Talabning turi | Xizmatlar ko‘rsatishda tanaffuslarning yo‘l qo‘yiladigan davomiyligi va ularning sifatida yo‘l qo‘yiladigan chetga chiqishlar | Zarur sifatga ega bo‘lmagan va (yoki) belgilangan davomiylikdan ortiq tanaffuslar bilan xizmatlar ko‘rsatishda xizmatlar uchun to‘lov miqdori o‘zgarishining shartlari va tartibi |
I. Issiq suv ta’minoti | ||
1. Issiqlik ta’minoti shartnomasiga muvofiq yil mobaynida yoki faqat isitish mavsumida xizmatlar ko‘rsatilganda kecha-kunduz, uzluksiz issiq suv bilan ta’minlash. | Issiq suv berishda tanaffusning yo‘l qo‘yiladigan davomiyligi: boshi berk magistralda avariya yuz berganda — uzluksiz 24 soat; | Issiq suv berishda tanaffusning yo‘l qo‘yiladigan davomiyligi oshishining har bir soati uchun Etkazib beruvchi tomonidan issiq suv ta’minoti uchun qo‘shimcha to‘lov hisoblanmaydi. |
2. O‘zbekiston Respublikasi sharoitlarida issiq suv ta’minotining markaziy tizimlarini nazorat qilishning sanitariya qoidalari talablariga muvofiq suv olish nuqtasida issiq suv haroratining 50-75°Sga muvofiq bo‘lishini ta’minlash. | Suv olish nuqtasida issiq suv haroratining yo‘l qo‘yiladigan chetga chiqishi (elevator bog‘lamasi): tungi vaqtda (soat 0:00 dan soat 05:00 gacha) — 5°Sdan ortiq emas; kunduzgi vaqtda (soat 05:00 dan soat 00:00 gacha) — 3°Sdan ortiq emas**. | Issiq suv haroratining yo‘l qo‘yiladigan chetga chiqishlaridan har bir 3°S orqaga qaytish uchun ko‘rsatib o‘tilgan chekinish yuz bergan hisob-kitob davri uchun issiq suv ta’minoti xizmati uchun to‘lov miqdori ushbu Qoidalarga muvofiq bunday hisob-kitob davri uchun belgilangan to‘lov miqdorining 0,1 foiziga, yo‘l qo‘yiladigan chetga chiqishlardan chekinishning har bir soati uchun ushbu Qoidalarning IX-XI bo‘limlari hisobga olingan holda hisob-kitob davri mobaynida jamlangan holda pasayadi. Suv olish nuqtasida harorat 40°Sdan past bo‘lgan issiq suv berilishining har bir soati uchun hisob-kitob davri davomida jami iste’mol qilingan suv uchun to‘lov ichimlik suv ta’minoti xizmatlari uchun iste’molchilarning tegishli guruhlari uchun tarif bo‘yicha amalga oshiriladi. |
3. Xo‘jalik-ichish ehtiyojlari uchun beriladigan issiq suv sifati O’z DSt 950:2011 “Ichimlik suv”ga muvofiq bo‘lishi kerak. | Issiq suv tarkibi va xossalarining O’z DSt 950:2011 “Ichimlik suv” talablaridan chetga chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi. | Issiq suvning tarkibi va xossalari ushbu Qoidalarga muvofiq hisob-kitob davri uchun belgilangan xizmat uchun to‘lov miqdori zarur sifatga ega bo‘lmagan issiq suv ta’minoti xizmatlari ko‘rsatilgan har bir kun uchun jamlab hisoblab chiqilgan to‘lov miqdoriga pasaytiriladi (hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlaridan qat’i nazar). |
4. Suv olish nuqtasida issiq suv ta’minoti tizimidagi bosim (elevator bog‘lamasi) 0,03 MPa (0,3 kgs/kv. sm) dan 0,45 MPa (4,5 kgs/kv. sm)gacha*. | Issiq suv ta’minoti tizimida bosimdan chetga chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi. | Bosimdan chetga chiqish yuz bergan hisob-kitob davri mobaynida jami issiq suv berilishining har bir soati uchun: belgilanganidan 25 foizdan ortiq farqlanadigan bosimda ushbu Qoidalarning IX bo‘limiga muvofiq, hisob-kitob davri uchun belgilangan issiq suv ta’minoti xizmatiga to‘lov miqdori zarur sifatga ega bo‘lmagan issiq suv ta’minoti xizmatlari ko‘rsatilgan har bir kun uchun jamlab hisoblab chiqilgan to‘lov miqdoriga kamayadi (hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlaridan qat’i nazar). |
II. Isitish | ||
5. Isitish davri mobaynida kecha-kunduz uzluksiz isitish*** | Isitishda yo‘l qo‘yiladigan tanaffusning davomiyligi: 1 oy mobaynida 24 soatdan ortiq emas (jamlangan holda). | Ko‘rsatib o‘tilgan oshish yuz bergan hisob-kitob davri uchun jamlab hisoblab chiqilgan isitishning yo‘l qo‘yiladigan tanaffusi davom etishi oshishining har bir soati uchun bunday hisob-kitob davri uchun xizmatga to‘lov miqdori ushbu Qoidalarning IX—XI bo‘limlariga muvofiq, bunday hisob-kitob davri uchun belgilangan to‘lov miqdorining 0,15 foiziga kamayadi. |
6.Isitish davrida turar joy xonalari havosining normativ harorati kamida 20°S bo‘lishini belgilangan tartibda ta’minlash, xonalarda issiqlikni saqlash tadbirlari (derazalar, balkonlar va kirish eshiklarining dahlizlarini zichlashtirish). | Sutkaning tungi vaqtida (soat 22:00 dan soat 06:00 gacha) normativ haroratning yo‘l qo‘yiladigan pasayishi — 3°Cdan ortiq emas; kunduzi (soat 05:00 dan soat 0:00 gacha) turar joy xonasida havo haroratining pasayishiga yo‘l qo‘yilmaydi. | Ko‘rsatib o‘tilgan chetga chiqish yo‘l qo‘yilgan hisob-kitob davri mobaynida turar joy xonasida jamlangan holda havo haroratidan chetga chiqilgan har bir soat uchun bunday hisob-kitob davri uchun kommunal xizmatga to‘lov miqdori ushbu Qoidalarning IX-XI bo‘limlariga muvofiq, bunday hisob-kitob davri uchun belgilangan haroratdan chetga chiqishning har bir darajasi uchun to‘lov miqdorining 0,15 foiziga kamayadi. |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 15.07.2014 yildagi 194-son
Кучга кириш санаси
29.07.2014
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 29.07.2014 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”, “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning issiqlik va suv ta’minoti tashkilotlarini moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 6-noyabrdagi 300-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatish qoidalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, belgilangan tartibda:
Qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq namunaviy shartnomalarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Qoidalar issiqlik ta’minoti tashkilotlari — issiqlik energiyasini yetkazib beruvchilar bilan ko‘p kvartirali uylardagi issiqlik energiyasi iste’molchilari, shuningdek issiqlik ta’minoti jarayoniga jalb qilingan manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soladi, ularning huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklarini, ular o‘rtasida shartnomalar tuzish va issiqlik sifatini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
avariya — issiqlik ta’minotining to‘xtatilishiga yoxud hajmining pasayishiga va issiqlik ta’minoti xizmatlari sifatiga ta’sir ko‘rsatishga olib kelgan issiqlik ta’minoti tizimlarining buzilishi yoki ishdan chiqishi;
isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimi — issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan va ko‘p kvartirali uyning umumiy foydalaniladigan ichki va tashqi joylaridagi muhandislik kommunikatsiyalari va asbob-uskunalar (shu jumladan issiqlik punktlari), shu jumladan isitish va issiq suv ta’minotining kvartira ichidagi tik quvurlari, shuningdek isitish va (yoki) issiq suv ta’minoti xizmatlarini bajaruvchi tomonidan ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun tik quvurlar (markazlashtirilgan isitish va yoki issiq suv ta’minoti mavjud bo‘lmaganda);
kvartira ichidagi asbob-uskuna — ko‘p kvartirali uyning turar joy yoki noturar joy xonasidagi va ko‘p kvartirali uyning isitish va issiq suv ta’minoti uy ichidagi tizimlari tarkibiga kirmaydigan ulardan foydalanilgan holda issiqlik ta’minoti xizmatlaridan foydalaniladigan muhandislik kommunikatsiyalari, mexanik, sanitariya-texnik uskuna va boshqa asbob-uskuna (tarmoqlar, jo‘mraklar va issiq suv uchun mo‘ljallangan aralashtirgichlar, radiatorlar va shu kabilar);
issiq suv ta’minoti — ko‘p kvartirali uylarda Iste’molchilarni tarmoqni turar joy va noturar joy xonasiga ulash bo‘yicha zarur hajmlarda beriladigan zarur sifatga ega bo‘lgan issiq suv bilan kecha-kunduz ta’minlash;
issiqlik tarmog‘i va foydalanish javobgarligining balans mansublilik chegarasi (keyingi o‘rinlarda balans mansublilik chegarasi deb ataladi) — issiqlik tarmog‘ining balans mansubliligi bilan belgilanadigan issiqlik tarmoqlaridan foydalanilganligi uchun javobgarlik (majburiyat) belgisi bo‘yicha issiqlik tarmoqlarining ajralish liniyasi;
turar joy xonasi — belgilangan sanitariya, yong‘inga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, fuqarolarning doimiy yashashiga, shuningdek ixtisoslashtirilgan uylar (yotoqxonalar, manevrlashtirilgan turar joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolg‘iz keksalar uchun internat-uylar, shuningdek bolalar uylari va maxsus mo‘ljallangan boshqa uylar) sifatida belgilangan tartibda foydalanish uchun mo‘ljallangan xona;
Keyingi tahrirga qarang.
issiq suvni individual hisobga olish asboblari (keyingi o‘rinlarda individual hisobga olish asbobi deb ataladi) — issiq suvning (uning harorati 50-75o S doirasida bo‘lishi kerak) real hajmini yoki uning ko‘rsatkichlari bo‘yicha Iste’molchi issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun Etkazib beruvchi bilan o‘zaro hisob-kitob qiladigan texnika xavfsizligi, foydalanish, ta’mirlashga yaroqlilik, o‘zaro almashtirish, qurilmalar indikatorlariga erkin yaqinlashish bo‘yicha texnik shartlar talablarini qondiradigan suvning turli miqdor oqimlarini o‘lchash uchun zarur va yetarli gradatsiyalar bo‘yicha ishlab chiqariladigan O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan o‘lchov birliklarida ifodalangan shkalaga ega bo‘lgan quvur kesimi orqali o‘tadigan issiq suvdagi issiqlik energiyasi hisobining sifat (miqdor) hisobini amalga oshiruvchi o‘lchov vositasi;
Ijro etuvchi — tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, isitish va issiq suv ta’minoti tizimlaridan foydalangan holda Iste’molchilarga issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatiladigan uy ichidagi tizimlarga xizmat ko‘rsatish va ularning texnik holati uchun javob beruvchi yuridik shaxs;
aloqa bog‘lash yo‘llari — ko‘p kvartirali uylarda Etkazib beruvchi tomonidan, shu jumladan telefon, elektron pochta bo‘yicha, Internet-saytlar orqali (kommunal soha uchun ixtisoslashtirilgan saytlar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining saytlari) tashkil etiladigan va saqlanadigan Etkazib beruvchi va Ijro etuvchi (Iste’molchi) o‘rtasidagi aloqa bog‘lash yo‘llari, shuningdek aloqa bog‘lash va Ijro etuvchilarni (Iste’molchilarni) xabardor qilish uchun ko‘p kvartirali uylardagi Iste’molchilar uchun qulay bo‘lgan boshqa aloqa bog‘lash shakllari;
issiqlik energiyasini iste’mol qilishning normativ hajmi — ko‘p kvartirali uylarda individual hisobga olish asboblari mavjud bo‘lmaganda issiqlik energiyasidan foydalanganlik uchun to‘lov miqdorini aniqlashda foydalaniladigan Iste’molchi tomonidan issiqlik energiyasi iste’moli hajmi (sarfi);
issiqlik energiyasini uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asbobi (keyingi o‘rinlarda uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asbobi deb ataladi) issiqlik beruvchi va teskari quvurlar orqali o‘tadigan, berilgan issiqlik energiyasini va issiqlik manbaini o‘lchash uchun mo‘ljallangan o‘lchov vositasi, Ijro etuvchi, ko‘p kvartirali uydagi xonalarning mulkdorlari (bunday uy bevosita boshqarilgan taqdirda) iste’mol qilingan issiqlik energiyasi uchun Etkazib beruvchi bilan uning ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘zaro hisob-kitob qiladi;
isitish — ulangan tarmoq orqali isitiladigan turar joy xonasida havo haroratining me’yorini saqlash;
isitiladigan maydon — turar joy xonalarining umumiy maydoni. Isitish asboblari (isitiladigan yuzalar bilan) yoki issiqlik ta’minotining uy ichki tizimlariga ulangan xonalarga birlashtirilgan holda qayta rejalashtirilgan (isitiladigan yuzalar bilan) peshayvonlar, balkonlar, ayvonlar va terrasalar maydoni isitiladigan maydon hajmiga kiradi;
rejali uzib qo‘yish — Ijro etuvchi va Iste’molchi bilan belgilangan tartibda oldindan kelishilgan va xabardor qilingan holda rejali-ogohlantiruvchi ta’mirlash jadvali bo‘yicha issiqlik tarmoqlarini Etkazib beruvchi tomonidan ta’mirlash va profilaktika ishlarini bajarish uchun isitishlar oralig‘i davrida Iste’molchiga issiqlik energiyasi yetkazib berishni to‘liq yoki qisman to‘xtatib qo‘yish.
Etkazib beruvchi — issiqlik ta’minoti shartnomasi asosida issiqlik energiyasini taqsimlash va sotish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxs;
Iste’molchi — ko‘p kvartirali uyda issiqlik ta’minoti shartnomasi bo‘yicha yoki boshqa qonuniy asosda xonaga mulk egasi huquqidan foydalanuvchi, issiqlik ta’minoti shartnomasi bo‘yicha issiqlik ta’minoti xizmatlaridan foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
professional boshqaruvchi tashkilot (keyingi o‘rinlarda boshqaruvchi tashkilot deb ataladi) — tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, ko‘p kvartirali uyni boshqarish shartnomasi asosida ko‘p kvartirali uyni boshqaruvchi yuridik shaxs;
loyihalash hujjatlari — issiqlik ta’minoti tizimlariga ulash loyihasining texnik shartlariga muvofiq litsenziyaga ega bo‘lgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladigan hujjatlar;
hisob-kitob davri — issiqlik energiyasi iste’moli hajmi (sarfi) aniqlanishi kerak bo‘lgan vaqt davri. Hisob-kitob davri kalendar oyga teng etib belgilanadi;
issiqlik ta’minoti tizimi — texnologik jihatdan issiqlik tarmoqlariga ulangan issiqlik energiyasi manbalari va issiqlik iste’moli tizimlari majmui;
xonalarning mulkdorlari — ko‘p kvartirali uyda qonun hujjatlariga muvofiq turar joy yoki noturar joyga mulkchilik huquqiga ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
issiqlik ta’minoti — turar joy va noturar joy xonalar mulkdorlarining isitish va issiq suv ta’minoti tizimlarini issiq suv (issiqlik manbai) bilan ta’minlash;
issiqlik manbai parametrlarini, issiqlikni iste’mol qilish rejimini hisobga olish va nazorat qilish;
texnik shartlar — markazlashtirilgan kommunal isitish tizimiga ulanish uchun issiqlik bilan ta’minlash tashkilotlari tomonidan beriladigan ruxsatnoma.
3. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida amal qiladi hamda mulkchilik shakllari va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, issiqlik ta’minotining barcha tashkilotlari Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, boshqaruvchi tashkilotlar va issiqlik energiyasi iste’molchilari uchun majburiydir, ular Iste’molchilar tomonidan kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun issiqlik energiyasidan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarga tatbiq etiladi.
4. Etkazib beruvchi isitish uchun issiqlik energiyasi yetkazib berish va issiq suv bilan ta’minlashga Iste’molchilar bilan issiqlik ta’minoti shartnomasi tuzadi hamda issiqlik tarmog‘ining balans mansubliligi chegarasida issiqlik energiyasi berish rejimi va sifati uchun javob beradi.
Ko‘p kvartirali uylarda kommunal xizmatlar Iste’molchisining nomidan shartnoma Ijro etuvchi (uy-joy fondidan foydalanuvchi yuridik shaxs — xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, boshqaruvchi tashkilot va boshqalar) tomonidan tuzilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Isitish va issiq suv ta’minoti uy ichidagi tizimlarga, shu jumladan issiqlik punktiga (elevator bog‘lamasiga) texnik xizmat ko‘rsatish Ijro etuvchi (xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, boshqaruvchi tashkilot va shu kabilar) bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha, to‘lov asosida Etkazib beruvchi yoki boshqa tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
6. Issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzish uchun Iste’molchilar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
ko‘p kvartirali uyda xonaning mulkdori (foydalanish) huquqini tasdiqlovchi hujjat va ushbu huquq paydo bo‘lgan sana;
ichki ishlar bo‘limi pasport bo‘linmasidan berilgan ma’lumotnoma (f-17) yoki uy daftaridan ko‘chirma;
yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma (noturar xonaning mulkdori uchun);
Keyingi tahrirga qarang.
iste’mol va issiqlik energiyasi sifati ko‘rsatkichlarining belgilangan rejimlariga rioya qilish shartlari va tomonlarning majburiyatlari;
iste’molchiga issiqlik energiyasini yetkazib bermagan yoki to‘liq hajmda yetkazib berilmagan hollarda to‘lovlarni qayta hisob-kitob qilish;
hisobga olish asboblari bo‘yicha ma’lumotlar (issiq suvni individual hisobga olish asbobining turi);
8. Issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzish, o‘zgartirish, bekor qilish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish bilan bog‘liq masalalarni hal etishda tomonlar qonun hujjatlariga va ushbu Qoidalarga amal qiladilar.
9. Ijro etuvchi tomonidan isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimni foydalanish uchun texnik jihatdan yaroqli holatda saqlash sharti bilan Etkazib beruvchi Iste’molchiga sifatiga ko‘ra standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar talablariga, sanitariya normalari va qoidalariga hamda issiqlik ta’minoti shartnomasi shartlariga muvofiq bo‘lgan issiqlik ta’minoti bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishi shart.
10. Ko‘p kvartirali uyda xonalar mulkdorlarining umumiy mulki tarkibiga kiruvchi uy ichidagi isitish va issiq suv ta’minoti tizimlarining tayyorligini ta’minlash Ijro etuvchiga yoki ko‘p kvartirali uyda xonalarning mulkdorlariga (ushbu uy bevosita boshqarilgan taqdirda) yuklanadi.
11. Isitish va issiq suv ta’minoti tizimlarining texnik holati va ulardan foydalanishga, asbob-uskunalarga, asboblarga qo‘yiladigan talablar, ularga rioya etilishini nazorat qilish kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
12. Iste’mol xossalari va issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish rejimi belgilangan me’yorlarga muvofiq bo‘lishi kerak, ya’ni:
isitish bo‘yicha — belgilangan tartibga ko‘ra xonalarni isitish bo‘yicha chora-tadbirlarni (derazalar, balkonlar va kirish eshiklarining dahlizlarini zichlashtirish, isitish tagsinchlarini izolatsiyalash) bajarish sharti bilan isitish mavsumi davrida 1995-yilgacha qurilgan ko‘p qavatli turar joy xonalaridagi harorati kamida 20o S, agar ko‘p qavatli uylardagi issiqlik tizimi rekonstruksiya qilinmagan bo‘lsa — turar joy xonalaridagi harorat kamida 18o S bo‘lishi lozim;
issiq suv ta’minoti bo‘yicha — issiq suv ta’minotining markazlashtirilgan tizimlarini nazorat qilishning sanitariya qoidalariga muvofiq suv olish joylarida issiq suvning harorati 50 — 75o S bo‘lishi kerak.
suvning inson organizmiga zararli ta’sirining oldini olish bo‘yicha issiq suv ta’minotining markazlashtirilgan tizimlarini nazorat qilishning sanitariya qoidalari talablarining bajarilishi ta’minlanishi kerak.
13. Xonalarni isitish ehtiyojlari uchun issiqlik energiyasini berishda Etkazib beruvchi isitish davrini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda boshlaydi va tamomlaydi.
Isitish davri tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati 8oSdan past bo‘lgan 5 kunlik davr tamom bo‘lgan kundan keyingi kundan boshlanishi, 8oS yuqori bo‘lganda esa tamomlanishi kerak.
14. Turar joy xonalarini isitish tizimi issiqlik ta’minoti sohasidagi normativ-texnik hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishi hamda ulardan turar joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalari talablariga muvofiq foydalanilishi kerak.
ko‘p kvartirali uylarning ayrim turar joy va noturar joy xonalarini isitishning ushbu tizimlarini issiqlik jihatidan va gidravlik qayta tartibga solmaslik uchun isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimidan uzish;
isitish asboblariga qo‘shimcha seksiyalarni birlashtirish yoki ular sonini kamaytirish, shuningdek qayta jihozlash bo‘yicha talablarga rioya etmasdan isitish uchun radiatorlarning kamgaygini olib tashlash va isitish hamda sanitariya-texnik asboblar joyini o‘zgartirish taqiqlanadi.
16. Iste’molchi issiqlik energiyasi to‘liq uzib qo‘yilishi va issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatishdagi tanaffus to‘g‘risida yozma shaklda ogohlantiriladi (ko‘p kvartirali uyning barcha kirish joylaridagi e’lonlar taxtasiga yoki ko‘p kvartirali uy joylashgan yer uchastkasi doirasida e’lon joylashtirish, shuningdek tanaffuslar vaqti ko‘rsatilgan holda ommaviy axborot vositalari orqali).
17. Odamlarning xavfsizligini ta’minlaydigan ishlarni bajarish maqsadida issiqlik tarmoqlaridagi yoxud issiqlik energiyasi manbalaridagi yoki isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimlarida avariyali va favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek ularni bartaraf etish bo‘yicha Etkazib beruvchi, boshqaruvchi tashkilot tomonidan kechiktirib bo‘lmaydigan zarur chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda ushbu Qoidalarga ilovada keltirilgan Issiqlik ta’minoti xizmatlari sifatiga qo‘yiladigan talablarga muvofiq, kelishmasdan va Iste’molchini ogohlantirmasdan, biroq uni 2 sutkada darhol xabardor qilgan holda issiqlik ta’minotini to‘xtatish yoki cheklashga yo‘l qo‘yiladi.
18. Mahalliy davlat hokimiyati organlari va kommunal xizmatlar, shu jumladan issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatilishini nazorat qiluvchi Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiluvchi va tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlar ushbu Qoidalar doirasida iste’mol xossalari parametrlarini, xizmatlar ko‘rsatish rejimini aniqlashtirishga hamda aholi punktining iqlim sharoitlarini va boshqa mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda sifatning kafolatli darajasini belgilashga haqlidir.
19. Aholini markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti bilan qamrab olish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Iste’molchilarni mahalliy issiqlik ta’minoti (modul, lokal, bug‘ qozonxonasi, isitish qurilmalari) bilan ta’minlash bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rishi shart.
Mahalliy bug‘ qozonxonasi qurish mahalliy budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi, keyinchalik Iste’molchilarga issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish uchun tezkor boshqarish va xizmat ko‘rsatish huquqi bilan Etkazib beruvchiga (yoki boshqaruvchi tashkilotda texnik va moliyaviy imkoniyatlar mavjud bo‘lgan taqdirda boshqaruvchi tashkilotga) beriladi.
20. Isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimlarini rekonstruksiya qilish yoki kengaytirish oqibatida yangi ko‘p kvartirali uylarni issiqlik ta’minotining mavjud tizimiga birlashtirish yoki mavjud ko‘p kvartirali uylarning shartnomaviy miqdorlariga nisbatan issiqlik yuklamasini ko‘paytirish uchun ko‘p kvartirali uylarni loyihalashtirish va qurish (rekonstruksiya qilish) boshlangungacha texnik imkoniyatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, birlashtiriladigan issiqlik tarmoqlarining balans mansubligidan qat’i nazar, Etkazib beruvchidan texnik shartlar olinishi zarur.
issiqlik ta’minotining yangi tizimlari birlashtirilganda — buyurtmachining (quruvchining) yoki uning topshirig‘i bo‘yicha bosh loyihalashtiruvchining;
Ijro etuvchining, ko‘p kvartirali uydagi xonalar mulkdorlarining (bunday uy bevosita boshqarilgan taqdirda) yoki ko‘p kvartirali uyning issiqlik ta’minoti tizimlari rekonstruksiya qilinganda yoki kengaytirilganda — ularning topshirig‘iga ko‘ra bosh loyihalashtiruvchining arizasi bo‘yicha beriladi.
Arizada loyihalashtirilayotgan obyektni, uni loyihalashtirish va qurish muddatini, joylashgan joyini (kartografiya materiali), issiqlik ta’minotining ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha loyiha yechimi va talablariga asoslangan issiqlik iste’moli turlari (isitish, issiq suv ta’minoti) bo‘yicha issiqlik yuklamalarini tavsiflovchi ma’lumotlar qisqacha ko‘rsatiladi.
22. Etkazib beruvchi ushbu Qoidalarning 21-bandida ko‘rsatilgan ariza olingandan keyin ikki hafta muddatda yangidan qurilayotgan ko‘p kvartirali uylarning issiqlik ta’minotiga dastlabki texnik shartlarni beradi, ular uchun ularni turli maydonlarda joylashtirish variantlarining texnik-iqtisodiy qiyoslashlari yoki qurilishni (rekonstruksiya qilishni) asoslash bo‘yicha texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bajariladi. Tashqi issiqlik ta’minoti sxemalari o‘zgartirilishini talab etuvchi ko‘p kvartirali uylarning issiqlik ta’minoti bo‘yicha mo‘ljallangan loyiha yechimlarini kelishish qurilish uchun maydonni tanlashda Etkazib beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
a) issiqlik ta’minoti manbai va ishonchliligi darajasi, asosiy va zaxira kiritishlardan keyin issiqlik tarmoqlariga yoki elektr stansiyalar va issiqlik markazlari kollektorlariga ulash nuqtasi, yetkazib beriladigan issiqlik energiyasi miqdorini tartibga solish usuli;
b) boshqa iste’molchilarning yuklamalari hisobga olingan holda asosiy va zaxira kiritishlarni birlashtirish nuqtalarida issiqlik manbai va gidravlik rejim parametrlari;
v) isitishga, ventilatsiyaga, issiq suv ta’minotiga va texnologik ehtiyojlarga arizada ko‘rsatilgan tegishli miqdorlarga bo‘lgan holda umumiy maksimal soatli issiqlik yuklamasi;
d) quvurlar hamda kanallar va kameralar (bo‘shliqlar), tamba va tartibga soluvchi armatura o‘rnatishga, quvurlarni izolatsiyalashga, korroziyaga qarshi himoyaga, issiqlik punktlarining asbob-uskunalariga qo‘yiladigan talablar;
e) isitish-ventilatsiya va texnologik yuklamalarni birlashtirishning issiqlik sxemasi va issiq suv ta’minoti yuklamasi;
j) loyihalashtirish va ishlarni bajarish qancha davom etishining amaldagi normalari hisobga olingan holda belgilangan texnik shartlarning amal qilish muddati ko‘rsatiladi.
24. Ulashni nazorat qilish va Iste’molchilarning issiqlik yuklamasini aniqlash maqsadida texnik shartlarning bir nusxasi ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Etkazib beruvchida qoladi.
25. Etkazib beruvchi tomonidan berilgan texnik shartlar ariza beruvchilarning, shuningdek issiqlik ta’minotining loyiha hujjatlarini ishlab chiqish ushbu vazifa yuklangan loyiha tashkilotlarining bajarishi uchun majburiy hisoblanadi.
Texnik shartlar 2 yil muddatga beriladi. Belgilangan muddat tamom bo‘lgandan keyin, amal qilish muddati tugagan va boshqa muddatga uzaytirilmagan texnik shartlar haqiqiy emas deb hisoblanadi. Texnik shartlar belgilangan tartibda har gal 2 yilga uzaytirilishi mumkin.
Etkazib beruvchining issiqlik tarmoqlariga yangi yoki qo‘shimcha issiqlik yuklamalarini birlashtirishga yangi texnik shartlarni buyurtmachi (quruvchi) yoki boshqaruvchi tashkilot, Iste’molchi yoki uning topshirig‘iga ko‘ra loyiha tashkiloti ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan tartibda oladilar.
26. Davlat yoki xususiy uy-joy fondining maqsadlari va vazifalari o‘zgarganda berilgan texnik shartlar bekor qilinadi, shundan keyin ushbu turar joy fondini boshqarish huquqi berilgan uy-joy mulkdorlari yoki ularning topshirig‘iga ko‘ra loyiha tashkiloti ushbu Qoidalarning 21 va 22-bandlarida ko‘rsatilgan tartibda va muddatlarda yangi texnik shartlarni olishlari kerak.
27. Texnik shartlarga muvofiq litsenziyalangan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan ko‘p kvartirali uyning issiqlik ta’minoti loyihasi qurilish ishlari boshlangunga qadar Etkazib beruvchi bilan kelishilishi kerak.
Issiqlik ta’minoti loyihasini ko‘rib chiqishda texnik shartlar va normativ hujjatlar talablaridan chekinish aniqlangan taqdirda ariza beruvchiga kelishish rad etilganligi asoslangan holda xat yuboriladi.
Buyurtmachi (quruvchi), boshqaruvchi tashkilot, ko‘p kvartirali uydagi xonalarning mulkdorlari yoki ularning topshirig‘iga ko‘ra loyiha tashkiloti rad etishga sabab bo‘lgan aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin loyihani kelishish uchun takroran taqdim etishga haqlidir.
28. Iste’molchilarning qo‘shimcha yuklamalari bilan bog‘liq bo‘lgan issiqlik ta’minoti tizimining ishlab turgan inshootlarini kengaytirish va rekonstruksiya qilish Etkazib beruvchining mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
29. Ko‘p kvartirali uyning yangidan birlashtiriladigan, rekonstruksiya qilinadigan issiqlik ta’minoti tizimi belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlariga, qurilish sohasidagi texnik shartlarga, normativ hujjatlarga muvofiq bajarilishi hamda turar joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalari hamda texnika xavfsizligi normalariga javob berishi kerak.
30. Buyurtmachi (quruvchi, boshqaruvchi tashkilot, ko‘p kvartirali uydagi xonalarning mulkdorlari) pudrat tashkilotidan issiqlik ta’minoti tizimini ushbu Qoidalarga muvofiq dalolatnoma bo‘yicha qabul qiladilar.
