘shatilishigacha bo‘lgan intizomiy javobgarlikka olib keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilariga qo‘yiladigan asosiy talablarni va ular tomonidan investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish amalga oshirilishini belgilaydi.
Qimmatli qog‘ozlarni va investitsiya hamda xususiylashtirilgan investitsiya fondlari mol-mulkiga kiruvchi qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilinadigan mablag‘larni ishonchli boshqaruvni amalga oshirish tartibi va shartlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, ushbu Nizom bilan belgilanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazida (keyingi o‘rinlarda matnda “qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi” deb yuritiladi) investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvga litsenziya olgan tijorat tashkilotlari tomonidan shuningdek bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan tijorat banklari bilan amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 33-son, 438-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Yuridik va jismoniy shaxslar, davlat hokimiyati va boshqaruv organlaridan tashqari, shuningdek mulkida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi muassislari bo‘lishi mumkin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-dekabrdagi 283-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 522-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi uning tomonidan boshqariladigan investitsiya aktivlari o‘rtacha yillik qiymatining kamida 5 foizi miqdorida o‘z moddiy aktivlariga ega bo‘lishi kerak.
Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining o‘z moddiy aktivlari miqdori va uning tomonidan boshqariladigan investitsiya aktivlarining sof aktivlari o‘rtacha yillik qiymati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi belgilagan tartibda aniqlanadi.
Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari o‘z moddiy aktivlarining ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan har chorakda boshqaruvchi kompaniyalar tomonidan taqdim etiladigan hisobotlarga muvofiq nazorat qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Ushbu Nizomga muvofiq quyidagilar (investitsiya aktivlarini) ishonchli boshqarish obyektlari bo‘lishi mumkin:
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning qimmatli qog‘ozlari, shu jumladan ular tomonidan ishonchli boshqaruv to‘g‘risida shartnoma tuzilgan vaqtda davlat mulki bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ularni ishonchli boshqarish to‘g‘risida shartnoma tuzilgan vaqtda davlat mulki bo‘lgan ulushlari (paylari);
muassis tomonidan ishonchli boshqaruvchiga boshqarish uchun berilgan qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilish uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari;
ishonchli boshqaruvchi tomonidan shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish natijasida olingan pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlar.
Boshqa har qanday fuqarolik huquqi obyektlari investitsiya aktivlari hisoblanmaydi va ushbu Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladigan ishonchli boshqaruvga berilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Ushbu Nizom maqsadlarida quyidagilar investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish muassisi deb e’tirof etiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(II bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
8. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish shartnomasi shartlarini tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi talablariga va ushbu Nizom bilan belgilangan xususiyatlarga muvofiq belgilaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining boshqaruv muassisi bilan tuzilgan shartnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
investitsiyalar maqsadini, investitsiya siyosati yo‘nalishini, investitsiya faoliyatidagi cheklashlarni tavsiflovchi investitsiya deklaratsiyasi (qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalash uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari ishonchli boshqaruvga berilgan hollarda);
investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga taqdirlash puli to‘lash va uning xarajatlarini qoplash tartibi;
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Qonunda va ishonchli boshqaruv shartnomasida nazarda tutilgan doirada, o‘z boshqaruviga investitsiya aktivlarini qabul qilgan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi ularga nisbatan mulkdorning barcha vakolatlarini amalga oshiradi, shu jumladan:
o‘z tasarrufidagi tasdiqlangan investitsiya aktivlari bo‘yicha barcha huquqlarni mustaqil ravishda va o‘z nomidan amalga oshiradi (aksiyalar, ulushlar, paylar) bo‘yicha dividendlar olish va obligatsiyalar bo‘yicha daromad olish huquqi, xo‘jalik jamiyati aksiyadori (qatnashchisi)ning shaxsiy nomulkiy huquqlari, qimmatli qog‘ozni qaytarishga to‘lovni talab qilish huquqi va shu kabilar);
o‘z tasarrufida bo‘lgan investitsiya aktivlariga nisbatan barcha huquqlarni mustaqil ravishda va o‘z nomidan amalga oshiradi (qimmatli qog‘ozlarni o‘zgaga berish, garovga qo‘yish, qimmatli qog‘ozlar bilan har qanday bitishuvlarni yoki amaliy xatti-harakatlarni amalga oshirish huquqi).
