13.01.2003 yildagi 14-son
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahridagi aholiga avtomobil yonilg‘isini naqd pulga sotuvchi ayrim avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini eksperiment tariqasida xususiylashtirish to‘g‘risida” 1994-yil 9-iyundagi 290-son qarorining 12-bandida “Davlat soliq qo‘mitasi (Gataulin), Ichki ishlar vazirligi (Almatov), Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi (Habibullayev), “O‘zdavstandart” markazi (Asriyans)” so‘zlari “Davlat soliq qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aholiga naqd pulga avtomobil yonilg‘isi sotuvchi respublika avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini xususiylashtirish to‘g‘risida 1996-yil 20-martdagi 107-son qarorining 6-bandida “Davlat soliq qo‘mitasi (Gataulin), Ichki ishlar vazirligi (Almatov), Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi (Habibullayev), “O‘zdavstandart” markazi (Asriyans)”, “O‘zbekneftgaz” korporatsiyasi (Zaynutdinov)” so‘zlari “Davlat soliq qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi”, “O‘zbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 427-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/427/1321-son)
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-iyuldagi 275-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 23-modda) bilan tasdiqlangan Spirt va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilishga oid Nizomning 5, 9 va 21-bandlaridagi “O‘zdavstandart” markazida” va “O‘zdavstandart” markazi tomonidan” so‘zlari “O‘zstandart” agentligida” va “O‘zstandart” agentligi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 15-yanvardagi 24-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 3-son, 30-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarga shtrixli kodlashni joriy etish to‘g‘risida” 1999-yil 21-sentabrdagi 438-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 56-modda) 3-bandining birinchi xatboshidagi hamda qarorga ilovaning 1 va 3-bandlaridagi “O‘zdavstandart” markaziga” va “O‘zdavstandart” markazi”, “O‘zdavstandart” markaziga” so‘zlari tegishli ravishda “O‘zstandart” agentligiga” va “O‘zstandart” agentligi”, “O‘zstandart” agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-fevraldagi 75-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.02.2021-y., 09/21/75/0121-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
20. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida” 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 7-son, 39-modda)ning 2-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi” so‘zlari “O‘zstandart” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-fevraldagi 35-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 7-8-son, 66-modda)