Shundan keyin buyurtmachi (quruvchi, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, boshqaruvchi tashkilot, ko‘p kvartirali uylardagi xonalarning mulkdorlari) “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining vakolatli vakiliga talablarga javob beradigan loyiha, texnik va foydalanish hujjatlarini belgilangan tartibda, shuningdek ulardan vaqtinchalik yoki doimiy foydalanishga qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqish maqsadida ko‘zdan kechirish uchun o‘z issiqlik ta’minoti tizimlarini taqdim etishga majburdirlar.
31. Iste’molchilarning issiqlik ta’minoti tizimlarida montaj qilishda kamchiliklar, berilgan texnik shartlardan yoki Etkazib beruvchi va “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgan loyiha hujjatlaridan chekinish aniqlanganda, shuningdek ularga xizmat ko‘rsatish uchun maxsus tayyorlangan xodimlar bo‘lmagan, ushbu Qoidalar va texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlar talablariga rioya qilinmagan, ular texnika xavfsizligi va yong‘inni o‘chirish bo‘yicha himoya vositalari bilan to‘liq ta’minlanmagan hollarda ularni foydalanishga qo‘yish sanab o‘tilgan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar taqiqlanadi.
Faqat “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan berilgan iste’molchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalarini va issiqlik tarmoqlarini foydalanishga qo‘yish uchun berilgan ruxsatnoma mavjud bo‘lgan taqdirda ko‘p kvartirali uyning issiqlik ta’minoti tizimidan foydalanishga ruxsat etilishi mumkin.
Ko‘p kvartirali uyning maxsus tayyorlangan xodimlarga ega bo‘lmagan issiqlik ta’minoti tizimidan faqat issiqlik ta’minotining ushbu tizimlari shartnoma asosida xizmat ko‘rsatish uchun boshqaruvchi tashkilotga berilgan taqdirda foydalanishga ruxsat etilishi mumkin.
32. Etkazib beruvchi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan berilgan iste’molchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalaridan va issiqlik tarmoqlaridan foydalanishga ruxsat beruvchi ruxsatnoma mavjud bo‘lganda va Iste’molchilar bilan belgilangan tartibda issiqlik ta’minoti shartnomasi tuzilgandan keyin Iste’molchiga issiqlik energiyasini beradi.
33. Issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlari texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi va foydalanishga ruxsat berilishi uchun “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi javob beradi. Foydalanish jarayonida Iste’molchilarning issiqlik ta’minoti tizimlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishning davriyligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan, biroq bir oyda kamida bir marta belgilanadi.
34. Issiqlik ta’minotining ishlab turgan tizimlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish, shuningdek ushbu tizimlardan o‘zboshimchalik bilan foydalanish taqiqlanadi, bunday tizimlar, ishlarni bajarishga xarajatlar summasini to‘lash uchun Iste’molchiga talab qo‘yilgan holda, Etkazib beruvchi yoki Ijro etuvchining xodimlari tomonidan darhol uzib qo‘yilishi kerak.
Issiqlik ta’minoti tizimlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish (yuridik va jismoniy shaxslar) aniqlanganda yoki shikastlanish yoxud issiqlik tizimidan suv oqib ketishi natijasida issiq suv isrof qilinganda Etkazib beruvchining vakili tomonidan ikki nusxada dalolatnoma rasmiylashtiriladi, ulardan biri ulanishning egasiga yoki Iste’molchiga topshiriladi. Iste’molchi imzolashni rad etganda dalolatnoma Ijro etuvchining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakili bilan birgalikda Etkazib beruvchining vakili tomonidan imzolanadi. Ushbu holatda dalolatnoma haqiqiy hisoblanadi va u Iste’molchining javobgarligi choralarini aniqlash va quyidagi tartibda hisoblab chiqilgan foydalanilgan issiq suv hajmi uchun to‘lashga ko‘chirma berilgan holda Etkazib beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun asos hisoblanadi:
o‘zboshimchalik bilan ulanganda isrof qilingan yoki suv oqishi yoxud shikastlanish sababli yo‘qotiladigan suvning miqdori (m3) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
d — o‘zboshimchalik bilan ulangan quvurning diametri yoki undan suv oqib chiqadigan teshikning ekvivalent diametri, mm;
N — o‘zboshimchalik bilan ulangan yoki quvurdagi teshikdan oqib tushadigan issiq suv bosimi, suv stolbasi metri;
O‘zboshimchalik bilan ulanishda, oqish yoki shikastlanishda yo‘qolgan issiqlik energiyasi miqdori (Gkal) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
tissiq s. — o‘zboshimchalik bilan ulangan quvurdagi yoki shikastlanishda oqadigan issiq suv harorati, 0S;
Turar joy binosi noturar joy binoga aylantirilganda Iste’molchi yetti kun muddatda issiqlik ta’minoti xizmatlaridan foydalanish uchun shartnoma tuzishi, hisobga olish asbobini o‘rnatishi va ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak. Issiq suv ta’minotiga zaruriyat bo‘lmaganda Iste’molchi Etkazib beruvchini yozma shaklda xabardor qilishi va uzib qo‘yishni tasdiqlash uchun uning vakilini taklif etishi shart. Issiq suv ta’minoti tiklanganda ham Iste’molchi bu haqda Etkazib beruvchini yozma shaklda xabardor qilishi shart.
35. Issiqlik tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka olib keladi.
36. Ko‘p kvartirali uylardagi issiqlik ta’minoti tizimi issiqlik energiyasining umumiy va individual (bir xonadagi) hajmini (sarfini) aniqlaydigan va issiq suvning real hajmini miqdoriy hisobga oladigan, shuningdek uning sifat ko‘rsatkichlarini belgilaydigan umumiy va individual hisobga olish asboblari bilan ta’minlanadi.
37. Ko‘p kvartirali uylardagi issiqlik energiyasini uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asbobidan uni balansida saqlovchining (kimning balansida ekanligiga qarab Etkazib beruvchi yoki Ijro etuvchining) mablag‘lari hisobiga foydalaniladi va qiyoslovdan o‘tkazish amalga oshiriladi.
38. O‘rnatilgandan keyin uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asbobi Ijro etuvchi va Etkazib beruvchining vakillaridan iborat bo‘lgan tarkibdagi komissiya tomonidan ishga tushiriladi hamda Etkazib beruvchi tomonidan tamg‘alanadi.
39. Ijro etuvchilar Ijro etuvchi va Etkazib beruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida issiqlik energiyasini hisobga olishning umumiy asbobi ko‘rsatkichlari bo‘yicha berilgan issiqlik energiyasi uchun Etkazib beruvchi bilan hisob-kitob qiladilar.
40. Ijro etuvchi issiqlik energiyasini uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asbobi saqlanishini ta’minlashi kerak.
individual pasportiga, qiyoslovdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi sertifikatlarga va tekshirish tamg‘alariga ega bo‘lishi;
bosimning o‘zgaruvchan darajasi elektron sarflarni o‘lchagichlar (difmanometrlar) uchun — 1 yilda 1-martani;
ultratovush, elektromagnit, oqimli va shu kabi sarfni o‘lchagichlar uchun — 2 yilda 1-martani tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
43. Hisobga olish asboblari o‘z vaqtida qiyoslashdan o‘tkazilmaganda Etkazib beruvchi tomonidan issiq suvni hisoblash, qiyoslovni o‘tkazish vaqtigacha hisobga olish asbobining ko‘rsatkichlari bo‘yicha:
turar joy binolarida — soz holatdagi hisobga olish asbobining oxirgi qayd etilgan ko‘rsatkichlari vaqtidan boshlab qiyoslov o‘tkazilgungacha ro‘yxatdan o‘tkazilgan (yashovchi) odamlarning soni bo‘yicha;
noturar joy xonalar bo‘yicha — hisobga olish asbobi qiyoslov o‘tkazilgunga qadar hisoblab chiqilgan yuklama bo‘yicha amalga oshiriladi.
44. Uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asboblari shkalasining o‘lchov birligi Xalqaro birliklar tizimi (SI) bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan quyidagi fizik miqdorlarda ifodalanadi:
45. Ijro etuvchi, ko‘p kvartirali uylardagi xonalarning mulkdorlari (bunday uy bevosita boshqarilganda) uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asboblari shikastlanganligi holati aniqlanganda yoki ularning ko‘rsatkichlari to‘g‘riligiga shubha paydo bo‘lganda Etkazib beruvchini darhol xabardor qiladi. Etkazib beruvchi, o‘z navbatida, bunday buzilish holati aniqlanganda, belgilangan tartibda, Ijro etuvchini, ko‘p kvartirali uydagi xonalarning mulkdorlarini darhol xabardor qiladi. Ushbu holat bo‘yicha qo‘shma dalolatnoma tuziladi, keyinchalik uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asboblari ishlashidagi buzilishlarni bartaraf etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
46. Ta’mirlash o‘tkazilishi yoki uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asbobini qiyoslashdan o‘tkazish davrida 30 sutkagacha issiqlik energiyasi hisob-kitobi asboblari ishlamay qolishidan oldingi issiqlik ta’minotining oxirgi 30 sutkasi uchun uning o‘rtacha sutkalik sarfi bo‘yicha (isitish davridagi yoki isitish davridan boshqa davrda issiqlik bilan ta’minlash rejimlari hisobga olingan holda), 30 sutkadan ortig‘i uchun — shartnoma yuklamasi miqdoridan va issiqlik energiyasi yetkazib berish soatlari sonidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati ko‘p kvartirali uydagi xonalar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishi yoki ko‘p kvartirali uydagi xonalar mulkdorlari (bunday uy bevosita boshqarilgan taqdirda) qarori asosida ta’mirlash yoki uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asbobini qiyoslashdan o‘tkazgunga qadar issiqlik energiyasi iste’molini to‘xtatishga haqlidir, bunda Etkazib beruvchi tik quvur armaturasini tamg‘alaydi, bu haqda qo‘shma dalolatnoma tuziladi.
47. Ko‘p qavatli uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asbobining shikastlanganligi to‘g‘risida o‘z vaqtida ogohlantirilmagan hollarda ushbu Qoidalarning 45-bandida qayd etilgan tartibga muvofiq issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob:
Ijro etuvchilar (Iste’molchilar) tomonidan Etkazib beruvchi o‘z vaqtida ogohlantirilmaganda — shartnomaviy yuklama miqdoridan va issiqlik energiyasi yetkazib berish soatlari sonidan kelib chiqib;
Etkazib beruvchi Ijro etuvchini (Iste’molchilarni) o‘z vaqtida ogohlantirmaganda — issiqlik ta’minotining oldingi 30 sutkada aniqlangan o‘rtacha sutkalik sarf bo‘yicha (issiqlik ta’minoti rejimlari hisobga olingan holda isitish davrida yoki isitish mavsumidan boshqa davrda) amalga oshiriladi.
48. Issiqlik energiyasi berishning hisobini yuritish Etkazib beruvchi bilan Ijro etuvchi yoki ko‘p qavatli uy mulkdorlari (bunday uy bevosita boshqarilgan taqdirda) o‘rtasidagi balans mansublilik chegarasida amalga oshiriladi va ko‘p qavatli uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asbobining ko‘rsatkichlarini ko‘rish Etkazib beruvchi va Ijro etuvchining vakillari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
49. Iste’molchilarning hisobga olish asboblarini sotib olish, o‘rnatish, davlat qiyoslovidan o‘tkazish, foydalanish (ta’mirlash, almashtirish) Etkazib beruvchi tomonidan Iste’molchilarning (subiste’molchilarning) mablag‘lari hisobiga bajariladi. Bunda Etkazib beruvchi ko‘rsatib o‘tilgan xizmatlarni iste’molchilarga bajarish uchun narxni tartibga solish organlari bilan kelishilgan alohida tariflarni belgilashi lozim.
Iste’molchining (subiste’molchining) xohishiga ko‘ra va uning hisobiga individual hisobga olish asboblarini o‘rnatish, davlat qiyoslovidan o‘tkazish, ta’mirlash va almashtirish “O‘zstandart” agentligi organlarida akkreditatsiyadan o‘tgan boshqa tashkilotlar tomonidan ham bajarilishi mumkin.
50. Etkazib beruvchi Iste’molchiga “O‘zstandart” agentligi tomonidan taqdim etiladigan ro‘yxat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida qo‘llashga yo‘l qo‘yilgan individual hisobga olish asboblari turlari to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishi shart.
51. Individual hisobga olish asboblarini o‘rnatish uchun Iste’molchi Etkazib beruvchiga buyurtmanoma beradi. Buyurtmanoma tushgandan keyin Etkazib beruvchi uch kun muddatda Iste’molchi bilan individual hisobga olish asboblarini sotib olish va o‘rnatishga shartnoma tuzadi. Shartnomada Iste’molchi tomonidan shartnoma summasining 100 foizini oldindan to‘lash to‘g‘risidagi shart nazarda tutiladi. Bunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida, nafaqa oluvchi kam ta’minlangan oilalarni issiq suvni hisobga olish asboblari bilan jihozlash Etkazib beruvchi hisobidan uy-joy mulkdoridan individual hisobga olish asbob qiymatini keyingi 12 oy mobaynida to‘lash shartnomasi asosida, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
52. Etkazib beruvchi yoki “O‘zstandart” agentligida akkreditatsiyadan o‘tgan boshqa tashkilot Iste’molchi tomonidan issiq suvni individual hisobga olish asbobi o‘rnatilgan joyga borish imkoni berilishi sharti bilan, to‘lov amalga oshirilgandan keyin 30 kalendar kun mobaynida Iste’molchiga individual hisobga olish asbobini o‘rnatishi shart.
Etkazib beruvchi tomonidan individual hisobga olish asbobini o‘rnatish muddatiga rioya qilinmagan taqdirda Iste’molchi qonun hujjatlarida belgilangan oshiruvchi koeffitsiyentni to‘lashdan ozod etiladi.
53. Individual hisobga olish asbobini o‘rnatish, ta’mirlash, davlat tekshiruvidan o‘tkazish yoki almashtirish uchun yechib olish bo‘yicha xizmatlar yangidan o‘rnatiladigan individual hisobga olish asbobining raqami yoki o‘rnatish va yechib olish paytidagi hisobga olish ko‘rsatkichlari bilan birgalikda hisobga olishning yechib olinadigan individual hisobga olish asbobi raqami ko‘rsatiladigan ikki tomonlama dalolatnoma tuzilgan holda, Iste’molchi yoki uning vakili ishtirokida bajarilishi kerak.
54. Individual hisobga olish asbobini o‘rnatish yoki uni yechib olish to‘g‘risidagi dalolatnomalarni tuzish, shuningdek Etkazib beruvchi tomonidan ularni tamg‘alash bepul amalga oshiriladi.
55. Individual hisobga olish asbobini va ulardagi tamg‘alarning saqlanishi va butligi uchun javobgarlik Iste’molchiga, hisobga olish umumiy asboblarining saqlanishi va tamg‘alarining butligi uchun javobgarlik — balansda saqlovchiga yuklanadi.
56. Individual hisobga olish asboblarining shikastlanganligi, ulardagi tamg‘alarning uzilishi yoki uning butunligi buzilgan taqdirda, shuningdek tekshirish muddati tamom bo‘lganda Iste’molchi bu haqda darhol Etkazib beruvchini xabardor qilishi shart.
Ushbu holat bo‘yicha taraflar tomonidan tegishli qo‘shma dalolatnoma tuziladi, keyinchalik individual hisobga olish asboblari ishlashidagi buzilishlarni bartaraf etish, shuningdek rejali tekshirishni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
57. 56-bandda qayd etilgan tartibga muvofiq bir sutka mobaynida individual hisobga olish asbobining shikastlanganligi to‘g‘risida ogohlantirilmagan hollarda issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob issiq suvni hisobga olishning soz holatdagi asbobi ko‘rsatkichlari oxirgi marta qayd etilgan paytdan boshlab tekshirish o‘tkazilgunga qadar ro‘yxatdan o‘tkazilgan (yashovchi) odamlarning soni bo‘yicha amalga oshiriladi.
58. Etkazib beruvchi Iste’molchilarning isitish va issiq suv ta’minoti tizimini yil choragida bir marta tekshirishi, Iste’molchilar tomonidan individual hisobga olish asbobi yozib olingan ko‘rsatkichlarining to‘g‘riligini o‘z ma’lumotlari bilan tekshirishi va ular tomonidan issiq suvning iste’mol qilingan hajmi to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
59. Iste’molchilar (oldindan kelishuv bo‘yicha yozma yoki og‘zaki shaklda) Etkazib beruvchining vakillari, ularda xizmat guvohnomalari bo‘lgan taqdirda, hisobga olishning umumiy yoki individual hisobga olish asbobi, isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimlariga, kvartira ichidagi asbob-uskunaga ularni ko‘zdan kechirish uchun boshqaruvchi tashkilot vakilining majburiy ishtirokida to‘siqsiz ko‘zdan kechirishlarini ta’minlashi shart.
60. Individual hisobga olish asbobini tekshirish, hisobga olish asbobini yechib olish, tekshirish joyigacha olib borish va u erdan keltirish, hisobga olishning tekshirilgan asbobini o‘rnatish ishlarini, shuningdek tekshirish bo‘yicha metrologiya xizmatlariga haq to‘lashni o‘z ichiga oladi.
61. Individual hisobga olish asbobidan foydalanishning belgilangan cheklangan muddati tamom bo‘lgunga qadar Etkazib beruvchi oldindan (kamida 10 kalendar kundan oldin) Iste’molchiga shartnomada qayd etilgan individual hisobga olish asbobidan foydalanishning cheklangan muddati tamom bo‘lganligi to‘g‘risida belgilangan tartibda bildirishnoma yuboradi.
Iste’molchi bildirishnoma olingan kundan boshlab uch kun muddatda buyurtmanomani, hisobga olishning individual hisobga olish asbobini tekshirish uchun Etkazib beruvchining vakillari tomonidan chiqarib olingan kun va vaqtni yozma yoki og‘zaki shaklda (telefon orqali) kelishadi, keyinchalik yechib olish sanasi, individual hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlari va tekshirishni o‘tkazish va hisobga olishning tekshirilgan individual hisobga olish asbobini o‘rnatish muddatlari ko‘rsatiladigan ikki tomonlama dalolatnoma tuziladi.
Iste’molchi uzrli sabab bilan (xizmat safari, davolanish, dam olish) hozir bo‘lmagan taqdirda, tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda individual hisobga olish asbobini tekshirish uchun yechib olish to‘g‘risidagi ko‘rsatma olingan kundan boshlab hozir bo‘lmagan davrga uzaytiriladi.
62. Etkazib beruvchining individual hisobga olish asbobini qiyoslovdan o‘tkazish va ta’mirlash, uni yechib olingan kundan boshlab, qayta o‘rnatish va tamg‘alash 30 ish kunidan ortiqni tashkil etmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
63. Individual hisobga olish asboblarini tekshirish yoki ta’mirlash davrida, issiq suv ta’minoti uchun iste’molchilar bilan hisob-kitob oldingi uch oylik individual hisobga olish asboblarining o‘rtacha sutkalik ko‘rsatkichlari yozib olingan paytdan boshlab 30 kalendar kun mobaynida amalga oshiriladi.
64. Ko‘p kvartirali uyning pastki qismi Etkazib beruvchi va Ijro etuvchi (bunday uy bevosita boshqariladigan taqdirda Iste’molchi) o‘rtasidagi balans mansublilik chegarasi hisoblanadi. Issiqlik punkti binoning tashqarisida joylashgan taqdirda issiqlik tarmoqlari tomonidan elevator bog‘lamasining kirish qopqoqlari gardishlari ajratish chegarasi hisoblanadi.
65. Uy ichidagi isitish va issiq suv ta’minoti tizimlarining zarur texnik holati va ulardan foydalanish Ijro etuvchi (Iste’molchi — bunday uy bevosita boshqarilganda) tomonidan ta’minlanadi.
66. Xonadon ichidagi asbob-uskunaning zarur texnik holati va ulardan xavfsiz foydalanish Iste’molchi tomonidan ta’minlanadi. Bunda uy-joy mulkdoriga tegishli bo‘lgan xonadondagi suv olinadigan tik quvurdan isitish va issiq suv ta’minoti tizimlarining tarmoqlanishi, xonadon mulkdorining foydalanish bo‘yicha javobgarlik joyi hisoblanadi.
67. Etkazib beruvchiga tegishli bo‘lgan issiqlik tarmoqlarida Iste’molchiga tegishli bo‘lgan qurilmalar va asbob-uskunalar bo‘lmasligi kerak.
68. Isitish davri tamom bo‘lgandan keyin Ijro etuvchi (bunday uy bevosita boshqarilgan taqdirda — Iste’molchilar) Etkazib beruvchining vakili hozirligida isitishning uy ichidagi tizimini gidravlik presslashi va keyinchalik uni tarmoqdagi suv bilan to‘ldirgan holda yuvishi kerak, bu haqda tegishli dalolatnomalar tuziladi. Tizimlarni yuvish uchun vodoprovod suvidan yoki texnik suvdan foydalaniladi.
Yuvishning qancha muddat davom etishi, yuviladigan tik quvurning diametri, tarmoqdagi bosim to‘g‘risidagi ma’lumotlar Ijro etuvchining (bunday uy bevosita boshqariladigan taqdirda — Iste’molchilarning) va yuvishni amalga oshiruvchi tashkilotning vakillari tomonidan tuziladigan dalolatnomaga yoziladi.
Uyning ichidagi isitish tizimini yuvish to‘g‘risidagi dalolatnoma Etkazib beruvchi va Ijro etuvchining (Iste’molchilarning) vakillari tomonidan imzolanadi.
69. Yuvish bo‘yicha xarajatlar Ijro etuvchining (Iste’molchilarning) hisobiga amalga oshiriladi va umumiy mulkni saqlash hamda ta’mirlashga majburiy badallarni shakllantirishda nazarda tutiladi.
70. Etkazib beruvchining issiqlik tarmoqlarini rejali-oldini oluvchi ta’mirlashlarni bajarishda issiqlik ta’minotini bir yilda 15 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga, belgilangan tartibda uzib qo‘yishga yo‘l qo‘yiladi.
71. Etkazib beruvchi kamida 2 sutka oldin Iste’molchini yozma ravishda ogohlantirgan holda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq, quyidagi hollarda issiqlik energiyasi berishni to‘liq yoki qisman to‘xtatish chora-tadbirlarini ko‘rish huquqiga ega:
to‘lovni issiqlik ta’minoti shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda issiqlik energiyasi uchun to‘lov hujjati bo‘yicha amalga oshirmaslik;
Etkazib beruvchining vakillarini hisobga olish asbobini ko‘zdan kechirish va ularning ko‘rsatkichlarini yozib olish uchun hisobga olishning umumiy va individual hisobga olish asboblariga sababsiz qo‘ymaslik.
72. Rejali-oldini oluvchi ta’mirlashlar bajarilganda yoki yangi Iste’molchilar ulanganda Etkazib beruvchi ko‘p kvartirali uydagi mavjud xonalarning issiqlik ta’minotini uzib qo‘yish huquqiga ega.
Iste’molchilarni ogohlantirish issiqlik energiyasini berishdagi tanaffusni kelishish uchun 7 kun oldin amalga oshiriladi. Agar ogohlantirish olingandan keyin 5 kun muddatda Ijro etuvchi (Iste’molchilar) issiqlik energiyasini yetkazib berishdagi tanaffus vaqtini kelishib olmasalar, Etkazib beruvchi ushbu vaqtni mustaqil belgilash huquqiga ega.
73. Avariyalarning oldini olish yoki ularni bartaraf etish yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar ko‘rish uchun Etkazib beruvchi Iste’molchilarga issiqlik energiyasi yetkazib berishni to‘xtatish huquqiga ega, biroq uzib qo‘yish sabablari to‘g‘risida darhol bildirishnoma yuboradi.
74. Etkazib beruvchi Iste’molchilar oldida issiqlik energiyasini yetkazib berishdagi tanaffuslar, issiqlik berish parametrlarining pasayishi va issiqlik energiyasini yetkazib bermaslikka sabab bo‘luvchi quyidagi holatlarda:
Etkazib beruvchining asbob-uskunasi ishdan chiqishiga sabab bo‘lgan tabiiy ofatlar, shuningdek yong‘in va tashqi havoning harorati 30S dan past va ushbu joyda isitishni loyihalashtirish uchun qabul qilingan hisob-kitobdagi harorat 48 soatdan ko‘p davom etadigan uzoq muddatli sovuq tushishi, birlamchi suv sifatining yomonlashishi;
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining xodimlari va Iste’molchilar tomonidan issiqlik ta’minoti rejimi o‘zgarishiga sabab bo‘lgan buzilishlar;
bir necha sutka mobaynida Ijro etuvchi yoki Iste’molchilar tomonidan shartnomaviy issiqlik yuklamalari oshirilishiga yoki issiqlik manbai parametrlarining pasayishiga olib kelgan uning uchun belgilangan issiqlik iste’moli rejimlariga rioya qilmaslikka yo‘l qo‘yilishi tufayli issiqlik energiyasi to‘liq berilmasligi uchun Iste’molchilar oldida moddiy javob bermaydi.
issiqlik ta’minoti shartnomasida nazarda tutilgan hajmda, issiqlik energiyasining ulangan tarmoq orqali uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlashga va tomonlar bilan kelishilgan rejimiga rioya etishga;
issiqlik energiyasini standartlashtirish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq sifat bilan yetkazib berishga;
Iste’molchiga ko‘p kvartirali uydagi turar joy va noturar joy xonalarining hisoblab chiqilgan issiqlik yuklamalari bo‘yicha ma’lumotlarni berishga;
issiqlik ta’minoti shartnomasiga muvofiq issiqlik tarmoqlarining balans mansubliligi ajralishi chegarasida issiqlik manbai (issiq suv) parametrlarini saqlashga va:
aniqlash nuqtasida issiq suv ta’minoti tizimidagi bosim bo‘yicha 0,03 MPa (0,3 kgs/sm2) dan 0,45 MPa (4,5 kgs/sm2)gachadan chetga chiqishga yo‘l qo‘ymaslikka;
ushbu Qoidalarning 12-bandida nazarda tutilgan isitish davrida turar joy xonalarida havo haroratini ta’minlashga;
issiqlik beruvchi quvurda havo harorati bo‘yicha issiqlik manbai parametrlarining (+/-) 3 %dan ortiq, suv bosimi bo‘yicha: issiqlik beruvchi quvurda -(+/-) 5 %, issiqlik qaytadigan quvurda -(+/-) 20 KPAdan chetga chiqishga yo‘l qo‘ymaslikka;
issiqlik ta’minoti bo‘yicha amaldagi va yangi me’yoriy hujjatlar joriy etilishi to‘g‘risida aloqa kanallari orqali Ijro etuvchini va Iste’molchini xabardor qilishga;
tariflardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ular amalga kiritilishidan 15 kun oldin ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilishga;
Iste’molchilarga issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblarning holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek yetkazib berilgan issiqlik energiyasi uchun to‘lov bo‘yicha qarzlarning yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bepul berishga;
da’vo muddati doirasida issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun iste’molchilarning qarzlarini undirish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rishga majbur.
Keyingi tahrirga qarang.
76. Iste’molchilar (Ijro etuvchi) tomonidan issiqlik ta’minoti yo‘qligi yoki issiqlik manbai parametrlarining shartnomaviy parametrlarga nisbatan pasayishi to‘g‘risida belgilangan tartibda ariza berilgandan keyin Etkazib beruvchi 18 soat mobaynida ariza beruvchining vakillari ishtirokida tegishli dalolatnomani tuzish uchun o‘z vakili hozir bo‘lishini ta’minlashga, shuningdek Etkazib beruvchining aybi bilan yetkazib berilmagan issiqlik energiyasining qiymatini qoplashga yoki yetkazib berilmagan issiqlik energiyasining qiymatini kelgusi davrdagi o‘zaro hisob-kitoblarda hisobga olishga majbur.
Etkazib berilmagan issiqlik energiyasi hajmi Iste’molchi va Ijro etuvchining vakillari ishtirokida Etkazib beruvchi tomonidan aniqlanadi va dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
77. Etkazib beruvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun to‘liq hajmda javob beradi.
Etkazib beruvchi, agar issiqlik ta’minotining ko‘rsatiladigan xizmatlari sifati pasayishi yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari yoki Iste’molchi tomonidan issiqlik ta’minoti shartnomasi shartlari buzilishi oqibatida yuz berganligini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda isbotlay olsa, issiqlik ta’minotining ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatining buzilishi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
kvartira ichidagi asbob-uskunalarning texnik va sanitariya holatini ko‘zdan kechirish va zarur ta’mirlash ishlarini bajarish uchun Iste’molchilar bilan oldindan kelishilgan vaqtda ularning kvartirasiga kirishni, avariyalarni bartaraf etish uchun esa — istalgan vaqtda kirishni talab etish, shuningdek Iste’molchining aybi bilan yuzaga kelgan zararlarni to‘liq qoplashni undan talab qilish;
kvartira ichidagi asbob-uskunalarning holatini ko‘zdan kechirish yo‘li bilan issiqlik ta’minoti tizimlarining texnik holati (saqlanishi)ni nazorat qilish huquqiga ega.
issiqlik energiyasini tegishli hajmlarda va zarur sifatda berish uchun issiqlik ta’minotining uy ichidagi tizimlarini zarur tarzda saqlash;
ulardan foydalangan holda issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minotining uy ichidagi tizimlariga mustaqil ravishda yoki boshqa shaxslarni jalb etgan holda xizmat ko‘rsatish;
avariyalarni bartaraf etish, shuningdek Iste’molchining buyurtmanomalarini o‘z vaqtida bajarish, issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish rejimi va sifati bo‘yicha Iste’molchilarning murojaatlari (arizalari, taklifi, shikoyatlari) hisobini yuritish;
isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimlari va (yoki) issiqlik tarmoqlari va asbob-uskunalari ishida nosozliklar aniqlangan kundan boshlab bir sutka mobaynida issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatishning mo‘ljallanayotgan to‘xtatib turilishi davri yoki cheklanishining sabablari to‘g‘risida Iste’molchini xabardor qilish;
Iste’molchining talabiga ko‘ra issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatilmaganligi yoki zarur sifatda ko‘rsatilmaganligining sabablarini aniqlash uchun o‘z vakilini yuborish (tegishli dalolatnoma tuzilgan holda), shuningdek avariyalar, tabiiy ofatlar, issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatilmaganligi yoki sifatsiz ko‘rsatilganligi sababli Iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararni qayd etuvchi dalolatnomani yuborish;
ko‘p kvartirali uydagi xonaning ichkarisida rejali ishlar o‘tkazilishidan oldin uch kundan kechikmay ushbu xonaga kirish vaqtini Iste’molchi bilan kelishish yoki Iste’molchining xonasi ichkarisida ishlarni bajarish to‘g‘risida unga yozma bildirishnoma yuborish. Yozma bildirishnomada ishlarning bajarilishi uchun mas’ul xodim (familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi va telefon raqami ko‘rsatilgan holda), bajariladigan ishlarning turi, sanasi, vaqti va muddatlari ko‘rsatiladi;
Etkazib beruvchining vakili bilan birgalikda uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asbobi bilan birlashtirish shtutserlarini tamg‘alash, tamg‘alarning, shu jumladan zavod tamg‘alarining saqlanishini ta’minlash;
ko‘p kvartirali uyni isitish tadbiriga tayyorlash, shu jumladan germetizatsiya hamda deraza va eshik yoriqlarini (shu jumladan shaxtalar va tuynuklarni) oyna bilan berkitish va isitish yo‘li bilan ko‘p kvartirali uyning umumiy xonalarini (kvartiralar oralig‘idagi maydonchalarni) isitish, kirish yo‘laklarida isitish asboblari, radiator aks ettiruvchilari o‘rnatish, tomlarni yopish materiallarini to‘plash ishlarini bajarish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rish;
isitish davri boshlanishidan bir oy oldin Etkazib beruvchiga uyning isitish va issiq suv ta’minoti uy ichidagi tizimlarining isitish davriga tayyorligi to‘g‘risidagi dalolatnomani taqdim etish;
Etkazib beruvchi bilan ta’mirlashlarning hajmi, muddati va jadvallarini kelishgan holda rejali-oldini oluvchi ta’mirlashni va quvurlarni, tik quvur va tartibga soluvchi armaturani sinashni o‘z vaqtida bajarish;
Etkazib beruvchining buyurtmanomalari bo‘yicha uning vakolatli vakillarining isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimlariga to‘siqsiz kirishini ta’minlash;
yetkazuvchining balansidagi issiqlik tarmoqlarini, asbob-uskunalar va uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asboblarini ta’mirlash va ulardan foydalanish bo‘yicha oldindan kelishilgan ishlarni bajarish uchun o‘z hududiga Etkazib beruvchini kiritish;
uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asboblari mavjud bo‘lganda har oyda oyning oxirgi haftasida Etkazib beruvchining vakili bilan birgalikda ularning ko‘rsatkichlarini yozib olish, uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlarini hisobga olish daftariga yozish, issiqlik energiyasi hajmini Iste’molchilar o‘rtasida taqsimlash, Iste’molchining talabiga ko‘ra murojaat qilingan kundan keyingi bir ish kuni mobaynida unga ko‘rsatib o‘tilgan daftarni taqdim etish;
belgilangan tartibda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga biriktirilgan va issiqlik tarmoqlarining yer osti trassasi o‘tadigan uy atrofidagi hududda:
avariyali ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilishiga to‘sqinlik qiluvchi yer qazish ishlari bajarilishiga;
issiqlik tarmoqlari o‘tadigan xonalarda odamlar doimiy ravishda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, navbatchi xodimlar bundan mustasno.
