O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2013 — 2015-yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida” 2013-yil 20-martdagi PQ-1940-son qarorini bajarish yuzasidan hamda moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni saqlash sohasiga va ularning zarur holatda bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashga investitsiyalar va budjetdan tashqari moliyalashtirish hajmi ortib borishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ushbu obyektlardan madaniy-o‘rganish va turizm maqsadlarida kengroq va samarali foydalanishni ta’minlash, shu asosda o‘zaro bog‘liq infratuzilma va xizmatlar sohasi obyektlari sonini ko‘paytirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va barcha darajalardagi budjetlarni ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berishga doir tadbirkorlik faoliyati subyektlarining takliflarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Madaniyat va sport ishlari vazirligining Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini kiritsin. Qaror loyihasida shu jumladan moliyalashtirishning aniq manbalari va moddiy madaniy meros obyektlarida restavratsiya-tiklash ishlarini amalga oshirish tartibi nazarda tutilsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1-bandi uchinchi xatboshiga “teatr-tomosha korxonalarining mol-mulkini” so‘zlaridan keyin “, shuningdek moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlari olgan holda” so‘zlari qo‘shilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom davlat mulki bo‘lgan moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlari olgan holda tadbirkorlik faoliyati subyektlariga ijaraga berish tartibini belgilaydi.
ijaraga oluvchi — ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda obyektning ijara shartnomasini tuzgan yuridik yoki jismoniy shaxs — tadbirkorlik faoliyati subyekti (O‘zbekiston Respublikasi rezidenti yoki norezidenti);
ijaraga beruvchi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari huzuridagi davlat mulkini ijaraga berish markazlari;
Keyingi tahrirga qarang.
hududni obodonlashtirish — obyektlarning tarixan shakllangan tashqi ko‘rinishini hisobga olgan holda yer yuzasi qoplamasidan foydalanish, manzarali ko‘kalamzorlashtirish va suv chiqarish, mukammal bo‘lmagan inshootlar va kichik arxitektura shakllarini qurish, tashqi tomonini yoritish, ko‘zga ko‘rinarli axborot, reklama va boshqa vositalar hisobiga hududni yaxshilash chora-tadbirlari qo‘llangan holda amalga oshiriladigan hududning xavfsizligi, qulayligi va badiiy ifodaliligini ta’minlashga hamda uning atrofida qulay turizm infratuzilmasini yaratishga doir chora-tadbirlar;
investitsiya majburiyatlari — obyektni va unga tutash hududni zarur tarzda saqlash, tiklash, obodonlashtirish hamda undan foydalanish maqsadida shartnoma shartlari bo‘yicha ijaraga olinadigan investitsiyalar kiritishga doir majburiyatlar;
tanlov — tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatilgan mezonlar va shartlarga muvofiq talabgorlar tomonidan taqdim etilgan eng yaxshi takliflarni tanlash vositasida ijaraga oluvchini aniqlash shakli;
obyektlar — davlat mulki bo‘lgan va o‘zida tarixiy, ilmiy, badiiy yoki boshqa madaniy qimmatni ifodalaydigan moddiy madaniy meros obyektlarini, ya’ni haykallar, ansambllar va diqqatga sazovor joylar;
Keyingi tahrirga qarang.
muhofaza taxtachasi — marmardan tayyorlangan, yozuv yozilgan, nomi, obyekt yaratilgan sana, shuningdek ushbu obyekt moddiy madaniy meros obyekti hisoblanishi hamda shakli va o‘lchami O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan belgilanadigan davlat muhofazasida ekanligi ko‘rsatiladigan taxtacha;
Keyingi tahrirga qarang.
talabgor — moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni investitsiya majburiyatlari olgan holda, taklif etilgan shartlarda ijaraga olish uchun talabgorlarni tanlash bo‘yicha tanlovda ishtirok etish niyatini bildirgan yuridik yoki jismoniy shaxs — tadbirkorlik faoliyati subyekti (O‘zbekiston Respublikasi rezidenti yoki norezidenti).
3. Ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga beriladigan moddiy madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga (keyingi o‘rinlarda ro‘yxat deb ataladi) kiritilgan obyektlar ijaraga berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Ro‘yxat obyektlarni xatlovdan o‘tkazgan va obyektlarning tarixiy-madaniy ekspertizasi o‘tkazilgan holda ularning son va sifat tavsiflari to‘g‘risida tayyorlangan axborot asosida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi deb ataladi) tomonidan shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Ro‘yxatni tasdiqlash moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berishga doir tadbirkorlik faoliyati subyektlarining takliflarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Hukumat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Hukumat komissiyasi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ro‘yxat Hukumat komissiyasining ishchi organi hisoblanadigan Madaniyat va sport ishlari vazirligining (keyingi o‘rinlarda ishchi organ deb ataladi) takliflari asosida, zaruriyatga ko‘ra, Hukumat komissiyasi tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Ishchi organ ro‘yxat tasdiqlangandan keyin uni obyektlarni ijaraga berish shartlari bilan birga ijaraga beruvchiga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
v) alkogolli ichimliklar sotilmaydigan umumiy ovqatlanish shoxobchalari (choyxonalar, kafelar, oshxonalar, restoranlar);
g) hunarmandchilik markazlari (o‘ymakorlik, tikuv, qo‘lda bajariladigan to‘quv ishlari, ganchga, daraxtga naqsh o‘yish, esdalik sovg‘alari tayyorlash), badiiy-ijodiy ustaxonalar;
k) banklar, pochta xizmatlari punktlari, avia va temir yo‘l kassalari, maishiy texnikaga servis xizmati ko‘rsatish punktlari;
m) kutubxonalar, anjumanlar zallari, muzeylar, bolalar to‘garaklari, chet tillar kurslari tashkil etish maqsadida foydalanish mumkin.
9. Diniy obyektlar ushbu Nizomning 8-bandi “d”, “j”, “z”, “i” va “l” kichik bandlarida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun ijaraga berilishi mumkin emas.
Obyektlardan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan boshqa maqsadlarda foydalanish faqat Hukumat komissiyasining qaroriga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
ularning muomalaga layoqatsizligi va cheklangan muomala layoqati (jismoniy shaxslarga nisbatan) to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar mavjud bo‘lgan shaxslarga ijaraga berilmaydi.
11. Ijaraga berilgan obyekt, shuningdek ijaraga oluvchining obyektni yoki uning bir qismini ijaraga olish huquqi o‘zgaga berilishi, garovga qo‘yilishi yoki ijaraga beruvchi tomonidan boshqacha tarzda uchinchi shaxslarga in’om qilinishi mumkin emas. Ijaraga oluvchi ijaraga olingan obyektni, shu jumladan subijara shartlarida uchinchi shaxslarga berishga haqli emas.
12. Ijaraga beruvchi obyektlarni ijaraga berish maqsadida ijaraga beriladigan obyektlar bo‘yicha e’lon beradi, obyektlarni ijaraga olishga buyurtmanomalarni qabul qiladi va ularning ro‘yxatdan o‘tkazilishi, maxfiyligi va saqlanishini ta’minlaydi.
13. Ijaraga beriladigan obyektlar bo‘yicha e’lon majburiy tartibda davriy nashrlarda, shuningdek ishchi organ, Davlat raqobat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
ijaraga beruvchining nomi va pochta manzili, u bilan bog‘laniladigan telefon va faks, elektron pochta manzili;
obyektni berish shartlari, ijara obyekti to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan restavratsiya-tiklash ishlarini olib borish, uni saqlash, obodonlashtirish va undan foydalanish shartlari, Moddiy madaniy meros obyektlari davlat kadastriga kiritilgan kadastr axboroti va boshqa zarur ma’lumotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Tanlovda ishtirok etish uchun tushgan buyurtmanomalar ijaraga beruvchi tomonidan uch ish kuni mobaynida ishchi organga beriladi.