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Ishonchli boshqaruvda bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalash uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari tarzidagi investitsiya aktivlarini sarflash mutlaqo maqsadli xususiyatga egadir. Ushbu pul mablag‘laridan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan faqat qimmatli qog‘ozlarni boshqaruv muassisining mulki etib sotib olish uchun foydalanilishi yoxud ular boshqaruv muassisiga yoki boshqa foyda oluvchiga mulkiy foyda sifatida yo‘naltirilishi mumkin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Qimmatli qog‘ozlarni ishonchli boshqarish bo‘yicha faoliyat va qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalash uchun mo‘ljallangan pul mablag‘larini ishonchli boshqarish bo‘yicha faoliyat boshqaruv muassisi bilan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi o‘rtasida tuziladigan ishonchli boshqaruv to‘g‘risidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Shartnomani bajarish jarayonida investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan boshqarish muassisi mulkiga sotib olinadigan qimmatli qog‘ozlar ular mulkdor yoki investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisining boshqa vakolatli egalari tomonidan berilgan vaqtdan boshlab ishonchli boshqaruv obyektlariga aylanadi. Bunda ana shunday qimmatli qog‘ozlarni berish to‘g‘risida qo‘shimcha bitimlarning boshqaruv muassisi bilan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi o‘rtasida tuzilishi talab qilinmaydi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Shartnomani bajarish jarayonida investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan boshqaruv ta’sischisi mulkiga olinadigan pul mablag‘lari investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi obyektiga kiritiladi. Bunda investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining ushbu pul mablag‘larini berish to‘g‘risida o‘zi bilan boshqaruv ta’sischisi o‘rtasida qo‘shimcha bitimlar tuzishi talab qilinmaydi. Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining bunday xatti-harakatlarni sodir etish natijasida paydo bo‘lgan majburiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan pul mablag‘lari hisobiga bajariladi.
Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish shartnomasida investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan boshqaruv ta’sischisi mulkiga olingan barcha pul mablag‘larining ular investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan olingandan keyin darhol to‘liq hajmda boshqaruv ta’sischisiga berilishi kerakligi nazarda tutilgan taqdirda ko‘rsatib o‘tilgan qoida amal qilmaydi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruv to‘g‘risidagi shartnomaning qonun hujjatlarida belgilangan majburiy shartlardan tashqari qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalash uchun mo‘ljallangan pul mablag‘larini ishonchli boshqaruvga berishni nazarda tutuvchi shartnomada boshqaruv muassisining pul mablag‘larini yo‘naltirish va investitsiyalash usullarini belgilovchi boshqaruvchi kompaniyaning investitsiya deklaratsiyasi mavjud bo‘lishi kerak.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining investitsiya deklaratsiyasi investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruv shartnomasining uzviy qismi hisoblanadi. Investitsiya deklaratsiyasi qoidalari investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan shartnomaning boshqa qoidalari bilan bir xil asoslarda zarur darajada bajarish uchun majburiy hisoblanadi.
Shartnomalarni tuzish boshqaruv muassisining investitsiya deklaratsiyasida bayon qilingan qoidalarni, shu jumladan o‘ziga tegishli bo‘lgan pul mablag‘lari deklaratsiyaga o‘tkazilgan har qanday investitsiya aktivlari – investitsiyalash obyektlarini investitsiyalashga roziligini bildiradi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining investitsiya deklaratsiyasida quyidagilar bo‘lishi kerak:
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruv maqsadini belgilash (boshqaruv muassisining pul mablag‘laridan foydalanishning eng yuqori tijorat samaradorligiga erishish yoki boshqa aniq maqsad);
boshqaruv muassisining pul mablag‘larini investitsiya qilish mumkin bo‘lgan investitsiya aktivlari ro‘yxati;
shartnoma amal qiladigan butun muddat davomida investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi amal qilish majbur bo‘lgan investitsiya aktivlari tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (har xil turdagi va emitentdagi qimmatli qog‘ozlar nisbati; ishonchli boshqaruvda bo‘lgan mazkur boshqaruv muassisining qimmatli qog‘ozlari, pul mablag‘lari va investitsiya aktivlarining boshqa turlari o‘rtasidagi nisbat);
mazkur investitsiya deklaratsiyasi qoidalari investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi uchun amal qiladigan va majburiy hisoblanadigan muddat.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruv to‘g‘risidagi shartnomaning bir qismi hisoblanadigan investitsiya deklaratsiyasi qoidalarining amal qilish muddati umuman shartnomaning amal qilish muddatiga teng yoki undan kam bo‘lishi mumkin.
Ushbu investitsiya deklaratsiyasining amal qilish muddati tugagach investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruv shartnomasining tomonlari qo‘shimcha bitim bilan unda ko‘rsatilgan muddatga yangi investitsiya deklaratsiyasini amalga kiritishadi.
Investitsiya deklaratsiyasining amal qilish muddati tugagach, agar shartnomaning tomonlaridan hech biri uni o‘zgartirish to‘g‘risida talab qo‘ymasa, ushbu deklaratsiya unda ko‘rsatilgan muddatga uzaytirilgan hisoblanadi, lekin bu muddat ushbu deklaratsiya uning bir qismi hisoblanadigan shartnomaning amal qilish muddatidan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
19. Investitsiya deklaratsiyasining amalda bo‘lish muddati bo‘yicha ko‘rsatma, buning uchun asoslar mavjud bo‘lganda, ko‘rsatilgan muddat tugagungacha unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish uchun to‘siq bo‘lmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Boshqaruv muassisining amaldagi investitsiya deklaratsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi talabi investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi uchun majburiy hisoblanadi.
Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi ko‘rsatib o‘tilgan o‘zgartirishlarga rozi bo‘lmagan taqdirda ular boshqaruv muassisi tomonidan shartnomaga ilova qilinadigan bir tomonlama dalolatnoma (bayonot) tuzish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi, muassisga investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan muassis talablarini bajarishda mumkin bo‘lgan salbiy mulkiy oqibatlar boshlanishi xavfi yuklanadi.
Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining amaldagi deklaratsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi talabi shartnoma tomonlarining shartnomaga ilova qilinadigan tegishli qo‘shimcha bitimlar tuzishi yo‘li bilan qondiriladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan investitsiya deklaratsiyalari tuzish qoidalari qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining normativ hujjatlari bilan belgilanadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Qimmatli qog‘ozlarni ishonchli boshqaruvga berish investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining ularga mulkdorlik huquqi belgilanishiga olib kelmaydi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Qimmatli qog‘ozlar bilan ishonchli boshqaruv to‘g‘risidagi zarur tartibda rasmiylashtirilgan yozma shartnomaning mavjudligi qimmatli qog‘ozlarni Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga berish uchun yetarli asos hisoblanadi.
Qimmatli qog‘ozlar egalari reyestrlarini yurituvchi shaxslar, shuningdek boshqa har qanday manfaatdor shaxslar va organlar ularga qimmatli qog‘ozlarni ishonchli boshqaruvga berish uchun asos sifatida boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish huquqiga ega emas.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(III bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda va asoslarda berilgan investitsiya aktivlari boshqaruv muassisining boshqa mol-mulkidan, shuningdek investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining mol-mulki va o‘z investitsiya aktivlaridan ajratiladi, ularga boshqaruvchi kompaniyaning majburiyatlari bo‘yicha undirishlar qaratilishi mumkin emas va ushbu aktivlar, bankrotlik holati vujudga kelganda tanlov massasiga kiritilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Investitsiya aktivlari investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisida alohida balansda aks ettiriladi va u bo‘yicha mustaqil hisob yuritiladi. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruv bilan bog‘liq faoliyat bo‘yicha hisob-kitoblar uchun alohida bank hisob raqami ochiladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Boshqaruv muassislarining pul mablag‘lari hisob raqamlarini yuritish uchun investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari tomonidan banklarda “boshqaruv muassisining ishonchli boshqaruvga berilgan pul mablag‘lari” deb yozib qo‘yilgan alohida hisob-raqamlari ochiladi. Alohida hisob raqamlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ochiladi.
Boshqaruv muassislarining pul mablag‘lari hisob raqamlarini yuritish maqsadlari uchun investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan ochiladigan alohida hisob raqamlari soni cheklanmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Alohida hisob raqamlariga xizmat ko‘rsatish shartlari bank va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi o‘rtasidagi shartnomada belgilanadi.
Alohida hisob raqamlariga faqat ushbu Nizomga muvofiq investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi bilan shartnoma tuzgan boshqaruv muassislari mablag‘lari kiritiladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Boshqaruv muassislarining pul mablag‘larini ajratish investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan unga berilgan pul mablag‘larini alohida (ajratilgan) balansda hisobga olish yo‘li bilan amalga oshiriladi, ushbu balans boshqaruvchi kompaniya tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda har bir boshqaruv muassisi va (yoki) pul mablag‘lari hisob raqamini yuritishni nazarda tutuvchi har bir shartnoma uchun ochiladi va yuritiladi.
Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va jismoniy shaxs hisoblanadigan investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruv muassisi o‘rtasidagi hisob-kitoblar qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruv muassisi tomonidan pul mablag‘larini investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga berish naqd bo‘lmagan pul mablag‘larini uning tomonidan ochiladigan alohida hisob raqamiga o‘tkazish yoki naqd mablag‘larni investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining bankdagi hisob raqamiga o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi mijozning pul mablag‘lari hisob raqamiga pul mablag‘lari o‘tkazilganini ular alohida hisob raqami ochilgan bank tomonidan alohida hisob raqamiga o‘tkazilgandan keyin navbatdagi bank kunidan kechikmay o‘z hisobida aks ettirishi shart.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(IV bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Boshqaruv muassisi investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruv to‘g‘risidagi shartnomani tuzishda investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi faoliyatini cheklash huquqiga ega, ushbu cheklashlar investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga quyidagilarni taqiqlaydi:
o‘z boshqaruvida bo‘lgan pul mablag‘lari hisobiga o‘z mulkidagi, o‘z muassisi mulkidagi qimmatli qog‘ozlarni sotib olish;
o‘z boshqaruvidagi qimmatli qog‘ozlarni o‘z mulkiga, o‘z muassislari mulkiga begonalashtirish, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa;
Keyingi tahrirga qarang.
investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi ayni bir vaqtda boshqa shaxs tomonida broker (vositachi, ishonchli vakil) sifatida ish ko‘radigan bitishuvlar tuzish;
o‘zi va o‘zining muassislari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni o‘z boshqaruvida bo‘lgan pul mablag‘lari hisobiga sotib olish;
tugatish jarayonida bo‘lgan tashkilotlarning qimmatli qog‘ozlarini o‘z boshqaruvida bo‘lgan pul mablag‘lari hisobiga sotib olish;
o‘ziga tobe shaxslar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarini o‘z boshqaruvida bo‘lgan pul mablag‘lari hisobiga sotib olish;
o‘z boshqaruvida bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni ushbu bandning ikkinchi—sakkizinchi xat boshida belgilangan qimmatli qog‘ozlarga almashtirish;
o‘z boshqaruvida bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni to‘lov muddatini 30 kalendar kundan ko‘proq muddatga kechiktirishni yoki uni bo‘lib-bo‘lib to‘lashni nazarda tutuvchi shartnomalar bo‘yicha o‘zgaga berish;
o‘z boshqaruvida bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni o‘z majburiyatlarini (boshqaruvchi tomonidan ishonchli boshqaruv to‘g‘risidagi tegishli shartnoma bajarilishi munosabati bilan paydo bo‘ladigan majburiyatlardan tashqari), o‘z muassislari majburiyatlarini, boshqa har qanday uchinchi shaxslarning majburiyatlarini bajarishni ta’minlash uchun garovga berish;
o‘z boshqaruvida bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni uchinchi shaxsning depozit tasarrufchisi va (yoki) oluvchisi sifatida belgilangan holda saqlashga berish;
o‘z boshqaruvida bo‘lgan pul mablag‘larini uchinchi shaxslar foydasiga omonatga qo‘yish yoxud ko‘rsatilgan mablag‘larni uchinchi shaxs (shaxslar) tasarrufchisi etib belgilangan hisob raqamiga (hisob raqamlariga) o‘tkazish;
o‘z boshqaruvida bo‘lgan pul mablag‘lari hisobiga har qanday uchinchi shaxslar ular bo‘yicha to‘lovning oluvchilari etib belgilangan sug‘urta shartnomalarini tuzish (sug‘urta polislarini sotib olish).
Qonun yoki shartnomada investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi faoliyatiga qo‘shimcha cheklashlar belgilanishi mumkin.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish jarayonida boshqaruv muassislari bilan oldindan kelishmasdan boshqaruvchi kompaniya ayni bir vaqtda, ularning mol-mulkini ishonchli boshqarish to‘g‘risida shartnomalar tuzilgan ikkala tomonning manfaatlarini ifodalaydigan bitishuvlarni sodir etishga haqli emas.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(V bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga boshqaruv muassisiga xizmatlar ko‘rsatganlik uchun taqdirlash puli asosiy va mukofot puli tarzida to‘lanadi.
Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga asosiy taqdirlash puli choraklar bo‘yicha taqsimlagan holda yoki ular boshqaradigan aktivlardan olinadigan daromadga nisbatan foizlarda bir yil uchun yozilgan summada belgilanadi. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi oladigan asosiy taqdirlash pulining umumiy miqdori va xususiyatlari shartnomada belgilanadi.
Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga mukofot puli yil natijalari bo‘yicha, shartnomaga muvofiq to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat aktivlarini boshqargan taqdirda investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi faoliyatini taqdirlash uning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Adliya vazirligi bilan birgalikda belgilanadigan tartib asosida boshqarishi samaradorligiga bevosita bog‘liq holda amalga oshiriladi.
(31-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 33-son, 438-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
31-1. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi o‘zi kuzatuvchi kengashining a’zosi hisoblanadigan jamiyatning mablag‘lari hisobiga qo‘shimcha taqdirlash puli olishi mumkin. Ushbu holatda taqdirlash puli miqdorlari jamiyatning ichki normativ hujjatlari bilan belgilanadi.
(31-1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-sentabrdagi 258-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 37-son, 381-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarishda investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan qilingan barcha xarajatlar miqdori, ularni to‘lash muddatlari va tartibi hamda investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisini boshqaruv muassisiga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun taqdirlash puli to‘lash ular o‘rtasida tuziladigan investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish shartnomasida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyalar (ulushlar)ning davlat paketlari bo‘yicha davlat budjetiga tushgan dividendlar, ular bo‘lmagan taqdirda esa — xususiylashtirishdan tushgan umumiy mablag‘lar davlat aktivlarini ishonchli boshqarganlik uchun taqdirlash puli to‘lashning manbalari hisoblanadi. Investitsiya aktivlarini va xususiylashtirish investitsiya fondlarini ishonchli boshqarishni amalga oshirish bilan bog‘liq taqdirlashning xususiyatlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-sentabrdagi 258-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 37-son, 381-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(VI bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ixtiyoriy ravishda qayta tashkil etish yoki tugatishda investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi amalga oshiriladigan o‘zgarishlar to‘g‘risida boshqaruv muassislarini yozma shaklda, agar shartnomada boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, qayta tashkil etish yoki tugatish tartibot-qoidasi boshlangungacha uch oydan kechikmay xabardor qilishi shart.