80. Ijro etuvchi, shuningdek ko‘p kvartirali uylarning barcha yo‘laklarida yoki ko‘p kvartirali uylar yaqinida joylashgan e’lonlar taxtalariga quyidagilarni joylashtirishga majbur:
dispetcherlik, avariya yoki avariya-dispetcherlik xizmatlarining rasmiy nomi, manzili, ish rejimi, telefonlari raqamlari, Etkazib beruvchi rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi;
issiqlik ta’minoti xizmatlariga, issiqlik va issiq suv ta’minoti bo‘yicha alohida tariflarning miqdorlari, ular asosida tariflar qo‘llaniladigan normativ-huquqiy hujjatlar, tariflar o‘zgargan taqdirda — o‘zgargan tariflarning miqdorlari;
81. Etkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan toraytiruvchi qurilmalarning hisob-kitoblari asosida Ijro etuvchi ularni tayyorlashga va Etkazib beruvchining vakili hozirligida issiqlik punktiga o‘rnatishga majbur. O‘rnatilgan toraytiruvchi qurilmalar Etkazib beruvchining vakili tomonidan Ijro etuvchi bilan birgalikda tamg‘alanadi va saqlash uchun Ijro etuvchiga topshiriladi. Ushbu holat bo‘yicha tegishli qo‘shma dalolatnoma tuziladi.
82. Ijro etuvchi issiqlik energiyasi sifati ko‘rsatkichlariga rioya qilish yuzasidan Etkazib beruvchi tomonidan, o‘z shartnomaviy majburiyatlari bajarilishi sharti bilan, qonun hujjatlariga, ushbu Qoidalarga, issiqlik ta’minoti shartnomasiga muvofiq issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish sifati uchun javob beradi.
83. Ijro etuvchi Iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda va tartibda ma’naviy zarar, shuningdek issiqlik punktining toraytiruvchi qurilmalaridagi va uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asboblaridagi tamg‘alar buzilganligi uchun to‘liq hajmda javob beradi.
84. Ijro etuvchi, agar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, issiqlik ta’minotining ko‘rsatiladigan xizmatlari sifati buzilishi yengib bo‘lmaydigan kuch oqibatida yuz berganligini yoki ushbu Qoidalar va issiqlik ta’minoti shartnomasi shartlari Iste’molchi tomonidan buzilganligini isbot qilsa, bunday buzilish uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
ko‘p kvartirali uyda issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma asosida belgilangan sifatga, hajmga, uning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsiz bo‘lgan, uning mol-mulkiga zarar yetkazmaydigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uzluksiz ko‘rsatilishini talab etish;
ushbu Qoidalarga va issiqlik ta’minoti shartnomasiga muvofiq, ushbu xizmatlar ko‘rsatilmagan davr uchun issiqlik ta’minoti xizmatlariga haq to‘lashdan to‘liq yoki qisman ozod etilgan holda, issiqlik ta’minoti shartnomasida belgilanganidan ortiqcha tanaffuslar vaqti uchun issiqlik ta’minoti xizmatlariga haq to‘lamaslik;
qonun hujjatlarida, issiqlik ta’minoti shartnomasida yoki issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomada nazarda tutilgan holatlarda issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatilmaganda yoki xizmatlar zarur sifat va tartibda ko‘rsatilmaganda neustoyka (jarimalar, penyalar) to‘lashni, qayta hisob-kitob amalga oshirilishini talab qilish;
issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblarning holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (shaxsan yoki o‘z vakili orqali), shuningdek Etkazib berilgan issiqlik energiyasi uchun to‘lov bo‘yicha qarzlarning yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni bepul olish;
issiqlik ta’minoti xizmatlarining hajmi va sifati, uni ko‘rsatish shartlari, issiqlik ta’minoti uchun to‘lov miqdori va uni to‘lash tartibi o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bepul olish;
buyurtmanomalar yuborilgan paytdan boshlab issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatilmaganligi yoki zarur sifatda ko‘rsatilmaganligi va aniqlangan kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomani 18 soat mobaynida olish.
individual hisobga olish asboblarining yaqqol ko‘rinib turgan nosozliklari aniqlanganda bu to‘g‘rida Ijro etuvchi (Etkazib beruvchi)ga darhol xabar berish, shu jumladan issiqlik ta’minoti bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga tuzilgan shartnomada qayd etilgan telefon, elektron pochta orqali xabar berish;
kvartira ichidagi asbob-uskunalarning nosozliklari (avariyalar) aniqlanganda ularni bartaraf etish yuzasidan mumkin bo‘lgan barcha choralarni ko‘rish;
isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimlaridagi avariyalar, shuningdek issiqlik energiyasidan foydalanishda yuzaga keladigan boshqa buzilishlar to‘g‘risida tegishli ravishda Ijro etuvchiga yoki Etkazib beruvchiga darhol xabar berish;
issiqlik ta’minotining foydalanilgan xizmatlari uchun to‘lovni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda to‘lash;
issiq suvni individual hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlarini yig‘ish uchun ko‘p kvartirali uyning har bir yo‘lagida yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari binolarida o‘rnatilgan metall qutiga solish yo‘li bilan individual hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlarini Ijro etuvchiga (Etkazib beruvchiga) taqdim etish;
individual hisobga olish asboblaridan nazorat ko‘rsatkichlarini yozib olish uchun Etkazib beruvchining vakilini, xizmat guvohnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda, oldindan kelishilgan vaqtda qo‘yishni ta’minlash;
yuz bergan o‘zgarishlar (egasi, odamlar soni, maydon o‘zgarishi, turar joy fondidan noturar joy fondiga va noturar joy fondidan turar joy fondiga aylantirish) paytidan (kunidan) boshlab 10 ish kunidan kechikmay issiqlik ta’minoti xizmatlaridan foydalanish shartnomasi shartlari o‘zgarganligi to‘g‘risida Etkazib beruvchini o‘z vaqtida xabardor qilish.
87. Iste’molchi isitish va issiq suv ta’minoti xizmatlari ko‘rsatishning sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimlari buzilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
uy ichidagi issiqlik tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib olish yoki hisobga olishning umumiy yoki individual hisobga olish asboblarini chetlab o‘tib ularga ulanish, tegishli o‘zgarishlarni belgilangan tartibda kiritmasdan issiqlik ta’minotining uy ichidagi tizimlariga o‘zgartirishlar kiritish;
turar joy xonasida o‘rnatilgan isitish asboblarining isitish yuzasini xonaning texnik pasportida ko‘rsatilgan parametrlardan ortiq o‘zboshimchalik bilan ko‘paytirish, shuningdek qo‘shimcha tartibga soluvchi va tik quvur armaturasiga o‘rnatish;
ko‘p qavatli uyning isitish va issiq suv ta’minoti tizimidan alohida turar va noturar joylarning isitish asboblarini demontaj qilish orqali isitish tizimidan uzib qo‘yish;
individual hisobga olish asboblaridagi tamg‘alarni o‘zboshimchalik bilan buzish, hisobga olishning umumiy yoki individual hisobga olish asboblarini qismlarga ajratish va ularning ko‘rsatkichlarini buzishga yoki shikastlashga yo‘naltirilgan xatti-harakatlarni sodir etish;
issiqlik energiyasidan uning bevosita vazifasidan (isitish, issiq suv ta’minoti) boshqa maqsadda foydalanish;
issiqlik ta’minoti shartnomasida va ushbu Qoidalarda belgilangan issiqlik energiyasidan foydalanish tartibini buzuvchi xatti-harakatlarni sodir etish.
uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asbobi mavjud bo‘lganda — issiqlik ta’minoti to‘g‘risidagi shartnoma asosida Ijro etuvchi tomonidan Etkazib beruvchi bilan va, tegishli ravishda, issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma asosida Iste’molchilarning Ijro etuvchi bilan hisob-kitob qilishi yo‘li bilan amalga oshiriladi.
90. Jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlariga tariflar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
Keyingi tahrirga qarang.
individual hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlari bo‘yicha, ular mavjud bo‘lganda, issiq suvning bir kub metri uchun (so‘m/kub.m) tasdiqlanadi.
91. Etkazib beruvchi bilan Ijro etuvchi (turar joy fondidan foydalanuvchi yuridik shaxs — xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, boshqaruvchi tashkilot va boshqalar) o‘rtasida issiqlik ta’minoti shartnomasi tuzilgan taqdirda Iste’molchi Ijro etuvchiga, Ijro etuvchi esa Etkazib beruvchiga issiqlik energiyasi uchun to‘lovni jismoniy shaxslar (aholi) uchun belgilangan tariflar bo‘yicha to‘laydi.
92. Uylarda, yotoqxonalarda, idoraviy turar joy fondi xonadonlarida yashovchi iste’molchilar issiqlik energiyasi uchun to‘lovni ushbu idoraning foydalanish organiga jismoniy shaxslar (aholi) uchun belgilangan tariflar bo‘yicha to‘laydilar. Bunda tasarrufida va balansida turar joy fondi bo‘lgan davlat korxonalari, muassasalar, tashkilotlar ularning idoraviy turar joy fondida yashovchi jismoniy shaxslarga issiqlik ta’minotining ko‘rsatilgan xizmatlari uchun yuridik shaxslar uchun tariflar bo‘yicha shartnoma tuzadilar va to‘lovni Etkazib beruvchiga to‘laydilar.
93. Issiq suvni individual hisobga olish asbobiga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslarga yetkazib berilgan issiqlik energiyasi (issiq suv) qiymatiga haq to‘lash issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun belgilangan tariflarga qonun hujjatlarida belgilangan oshiruvchi koeffitsiyent qo‘llangan holda amalga oshiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan fuqarolar bo‘lmagan turar joy xonadonlarida issiq suvni individual hisobga olish asboblari mavjud bo‘lmaganda issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun hisob-kitoblar bir xonali va ikki xonali turar joy binosidagi bir kishiga; uch xonali turar joy binosidagi ikki kishiga; to‘rt xonali turar joy binosidagi uch kishiga; besh xonali turar joy binosidagi to‘rt kishiga hisobidan, issiq suv ta’minoti xizmatlariga belgilangan tariflarga qonun hujjatlarida belgilangan oshiruvchi koeffitsiyent qo‘llangan holda, amalga oshiriladi.
94. Jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan markaziy isitish xizmatlari uchun hisoblash kalendar yil mobaynida har oyda teng ravishda belgilangan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun hisoblash yil mobaynida har oyda belgilangan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Markaziy isitish manbaiga ega bo‘lgan uyga ko‘chib kirgan mulkdorlar yoki turar joyni ijaraga oluvchilar isitish mavsumi tamom bo‘lgandan keyin markaziy isitish uchun to‘lovlarni, boshqa iste’molchilar bilan teng ravishda, belgilangan tarif bo‘yicha to‘lashga majbur.
Keyingi tahrirga qarang.
Uy-joy mulkdorlari yoki turar joyni ijaraga oluvchilar, istiqomat qilishidan va/yoki ro‘yxatda turishidan qat’i nazar, markaziy isitish uchun to‘lovlarni amalga oshirishi shart.
95. Issiqlik energiyasi ta’minoti xizmatlariga tariflar o‘zgarganda, sanadan qat’i nazar, issiqlik ta’minoti shartnomasi kuchida qoladi va Iste’molchi foydalanilgan issiqlik ta’minoti xizmatlariga ular joriy etilgan kundan boshlab yangi tariflar bo‘yicha haq to‘lashga majbur. Etkazib beruvchi tarif o‘zgarishidan o‘n besh kun oldin ommaviy axborot vositalarida tegishli xabarni e’lon qilish yo‘li bilan tariflar o‘zgarishi to‘g‘risida Iste’molchilarni xabardor qilishi shart.
Bunda Iste’molchi — jismoniy shaxs ushbu davrda tegishli tariflar oshgan taqdirda issiqlik ta’minoti xizmatlariga avans bilan to‘langan to‘lovlarga (to‘lov kunidan boshlab o‘n ikki oydan oshmaydigan davrga) qo‘shimcha to‘lovlar to‘lashdan ozod etiladi.
Iste’molchi tomonidan issiqlik ta’minoti xizmatlariga avans to‘langanda Etkazib beruvchi isitish va issiq suv ta’minotiga to‘lov paytida amalda bo‘lgan tariflar bo‘yicha to‘lov hisoblanadi (avans to‘lovlar muddatiga, biroq o‘n ikki oydan ortiqqa emas).
96. Hisobot davri uchun issiq suvni hisobga olish asbobining ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Iste’molchi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda Etkazib beruvchi hisob-kitob oyida amalda bo‘lgan tarif bo‘yicha ushbu va keyingi hisob-kitob davrlari uchun to‘lovni keyingi ko‘rsatkichlar (yoxud hisobga olish asbobining ko‘rsatkichlari Etkazib beruvchining vakili tomonidan nazorat tartibida yozib olingungacha) taqdim etish paytigacha issiq suvning o‘rtacha oylik sarfi bo‘yicha hisoblashga haqlidir.
Keyingi ko‘rsatkichlar (yoxud hisobga olish asbobining ko‘rsatkichlari Etkazib beruvchining vakili tomonidan nazorat tartibida yozib olingungacha) taqdim etilganda Etkazib beruvchi hisobga olish asbobining oldingi ko‘rsatkichidan boshlanadigan davr uchun hisobga olish asbobining amaldagi ko‘rsatkichlari bo‘yicha iste’mol qilingan issiq suv miqdorining qayta hisob-kitobini amalga oshirishi shart. Bunda qayta hisob-kitob qilish hisob-kitob qilinadigan davrning hisob-kitob oyida amalda bo‘lgan tarif bo‘yicha amalga oshiriladi.
97. Iste’molchi — noturar joy mulkdori tomonidan issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulanish sanasi to‘g‘risidagi hujjat o‘z vaqtida taqdim etilmagan taqdirda, Etkazib beruvchi mol-mulkka egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatdan, hokimning qaroridan kelib chiqib, hisoblashni ulashning hujjatlar bilan tasdiqlangan sanasi bo‘yicha amalga oshirish huquqiga ega.
98. Issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun to‘lovlarni to‘lash Iste’molchilar tomonidan har oyda quyidagi tartibda amalga oshirilishi kerak:
yuridik shaxslar — ko‘p kvartirali uydagi noturar joy xonalarining mulkdorlari — ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining kamida 15 foizi miqdorida oldindan haq to‘lash va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘liq hisob-kitob qilish — kalendar oy tamom bo‘lgandan keyin yuridik shaxslar uchun belgilangan tariflar bo‘yicha 30 kun mobaynida;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
99. Issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun belgilangan muddatda to‘lovlar to‘lanmagan taqdirda muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun penya to‘lanadi, biroq muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lov summasining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda:
Ijro etuvchi (turar joy fondidan foydalanuvchi yuridik shaxs — xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, boshqaruvchi tashkilot va boshqalar) tomonidan, agar kommunal xizmatlarning Iste’molchisi nomidan Etkazib beruvchi bilan shartnoma tuzilgan bo‘lsa — 0,1 foiz miqdorida to‘lanadi.
Iste’molchilar to‘lovlarni uch oydan ortiq to‘lamagan taqdirda ularga issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish to‘xtatiladi.
100. Iste’molchi iste’mol qilingan issiqlik ta’minoti xizmati uchun ikki hafta o‘tgach to‘lov to‘lanmaganda Etkazib beruvchi qarzdorlik va 7 kundan keyin uzib qo‘yish to‘g‘risida yozma xabar beradi, xabarnoma muddati tamom bo‘lgach Etkazib beruvchi issiq suv berishni uzib qo‘yishga haqlidir. Issiq suv berish Iste’molchi tomonidan qarzlar to‘langandan va Etkazib beruvchi tomonidan tasdiqlangan kalkulatsiyaga muvofiq abonentni manbadan uzib qo‘yish va unga ulash ishlari uchun qo‘shimcha hisob to‘langandan keyin tiklanadi.
101. To‘lanishi lozim bo‘lgan summani noto‘g‘ri yozilganligi aniqlangan kundan boshlab, Iste’molchi Etkazib beruvchiga e’tirozni yozma shaklda besh kundan kechikmay taqdim etadi. E’tiroz bildirilishi Iste’molchining issiqlik ta’minoti xizmati uchun to‘lovni belgilangan muddatda to‘lash majburiyatidan ozod qilmaydi.
E’tiroz Etkazib beruvchi tomonidan 10 kun muddatda ko‘rib chiqiladi va uning asoslanganligi aniqlanganda ortiqcha summa keyingi issiqlik energiyasi uchun to‘lovga hisoblanadi. E’tirozni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida Iste’molchi 5 kundan kechikmay xabardor qilinishi kerak.
102. Iste’molchi Etkazib beruvchining qaroridan rozi bo‘lmaganda, bu uni issiqlik ta’minoti xizmati uchun to‘lovni belgilangan muddatda to‘lash majburiyatidan ozod qilmaydi. Etkazib beruvchi da’vo qilingan summani majburiy tartibda undirish to‘g‘risida da’vo arizasi beradi.
103. O‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishda to‘lov hujjatlarini yozish va to‘lashda Iste’molchi tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolar Etkazib beruvchi tomonidan ular aniqlanishiga qarab hisobga olinadi. Hisobga olish asbobini tekshirish dalolatnomasi bilan tasdiqlangan amaldagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha issiq suv sarfini hisobga olishdagi xatolar aniqlanganda qayta hisob-kitob amalga oshiriladi.
104. Issiqlik ta’minoti xizmatlari (isitish va issiq suv ta’minoti) uchun Iste’molchi tomonidan to‘lov uning tanlashiga ko‘ra cheklashsiz, shu jumladan umumiy issiqlik ta’minotining ko‘rsatilgan xizmatlari uchun Etkazib beruvchining hisob-kitob raqamiga mablag‘lar yo‘naltirilgan holda, plastik kartochkadan foydalanib, shuningdek elektron to‘lovlar tizimi orqali to‘lanadi.
105. O‘tgan oydagi issiqlik energiyasi uchun to‘lovni qismlarga bo‘lib to‘lashga, belgilangan muddatini buzmagan holda yo‘l qo‘yiladi.
106. Uy-joy mulkdori o‘zgarganda oldingi mulkdor bu haqda Etkazib beruvchiga chiqib ketishidan 7 kun oldin ma’lum qilishga majbur, chiqib ketgandan keyin tamg‘alar va hisobga olish asbobining saqlanishi uchun javobgarlik yangi mulkdorga yuklanadi. Oldingi mulkdor xona yangi mulkdorga berilgunga qadar issiqlik ta’minotining iste’mol qilingan xizmatlari uchun qarzlarni to‘liq to‘lashi shart.
107. Qarzlar yo‘qligi to‘g‘risida notarial idoraga taqdim etish uchun ma’lumotnoma olishda Iste’molchi Etkazib beruvchiga ushbu Qoidalarning 6-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni, shuningdek:
tekshirish dalolatnomasini va issiq suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlarini taqdim etishi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
108. Xonadon egasi o‘zgargan kundan boshlab 7 kun muddatda uning yangi egasi shartnoma tuzishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
109. Noturar joy yangi mulkdorga berilganda Iste’molchi bu haqda Etkazib beruvchiga 7 kun muddatda xabar beradi, yangi egasi esa noturar joy xonasidan foydalanish boshlangunga qadar issiqlik ta’minoti xizmatlaridan foydalanish yuzasidan yangi shartnoma tuzadi, noturar joy xonadan foydalanishni qayta ixtisoslashtirish yuz bergan taqdirda esa yangi mulkdor ham yangi texnik shartlarni olishi shart.
Texnik shartlar va ko‘rsatib o‘tilgan shartnoma mavjud bo‘lmagan taqdirda issiqlik ta’minoti tizimlaridan o‘zboshimchalik bilan foydalanilgan deb hisoblanadi.
110. Vaqtincha yashovchilar (ijaraga oluvchilar) yashaganda to‘lov amalda yashagan shaxslar soni uchun to‘liq to‘lanadi.
Turar joy xonasi hisobga olish asbobi bilan jihozlanmagan taqdirda Iste’molchi o‘zi egallab turgan xonadonda yashovchi (shu jumladan vaqtincha yashovchi) fuqarolar soni ko‘payganligi yoki kamayganligi to‘g‘risida) yuz bergan o‘zgarishlar kunidan boshlab 5 ish kunidan kechikmay Etkazib beruvchini yozma ravishda xabardor qilishi shart. Bunda Etkazib beruvchining, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining vakillari va xonaning mulkdori o‘rtasida uch tomonlama dalolatnoma tuziladi.
111. Ko‘p kvartirali uyda hisobga olishning umumiy asbobi mavjud bo‘lmagan taqdirda hisob-kitob davrida foydalanilgan ko‘p kvartirali uylarni isitish va issiq suv ta’minoti ehtiyojlariga berilgan issiqlik energiyasi uchun Iste’molchilarning Etkazib beruvchi bilan hisob-kitobi isitish va issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun jami hisoblab chiqishdan kelib chiqqan holda har oyda amalga oshiriladi.
112. Ko‘p kvartirali uylarning turar joy xonalarida isitish xizmatlari uchun to‘lovning oylik miqdori quyidagi tartibda hisoblab chiqiladi:
113. Ko‘p kvartirali uylarning noturar joy binolarida isitish xizmatlari uchun to‘lovning oylik miqdori quyidagi tartibda hisoblab chiqiladi:
TGkal — qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan issiqlik energiyasiga tarif, qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan (so‘m/Gkal)
qnoturar joy mi — issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq noturar joy xonasini isitishga hisoblab chiqilgan issiqlik yuklamasi (Gkal).
114. Ko‘p kvartirali uylarning turar joy xonalarida issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun to‘lovning oylik miqdori quyidagi tartibda hisoblab chiqiladi:
Gamaldaist –individual hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlangan hisob-kitob davri uchun issiq suv sarfi (kub.m);
Kkishi — issiq suvni individual hisobga olish asbobi mavjud bo‘lmaganda qo‘llanadigan 1,5 ga teng koeffitsiyent.
115. Ko‘p kvartirali uylarning noturar joy xonalarida issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun to‘lov miqdori hisobga olishning individual asbobi ko‘rsatkichlari bo‘yicha hisoblab chiqiladi:
Gamaldaist–individual hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlangan hisob-kitob davri uchun issiq suv sarfi (kub.m);
Tist –issiq suv ta’minoti xizmatlariga tasdiqlangan tarif, qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan (so‘m/kub.m).
116. Ko‘p kvartirali uylarning issiq suvni individual hisobga olish asbobi bilan jihozlanmagan noturar joy xonalariga issiq suv berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Noturar joy xonalarda 30 sutkagacha ta’mirlash ishlari yoki hisobga olishning yakka tartibini tekshirish o‘tkazilgan taqdirda issiq suv uchun hisob-kitob asbob to‘xtatilgan paytdan oldingi oxirgi 30 sutka uchun uning o‘rtacha sutkalik sarfi bo‘yicha, 30 sutkadan ortiq bo‘lganda — hisoblab chiqilgan issiqlik yuklamasi miqdoridan va issiq suv yetkazib berilgan soatlar sonidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
117. Ko‘p qavatli uyda uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asboblari mavjud bo‘lgan taqdirda foydalanilgan hisob-kitob davrida ko‘p qavatli uylarning isitish va issiq suv ta’minoti ehtiyojlari uchun berilgan issiqlik energiyasi uchun Ijro etuvchining Etkazib beruvchi bilan hisob-kitobi issiqlik energiyasi uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlari va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan issiqlik ta’minoti xizmatlariga tariflar asosida amalga oshiriladi.
Issiqlik energiyasini turar joy va noturar joylar o‘rtasida taqsimlash quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Qamaldauylar (noturar joy xona) — ko‘p kvartirali uyning noturar joy xonalarida sarflangan (Qhaqiqatdauylar (noturar joy)) issiqlik energiyasi hajmi (Gkal) chiqarib tashlangan holda uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlangan hisobot davri uchun ko‘p qavatli uyning turar joy xonalarida sarflangan issiqlik energiyasi hajmi (Gkal);
Qamaldauylar (noturar joy ) — Etkazib beruvchining ma’lumotlari (Gkal) va noturar joylarda issiq suvni individual hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlari (kub.m) bo‘yicha, ularni issiq suvning issiqlik saqlashiga ko‘paytirish yo‘li bilan Gkal.ga aylantirilgan (Gkal/kub.m) bo‘yicha aniqlangan hisob-kitob davri uchun ko‘p qavatli uyda noturar joylarga sarflangan issiqlik energiyasi hajmi (Gkal);
118. Ko‘p kvartirali uydagi i-turar joy xona (kvartirada) markaziy isitish xizmatlari uchun to‘lovni hisoblash (so‘m) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
TGkal –qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan issiqlik energiyasiga tarif, qo‘shilgan qiymat solig‘isiz (so‘m/Gkal);
qturar joy mi — isitiladigan maydonning 1 kvadrat metrni isitish uchun issiqlik energiyasining amaldagi solishtirma salmog‘i (Gkal/m2), u quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Qamaldami (uy) — uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlanadigan ko‘p kvartirali uyni markaziy isitish ehtiyojlariga hisob-kitob davrida sarflangan issiqlik energiyasi hajmi (Gkal);
Qamaldami (noturar joy) — issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq hisoblab chiqilgan issiqlik yuklamalari bo‘yicha aniqlanadigan ko‘p kvartirali uyda noturar joy xonalarni markaziy isitishga hisob-kitob davrida sarflangan issiqlik energiyasining jami hajmi (Gkal). Ko‘p kvartirali uydagi noturar joy xonalar bo‘yicha hisoblab chiqilgan yuklamalar Etkazib beruvchilar tomonidan Ijro etuvchilarga beriladi;
SD (turar joy xonalarning isitiladigan maydoni) — ko‘p kvartirali uydagi turar joy xonalarining jami isitiladigan maydoni.
119. Ko‘p kvartirali uydagi 1-noturar joyning markaziy isitish xizmatlari uchun to‘lovni hisoblash (so‘m) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi
TGkal –qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan issiqlik energiyasi tarifi, qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan (so‘m/Gkal);
qi noturar joy mi — issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq 1-noturar joyni isitishga hisoblab chiqilgan issiqlik yuklamasi (Gkal);
120. Issiq suvni individual hisobga olish asbobi bilan jihozlanmagan 1-turar joy xonalarda (kvartiralarda) issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun hisoblangan to‘lov quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi:
Tist — qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan aholi uchun issiq suv ta’minoti xizmati tarifi (so‘m/kub.m);
Kkishi — issiq suvni individual hisobga olish asbobi mavjud bo‘lmaganda qo‘llanadigan 1,5 ga teng koeffitsiyent;
№ i kishi — ko‘p kvartirali uydagi i-turar joy xonalarida issiq suv ta’minoti xizmatlaridan foydalanuvchi kishilar soni;
qturar joy issiqlik ta’minoti (it) — issiq suvni individual hisobga olish asboblari bilan jihozlanmagan turar joy xonalarida hisobot davrida 1 kishi hisobiga issiq suv sarfi (kub.m/kishi), u quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Qamaldaist (uy) — ko‘p kvartirali uyda hisobot davrida sarflangan issiq suv hajmi, u uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlanadi (kub.m);
Qamaldaturar joy it (IHOP bilan) — ko‘p kvartirali uydagi turar joy xonalarida issiq suvni individual hisobga olish asbobi bilan jihozlangan hisobot davrida sarflangan issiq suvning jami hajmi (kub.m);
Qamaldanoturar joy it (IHOP bilan) — issiq suvni individual hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlari bilan aniqlanadigan ko‘p kvartirali uydagi noturar joyda issiq suvni individual hisobga olish asboblari bilan jihozlangan hisobot davrida sarflangan issiq suvning jami hajmi, (kub.m);
№uy (kishi) — issiq suvni individual hisobga olish asboblari bilan jihozlanmagan ko‘p kvartirali uydagi turar joy xonalarida issiq suv ta’minoti xizmatlaridan foydalanuvchi odamlarning jami soni.
121. Issiq suvni individual hisobga olish asboblari bilan jihozlangan i-turar joy xonalarda (kvartiralarda) issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun to‘lovni hisoblash quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi:
qamaldaist i — individual hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlangan hisobot davri uchun issiq suv sarfi (kub.m);
122. Issiq suvni individual hisobga olish asbobi bilan jihozlangan i noturar joyda issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun to‘lovni hisoblash quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi:
qamaldai ist — individual hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlangan hisobot davri uchun issiq suv sarfi (kub. m);
Tist –issiq suv ta’minoti xizmatiga tasdiqlangan tarif, qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan (so‘m/kub.m) .
