Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 y., 2-son) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 15 iyuldagi PQ–2003-sonli «Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 29-son, 373-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati qaror qiladi:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 y., 2-son) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 15 iyuldagi PQ–2003-sonli «Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 29-son, 373-modda) muvofiq, reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchilarning xizmatga oid, pensiya olish, uy-joydan foydalanish va boshqa shaxsiy hamda mulkiy huquqlarini tiklash va ularga etkazilgan mulkiy ziyonni qoplash, ma’naviy ziyon oqibatlarini bartaraf etish tartibini belgilaydi.
4. Oqlov hukmi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasida nazarda tutilgan holatlar harbiy xizmatchini reabilitatsiya etishga asos bo‘ladi.
28. Reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchi vafot etgan taqdirda, mazkur Nizomning 27-bandi «a», «v», «g», «d» va «e» kichik bandlarida nazarda tutilgan ziyonni undirish huquqiga uning merosxo‘rlari, «b» kichik bandida nazarda tutilgan ziyonni undirish huquqiga esa, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi bilan ta’minlanishi lozim bo‘lganlar jumlasiga kiruvchi oila a’zolari ega bo‘ladilar.
29. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra chiqarilgan oqlov hukmida yoki ishni tugatish haqidagi ajrimda (qarorda) sud, ishni tugatish to‘g‘risidagi qarorda esa tergovchi, prokuror reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchining o‘ziga etkazilgan mulkiy ziyonni undirib olish huquqini e’tirof etishlari lozim. Hukm, ajrim yoki qarorning nusxasi reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchiga topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi. Ayni vaqtda unga hukm, ajrim yoki qaror ustidan shikoyat qilish tartibi, shuningdek mulkiy ziyonni qoplash va boshqa huquqlarini tiklab olish tartibi tushuntiriladi.
32. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 y., 11-12-son, 1-modda) 1021-moddasiga muvofiq, zarar harbiy xizmatchiga uni qonunga xilof tarzda hukm qilish, qonunga xilof tarzda jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishni yoki munosib xulq-atvorda bo‘lish haqida tilxat olishni qonunga xilof tarzda qo‘llanish, qonunga xilof tarzda ma’muriy jazo qo‘llanish va qonunga xilof tarzda ushlab turish natijasida etkazilgan bo‘lsa, ma’naviy zarar uni etkazuvchining aybidan qat’i nazar, qoplanishi lozim.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”