(33-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, -modda)
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Investitsiya fondlarining investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish qonun hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lgan hamda investitsiya fondining Kuzatuvchi kengashi bilan shartnoma (kontrakt) tuzgan yoxud ushbu Nizomda belgilangan tartibda qimmatli qog‘ozlar boshqaruvini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tayinlangan investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi investitsiya aktivlari va investitsiya fondlarini ishonchli boshqaruvchi, investitsiya aktivlarini va xususiylashtirilgan investitsiya fondini ishonchli boshqaruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga (kontraktga), mazkur Nizomga, qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining normativ hujjatlariga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq fondlar aktivlarini boshqarishni amalga oshirishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
36. Fondni ta’sis etish bosqichida investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi bilan Muassislar kengashi raisi shartnoma (kontrakt) tuzadi. Fond aksiyadorlarining birinchi Umumiy yig‘ilishi tomonidan shartnoma (kontrakt) tasdiqlangandan keyin investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi bilan shartnoma (kontrakt)ni fondning Kuzatuvchi kengashi raisi qayta tuzadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Investitsiya fondi bilan investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt) O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan Fondni boshqarish to‘g‘risida investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi bilan investitsiya fondining namunaviy kontraktiga yoki fondni boshqarish to‘g‘risida investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi bilan xususiylashtirilgan investitsiya fondining namunaviy kontraktiga muvofiq tuziladi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 33-son, 438-modda)
38. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi investitsiya fondlarining aktivlarini boshqarishda ushbu fondlar nomidan ish ko‘radi. Bunda u investitsiya fondi bilan tuzilgan shartnoma (kontrakt)da investitsiya fondining nomiga havola qilgan holda fondning investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi sifatida ish ko‘rayotganligini ko‘rsatishi shart.
Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi investitsiya fondlari aktivlarini ushbu fondlarning aksiyadorlari manfaatlarini ko‘zlab boshqarishi shart.
39. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining faoliyati investitsiya fondining Kuzatuvchi kengashi va depozitariy tomonidan nazorat qilinadi. Fondning Kuzatuvchi kengashi investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi bilan tuziladigan bitishuvlar ro‘yxatini, shuningdek bitishuvlarning xususiyati va hajmi bo‘yicha cheklanishini belgilashga haqlidir.
40. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi fond aktivlarini boshqarish bo‘yicha butun faoliyatni amalga oshiradi, shu jumladan:
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining joyi, muddatlari va kun tartibi to‘g‘risidagi bildirishnomani tuzadi va yetkazib berishni ta’minlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
ustav talablariga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq fondning sof aktivlari qiymati bo‘yicha ma’lumotlarni aniqlaydi va e’lon qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
fond ularning aksiyalari mulkdori bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan fond nomidan aksiyadorlarning barcha huquqlarini amalga oshiradi;
fond aktivini tashkil etadigan pul mablag‘larini investitsiya fondining bank hisob raqamiga joylashtiradi;
ustav talablariga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Investitsiya fondlari to‘g‘risidagi nizom va Xususiylashtirish investitsiya fondlari to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra majburiy e’lon qilinishi nazarda tutilgan investitsiya fondlariga nisbatan ma’lumotlarni, moliyaviy hisobotlar va reklama xususiyatiga ega bo‘lgan materiallarni tayyorlash, tarqatish va e’lon qilishni nazorat qiladi va amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
investitsiya siyosati masalalari bo‘yicha fondning Kuzatuvchi kengashiga maslahat xizmatlari ko‘rsatadi;
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi bilan investitsiya fondi, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi va xususiylashtirilgan investitsiya fondi o‘rtasida tuzilgan shartnoma (kontrakt)ga muvofiq fondga boshqa xizmatlar ko‘rsatadi.
qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobi, shuningdek fondning barcha hujjatlari va hisobotlari yuritilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
qimmatli qog‘ozlarni fond investitsiya qilgan barcha aksiyadorlik jamiyatlarida boshqaruv organlarida fondning vakilligini;
fond investitsiyalari to‘g‘risidagi axborotning maxfiyligini ta’minlaydi, shuningdek investitsiya fondini boshqarish uchun boshqaruvchi tomonidan tayinlangan har qanday shaxs ushbu bitim bo‘yicha unga tahliliy xizmatlar ko‘rsatilishi uchun investitsiya fondiga nisbatan axborotning maxfiyligiga rioya qilinishi uchun (ham xizmatlar ko‘rsatish davrida, ham ushbu davr tamom bo‘lgandan keyin) kafolat olishi maqsadida tegishli chora-tadbirlar ko‘radi (maxfiylik to‘g‘risidagi kontraktlar tuzilishi ham shu jumlaga kiradi);
fondlar nomidan qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlar tuzish, pul mablag‘larini qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilish uchun fondning pul mablag‘ini tasarruf etish, qonun hujjatlariga, ustavga va investitsion deklaratsiyaga muvofiq fondlarning aktivlari bilan boshqa bitishuvlarni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
fondning nomidan fond bilan tuzilgan shartnoma (kontrakt)ga muvofiq fondning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bank hujjatlarini va boshqa hujjatlarni imzolash;
aksiyalar chiqarilishini hisobga olish va depozitariy uchun majburiy hisoblangan fond aktivlarini joylash yuzasidan farmoyishlar chiqarish;
investitsiya fondlari sof aktivlarini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomlarga, investitsion deklaratsiyaga va investitsiya fondlari faoliyati cheklanishiga muvofiq fondlar faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun fondlarning pul mablag‘laridan foydalanish;
fond Kuzatuvchi kengashining barcha majlislarida kuzatuvchi sifatida ovoz berish huquqisiz bir nafar vakilga ega bo‘lish huquqiga ega, faoliyat yoki fondlarni boshqarish to‘g‘risida investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi bilan shartnoma (kontrakt) tuzish shartlari bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha majlislarda muhokama yoki ovoz berish yuz beradigan majlislarning davrlari bundan mustasno;
fond ustaviga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdan tashqari Aksiyadorlar umumiy majlisini va Kuzatuvchi kengashni chaqirishni talab qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
fondning Kuzatuvchi kengashidan tuzilgan shartnoma (kontrakt)ga va fond ustaviga muvofiq investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan fond nomidan o‘z vazifalari bajarilishi uchun bank hujjatlarini va boshqa hujjatlarni imzolash huquqini yoki boshqa vakolatlarni berishni (ishonchnoma berish yo‘li bilan) talab qilish.