123. Zarur sifatga ega bo‘lmagan va (yoki) belgilangan davomiylikdan ortiq bo‘lgan tanaffuslar bilan issiqlik energiyasi yetkazib berishda Iste’molchilar tomonidan issiqlik energiyasi uchun to‘lov miqdori ushbu Qoidalarga ilovaga muvofiq qayta hisob-kitob qilinadi.
Agar issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatishdagi tanaffus fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘iga xavfni bartaraf etish, mol-mulkka zarar yetkazishning oldini olish yoki yengib bo‘lmaydigan kuch oqibati bilan bog‘liq bo‘lsa, to‘lov miqdorini qayta hisob-kitob qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
124. Issiqlik energiyasi yetkazib berishdagi tanaffuslarda yoki belgilangan davomiylikdan ortiq bo‘lgan issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatilganda, shuningdek oldini olish ishlarini bajarishda umumiy yoki individual hisobga olish asboblari mavjud bo‘lmaganda issiqlik energiyasi uchun to‘lov yetkazib berilmagan issiqlik energiyasi miqdoriga kamaytiriladi.
125. Etkazib berilmagan issiqlik energiyasining hajmi issiqlik energiyasi iste’moli me’yoridan, iste’molchilarning sonidan yoki turar joy xonalarining isitiladigan maydonidan, shuningdek issiqlik energiyasi yetkazib berilmaganligi vaqtidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi.
126. Issiqlik energiyasi yetkazib berilmagan, shuningdek zarur sifatga ega bo‘lmagan issiqlik energiyasi yetkazib berilgan taqdirda Iste’molchi Etkazib beruvchini va Ijro etuvchini xabardor qiladi.
127. Issiqlik energiyasi yetkazib berilmaganligi yoki zarur sifatga ega bo‘lmagan issiqlik energiyasi yetkazib berilganligi to‘g‘risidagi xabar Iste’molchi tomonidan yozma shaklda yoki og‘zaki (shu jumladan telefon orqali) berilishi mumkin va Etkazib beruvchi (Ijro etuvchi) tomonidan albatta ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. Bunda Iste’molchi o‘z familiyasi, ismi va otasining ismini, aniq yashash manzilini, shuningdek yetkazib berilmagan issiqlik energiyasi turini (isitish, issiq suv ta’minoti) yoki zarur sifatga ega bo‘lmagan issiqlik energiyasi yetkazib berilganligini ma’lum qilishi shart. Etkazib beruvchi (Ijro etuvchi) Iste’molchiga buyurtmanomani olgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (familiyasi, ismi va otasining ismini), buyurtmanomani ro‘yxatdan o‘tkazish raqamini va uni qabul qilish vaqtini xabar qilishi shart.
128. Agar issiqlik energiyasi yetkazib berilmaganligi yoki zarur sifatga ega bo‘lmagan issiqlik energiyasi yetkazib berilganligining sabablari ma’lum bo‘lsa, Etkazib beruvchi (Ijro etuvchi) bu haqda darhol (Iste’molchiga) xabar berishi va buyurtmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish daftarida tegishli yozuvni qayd etishi shart. Ushbu belgi issiqlik energiyasi yetkazib berilmaganligi yoki zarur sifatga ega bo‘lmagan issiqlik energiyasi yetkazib berilganligi holati Etkazib beruvchi (Ijro etuvchi) tomonidan e’tirof etilishi uchun asos hisoblanadi.
129. Agar issiqlik energiyasi yetkazib berilmaganligi yoki zarur sifatga ega bo‘lmagan issiqlik energiyasi yetkazib berilganligi sabablari Etkazib beruvchiga (Ijro etuvchiga) ma’lum bo‘lmasa, Etkazib beruvchi (Ijro etuvchi) ko‘rsatib o‘tilgan holatlarni aniqlashning va issiqlik energiyasi sifatini tekshirishning aniq vaqti va sanasini Iste’molchi bilan kelishishi shart. Tekshirish natijalari bo‘yicha dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma Iste’molchi (yoki uning vakili), Etkazib beruvchi (yoki uning vakili), Ijro etuvchi (yoki uning vakili) tomonidan imzolanadi.
130. Agar Iste’molchi (yoki uning vakili), Etkazib beruvchi (yoki uning vakili), Ijro etuvchi (yoki uning vakili) issiqlik energiyasi sifatiga yoki issiqlik ta’minoti ko‘rsatilishiga nisbatan yagona qarorga kelmasalar, u holda ular tomonidan issiqlik energiyasi sifatini baholashning yangi vaqti va sanasi belgilanadi, unga mahalliy davlat hokimiyati organi, standartlashtirish organlari, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha jamoat tashkilotlari, vakolatli davlat organlari vakillari hamda Etkazib beruvchi va Ijro etuvchining vakillari taklif etiladi.
Issiqlik energiyasining sifatini takroran baholash natijalari bo‘yicha issiqlik energiyasi yetkazib berilmaganligi yoki zarur sifatga ega bo‘lmagan issiqlik energiyasi yetkazib berilganligi to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma Iste’molchi (yoki uning vakili), Etkazib beruvchi (yoki uning vakili), Ijro etuvchi (yoki uning vakili) tomonidan imzolanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar bilan birgalikda dalolatnomani mahalliy davlat hokimiyati organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari imzolashi mumkin.
131. Issiqlik energiyasi yetkazib berilmaganligi yoki zarur sifatga ega bo‘lmagan issiqlik energiyasi yetkazib berilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomada sifat parametrlari buzilishi, issiqlik energiyasini yetkazib berish to‘xtatilishi boshlanishining yoki zarur sifatga ega bo‘lmagan issiqlik energiyasi yetkazib berilganligining vaqti va sanasi ko‘rsatiladi.
132. Issiqlik energiyasi yetkazib berilmaganligi yoki zarur sifatga ega bo‘lmagan issiqlik energiyasi yetkazib berilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma issiqlik ta’minoti bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lov miqdorini qayta hisob-kitob qilish uchun asos hisoblanadi.
133. Etkazib beruvchi yoki Ijro etuvchi yoki uchinchi shaxslar tomonidan Iste’molchining yoki u bilan birga yashaydigan shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga, ko‘p kvartirali uydagi xonalarning mulkdorlari umumiy mulkiga zarar yetkazilgan taqdirda Etkazib beruvchi (yoki uning vakili), Ijro etuvchi (yoki uning vakili) va Iste’molchi (yoki uning vakili) dalolatnoma tuzadilar va uni imzolaydilar. Dalolatnomada bunday zarar yetkazilganligi holati qayd etiladi. Mazkur dalolatnoma Iste’molchi murojaat qilgan paytdan boshlab 12 soatdan kechikmay Etkazib beruvchi (Ijro etuvchi) tomonidan tuzilishi va tegishli ravishda uning vakolatli vakili tomonidan imzolanishi kerak. Dalolatnomani Iste’molchi (yoki uning vakili) tomonidan imzolash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda u fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining vakillari tomonidan imzolanishi kerak.
134. Issiqlik energiyasi yetkazib berilmaganligi yoki zarur sifatga ega bo‘lmagan issiqlik energiyasi yetkazib berilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma yoki Iste’molchiga (yoki u bilan birga yashaydigan shaxslarning) hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga, ko‘p kvartirali uydagi xonalarning mulkdorlari umumiy mol-mulkiga zarar yetkazilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma 2 nusxada tuziladi, ulardan biri Iste’molchiga (yoki uning vakiliga) beriladi, ikkinchi nusxasi — tegishli ravishda Etkazib beruvchida (Ijro etuvchida) qoladi.
a) issiqlik energiyasi yetkazib berish yoki issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatishdagi kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi dalolatnoma Iste’molchi (yoki uning vakili) tomonidan imzolangan paytdan (kundan) boshlab:
b) hisobga olish asbobida qayd etilgan zarur sifatga ega bo‘lgan issiqlik energiyasini yetkazib berish tiklangan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi.
136. Amalga oshirilgan qayta hisob-kitob qilish keyingi hisob-kitob davrining iste’mol qilingan issiqlik energiyasi uchun navbatdagi to‘lov hujjatini yozishda hisobga olinadi.
137. Ushbu Qoidalar talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
138. Tomonlar o‘rtasida yuzaga keladigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar muzokaralar olib borish yo‘li bilan hal etiladi. Tomonlarning muzokaralar olib borishi yo‘li bilan hal etilmagan barcha nizolar va kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
**** Ushbu ilovaning 5-bandi qo‘llangan taqdirda 6-band isitishdagi tanaffus boshlangan paytdan e’tiboran qo‘llanmaydi.
1. Mazkur Qoidalar “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, kommunal suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish markazlashtirilgan tizimlaridan foydalanish sohasida suv quvurlari — kanalizatsiya xo‘jaligi (keyingi o‘rinlarda ISKX tashkiloti deb ataladi) tashkilotlari bilan iste’molchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
avariya — markazlashgan kommunal suv ta’minoti yoki oqova suvni chiqarish tizimlari, alohida inshootlar, uskunalar, qurilmalarning shikastlanishi yoki ishdan chiqishi natijasida suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborishning to‘xtashiga yoxud ular hajmining kamayishiga, shuningdek ichimlik suv sifatining pasayishiga olib kelgan holatlar;
suv iste’moli va oqova suvni chiqarish balansi — barcha suv ta’minoti manbalaridan amalda olingan suv hajmi bilan oqova suvlarni chiqarish hajmlari o‘rtasidagi nisbat;
maishiy oqova suvlar — inson hayot faoliyati (taom tayyorlash, hojat, kir yuvish va hokazo) jarayonida yuzaga keladigan barcha oqova suv turlari;
suv iste’moli — iste’molchi (subiste’molchi) tomonidan o‘zining shaxsiy, kommunal-maishiy ehtiyojlarini qondirishi, shuningdek ishlab chiqarishda texnologik ehtiyojlarni qondirish maqsadida ichimlik suvdan foydalanish holatlari;
suv ta’minoti — ichimlik va texnologik suvni olish, tayyorlash, uzatish va iste’molchi(subiste’molchi)ga yetkazishni ta’minlaydigan texnologik jarayon;
oqova suvni chiqarish — iste’molchi(subiste’molchi)lardan oqova suvlarni qabul qilib olish, keyinchalik uni kanalizatsiya tozalash inshootlariga uzatishni ta’minlaydigan texnologik jarayon;
ichimlik suv va kanalizatsiya tarmog‘i — ichimlik suvlarni to‘plash, ular bilan ta’minlash va oqova suvlarni chiqarish uchun mo‘ljallangan quvurlar, kollektorlar, kanallar va inshootlar tizimi;
iste’mol qilinadigan ichimlik suv hisobini olib borish bog‘lanmasi (suv o‘lchash bog‘lanmasi) — iste’mol qilinadigan (olinadigan) ichimlik suv va chiqarib yuboriladigan (qabul qilinadigan) oqova suv hajmini o‘lchashni ta’minlaydigan asbob va qurilmalar majmui;
foydalanish uchun javobgarlik chegarasi — tomonlarning kelishuvi bilan belgilanadigan suv ta’minoti va (yoki) kanalizatsiya tizimlari (suv quvuri va kanalizatsiya tarmoqlari hamda ulardagi inshootlar) elementlarini suv ta’minoti va (yoki) kanalizatsiya tizimlaridan foydalanish yuzasidan majburiyatlar (javobgarlik) belgilariga ko‘ra chegaralash chizig‘i;
aloqa vositalari — ISKX tashkiloti bilan iste’molchi o‘rtasidagi aloqa vositalari ISKX tashkiloti tomonidan shakllantirilib, qo‘llab turiladi, ular jumlasiga telefon, faks, elektron pochta, internet sayt (ISKX tashkilotining veb-sayti, kommunal sohaning ixtisoslashtirilgan saytlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining saytlari), shuningdek iste’molchini zarur ma’lumotlar bilan ta’minlab turuvchi, uning uchun qulay va imkoniyati darajasidagi aloqa va o‘zaro munosabatlarning boshqa shakllari;
kanalizatsiya nazorat qudug‘i — iste’molchining oqova suvlarini hisobga olish va ulardan namunalar olishga mo‘ljallangan quduq yoki iste’molchining kanalizatsiya tizimidagi kanalizatsiya tarmog‘iga ulanadigan joydan oldingi oxirgi quduq;
kommunal-ekologik normativ — iste’molchilar va subiste’molchilar uchun suv oqizishning yo‘l qo‘yiladigan cheklangan miqdorlarini tartibga soladigan hujjat;
suv iste’moli limiti — ISKX tashkiloti tomonidan “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq iste’molchiga har sutkada beriladigan suv hajmining cheklangan miqdori;
lokal tozalash inshootlari — iste’molchi (subiste’molchi)ning oqova suvlarini kommunal kanalizatsiya tizimiga oqizishdan (qabul qilishdan) oldin ularni tozalash uchun mo‘ljallangan inshootlar va qurilmalar;
ruxsat etilmagan oqova suvni oqizish — kanalizatsiya tizimida avariya holatini yuzaga keltiradigan yoki keltirishi mumkin bo‘lgan, zarar yetkazadigan, ushbu tizimning normal ishlab turishini buzadigan va atrof muhitni ifloslantirishga olib keladigan oqizilishi taqiqlangan oqova suvlar va ifloslantiruvchi moddalar;
suv quvuri-kanalizatsiya xo‘jaligi (ISKX) tashkiloti — kommunal suv ta’minoti tizimidan suv bilan ta’minlashni va (yoki) kommunal kanalizatsiya tizimiga oqova suvlarni qabul qilishni amalga oshiruvchi hamda ushbu tizimlardan foydalanuvchi tashkilot;
iste’molchi — ISKX tashkiloti bilan suv olish va (yoki) oqova suvlarni oqizib yuborish xizmatlari olish yuzasidan belgilangan tartibda shartnoma tuzgan yuridik va jismoniy shaxslar. Shuningdek, xo‘jalik yurituvida va (yoki) operativ boshqaruvida uy-joy fondi hamda muhandislik infratuzilmasi obyektlari bo‘lgan tashkilotlar va davlat (idoraviy) uy-joy fondida joylashgan jismoniy shaxslarga kommunal xizmatlar ko‘rsatishga vakolati bo‘lgan tashkilotlar;
kanalizatsiya tarmog‘iga oqiziladigan oqova suvning cheklangan hajmi (YQChH) — nazorat punktida suv sifati me’yorlarini ta’minlash maqsadida belgilangan vaqt, rejimda, ma’lum bir joydan, maksimal oqizilishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish oqova suvidagi modda massasi. Suvdan foydalanish joylarida moddalar konsentratsiyasining ruxsat etilgan darajasi, suv obyektining assimilatsiyalashuvi imkoniyatlari hamda iste’molchilar tomonidan tashlanayotgan moddalarning maqbul taqsimlanishi kabi holatlardan kelib chiqqan holda belgilanadi;
ichimlik suv — belgilangan sanitariya normalari va normativ hujjatlarning talablariga javob beradigan, iste’molchi (subiste’molchi)larning ichimlik suvga va kommunal-maishiy ehtiyojlari talablariga javob beradigan, yong‘inlarni o‘chirish, shuningdek ichimlik suvni ishlatish zarur bo‘lgan texnologik va ishlab chiqarish jarayonlari uchun mo‘ljallangan suv;
suv o‘tkazish imkoniyati — ichimlik suv (kanalizatsiya) ulanmasining muayyan vaqt ichida belgilangan rejimda suvning (oqova suvning) hisobli miqdorini o‘tkazish (oqizish) imkoniyati;
ishlab chiqarish oqova suvlari — barcha guruhdagi iste’molchilarining biror-bir mahsulot ishlab chiqarishi yoki xizmat ko‘rsatishi, ishlab chiqarish faoliyatini yuritishi jarayonida hosil bo‘ladigan ishlab chiqarish oqova suvlari;
texnik shartlar — markazlashtirilgan kommunal ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlariga ulanish uchun ISXK tashkiloti tomonidan qonunchilikka muvofiq beriladigan ruxsatnoma;
loyiha — markazlashtirilgan kommunal ichimlik suv va oqova suv tarmoqlariga ulanish uchun beriladigan texnik shartlarga muvofiq ishlab chiqilgan loyiha hujjatlari;
suvni hisobga olish asboblarini ro‘yxatdan o‘tkazish — ushbu asbob o‘rnatilganligi to‘g‘risidagi ikki tomonlama tasdiqlangan dalolatnoma asosida suv o‘lchash bo‘g‘iniga nazorat plombalarini o‘rnatish;
Keyingi tahrirga qarang.
markazlashtirilgan kommunal suv ta’minoti yoki kanalizatsiya tizimlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish — jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarning texnik shartlarsiz yoxud texnik shartlarni bajarmasdan yoki ularni buzgan holda ichimlik suv va oqova suv tarmoqlariga ulanib olishi;
o‘zboshimchalik bilan foydalanish — suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlaridan suv berish (olish) va oqova suvlarni qabul qilish (oqizish) yuzasidan tuzilgan shartnomasiz foydalanish, shuningdek iste’molchi (subiste’molchi) tomonidan shartnoma shartlarini buzgan holda foydalanish;
oqova suvlar tarkibi — ifloslantiruvchi moddalar va ularning konsentratsiyasini o‘z ichiga oluvchi oqova suvlar tavsifi;
oqova suvlarni me’yordan ortiqcha oqizish — suvni chiqarib yuborishning hajm va tarkib bo‘yicha me’yorlari bilan belgilangan OYQChM (oqizishning yo‘l qo‘yiladigan cheklangan miqdori)dan ortiqcha oqova suvlar va ifloslantiruvchi moddalarning chiqarilishi;
suvning limitdan ortiqcha iste’moli — iste’molchi (subiste’molchi)ning maishiy va kommunal-xo‘jalik ehtiyojlari uchun belgilangan limitdan tashqari foydalangan suv ta’minotiga ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmi;
ixtisoslashgan iste’molchi — texnologik va ishlab chiqarish jarayonida ichimlik suvdan foydalanishni talab etadigan iste’molchi;
suvni hisobga olish asbobi yoki suv hisoblagich — yuborilgan ichimlik suvni o‘lchash uchun mo‘ljallangan, me’yoriy metrologik tavsifga ega bo‘lgan, o‘lchovi muayyan vaqt mobaynida o‘zgarmas deb qabul qilingan (belgilangan nuqson chegaralari doirasida) fizik o‘lcham birligini hosil qiladigan va saqlaydigan, tijorat hisobi uchun foydalanishga ruxsat etilgan texnik vosita;
subiste’molchi — iste’molchi bilan suv tarmog‘idan foydalanishga va oqova suvlarni chiqarib tashlashga shartnomasi mavjud bo‘lgan, suv ta’minoti tashkilotining roziligi bilan iste’molchining ichimlik suv-kanalizatsiya tarmoqlariga bevosita ulanib olgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
texnik suv — ishlab chiqarish texnologiyasiga rioya etishni talab qiladigan, ichish uchun mo‘ljallanmagan suv;
ko‘chadan suv olish qurilmasi — ichimlik suvni bevosita suv quvuri tarmog‘idan ajratib oladigan qurilma;
markaziy kommunal suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimiga ulanish moslamasi yoki inshooti — iste’molchi tomonidan ichimlik suvni oladigan va (yoki) oqova suvni chiqaradigan markaziy kommunal suv ta’minoti va (yoki) oqova suvni chiqarish moslamasi va inshooti;
markazlashtirilgan kommunal suv ta’minoti tizimi — iste’molchilarga ichimlik suvni chiqarish, yig‘ish, tayyorlash, tashish va uzatish uchun mo‘ljallangan aholi punktlaridagi muhandislik inshootlari majmui;
markazlashtirilgan kommunal kanalizatsiya tizimi — cho‘kindilarni yig‘ish, tozalash, qayta ishlash hamda iste’molchilarning oqova suvlarini chiqarish uchun mo‘ljallangan aholi punktlaridagi muhandislik inshootlari majmui.
3. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining butun hududida amal qiladi va mulkiy va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, barcha ISKX tashkilotlari hamda iste’molchilari uchun majburiy hisoblanadi.
4. Favqulodda vaziyatlarda suv ta’minoti tizimlaridan foydalanish tartibi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, ISKX tashkilotlari bilan kelishilgan holda belgilanadi.
5. Suv sifati ISKX tashkilotlarining kimyo-bakteriologiya va kimyo-texnologiya laboratoriyalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati (keyingi o‘rinlarda “Davsanepidnazorat” deb ataladi) hamkorlikda nazorat qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Kommunal suv ta’minoti tizimlaridagi ichimlik suv iste’molchi (subiste’molchi)larning iste’mol va kommunal-maishiy ehtiyojlari, yong‘inlarni o‘chirish, shuningdek ichimlik suvdan foydalanish talab etiladigan texnologik va ishlab chiqarish jarayonlari uchun mo‘ljallangan.
7. ISKX tashkilotlari tomonidan ichimlik suv bilan ta’minlashning texnik imkoniyatlari mavjud bo‘lgan holatlarda, ixtisoslashgan iste’molchilar uchun markaziy kommunal suv ta’minoti tizimlaridagi ichimlik suvdan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
8. Markazlashtirilgan kommunal kanalizatsiya tizimlari iste’molchilardan maishiy oqova suvlarni qabul qilib olish, chiqarib yuborish va tozalash uchun mo‘ljallangan. Kanalizatsiya tizimiga oqizilayotgan ishlab chiqarish oqova suvlarini iste’molchilar tomonidan tashlash tartibi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-fevraldagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarish oqova suvlarini qabul qilish qoidalari hamda ifloslantiruvchi moddalarning O‘zbekiston Respublikasi shaharlari va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga normativdan ortiqcha oqizilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini hisoblash tartibida, shuningdek ISKX tashkiloti bilan iste’molchi o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilanadi.
9. Mavjud kommunal drenajlar tizimida shahar, aholi punkti va sanoat maydonchalari hududidagi drenaj suvlar va yer usti oqova (shu jumladan yomg‘ir) suvlarining kommunal kanalizatsiya tizimiga oqizilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
10. Suv ta’minoti va tashlash tizimlaridan foydalanish va tezkor-texnik boshqarish uchun ISKX tashkilotlari texnik, foydalanish va ijro hujjatlarining, shuningdek xatlov va pasportlashtirish materiallarining doimiy ravishda, komplekt holda saqlanishini ta’minlashi shart.
11. Quyidagilar ISKX tashkilotlari bilan iste’molchilar, shu jumladan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari o‘rtasidagi, kommunal suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish elementlari (ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari, inshootlari, qurilmalari)ga xizmat ko‘rsatish, ularning texnik holatini saqlash va foydalanish yuzasidan javobgarlik chegaralari hisoblanadi:
a) suv iste’moli uchun — kommunal tarmoqqa ulanishini uzib qo‘yuvchi kirish qulfi. Kirish qulfi bilan ichimlik suvga ulanish, iste’molchining ichki ichimlik suvi tizimining bir qismi hisoblanadi;
b) kanalizatsiya uchun — iste’molchi kanalizatsiya tizimining ichki qismi hisoblanuvchi, magistral kanalizatsiya tarmog‘iga ulanish nuqtasidagi chiqaruv qudug‘i. Agar chiqaruvchi kanalizatsiya qudug‘i (kamerasi) magistral kanalizatsiya tarmog‘ida joylashgan bo‘lsa, ushbu quduq ISKX tashkiloti kommunal kanalizatsiya tarmog‘ining bir qismi hisoblananib, unga tutashtiruvchi foydalanish chizig‘i esa iste’molchining mablag‘i va vositalari hisobidan amalga oshiriladi.
12. “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ichimlik suvdan oqilona foydalanish maqsadini ko‘zlagan holda, iste’molchilar (subiste’molchilar) uchun suvdan foydalanish limitlari belgilanadi, jismoniy va yuridik shaxslarga ikkilamchi xizmat turlarini ko‘rsatuvchi budjet, issiqlik va suv ta’minoti tashkilotlari bundan mustasno.
Kommunal suv ta’minoti tizimidan ichimlik suv iste’moli uchun limitlar ISKXning tegishli tashkilotlari tomonidan yiliga bir marta belgilanadi, ularning maxsus buyrug‘i bilan tasdiqlanadi va iste’molchilar (subiste’molchilar) uchun majburiy hisoblanadi.
mahalliy davlat hokimiyati organlarini — belgilangan suv iste’moli limitlarining sanoat korxonalari tomonidan buzilish holatlari to‘g‘risida;
“Davsanepidnazorat” organlarini — o‘tkir oshqozon-ichak va boshqa infeksiyalar paydo bo‘lishi va tarqalishining oldini olish, o‘z vaqtida profilaktika choralari ko‘rish maqsadida ichimlik suv va kanalizatsiya magistral tarmoqlaridagi avariya holatlari to‘g‘risida;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlarini — sanoat korxonalari tomonidan oqizilayotgan oqova suvlarning ifloslanish darajasi va miqdoriga bo‘lgan talablarga rioya etilmayotgani to‘g‘risida xabardor qilib turadi.
a) I guruhga — xususiy uy-joylarda va ko‘p kvartirali uydagi xonadonlarda yashaydigan jismoniy shaxslar kiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va boshqa tashkilotlarning idoraviy uy-joy fondi va yotoqxonalari;
15. Iste’molchilarga (subiste’molchilarga) suv berish va ulardan oqova suvlarni qabul qilish faqat ISKX tashkiloti bilan iste’molchi (subiste’molchi) o‘rtasida tuzilgan shartnoma mavjud bo‘lgandagina amalga oshiriladi. ISKX tashkiloti bilan iste’molchi (subiste’molchi) o‘rtasida tuzilgan shartnoma ushbu Qoidalarga muvofiq tuzilgan bo‘lishi, tomonlarning barcha huquq, vazifa va majburiyatlarini aks ettirishi kerak.
16. Iste’molchi bilan suv ta’minoti xizmatlari yuzasidan shartnoma tuzishda, markaziy kommunal oqova suv tarmog‘iga ulanish holatlari mavjud bo‘lsa, majburiy ravishda, oqova suv(kanalizatsiya) xizmatlari uchun ham shartnoma tuziladi.
17. I guruh iste’molchisi shartnoma tuzish uchun ISKX tashkilotiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart:
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organidan doimiy va vaqtinchalik istiqomat qiluvchilar soni haqida berilgan ma’lumotnoma;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
18. II va III guruh iste’molchisi (fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlaridan tashqari) shartnoma tuzish uchun ISKX tashkilotiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart:
iste’molchi va subiste’molchining bevosita suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish tizimlariga ulangan (ulanuvchi) obyektlari ko‘rsatilgan buyurtmanoma;
loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan, iste’mol qilinadigan va tashlanadigan oqova suvlarning miqdori, sifati tarkibini me’yoriy asoslovchi hisob hujjati, shuningdek kommunal-ekologik normativlar.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati shartnoma tuzish uchun ISXK tashkilotiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari shart:
iste’molchi va subiste’molchining markaziy kommunal suv ta’minoti va oqova tizimlariga bevosita ulangan (ulanadigan) obyektlari ko‘rsatilgan buyurtmanoma;
mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori, kadastr hujjatlari, ijara shartnomasi).
19. Obyekt egasi avtonom suv ta’minoti (quduq, ochiq suv olish havzasi, irrigatsiya tizimi)ga va (yoki) markaziy kommunal oqova tizimidan boshqa oqova tashlash manbalariga ega bo‘lgan holatlarda, ISKX tashkiloti bilan shartnoma tuzish uchun maxsus tabiiy suv obyektlaridan maxsus suv olish yoki iste’mol qilish uchun ruxsatnomani qo‘shimcha ravishda taqdim etishi zarur.
20. Suv ta’minotining xususiy avtonom manbai (quduq, ochiq suv olish havzasi, irrigatsiya tizimi va h.k.) mavjud bo‘lganda kommunal kanalizatsiya tizimiga oqovalarni oqizish hajmi o‘rnatilgan nasosning ishlab chiqarish quvvati yoki o‘rnatilgan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan hisoblash asbobining ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlanadi.
Iste’molchiga qarashli bo‘lgan avtonom suv ta’minoti manbaining ichki tizimi markaziy suv ta’minoti tizimi bilan tutashmagan bo‘lishi kerak.
21. Oqova suvlardagi ifloslanish miqdori va konsentratsiyasining shartnomada belgilangan me’yorlardan ortishi, yangi ichimlik suv va oqova suv tarmoqlari, inshoot va moslamalarning ishga tushirilishi yoki qayta ta’mirlanishi, yangi subiste’molchilarning qo‘shilishi, suv o‘lchash bo‘g‘imi yechimi va tarxlarining, suvni hisobga olish asbobining o‘zgartirilishi kabilar faqat ISKX tashkiloti ruxsati bilan, ilgari yoki yangi tuzilgan shartnomaga qo‘shimchalar kiritish, zarur hollarda, yangi texnik shartlar olish yo‘li bilangina amalga oshiriladi.
22. Shartnomada uning predmeti, ya’ni ichimlik suv bilan ta’minlash va (yoki) oqova suvlarni chiqarish (oqizish) ko‘rsatilib, quyidagi alohida sharoitlar ham nazarda tutiladi:
ichimlik suvni olish tartibi, shu jumladan o‘t o‘chirish va oqova suvlarni chiqarish holatlarida (II va III guruh iste’molchilari uchun);
iste’molchi ichimlik suv bilan ta’minlanmagan yoki to‘liq ta’minlanmagan holatlarda qayta hisob-kitob qilish;
tomonlarning suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmog‘idan foydalanish bo‘yicha javobgarlik chegaralari;
Keyingi tahrirga qarang.
23. Yangi, rekonstruksiya qilinayotgan, qayta ixtisoslashtirilayotgan yoki kengaytirilayotgan obyektlarni (keyingi o‘rinlarda ulanuvchi obyektlar deb ataladi) markaziy suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlariga ulash hamda suv muhofazasiga oid tadbirlarni bajarish uchun II va III guruh iste’molchilari (buyurtmachi) ISKX tashkiloti tomonidan ikki kun mobaynida beriladigan texnik shartlarga ega bo‘lishi kerak, ular asosida ko‘rsatib o‘tilgan iste’molchilar normativ-texnik hujjatlarga muvofiq loyiha hujjatlarini ishlab chiqadi.
Texnik talablarni berish imkoniyati mavjud bo‘lmagan holatlarda (tizimlarning juda bandligi, muhandislik kommunikatsiyalarining obyekt joylashgan hududda yo‘qligi, joyning noqulay relyefi va boshqa sabablarga ko‘ra), ISKX tashkiloti 3 kun mobaynida iste’molchiga kommunal suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlariga ulanish imkoniyati yo‘qligi haqida, asoslangan, masala yechimiga oid muqobil variantlarni taklif etgan holda, yozma ravishda raddiya taqdim etishi kerak.
ISKX tashkiloti bilan shartnomaviy munosabatlarga ega bo‘lgan iste’molchi, ISKX tashkiloti ruxsati bilan va u texnik imkoniyatlarni mavjud deb topgan holatlarda, o‘z tasarrufidagi suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlariga, inshoot va qurilmalarga subiste’molchilarning ulanishiga ruxsat berish huquqiga ega.
