17.04.2003 yildagi 185-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 24-yanvardagi PF-3202-son Farmonini bajarish yuzasidan va xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, korxonalarning ustav jamg‘armalarida davlatning ulushini eng ko‘p darajada qisqartirish, obyektlarning investitsiya jalb etuvchanligini oshirish, shuningdek xorijiy investorlarni keng jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 23-dekabrdagi F-1680-son Farmoyishi bilan tuzilgan Xususiylashtirilgan korxonalarni boshqarishni takomillashtirish masalalari bo‘yicha maxsus komissiya (R.Azimov) O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va Vazirlar Mahkamasi Komplekslari bilan birgalikda 2003-yil yakunlari bo‘yicha mazkur qarorga 5-ilovada* ko‘rsatilgan korxonalar va obyektlarni xususiylashtirish natijalarini puxta xatlovdan o‘tkazsin. Xatlov natijalari bo‘yicha davlat aktivlari birja va birjadan tashqari bozorlarda to‘liq sotilmagan korxonalarni aniqlasin. Vazirlar Mahkamasiga obyektlarni va mol-mulk qismlarini sotgan, ularga berilgan yer uchastkalarini tanlov asosida boshqa xo‘jalik subyektlariga bergan holda ularni tugatish hamda davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin va ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2-bandning yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
5-ilova 10-bandining ikkinchi xatboshidagi “35” raqami “26” raqami bilan almashtirilsin.
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahar avtoyonilg‘i quyish shoxobchalari ishini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 31-maydagi 277-son qaroriga ilovaning III bo‘limidan 3 (Shimoliy-Sharq mavzesidagi 16-AYQSh), 5 (Belonojko ko‘chasidagi 62-AYQSh), 11 (Farhod ko‘chasidagi 99-AYQSh) va 14 (Xurshid ko‘chasidagi 106-AYQSh) satrlari chiqarib tashlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Respublika meva-sabzavot xo‘jaligida monopoliyadan chiqarish va ixtisoslashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 18-iyuldagi 363-son qaroriga 6-ilovadagi “Andijon konserva zavodi” OTAJ, “Xo‘jaobod konserva” OTAJ, “Shahrisabz konserva” OTAJ, “Namangan konserva” OTAJ, “Tayloq konserva zavodi” OTAJ, “Kishmish” konserva zavodi OTAJ, “Yangi Toshkent konserva” OTAJ, “Quva konserva zavodi” OTAJ, “To‘raqo‘rg‘on “Shirinlik” quruq mevalar zavodi” OTAJ, “Bulung‘ur quruq mevalar zavodi” OTAJ, “Andijon polimer” OTAJ, “O‘zmevasabzavotloyiha” OTAJ, “BLKTB Mevasabzavot” OTAJ, “Mevasabzavotqurilish” OTAJ, “O‘zmevasabzavotimpeks” OTAJ satrlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 42-son, 417-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-iyuldagi PQ-423-sonli Qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan —O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 30-son, 289-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-iyundagi 442-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 26-son, 593-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-iyuldagi 145-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 30-son, 292-modda)
5-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “va “Laktam”, “Kimyosavdota’minot” yopiq aksiyadorlik jamiyati” so‘zlari chiqarib tashlansin;
7-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
20. Vazirlar Mahkamasining “Santexquyma” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 10-noyabrdagi 448-son qarorining 6-bandiga “va investor tomonidan o‘z zimmasiga olingan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda oldi-sotdi shartnomasi bekor qilinsin va “Santexquyma” ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyalari paketi mazkur qaror bilan tasdiqlangan shartlarda boshqa investorlarga sotilsin” so‘zlari qo‘shilsin.
birinchi xatboshidagi “xorijiy” so‘zi chiqarib tashlansin, “eng avvalo” so‘zlari “shu jumladan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “ikki yil” so‘zlari “bir yil” so‘zlari bilan almashtirilsin;