16. Ishchi organ ijaraga beruvchi ishtirokida tushgan buyurtmanomalarni ularning e’londa nazarda tutilgan tanlov shartlariga muvofiqligi yuzasidan o‘n ish kuni mobaynida o‘rganadi va ularni ko‘rib chiqish uchun Hukumat komissiyasiga kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Tanlovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni tashkil etish (tushgan takliflarni ekspertiza jihatidan baholash, Hukumat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladigan hujjatlarni rasmiylashtirish, shuningdek Hukumat komissiyasi ishlarini yuritish ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Hukumat komissiyasining majlislari uning a’zolarining kamida to‘rtdan uch qismi ishtirok etgan taqdirda, zaruriyatga ko‘ra o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Hukumat komissiyasining qarorlari majlisda hozir bo‘lgan Hukumat komissiyasi a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda Hukumat komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Hukumat komissiyasining qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomani Hukumat komissiyasi a’zolari imzolaydi va uning raisi tasdiqlaydi.
Bayonnomani imzolashda Hukumat komissiyasi a’zolari o‘zlarining alohida fikrini yozma shaklda bayonnomaga ilova qilishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Tanlov g‘olibini aniqlash bo‘yicha Hukumat komissiyasi qarorlari bayonnoma imzolangandan keyin bir kun mobaynida ijaraga beruvchiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Takliflarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma asosida tegishli obyektning ijara shartnomasi tuziladi.
25. Moddiy madaniy meros obyekti va unga tutash hudud investitsiya majburiyatlari olingan holda ijaraga berish bo‘yicha tanlovga qo‘yilgandan keyin uch oy mobaynida qiziqish bo‘lmagan va tanlov bo‘lib o‘tmaganligi e’tirof etilgan taqdirda ijaraga beruvchi uning Hukumat komissiyasi tomonidan belgilangan shartlarda va ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish (ommaviy oferta) yo‘li bilan ijaraga berilishi to‘g‘risida matbuotda e’lon beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Obyektning ijara shartnomasi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi, balansda saqlovchi, ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o‘rtasida tuziladi. Shartnoma takliflarni ko‘rib chiqish bayonnomasida ko‘rsatilgan muddat mobaynida barcha taraflar tomonidan imzolanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
obyektga nisbatan ijaraga oluvchining qo‘riqlash majburiyati (obyektni saqlash va uning ko‘rinishini, shuningdek interyerning tarixiy detallarini saqlash bo‘yicha majburiyatlar);
obyektda ishlarning barcha turlarini bajarishga, shu jumladan uning tashqi ko‘rinishini, interyeri va tutash hududni Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi bilan yozma kelishuvsiz o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi shartlar;
Keyingi tahrirga qarang.
ijaraga oluvchining restavratsiya-tiklash ishlarini va boshqa ishlarni faqat O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan kelishilgan loyihaga muvofiq bajarish to‘g‘risidagi majburiyati;
Keyingi tahrirga qarang.
ijaraga oluvchining tashrif buyuruvchilar va turistlar uchun qulayliklar (shu jumladan amaldagi sanitariya talablariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq jihozlangan hojatxonalar) yaratish bo‘yicha majburiyati;
ijaraga oluvchi tomonidan olingan majburiyatlar ijrosining holati to‘g‘risida hisobotlar taqdim etish tartibi va muddatlari;
Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi, balansda saqlovchi va ijaraga oluvchining shartnoma shartlari bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha vakolatlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Shartnoma majburiyatlari bajarilishini ta’minlash maqsadida obyektning ijarasi to‘g‘risidagi shartnomada quyidagi hollarda:
obyektda restavratsiya-tiklash ishlari va boshqa ishlar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan kelishilmagan loyihasiz yoki tasdiqlangan loyiha buzilgan holda bajarilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
ijaraga oluvchining xatti-harakati obyektning yaroqsiz holga yoki uning buzilishiga olib kelgan holatlar aniqlanganda ijaraga beruvchining talabi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish to‘g‘risidagi shartlar ham nazarda tutilishi mumkin.
29. Obyektning ijara shartnomasi besh yil muddatga tuziladi. Ijara shartnomasining amal qilish muddatini uzaytirish Hukumat komissiyasining qarori asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Ijaraga beriladigan obyektlar hisobini yuritish maqsadida ijaraga oluvchi ijara shartnomasi tuzilgandan keyin reyestrga yozuvni kiritadi, ijara shartnomasi asl nusxasining har biriga hisobga olish yozuvining sanasi va raqamini ko‘rsatgan holda hisobga olish to‘g‘risida belgi qo‘yadi, uni muhr bilan tasdiqlaydi.