Turar joy binolarining yerto‘la qismidan tranzit sifatida o‘tadigan magistral tarmoqlar ISKX tashkiloti tasarrufida bo‘ladi, uning tomonidan texnik xizmat ko‘rsatiladi.
24. Texnik shartlarni olish uchun II va III guruh iste’molchilari (buyurtmachi) ISKX tashkilotiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda buyurtmanoma topshiradilar:
arxitektura va qurilish hududiy organlari tomonidan berilgan, obyektning aholi yashash joyi hududiga nisbatan joylashishi aks ettirilgan vaziyat rejasi;
Keyingi tahrirga qarang.
ulanayotgan obyektning suvdan foydalanish turlari bo‘yicha ko‘rsatkichlari aks ettirilgan (jumladan, o‘t o‘chirishda ham) suvdan foydalanish va oqova suvni chiqarish balansi;
25. ISKX tashkiloti, buyurtmanoma va unga tegishli ilovalar topshirilgandan so‘ng, 2 ish kuni mobaynida texnik shartlarni iste’molchiga bepul taqdim etadi.
26. Sanoat korxonalarining texnik ehtiyojlari uchun (ishlayotgan yoki loyihalashtirilayotgan) boshqa suv manbalaridan foydalanish maqsadga muvofiq deb topilgan holatlarda, iste’molchi, o‘z kuch va mablag‘lari hisobiga, lokal (mahalliy) ishlab chiqarish suv tarmog‘ini qurishi mumkin.
27. Texnik shartlarda ularning amal qilish muddati, ichimlik suv va kanalizatsiya tizimiga ulanish joyi, ulanish inshooti va uskunalariga nisbatan qo‘yiladigan maxsus texnik talablar, manzil ko‘rsatilishi shart.
ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlashning oldini olishga va yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiyalar darajasini nazorat qilishga oid talablar;
28. Biriktirilayotgan obyektlarning suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish loyihalari berilgan texnik shartlar talablariga muvofiq bo‘lishi zarur.
Loyihalash jarayonida yuzaga kelgan texnik talablardan chekinish zaruriyati ISKX tashkiloti bilan qo‘shimcha ravishda kelishiladi.
29. ISKX tashkilotidan olingan ulanishga texnik shartlar asosida loyihalashtirish tashkiloti II yoki III guruh iste’molchilari buyurtmasi bo‘yicha normalar, qoidalar va boshqa normativ hujjatlarga muvofiq ulanish loyihasini ishlab chiqadi.
ISKX tashkiloti tomonidan berilgan texnik shartlarni bajarish II va III guruh iste’molchi (buyurtmachi)lari hamda suv ta’minoti va oqova suvni oqizish loyihalarini ishlab chiquvchi tashkilotlar uchun ham majburiy hisoblanadi.
Barcha loyihalar kelishilishi va ular bo‘yicha, belgilangan tartibda davlat ekspertiza organlarining xulosasi olinishi shart.
30. Ishlab chiqilgan loyihani loyiha tashkiloti yoki II va III guruh iste’molchi(buyurtmachi)si ikki nusxada ISKX tashkilotiga kelishish uchun topshirishi shart.
31. Markaziy kommunal suv ta’minoti tizimiga ulanish loyihasi topografik surat asosida loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilishi va unda quyidagilar mavjud bo‘lishi shart:
uchastkaning barcha mavjud va loyihalashtirilayotgan yer osti inshootlari aks ettirilgan, ularning joylashish chuqurligi ko‘rsatilgan, 1:500 masshtabdan kam bo‘lmagan bosh rejasi;
suv o‘lchash uzellari joylashtirilgan xonaning ichimlik suv tizimlari va qurilmalari bilan 1:50 — 1:100 masshtabda aks ettirilgan rejasi;
ichimlik suv quvurini kiritish va suv o‘lchash uzellari hamda quduq va kameralarining 1:10 — 1:20 masshtabdagi ish chizmalari;
xo‘jalik-maishiy, yong‘in xavfsizligi va ishlab chiqarish-texnik ehtiyojlar uchun maksimal kunlik va soatlik suv sarfi balansi ko‘rsatilgan hisob-tushuntirish xati.
32. Markaziy kommunal suv tashlash tizimiga ulanish loyihasi topografik surat asosida loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilishi, u quyidagilarni qamrab olgan bo‘lishi lozim:
uchastkaning barcha mavjud va loyihalashtirilayotgan yer osti inshootlari aks ettirilgan, ularning joylashish chuqurligi ko‘rsatilgan, 1:500 masshtabdan kam bo‘lmagan bosh rejasi;
quvurlar diametri, yer yuzasi belgilari ko‘rsatilgan, mavjud yoki o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan quvurlar, loyihalashtirilayotgan kanalizatsiya liniyalarining yon tomondan ko‘rinish kesmasi;
yer osti inshootlari (diametri bilan ko‘rsatilgan holda) bilan kesishish nuqtalari va belgilari. Ko‘ndalang kesmalar vertikal bo‘yicha 1:100 masshtabda va gorizontal bo‘yicha 1:100dan 1:1000gacha bo‘lgan masshtabda taqdim etiladi;
sanoat ishlab chiqarish korxonalari oqovalarini tozalashning loyihalashtirilayotgan lokal tozalash va boshqa kanalizatsiya inshootlarining ish chizmalari;
oqova suvlarning miqdori, tarkibi va ifloslanish darajasi, quvurlarning mo‘ljallangan diametri va ularning nishabi, shuningdek oqova suvlarning to‘lishi va oqish tezligi ko‘rsatilgan hisob-tushuntirish xati.
33. ISKX tashkiloti ulanish uchun kelishuvga taqdim etilgan loyihani, belgilangan tartibda ikki hafta muddatda ko‘rib chiqishi shart. Bunda ISKX tashkiloti taqdim etilgan loyihaning ilgari berilgan texnik shart talablariga va ushbu Qoidalarga muvofiq ekanligini tekshirib chiqishi zarur.
34. Loyihalashtirish jarayonida loyihaviy yechimlarga kiritilgan barcha o‘zgarishlar, ulanishga berilgan texnik shartlardan chetga chiqishlar ISKX tashkiloti bilan qo‘shimcha ravishda kelishilishi zarur.
35. Texnik shartlar 2 yil muddatga beriladi. Belgilangan muddat tugagach buyurtmachi (obyektni loyihalashtirish va qurishni boshlash uchun) loyiha muddatini cho‘zdirishi yoki yangi texnik shartlarni olishi zarur.
36. Ulanish uchun tasdiqlangan loyihaning bir nusxasi ISKX tashkilotiga topshiriladi. Mazkur nusxadan markaziy suv tarmog‘i va kanalizatsiya tizimlariga ulanish bilan bog‘liq qurilish ishlari borishini texnik nazorat qilishda, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlariga ulanuvchi qurilma va inshootlarni foydalanishga topshirish va qabul qilishda foydalaniladi. II yoki III guruh iste’molchilarining kuch va mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan ulanish va uni rekonstruksiya qilish bo‘yicha barcha ishlar texnik nazoratda bo‘ladi.
37. Kommunal suv tarmog‘i va oqova suv tarmog‘iga ulash uchun qurilma va inshootlar foydalanishga topshirilishidan oldin iste’molchi (buyurtmachi yoki qurilish tashkiloti)dan ISKX tashkiloti vakili tomonidan, ularning berilgan texnik shartlarga muvofiqligini tekshirib qabul qilinishi kerak.
Obyekt ishga tushirilgungacha kommunal suv ta’minoti va oqova suv tarmog‘iga ulanish uchun, iste’molchi qurilma va inshootlar ijro hujjatlarining bir nusxasini ISKX tashkilotiga topshiradi.
38. Barcha ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda inshootlari foydalanishga topshirilishidan oldin iste’molchi (buyurtmachi yoki qurilish tashkiloti) tomonidan majburiy tarzda ISKX tashkilotiga topshirish uchun quyidagi hujjatlar bilan birga taqdim etiladi:
asoslar, poydevorlar, tirgaklar qurish, tuproqni zichlash, izolatsiyalash va boshqa yashirin ishlar bo‘yicha dalolatnomalar;
agar ular uchun majburiy sertifikatlashtirish nazarda tutilgan bo‘lsa, suv ta’minotida (suv chiqarib yuborishda) foydalaniladigan quvurlar, uskunalar, konstruksiyalarga sertifikat va pasportlar yoki ularning o‘rnini bosuvchi hujjatlar;
kommunikatsiyalar va inshootlarning pishiqligi hamda germetikligi to‘g‘risida gidravlik sinash dalolatnomasi;
quvurlarni korroziyadan himoyalash bo‘yicha ishlar bajarilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomalar (zarur holatlarda);
loyihalash tashkiloti, buyurtmachi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan loyihadan chekinishlar qaydnomalari;
qurilish tashkilotining topshirilayotgan obyektga kafolat pasportlari, unda yashirin nuqsonlar uchun qurilish tashkilotining javobgarligi muddati ham ko‘rsatiladi;
39. Suv quvurlari va kanalizatsiya tarmoqlarini, inshootlar va qurilmalarni vazirliklar va idoralar tashkilotlardan ISKX tashkilotlariga o‘tkazish iste’molchi (buyurtmachi) yoki ularga egalik qiluvchi tomonidan, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
40. Qurib bitkazilgan suv quvurlari, kanalizatsiya tarmoqlari va inshootlarni qabul qilib olish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
41. Suv ta’minoti tizimiga ulanish uchun suv quvurlari qurilmalari va inshootlari foydalanishga topshirilishidan oldin iste’molchi tomonidan tegishli dalolatnomalar tuzilgan holda, ISKX tashkiloti va Davlat sanitariya va epidemiologiya nazorati hududiy organlari vakillari ishtirokida, suvning sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan tahlillar natijalariga erishgunga qadar yuvilishi hamda dezinfeksiyalanishi (zararsizlantirilishi) zarur (ko‘p kvartirali uylardan tashqari). Talablar bajarilmagan taqdirda iste’molchi suv ta’minoti tizimiga o‘zboshimchalik bilan ulanib olgan hisoblanadi hamda ISKX tashkiloti abonent iste’mol qilgan suv miqdorini aniqlash uchun mazkur Qoidalarning 42-bandida ko‘rsatilgan formulani qo‘llash huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
42. Ichimlik suv tarmog‘ining yuvilishi hamda dezinfeksiyalanishi (zararsizlantirilishi), ISKX tashkilotining vakili ishtirokida, pudratchi yoki qurilish tashkiloti hisobidan amalga oshiriladi. Xarajatlar qurilish qiymatida nazarda tutilgan bo‘lishi lozim. Suvni hisobga olish asbobi mavjud bo‘lgan taqdirda xarajat suv o‘lchagich bo‘yicha aniqlanadi, aks holda yuvish uchun sarflangan suv miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Yuvishning qancha davom etishi, yuvish ustuni diametri, tarmoqdagi bosim to‘g‘risidagi ma’lumotlar ISKX tashkiloti va yuvishni amalga oshirayotgan tashkilot vakillari tomonidan tuziladigan dalolatnomaga kiritiladi.
43. Ulanish uchun ichimlik suv tarmog‘i qurilmalari va inshootlarini yuvish to‘g‘risidagi dalolatnoma ISKX tashkiloti, iste’molchi (buyurtmachi yoki qurilish tashkiloti), pudrat tashkiloti va Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati vakillari tomonidan tuziladi va imzolanadi. Ushbu dalolatnomada yuvishga sarflangan va o‘lchash vositalari bilan aniqlanadigan ichimlik suv miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘ladi. Suv o‘lchash vositalari bo‘lmagan holatlarda esa ushbu Qoidalarning 42-bandida ko‘rsatilgan formula bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
44. Iste’molchi (mulkdor)ning ichimlik suv tarmog‘i va kanalizatsiya chiqish joylari ulanmalarini yuvish, dezinfeksiyalash (zararsizlantirish), ulash bo‘yicha ishlari ISKX tashkilotlari tomonidan alohida shartnoma asosida amalga oshirilishi va bu xizmatlar uchun haq iste’molchi yoki pudratchi tomonidan to‘lanishi mumkin.
Nazorat kanalizatsiya qudug‘i mavjud bo‘lmagan taqdirda buyurtmachi (yakka tartibda uy-joy quruvchi) uni ISKX tashkiloti tomonidan belgilangan muddatda qurishi shart.
45. Fuqarolarga shaxsiy mulk huquqi bo‘yicha tegishli bo‘lgan ichimlik suv tarmog‘i va kanalizatsiya chiqish joylari ulanmalarini yuvish va ulash ISKX tashkiloti tomonidan, mulkdorlar hisobiga amalga oshiriladi.
46. Qurilgan ulanmalar ISKX tashkiloti tomonidan iste’molchi va qurilish tashkiloti vakillari ishtirokida, tomonlar o‘rtasida shartnoma tuzilgach, foydalanishga topshiriladi.
47. Suvni berish hamda oqova suvlarni qabul qilishga ruxsat beruvchi dalolatnoma tuzilib, ISKX tashkilotidan ulanma foydalanishga topshirilgani to‘g‘risidagi ma’lumotnoma olingach, barcha aniqlangan nuqsonlar bartaraf etilgandan keyin, shuningdek iste’molchi ISKX tashkilotiga kommunal suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlariga ulanish uchun tegishli ariza berganini hisobga olgan holda ruxsat etiladi.
48. Iste’molchi (buyurtmachi yoki qurilish tashkiloti) ISKX tashkilotiga o‘tkazilayotgan ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda inshootlarining ishlash holatida turishi uchun ular topshirilgan kundan boshlab kafolat pasportida ko‘rsatilgan muddat davomida (obyekt topshirilgan kundan boshlab kamida bir yil davomida) javobgar hisoblanadi va bu muddat mobaynida ISKX tashkiloti ko‘rsatmasiga binoan, barcha aniqlangan texnik nosozliklarni o‘z kuchi va mablag‘lari hisobidan bartaraf etadi.
49. Faoliyat ko‘rsatayotgan kommunal suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlariga (shu jumladan, suv olish kolonkalari va o‘t o‘chirish gidrantlari, uyning kiritma va chiquvlariga ham) o‘zboshimchalik bilan ulanib olish, shuningdek ushbu tizimlardan o‘zboshimchalik bilan foydalanish taqiqlanadi.
Kommunal suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlariga (yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan) o‘zboshimchalik bilan ulanish holatlari aniqlangan taqdirda, ISKX tashkiloti vakili tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ulardan bir nusxasi o‘zboshimchalik bilan ulanib olgan subyektga shaxsan topshiriladi, ISKX tashkilotida qoladigan nusxaga imzo qo‘ydiriladi. Ushbu dalolatnoma o‘zboshimchalik bilan ulanganning javobgarlik darajasini va ISKX tashkilotiga yetkazilgan zararni aniqlash uchun asos bo‘ladi hamda ISKX tashkiloti ushbu Qoidalarning 94-bandiga muvofiq suv sarfi va oqova suvlarni chiqarganlik uchun to‘lov summalarini to‘lash uchun ulanma egasiga to‘lov hujjatini yozib beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
50. Kommunal suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish holati aniqlangan taqdirda ushbu ulanish iste’molchi yoki ISKX tashkiloti xodimi tomonidan darhol uzib qo‘yilishi lozim, bajarilgan ishlarning xarajatlarini qoplash iste’molchi zimmasiga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
51. Xona turar joydan noturar joy toifasiga o‘tkazilganda iste’molchi suvni berish va oqova suvlarni qabul qilishga yetti kun muddatda shartnoma tuzishi, hisoblash asbobini o‘rnatishi va ro‘yxatdan o‘tkazishi shart. Iste’molchini II yoki III guruhga o‘tkazish uning asosiy ish faoliyatidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Suv ta’minotiga va (yoki) oqova suvni chiqarishga ehtiyoj mavjud bo‘lmagan taqdirda iste’molchi ISKX tashkilotini yozma shaklda xabardor qilib qo‘yishi va uzib qo‘yilganlikni tasdiqlash uchun uning vakilini taklif etishi shart. Suv ta’minoti va (yoki) oqova suvni chiqarish qaytadan tiklanganda ham iste’molchi ISKX tashkilotini bu haqda yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
52. Ko‘cha va hovlilardagi umumiy foydalaniladigan suv olish kolonkalaridan foydalanish, balans bo‘yicha mansubligidan kelib chiqqan holda ISKX tashkiloti yoki iste’molchi tomonidan amalga oshiriladi.
53. ISKX tashkiloti texnik imkoniyat va zaruriy hisob-kitoblar bilan birga buyurtmanoma mavjud bo‘lgan taqdirda fuqarolarning mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan ruxsat berilgan joylarda qurilayotgan obyektlar, xo‘jaliklar va obodonlashtirish obyektlarini suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlariga ulashni vaqtinchalik sxema bo‘yicha, suvni hisoblagichlar mavjud bo‘lgan holatlarda amalga oshiradi.
54. ISKX tashkilotiga yoki iste’molchiga tegishli bo‘lgan ichimlik suv tarmog‘i va qurilmalariga vaqtinchalik ulanish ISKX tashkiloti ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin. Binolardan tashqaridagi ichimlik suv quvurlari yer ostiga yotqizilishi kerak. Quvurlarni ochiq holda o‘tkazishga faqat yozgi ichimlik suv quvurlariga ruxsat etiladi. Bunda ko‘chadagi irrigatsiya lotoklariga va yo‘l chetidagi ariqlarga quvurlarni yotqizishga yo‘l qo‘yilmaydi.
55. Vaqtinchalik suv tarmog‘ini o‘rnatish va ulardan foydalanish manfaatdor tashkilotlarning o‘z kuchi va mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Foydalanayotgan tashkilot suv tarmog‘ini shartnomaga muvofiq o‘z vaqtida uzib qo‘yilmaganligi uchun moddiy javobgar hisoblanadi.
56. Markaziy kommunal suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish tizimiga ulangan yoki yangidan ulanayotgan iste’molchilar (subiste’molchilar)ga xizmat ko‘rsatish ISKX tashkiloti tomonidan, majburiy tartibda, sarflangan va chiqarib yuborilgan oqova suvni hisoblash uchun zarur suvni hisobga olish asboblari o‘rnatilgan holda amalga oshiriladi. Yangi iste’molchilarni ISKX tashkiloti tomonidan suvni hisobga olish asboblarini o‘rnatmasdan kommunal suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish tizimiga ulash qat’iyan taqiqlanadi.
57. Iste’molchilarning II yoki III guruh iste’molchilari uchun suvni hisobga olish asboblarini o‘rnatish ushbu maqsadlar uchun maxsus loyihalashtirilgan suv o‘lchash uzeli xonalarida amalga oshirilishi kerak.
Suv o‘lchash uzeli sun’iy (tabiiy) yorug‘likka ega bo‘lishi va ventilatsiya qurilmasi (yetarli darajadagi asosda — tabiiy ventilatsiya) bilan jihozlangan, qish vaqtida havo harorati 4 0S darajadan past bo‘lmagan, shuningdek uzel ichida himoyalangan elektr rozetkasi bo‘lishi kerak. Suv o‘lchash uzelining o‘lchami rejada ikki kishining bir vaqtning o‘zida erkin, tiqilinchsiz ishlashini ta’minlashi, shuningdek, suv o‘lchash uzelini suv bosgan taqdirda ularning ishdan chiqishi, buzilishining oldini olish uchun moddiy qiymatga ega buyumlar saqlanayotgan joydan mustahkam izolatsiyalangan bo‘lishi kerak. Suv o‘lchash uzeli xonasi yer osti va yomg‘ir suvlari tushishidan himoyalaydigan tashqi gidroizolatsiyaga ega bo‘lishi kerak.
Suv o‘lchash uzeli zaruriy tarzda detallashtirilishi, shu jumladan, suvni hisobga olish asbobi (suv o‘lchagich yoki diafragmali manometr) o‘rnatish va montaj qilishning batafsil sxemasi loyiha bilan rasmiylashtirilgan va ISKX tashkilotlari bilan kelishilgan bo‘lishi kerak.
Suv o‘lchash uzeli mustaqil zulfinli qurilmaga ega bo‘lishi, uning kalitlari tashkilot buyrug‘i bilan belgilangan mas’ul shaxsda saqlanishi kerak.
Uzel joylashgan xonada tranzit kanalizatsiya liniyalari, ustunlar va chiqargichlar o‘rnatish, boshqa muhandislik kommunikatsiyalarini o‘tkazish taqiqlanadi.
58. Suv o‘lchash uzeli xonasini ozoda saqlash zarur. Iste’molchi bilan ISKX tashkiloti o‘rtasida tuziladigan suvdan foydalanish to‘g‘risidagi shartnomada xona, uzel uskunalari saqlanishi, suv hisoblagichdagi plomba hamda stvolli zulfin (yong‘inga qarshi)ning butligi va kirish eshigi kalitlarining saqlash joyiga mas’ul bo‘lgan shaxsning familiyasi ko‘rsatilishi kerak.
59. Faqat suv o‘lchash uzeli xonasi va uskunalari to‘liq soz holatga keltirilgandan va barcha qurilish-montaj ishlari tugallangandan so‘ng suvni hisobga olish asbobini o‘rnatishga ruxsat etiladi.
60. Uzatilgan suvning hisobini yuritish uchun davlat sinovidan va ro‘yxatidan o‘tkazilgan suv hisoblagichlar ishlatilishi lozim va ular tegishli tartibda berilgan metrologik attestatsiya va sinovlardan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi shart.
ushbu turdagi ishlarni olib borish uchun “O‘zstandart” agentligida akkreditatsiyadan o‘tgan tegishli organlar tomonidan tekshirilgan va plombalangan bo‘lishi;
suvni hisobga olish asbobi pasportida tekshirish sertifikati, metrologik attestatsiyadan o‘tgazilganlik to‘g‘risidagi qaydlar bo‘lishi lozim.
62. Sovuq suvni hisobga olishning maqbul usullari va o‘lchash vositalarini tanlash, suvni hisobga olish asboblarini nazoratdan o‘tkazish ishlari normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Suv o‘lchagichdan foydalanishning belgilangan chegarali tekshirishlararo muddati tugaganda yoki uning haqiqiy holati bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishning imkoniyati bo‘lmaganda ISKX tashkiloti yoki ushbu asbobni ta’mirlash va tekshirish ishlari uchun ruxsatnomasi bor, akkreditatsiyadan o‘tgan tegishli organlar xulosasiga ko‘ra uni almashtirish chora-tadbirlari ko‘riladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Bosimning o‘zgaruvchan farqi sarflarini aniqlovchi elektron hisoblagichlar (difmanometrlar), ultratovushli, elektr magnitli, uyurmali va boshqa turdagi hisoblagichlar uchun tekshirishlar oralig‘i — 1 yildan iborat bo‘ladi.
63. Suv o‘lchash uzeli ISKX tashkiloti tomonidan plombalanishi lozim. Plombalanmagan hisoblash asboblarini o‘rnatish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
64. II va III guruh iste’molchilarida o‘rnatiladigan suv hisoblagich shartli o‘tkazmasi (kalibri)ning diametri hisob-kitob bilan aniqlanadi, obyektning maksimal va minimal suv iste’moli tekshiriladi hamda ISKX tashkiloti bilan kelishiladi.
II va III guruh iste’molchilarida suvni hisobga olish asboblarining ishlashi nazorat qilinganda, o‘lchovlarning texnik tavsifnomasida yo‘l qo‘yiladigan minimal chegaradan kam miqdorda suv iste’mol qilingan taqdirda ISKX tashkiloti suv o‘lchash uzelini amalda sarflanayotgan suv hajmiga mos, kichikroq diametrdagi asbobga (berilgan kundan keyingi 30 kalendar kun ichida) qayta jihozlashga ko‘rsatma beradi. Bu ko‘rsatma bajarilmagan taqdirda suvdan foydalanish va oqova suvlarni chiqarish uchun to‘lovlar ushbu Qoidalar 87-bandining “b” kichik bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suvni hisobga olish asbobining yo‘l qo‘yiladigan minimal chegarasidan kam miqdordagi o‘lchovlarda ishlashini aniqlash II va III guruh iste’molchilarida ilgarigi olti oy mobaynida suv iste’mol qilinishining monitoring hisobiga ko‘ra, fasllarga ko‘ra notekis taqsimlanishini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
65. I, II va III guruh iste’molchilari uchun suvni hisobga olish asboblarini xarid qilish, o‘rnatish, davlat nazoratidan o‘tkazish, foydalanish (ta’mirlash, almashtirish) ishlari ISKX tashkiloti tomonidan, iste’molchi (subiste’molchi)ning mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. Bunda ISKX tashkiloti iste’molchilarga mazkur xizmatlarni bajarish uchun narxni tartibga solish organi bilan kelishilgan alohida tariflar belgilashi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Iste’molchi (subiste’molchi)ning xohishiga ko‘ra individual suvni hisobga olish asbobini o‘rnatish, davlat nazoratidan o‘tkazish, ta’mirlash va almashtirish ishlari “O‘zstandart” agentligida akkreditatsiyadan o‘tgan boshqa tashkilotlar tomonidan, iste’molchining mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
66. ISKX tashkiloti “O‘zstandart” agentligi tomonidan berilgan ro‘yxatga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida qo‘llashga ruxsat etilgan suvni hisobga olish asboblarining turlari haqidagi ma’lumotni iste’molchilarga taqdim etishi shart.
67. Suvni hisobga olish asbobini o‘rnatish uchun iste’molchi ISKX tashkilotiga buyurtmanoma beradi. Buyurtmanoma tushgach, ISKX tashkiloti uch kun muddatda iste’molchi bilan suvni hisobga olish asbobini o‘rnatish yuzasidan shartnoma tuzadi va unda shartnomada ko‘rsatilgan summaning 100 foizi miqdorida oldindan to‘lov o‘tkazilishi nazarda tutiladi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan qonunchilikka muvofiq nafaqa oluvchi kam ta’minlangan oilalarning uyini suvni hisobga olish asboblari bilan ta’minlash ISKX tashkiloti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi, bu mablag‘ keyinchalik uy egasi tomonidan shartnomaga asosan, belgilangan tartibda 12 oy muddatda to‘lanadi.
ISKX tashkiloti, iste’molchi tomonidan shartnomada ko‘rsatilgan to‘lov summasi to‘liq to‘langach, 30 kalendar kuni mobaynida suvni hisobga olish asbobini o‘rnatishi shart.
Shu bilan birga, iste’molchi ISKX tashkiloti vakili o‘z xizmat guvohnomasini ko‘rsatgach, unga belgilangan tartibda suvni hisobga olish asbobi o‘rnatilgan joyga borish sharoitini yaratib berishi, suvni hisobga olish asbobi o‘rnatiladigan erni hozirlashi, nazorat vinteli va zulfinlarning ishlashini ta’minlashi, ish olib borishga xalaqit beruvchi omillarni bartaraf etishi shart.
Iste’molchi suvni hisobga olish asbobini o‘rnatish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib bermagan holatlarda va bu sabablar ISKX tashkilotiga bog‘liq bo‘lmagan bo‘lsa, ikki tomonlama dalolatnoma tuziladi, unga asosan suvni hisobga olish asbobini o‘rnatish muddati uzaytiriladi.
ISKX tashkiloti suvni hisobga olish asbobini o‘rnatish muddatlariga amal qilmagan taqdirda, iste’molchi suvni hisobga olish asbobi yo‘qligi sababli to‘lashi lozim bo‘lgan ortiqcha koeffitsiyentli to‘lovlardan ozod etiladi. Shuningdek, ISKX tashkiloti suvni hisobga olish asbobini o‘rnatish muddatlariga amal qilmagani uchun, kechiktirilgan har bir kun uchun 0,1% miqdorida penya to‘laydi, lekin uning miqdori shartnoma summasining 50 foizidan oshmasligi kerak.
68. ISKX tashkiloti vakili tomonidan suvni hisobga olish asbobining ishlamayotganligi aniqlansa yoki uning ish tartibiga ruxsatsiz aralashilgan yoki nazorat plombalari uzilgan bo‘lsa, ISKX tashkiloti iste’molchiga subiste’molchiga) suvni hisobga olish asbobini 30 kun muddatda navbatdan tashqari tekshiruvdan o‘tkazishga ko‘rsatma beradi. Muddat ko‘rsatma taqdim etilgan sanadan boshlab hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Berilgan ko‘rsatma 30 kun muddatda bajarilmagan taqdirda I guruh iste’molchilari to‘lovlarni ushbu Qoidalar 87-bandining “a” kichik bandiga ko‘ra, II va III guruh iste’molchilari esa 87-bandning “b” kichik bandiga ko‘ra amalga oshiradilar va bu holat suvni hisobga olish asbobidagi kamchiliklar bartaraf etilmagungacha yoki yangi suvni hisobga olish asbobi o‘rnatilmagungacha davom etadi.
69. Suvni hisobga olish asbobidan foydalanishning cheklangan muddati tugashidan kamida 30 kalendar kun avval ISKX tashkiloti iste’molchiga shartnomada ko‘rsatilgan tartibda (pochta orqali, shaxsan, elektron pochta vositasida, ijtimoiy tarmoqlar yordamida va hokazo) ogohlantirish xati jo‘natadi. Unda suvni hisobga olish asbobidan foydalanish muddati tugayotganligi qayd etiladi, iste’molchi uchrashishi kerak bo‘lgan shaxs, manzil, telefon raqami va elektron manzili ko‘rsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Iste’molchi ogohlantirish xatini olgan kundan boshlab uch kun muddatda ISKX tashkiloti vakili bilan yozma, og‘zaki yoki telefon orqali bog‘lanib, ushbu korxona vakili tomonidan suvni hisobga olish asbobini tekshirishga olib ketish, ikki tomonlama dalolatnoma tuzish sanasi, vaqtini kelishib oladi. Bunda dalolatnoma tuzilgan sana, suvni hisobga olish asbobini tekshirish va qayta o‘rnatish uchun ketadigan vaqt, uning ko‘rsatkichlari qayd etilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
I guruh iste’molchisi uzrli sababga ko‘ra (xizmat safarida, kasalxonada bo‘lish) o‘z vaqtida suvni hisobga olish asbobini nazoratdan o‘tkaza olmagan hollarda (tegishli hujjatlar taqdim etilganda) ogohlantirish xati berilgan kundan keyingi muddat uzrli sabab ko‘rsatilgan muddatga uzaytiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
70. ISKX tashkiloti suvni hisobga olish asbobining o‘z vaqtida nazoratdan o‘tkazilishi uchun iste’molchiga oldindan xabar berish, uni yechish, o‘rnatish, ko‘rsatkichlarini nazorat qilish yuzasidan mas’ul hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suvni hisobga olish asbobini tekshirish (ta’mirlash) muddati uning yechilgan vaqtidan boshlab plombalanib, qayta qo‘yilgungacha 30 kalendar kundan oshmasligi kerak.
Sovuq suvni hisobga olish asbobini tekshirish yoki ta’mirlash muddati davomida barcha guruh iste’molchilari asbob yechilganidan keyingi 30 kalendar kun mobaynida to‘lovlarni oldingi uch oydagi ko‘rsatkichlarning o‘rtacha sutkalik hisobidan kelib chiqqan holda amalga oshiradilar.
