O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Standartlashtirish, metrologiya hamda mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 3-oktabrdagi 342-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida standartlash ishlarini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 2-martdagi 93-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 3-son, 4-modda):
ko‘rsatib o‘tilgan qaror bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat standartlash tizimining Asosiy prinsiplarining 2-bandi ikkinchi, oltinchi va yettinchi xatboshida hamda 5-bandining ikkinchi xatboshida “O‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash markazi”, “O‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash markazida”, “O‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash markazi tomonidan” so‘zlari “tegishli ravishda “O‘zbekiston standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash agentligi”, “O‘zbekiston standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash agentligida”, “O‘zbekiston standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash agentligi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahridagi aholiga avtomobil yonilg‘isini naqd pulga sotuvchi ayrim avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini eksperiment tariqasida xususiylashtirish to‘g‘risida” 1994-yil 9-iyundagi 290-son qarorining 12-bandida “Davlat soliq qo‘mitasi (Gataulin), Ichki ishlar vazirligi (Almatov), Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi (Habibullayev), “O‘zdavstandart” markazi (Asriyans)” so‘zlari “Davlat soliq qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sertifikatlashtirilishi shart bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini, sertifikatlashtirishni o‘tkazish, xavfsizligini tasdiqlash talab etiladigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga keltirish va ularni uning tashqarisiga chiqarish tartibini tasdiqlash haqida” 1994-yil 12-avgustdagi 409-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 8-son, 38-modda) 4-bandida hamda qarorga 2-ilovaning 3, 5, 8, 14 va 17-bandlarida “Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish mintaqaviy markazlariga”, “O‘zdavstandart” markazi tomonidan”, “O‘zdavstandart” markazi”, “O‘zdavstandart” markazining” so‘zlari tegishli ravishda “O‘zstandart” agentligining hududiy organlariga”, “O‘zstandart” agentligi tomonidan”, “O‘zstandart” agentligi” va “O‘zstandart” agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1994-yil 12-avgustdagi 410-son qarorida:
“b” kichik bandning birinchi va uchinchi xatboshida “O‘zdavstandart” markaziga” va “O‘zdavstandart” markazi tomonidan” so‘zlari tegishli ravishda “O‘zstandart” agentligiga” va “O‘zstandart” agentligi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“g” kichik bandning birinchi xatboshida “O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasiga” va “O‘zdavstandart” markazi tomonidan” so‘zlari tegishli ravishda “Fan va texnologiyalar markaziga” va “O‘zstandart” agentligi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) O‘zbekiston Respublikasida standartlar va o‘lchov vositalari ustidan davlat nazorati to‘g‘risidagi nizomda (qarorga ilova);
1-bandning birinchi va ikkinchi xatboshida, 2-bandning o‘ninchi, o‘n to‘rtinchi va o‘n oltinchi xatboshlarida “O‘zdavstandart” markazi”, “O‘zdavstandart” markazining”, “O‘zstandart” markazi tomonidan” so‘zlari tegishli ravishda “O‘zstandart” agentligi”, “O‘zstandart” agentligining” va “O‘zstandart” agentligi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“O‘zstandart” agentligi”, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va shaharlardagi hududiy organlari rahbarlari lavozimlariga ko‘ra ayni bir vaqtda tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida standartlar va o‘lchov vositalari ustidan nazorat qilish bo‘yicha bosh davlat inspektorlari, ularning o‘rinbosarlari esa — tegishli hududiy bosh inspektorlarning o‘rinbosarlari hisoblanadi”;
“mahsulotni ishlab chiqish, ishlab chiqarishga tayyorlash, uni tayyorlash, sotish (yetkazib berish, sotish), foydalanish, saqlash, transportda tashish va foydali tarzda ishlatish bosqichlarida standartlar majburiy talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish”.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning aholiga avtomobil benzinini naqd pulga sotuvchi ayrim avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini xususiylashtirish to‘g‘risida” 1995-yil 10-iyundagi 215-son qarorining 8-bandida “Davlat soliq qo‘mitasi (Gataulin), Ichki ishlar vazirligi (Almatov), Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi (Habibullayev), “O‘zdavstandart” markazi (Asriyans)” so‘zlari “Davlat soliq qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aholiga naqd pulga avtomobil yonilg‘isi sotuvchi respublika avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini xususiylashtirish to‘g‘risida 1996-yil 20-martdagi 107-son qarorining 6-bandida “Davlat soliq qo‘mitasi (Gataulin), Ichki ishlar vazirligi (Almatov), Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi (Habibullayev), “O‘zdavstandart” markazi (Asriyans)”, “O‘zbekneftgaz” korporatsiyasi (Zaynutdinov)” so‘zlari “Davlat soliq qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi”, “O‘zbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulot ishlab chiqarishga davlat monopoliyasini joriy etish to‘g‘risida”gi Farmonini bajarishga oid chora-tadbirlar haqida” 1997-yil 14-avgustdagi 398-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 8-son, 28-modda)ning 4-bandidagi “O‘zdavstandart” markazi” so‘zlari “O‘zstandart” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tizimi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1997-yil 19-sentabrdagi 446-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 9-son, 32-modda)ning 8-bandidagi “Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zdavstandart” markazi” so‘zlari tegishli ravishda “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kontraktlarni mustaqil ekspertiza qilish va import qilinadigan tovarlarni jo‘natishdan oldin nazoratdan o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 3-dekabrdagi 534-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshidagi hamda qarorga 1-ilovaning 2-bandidagi “O‘zdavstandart” markazida” so‘zlari “O‘zstandart” agentligida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-iyuldagi 275-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 23-modda) bilan tasdiqlangan Spirt va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilishga oid Nizomning 5, 9 va 21-bandlaridagi “O‘zdavstandart” markazida” va “O‘zdavstandart” markazi tomonidan” so‘zlari “O‘zstandart” agentligida” va “O‘zstandart” agentligi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 15-yanvardagi 24-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 3-son, 30-modda)