Uch nusxada rasmiylashtirilgan ijara shartnomasining asl nusxalari bir nusxadan Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasiga, ijaraga oluvchiga beriladi va bir nusxasi ijaraga beruvchida qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Ijaraga oluvchilar shartnoma tuzilgan kundan boshlab besh yil muddatga ijara to‘lovining hisoblab chiqilgan qiymatining 80 foizi miqdorida ijara to‘lovini to‘lashdan ozod etiladilar. Ushbu muddat Hukumat komissiyasining qarori asosida shartnomaning amal qilish muddati uzaytirilgan hollarda uzaytirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ijara to‘lovining hisoblab chiqilgan qiymatining qolgan qismi, shuningdek ijara to‘lovi to‘lash muddati o‘tkazib yuborilganligi uchun undirilgan penya va shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun solingan jarima summasi ijaraga beruvchining tranzit hisob raqamlariga tushadi va bir ish kuni mobaynida quyidagi tartibda taqsimlanishi kerak:
mablag‘larning 50 foizi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining maxsus jamg‘arma hisob raqamida jamlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Obyektni ijaraga oluvchining investitsiya majburiyatlarining eng kam summasi ijara shartnomasi tuzilgan kunda qonun hujjatlariga muvofiq hisoblab chiqiladigan, ijara shartnomasining amal qilish muddatiga (yillar soniga) ko‘paytirilgan ijara to‘lovining yillik summasidan kam bo‘lishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
34. Beriladigan obyektlar bo‘yicha ijara to‘lovining hisob-kitobi (ijara to‘lovining tayanch stavkasi) Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadi.
35. Ijara to‘lovi ijaraga oluvchi tomonidan ijara to‘lovining oxirgi belgilangan miqdoridan va ijaraning qolgan muddatidan kelib chiqib hisoblab chiqilgan teng davriy (choraklik, oylik va boshqalar) to‘lovlar bilan kiritiladi. To‘lov obyektning uzoq muddatli ijara shartnomasida ko‘rsatilgan muddatlarda har bir keyingi davr (chorak, oy va boshqalar) uchun yuz foiz oldindan haq to‘lash shaklida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan restavratsiya-tiklash ishlarini bajarish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari asosida har bir obyekt bo‘yicha investitsiyalarning eng kam miqdorlarini va ijaraga berish muddatlarini individual tasdiqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
har bir obyekt bo‘yicha obyektlarning asosiy yo‘nalishlarini va ulardan foydalanish maqsadlarini individual belgilaydi;
vakolatli organlarning ular bo‘yicha ularni ijaraga berish to‘g‘risida Hukumat komissiyasining qarori qabul qilingan obyektlarning holati, saqlanishi va obodonchiligi monitoringi natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarini ko‘rib chiqadi;
oshkoralik, baholashning xolisligi va talablarning yagonaligi tamoyillari asosida tanlov ishtirokchilari uchun teng raqobat shart-sharoitlari yaratadi;
obyektlarni ijaraga berish masalalari bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek jalb etilgan ekspert kompaniyalar va maslahatchilarning birgalikdagi faoliyatini tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
ijaraga berilayotgan obyektlarda restavratsiya-tiklash ishlarini bajarish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini va boshqa hujjatlarni ishlab chiqadi;
Hukumat komissiyasiga tanlovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning moliyaviy va texnik shartlari, investitsiya takliflarini baholash tartibi, g‘olibni tanlash mezonlari, to‘lovlarning tartibi va shartlari to‘g‘risida takliflar kiritadi;
ular bo‘yicha ijaraga berish to‘g‘risida Hukumat komissiyasining qarori qabul qilingan obyektlarni zarur holatda saqlash, ularning saqlanishi va obodonchiligi bo‘yicha monitoring olib borilishini tashkil etadi;
talabgorlarning so‘rovi bo‘yicha ularga ijaraga berilayotgan obyekt, uning tavsifi va u bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyatini beradi;
davlat boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan o‘ziga yuklangan vazifalarni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan axborotni oladi;
Hukumat komissiyasi majlislariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni hal etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