71. Barcha guruh iste’molchilarining suvni hisobga olish asboblarini ta’mirlash, davlat nazoratidan o‘tkazish yoki almashtirish ishlari ISKX tashkiloti tomonidan, iste’molchi yoki uning vakili ishtirokida o‘tkaziladi. Ikki tomonlama dalolatnoma tuziladi, unda yechilgan va yangidan o‘rnatilgan suvni hisobga olish asbobining tartib raqami, yechib olish va o‘rnatish vaqtidagi ko‘rsatkichlari qayd qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
ISKX tashkiloti vakili tomonidan suvni hisobga olish asbobining o‘rnatilgani yoki yechilgani haqidagi ikki tomonlama dalolatnomalarning tuzilishi va ularning plombalanishi bepul bajariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suvni hisobga olish asboblarining saqlanishi, butligi va plombalarning buzilmaganligi yuzasidan javobgarlik iste’molchiga yuklanadi.
72. I, II va III guruh iste’molchilari uchun suvni hisobga olish asboblarini o‘rnatish, davlat nazoratidan o‘tkazish, foydalanish (ta’mirlash) xizmatlari uchun to‘lovlar ISKX tashkiloti tomonidan, belgilangan narxni tartibga solish organi bilan kelishilgan alohida tariflar asosida amalga oshiriladi. Ular montaj (almashtirilganda — eskisini demontaj) qilishda, ta’mirlash, o‘rnatish (echish) joyigacha, u erdan qaytishgacha bo‘lgan transport xarajatlarini, tekshirish zarurati tug‘ilganda, standart organlari xizmati va asbobni o‘rnatish xizmatlari uchun to‘lovni o‘z ichiga oladi.
73. Iste’molchi suvni hisobga olish asbobidagi plombaga shikast yetgani, uzilgani yoki butun emasligi kabi holatlarni aniqlaganda, 2 sutka mobaynida ISKX tashkilotini bu haqda ogohlantirishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu fakt bo‘yicha ikki tomonlama dalolatnoma tuziladi, undagi kamchilik va nosozliklarni bartaraf etish yuzasidan qaror qabul qilinadi va asbob rejadan tashqari qayta nazoratdan o‘tkaziladi.
Suvni hisobga olish asbobi ishdan chiqqanligi to‘g‘risida ogohlatirilmagan holatlarda I guruh iste’molchilari sarflangan sovuq suv uchun ushbu Qoidalar 87-bandining “a” kichik bandi bo‘yicha, II va III guruh iste’molchilari esa ushbu Qoidalar 87-bandining “b” kichik bandi bo‘yicha, suvni hisobga olish asbobi tekshirilganligi to‘g‘risida tuzilgan so‘nggi dalolatnoma sanasidan boshlab asbob ishidagi nosozliklar bartaraf etilgan yoki yangisi o‘rnatilgan sanagacha bo‘lgan muddat hisobidan to‘lovlarni amalga oshiradilar.
Suvni hisobga olish elektron asboblari ishida elektr energiyasi o‘chirilishi yoki vaqt ko‘rsatkichlari to‘xtatilishi bilan bog‘liq tanaffuslar borligi aniqlansa va bu holatlar elektr ta’minoti idoralaridan berilgan ma’lumotnomalar bilan tasdiqlanmagan bo‘lsa, ushbu davr uchun to‘lovlar o‘rnatilgan asbobning yuqori (maksimal) ko‘rsatkichlari bo‘yicha yoki suv o‘tkazish qurilmasining o‘tkazish imkoniyatidan kelib chiqib, ushbu Qoidalar 87-bandining “b” kichik bandi bo‘yicha amalga oshiriladi
74. Iste’molchining aybi bilan suvni hisobga olish asbobidagi plomba uzilgani aniqlanganda va bu haqda ikki tomonlama dalolatnoma tuzilib, tasdiqlangan bo‘lsa, asbob akkreditatsiyalangan organlar (metrologik xizmatlar)ga navbatdan tashqari tekshirishga yuboriladi. Tekshirish davomida suvni hisobga olish asbobining nosozligi aniqlansa, asbob akkreditatsiyalangan organlar (metrologik xizmatlar)ga ta’mirlash uchun jo‘natiladi. Ta’mirdan so‘ng asbob talablarga javob bermasa va ta’mir uchun yaroqsiz deb topilsa yangisi o‘rnatiladi.
75. ISKX tashkiloti bilan bo‘ladigan o‘zaro hisob-kitoblarda inobatga olinmaydigan (bir guruhdagi iste’molchi va subiste’molchi o‘rtasidagi hisob-kitoblarni olib borish uchun o‘rnatilgan) suvni hisobga olish asboblari iste’molchi yoki subiste’molchi tomonidan ishlatiladi va nazorat qilib turiladi. Bu asboblar ko‘rsatkichlari ISKX tashkiloti bilan bo‘ladigan hisob-kitoblarda hisobga olinmaydi.
76. Iste’molchilar bilan hisob-kitob qilishga asos bo‘ladigan suvni hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlari har chorakda 1-marta olinib, tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlarini qayd qilish, shartnoma shartlariga muvofiq sarflangan suv haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish tartibi va muddatlarini belgilash huquqi iste’molchining o‘ziga berilishi mumkin.
ISKX tashkiloti ma’lumotlarini taqdim etish shartnomada ko‘rsatilgan aloqa kanallari orqali amalga oshiriladi.
77. ISKX tashkiloti iste’molchi tomonidan taqdim etilayotgan suv sarfi haqidagi ma’lumotlarni, suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlarining to‘g‘ri olinayotganligini muntazam ravishda nazorat qilib turishi lozim. Agar iste’molchi taqdim etgan suv sarfi haqidagi ma’lumotlar bilan suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlari o‘rtasida tafovut paydo bo‘lsa, suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlariga asoslangan holda qayta hisob-kitob qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
78. ISKX tashkiloti vakili suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlarini qayd etish vaqtida iste’molchi hududidagi va unga tegishli barcha suvni hisobga olish asboblari, zulfin, gidrant va boshqa suv uzatish qurilmalaridagi plombalarning borligi va butligini tekshirishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
79. Suvni hisobga olish asbobidagi plombalarning uzilish holatlari qayd qilinganda ular “O‘zstandart” agentligida akkreditatsiyadan o‘tgan tashkilotlarga navbatdan tashqari tekshiruvdan o‘tkazish uchun jo‘natiladi. Tekshirish natijalariga ko‘ra suvni hisobga olish asbobi ishlatishga yaroqsiz deb topilsa, u ta’mirlash uchun jo‘natilib, “O‘zstandart” agentligida akkreditatsiyadan o‘tgan tashkilotda qayta tekshiriladi. Suvni hisobga olish asbobi nosoz deb topilgan iste’molchi ekspert tekshiruvi xarajatlarini to‘laydi hamda suvni hisobga olish asbobi yechilganidan to o‘rnatilgan davrdagi sarflangan ichimlik suv uchun — I guruh iste’molchilari ushbu Qoidalar 87-bandining “a” kichik bandi bo‘yicha, II va III guruh iste’molchilari esa — ushbu Qoidalar 87-bandining “b” kichik bandi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshiradilar.
80. Iste’molchilar (avvaldan og‘zaki yoki yozma ravishda kelishilgan holda) ISKX tashkiloti vakilining, u xizmat guvohnomasini taqdim etgach, belgilangan tartibda o‘z hududi yoki tasarrufidagi suvni hisobga olish asboblari, uzellari, ichimlik suv va oqova suv tarmoqlari, qurilma va inshootlari oldiga to‘siqsiz borishini ta’minlashi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
81. ISKX tashkiloti vakili ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlarida, inshootlarida, suvni hisobga olish asboblarini yechish yoki yangilash ishlarini olib borish uchun naryadga va xizmat guvohnomasiga ega bo‘lishi kerak. Ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilmagan holatlarda iste’molchi yoki uning vakili, foydalanuvchi tashkilot suv o‘lchash uzellari, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari, inshootlarida tekshirish yoki boshqa ishlarning amalga oshirilishiga ruxsat bermasliklari kerak.
82. Iste’molchi tomonidan sarflangan suv hajmi ushbu Qoidalarga muvofiq o‘rnatilgan suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlanishi lozim.
83. Mulk egasi o‘zgarganda yangi mulkdor suvni hisobga olish asbobini qayta ro‘yxatdan o‘tkazishi shart. Suvni hisobga olish asbobi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilmagan holatlarda II yoki III guruh iste’molchilari yozma ogohlantirilib, suvni hisobga olish asbobining ko‘rsatkichlari o‘zaro hisob-kitoblar uchun qabul qilinmaydi. Hisob-kitob ushbu Qoidalar 87-bandining “b” kichik bandi bo‘yicha amalga oshiriladi.
84. Suvni hisobga olish asbobi iste’molchining aybisiz nosoz bo‘lgan taqdirda sarflangan suv miqdori oldingi uch hisob-kitob oyidagi o‘rtacha sarf bo‘yicha aniqlanadi. Hisob-kitobning bunday tartibi bir oydan ko‘p qo‘llanilishi mumkin emas. Agar suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatilgan muddat mobaynida o‘rnatilmasa, sarflangan suv miqdori I guruh iste’molchilari uchun — ushbu Qoidalar 87-bandining “a” kichik bandi bo‘yicha, II va III guruh iste’molchilari uchun ushbu Qoidalar 87-bandining “b” kichik bandi bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.
85. Suvni hisobga olish asbobi iste’molchi aybi bilan ishdan chiqqan, singan, buzilgan va bu haqda ISKX tashkiloti xabardor qilinmagan taqdirda sarflangan suv miqdori, so‘nggi tuzilgan dalolatnoma sanasidan to yangi suvni hisobga olish asbobining o‘rnatilish sanasigacha, I guruh iste’molchilari uchun — ushbu Qoidalar 87-bandining “a” kichik bandi bo‘yicha, II va III guruh iste’molchilari uchun — ushbu Qoidalar 87-bandining “b” kichik bandi bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
86. Barcha guruh iste’molchilari asossiz ravishda ISKX tashkiloti vakilining suvni hisobga olish asbobini ko‘zdan kechirishini ta’minlamaganlarida, suv sarfi avvalgi uch oy uchun o‘rtacha sarf bo‘yicha hisoblab chiqiladi. Agar suvni hisobga olish asbobining keyingi (navbatdagi) ko‘rsatkichi yozib olinishi vaqtiga kelib iste’molchi(lar) takroran ISKX tashkiloti vakilining suvni hisobga olish asbobini ko‘zdan kechirishiga yo‘l qo‘ymasalar, sarflangan suv miqdori I guruh iste’molchilari uchun — ushbu Qoidalar 87-bandining “a” kichik bandi bo‘yicha, II va III guruh iste’molchilari uchun ushbu Qoidalar 87-bandining “b” kichik bandi bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
87. Suvni hisobga olish asbobi bilan ta’minlanmagan iste’molchilar tomonidan sarflangan suv miqdori quyidagicha aniqlanadi:
a) I guruh iste’molchilari uchun — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan amaldagi suv iste’moli normalariga muvofiq, suv berish jadvalidan qat’i nazar.
n — mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda tasdiqlangan bir m2 ni sug‘orish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan bir m2 ni sug‘orish normasi;
n — mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan amaldagi suv iste’moli bir m2ga suv sepish normasi;
ichimlik suvdan yozgi dush uchun foydalanilganda quyidagi formula bo‘yicha hisoblangan suv miqdoriga:
mashinalarni yuvishga ichimlik suv ishlatilgan taqdirda, quyidagi formula bo‘yicha hisoblangan suv miqdoriga:
ichimlik suvdan chorva mollarini saqlashda foydalanilgan taqdirda quyidagi formula bo‘yicha hisoblangan suv miqdoriga:
ichimlik suvdan hovlidagi hovuzlarni to‘ldirish uchun foydalanilgan taqdirda quyidagi formula bo‘yicha hisoblangan suv miqdoriga:
n — har sutkada hovuz umumiy hajmining 10 foizi miqdorida yetkazib bergan holda oyiga uch marta hisobidan har oydagi oylik to‘ldirish miqdori;
b) II va III guruh iste’molchilari uchun hisoblash asosiy ichimlik suv tarmog‘i ulanmasining suv o‘tkazish quvvati bo‘yicha quyidagi formula bilan amalga oshiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
88. Texnik foydalanish shartnomasi bo‘yicha ko‘p kvartirali uylarda foydalanish va ta’mirlashni amalga oshirayotgan tashkilotlar aybi bilan ko‘p kvartirali uylarning umumiy foydalaniladigan joylarida suv oqib chiqib ketishi aniqlangan taqdirda yo‘qolgan suv miqdori mazkur Qoidalar 87-bandining “b” kichik bandi bo‘yicha hisob-kitob qilinadi va aybdor tomonidan qoplanadi.
89. I guruh iste’molchilari uchun qurish yoki rekonstruksiya qilish davrida, turar joyga (yer uchastkasiga) egalik huquqi boshlangan vaqtdan boshlab 1 oy muddatda o‘rnatish majburiy bo‘lganda, suv ta’minoti va (yoki) oqova suvni chiqarish xizmatlari uchun to‘lovlarni hisoblash suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlariga muvofiq amalga oshiriladi. Suvni hisobga olish asbobi bo‘lmagan yoki u 1 oy muddatda o‘rnatilmagan holatlarda suv ta’minoti (oqova suvni chiqarish) uchun to‘lovlar mazkur Qoidalar 87-bandining “b” kichik bandiga muvofiq ichimlik suv tarmog‘ining o‘tkazish quvvatiga ko‘ra amalga oshiriladi.
90. Suv o‘lchash asboblari bilan ta’minlanmagan II va III guruh iste’molchilari tomonidan noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilgan taqdirda, ISKX tashkiloti noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilgan kundan boshlab, biroq da’vo muddatidan ko‘p bo‘lmagan vaqt uchun iste’molchilar tomonidan sarflangan suv miqdorini qayta hisoblab chiqishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
91. Iste’molchilarning kommunal kanalizatsiya tizimiga chiqariladigan oqova suvlari miqdori kommunal suv ta’minoti tizimidan sarflangan suv miqdoriga teng deb qabul qilinadi.
Markazlashtirilgan issiq suv ta’minoti mavjud turar joy va noturar joy xonalaridan chiqadigan oqova suv miqdori iste’molchilari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan qaror bilan belgilangan koeffitsiyentga ko‘ra, (jismoniy shaxslar uchun 2 koeffitsiyentdan oshmagan holda), mahalliy sharoitlardan kelib chiqib belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
92. Oqizilayotgan oqova suvlar miqdori kommunal suv ta’minoti tizimidan sarflangan suv miqdoridan kam bo‘lsa, iste’molchi ISKX tashkiloti tomonidan belgilangan muddatda unga, oqizilayotgan oqova suvlar hajmini asoslagan holda, zaruriy hisob-kitoblarni taqdim etishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
93. Kommunal suv ta’minoti tizimiga ulanmagan, shuningdek boshqa suv quvurlaridan (manbalardan) o‘z ehtiyojlari uchun qo‘shimcha suv ishlatadigan iste’molchilar ISKX tashkilotiga texnik ko‘rsatmalar bilan birga mavjud suv olish qurilmalari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur ma’lumotlar iste’molchi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda ISKX tashkiloti ular tomonidan kommunal kanalizatsiya tizimiga ulanishning o‘tkazish quvvati bo‘yicha qabul qilinayotgan oqova suvlar miqdorini quyidagi formula bo‘yicha aniqlashga haqlidir:
Keyingi tahrirga qarang.
94. Ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda qurilmalariga o‘zboshimchalik bilan ulanib olinganlik aniqlangan taqdirda, sarflangan suv va qabul qilingan oqova suvlar miqdori mazkur Qoidalarning 87-bandiga muvofiq, ulanishning suv uzatish quvvati bo‘yicha quyidagi kundan boshlab hisob-kitob qilinadi:
agar o‘zboshimchalik bilan ulanish ISKX tashkilotiga tegishli tarmoq va qurilmalarga nisbatan bo‘lgan bo‘lsa, o‘zboshimchalik bilan ulanish kunidan boshlab u aniqlangunga qadar, biroq da’vo muddatidan ko‘p bo‘lmagan holda hisoblanadi. Agar o‘zboshimchalik bilan ulanish sanasini hujjat bilan tasdiqlashning imkoni bo‘lmasa, u holda o‘zboshimchalik bilan ulanib foydalanish davri da’vo davri muddatiga teng bo‘ladi.
95. Obyektlar suv bilan vaqtinchalik jadval bo‘yicha ta’minlangan, suvni hisobga olish asbobi o‘rnatilmagan holatlarda, jismoniy shaxslarning vaqtinchalik suv ta’minoti uchun sarflangan suv miqdori suv iste’molining amaldagi normalariga muvofiq hisoblanadi va tuzilgan shartnomada qayd etiladi, yuridik shaxslar uchun — suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlariga ko‘ra, u bo‘lmagan taqdirda — ushbu Qoidalar 87-bandining “b” kichik bandiga muvofiq hisoblanadi.
96. Ichimlik suvdan dov-daraxtlarni sug‘orish uchun foydalanilishiga quyidagi istisno holatlarda yo‘l qo‘yiladi: irrigatsiya suvi bo‘lmaganda, ISKX tashkiloti quvvati mavjud bo‘lganda va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlangan jadval bo‘yicha, faqat tungi vaqtda (soat 00–00 dan soat 05–00 gacha) yo‘l qo‘yiladi.
Dov-daraxtlar rasmiy ruxsatsiz yoki ko‘rsatilgan vaqtdan boshqa vaqtda sug‘orilgan holatlarda, bir oyda foydalanilgan suv uchun to‘lov — I guruh iste’molchilari uchun ushbu Qoidalar 87-bandining “a” kichik bandi bo‘yicha, II va III guruh iste’molchilari uchun ushbu Qoidalar 87-bandining “b” kichik bandi bo‘yicha hisoblanadi.
97. Ko‘p kvartirali turar joylarning yuqori qavatlaridagi xonadonlar doimiy ichimlik suv bilan ta’minlanmagan va suvni hisobga olish asboblari o‘rnatilmagan holatlarda, bu xonadon egalarining suv sarfi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan ko‘chadagi suv manbalaridan suv olish normalari bo‘yicha, xususiy uy-joy egalari shirkatlari va ISKX tashkiloti vakillari ishtirokida suv bo‘lmagan kunlar uchun tuzilgan dalolatnoma asosida hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
98. ISKX tashkilotining iste’molchilar bilan, shuningdek iste’molchilarning subiste’molchilar bilan yetkazib berilgan suv va qabul qilingan oqova suvlar uchun hisob-kitoblari tuzilgan shartnoma asosida, iste’molchilarning tegishli guruhlari uchun qonunchilikka muvofiq belgilangan tariflar bo‘yicha, hisob-kitob davri uchun suvni hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlari asosida amalga oshiriladi.
Suv hisobga olish asbobi mavjud bo‘lmagan holatlarda suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish tizimlarida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblar quyidagicha amalga oshiriladi:
I guruh iste’molchilari bilan — mazkur Qoidalar 87-bandining “a” kichik bandi bo‘yicha, I guruh iste’molchilari uchun belgilangan tariflarga qonunchilikda belgilangan orttiriluvchi koeffitsiyentni qo‘llash yo‘li bilan;
II va III guruh iste’molchilari bilan — ushbu Qoidalar 87-bandining “b” kichik bandida belgilangan tartibda, iste’molchilarning tegishli guruhlari uchun belgilangan tariflarni qo‘llash yo‘li bilan.
Issiqlik ta’minoti, ISKX tashkilotlari, idoralar turar joy fondi va yotoqxonalar (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bundan istisno), budjet tashkilotlari, diniy tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xususiy uy-joy egalari shirkatlari (o‘z ehtiyojlari uchun) ichimlik suv va oqova suvni chiqarish xizmatlari uchun to‘lovlarni jismoniy shaxslar uchun belgilangan tariflar bo‘yicha, qo‘shimcha qiymat solig‘ini qo‘llagan holda amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat va idora turar joy fondi (turar joylar, yotoqxonalar)da istiqomat qiluvchi jismoniy shaxslar, ichimlik suv va oqova suvni chiqarish xizmatlari uchun to‘lovlarni ushbu idoralarning foydalanuvchi organlari orqali, o‘zlari mansub bo‘lgan guruh tariflariga muvofiq amalga oshiradilar.
99. Fuqarolar propiskadan o‘tkazilmagan xonadonlarda, suvni hisobga olish asbobi mavjud bo‘lmaganda, ichimlik suv va kanalizatsiya xizmatlari uchun to‘lovlar qonunchilikda ko‘rsatilgan iste’mol normalariga ko‘ra, belgilangan tariflarning orttiriluvchi koeffitsiyentini qo‘llash yo‘li bilan: bir va ikki xonali uylarda — bir kishi hisobidan; uch xonali uylarda — ikki kishi hisobidan; to‘rt xonali uylarda — uch kishi hisobidan; besh xonali uylarda — to‘rt kishi hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
100. Hisob-kitob davrida suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlari iste’molchi tomonidan taqdim etilmagan holatlarda ISKX tashkiloti ushbu va keyingi davr hisob-kitoblarini ichimlik suv va oqova suv sarfining o‘rtacha sutkalik normasi asosida, shu oyda amalda bo‘lgan tariflar bo‘yicha iste’molchi tomonidan keyingi ko‘rsatkichlar taqdim etilgungacha (yoki ISKX vakili tomonidan suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlari nazorat uchun olinib, qayd qilingungacha)amalga oshirish huquqiga ega.
Iste’molchi tomonidan keyingi ko‘rsatkichlar taqdim etilgan yoki ISKX vakili tomonidan suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlari nazorat uchun olinib, qayd qilingan taqdirda ISKX tashkiloti ishlatilgan ichimlik suv va chiqarilgan oqova suv hajmini o‘rtacha sutkalik sarf hisobida, suvni hisobga olish asbobining avvalgi qayd qilingan ko‘rsatkichi davridan boshlab qayta hisob-kitob qilishi lozim. Bunda to‘lovlar qayta hisob-kitob qilinayotgan oydagi tariflar asosida hisoblab chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
101. Iste’molchi kommunal suv ta’minoti va oqova suvni chiqarib yuborish tarmoqlariga ulanish sanasi haqidagi hujjatlarni taqdim etmagan holatlarda ISKX tashkiloti tomonidan hokim qarori, kadastr hujjatlari va shu kabilar asosida, hujjat bilan tasdiqlangan ulanish sanasi bo‘yicha hisob-kitob qilishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
102. Yuridik shaxslardan, limitdan ortiqcha suv iste’mol qilingan holatlarda, ISKX tashkiloti tomonidan belgilangan tariflarga nisbatan 10,0 orttiriluvchi koeffitsiyentni qo‘llash yo‘li bilan haq undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
103. Agar iste’molchi va unga ulangan subiste’molchi turli guruh iste’molchilariga mansub bo‘lsa, ISKX tashkiloti bilan shartnomani iste’molchi ham, subiste’molchi ham tuzadi va suvni hisobga olish asbobini o‘rnatish har ikkalasi uchun ham majburiy hisoblanadi.
Iste’molchi (subiste’molchi)ga berilgan ichimlik suv hajmi uchun to‘lovlar ISKX korxonasiga, ularning suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlari bo‘yicha va ular mansub bo‘lgan guruh uchun belgilangan tariflar asosida to‘lanadi.
ISKX tashkiloti bilan shartnoma tuzgan iste’molchi o‘zi mansub guruhdagi subiste’molchilarga ulangan bo‘lsa, subiste’molchilarga yetkazib berilgan suv va chiqarilgan oqova suv xizmatlari uchun to‘lovlar asosiy iste’molchi bilan, u mansub bo‘lgan guruh uchun belgilangan tariflar asosida amalga oshiriladi.
O‘z navbatida, iste’molchi, o‘zi ishlatgan suv uchun ISKX tashkilotiga amaldagi tariflar asosida to‘lovlarni amalga oshirishda subiste’molchilarga yetkazib berilgan suv hajmlarini ham inobatga olgan holda hisob-kitob qiladi.
Iste’molchi o‘ziga tegishli bo‘lgan ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlarining texnik holatini saqlash maqsadida, foydalanish sarf-xarajatlari uchun subiste’molchidan, u bilan alohida tuzilgan shartnoma asosida, iste’molchi oladigan umumiy suv hajmining subiste’molchiga tegishli qismiga proporsional ravishda kompensatsiya olishi mumkin. Bunda subiste’molchi iste’molchidan o‘ziga yuklanayotgan kompensatsiya to‘lovlarining kelib chiqish usul va manbalari to‘g‘risida ma’lumot talab qilish va ularga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega.
104. Iste’molchining ichimlik suv tarmog‘idan suv olib, kanalizatsiya tarmoqlariga oqova suv chiqaruvchi subiste’molchilar ushbu holat yuzasidan iste’molchi bilan shartnoma tuzadilar. Asosiy iste’molchi bilan ISKX tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnoma ilovasida iste’molchining tarmoqlariga ulangan barcha subiste’molchilar, ularning nomlanishi, qaysi idoraga tegishli ekanligi, ular sarf qiladigan va oqizadigan suv hajmiga doir ma’lumotlar, suvni hisobga olish asboblarining bor-yo‘qligi kabi ma’lumotlar qayd etilishi lozim.
Asosiy iste’molchi to‘laydigan summani subiste’molchilar o‘rtasida taqsimlash asosiy iste’molchi tomonidan amalga oshiriladi.
Subiste’molchilar o‘zlari joylashgan hududdagi budjetdan moliyaviy ta’minlanuvchi iste’molchi-tashkilotlar bilan ishlatilgan suv va chiqarilgan oqova suv xizmatlari uchun o‘zaro to‘lovlarni amalga oshirishda ISKX tashkiloti bilan yetkazib berilgan ichimlik suv va chiqarilgan oqova suv uchun shartnoma tuzishni o‘zlari mansub bo‘lgan iste’molchilar guruhi uchun belgilangan tariflar asosida, suvni hisobga olish asboblaridagi ko‘rsatkichlar farqini inobatga olish yo‘li bilan amalga oshiradilar. Agar subiste’molchi budjet tashkiloti bo‘lsa, bu holda ham to‘lovlarning ushbu tartibi saqlanib qoladi.
Iste’molchi bilan subiste’molchi o‘rtasida to‘lov masalalarida paydo bo‘ladigan nizolar ISKX tashkiloti tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.
105. Iste’molchiga yetkazilgan suv va qabul qilingan oqova suvlar uchun hisob-kitoblar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
iste’molchilarning II guruhi (budjet tashkilotlardan tashqari) va III guruhi bilan — avans to‘lovlari tartibida, belgilangan muddatda to‘liq hisob-kitob qilish sharti bilan yoki ISKX tashkiloti tomonidan hisob varaqasi (schyot-faktura)lar taqdim etish orqali;
iste’molchilarning I guruhi bilan — ISKX tashkiloti tomonidan ishlatilgan ichimlik suv va chiqarilgan oqova suvlar uchun to‘lov talabnomalari yoki hisobvaraqalarini taqdim etish yoxud, iste’molchilarning o‘zlari (o‘z-o‘ziga xizmat orqali), oyma-oy hisob to‘lovlarini rasmiylashtirish yo‘li bilan;
Keyingi tahrirga qarang.
ko‘chadagi suv manbalaridan foydalanuvchi fuqarolar bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan muddatlar asosida ISKX tashkiloti tomonidan to‘lov talabnomalarini taqdim etish orqali. Fuqarolar mahalliy manbadan suv iste’mol qilayotgan bo‘lsalar va bu suv tegishli organlar tomonidan ichishga yaroqli deb hisoblangan bo‘lsa, ular ko‘chada suv manbalaridan foydalanganlik uchun to‘lovlardan ozod qilinishi mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
iste’molchilarning II guruhi bilan — suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining hududiy bo‘linmalari orqali o‘zaro hisob-kitob qilishga o‘tkazilgan budjet tashkilotlari tomonidan, ISKX tashkiloti taqdim etadigan schyot-fakturalar bo‘yicha har oyda amalga oshiriladi.
106. Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun tariflar o‘zgarganda, sanasidan qat’i nazar, ushbu xizmatlar yuzasidan iste’molchi bilan tuzilgan shartnoma o‘z kuchini saqlab qoladi va iste’molchi ko‘rsatilgan xizmatlar uchun, yangi tariflar asosida, ular kiritilgan sanadan e’tiboran to‘lovlarni amalga oshirishi shart.
Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun to‘lovlar iste’molchining tanlovi bo‘yicha cheklanmagan ravishda, naqd yoki pul o‘tkazish (to‘lov hujjati yoki to‘lov topshiriqnomasi bo‘yicha) orqali pul mablag‘lari bilan, shuningdek plastik kartochkalardan pochta yoki elektron aloqa tizimlari vositasida pul o‘tkazish yo‘li bilan ham amalga oshiriladi.
107. ISKX tashkilotlarining kassa orqali o‘tkazmasdan, aholidan mustaqil ravishda naqd pul yig‘ishi taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
108. I guruh iste’molchilari, avans tariqasida, kommunal xizmatlar uchun 12 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘lovlarni avvaldan amalga oshirib qo‘ygan bo‘lsalar, ular shu vaqt mobaynida tariflarning o‘zgarishi tufayli to‘lanadigan qo‘shimcha to‘lovlardan ozod etiladilar. Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun to‘lovlar I guruh iste’molchilari tarafidan har oyda, (o‘tgan oy uchun) oyning 10-kunidan boshlab amalga oshirilishi lozim.
II va III guruh iste’molchilari ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun kalendar oy tugagandan keyin 30 kun mobaynida to‘lovlarni to‘liq amalga oshirishlari lozim.