a) ustav qoidalariga, Kuzatuvchi kengash va fond aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi qarorlariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga muvofiq investitsiyalarni va qimmatli qog‘ozlar portfelini samarali boshqarishni ta’minlash hamda fondlar aksiyadorlarining manfaatlarini himoya qilish uchun imkoni bo‘lgan barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
b) operatsiyalarni amalga oshirish, shu jumladan fond aksiyalari yoki fondning oxirgi yillik balans hisobotiga muvofiq qiymati fond aktivlari qiymatining 10 foizidan oshadigan fondning boshqa qiymatlari oldi-sotdisi bo‘yicha bitishuvlarni amalga oshirishda fondning Kuzatuvchi kengashining yozma roziligini olish;
v) ustavga muvofiq fond aksiyalariga yozilish bo‘yicha qimmatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchisi bilan zarur tayyorgarlik ishlarini olib borish hamda unga yozilish natijasida olingan barcha mablag‘larni fondning hisob raqamiga kechiktirmasdan o‘tkazish majburiyatini yuklash;
g) fondga tegishli bo‘lgan barcha naqd mablag‘ni, cheklar va naqd bo‘lmagan to‘lovlarni fondning bank hisob raqamiga darhol o‘tkazish;
d) fondning bank hisob raqamidan mablag‘lar o‘tkazish bo‘yicha barcha to‘lov topshiriqlarini ushbu topshiriqlar bankka taqdim etilishidan oldin imzolash uchun qimmatli qog‘ozlarning Markaziy depozitariysiga taqdim etish;
e) har bir moliyaviy chorak tugallangandan keyin 30 kun mobaynida Kuzatuvchi kengashga quyidagi hujjatlar shaklida ushbu davr uchun fond ishi to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etish:
hisobot davrining boshi va oxiri bo‘yicha fondning buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar va daromadlardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobot, shuningdek buxgalteriya hisobotining boshqa shakllari;
hisobot davrida maxsus davlat krediti olinishi, undan foydalanilishi va uning qaytarilishi to‘g‘risidagi hisobot;
Kuzatuvchi kengash tomonidan belgilangan hisobot davrida investitsiya yoki xususiylashtirilgan investitsiya fondining qimmatli qog‘ozlari va boshqa aktivlari bilan sodir etilgan bitishuvlar ro‘yxati;
belgilangan shakl bo‘yicha hisobot davri mobaynida investitsiya yoki xususiylashtirilgan investitsiya fondi mablag‘lari hisobiga investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan qilingan xarajatlar to‘g‘risidagi hisobot;
j) Kuzatuvchi kengashni investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi rahbarlari tarkibidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish;
z) aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi kunidan 30 kun oldin Kuzatuvchi kengashga fond faoliyati to‘g‘risidagi balans hisobotni, shu jumladan sof aktivlar qiymati to‘g‘risidagi hisobotni, foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotni, maxsus davlat kreditlari olinganligi, undan foydalanganligi va uning qaytarilganligi to‘g‘risidagi hisobotni, shuningdek har bir aniq holatda fondning mustaqil auditorlari tomonidan tasdiqlangan hisobot davrining oxirgi kunida tuzilgan buxgalteriya hisobotining boshqa shakllarini taqdim etish;
i) fondlarning investitsiya portfelini tashkil etadigan barcha aktivlarni qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysida saqlash;
k) fondlarning aksiyalari bilan bitishuvlar bo‘yicha hisob-kitobda xato qilingan taqdirda mablag‘lar fond hisob raqamiga qaytarilishini yoki kompensatsiya qilinishini ta’minlash;
l) Xususiylashtirish investitsiya fondlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari to‘g‘risidagi nizomda belgilangan hajmda va muddatlarda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga hisobot taqdim etish.
Keyingi tahrirga qarang.
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisining yozma talabiga ko‘ra fondning aktivlarini boshqarish yuzasidan tuzilgan shartnoma (kontrakt)ga, investitsion deklaratsiyaga va ustav fondiga muvofiq ishonchli boshqaruvchi o‘z majburiyatlari bajarilishi uchun unga hujjatlarni imzolash huquqini berishi uchun (ishonchnoma berish yo‘li bilan) barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘rish;
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan fond bilan tuzilgan shartnoma (kontrakt) bo‘yicha o‘z majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish.