obyektning tuziladigan ijara shartnomasida qatnashadi hamda shartnomalarning ro‘yxatdan o‘tkazilishi maxfiyligini va saqlanishini ta’minlaydi;
ijaraga berilayotgan obyektni tegishli xizmatlar bilan ta’minlash bo‘yicha shartnoma loyihasini ishlab chiqadi hamda ishchi organ, kommunal va foydalanish xizmatlari ko‘rsatuvchilar (zaruriyat bo‘lganda) bilan kelishadi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat boshqaruvi organlari va ularning mansabdor shaxslari qarorlari, xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan sud tartibida shikoyat qilish;
uning tomonidan investitsiya majburiyatlari zarur tarzda bajarilgan taqdirda Hukumat komissiyasining qarori bilan shartnomani navbatdagi muddatga uzaytirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
obyektlar, bog‘lar, istirohat bog‘lari, inshootlar, san’at asarlari, tarixiy-badiiy ahamiyatga ega bo‘lgan buyumlarni zarur tarzda saqlash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha rejimga rioya qilinishini va ularga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni ta’minlash;
obyektga zarur tarzda qarash, uni tiklash, saqlash va undan foydalanish bo‘yicha majburiyatlarni bajarish;
obyektning holati va shartnoma majburiyatlari bajarilishi to‘g‘risidagi davriy axborotni ijara shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda Madaniyat va sport ishlari vazirligiga taqdim etish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat organlari va ularning mansabdor shaxslarining qonun hujjatlari normalariga zid bo‘lmagan talablarini bajarish;
Keyingi tahrirga qarang.
41. Ijara shartnomasining amal qilish muddati mobaynida Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi:
Keyingi tahrirga qarang.
bajariladigan ishlarning tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligini tekshirish yo‘li bilan ijaraga oluvchi tomonidan ijara shartnomasiga muvofiq o‘z zimmasiga olingan majburiyatlar zarur tarzda bajarilishini muntazam ravishda nazorat qiladi.
Ushbu maqsadlarda Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi:
Keyingi tahrirga qarang.
zaruriyat bo‘lganda obyektning fizik holatini ijaraga oluvchining xo‘jalik faoliyatiga aralashmasdan ko‘zdan kechirishga;
ijaraga olingan obyektdan foydalanish shartlari bajarilishi holatini, ijaraga oluvchi tomonidan uchinchi shaxslar huquqlariga rioya qilinishini (servitut, garov va shu kabilarni) o‘rganishga;
qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan boshqa xatti-harakatlarni amalga oshirishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
42. Ijaraga berilgan obyekt bo‘yicha ijara to‘lovi o‘z vaqtida va zarur tarzda hisoblab chiqilishi, kiritilishini nazorat qilish ijaraga beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
43. Investitsiya majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish va uning monitoringini olib borish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
44. Ushbu Nizom shartlarining buzilishi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka olib keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ikramov A.I. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, komissiya raisi |
Xodjimatov M.M. | — | Madaniyat va sport ishlari vaziri, komissiya raisining o‘rinbosari |
G‘aniyev E.M. | — | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri |
Saidova G.K. | — | Iqtisodiyot vaziri |
Boltaboyev M.R. | — | Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamenti mudiri |
Yusupov O.O. | — | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi |
Sharapov A.K. | — | O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi |
Toxtayev A.R. | — | “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari |
Usmanov A.A. | — | Adliya vazirining o‘rinbosari |
Mirzayev A. Sh. | — | Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari |
Akramov O.A. | — | Milliy xavfsizlik xizmati xodimi |
Qo‘chqorov J.A. | — | Moliya vazirining o‘rinbosari |
Gafarov S.X. | — | Davlat raqobat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari |
Mansurov R.A. | — | Madaniyat va sport ishlari vazirligining Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi boshlig‘i, komissiya kotibi |
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
Keyingi tahrirga qarang.