28.11.2011 yildagi PQ-1652-son
2012 — 2015-yillarda 1 va 2-ilovalarga* muvofiq budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan sog‘liqni saqlash tizimi statsionar muassasalari tarmog‘i va o‘rinlar fondini maqbullashtirish to‘g‘risidagi;
2012-2013-yillarda 4-ilovaga* muvofiq respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini bosqichma-bosqich aksiyalashtirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-sonli “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” Farmonida berilgan soliq va bojxona imtiyozlari 2018-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilsin, bojxona imtiyozlari, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan olib kelinadigan tibbiyot uskunalariga, butlovchi buyumlarga, tibbiyot uskunalarining ehtiyot qismlari va sarflanadigan materiallariga nisbatan joriy etilsin.