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy fondini suv va gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlash, ularni O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 1-iyundagi 280-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 6-son, 30-modda)ning 7 va 8-bandlaridagi “O‘zdavstandart” markazi bilan” va “O‘zdavstandart” markaziga” so‘zlari tegishli ravishda “O‘zstandart” agentligi bilan” va “O‘zstandart” agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zKamminzMotor” O‘zbekiston—Amerika qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risida” 1999-yil 3-sentabrdagi 413-son qarorining 9-bandidagi “O‘zdavstandart” markazi” so‘zlari “O‘zstandart” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarga shtrixli kodlashni joriy etish to‘g‘risida” 1999-yil 21-sentabrdagi 438-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 56-modda) 3-bandining birinchi xatboshidagi hamda qarorga ilovaning 1 va 3-bandlaridagi “O‘zdavstandart” markaziga” va “O‘zdavstandart” markazi”, “O‘zdavstandart” markaziga” so‘zlari tegishli ravishda “O‘zstandart” agentligiga” va “O‘zstandart” agentligi”, “O‘zstandart” agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Spirt, alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va sotishni davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 23-sentabrdagi 444-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 58-modda) 7-bandining ikkinchi xatboshidagi “O‘zdavstandart” markazining” so‘zlari “O‘zstandart” agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar sifati bo‘yicha davlat inspeksiyasi faoliyati masalalari to‘g‘risida” 2000-yil 17-yanvardagi 13-son qarorida:
1 va 2-bandlardagi “O‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi” so‘zlari “O‘zbekiston standartlash, metrologiya va sertifikatsiya agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ilovaning nomidagi, 1, 3 va 6-bandlardagi, 9-bandning to‘rtinchi xatboshidagi, 11-bandning oltinchi va o‘ninchi xatboshidagi “O‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi”, “O‘zdavstandart” markaziga” va “O‘zdavstandart” markazi” so‘zlari tegishli ravishda “O‘zbekiston standartlash, metrologiya va sertifikatsiya agentligi”, “O‘zstandart” agentligiga” va “O‘zstandart agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
“qonun hujjatlarida belgilangan tartibda musodara qilingan spirt va alkogolli mahsulotlar sifati to‘g‘risida xulosalar berishadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
17. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishni va ularni uning hududidan olib chiqishni tartibga solish to‘g‘risida” 2000-yil 19-apreldagi 151-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 4-son, 21-modda)ning 4-bandidagi hamda qarorga 2-ilovaning 4-bandidagi, 9-bandining uchinchi xatboshidagi, 11-bandidagi “O‘zdavstandart” markazi” va “O‘zdavstandart” markazi tomonidan” so‘zlari tegishli ravishda “O‘zstandart” agentligi va “O‘zstandart” agentligi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
18. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bozorlar faoliyatini takomillashtirish va mahsulotlar sotish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 22-iyundagi 239-son qarori 7-bandining birinchi xatboshidagi “O‘zdavstandart” markazi” so‘zlari “O‘zstandart” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi uchun oldindan haq to‘lash tizimiga ega bo‘lgan elektr energiyasi elektron hisoblagichlar ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 29-iyundagi 248-son qarorining 7-bandidagi “O‘zdavstandart” markazi” so‘zlari “O‘zstandart” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
20. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida” 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 7-son, 39-modda)ning 2-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi” so‘zlari “O‘zstandart” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
21. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zko‘rgazmasavdo” doimiy ishlovchi respublika yarmarka savdosi markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 5-sentabrdagi 340-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 9-son, 56-modda)ning 12-bandidagi “O‘zdavstandart” markazi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” so‘zlari “O‘zstandart” agentligi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
22. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2005-yilgacha bo‘lgan davrda mahalliy xomashyo negizida buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida” 2000-yil 5-sentabrdagi 342-son qarorining 5-bandidagi “O‘zdavstandart” markazi” so‘zlari “O‘zstandart” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
23. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-martdagi 99-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 3-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan Gazni hisobga olish priborlarini sotib olish, ularni kvartiralarda va yakka tartibdagi uylarda o‘rnatish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida Nizomning 4, 9 va 15-bandlaridagi hamda Nizomga ilovadagi “O‘zdavstandart” markazi” so‘zlari “O‘zstandart” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.