91. | Binolar, asbob-uskunalar, kassa uzeli va dasturiy-texnik vositalarning Markaziy bank talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosa | Bankning (bank filialining) joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarishi | Markaziy bank |
j) 140-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin: | |||
140. | Yovvoyi o‘simliklarni va ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma | Yovvoyi o‘simliklarni va ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish | Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi |
z) 158-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin: | |||
158. | Maxsus qo‘shiladigan biologik aktiv moddalarni olib kirish va ishlab chiqarishga ruxsatnoma | Maxsus qo‘shiladigan biologik aktiv moddalarni olib kirish va ishlab chiqarish | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
i) 159-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin: | |||
159. | Yangi ozuqa qo‘shimchalarini olib kirish va ishlab chiqarishga xulosa | Yangi ozuqa qo‘shimchalarini olib kirish va ishlab chiqarish | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
k) 215-pozitsiyaning “Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish vakolatiga ega organ” ustunidagi “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari chiqarib tashlansin; | |||
l) 219-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin: | |||
219. | Gaz xo‘jaligining gaz quvurlari va boshqa gaz iste’mol qilish obyektlarini montaj qilish, ta’mirlash, ishga tushirish-sozlash va foydalanishga ruxsatnoma | Gaz xo‘jaligining gaz quvurlari va boshqa gaz iste’mol qilish obyektlarini montaj qilish, ta’mirlash, ishga tushirish-sozlash va foydalanish | “Sanoatgeokontex-nazorat” davlat inspeksiyasi |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.07.2014 yildagi 196-son
Кучга кириш санаси
04.08.2014
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 14.12.2015 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-son qaroriga muvofiq, tadbirkorlik faoliyatini yanada erkinlashtirish, ruxsat beruvchi tartibotlarni qisqartirish va arzonlashtirish, shuningdek ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 25-oktabrdagi 270-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1991-y., 10-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqidagi nizomning 14-bandi yigirma beshinchi xatboshidagi “moddalar, kuchli ta’sir etuvchi zaharli” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 11-bandidagi “eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida” so‘zlari “eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1999-yil 21-maydagi 263-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 5-son, 27-modda) ning 2-bandi sakkizinchi xatboshidagi “yetkazib berilishini ta’minlash” so‘zlaridan so‘ng “(qimmatli qog‘ozlarda hisob-kitob qilish)” so‘zlari qo‘shilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 73-modda) bilan tasdiqlangan Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomning:
“v” kichik bandidagi “eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida” so‘zlari “eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“j” kichik bandning beshinchi xatboshidan “belgilangan tartibda tasdiqlangan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“16. Hujjatlar litsenziya da’vogari tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita, pochta aloqa vositasi yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali elektron shaklda, ular olinganligi haqidagi xabarnomani olgan holda, taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya da’vogarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
17. Litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha mas’ul shaxs (ekspert komissiyasi kotibi) tomonidan qabul qilinadi, ularning nusxalari hujjatlar ko‘rsatib o‘tilgan organ tomonidan qabul qilingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda litsenziya talabgoriga bevosita, pochta aloqa vositasi orqali yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali elektron shaklda yuboriladi (topshiriladi)”;
d) 21-bandidagi “yozma shaklda” so‘zlaridan keyin “pochta aloqasi yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini qo‘llash orqali” so‘zlari qo‘shilsin;
e) 26-bandining birinchi xatboshidagi “yozma shaklda” so‘zlaridan keyin “pochta aloqasi, yoxud axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini qo‘llash orqali” so‘zlari qo‘shilsin;
“37. Hujjatlar litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoki pochta aloqasi, yoxud axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini qo‘llash orqali, ular olinganligi haqidagi xabarnomani olgan holda taqdim etiladi”;
“47. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori yozma shaklda pochta aloqasi, yoxud axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini ko‘llash orqali, asoslangan sabablari ko‘rsatilgan holda, qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechikmay yetkaziladi. Sudning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi”;
“50. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori yozma shaklda, pochta aloqasi yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini qo‘llash orqali, asoslangan sabablari ko‘rsatilgan holda, qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechikmay yetkaziladi. Sudning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi”;
k) 52-bandning oltinchi xatboshidagi “yozma shaklda” so‘zlaridan so‘ng “pochta aloqasi yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini qo‘llash orqali” so‘zlari qo‘shilsin;
“1-bosqich” satri “Tadbirlar” ustunidagi “pochta aloqasi orqali” so‘zlari “pochta aloqasi yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini qo‘llash orqali elektron shaklda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Estrada qo‘shiqchilik san’atini yanada rivojlantirish to‘g‘risida” 2001-yil 26-iyundagi 272-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 32-modda):
a) 4-bandning birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasida va undan tashqarida gastrol-konsert faoliyatini, shuningdek to‘y, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmati ko‘rsatish” so‘zlari “konsert-tomosha” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5.6-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish, to‘y, yubiley va boshqa tantanalarda konsert” so‘zlari “konsert-tomosha” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2.2-bandining yettinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish, to‘ylar, yubileylar va boshqa tantanalarga konsert” so‘zlari “konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini, shuningdek to‘y, yubiley va boshqa tantanalarda konsert” so‘zlari “konsert-tomosha” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘ninchi — o‘n uchinchi xatboshidagi “gastrol-konsert” so‘zlari “konsert-tomosha” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 49-son, 613-modda)
7. Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 28-iyundagi 236-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 36-modda) 1-ilovada:
a) “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” bo‘limining yigirmanchi va yigirma birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki” bo‘limining ikkinchi xatboshidan “boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” bo‘limidan keyin quyidagi mazmundagi bo‘lim qo‘shilsin:
Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni ko‘paytirish, sotish, ijaraga berish.
g) “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi” bo‘limining birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan almashtirilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomda:
v) Nizomga 2-ilovaning “3-bosqich” satri “Bajarish muddatlari” ustunidagi “20 kundan” so‘zlari “17 kundan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-dekabrdagi 454-sonli qarori bilan tasdiqlangan Matbaa korxonalarini ro‘yxatga olish va hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning o‘zbek tilidagi matnida 5-bandining to‘rtinchi va beshinchi xatboshilaridagi “notarial tasdiqlangan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-fevraldagi 66-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Birja faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomda:
“14. Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi”;
e) Nizomga ilovadagi “5-bosqich” satri “Tadbirlar” ustunidagi 2-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-apreldagi 196-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qog‘ozlar bozorida hisob-kitob-kliring palatalari to‘g‘risidagi nizomda:
“hisob-kitob-kliring palatalari — qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlar bo‘yicha hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshiruvchi savdolar tashkilotchisining tarkibiy bo‘linmasi”;
uchinchi xatboshidan “hisob-kitob-kliring palatasi bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida shartnoma tuzgan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
j) 22-bandning ikkinchi xatboshidagi “savdo tashkilotchisidan olingan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Neft mahsulotlarini sotish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2003-yil 28-iyundagi 289-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son, 50-modda):
Keyingi tahrirga qarang.
13. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomda:
a) 2-bandda “Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya dalloli, depozitariy va (yoki) investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxs qimmatli qog‘ozlarni chiqarish masalalari bo‘yicha maslahat xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga ega. Bunda, u qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun alohida litsenziya olishi talab etilmaydi.
Cheklanmagan shaxslar doirasiga ommaviy axborot vositalari orqali qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, joylashtirish va foydalanish masalalari, qimmatli qog‘ozlar bozori va uning ishtirokchilari holatining tahlili va istiqboli bo‘yicha maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi shaxsga qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun alohida litsenziyani olish talab etilmaydi”;
“15. Qimmatli qog‘ozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olish uchun litsenziya talabgori qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
mazkur dasturiy vositani sotgan (bergan) tashkilot bilan tuzilgan birjadan tashqari savdoni tashkil etish bo‘yicha dasturiy vositadan tijorat maqsadida foydalanishga mualliflik litsenziya shartnomasi nusxasi yoki o‘z dasturiy vositasi mavjud bo‘lgan taqdirda mualliflik huquqini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi;
kliring faoliyatini amalga oshirish uchun dasturiy vositalarni tijorat maqsadida ishlatishga mazkur dasturiy vositani sotgan (bergan) tashkilot bilan tuzilgan mualliflik litsenziya shartnomasining nusxasi yoki kliring faoliyatini amalga oshirish yuzasidan o‘z dasturiy vositalari mavjud bo‘lganda, mualliflik huquqini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi;
qimmatli qog‘ozlarni muomalaga qo‘yish va muomaladan chiqarish tartibotlari, qimmatli qog‘ozlar narxlari kotirovkasi to‘g‘risidagi qoidalarni o‘z ichiga oluvchi qimmatli qog‘ozlar savdosi qoidalari;
bank rekvizitlari ko‘rsatilgan holda kliring xizmatini ko‘rsatish uchun talabgorning alohida bank hisob raqami mavjudligi to‘g‘risidagi tijorat bankining yozma tasdiqnomasi;
Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysi va tijorat banki bilan qimmatli qog‘ozlar va pul mablag‘larida hisob-kitoblarni ta’minlash bo‘yicha mos ravishda tuzilgan shartnoma nusxasi;
qimmatli qog‘ozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining qatnashchilarini qo‘yish tartibi;
Keyingi tahrirga qarang.
14. Vazirlar Mahkamasining “Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida” 2003-yil 9-iyuldagi 310-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 61-modda):
5-bandning uchinchi xatboshidan “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 2-ilova 4-bandining uchinchi xatboshidan “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-iyuldagi 320-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 65-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Suv xo‘jaligi bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandi “a” kichik bandining sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“suv resurslaridan foydalanish va drenaj-oqova suvlarini oqizib yuborish bilan bog‘liq yangi korxonalar qurish va ishlayotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish loyihalarini kelishishni ta’minlaydi”;
Keyingi tahrirga qarang.
16. Vazirlar Mahkamasining “Transport sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 21-avgustdagi 360-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 73-modda):
a) 1-ilovaning 13-bandi birinchi xatboshidagi “uch baravari” so‘zlari “bir baravari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
17. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-noyabrdagi 479-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 107-modda) bilan tasdiqlangan Veterinariya faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomda:
“litsenziat — yuridik shaxs tomonidan litsenziyalovchi organga veterinariya mutaxassisining ishga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish — mutaxassis ishga olingan kundan boshlab 10 kun mobaynida”;
“z) yakka tartibdagi tadbirkorning malakasini tasdiqlovchi hujjatlar (diplom, malaka oshirish, ixtisoslashuvdan o‘tish to‘g‘risidagi hujjatlar, mehnat daftarchasining nusxalari)”.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 49-son, 613-modda)
19. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 20-noyabrdagi 523-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 124-modda) :
“36. Litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi”;
“27. Litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi”;
Keyingi tahrirga qarang.
20. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-fevraldagi 90-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 17-modda):
“4. “Davavianazorat” inspeksiyasining moddiy-texnika ta’minoti, shuningdek xodimlar mehnatiga haq to‘lash olingan litsenziyalarga (sertifikatlarga) muvofiq aviatsiya faoliyatini amalga oshirishdan yuridik shaxslar tomonidan olinayotgan daromadlardan majburiy to‘lovlar hisobiga amalga oshiriladi. Majburiy to‘lovlar miqdori “Davavianazorat” inspeksiyasining joriy yilga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan xarajatlar smetasi doirasida yuridik shaxslarning o‘tgan yilgi daromadlariga mutanosib ravishda belgilanadi”;
b) 7-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshidan “yagona nusxadagi havo kemalari turini, ushbu havo kemalarini ishlab chiquvchilar va ishlab chiqaruvchilarni, shuningdek” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) 8-bandning oltinchi xatboshidan “fuqaro havo kemasi turidagi sertifikat amal qilishini” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Vazirlar Mahkamasining “Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada bo‘ladigan sohalardagi faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 6-martdagi 111-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 24-modda) :
“2-bosqich” satrining “Bajarish muddatlari” ustunidagi “20” va “5” raqamlari “15” va “3” raqamlari bilan almashtirilsin;
“3-bosqich” satrining “Bajarish muddatlari” ustunidagi “10” va “5” raqamlari “5” va “3” raqamlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovadan “Yuldashev B.S. — O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi prezidenti” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-martdagi 112-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 25-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom 9-bandining oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining tovarlarni qayta ishlash bilan bog‘liq qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 17-avgustdagi 398-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 8-son, 84-modda) 1-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ustav jamg‘armasida (ustav kapitalida) davlat ulushi mavjud korxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan va qayta ishlashning bojxona rejimlariga joylashtiriladigan tovarlarni qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asoslarini kelishishga;
bojxona hududidan tashqarida, ustav jamg‘armasida (ustav kapitalida) davlat ulushi mavjud korxonalarga tovarlarni qayta ishlashning O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy manfaatlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar berishga”.
24. Vazirlar Mahkamasining “Biologiya resurslaridan oqilona foydalanish, ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish ustidan nazoratni kuchaytirish to‘g‘risida” 2004-yil 28-oktabrdagi 508-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 102-modda):
“18. O‘zbekiston Respublikasida yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini respublikaga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqishga ruxsatnoma O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan beriladi.
Yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi konvensiya (CITES)ning I, II va III ilovalariga kiradigan o‘simliklar turlari namunalarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish va hududiga olib kirishga ruxsatnoma yuridik va jismoniy shaxslarga O‘zbekistondagi CITES Ma’muriy organi (Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining Davlat biologiya nazorati) tomonidan beriladi, mazkur bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan o‘simlik dunyosi obyektlari bundan mustasno.”;
20-banddagi “O‘simlik dunyosi obyektlarini olib kirish va olib chiqish” so‘zlari “Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
21-bandning birinchi xatboshidagi “O‘simlik dunyosi obyektlarini olib kirish va olib chiqish” so‘zlari “Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“22. Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini chetga chiqarishga ruxsatnoma berish uchun quyidagi miqdorlarda to‘lov undiriladi:
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan o‘simlikning bir donasi, shuningdek o‘simliklarning ushbu turlaridan botanika kolleksiyalari uchun — mazkur turdagi o‘simliklarni terishga ruxsatnoma qiymatining 5 foizi miqdorida;
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi o‘simliklar xomashyosining bir kilogrammi (yalang‘och qizilmiyadan tashqari) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — yuridik va jismoniy shaxslar uchun— o‘simlikning mazkur turini g‘amlashga ruxsatnoma qiymatining 10 foizi miqdorida;
yalang‘och qizilmiya xomashyosining (TIF TN kodi 121190850 0) 1 tonnasi uchun — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — yuridik va jismoniy shaxslarga yalang‘och qizilmiyani chetga olib chiqish uchun ruxsatnoma berishga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha 225 AQSh dollari miqdorida.
Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirishga beriladigan ruxsatnoma uchun to‘lov undirilmaydi.”;
“23. Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma yoki bunday ruxsatnoma berishning asosli ravishda rad etilishi arizachiga ariza berilgan kundan boshlab 15 kun mobaynida yuboriladi”;
24-bandning birinchi xatboshidagi “O‘simlik dunyosi obyektlarini olib kirish va olib chiqish” so‘zlari “Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
25-bandning yettinchi xatboshidagi “O‘simlik dunyosi obyektlarini olib kirish va olib chiqish” so‘zlari “Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
12-bandning sakkizinchi xatboshidagi “15 kun mobaynida” so‘zlari “7 kun mobaynida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
13-bandning o‘n uchinchi xatboshidagi “15 kun mobaynida” so‘zlari “7 kun mobaynida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
25. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan, Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatida:
a) 50-2-pozitsiyasining “Davlat axborot resurslari nomi” ustunidan “, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 85-pozitsiyaning “Davlat axborot resurslari nomi” ustunidagi “O‘zbekiston Respublikasida va undan tashqarisida gastrol-konsert faoliyati” so‘zlari “tomosha-konsert faoliyati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 86-1-pozitsiyaning “Davlat axborot resurslari nomi” ustunidagi “gastrol-konsert” so‘zlari “tomosha-konsert” so‘zlari bilan almashtirilsin.
26. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-sentabrdagi 190-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 9-son, 65-modda) bilan tasdiqlangan Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom 9-bandining sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
27. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalari shoxobchalarini rivojlantirish hamda avtotransport vositalarini suyultirilgan va siqilgan gazga bosqichma-bosqich o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 10-fevraldagi 30-son qarorining 4-bandidan “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 23-avgustdagi 181-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 8-son, 50-modda) bilan tasdiqlangan Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari Reyestrida:
a) 145-pozitsiyaning “Xizmatlar nomi” ustunidagi “gastrol-konsert” so‘zlari “tomosha-konsert” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 147-pozitsiyaning “Xizmatlar nomi” ustunidagi “gastrol-konsert” so‘zlari “tomosha-konsert” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 9-noyabrdagi 232-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 11-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat uchun ahamiyatini yo‘qotgan yoki keyinchalik o‘tkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni ishga solishda tasdiqlanmagan foydali qazilma zaxiralarini yer osti boyliklaridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 8-bandi “d” kichik bandi va nizomga ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
30. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 10-son, 58-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l Ustavida:
“Umumiy temir yo‘l tarmoqlari yoki erosti temir yo‘llari tarmoqlariga tutashgan temir yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek yuklash, tushirish va vagonlar va konteynerlarni tozalash uchun mo‘ljallangan qurilmani ishlab chiqarish temir yo‘l rahbari yoki uning topshirig‘iga asosan mintaqaviy temir yo‘l rahbari tomonidan tasdiqlangan loyiha bo‘yicha amalga oshiriladi. Temir yo‘llar boshqa tarmoqdagi temir yo‘llar bilan tutashgan holatda loyiha qo‘shimcha ravishda tegishli vazirlik, qo‘mita, tashkilot yoki jismoniy shaxs bilan kelishiladi;
b) 77-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “temir yo‘l bilan kelishilgan loyiha bo‘yicha” so‘zlari chiqarib tashlansin;
31. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2008-yil 29-dekabrdagi 284-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 12-son, 10-modda) 1-ilovasidan oltinchi pozitsiya chiqarib tashlansin.
32. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-oktabrdagi 277-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston milliy avtomagistrali bo‘ylab yo‘l infratuzilmasi va servisi obyektlari qurish uchun yer uchastkalari ajratish bo‘yicha Nizomda:
“joylashtirish va qurish uchun uchastka tanlashga doir hujjatlarni” so‘zlari “qurish uchun yer uchastkasi tanlash va ajratishga doir hujjatlarni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Ishchi organi tomonidan yer uchastkasi tanlash va ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlash jismoniy yoki yuridik shaxs bilan tuzilgan shartnoma asosida bajariladi”;
“13. O‘zbekiston milliy avtomagistrali bo‘ylab yo‘l infratuzilmasi va servisi obyektlarini qurish uchun yer uchastkasi berilishidan manfaatdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar, so‘ralayotgan yer uchastkasi joylashgan joydagi tuman (shahar) hokimi nomiga yer uchastkasi zarur bo‘lgan uning joylashgan joyi (O‘zbekiston milliy avtomagistrali yo‘l uchastkasining manzili (km) va o‘lchamlari, talab etiladigan uchastkaning, qurilish ishlarini boshlash va tugatilish muddati asoslari va maqsadlari, pochta manzili, yuridik shaxslarning rekvizitlari yoki jismoniy shaxslarning pasport malumotlari ko‘rsatilgan holda ariza beradilar”;
“15. Ishchi organ yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan tuman (shahar) hokimi nomiga ariza berilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida Komissiyaga kiritish uchun obyektni tanlash bo‘yicha quyidagi hujjatlarini tayyorlaydi:
yo‘l bo‘yi infratuzilmasi va servisi obyektining belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy loyihasi;
yer uchastkasini joylashtirish rejasi (tegishli aholi punktining M 1:2000 (mavjud holda) navbatchi rejasidan ko‘chirma yoki ko‘rib chiqiladigan hududning joylanish rejasi aks ettirilgan M 1:10000 qishloq xo‘jaligi xaritasi);
O‘zbekiston milliy avtomagistrali uchastkasi qamrab olingan holda, yer uchastkasining kamida ikki tomonining atrofdagi obyektlari aks ettirilgan fotosurati (15x20)”;
“151. Yer uchastkasini tanlash va ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlash va kelishish, shuningdek boshqa xizmatlarni ko‘rsatish yuridik yoki jismoniy shaxs bilan tuzilgan shartnomasi asosida “yagona oyna” tamoyili bo‘yicha amalga oshiriladi. Shartnomada quyidagi ishlar turlari nazarda tutiladi:
yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga egalik huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish va guvohnoma berish;
Tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘lim (boshqarmasi) tomonidan shartnomaviy majburiyatlar bajarilishi natijasida kelib tushgan mablag‘lar, ushbu Nizomda nazarda tutilgan hollardan tashqari, bo‘lim (boshqarma)ning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Bunda, ko‘rsatilgan ishlarni bajarganlik uchun to‘lovlar ishlarning har bir turi tugallangandan keyin alohida amalga oshiriladi. Tomonlarning shartnomaviy majburiyatlari barcha ishlar tugallangandan va tegishli to‘lovlar amalga oshirilgandan keyin bajarilgan deb hisoblanadi.
yer uchastkasini ajratish bo‘yicha qarordan oldin, O‘zbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari tomonidan dastlab, atrof muhitga ta’siri to‘g‘risidagi ariza (AMTA) loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida Davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2001-yil 31-dekabrdagi 491-son qarorida nazarda tutilgan obyektlar bo‘yicha davlat ekologik ekspertiza xulosasini olish sharti bilan;
madaniy me’ros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha hududiy inspeksiyalari bilan — madaniy me’ros yodgorliklar muhofaza qilinadigan hududda obyekt qurilishi uchun yer uchastkasi tanlanganda;
tegishli rejimli hudud va inshootlardan foydalanuvchi tashkilotlar bilan — muhofaza qilinadigan, suv muhofaza qilinadigan, sanitariya-muhofaza zonalari, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, magistral suv quvurlari, avtomobil va temir yo‘llari, elektr uzatish va aloqa liniyalari, shuningdek aerodromlar va chiqindilar va boshqa zaharli moddalar ko‘milgan joylar yaqinida yer uchastkalari tanlanganda;
yer uchastkalari olib qo‘yilgan yuridik va jismoniy shaxslar bilan (yuridik shaxslarning yuqori boshqaruv organlari mavjud bo‘lganda, yer uchastkasini joylashtirish rejasi yuqori turuvchi organi bilan kelishiladi);
qishloq va suv xo‘jaligi organlari bilan — qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yer uchastkasi tanlanganda;
davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hududiy organlari bilan — avtomobillar turar joylari va yo‘l harakati xavfsizligiga ta’sir etuvchi boshqa obyektlar uchun yer uchastkasi tanlanganda.
153. Vakolatli tuman (shahar) organlari bilan yer uchastkasini joylashtirish rejasini kelishish bilan bir vaqtda quyidagi xulosalar taqdim etiladi:
154. Yer uchastkasini joylashtirish rejasini kelishish va tegishli organlar tomonidan xulosalar berish besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Tegishli organlar tomonidan kelishilgan joylashtirish rejasi va xulosalar ko‘rsatilgan muddatda berilmagan taqdirda yer uchastkasini joylashtirish rejasi kelishilgan deb hisoblanadi (IV va V murakkab (xavfli) toifali obyektlar bundan mustasno) va Komissiyaga kiritish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda viloyatlar yoki Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasiga yuboriladi.
155. Arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi) kelishilgan yer uchastkasini joylashtirish rejasi va o‘z xulosalarini taqdim etmagan vakolatli tuman (shahar) organlarini xabardor qiladi va yer uchastkasini tanlash bo‘yicha materiallarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda viloyatlar yoki Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasiga kiritadi.
156. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi) zarur hollarda quyidagi ishlar turlarini bajarish uchun shartnoma asosida yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasini jalb etadi:
yer uchastkalari mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari va ijarachilarining yerlari bo‘yicha (mavjud bo‘lganda) berilayotgan yer uchastkasining umumiy uchastkalarini aniqlash;
qishloq xo‘jaligi yerlarini qishloq xo‘jalikka oid bo‘lmagan ehtiyojlar uchun olib qo‘yilganda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishlari yo‘qotishlari miqdorini belgilangan tartibida aniqlash;
yer uchastkasini (qishloq, o‘rmon, baliqchilik xo‘jaligida yoki boshqa maqsadlarda foydalanish uchun) unumdor qilishning zarurligi va yo‘nalishi, tuproqning unumdor qatlamini ko‘chirib olish zaruriyatini aniqlash;
yer uchastkasi mulkdorlari, foydalanuvchilari, ijarachilari va egalaridan (mavjud bo‘lganda) olib qo‘yish shartlarini aniqlash;
ko‘chiriladigan oilalar ro‘yxatini tuzish, bunda yangi yer uchastkasi yoki kvartiralar (mavjud bo‘lganda) olishni xohlovchilar ko‘rsatilishi kerak.
Bundan tashqari, arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi) yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining inshoot va qurilmalari buzilganda (zarur bo‘lganda) ularning zararlarini aniqlash uchun shartnoma bo‘yicha baholovchi tashkilotni jalb etadi.
Ushbu bandning ikkinchi — oltinchi xatboshida ko‘rsatilgan ishlarni amalga oshirish zaruriyati, tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi)dan yer uchastkasini joylashtirish rejasini kelishish, yer uchastkasini tanlash, va unga tegishli xulosalarni taqdim etish bo‘yicha talabnoma kelib tushganda tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi tomonidan yozma ravishda asoslantiriladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan dastlabki tuzilgan shartnoma muddatini uzaytirish bilan tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi) orqali ko‘rsatilgan ishlarni bajarganlik uchun ijrochilarga to‘lov amalga oshiriladi.
157. Tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi xulosasida quyidagilar aks ettiriladi:
yer uchastkalari mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari va ijarachilari (mavjud bo‘lganda) yerlar bo‘yicha berilayotgan yer uchastkasining umumiy maydoni;
yer uchastkalarining egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlaridan yerlar olib qo‘yilishi (haq to‘lab olinishi) munosabati bilan ko‘rgan zararlarining miqdorlari hamda Vazirlar Mahkamasining “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 29-maydagi 97-son va “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 25-maydagi 146-son qarorlari (zarar va yo‘qotishlar aniqlangan holda) bilan belgilangan tartibda belgilangan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdorlari;
yer uchastkasini (qishloq, o‘rmon, baliqchilik xo‘jaligida yoki boshqa maqsadlarda foydalanish uchun) unumdor qilishning zarurligi va yo‘nalishi, tuproqning unumdor qatlamini ko‘chirib olinishi;
yer uchastkalari mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari va ijarachilaridan (mavjud bo‘lganda) yer uchastkalarini olib qo‘yilishi;
ko‘chiriladigan oilalar tarkibi, bunda yangi yer uchastkasi yoki kvartiralar (mavjud bo‘lganda) olishni xohlovchilar ko‘rsatilishi.
158. “Yagona oyna” doirasidan tashqari mustaqil ravishda atrof muhitga ta’sir to‘g‘risidagi ariza loyihasini ishlab chiqishni ta’minlash, shuningdek Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining ekologik ekspertiza xulosasini olish, mazkur ishlarning to‘lov qiymati to‘lash hamda tuman (shahar) komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi)ga ekologik ekspertiza xulosasini taqdim qilish yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Ekologik ekspertiza xulosasini olish muddati va tartibi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqidagi” 2001-yil 31-dekabrdagi 491-son qarori bilan tartibga solinadi;
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, viloyatlar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari, “O‘zshaharsozlikLITI” DUK, “ToshkentboshplanLITI” DUK va “Qishloqqurilishloyiha” MChJ loyiha-qidiruv tashkilotlari O‘zbekiston milliy avtomagistrali uchastkalarida qurilish obyektlarining joylashishi sxemasiga muvofiq shaharsozlik hujjatlari asosida obyektlarni joylashtirishni ko‘rib chiqadilar;
“31. Ishchi organ uch ish kuni mobaynida yer uchastkasini tanlash materiallari asosida loyiha tayyorlaydi:
ko‘chiriladigan oilalar ro‘yxatini tuzish, bunda yangi yer uchastkasi yoki kvartiralar olishni xohlovchilar ko‘rsatilishi kerak;
yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari va ijarachilarining ko‘rgan boshqa zararlari, shuningdek qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori (mavjud bo‘lganda) aniqlash dalolatnomasini tayyorlash;
yer uchastkalari mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari va ijarachilari (mavjud bo‘lganda) bo‘yicha yerlar kesimida berilayotgan yer uchastkasining umumiy maydonlarini aniqlash;
yer uchastkasini (qishloq, o‘rmon, baliqchilik xo‘jaligida yoki boshqa maqsadlarda foydalanish uchun) unumdor qilishning zarurligi va yo‘nalishi, tuproqning unumdor qatlamini ko‘chirib olish zaruriyatini aniqlash;
yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlaridan (mavjud bo‘lganda) yer uchastkasining olib qo‘yish shartlarini aniqlash;
baholovchi tashkilotlarning buziladigan bino va inshootlarni baholash to‘g‘risidagi hisoboti (mavjud bo‘lganda), tuman (shahar) hokimining yer uchastkasini ajratish to‘g‘risidagi qarori loyihasini tayyorlash muddati va yer uchastkalarini ajratish bo‘yicha dalolatnomasini rasmiylashtirish tegishli ravishda 15 kunga qadar uzaytiriladi.
Yer uchastkasini tanlash va ajratish bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda to‘lov undiriladi”;
“311. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimlari yer uchastkasini ajratish bo‘yicha kelib tushgan materiallarni ikki kun mobaynida yer uchastkalarini taqdim etishni (amalga oshirish) ko‘rib chiqish bo‘yicha tegishli komissiyaga taqdim etadi (keyingi o‘rinlarda mahalliy davlat hokimiyati organi huzuridagi komissiya deb yuritiladi).
312. Mahalliy davlat hokimiyati organi huzuridagi komissiya, taqdim etilgan materiallar va hujjatlarni ko‘rib chiqib, uch kun ichida yer uchastkasini ajratish dalolatnomasini tasdiqlaydi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyat hokimining qarori loyihasi bilan birga ularni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyat hokimiga tasdiqlash uchun kiritadi;
Yer uchastkasini ajratish dalolatnomasi faqat tanlanadigan yer uchastkasi ularning manfaatlariga daxldor bo‘lgan tashkilotlarning vakillari bo‘lgan mahalliy davlat hokimiyati organi huzuridagi komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi”;
“361. Yer uchastkasi chegaralarini naturaga chiqarish va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
Keyingi tahrirga qarang.
33. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) bilan belgilangan Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga yo‘naltirilayotgan davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlardan, ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlarining 10-pozitsiyasi beshinchi xatboshidagi “Moliyalashtirish manbalari” ustunidan “birja” so‘zi chiqarib tashlansin.
34. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 91-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 5-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “mutaxassislari” so‘zlaridan keyin “va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mutaxassislari” so‘zlari qo‘shilsin;
“4. Ushbu Nizom 3-bandining “a” — “e” kichik bandlarida ko‘rsatilgan farmatsevtika faoliyati turlarini (turining bir qismini) amalga oshirish huquqiga litsenziyalar faqat yuridik shaxslarga beriladi, bunda, “b” va “d” kichik bandlarida ko‘rsatilgan faoliyat turlarini (turining bir qismini) amalga oshirishga litsenziyalar faqat dorixona muassasalariga beriladi.
Ushbu Nizom 3-bandining “a” va “b” kichik bandlarida ko‘rsatilgan farmatsevtika faoliyati turlariga litsenziya olish litsenziatlarga ular ishlab chiqargan va tayyorlagan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji va chakana sotish huquqini beradi, bunda, dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish faqat dorixona muassasalari orqali amalga oshiriladi”;
v) 7-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi mazmunda ikkinchi va uchinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
“Farmatsevtika faoliyatining bir necha turlarini (turining qismlarini) amalga oshirishga litsenziya berilganda, litsenziyada ushbu turlarning har biri turi (turining qismlari) ko‘rsatiladi.