To‘lovning shartnomada belgilangandan kechiktirilgan har bir kuni uchun — yuridik shaxslar 0,4%, jismoniy shaxslar esa 0,1% penya to‘laydilar. Ammo bu ko‘rsatkich jami kechiktirilgan summaning 50 foizidan oshmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
109. II va III guruh iste’molchilari to‘lov hujjatlari bo‘yicha ikki hafta davomida to‘lovlarni amalga oshirmasalar, ISKX tashkiloti qolgan 7 kun davomida qarzdorlik to‘lovlarini amalga oshirish shartligi haqida ularni yozma ogohlantiradi. Ogohlantirish muddati o‘tgach qarz qoplanmasa, ISKX tashkiloti iste’molchining kirish quvurini yopish huquqiga ega. Iste’molchi, avval mavjud bo‘lgan qarzlarini to‘lagandan so‘ng, narxlarni tartibga solish organi va kalkulatsiyaning monopoliyaga qarshi organi tomonidan belgilangan tartibda kirish quvurini o‘chirish va yoqish xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirgach, ichimlik suv berish qayta tiklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
110. Hisob-kitoblarning noto‘g‘ri qilinganligi (tariflarning noto‘g‘ri hisobga olinganligi va shu kabi holatlar) to‘g‘risida yoziladigan e’tiroznoma to‘lov hujjati olingandan keyin 5 kun muddatda ISKX tashkilotiga taqdim etilishi kerak. E’tiroznoma iste’molchini to‘lov hujjatida ko‘rsatilgan summani to‘liq va belgilangan muddatda to‘lashdan ozod qilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
111. E’tiroznoma ISKX tashkiloti tomonidan 10 kun muddatda ko‘rib chiqiladi. Ular asosli deb topilsa, to‘langan ortiqcha summa keyingi to‘lov hujjati hisobiga o‘tkaziladi. Iste’molchi e’tiroznoma ko‘rib chiqilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotdan, aloqa vositalari orqali, e’tiroz ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan muddat tugagandan keyin 3 kun muddatda xabardor qilinishi lozim. Ko‘rsatilgan muddat ichida iste’molchi xabardor qilinmasa, masala iste’molchi foydasiga hal qilingan hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
112. Iste’molchining o‘z-o‘ziga xizmat qilish tartibida to‘lov hujjatlarini yozish va to‘ldirishda yo‘l qo‘ygan xatolari ISKX tashkiloti tomonidan aniqlangan vaqtida hisobga olinadi. Suv sarfi hisobini yuritishda xato aniqlangan taqdirda ISKX tashkiloti qayta hisob-kitobni oxirgi hisob-kitob davri uchun yoki suv hisoblagich ko‘rsatkichlarining oldingi tekshiruv kunidan boshlab, biroq da’vo davri muddati doirasida amalga oshirishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
113. I guruh iste’molchisining ISKX tashkiloti qaroriga rozi bo‘lmasligi uni qo‘shimcha to‘lov hujjati bo‘yicha to‘lovni belgilangan muddatda to‘lash majburiyatidan ozod etmaydi. Qo‘shimcha to‘lov hujjati 10 kun muddatda to‘lanmagan taqdirda ISKX tashkiloti taqdim etilgan summani majburiy tartibda undirish yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritadi.
114. Uyda vaqtincha istiqomat qiluvchi (yollovchi)lar istiqomat qilganda to‘lovlar haqiqatda istiqomat qilayotganlar soniga qarab amalga oshiriladi. I guruh iste’molchisi, o‘zi yashayotgan xonadonda (suvni hisobga olish asbobi o‘rnatilmagan bo‘lsa) turuvchilar soni ko‘payishi(shu jumladan, vaqtinchalik yashayotganlar hisobiga) yoki kamayishi holatlari yuzasidan, o‘zgarishlar sodir bo‘lgan vaqtdan boshlab 5 ish kunidan kechikmay ISKX tashkilotini yozma ravishda ogohlantirishi lozim. Bunda iste’molchi, ISKX tashkiloti, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakillari va uyning asosiy egasi tomonidan — uch tomonlama dalolatnoma tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
115. Obyekt egasi o‘zgarganda iste’molchi chiqib ketishidan 7 kun avval debitorlik qarzlarini uzib, bu haqda ISKX tashkiloti bilan dalolatnoma imzolashi shart. Iste’molchi chiqib ketgach, suvni hisobga olish asbobi va plombalarning butligi uchun javobgarlik obyektning yangi egasi zimmasiga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ko‘p kvartirali turar joy va yakka tartibdagi uy-joy mulkdorlari o‘zgargan taqdirda, I guruh iste’molchilari bu haqda ISKX tashkiloti bilan tuzilgan shartnomada belgilangan muddatda yozma ravishda xabardor qilishi va sarflangan suv va (yoki) oqizilgan oqova suvlar uchun to‘liq hisob-kitob qilishi shart, yangi mulkdor esa mulkdor o‘zgargan kundan boshlab 7 kun muddatda yangi shartnoma tuzishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
II va III guruh iste’molchilari obyektni yangi egasiga topshirganda bu xususda ISKX tashkilotini 7 kun muddatda ogohlantiradi, yangi mulkdor esa obyektdan foydalanishni boshlashdan oldin ichimlik suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish yuzasidan yangi shartnoma imzolaydi. Agar obyekt profili o‘zgaradigan bo‘lsa, yangi mulkdor yangi texnik shartlarni olishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Texnik shartlar va yuqorida ta’kidlangan shartnomaning yo‘qligi kommunal suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish xizmatidan foydalanish o‘zboshimchalik bilan amalga oshirilayotganiga asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
116. Yong‘inni o‘chirish uchun sarflangan suv xarajatlari yong‘inlarning oldini olish tashkiloti tomonidan ISKX tashkilotiga taqdim etilgan hisob-kitoblar asosida iste’molchilar(sanoat korxonalari, qurilish va transport tashkilotlari) tomonidan, belgilangan muddatlarda qoplanadi.
Davlat va shaxsiy uy-joy fondidagi yong‘inlarni o‘chirishga hamda taktik o‘quv mashg‘ulotlariga, o‘t o‘chirish gidrantlari va ichki yong‘inning oldini olish kranlarini tekshirishga sarflangan suv uchun pul to‘lanmaydi. Ushbu maqsadlar uchun sarflangan suv miqdori yuzasidan yong‘in xavfsizligi organlari va ISKX tashkilotlari vakillari ishtirokida dalolatnoma tuzilishi kerak.
117. Agar iste’molchi bilan tuzilgan shartnomada suv bilan ta’minlashning o‘zgacha tartibi nazarda tutilmagan bo‘lsa, suv berish va oqova suvlarni qabul qilish uzluksiz amalga oshiriladi, bundan ushbu Qoidalarning 118 va 128-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar mustasno.
Iste’molchilar (sanoat korxonalari)ga suv berishdagi cheklashlar, shuningdek suv berishni boshqarib turish shartnomada belgilangan tartibda amalga oshiriladi, bundan ushbu Qoidalarning 128-bandida ko‘rsatilgan holatlar mustasno.
118. Texnik imkoniyatga ega bo‘lmagan holatlarda suv ta’minoti joylardagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan belgilangan soat jadvali asosida amalga oshiriladi. Aholini markazlashtirilgan kommunal suv tarmog‘idan ta’minlash imkoniyati bo‘lmagan holatlarda mahalliy davlat hokimiyati organlari lokal suv ta’minoti(alohida turgan quduqlar, kam ishlab chiqarish quvvatiga ega suv tozalash qurilmalari, transport yordamida keltiriladigan ichimlik suv ta’minoti kabilar) manbalaridan foydalangan holda, yetkazib berilayotgan suv sifatini me’yoriy hujjatlarda qayd qilingan darajaga yetkazib ta’minlash yuzasidan qat’iy chora-tadbirlar ko‘rishlari shart.
ichimlik suvni lokal suv ta’minoti tizimlaridan maxsus avtotransport bilan yetkazib berish tartibini, aniq muddatlarini, miqdorini,punktlarini belgilash (tasdiqlash);
har bir punktga maxsus avtotransport yordamida ichimlik suvni yetkazib beruvchi mas’ul tashkilotni belgilash;
narxlarni tartibga solish organlari bilan kelishgan holda lokal suv ta’minoti tizimlaridan va avtotransport vositasida yetkazib berilgan ichimlik suv uchun narxlarni belgilash.
ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlarining texnik holatini muntazam ravishda nazorat qilib borish;
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar (PDS) talabi va ichimlik suvdan maxsus foydalanish ruxsatnomalariga muvofiq oqova suvlarni tozalash ishlarini tashkil qilishni ta’minlash;
iste’molchilarning kommunal suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish tizimlariga ulangan ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari, inshootlari hamda qurilmalarining holatini va ulardan foydalanilishini muntazam ravishda nazorat qilib borish, ulardan samarali foydalanishni tashkillashtirishda iste’molchilarga amaliy yordam ko‘rsatish;
iste’molchilardagi suvning behuda oqib ketishi va oqilona foydalanilmayotganlik holatlarini aniqlash, suv berish va undan foydalanishni qat’iy nazorat qilish va hisobga olish, sanoat korxonalari va ularga tenglashtirilgan korxonalarda suv berish bo‘yicha belgilangan limitlarga rioya qilinayotganini muntazam ravishda nazorat qilish;
suvning texnologik sarflari va yo‘qotilishining yig‘ma jadvalini ishlab chiqish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda tasdiqlash;
suv iste’moli belgilangan me’yor (limit)lardan ortib ketgan holatlarda ISKX tashkilotlariga belgilangan tariflarga nisbatan orttiriluvchi koeffitsiyentni qo‘llash;
iste’molchilarga suvni hisobga olish individual asboblarini o‘rnatish, belgilangan tartib va muddatlarda ularni nazoratdan o‘tkazib turish;
I guruh iste’molchilarida — uch oyda bir marta, iste’molchilarning II va III guruhlarida — ko‘pi bilan bir oyda bir marta ularning ichimlik suv va kanalizatsiya xo‘jaliklarini nazoratdan o‘tkazib turish (suvni hisobga olish individual asboblarining ishlashi va plombalari butligini ko‘zdan kechirish, ko‘rsatkichlarini yozib borish), nazorat yuzasidan tegishli dalolatnomalar tuzish;
Keyingi tahrirga qarang.
yilning har choragida bir marta plombalar butligini ko‘zdan kechirish va ko‘rsatkichlarni yozib borish, tegishli dalolatnomalar tuzish;
Keyingi tahrirga qarang.
kommunal ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlarida, inshootlar va qurilmalarda naryadsiz hamda ISKX tashkilotlarining xizmat guvohnomasisiz biror-bir ish olib borayotgan shaxslar haqida ichki ishlar organlari xodimlariga xabar qilish;
shartnoma shartlariga muvofiq o‘z majburiyatlarini bajara olmagan holatlarda iste’molchiga penya to‘lash;
ichimlik suv tarmoqlarida ta’mirlash ishlari tugallangach, shikast yetkazilgan obodonlashtirish obyektlari va boshqa inshootlarni qayta tiklash;
avariya holatlarini bartaraf etish, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlaridagi avariyali uchastkalarni tiklash yuzasidan shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar ko‘rish;
iste’molchilarning shartnoma shartlariga rioya etishmagani masalasi bo‘yicha sud organlariga murojaat qilish;
ichimlik suv va kanalizatsiya tizimida ro‘y bergan buzilishlar aniqlangan kundan boshlab bir sutka mobaynida ularning sabablari, xizmat ko‘rsatishdagi to‘xtalish muddatlari va cheklanishlar, shuningdek ko‘rsatilayotgan xizmat sifatlarining o‘zgarishi sabablari haqida iste’molchilarga axborot berish;
ichimlik suv va kanalizatsiya xizmatlarini ko‘rsatishda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan rejali to‘xtatish va uzilishlar haqida iste’molchilar uzilishlar boshlangungacha 10 ish kunidan kechikmay ogohlantirish;
ichimlik suvni iste’mol qilishga doir amaldagi va yangi joriy qilingan me’yoriy-huquqiy va boshqa hujjatlar bilan iste’molchilarni aloqa vositalari orqali xabardor qilish;
ichimlik suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari tariflaridagi o‘zgarishlar haqida ular amalda joriy qilinishidan 15 kun avval ommaviy axborot vositalari yoki boshqa aloqa vositalari yordamida iste’molchilarni xabardor qilish;
ichimlik suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari uchun amalga oshirilgan to‘lovlarning holati, qarzlarning yo‘qligi haqidagi ma’lumotlarni iste’molchilarga bepul taqdim etish;
da’vo muddati chegaralari doirasida issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun mavjud qarzlarni undirish yuzasidan barcha choralarni ko‘rish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
iste’molchilarni me’yoriy-huquqiy va boshqa hujjatlarga hamda o‘zaro tuzilgan shartnomaga muvofiq ichimlik suv bilan ta’minlash, oqova suvlarni chiqarish;
iste’molchilarga me’yoriy-huquqiy va boshqa hujjatlar hamda qonunchilik asoslari va shartnomada ko‘rsatilgan talablarga muvofiq sifatli ichimlik suv yetkazib berish;
iste’molchilarga ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimlariga ulanish uchun o‘z vaqtida, qonuniy asoslangan texnik shartlarni taqdim etish;
suvni hisobga olish individual asboblarini o‘z vaqtida davlat nazoratidan o‘tkazish, belgilangan muddatlarda iste’molchilardagi suvni hisobga olish asboblarining yechib olinishi, o‘rnatilishi, ko‘rsatkichlari nazorat qilinishi va tekshiruv o‘tkazilishi haqida ogohlantirish;
iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i, mulkiga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar uchun qonunchilikda ko‘rsatilgan tartibda javob berish;
121. ISKX tashkiloti iste’molchilarni suv bilan ta’minlashda quyidagi sabablarga ko‘ra uzilishlar bo‘lganligi uchun javob bermaydi:
ushbu Qoidalarning 129-bandida sanab o‘tilgan sabablarga ko‘ra suv berish to‘liq yoki qisman to‘xtaganda;
ISKX tashkiloti, agar suv ta’minoti bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining yengib bo‘lmaydigan kuch yoki suv ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma shartlari iste’molchi tomonidan buzilganligi tufayli sodir bo‘lganini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda isbotlasa, u sifat buzilganligi uchun javobgarlikdan ozod etiladi.
122. Tozalash inshootlari, nasos stansiyalari quvvatining yoki kommunal suv quvurlarining suv o‘tkazish quvvatining yetarli emasligi tufayli suv ta’minotida muntazam ravishda uzilishlar bo‘lgan taqdirda ISKX tashkiloti, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda, iste’molchilarni ularga suv berilishi rejalari haqida xabardor qilib, alohida tumanlarga suv berilishi yuzasidan javob beradi. Shu bilan birga, ISKX tashkiloti iste’molchilarni suv bilan normal ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan sabablarni bartaraf etishga doir barcha zarur tadbirlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi, shuningdek I guruh iste’molchilarida suvni hisobga olish asboblari mavjud bo‘lmaganda — suvni berish soatlariga mutanosib ravishda qayta hisob-kitob qilinishi yuzasidan javob beradi.
o‘zlarining hududida va tasarrufida bo‘lgan kommunal ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda qurilmalarining zarur darajada qo‘riqlanishini ta’minlash, ularning buzilishi, suv bosishi va muzlab qolishiga yo‘l qo‘ymaslik, quduqlarning qopqog‘ini muz va qordan tozalash, ISKX tashkiloti tomonidan o‘rnatilgan plombalarning saqlanishini nazorat qilish, yer usti suv oqimlarining quduqlar yonidan oqizib yuborilishini ta’minlash, yong‘in gidrantlariga kirib borish yo‘laklarini tirband qilmaslik, yong‘in gidrantlari ko‘rsatkichlarining ishga yaroqliligini kuzatib borish;
Keyingi tahrirga qarang.
turli predmet va materiallarning uyum bo‘lib saqlanishiga, shuningdek iste’molchining hududida yoki tasarrufida bo‘lgan ichimlik suv, kanalizatsiya tarmoqlari va qurilmalari ustida hamda ichimlik suv va kanalizatsiya tashqi joylashuvda bo‘lgan (ko‘chada va kvartal ichida) yerlarda biror-bir inshootlarni qurishga yo‘l qo‘ymaslik. Amaldagi tarmoqlarda o‘zboshimchalik bilan qurilgan inshootlarda avariya sodir bo‘lgan taqdirda yetkazilgan zarar uchun javobgarlik qoidani buzganning zimmasiga yuklanadi;
tranzit kommunal ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari, inshootlar va qurilmalardagi o‘zlari aniqlashgan nosozliklar yoki shikastlanishlar haqida ISKX tashkilotiga zudlik bilan xabar berish;
suvni hisobga olish asboblarida yaqqol ko‘rinib turgan nosozliklar aniqlanganda aloqa vositalari orqali ISKX tashkilotiga xabar berish;
Keyingi tahrirga qarang.
asfaltlash bo‘yicha ta’mirlash ishlari olib borilganda ichimlik suv-kanalizatsiya quduqlari, kameralarning saqlanishi va ularning oldiga erkin kirilishini ta’minlash maqsadida ta’mirlash-qurilish tashkilotlari ISKX tashkilotidan olingan lyuk xo‘jaligining yangi yo‘l o‘tuvchi qismigacha ko‘tarilishni tasdiqlaydigan ma’lumotnomani majburiy tarzda taqdim etish;
ISKX tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma doirasidagi majburiyatlarini bajarish, joriy oyning 23-25-sanasida suvni hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida qayd qilib borish, joriy oyning so‘nggi sanasigacha ISKX tashkilotiga ko‘rsatkich — ma’lumotlarni aloqa vositalari yordamida taqdim etish va to‘lovlarni amalga oshirish;
suv sarfi va oqova suvlar oqizilishining shartnomada belgilangan hajmlardan oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
subiste’molchilardagi suv sarfini nazorat qilish va barcha turdagi suvni yo‘qotishlar bo‘yicha choralar ko‘rish;
iste’molchiga qarashli va u xizmat ko‘rsatishi lozim bo‘lgan ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari, inshootlar va qurilmalardan texnik jihatdan samarali foydalanishni ta’minlash;
ishlab chiqarish oqova suvlaridagi ifloslanish konsentratsiyasini normativdagi me’yorlargacha yetkazgan holda oldindan tozalanishini ta’minlash;
iste’molchi hududida joylashgan suv o‘lchash uzeli, kommunal ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlarida olib boriladigan barcha turdagi ishlarni bajarishga begona shaxslarni kiritmaslik;
kommunal drenaj tizimi mavjud bo‘lgan holatlarda iste’molchi hududida joylashgan kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga yomg‘ir va erigan qor suvlarining ruxsat etilmagan holda oqizilishiga yo‘l qo‘ymaslik. Mazkur huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda ISKX tashkiloti vakili, belgilangan tartibda, iste’molchiga nisbatan javobgarlik choralarini belgilash uchun asos bo‘ladigan dalolatnomani tuzadi;
Keyingi tahrirga qarang.
kommunal ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlarida, inshootlar va qurilmalarda naryadsiz hamda ISKX tashkilotlarining xizmat guvohnomasisiz biror-bir ish olib borayotgan shaxslar to‘g‘risida ichki ishlar organlariga xabar berish.
Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi inshootlarini shikastlagan korxona va tashkilotlar bu haqda zudlik bilan ISKX tashkilotini xabardor qilishi, ISKX tashkilotining texnik nazorati ostida shikastlanishlarni o‘z kuchlari bilan bartaraf etishi, mazkur shikastlanishlar oqibatida yuzaga kelgan zararlarni qoplashi va buzilishlar oqibatida yo‘qotilgan suv qiymatini ISKX tashkilotiga to‘lashi shart.
Shaharlar va boshqa aholi punktlaridagi kommunal kanalizatsiya tizimiga jala suvlari ruxsat etilmagan holda oqizilgan taqdirda iste’molchiga nisbatan ishlab chiqarish oqova suvlarini oqizganligi uchun amaldagi tariflarga nisbatan qo‘shimcha uch barobarlik koeffitsiyent tatbiq etiladi. Hisob-kitob tashkilotning maydoni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-fevraldagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarish oqova suvlarini qabul qilish qoidalari hamda ifloslantiruvchi moddalarning O‘zbekiston Respublikasi shaharlari va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga normativdan ortiqcha oqizilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini hisoblash tartibiga muvofiq kadastr va meteorologik ma’lumotlarga binoan amalga oshiriladi.
kanalizatsiya tarmog‘ida avariya bo‘lgan taqdirda yerto‘la xonalarini suv bosishidan saqlaydigan barcha o‘chiruvchi qurilmalarning butligi, saqlanganligi, ishga yaroqliligi va normal texnik holatdaligi uchun;
iste’molchiga qarashli sanitariya asboblari, kanalizatsiya tarmoqlari, inshoot va qurilmalarda tambaning yo‘qligi, reviziyalarning zich yopilmasligi, nosoz texnik holati tufayli iste’molchining kanalizatsiya tarmoqlarida yoki ISKX tashkilotida, ichimlik suv va kanalizatsiyaning tashqi tarmoqlarida avariya (tiqilib qolish, suv bosish) sodir bo‘lishi sababli yerto‘la xonalarini suv bosishi oqibatida yetkazilgan zarar uchun;
ISKX tashkiloti bilan hisob-kitob qilish uchun foydalaniladigan suvni hisobga olish asbobi, aylanma liniya zulfini, yong‘in zulfinlari, gidrantlar va uning hududida yoki tasarrufida bo‘lgan hamda ISKX tashkiloti tomonidan plombalangan boshqa ichimlik suv qurilmalaridagi plombalarning butligi va saqlanishi uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
ISKX tashkilotiga ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari, inshootlari va qurilmalarining shikastlanishi tufayli yetkazilgan zarar uchun qonunchilikda belgilangan tartibda.
Suvni hisobga olish asbobi va stvol zulfinidagi plombaning saqlanmaganligi va but emasligi aniqlangan taqdirda, so‘nggi dalolatnoma tuzilgan sanadan e’tiboran to‘lovlar ushbu Qoidalar 87-moddasining “b” bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
Plombalangan yong‘in zulfinlari va gidrantlaridagi plombalarni uzishga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yiladi:
ISKX tashkiloti bilan kelishilgandan so‘ng suv ta’minotining yong‘inga qarshi tizimi faoliyati tekshirilganda va yong‘in nasoslari sinovdan o‘tkazilganda;
ISKX tashkilotini xabardor qilmagan holda yong‘in o‘chirilganda va yong‘in xavfsizligi organlari tomonidan yong‘inga qarshi suv ta’minoti tizimining sinovlari o‘tkazilganda.
Suv ta’minotining yong‘inga qarshi tizimidan foydalanish to‘xtatilganda iste’molchi 24 soat mobaynida ISKX tashkilotiga plomba uzilgani to‘g‘risida dalolatnoma taqdim etishi va zulfinlarni plombalash uchun ISKX tashkiloti vakilini chaqirishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
125. Suv quvuriga o‘zboshimchalik bilan ulangan, sovuq suvni hisobga olish asboblarining buzilishiga ataylab yo‘l qo‘ygan, shuningdek ko‘rsatkichlarni o‘zgartirish maqsadida hisobga olish asboblariga tashqaridan aralashgan iste’molchilar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
ichimlik suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari uchun har oyda to‘lovlarni amalga oshirish;
127. ISKX tashkiloti, iste’molchini 7 kun avval yozma ravishda ogohlantirgan holda, quyidagi holatlarda suvni uzatish va oqova suvlarni qabul qilishni to‘liq va qisman to‘xtatishi mumkin:
iste’molchiga tegishli va uning tasarrufida bo‘lgan ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari, qurilma va inshootlarning texnik holati qoniqarsiz bo‘lganda va ISKX tashkiloti vakillari tomonidan aniqlangan texnik foydalanishdagi xatoliklarni bartaraf etish bo‘yicha ISKX tashkiloti talablari iste’molchi tomonidan bajarilmaganda (iste’molchilarning II va III guruhi uchun);
ISKX tashkiloti mansabdor shaxsi iste’molchining suvni hisobga olish uzeli, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari, qurilmalari va inshootlarini nazorat qilish hamda suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlarini qayd etish, plombalarni o‘rnatish maqsadida ko‘zdan kechirish, belgilangan limitdan ko‘p sarf qilinganda suv berishni muvofiqlashtirish va ISKX tashkiloti naryadlari bo‘yicha boshqa ishlarni bajarish uchun kelganda iste’molchi tomonidan asossiz ravishda kiritilmaganda;
ISKX tashkiloti tomonidan iste’molchi ulangan ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari va qurilmalarida rejali-ogohlantirish tarzida ta’mirlash hamda xizmat ko‘rsatish ishlari o‘tkazilganda, shuningdek yangi abonentlarni ulash ishlari amalga oshirilganda;
iste’molchi tasarrufida bo‘lgan suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlari yoki tarmoqlariga subabonentlarning o‘zboshimchalik bilan ulangani aniqlanganda;
iste’molchi tomonidan suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish xizmatlari uchun belgilangan muddatlarda haq to‘lanmaganda;
iste’molchining tasarrufida bo‘lgan ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlariga, qurilmalariga ISKX tashkilotidan ulanish uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma olgan subabonentlarning tegishli tartibda ulanishi rad etilganda (iste’molchilarning II va III guruhi uchun);
iste’molchi tomonidan shartnoma shartlari bajarilmaganda va u oqizilayotgan oqova suvlar miqdori va tarkibi bo‘yicha shartlarga rioya qilmaganda.
128. ISKX tashkiloti quyidagi holatlarda oldindan xabar qilmasdan suv uzatishni to‘liq yoki qisman to‘xtatishga haqli:
129. Sodir bo‘lishi sabablaridan qat’i nazar, aholi yashash punktlariga yoki ularning alohida hududlariga suv uzatilishi to‘liq to‘xtatilgan taqdirda, ISKX tashkiloti mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida aholini vaqtinchalik suv bilan ta’minlash masalasini suv uzatish qaytadan tiklangungacha hal etadi.
ISKX tashkilotidan, uning bilan tuzilgan shartnoma asosida, ichimlik suv va oqova suvni chiqarish xizmatlarining uzluksiz amalga oshirilishini, o‘z hayoti va sog‘lig‘iga, mulkiga xavf tug‘dirmaydigan darajadagi sifat va miqdorda ichimlik suv berilishini talab qilish;
ISKX tashkilotidan suvni hisobga olish asboblarini o‘rnatish, ularni belgilangan tartibda va muddatlarda nazoratdan o‘tkazishni talab qilish;
tegishli sifat darajasidagi ichimlik suv va oqova suv tarmoqlariga xizmat ko‘rsatish talablarini bajarmaganligi uchun ISKX tashkilotidan qonunchilikda va shartnoma shartlarida ko‘rsatilgan miqdorda jarima (penya)lar to‘lashni talab qilish;
ISKX tashkilotini shartnomani bekor qilish to‘g‘risida, uning bekor qilinishidan kamida 15 kun oldin ogohlantirgan holda va ushbu muddatda suv ta’minoti yoki oqova suvni chiqarish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘liq amalga oshirgan holda shartnomani bir tomonlama bekor qilish;
ichimlik suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari uchun amalga oshirilgan to‘lovlarning holati, qarzlarning yo‘qligi haqidagi ma’lumotlar va ma’lumotnomani shaxsan yoki o‘z vakili orqali bepul olish;
ISKX tashkilotidan ichimlik suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari hajmi va sifati, ularni amalga oshirish shartlari, to‘lovlar tarifi va tartiblarining o‘zgarishi haqidagi ma’lumotlarni bepul olish;
ichimlik suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilmayotganligi yoki ularning past sifatda ekanligi to‘g‘risidagi dalolatnoma taqdim etilgandan keyin 18 soat mobaynida ISKX tashkilotidan nosozlik va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish;
“Davsanepidnazorat” organlari tomonidan tasdiqlangan amaldagi standartlarga javob beradigan sifatli ichimlik suv bilan ta’minlanmaganlik (sifatsiz ichimlik suv mavjudligi aniqlangan davrdan u tegishli darajaga olib kelingan vaqt) uchun qayta hisob-kitob amalga oshirilishini talab qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
131. Tomonlar o‘rtasida paydo bo‘ladigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi. Tomonlarning muzokaralar yo‘li bilan hal etilmagan barcha nizolari va kelishmovchiliklari qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
132. Ushbu Qoidalarning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
1. Mazkur Qoidalar qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Iste’molchi — Ijrochi bilan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib ketish xizmatlari bo‘yicha belgilangan tartibda shartnoma tuzgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ijrochi — tuzilgan shartnoma asosida Iste’molchilarga qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
qattiq maishiy chiqindilar — jismoniy shaxslarning hayoti va faoliyati, shuningdek yuridik shaxslarning faoliyati (oziq-ovqat, shishalar, rezinalar, qog‘ozlar, to‘qimachilik mahsulotlari, o‘rash-joylash materiallari, o‘zining foydalanish xususiyatlarini yo‘qotgan uy-ro‘zg‘or asboblari, supurindi chiqindilarining, qattiq yoqilg‘ida ishlovchi maishiy pechkalar va isitish bug‘qozonlaridan foydalanish natijasida vujudga keladigan chiqindilar) natijasida hosil bo‘luvchi chiqindilar;
suyuq maishiy chiqindilar — jismoniy shaxslarning hayoti va faoliyati, shuningdek yuridik shaxslarning faoliyati (oqova suvlar, chiqindi to‘kiladigan o‘ralar va septiklarda yig‘ilib qolgan turli hil suyuq chiqindilar, ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan yuvindi chiqindilari, markazlashmagan kanalizatsiyaning najas chiqindilari) natijasida hosil bo‘luvchi chiqindilar;
qurilish chiqindilari — qurilish, tiklash, ta’mirlash va turar joy uylarini, ma’muriy binolarni, ko‘p qavatli uyning xonadonlarini buzish ishlari chog‘ida vujudga keladigan chiqindilar;
obodonlashtirish obyektlari — ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, markaziy maydonlar, yo‘lkalar, ko‘priklar, yer osti yo‘llari, yo‘lovchilar yer osti o‘tish yo‘llari, ko‘chalar, aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va ularning dam olishlari uchun foydalaniladigan obyektlar (madaniyat va istirohat bog‘lari, bog‘lar, xiyobonlar, skverlar), sement sug‘orish ariqlari tarmoqlari;
smyot — yo‘l qoplamalarining yemirilish va yedirilish mahsuli, chang,tuproq, tashlab yuborilgan narsalar, to‘kilgan xazonlar, axlatdonlar ichidagi chiqindilar, suv oqib tushadigan quduqlardagi cho‘kindilar;
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmati — sanitariya va ekologiya talablariga muvofiq qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, saqlash, transport vositasida tashish, joylashtirish, foydalanish, zararsizlantirish, zararli mikroblardan tozalash, ularni poligonlarda ko‘mib tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish, transport vositasida tashish va ko‘mib tashlashni o‘z ichiga oladigan sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha xizmatlar majmui;
chiqindilarni utilizatsiya qilish — chiqindilardan zaruriy komponentlar ishlab chiqarish yoki chiqindilardan ikkilamchi xomashyolar, yoqilg‘i, o‘g‘it sifatida yoki boshqa maqsadlarda foydalanish;
chiqindilarni qayta ishlash — ekologik xavfsiz saqlashga, transport vositasida tashishga yoki ulardan foydalanishga tayyorlash maqsadida chiqindilarning tabiiy, kimyoviy yoki biologik xususiyatlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq texnologik operatsiyalarni amalga oshirish;
xavfli chiqindilar — tarkibida ushbu xavfli xususiyatlardan faqat bittasi bo‘lgan (toksinlilik, yuqumlilik, portlash xavfi bo‘lgan, yonish xavfi bo‘lgan, yuqori reaksionlik xossasiga ega bo‘lgan, radioaktivlik) va nafaqat mustaqil ravishda, balki boshqa moddalar bilan biriktirilganda ham fuqarolar hayoti va salomatligi uchun bevosita yoki yashirin xavfni o‘zida namoyon qiladigan chiqindilar;
“signal” usuli — xususiy sektordagi shoxobchani chiqindi yig‘uvchi avtomashinada aylanib chiqib, signal berish yo‘li bilan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash.
3. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida amal qiladi, barcha ixtisoslashtirilgan sanitariya-tozalash tashkilotlari uchun, ularning mulkiy shaklidan, idoraviy mansubligidan va iste’molchilaridan qat’i nazar, majburiydir.