Fond investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan shartnoma (kontrakt) bajarilmagan yoki zarur darajada bajarilmagan taqdirda uni bekor qilish huquqiga ega.
45. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining qonun hujjatlarida taqiqlangan xatti-harakatlari natijasida fond ko‘rgan zarar uchun fond oldida javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
46. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi fond aktivlarini boshqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda quyidagilarga haqli emas:
fond nomidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatida cheklashlar bo‘lgan xatti-harakatni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
uning natijasida qimmatli qog‘ozlar bozorini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan normativ hujjatlar talablari, shu jumladan aktivlar tuzilmasiga qo‘yiladigan talablar buziladigan bitishuvlarni sodir etishga;
Keyingi tahrirga qarang.
xususiylashtirish investitsiya fondi tomonidan xususiylashtirilgan korxonalarning aksiyalari uchun to‘lovni kechiktirish shaklida berilgan maxsus davlat kreditlaridan tashqari investitsiya portfelini tashkil etadigan fondning aktivlari hisobiga qaytarilishi kerak bo‘lgan qarz mablag‘larini jalb etish;
fondning aktivlarini boshqarish yoki uchinchi shaxslarning majburiyatlarini ijro etish bilan bog‘liq bo‘lmagan o‘z majburiyatlarini ijro etishni ta’minlash uchun fondning investitsiya portfelini tashkil etadigan aktivlardan foydalanish;
xususiylashtirilgan korxonalarning aksiyalaridan va davlatning qimmatli qog‘ozlaridan tashqari xususiylashtirilgan investitsiya fondi aktivlari hisobiga qimmatli qog‘ozlarni sotib olish;
fondning aktivlari hisobiga o‘zining affilatsiya qilingan shaxslaridan investitsiyalash obyektlarini sotib olishga yoxud bunday aktivlarni ularga berish;
o‘zining affilatsiya qilingan shaxslari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni, shuningdek o‘zining affilatsiya qilingan shaxslari tomonidan boshqariladigan investitsiya fondlarining aksiyalarini sotib olish;
fondlarning investitsiya aktivlarini o‘zining affilatsiya qilingan shaxslariga, depozitariyga, fondning mustaqil auditoriga, shuningdek davlat organiga joylashtirish;
fondning investitsiya portfelini tashkil etadigan aktivlarini o‘z mulki qilib sotib olish, o‘z mol-mulkini fondning aktivini tashkil etadigan mol-mulk tarkibiga berish; investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchiga mukofot puli to‘lashda xato aniqlangan taqdirda, qimmatli qog‘ozlar bozorini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organining normativ hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda investitsiya fondi chiqimlarining belgilangan normalaridan ortiqcha xarajatlarni to‘lash, pul mablag‘larini fond aktiviga qaytarish uchun o‘z pul mablag‘laridan foydalanish hollari bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
boshqa investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi, uning affilatsiya qilingan shaxslari, investitsiya fondining mustaqil auditori tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish;
fondning mol-mulkini investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining o‘zi tomonidan yoki investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchini nazorat qiluvchi yoxud uning nazorati ostidagi shaxslar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki uchinchi shaxslar orqali bitim tuzish, shuningdek fondning mol-mulkini fondning Kuzatuvchi kengashining oldindan berilgan yozma roziligisiz investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi iqtisodiy manfaatga ega bo‘lgan korxonalarning qimmatli qog‘ozlariga investitsiya qilish;
fondning Kuzatuvchi kengashi ruxsatisiz ustav fondida fondning ulushi besh va undan ortiq foizni tashkil etadigan korxona tomonlardan biri bo‘lgan bitishuvlarga nisbatan biror-bir uchinchi shaxsga maslahat berish;
fondning qonun hujjatlarida, fond ustavida yoki investitsion deklaratsiyada taqiqlangan faoliyati turlari bilan bog‘liq qarorlarni qabul qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Qonun hujjatlarida investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi faoliyatiga qo‘shimcha cheklashlar belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
47. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi bilan ustav fondida besh yoki undan ortiq foiz miqdoridagi ulush tegishli bo‘lgan korxona bilan har qanday shartnoma (kontrakt) fondning Kuzatuvchi kengashi tomonidan ma’qullanishi kerak.
48. Fond bilan fond Kuzatuvchi kengashi a’zolari, shuningdek investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining Kuzatuvchi kengash a’zolari va mansabdor shaxslari iqtisodiy manfaatga ega bo‘lgan yuridik shaxs o‘rtasidagi har qanday bitishuv fondning Kuzatuvchi kengashi tomonidan ma’qullanishi kerak.
Ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar, agar ular ustav fondida besh va undan ortiq foizdagi ulush fondga tegishli bo‘lgan yoki fond aksiyalarining besh yoki undan ortiq foizi unga tegishli bo‘lgan yuridik shaxsga nisbatan mehnat yoki fuqarolik-huquqiy munosabatlarda bo‘lsalar, yoxud mulkdor yoki kreditor huquqlariga ega bo‘lsalar iqtisodiy manfaatga ega deb hisoblanadi.
49. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining mansabdor shaxslariga aksiyalarni fond birjasida (fond bo‘limlarini tashkil etgan boshqa birjalarda) sotuvga qo‘yish yuzasidan ekspertizada qatnashish taqiqlanadi.
50. Fond faoliyatiga cheklovlar investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi ijro etishi uchun majburiy hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
51. Fondga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchiga taqdirlash puli fond tomonidan asosiy va mukofot pulini taqdirlash shaklida to‘lanadi.
(51-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-sentabrdagi 258-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 37-son, 381-modda)
Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchiga asosiy taqdirlash puli choraklar bo‘yicha taqsimlagan holda, bir yil uchun qat’iy belgilab qo‘yilgan summada belgilanadi. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan olinadigan asosiy taqdirlash pulining umumiy miqdori fond sof aktivlari o‘rtacha yillik qiymatining 5 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak. Ko‘rsatib o‘tilgan summaga fondni boshqarish to‘g‘risidagi shartnoma (kontrakt)ni bajarish bo‘yicha investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining barcha xarajatlarini qoplash summasi kiritiladi, Investitsiya fondlari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq fond hisobiga tegishli bo‘lgan xarajatlar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchiga mukofot puli taqdirlash puli shartnoma (kontrakt)ga binoan yil natijalari bo‘yicha, biroq fond aksiyadorlariga yil mobaynida hisoblangan dividendlar hisobga olingan holda fond sof aktivlari yillik o‘sishi summasidan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan moliyalashtirish stavkasi bo‘yicha sof aktivlarni depozitlarda joylashtirishda yuz beradigan o‘sishdan 7 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi.
(51-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-sentabrdagi 258-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 37-son, 381-modda)
52. Fondga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchiga taqdirlash puli to‘lash miqdori, muddatlari va tartibi ular o‘rtasida tuziladigan shartnoma doirasida belgilanadi.
53. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22 — 24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
54. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlar hisobga olingan holda qimmatli qog‘ozlar bozorini boshqarish bo‘yicha davlat vakolatli organi investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi uchun quyidagi xatti-harakatlarni taqiqlab qo‘yishga haqlidir:
55. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining faoliyatida jinoyat belgilari aniqlangan taqdirda qimmatli qog‘ozlar bozorini boshqarish bo‘yicha davlat vakolatli organi tegishli materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga beradi.
56. Fond yangi investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi bilan kontrakt tuzishidan oldin litsenziyaning amal qilishi to‘xtatilgan taqdirda fondning Kuzatuvchi kengashi qimmatli qog‘ozlar bozorini boshqarish bo‘yicha davlat vakolatli organi bilan kelishgan holda fondning investitsiya portfelini tashkil etadigan investitsiya aktivlarini vaqtincha ishonchli boshqaruvchini tayinlaydi.
Litsenziyaning amal qilishi to‘xtatilgan paytdan boshlab investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi o‘z faoliyatini qimmatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchisi sifatida amalga oshirishga haqli emas hamda vaqtincha ishonchli boshqaruvchi tayinlangan paytdan boshlab ikki ish kuni mobaynida investitsiya fondining investitsiya portfelini tashkil etadigan investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchiga tegishli bo‘lgan barcha hujjatlarni va investitsiya fondining boshqa hujjatlarini berishi shart.
57. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchini qayta tashkil etish va tugatish tijorat tashkilotlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
58. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi iqtisodiy nochorlik belgilari bo‘yicha va bankrot deb e’lon qilinganda sud tartibida tugatilganda uning fondlar bilan kontraktlari belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
59. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi fondlar bilan kontraktlarni bekor qilishda fondning Kuzatuvchi kengashi tomonidan vakil qilingan shaxsga fondning barcha hujjatlarini va Kuzatuvchi kengash yoki investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi-voris tomonidan asosli ravishda so‘raladigan har qanday axborotni beradi.
60. Fond, uning aksiyadorlari va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi o‘rtasidagi nizolar sud tartibida hal etiladi.
(VII bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qaroriga muvofiq qo‘shilgan— O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 33-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 6-son, 56-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aksiyalar paketlarini joylashtirishni takomillashtirish hamda davlat mulki negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlar rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 18-avgustdagi 404-son qarorining 3 va 5-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari ustav jamg‘armasidagi davlat ulushi to‘g‘risida” 1998-yil 30-iyundagi 272-son qarorining 1-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 33-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 6-son, 56-modda)
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 5-iyuldagi 257-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 7-son, 35-modda):
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2001-2002-yillarda xorijiy investorlarni jalb etgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha kelgusidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 9-martdagi 119-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 17-modda):
“3. O‘zbekiston Respublikasi norezidentlariga tovar-xomashyo birjalarining hisob-kitob-kliring palatalari va “O‘zko‘rgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati hisob raqamlaridagi, respublikaning vakolatli banklarida ochilgan chet el banklarining “Loro” korrespondentlik hisob raqamlaridagi, birjalarning hisob-kitob-kliring palatalaridagi maxsus hisob raqamlaridagi milliy valyutadagi mablag‘laridan:
ham birlamchi, ham ikkilamchi bozorlarda mamlakatimiz emitentlarining aksiyalarini sotib olish uchun foydalanishga ruxsat berilsin”;