Litsenziatda litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun foydalaniladigan filiallar (alohida hududlardagi bo‘linmalar va obyektlar) mavjud bo‘lgan taqdirda, litsenziya berish bilan bir vaqtda ko‘rsatib o‘tilgan filiallar (alohida hududlardagi bo‘linmalar va obyektlar) soniga qarab ulardan har birining joylashgan joyi ko‘rsatilgan holda, litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan litsenziya nusxalari beriladi”;
“9. Farmatsevtika faoliyatining tegishli turini (turining qismini) amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik bazaga, shu jumladan asbob-uskunalarga va boshqa texnika vositalariga, shuningdek xodimlarga talablar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi”;
“16. Litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlar bilan birgalikdagi arizasi ular olingan kunda ekspert komissiyaga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
Litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini aniqlash uchun ekspert komissiyasi tomonidan mavjud sharoitlarning litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun muvofiqligini joyiga borgan holda baholash o‘tkaziladi.
Mavjud sharoitlarning litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun muvofiqligini joyiga borgan holda baholash litsenziyalovchi organning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Taqdim etilgan hujjatlar va ekspertiza yakunlari bo‘yicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida ekspert xulosasi tayyorlanadi.
Litsenziyalovchi organ tegishli xulosalar tayyorlash uchun shartnoma asosida qo‘shimcha ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.
Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va litsenziya talabgorini uch kun muddatda qabul qilingan qaror to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari va davlat boji to‘lash muddatlari ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi)”;
“dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini qabul qilish, berish va saqlash uchun mas’ul xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi — dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji sotishni amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun”;
oltinchi — o‘n oltinchi xatboshi tegishli ravishda yettinchi — o‘n yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
o‘n to‘rtinchi xatboshi quyidagi mazmunda o‘n to‘rtinchi va o‘n beshinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
“Litsenziya qayta rasmiylashtirilgan taqdirda, litsenziya bitimiga bir vaqtda o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritiladi yoxud yangi litsenziya bitimi tuziladi.
Filial ochilgan (yopilgan), faoliyatining turini (turining qismini) amalga oshirish manzili o‘zgargan, dorixona muassasasi mudiri yoki bevosita dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini qabul qilish, berish va saqlash uchun mas’ul xodim o‘zgargan taqdirda, litsenziya bitimiga o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritiladi yoxud mazkur Nizomning V1 bobida nazarda tutilgan tartibda yangi litsenziya bitimi tuziladi”;
o‘n beshinchi — o‘n yettinchi xatboshi tegishli ravishda o‘n oltinchi — o‘n sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;
i) 21-bandning birinchi xatboshidagi “litsenziat” so‘zi “Litsenziat yoki uning huquqiy vorisi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Litsenziyaning amal qilish muddati litsenziatning arizasiga binoan uzaytirilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziya olish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati tugagunga qadar ikki oydan kechikmasdan berilishi kerak”;
251. Filial ochilgan (yopilgan), faoliyatni amalga oshirish manzili o‘zgargan, dorixona muassasasi mudiri yoki bevosita dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini qabul qilish, berish va saqlash uchun mas’ul xodim o‘zgargan taqdirda, litsenziat litsenziyalovchi organga litsenziya bitimiga o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritish yoxud yangi litsenziya bitimini tuzish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qiladi.
252. Litsenziat litsenziya bitimiga o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritish yoxud yangi litsenziya bitimini tuzish to‘g‘risidagi arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
filial ochish, faoliyatni amalga oshirish manzilini o‘zgartirish uchun — mazkur Nizomning 10-bandi “d” kichik bandida ko‘rsatilgan hujjatlar, litsenziyaning nusxasi va litsenziya bitimi;
dorixona muassasasi mudiri yoki bevosita dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini qabul qilish, berish va saqlash uchun mas’ul xodim o‘zgargan taqdirda — yangi xodimning O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan talablarga muvofiqligi haqida ma’lumot va litsenziya bitimi;
filial yopilgan taqdirda — litsenziya bitimi va litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan filialning faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning nusxasi;
farmatsevtika faoliyatining ruxsat etilgan turlari (turining qismlari) qisqargan taqdirda — litsenziyaning asl nusxasi va litsenziya bitimi;
litsenziya bitimini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
Hujjatlar litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoki pochta aloqa vositalari orqali yetkaziladi.
253. Litsenziya bitimiga o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritish yoxud yangi litsenziya bitimini tuzish to‘g‘risidagi ariza, filialni yopish yoki amalga oshiriladigan faoliyatning turlarini (turining qismlarini) qisqartirish to‘g‘risida arizalardan tashqari, mazkur Nizomning 15 va 16-bandida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
254. Litsenziya bitimiga o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritish yoxud yangi litsenziya bitimini tuzish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun litsenziya talabgorining litsenziya berilishi to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan mablag‘ning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘imning miqdori litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi. Litsenziat o‘zi bergan arizadan voz kechgan taqdirda, to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
Litsenziya bitimiga o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritish yoxud yangi litsenziya bitimini tuzish uchun davlat boji undirilmaydi.
255. Quyidagilar litsenziya bitimiga o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritish yoxud yangi litsenziya bitimini tuzishni rad etish uchun asoslar hisoblanadi:
litsenziat tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda haqiqiy bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjudligi;
256. Litsenziya bitimiga o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritish yoxud yangi litsenziya bitimini tuzishni rad etish, shuningdek litsenziatning arizasini takroriy ko‘rib chiqish mazkur Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
257. Litsenziya bitimiga o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritishda yoxud yangi litsenziya bitimini tuzishda litsenziyalovchi organ litsenziyalarning reyestriga tegishli o‘zgartirishlarni kiritadi.
258. Litsenziat litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun foydalaniladigan filiallarni (alohida hududlardagi bo‘linmalar va obyektlar) ochgan taqdirda, ko‘rsatib o‘tilgan filiallar (alohida hududlardagi bo‘linmalar va obyektlar) soniga qarab ulardan har birining joylashgan joyi ko‘rsatilgan holda, litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan litsenziya nusxalari beriladi”;
Keyingi tahrirga qarang.
35. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-iyuldagi 154-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 7-son, 38-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish mexanizmini takomillashtirish va amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi nizomga quyidagi mazmundagi 191-band qo‘shilsin:
“191. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar Maxsus idoralararo komissiyasi Kotibiyatiga “bir oyna” tamoyili bo‘yicha elektron shaklda Mahalliylashtirish dasturiga loyihalarni kiritish bo‘yicha taklifni kiritishga haqli”.
36. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatida:
37. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyundagi 166-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 6-son, 47-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi to‘g‘risida nizomda:
“audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash faoliyatini litsenziyalashni amalga oshirish”;
yettinchi va sakkizinchi xatboshi tegishli ravishda sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
“mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaradigan tashkilotlarning faoliyatini nazorat qiladi va ularning faoliyatiga ko‘maklashadi”;
“audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash faoliyatini litsenziyalashni belgilangan tartibda amalga oshiradi”;
o‘ttiz uchinchi xatboshidagi “fonogrammalarni tayyorlash, shuningdek audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar uchun moddiy jismlarni ishlab chiqarish” so‘zlari “shuningdek fonogrammalarni tayyorlash” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 3-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash bo‘yicha faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risida nizomda:
birinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “Intellektual mulk agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Hujjatlarni qabul qilish, ular bo‘yicha ekspert xulosalarni tayyorlash, litsenziyalarni berish, litsenziya bitimlarini tuzish uchun Intellektual mulk agentligi huzurida Intellektual mulk agentligi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi va davlat boshqaruvining boshqa organlari mutaxassislari safidan ekspert komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Ekspert komissiya deb ataladi) tuziladi. Ekspert komissiyani Intellektual mulk agentligining bosh direktori boshqaradi. Ekspert komissiyaning tarkibi va Ekspert komissiya haqidagi nizom Intellektual mulk agentligining bosh direktori tomonidan tasdiqlanadi”;
“21. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud ularni olganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklida yetkazib beriladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya talabgorining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Litsenziyalovchi organga litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar mas’ul shaxs (ekspert komissiyaning kotibi) tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi litsenziya talabgoriga bevosita, pochta aloqasi vositasi orqali yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuboriladi (topshiriladi)”;
g) 23-bandning birinchi xatboshidagi “ko‘rib chiqilganligi uchun” so‘zlaridan keyin “har bir faoliyat turi bo‘yicha” so‘zlari qo‘shilsin;
ikkinchi xatboshida “Ishchi guruhning” va “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari tegishli ravishda “Ekspert komissiyasining” va “litsenziyalovchi organ” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi “yozma shaklda” so‘zlaridan keyin “pochta aloqasi vositalari yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
o‘n birinchi xatboshidagi “Ishchi guruh” so‘zlari “Ekspert komissiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi”;
“Litsenziyalar ekspert komissiyasi tomonidan belgilangan shakldagi blankalarda rasmiylashtiriladi va litsenziyalovchi organning rahbari tomonidan imzolanadi”;
i) 29-bandida “Audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash” so‘zlari “faoliyatning litsenziyalanadigan har bir turi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Bunda ekspert komissiya hujjatlar takroran taqdim etilgandan keyin olti kun mobaynida ular yuzasidan ekspert xulosani tayyorlaydi va litsenziyalovchi organga litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi taklifni taqdim etadi.
Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasining taklifi olingandan keyin to‘rt kun muddatda uni ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi”;
“42. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organ tomonidan ikki nusxada dalolatnoma (ma’lumotnoma) tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchisi litsenziyalovchi organda qoladi”;
p) 44-banddagi “Ishchi guruhga va Agentlikka” so‘zlari “litsenziyalovchi organga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“2. Litsenziyalovchi organga hujjatlarni bevosita yoxud olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etadi”;
“Subyektlar” ustunidagi “Ishchi guruh” so‘zlari “Ekspert komissiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Tadbirlar” ustunidagi “ishchi guruhning rahbari” so‘zlari “ekspert komissiyasining kotibi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Subyektlar” ustunidagi “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “litsenziyalovchi organ” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Bajarish muddatlari” ustunidagi “Ishchi guruh” so‘zlari “Ekspert komissiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“4-bosqich” va “6-bosqich” satrlarining “Subyektlar” ustunidagi “Ishchi guruh” so‘zlari “Ekspert komissiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“5-bosqich” satrining “Tadbirlar” ustunidagi “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “litsenziyalovchi organ” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Subyektlar” ustunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining o‘rinbosari” so‘zlari “litsenziyalovchi organ rahbari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
39. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-martdagi 92-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 3-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomda:
“bosh shifokorning oliy tibbiy ma’lumotga va malaka toifasiga, shuningdek boshqa mutaxassis vrachlarning — oliy tibbiy ma’lumotga va tegishli tibbiy mutaxassislik bo‘yicha malaka toifasiga ega bo‘lishi”;
“b” kichik bandida “transport vositalari” so‘zlaridan so‘ng (“tez tibbiy yordamni amalga oshiruvchi muassasalar uchun”) so‘zlari qo‘shilsin;
“markazlashtirilgan sterilizatsiya bo‘limining (MSB) mavjud bo‘lishini talab qiladigan ixtisosliklar bo‘yicha tibbiy faoliyatni amalga oshirishda, sterilizatsiya asbob-uskunalarida ishlash uchun ta’lim olganligi to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumoti va guvohnomasi (sertifikati, ruxsatnomasi) mavjud bo‘lishi”;
to‘qqizinchi — o‘n ikkinchi xatboshi tegishli ravishda o‘ninchi — o‘n uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
xorij davlatlarida olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatning tan olingan (nostrifikatsiya qilingan) bo‘lishi;
malaka toifasi mavjud bo‘lishi yoki xorijda mutaxassislik malakasi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatning tan olingan bo‘lishi;
“10. Litsenziya talabgori litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili) va tibbiy faoliyatni amalga oshirish joyining manzili, elektron pochta, bank rekvizitlari;
tibbiyot muassasasining turi, yuridik shaxs amalga oshirishni mo‘ljallayotgan ixtisoslik turi va ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar hajmi va faoliyatning ko‘rsatilgan turi amalga oshiriladigan muddat;
v) litsenziya talabgorida tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mavjud tibbiyot asbob-uskunalari, inventarlari, apparatlari va anjomlari ro‘yxati;
g) litsenziya talabgori tomonidan litsenziya talabgorining arizasi litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
d) litsenziya talabgorida tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun unga mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli bo‘lgan binolarning mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat”;
“12. Hujjatlar litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita, ularning olingani to‘g‘risidagi xabarnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziatning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatlar bevosita taqdim etilgan taqdirda, hujjatlar Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasining mas’ul shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga topshiriladi (yuboriladi)”;
“Arizada ko‘rsatilgan muassasa turi, ixtisoslik turi va tibbiy xizmatlar hajmi bo‘yicha tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan binolarning sanitariya normalari va qoidalariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasini olish uchun Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati organiga ushbu xulosani berish to‘g‘risida so‘rovnoma yuboradi”;
“Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bank hisob raqami rekvizitlari va davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda litsenziya talabgorining pochta yoki elektron manziliga yozma yoki elektron shaklda yuboriladi (topshiriladi)”;
“Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma ikki kun muddatda litsenziya talabgorining elektron pochta yoki pochta manziliga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan yetarli muddat ko‘rsatilgan holda yuboriladi”;
“Hujjatlar litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita, ularning olingani to‘g‘risidagi xabarnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziatning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi”;
“45. Hujjatlar litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita, ularning olingani to‘g‘risidagi xabarnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziatning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi”;
40. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar ro‘yxatida:
a) 3, 10, 12-13, 16-17, 39, 68, 71, 79-80, 82, 92, 96, 103, 123, 138, 161-162, 164, 185, 199-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
v) 56-pozitsiyaning “Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat nomi (tartibotlari)” ustuni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ustav fondida (Ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan korxonalar tomonidan tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asoslarini kelishuv bo‘yicha xulosasi”;
Keyingi tahrirga qarang.