4. Mazkur Qoidalar radioaktiv chiqindilar, biologik chiqindilar, davolash-profilaktika muassasalari chiqindilari, zararli moddalarni atrof muhit (atmosfera)ga chiqarib tashlash va zararli moddalarni suv obyektlariga oqizib yuborish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar sohasidagi qonun bilan tartibga keltirilgan munosabatlarga tatbiq etilmaydi.
tuman markazlarida, shahar tipidagi qishloqlarda va qishloq aholi punktlarida — tuman obodonlashtirish boshqarmalari yoki ixtisoslashtirilgan sanitariya-tozalash tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
6. Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifati mazkur Qoidalarning, sanitariya, ekologik va qonunchilikda belgilangan boshqa majburiy talablarga, shuningdek qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risidagi shartnoma talablariga javob berishi lozim.
7. Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish mazkur Qoidalarga va shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Zarur bo‘lgan hollarda, shahar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari obodonlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanishda vujudga kelgan chiqindi va smyotlarni olib chiqib ketish uchun ixtisoslashtirilgan sanitariya-tozalash tashkilotlari bilan alohida shartnomalar tuzishlari mumkin.
8. Ko‘chmas mulkdan foydalanilganda qattiq maishiy chiqindilar paydo bo‘lishiga olib keluvchi va ushbu ko‘chmas mulk ixtisoslashtirilgan sanitariya-tozalash tashkilotlarining xizmat ko‘rsatish doirasida joylashgan bo‘lsa, ushbu mulk egasi (yuridik va jismoniy shaxslar) ular bilan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatilishi yuzasidan shartnoma tuzishlari shart.
Ko‘chmas mulk egasi (yuridik va jismoniy shaxslar)ning qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish uchun mo‘ljallangan maxsus avtotransport vositasi bo‘lsa, mulkdor qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish va ularni ixtisoslashtirilgan poligonlarda ko‘mib tashlash uchun shartnoma tuzadi.
9. Olib chiqib ketilayotgan qattiq maishiy chiqindilar hajmi qattiq va maishiy chiqindilar vujudga kelishining tasdiqlangan me’yorlari (keyingi o‘rinlarda to‘planish me’yorlari deb ataladi) bo‘yicha aniqlanadi.
Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarning to‘planish me’yorlari Ijrochi buyurtmasi bo‘yicha, shartnoma asosida “O‘zkommunxizmat” agentligida ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb etib, xronometraj o‘rganishlarini o‘tkazgan holda, ixtisoslashtirilgan sanitariya-tozalash tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi, chiqindilar bilan ishlash sohasidagi maxsus davlat organlari bilan kelishiladi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
To‘planish me’yori o‘zgaruvchan kattalik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlarga, xizmat ko‘rsatilayotgan obyektlar demografik xususiyatlarining hamda obodlik darajasi o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarda vaqti- vaqti bilan, kamida besh yilda bir marotaba qayta ko‘rib chiqilishi kerak.
10. Ko‘p kvartirali va xususiy turar joy uylari bo‘yicha qattiq maishiy chiqindilarning to‘planish me’yori — uyning obodlik darajasiga (issiqlik, gaz ta’minoti, issiq va sovuq suv ta’minoti, kanalizatsiya mavjudligiga) qarab bir kecha-kunduzda bir kishi hisobiga belgilanadi.
11. Suyuq chiqindilar miqdori kanalizatsiya tizimi mavjud bo‘lmagan uylarda to‘planish me’yoridan va istiqomat qiluvchilar sonidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Suyuq chiqindilarning to‘planish me’yori chiqindi tashlanadigan o‘raning o‘tkazuvchanlik darajasiga, tuproqning filtrlash koeffitsiyenti, sizot suvlarning sathi va har bir jismoniy shaxs tomonidan ishlatilgan suvga bog‘liq holda belgilanadi.
12. Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning davriyligi aholi yashash punktlari, shaharning sanitariya holati ta’minlanishini va kasallik paydo qiluvchi bakteriyalar rivojlanishining oldini olish sharoitlarini hisobga olgan holda, joylardagi iqlim sharoitlardan kelib chiqib, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi, bunda sanitariya me’yorlari va qoidalariga muvofiq maishiy chiqindilarni saqlashning oxirgi muddati o‘tib ketmasligi lozim. Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning minimal davriyligi: chiqindi yig‘ish punktlaridan — har kuni, xususiy sektordan “signal” usulida — uch kunda bir marotaba.
13. Ijrochining ish jadvali (kuni, vaqti) Iste’molchi bilan tuzilgan shartnoma shartlariga, umumiy foydalanish obyektlarida esa — mahalliy davlat hokimiyati organlari qaroriga muvofiq belgilanadi, bunda sanitariya me’yorlari va qoidalariga muvofiq maishiy chiqindilarni saqlashning oxirgi muddati o‘tib ketmasligi lozim.
14. Buyurtmanoma, alohida to‘lov bo‘yicha qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatayotgan Ijrochi:
yirik va gabaritli chiqindilar (mebel, sovutgichlar, velosipedlar, gaz plitalari, bolalar aravalari)ni;
agrotexnika ishlari natijasida paydo bo‘ladigan chiqindilar (novdalar, daraxt tanalari, to‘nkalar va shox-butoqlar)ni olib chiqib ketishni amalga oshirishi mumkin.
15. 14-bandda ko‘rsatib o‘tilgan chiqindilar xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, professional boshqaruv tashkilotlari tomonidan tayinlangan, vaqtinchalik maxsus ajratilgan joylarga yig‘ib turilishi kerak.
16. Kuzgi yalpi xazonrezgi mavsumida daraxtlardan to‘kilgan barglarni yoqish qat’iyan taqiqlanadi, ular maxsus ajratilgan joylardan ko‘chadagi, uylar oldidagi smyotlar bilan birga olib chiqib ketiladi.
17. Ijrochi maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzishi va Iste’molchiga tegishli xizmatlar ko‘rsatishi shart.
18. Ijrochi tushunarli tarzda, shuningdek Internet tarmog‘i (kommunal tarmoq uchun ixtisoslashtirilgan saytlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari saytlari) orqali Iste’molchini mazkur Qoidalar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ular uchun belgilangan tariflar, to‘lash shartlari, xizmatlar ko‘rsatish rejimi to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlashi shart.
Iste’molchi uchun foydali bo‘lgan axborot Ijrochi, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, professional boshqaruv tashkilotlari tomonidan stendda, e’lonlar peshlavhasida qulay tarzda joylashtirilishi, unda quyidagilar mavjud bo‘lishi kerak:
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma namunasi;
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning eng so‘nggi muddati to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
19. Chiqindilarni ko‘mish uchun joylar (xavfli chiqindilar bundan mustasno) mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanib, tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari asosida ajratiladi.
20. Ijrochi chiqindilarni saqlashni sanitariya me’yorlari va qoidalariga, ekologik xavfsizlik talablariga muvofiq, chiqindilardan oqilona foydalanishni ta’minlovchi usullarda yoki ularni boshqa shaxslarga topshirishni amalga oshiradi.
21. Ijrochi tomonidan chiqindilarni aholi yashash joylarida, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va tarixiy-madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan yerlarda, suvni himoya qilish zonalari va suv obyektlarining sanitariya-qo‘riqlash zonalari chegaralarida, shuningdek fuqarolar hayoti va salomatligi uchun xavf vujudga kelishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda hamda tabiati maxsus qo‘riqlanadigan hududlarda va obyektlarda saqlash va ko‘mish taqiqlanadi.
egasi o‘zlari bo‘lgan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish texnologiyalarini ishlab chiqish va tatbiq etish choralarini ko‘rish;
ishlab chiqarish texnologiyasida ko‘zda tutilgan holatlardan tashqari, 24-bandda ko‘rsatilgan chiqindilarning aralashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
ruxsat etilmagan joylarda yoki obyektlarda chiqindilarning saqlanishiga, ularni qayta ishlashga, utilizatsiya qilishga va ko‘mib tashlashga yo‘l qo‘ymaslik;
chiqindilar joylashtiriladigan xususiy obyektlarning sanitariya va ekologiya holatlari ustidan nazoratni amalga oshirish;
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni ishlatishda buzilgan yer uchastkalarini qayta tiklash ishlarini amalga oshirish;
chiqindilarni maksimal utilizatsiya qilish uchun kompleks choralarni amalga oshirish, chiqindilarni sotish yoki ularni to‘plash, saqlash va utilizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga topshirish, shuningdek utilizatsiya uchun mos kelmaydigan chiqindilarning ekologik jihatdan xavfsiz tarzda ko‘mib tashlanishini ta’minlash.
Sanoat korxonalari (mamlakatning o‘z ishlab chiqaruvchilari) mahsulotni qabul qilib olishning maxsus mexanizmini ishlab chiqqan holda, o‘zlari ishlab chiqargan, ma’naviy eskirgan va ishdan chiqqan mahsulotlarni ishlab chiqarish hisobidan utilizatsiya qilish uchun Iste’molchilardan qabul qilib olishlari shart.
23. Ijrochi qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni maksimal utilizatsiya qilish uchun sotish yoki ularni to‘plash, saqlash va utilizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga topshirish kompleks choralarini amalga oshirish huquqiga ega.
24. Iste’molchilar qattiq maishiy chiqindilarni bir marotaba ishlatiladigan paketlarga alohida-alohida joylab dastlabki saralashni va ularni quyidagi turlarga ajratishni amalga oshirishlari shart:
2) metall chiqindilari (metalldan ishlangan turli maishiy mahsulotlar va idish-tovoq chiqindilari, taralar, jumladan konserva bankalari);
qora metall chiqindilari (panjaralar, sim to‘siqlar, quvur qiyqindilari, armatura, maishiy jihozlar va xo‘jalik anjomlari);
rangli metall chiqindilari (alyuminiy simlar, mis simlar, alyuminiydan ishlangan idishlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari);
shisha (shishadan tayyorlangan turli maishiy mahsulotlar va idishlar chiqindilari, taralar, butilkalar);
3) qog‘oz chiqindilari (qog‘oz, karton va qog‘oz mahsulotiga tenglashtirilgan boshqa mahsulotlar chiqindilari), ip-gazlamalarning qiyqimlari va bo‘laklari, eski uvada lattalar;
4) qayta ishlashga va utilizatsiya uchun yaramaydigan biologik va boshqa chiqindilar (kundalik ishlatiladigan oziq-ovqat mahsulotlari chiqindilari, jumladan turli xil ozuqa, yangi meva, poliz va sabzavot mahsulotlarining po‘stloqlari).
Axlat to‘plash shoxobchalari qattiq maishiy chiqindilarni alohida-alohida to‘plash uchun ajralib turuvchi rang va belgili maxsus konteynerlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak (yuqorida ko‘rsatilgan turlarga muvofiq yozuvlari bilan ).
Konteynerlarda mexanik pishiqligini ta’minlovchi usulda chiqindilarning turi, konteynerning inventar raqami, konteynyer egasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd etiladi.
Konteynerlarning xizmat ko‘rsatish (foydalanish) muddatini ularni tayyorlovchi zavod belgilaydi. Qattiq maishiy chiqindilarning morfologik tarkibiga va konteynerlarning haqiqiy texnik holatiga (mexanik va boshqa shikastlarga) qarab ular sanitariya talablariga javob beruvchi, buzilmaganlariga almashtirilishi lozim.
Axlat to‘plash shoxobchalarida (axlat to‘plash shoxobchasining raqami) axlat to‘plash shoxobchasidan foydalanuvchi tashkilotning nomi, chiqindilarni olib chiqib ketish jadvali kabi axborotlar mavjud bo‘ladi.
25. Tarkibida simob bo‘lgan lampalardan yoritish uchun foydalanuvchi Iste’molchilar tarkibida simob bo‘lgan lampalarning ishlatib bo‘lingan resurslarini maxsus ajratilgan joyda to‘plashni amalga oshiradilar.
Tarkibida simob bo‘lgan lampalarni to‘plash, lampalarga shikast yetkazilishiga imkon bermaydigan va undagi simobli moddalarni havo muhitiga, suv ta’minoti manbalariga, tuproq va oziq-ovqat mahsulotlariga tegib ketishidan saqlovchi maxsus taralarda amalga oshiriladi, so‘ngra Ijrochining maishiy chiqindilar qabul qilish shoxobchasida buning uchun maxsus o‘rnatilgan konteynerlarga joylashtiriladi. Ijrochi tomonidan maishiy chiqindilarni “signal” usulida olib chiqib ketish, tarkibida simob bo‘lgan lampalarni to‘plash ularni avtotransportga alohida va xavfsiz joylashtirishni ta’minlagan holda bajariladi.
Axlat to‘plash shoxobchalarida to‘plangan, tarkibida simob bo‘lgan lampalarning ishlatib bo‘lingan resurslarini transport vositasida tashish utilizatsiya qilishdan oldin Ijrochi va utilizatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
26. Chiqindilarni axlat to‘plash shoxobchalariga joylashtirish uchun ko‘p kvartirali uylardagi Iste’molchilar qattiq maishiy chiqindilarni turlari bo‘yicha paketlarga joylab, tegishli konteynerlarga tashlaydilar. Xususiy uylarda yashovchi Iste’molchilar esa — saralangan qattiq maishiy chiqindilarni o‘z uylarida saqlab, Ijrochining jadval bo‘yicha “signal” usulida kelgan maxsus avtotransport vositasiga joylashtiradilar.
Iste’molchilar tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni ko‘chalarga, suv yo‘llariga, ariq va qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va ko‘mib tashlash uchun ajratilmagan joylarga, shuningdek harakatdagi avtotrasport vositasidan yo‘laklar va ko‘chalarning transport yuradigan qismiga tashlash taqiqlanadi.
27. Axlat to‘plash shoxobchalarining sanitariya holati va saqlanishi bo‘yicha javobgarlik Ijrochi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati va professional boshqaruv tashkiloti zimmasida bo‘ladi.
28. Ijrochi mazkur Qoidalarning 24-bandida ko‘rsatib o‘tilgan saralangan qattiq maishiy chiqindilarning maxsus avtotransportga alohida-alohida joylashtirilgan holda olib ketilishini, shuningdek ikkilamchi xomashyolarni qabul qiluvchi ixtisoslashtirilgan korxonaga belgilangan tartibda saralangan qattiq maishiy chiqindilarning topshirilishini ta’minlashi lozim.
29. Ko‘p kvartirali uyning xonalarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plashni va saqlashni tashkillashtirish taqiqlanadi.
Ko‘p kvartirali uyning xonalarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va saqlash tashkillashtirilgan holatlar aniqlanganda, qoidalar buzilganligi to‘g‘risida dalolatnoma tuzilib, aybdor shaxslar aniqlanishi, so‘ngra qonunchilikda belgilangan tartibda ushbu fuqarolarga jarima solish uchun xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati va professional boshqaruv tashkiloti ikki soat muddatda uchastka militsiya nozirini bu haqda ogohlantirishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Ijrochilar hududlarga maxsus avtotransport vositalarini biriktirib, aholi yashash joylaridagi hududlarning navbati bilan qamrab olinishini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan kundalik jadvalga binoan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan kelishgan holda, chiqindilarni olib ketish muddatlarini belgilaydilar.
31. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvalining bajarilishini, maxsus avtotransport vositasining muayyan hududga o‘z vaqtida yetib borishini va qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish hisobini olib boradilar hamda jamoatchilik nazoratini o‘rnatadilar.
32. Ijrochi tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvali bajarilmagan hollarda, Iste’molchi Ijrochining dispetcherlik xizmatiga buyurtmanoma berishga haqlidir, u esa o‘z navbatida, operativ tartibda qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish choralarini ko‘rishi lozim.
33. Qattiq maishiy chiqindilar bilan ishlash sohasidagi boshqaruv bo‘yicha munosabatlar “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun talablarini ta’minlash maqsadida mahalliy davlat hokimiyati organlarining, Ijrochilarning, Iste’molchilarning va chiqindilarni to‘plash va olib ketishda ishtirok etuvchi shaxslarning birgalikdagi harakatlarini belgilaydi.
chiqindilarni to‘plash va utilizatsiya qilish bo‘yicha turli mulkchilik shakllaridagi korxonalarning tashkil etilishiga ko‘maklashadilar;
chiqindi to‘plash shoxobchalarini tashkil etish joylarini belgilaydilar, davlatning budjet mablag‘lari va boshqa manbalar hisobidan chiqindi to‘plash shoxobchalarini qurishni amalga oshiradilar, chiqindilarni to‘plash va utilizatsiya qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun ularni xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga berish shartlarini aniqlaydilar yoki boshqaruvchi tashkilotlarga ijaraga topshiradilar;
xronometraj tekshiruvlari asosida ixtisoslashtirilgan sanitariya-tozalash tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladigan qattiq maishiy chiqindilarning yig‘ilish me’yorlarini tasdiqlaydilar;
shahar, tuman markazlari, shahar posyolkalari, qishloq aholi punktlari hududlarini qattiq maishiy chiqindilardan sanitariya-tozalash sxemasining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil qiladilar;
shahar, tuman markazlari, shahar posyolkalari, qishloq aholi punktlari hududlarida Iste’molchilarda chiqindilarning paydo bo‘lishi va tashilishi hisobga olinishini tashkil qiladilar;
tegishli hududlarda chiqindilar bilan ishlovchi obyektlar va subyektlarni joylashtirish masalalarini hal qiladilar;
qonunchilik va mazkur Qoidalarga binoan, chiqindilar bilan ishlash sohasidagi faoliyatni tashkil etish maqsadida Iste’molchilar, Ijrochilar bilan o‘zaro hamkorlik qiladilar;
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqib ketish va utilizatsiya qilishni tashkil etishga doir kompleks maqsadli dasturlarni ishlab chiqadilar;
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash joylarida atrof muhitni muhofaza qilish tadbirlarini tashkil qiladilar;
chiqindilarni tegishli ravishda to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha Iste’molchilar va Ijrochilar bilan tushuntirish ishlarini olib boradilar;
chiqindilar bilan ishlash sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratadilar;
qonun hujjatlariga muvofiq chiqindilar bilan ishlash sohasida boshqa vazifalarni ham amalga oshiradilar.
35. Mahalliy davlat hokimiyati organlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ko‘magida xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati (professional boshqaruv tashkiloti)ning murojaati bo‘yicha tegishli hududda chiqindilar bilan ishlash sohasi obyektlarini (axlat to‘plash shoxobchasini) joylashtirish masalalarini hal qiladilar.
36. Axlat to‘plash shoxobchasini joylashtirish, belgilangan tartibda komissiya tuzgan holda, Ijrochining ishtirokida amalga oshiriladi.
37. Qurilishi ko‘zda tutilgan inshootlarni joylashtirish joylarini oldindan kelishish, O‘zbekiston Respublikasining mintaqalari va aholi yashash joylari hududlarini rejalashtirish va rivojlantirish to‘g‘risidagi tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
38. Chiqindi to‘plash shoxobchasi maydoni va ularda o‘rnatiladigan konteynerlar soni sanitariya qoidalari me’yorlariga muvofiq (istiqomat qiluvchilar soni, chiqindilarning to‘planishi va saralanishi me’yorlarini hisobga olgan holda) aniqlanadi.
39. Chiqindi to‘plash shoxobchalari va konteynerlar ularning saqlanishini, kommunal to‘lovlar to‘lanishini, joriy va mukammal ta’mirlashning bajarilishini ta’minlaydigan Ijrochiga tegishli bo‘lishi lozim.
40. Chiqindi to‘plash shoxobchalari va konteynerlaridan turar joy xonalarining derazalari va kirish yo‘llarigacha bo‘lgan masofa sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiq belgilanadi.
41. Yuridik shaxslar qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda oldindan to‘lovni, ko‘rsatilgan xizmatlarning to‘liq hisob-kitobini esa — kalendar oy tugagandan keyin 30 kun davomida amalga oshirishi shart.
42. Jismoniy shaxslar tomonidan qabul qilingan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar, tasdiqlangan tariflar va chiptalarning belgilangan namunalariga asosan, tugagan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay amalga oshiriladi.
Iste’molchilar (jismoniy shaxslar) majburiy to‘lovlarni avans tariqasida to‘laganlarida, ushbu davrda tegishli tariflar oshgan taqdirda qo‘shimcha to‘lovlardan to‘lov amalga oshirilgan sanadan o‘n ikki oydan oshmaydigan davrga ozod etiladi.
Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun to‘lovni hisoblash tegishli davrlarda amalda bo‘lgan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari uchun tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov Iste’molchi tomonidan cheklanmagan holda o‘z xohishi bo‘yicha, har qanday to‘lovlarni qabul qiluvchi bank muassasasi va kassalari orqali naqd va pul o‘tkazish shaklida, shu jumladan plastik kartochkadan foydalangan holda amalga oshiriladi.
43. Markaziy kanalizatsiya (oqova suv tarmog‘i) mavjud bo‘lmagan joylarda qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar, narxlarni tartibga soluvchi organlar bilan kelishilgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadigan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.
44. Ijrochi qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarning qayta hisob-kitobini quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan hollarda amalga oshiradi:
45. Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha tegishli bo‘lmagan sifatdagi yoki belgilangan muddatlardan ortiq uzilishlar bilan xizmatlar ko‘rsatilganda, ushbu davrda xizmatlar uchun to‘lovlar kamaytiriladi.
46. Ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini baholash natijalariga ko‘ra Iste’molchi, Ijrochining vakili, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati vakili tomonidan imzolanadigan, xizmatlar ko‘rsatilmaganligini, tegishlicha bo‘lmagan sifatdagi xizmatlar ko‘rsatilganini tasdiqlovchi fakt bo‘yicha dalolatnoma tuziladi.
Xizmatlar ko‘rsatilmaganligi, tegishlicha bo‘lmagan sifatdagi xizmatlar ko‘rsatilgani to‘g‘risida tuzilgan dalolatnoma qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar miqdorini qayta hisob-kitob qilish, shuningdek o‘z majburiyatlarini buzgani sababli Ijrochining jarima to‘lashi uchun asos hisoblanadi.
Ijrochi tomonidan Iste’molchining hayoti, salomatligi va mulkiga ziyon yetkazilgan holatlarda yetkazilgan zarar fakti qayd etilgan dalolatnoma tuziladi, u Ijrochi va Iste’molchilarning vakillari tomonidan imzolanadi.
Iste’molchi, Ijrochining, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati vakillarining imzolari bo‘lgandagina dalolatnoma haqiqiy hisoblanadi.
Ijrochi vakili kelmagan taqdirda, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati vakilining imzosi yetarli bo‘ladi.
Ijrochi vakili dalolatnomani imzolashdan bosh tortsa mazkur dalolatnomaga imzo qo‘yishdan bosh tortganlik sabablarini yozma ravishda asoslashi shart. Aks holda, Iste’molchi qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni sud qarori qabul qilingungacha to‘xtatishga haqlidir.
47. Iste’molchi bilan birga ro‘yxatda boshqa shaxslar ham bo‘lsa va ular haqida Ijrochi o‘z vaqtida ogohlantirilmagani aniqlanganda, tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan haqiqatda yashab kelayotgan davrdan boshlab qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlarning to‘liq hisob-kitobi amalga oshiriladi. Tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmagan taqdirda — o‘tgan 3 oy uchun hisob-kitob qilinadi.
shartnoma asosida, o‘ziga zarur bo‘lgan, belgilangan sifatdagi, hayoti va salomatligi uchun xavfsiz bo‘lgan, mulkiga zarar bermaydigan hajmdagi xizmatlardan foydalanish;
shartnomalarda ko‘zda tutilgan shartlar va muddatlarga muvofiq qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlaridan foydalanish;
12 oydan ortiq bo‘lmagan davr uchun oldindan haq to‘lash, keyinchalik tegishli tariflar oshganda qaytadan hisob-kitob qilmaslik;
Ijrochidan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarining hajmi va sifati, ularning ko‘rsatilishi shartlari, xizmatlar uchun to‘lov miqdorlarining o‘zgargani va to‘lov tartibi to‘g‘risidagi axborotlarni olish;
Ijrochi tomonidan shartnoma majburiyatlari sifatsiz bajarilgan hollarda Ijrochiga yozma yoki og‘zaki shakllarda shikoyatlar taqdim etish va Ijrochidan xizmatlar to‘liq ko‘rsatilmagani faktini tasdiqlovchi dalolatnomani tuzishni, shuningdek aniqlangan kamchiliklarning belgilangan muddatlarda bartaraf etilishini talab qilish;
xizmatlar ko‘rsatilayotganda Ijrochi aybi bilan yuzaga kelgan kamchiliklarning bepul bartaraf etilishini va shartnomada kelishilgan miqdorlarda neustoyka (jarima yoki penya) to‘lanishini talab qilish;
mazkur Qoidalarga yoki shartnomaga muvofiq, doimiy yashash joyida vaqtincha bo‘lmagani hujjatlar bilan tasdiqlangan davr yoki shartnomada belgilangan tartibda xizmatlar ko‘rsatilmagan davr uchun qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari uchun haq to‘lash majburiyatlaridan to‘liq yoki qisman ozod qilinish;
shartnoma tuzilayotganda, qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida chiqarib yuborish zaruriyatidan kelib chiqqan holda, sanitariya me’yorlari va qoidalarida belgilangan so‘nggi muddatlardan kechiktirmay xizmatlar ko‘rsatish muddatlarini belgilash;
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari sifatsiz amalga oshirilsa, agar Ijrochi o‘z vaqtida shartnomani bajarishga kirishmasa yoki sifatsiz xizmat ko‘rsatsa, zararlar undirilishini talab qilib sudga murojaat etish.
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari uchun shartnoma tuzish va uning talablarini bajarish;
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni, ularni tegishli turlarga ajratgan holda, bir marotaba ishlatiladigan alohida paketlarga dastlabki saralashni amalga oshirish;
konteyner tartibida to‘plashda — chiqindi to‘plash shoxobchalarida chiqindilarni joylashtirishda paketlarni tegishli konteynerlarga qattiq maishiy chiqindilarning turlari bo‘yicha tashlash;
to‘plashning “signal usulida” — saralangan qattiq maishiy chiqindilarni o‘z uylarida saqlash va jadvalga binoan yetib kelgan Ijrochining maxsus avtotransport vositasiga joylashtirish;
qattiq maishiy chiqindilarni ko‘chalarga, suv yo‘llariga, ariq va qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va ko‘mib tashlash uchun ajratilmagan joylarga, shuningdek harakatdagi avtotransport vositasidan yo‘laklar va ko‘chalarning transport yuradigan qismiga tashlamaslik;
qattiq maishiy chiqindilarni Ijrochining maxsus avtotransport vositasiga ortish uchun ortish joyiga bemalol o‘tishni ta’minlash;
chiqindi to‘plash konteynerlari, chiqindi to‘plash shoxobchalari, chiqindi to‘plovchi kamera va boshqa uskunalarning nosozliklari aniqlanganda bu to‘g‘rida Ijrochini darhol xabardor qilish.
50. Ijrochi shartnoma majburiyatlariga rioya qilmagani uchun Iste’molchiga nisbatan choralar ko‘rishga, shuningdek qonunchilikda yoki shartnomada belgilangan neustoyka (jarima yoki penya) to‘lanishini talab qilishga haqli.
qonunchilikda, mazkur Qoidalarda va shartnomada belgilangan shartlarga muvofiq Iste’molchiga zarur sifatdagi qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish;
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun elektron to‘lov tizimini tatbiq etish va real vaqt rejimida shaxsiy hisobvaraqalarining holatini kuzatib borish;
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarining amalga oshiriladigan rejimi va sifati bo‘yicha Iste’molchilarning murojaatlari (arizalari, takliflari, shikoyatlari), shuningdek ularning ijrosi hisobini olib borish;
aholining to‘liq qamrab olinishini ta’minlovchi va qonunchilik talablariga muvofiq, zarur miqdordagi chiqindi to‘plash shoxobchalari qurilishini amalga oshirish;
chiqindi to‘plash shoxobchalari va konteynerlarining holatini nazorat qilib borish, ularning tegishli holatda bo‘lishini ta’minlash;
aholining hayoti, salomatligi, shuningdek atrof muhit uchun xavfli bo‘lgan bakteriyalarning va boshqa zararli moddalarning rivojlanishiga, chiqindilarning ko‘plab to‘planib qolishiga qarshi rejali ishlarni olib borish (konteynerlar va axlat to‘plash shoxobchalarini dezinfeksiyalash yoki yuvib turish yo‘li bilan);
mazkur Qoidalarning 24-bandida ko‘rsatilgan qattiq maishiy chiqindilarning ikkilamchi xomashyolarini qabul qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalarga belgilangan tartibda topshirilishini ta’minlash;
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish tartibi va tariflarining o‘zgargani to‘g‘risida ushbu tariflar qonuniy kuchga kirishidan 15 kun avval Iste’molchining abonentlik punktlarida e’lonlar osish yo‘li bilan, shuningdek ommaviy axborot vositalari orqali Iste’molchiga ma’lum qilish;
Iste’molchiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bo‘yicha kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik va ularni bartaraf etish choralarini qo‘llash;
qattiq maishiy chiqindilarni olib ketish xizmatlari uchun to‘lovlar hisob-kitobining holati, shuningdek ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlarning yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Iste’molchiga bepul taqdim etish.
Ijrochi da’vo muddati doirasida Iste’molchilardan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun qarzlarni undirishning barcha choralarini qo‘llashi shart.
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish jadvalining bajarilishini ta’minlaydi;
ko‘p kvartirali uylar hududlaridagi chiqindilarni vaqtincha saqlashning maxsus joylari va biriktirilgan hududning sanitariya holatining zarur darajada bo‘lishini ta’minlaydi;
chiqindilarni saralashni, ularning xavfsiz va alohida-alohida saqlanishini, to‘plashni va chiqindilarning utilizatsiya qilish va (yoki) qayta ishlash yoki ko‘mib tashlash joylariga olib ketilishini ta’minlaydi;
qonun hujjatlariga binoan chiqindilar bilan ishlash sohasida boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish;
xonadonda yoki xususiy uy-joyda istiqomat qiluvchilarning haqiqiy soni haqidagi haqqoniy ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etish;
shartnoma shartlarida ko‘zda tutilgan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni maxsus ajratilgan joylarda to‘plash tartibining buzilishi.
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar muddatining va mazkur xizmatlar ko‘rsatilayotganda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muddatlarining buzilishi;
xizmatlar ko‘rsatish va kamchiliklarni bartaraf etish muddatlarining buzilganligi uchun jarimaning o‘z vaqtida to‘lanmaganligi;
o‘z foydalanishida bo‘lgan qo‘riqlanuvchi va qo‘riqlanmaydigan konteynerli chiqindi to‘plash shoxobchalarining texnik holati;
xizmat ko‘rsatmaslik yoki sifatsiz ko‘rsatilgan xizmatlar natijasida Iste’molchining hayoti, salomatligi va mulkiga yetkazilgan zarar.
55. Tomonlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar va nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
56. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.