LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-573-son va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-580-son qonunlari)”gi qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga muvofiq, tadbirkorlik subyektlarining bank ishi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tishining yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Bank faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga* muvofiq;
Banklarda auditorlik tekshirishlarini o‘tkazish huquqiga sertifikat berishda ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq;
Yuridik shaxslar — rezidentlar tomonidan chet elda hisob raqamlari ochishga ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga* muvofiq;
Vakolatli banklar tomonidan naqd xorijiy va (yoki) milliy valyutani olib kirish va olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga* muvofiq;
Yangi binoning (bank filialining) Markaziy bank talablariga muvofiqligi yoki mo‘ljallanayotgan binoning (bankning), asbob-uskunalar, kassa uzelining tayyorligi va dasturiy-texnik vositalar bilan jihozlanganligi to‘g‘risida xulosa berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga* muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
To‘lov agentlik tarmog‘i orqali jismoniy shaxslardan to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
*1 — 6-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.