g) 57-pozitsiyaning “Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat nomi (tartibotlari)” ustuni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ustav fondida (Ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan korxonalar tomonidan tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asoslarini kelishuv bo‘yicha xulosasi va tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlanishini O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga mos kelishi”;
d) 69 va 106-pozitsiyalarning “Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish vakolatiga ega organ” ustunidagi ““Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Keyingi tahrirga qarang.
41. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish Davlat inspeksiyasida tadbirkorlik subyektlari tomonidan temir yo‘l transporti sohasida ruxsat berish tartibotlaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2013-yil 19-noyabrdagi 310-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT., 2013-y., 11-son, 83-modda):
“5. Xulosa olish uchun ariza beruvchi “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” davlat inspeksiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ariza beruvchining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatilgan xulosa berish to‘g‘risidagi ariza; ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarning loyihalari hamda foydalanishga qabul qilib olish ishlari;
tashkilot rahbariyati tomonidan belgilangan tashkilotning ichki nazorati bo‘yicha ariza beruvchining talablari keltirilgan holda, temir yo‘l transporti sohasidagi ishlarni bajarish uchun tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan, ariza beruvchi tomonidan ishlab chiqilgan, temir yo‘l transporti sohasida amalga oshiriladigan ishlarni bajarish texnologiyasi (temir yo‘l harakat tarkibining xizmat muddatini uzaytirish uchun texnik diagnostika metodikasi)”;
Nizomning 1-ilovasi “2-bosqich” satrining “Bajarish muddatlari” ustunida “15 ish kuni” so‘zlari “10 ish kuni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“6. Guvohnomani olish uchun ariza beruvchi “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” davlat inspeksiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha quyidagilar: ariza beruvchining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy huquqiy shakli; xizmat qilish muddatini uzaytirish taklif etilayotgan harakatlanadigan temir yo‘l tarkibining soni va tipi (seriyasi) ko‘rsatilgan holda guvohnoma berish to‘g‘risidagi ariza;
ushbu Nizomga 5-ilovaga (lokomotivlar uchun), 6-ilovaga (vagonlar uchun) muvofiq shakllar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ekspert tashkilot tomonidan rasmiylashtiriladigan harakatlanadigan temir yo‘l tarkibining xizmat qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi texnik yechim”;
Nizomga 1-ilova “2-bosqich” satrining “Bajarish muddatlari” ustunidagi “15 ish kuni” so‘zlari “2 ish kuni” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
42. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlarining bank ishi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tishi tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 10-martdagi 56-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-yil 3-son, 24-modda):
“Binoning Markaziy bank talablariga muvofiqligi asbob-uskunalar, kassa uzelining tayyorligi va dasturiy-texnik vositalar bilan jihozlanganligi to‘g‘risida xulosa berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq”;
ilova nomidagi va matn bo‘yicha “yangi binoning (bank filialining) yoki mo‘ljallanayotgan binoning (bankning)” so‘zlari tegishli kelishikda “binoning” so‘zi bilan almashtirilsin;
“8. Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi rahbari arizani olgandan so‘ng o‘zining farmoyishi bilan emissiya-kassa operatsiyalari, xavfsizlik va ma’lumotlar himoyasi, to‘lov tizimi va axborot texnologiyalar bo‘linmalari, hududiy axborotlashtirish markazi xodimlaridan Ishchi komissiya tarkibini tuzadi va bankni (filialni) joyida o‘rganish hamda tegishli dalolatnomani tayyorlash uchun yuboradi”;
“11. Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi Ishchi komissiya dalolatnomasiga asoslanib ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq bank binosining (filialining), asbob-uskunalar, kassa uzelining va dasturiy-texnik vositalarning Markaziy bank talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosa yoki uch ish kuni mobaynida xulosa berishni rad etish haqida ariza beruvchini yozma ravishda xabardor qiladi”;
“Ruxsat etish tusidagi hujjatlarni berish reyestrida ariza beruvchining asosiy ma’lumotlari ko‘rsatilishi zarur;
Keyingi tahrirga qarang.
“1-bosqich” satrining “Subyektlar” ustunidagi “Ariza beruvchi” so‘zlari “Ariza beruvchi — yuridik shaxs” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Ushbu Nizomning III bo‘limiga muvofiq ariza beruvchi Bosh agent guvohnomasini olish uchun hujjatlarni tayyorlaydi va ularni bevosita, ularning olingani to‘g‘risidagi xabarnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etadi”;
1-banddagi “ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat” so‘zlari “bosh agent guvohnomasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“2. Bosh agent guvohnomasini berish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqadi va guvohnomani beradi yoki uni berishni rad etadi”;
5-banddagi “ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat” so‘zlari “bosh agent guvohnomasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
43. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 12-iyundagi 156-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 6-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 18-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “berilmaydi” so‘zi “beriladi” so‘zi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
44. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-iyundagi 169-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 6-son, 65-modda) bilan tasdiqlangan Iqtisodiyot tarmoqlarida gazdan foydalanish qoidalariga 2-ilovaning 5.3-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5.3. Gaz ta’minoti tarmoqlariga ruxsatsiz ulanish, gazni hisobga olish priborining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida chetdan aralashish, o‘rnatilgan plombalarning butligiga shikast yetkazish, plombalarni olib tashlash holatlari aniqlangan taqdirda Iste’molchiga nisbatan ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik choralari qo‘llanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida” 1997-yil 13-yanvardagi 20-son qarorining to‘rtinchi xatboshi va qarorga 2-ilova.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solish sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2013-yil 27-dekabrdagi 344-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 12-son, 96-modda) 1-bandining uchinchi xatboshi, shuningdek qarorga 2-ilova.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini hisobga olish va foydalanishning yagona reyestriga kiritish to‘g‘risidagi guvohnomani berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 31-dekabrdagi 353-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 12-son, 98-modda).